Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
ozish

Fransuz ayollari o'zining ozg'inligi bilan dunyoga mashhurdir. Agar fransuzcha taomnomaga qaralsa, uning tarkibida albatta qaymoqli desert, uglevodli asosiy taom va glyukozaga boy vino ham bo'ladi. Nega unda fransuz ayollari semirib ketmaydi?

Bu haqda hatto tadqiqotlar ham olib borilgan. Ahir to'g'ri ovqatlanish tamoyilida "uglevodlarni oqsillar bilan yemaslik kerak," deb tavsiya etiladi. "Asosiy taomdan so'ng desert yeyish tez semirtiradi", kabi qoidalar mavjud bo'lsa, u holda fransuzlar to'g'ri ovqatlanish tamoyiliga amal qilmayotgan bo'lmaydilarmi? Lekin ular ozg'in, Fransiyaga borgan odam ko'chada haqiqatan to'la bo'lgan insonni ichratsa, u odatda sayyoh bo'lgan bo'ladi. Fransuz aholisi, ayniqsa yoshlari orasida umuman semiz odam uchramaydi.

Yana bir qiziq holat, fransuz odam Amerikaga borib yashasa, yarim yilda semirishni boshlaydi. Shu qatorda amerikalik Fransiyaga kelib yashasa, semirmaydi hatto ozadi ham. Ajoyib emasmi?

Nihoyat tadqiqotlar buning sababini topdilar. Bu sabablar ilk ko'rishda oddiydek tuyulganiga qaramay, haqiqatan inson organizmi ortiqcha vaznga ega bo'lmasligi uchun yordam berar ekan.

1. Fransiyada yillar davomida tushlikka 2 soat ajratiladi. Ya'ni ishxonadagilarga tushlikda ovqatlanib olish uchun to'liq 2 soat berilar ekan. Bunday imkoniyatni deyarli hech bir mamlakatda uchratmaysiz. Sababi, fransuzlar ovqatni juda sekin yeyishni afzal ko'radilar. Ovqatlanish ular uchun maxsus jarayon bo'lib, uni hech qachon yo'lda, shoshgan holda yoki tez pishadigan ovqatlar bilan qilmaydilar. Ovqatlanish jarayonidan fransuzlar to'liq lazzat olishlari muhim. Nafaqat qorin to'yishi kerak, balki ovqatlanishdan estetik qoniqish ham ular uchun muhim hisoblanadi. Bu esa semirmaslik uchun juda kuchli faktor. Birinchidan, sekin ovqat yeyilganda to'yish hissi ham tez keladi va ravshan namoyon bo'ladi. Ikkinchidan, uzoq vaqt chaynalgan taom oshqozonda tez hazm bo'ladi. Uchinchidan, uzoq muddat yaxshilab pishirilgan taom, tez pishadigan "fast food" kabi taomdan farqli o'laroq semirtirmaydi.

Afsus, hozirgi kunda, yoshlar shoshgan holida ovqatlanishni odat qilganlar. Yo'lda hot-dog yeb ketish, chala tayyor taomlarni mikroto'lqinli uskunada tayyorlab yeyish yoki oshxonaga kirib shoshib tamadi qilib olish hozirgi kunning odatidir. Oqibati esa, ortiqcha vaznda, oshqozon-ichak a'zolari kasalliklarida namoyon bo'lmoqda.

2. Fransuzlar restoranlariga nazar solsak, taomnomada doim set taomi mavjud bo'ladi. Bu nima degani? Bunda mijoz bir narxga biratolasin 3 taomni sotib oladi. Bu odatda salat, asosiy taom va desert bo'lishi mumkin. Yoki 2 taomdan iborat set salat va asosiy taom yoki asosiy taom va desertdan tashkil topgan bo'ladi. Bir tomondan qarasa, bizdan deyarli farqi yo'q. Biz ham kafega ovqatlanishga borsak, birinchi salat yeymiz, keyin asosiy taom va oxirida desert bilan tamadini yakunlaymiz. Lekin fransuzlar yeyishida bizdan bir katta farq bor. Bu porsiya!

Biz butun bir tushlik kalloriyasini tashkil etuvchi salatdan keyin, huddi shuncha kalloriyaga ega asosiy taom va ba'zida asosiy taomdan kalloriyada oshib ketuvchi desert bilan ovqatlanamiz. Fransuzlarda esa mana shu salat, asosiy taom va desertning umumiy kalloriyasi bir tushlikda talab etiladigan kalloriyadan oshmaydi. Ya'ni bizning holatda 3000 kalloriyaga ham yetsa, fransuzlarda bu uchchala taom shundoq balanslashgan bo'ladiki, uning umumiy kalloriyasi 1000-1500 kalloriyadan oshmaydi.

