Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Terini quyoshdan saqlash qoidalari

Quyosh nurlari terini vaqtidan oldin qaritib yuboradi. Dog'lar, oq papilloma o'simtalari, ajin kabi salbiy holatlar paydo bo'lishining sababchilaridan biri - quyosh nurlaridir. Yoz kunlarida majburiy ravishda quyoshga qarshi kremlardan foydalanish zarur. Undan tashqari terini quyoshdan saqlashning 5 asosiy qoidasi mavjud:

1. Quyosh nurlari ostida imkon boricha kamroq bo'lish kerak. Soat 11:00 dan 16:00 ga qadar ko'chaga umuman chiqmaslik tavsiya etiladi. Aynan shu davr quyosh nurlarining organizm va teriga eng salbiy ta'sir ko'rsatadigan paytidir.

2. Teri kuyishidan ehtiyot bo'lish kerak. Nobodo kuyib qolsa, namlatuvchi krem surish yoki chereda damlamasi bilan chayinish tavsiya etiladi.

3. Ko'z osti teri yuz terisiga nisbatan 6 barobar nozikroq bo'ladi. Shuning uchun ko'z atrofi terisini birinchi navbatda himoya qilish zarur. Buning uchun oynasi ko'z atrofini bekita oladigan quyoshga qarshi ko'zoynak taqish va ko'z atrofi terisini namlatuvchi kremlardan foydalanish kerak.

4. Quyosh nurlari tik tushadigan joylarda, xususan plyajda, bosh kiyim haqida unutmaslik kerak. Birinchidan, soyabonlari katta yengil bosh kiyimi organizmni issiq urishidan saqlaydi, ikkinchidan, yuz terisiga qo'shimcha himoya vositasi bo'lib xizmat qiladi.

Quyosh nurlaridan saqlanish vositalaridan yana biri - soyabondir (zontik). Hozirgi kunda sotuvda aynan quyoshning ultrafiolet nurlaridan himoya qiluvchi maxsus soyabonlar mavjud.

5. Nihoyat, eng muhim tavsiya, yoz kunlarida albatta quyoshga qarshi kremni surib ko'chaga chiqish kerak.  

Quyoshga qarshi krem UVA va UVB nurlariga qarshi bo'lishi lozim (krem idishida bu haqda ma'lumot bo'ladi). 

Bunday kremlar himoya qilish qobiliyatiga qarab SPF 15 dan SPF 50-80 gacha bo'lishi mumkin. Bu ko'rsatkich qanchalik yuqori bo'lsa, kremning himoya qilish qobiliyati shuncha baland hisoblalani. 

 

Manba: krokha.ru

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom qadrdonlarim, mehribon go'zallarim! Yaxshi dam oldizlarmi? Lily, Aziza, Muazzam, Mahliyo, Muslima,Mavluda,Pazandaxon,Sevara opa yaxshimisizlar?Hammangizni ismingiz bir biridan chiroyli.Lilyginam "Lily" qisqartmasini o'ziz topganmisiz yoki yaqinlariz ham shunday chaqirishadimi? Zarinabonu E'zozaxon Azalbegim,Ummu maryamsizlar ham sog' omon yuribsizlarmi? Habiba opam jiiim jit bb ketdilar a G'oyibona bo'lsada shuncha opa dugonalar orttiribman, juda xursandman...馃拹馃拹馃拹馃槝馃槝馃槝 Dam olish kuningiz maroqli o'tsin!
    • muyassar2017
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017

Davomi 禄

loading...