Demak, semirmaslik uchun yeyilayotgan porsiyaga ahamiyat bermoq lozim. Mayonezga bo'kkan salatdan keyin shashlik, ustidan esa snikers tortini yeb hech qanday balans haqida gapirib bo'lmaydi.

3. Nihoyat tadqiqotlar aniqlagan uchinchi sabab sifatda ekan. Har bir fransuz uchun ovqatga sifatli mahsulotlardan foydalanish, bu qonun. Haqiqiy fransuz taom tayyorlashda oz bo'lsada eskirgan, bir tomoni burushib qolgan yoki uzoq vaqt xolodilnikda turgan mahsulotni hech qachon ishlatmaydi. Ularning fikricha, odam organizmi faqat yuqori sifatli, foydali va mazali mahsulotlarni iste'mol qilishi kerak. Tez pishadigan, chala tayyor taomlarni yeyish fransuz uchun juda qiyin. U ovqat tayyorlashga ham uni iste'mol qilishga ham juda katta e'tibor bilan qaraydi. 

Mana shu uch tamoyil fransuz ayollarini semirmasligiga asosiy sabab ekan.   

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • homiladorlik paytida vena tomirlari chiqib ketishi
    • Ogriqlar yoq hozr. Bilme qornimi tepaga qaratib yotib olyappan kechasi shunda qornimda ozgina ogriq turyapti yonboshlab olsam otib ketyapti. Gemoglabinim 8 edi bugun duhtirga borib korinib keldim 10 chiqdi va dori berdi ichishga hozrcha yaxshi otyapti menda. Sizdachi ogrlashmayapsizmi
    • Ummu Soliha
    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • voy qizlarjonlar katta rahmat etiborlaring uchun😙😙😙😙 unaqa professionalmasman wunchaki havaskor. qizimni rasmga olaverib wunaqa bolib ketganman desama😊
    • ☆ZIZI☆
    • Ezozaxon's Avatar
    • Ta'sirlandim...!!!
    • <<Qaynota>> Qo'shiqlar ko'p dunyoda, Goho tinglab tolmaysan. Bir qo'shiq bor, kelinchak, Jon deb quloq solgaysan. …Qaynamagan qumg'onni Sovuq suvcha qadri yo'q. Cho'rt kesishga kelganda Qaynotadan mardi yo'q. Avlod uchun or ota, Goh mehringga zor ota. Duosida oltin bor- Qaynota bu-qaynota. Bir tovuqqa suv darkor, Ham don kerak deydilar. Damlab qo'ygan oshga ham, Voy, non kerak, deydilar. Qaynonamning qozoni YOg'siz qandoq qaynaydi. Qalampirning achchig'in Qaynotalar chaynaydi. Ochiq qolgan qozonning, Qopqog'ini kim topar. Un bo'lmasa suprada, Shirmoy nonni kim yopar? Qaynotalar asraydi...
    • Ezozaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Karaoke
    • Hozir esa jonu jahonim uģlim serquyosh madxiyasi boshidan ohirigacha hamma suzlarini yodlab olgan, kuni buyi oģzidan tushmaydi serquyosh hur ulkam elga baxt najot deb ohirigacha kuylaydi, Yulduz Usmonovani Uzbekisto qushiģini ham yodlab olgan Oq yurgakka uragansan uzing bizni Oq yuvib oq taragansan uzing bizni Beshigimiz uzra bedor ona bulib kunimizga yaragansan uzing bizni Adoying bulgaymiz seni Uzbekiston Fidoying bulgaymiz seni Uzbekiston Shu qushiqniyam uģlim rossayam yaxshi kuradi, yod olgan, qushilishib aytaveradi
    • Zahroxon
    • Ummu Soliha's Avatar
    • O'zbek oilasi farzandi KUZDA (2017)
    • Zahroxon va zizi farzandlaringiz muncha shirin koz tegmasin kuzda mazza qilib parklarni aylanyapsizlar ekanda qanday mazza. Duo qilinglar men ham Solihamni tezroq olib kelib ole bolajonimi rasa sogindim
    • Ummu Soliha

Davomi »

loading...