Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Homiladorlikdan keyin ozish

To'qqiz oyni ichida siz bir necha kiloga semirganingiz sizni juda bezovta qiladi. Ayrimlar homiladorlikdan oldin kiygan kiyimlariga sig'may qoladilar. Lekin tuqqandan so'ng dietaga o'tira olmaysiz, axir bolajoningizni emizishingiz kerak, yangi chaqaloq bilan sport zallariga borish imkoniyati hammada ham mavjud emas, qanday qilib unda o'z holingizga qaytishingiz, kiyimlaringizga yana sig'ishingiz mumkin bo'ladi?

Aslida emizuvchi ayollarga kuniga normadan tashqari (2000 kalloriyaga) qo'shimcha 500-600 kalloriya talab etiladi. Bu kalloriya miqdori bolaga yetarlicha ovqat yetqazib berish uchun kerak. Lekin bu o'rtacha ko'rsatkich, agar bolada yoki sizda vitamin yetishmovchiligi kuzatilgan bo'lsa yoki homiladorlik davrida holsizlik bo'lgan bo'lsa, u holda kalloriyalar miqdori ko'proq bo'lishi mumkin.

Emizish davrida ozishning asosiy kaliti bu aynan siz uchun kerak bo'lgan kalloriyalar miqdorini topib o'sha miqdorda ovqatlanishdir.

Bu haqda batafsilroq gaplashaylik:

1. O'zingizni kuzating. O'rtacha foydali 2000 kalloriyaga boy mahsulotlarni kuniga iste'mol qiling. Agar sutingiz yaxshi kelib, o'zingizni baqquvat his qilsangiz, demak bu sizga yetarli. Bundan kami emizuvchi ayollar uchun kamlik qiladi. Qorningiz ochayotgani tez-tez bilinib, sut miqdori kamayishi yoki bola to'ymasligi kuzatilsa, u holda bu kalloriyalar miqdori siz uchun kam bo'lib, ularni oshirish talab etiladi.

2. Sizning maqsad bir oyda ozish emas, balki sekin-sekin o'z holingizga qaytishdir. Axir semirish uchun 9 oy talab etildi, demak ozish ham shu tezlikda amalga oshirilishi lozim.

3. Kuniga bir marta uy sharoitida jismoniy mashg'ulotlarni amalga oshiring. Bu mashg'ulotlar sizning ixtiyoringizda bo'lishi mumkin. Xohlang musiqa qo'yib o'ynang, xohlang maxsus ozish mashg'ulotlarni bajaring, xohlang yoga bilan shug'ullaning...eng asosiysi kuniga bir marta har kuni jismoniy mashg'ulotlarni bajaring.
Eng qulay va oddiy mashg'ulotlardan biri - bu bolani slingga yoki ryukzakka(kenguru) solib olib 2 soat davomida toza havoda aylanish. Faqat sekin qadamlar bilan emas, balki biroz shoshibroq yurgandek qadam bossangiz foydasi bilinadi.
Bir soat davomida tez-tez yurilganda vazningiz 400 kalloriyaga yaqin yo'qotadi.
Mashg'ulotlarni bolangizni emizib bo'lgach bajarganingiz ma'qul, ko'krak bo'sh bo'lganda og'irligi sezilmaydi.

4. Foydasi bo'lmagan, lekin kalloriyaga boy mahsulotlarni kamaytiring. Masalan, shokoladli pechenye, yoki og'ir kremli tortlar. Bular sizning yeydigan mahsulotlaringiz safidan kamaysa, ozish uchun ancha imkoniyat kengayadi.

5. Imkoniyatingiz bo'lsa suzishga qatnashing. Shuni unutmangki, og'ir sport emizuvchi ayol uchun yaxshi emas. Chunki tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, ayrim og'ir sport turlari sut miqdoriga va sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatar ekan.

6. Kuzating. Agar ozish ro'y berib, o'zingizni yaxshi his etib, bolangiz yaxshi yeb, normal rivojlanayotgan bo'lsa, demak siz to'g'ri yo'l tanlagan bo'lasiz.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Umaraliyeva's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • hihi hihi hihi hihi rosa topib gapiribsizku, rostanam shunday bo'lib qoldi,:lol: o'ziz biiir suhbatni uyasini ochib bermasez yuravermiz, salom alikdan uyog'iga o'tolmay to'g'rimi :dugona$ Bor bo'ling ilohim shuna qilib bizni hursan qilib turing, ana bo'lmasam yana tilak aytishni boshladimmi ^xoxo$ ^xoxo$
    • Umaraliyeva
    • Zahroxon's Avatar
    • Tug'ilgan kunlar ! ! ! ! ! !
    • ertaga 16-dekabr qadrdonimiz, eng kerakli foydalanuvchimiz MUSLIMAning tug'ilgan kunlari bn chin qalbimdan TABRIKLIMAN, dugonajon doimo baxtli taxtli, sog' salomat buling, yuzingizdan quvonch hech qachon arimasin, barcha uylagan orzu niyatlaringizga yetib yuring TUG'ILGAN KUN MUBORAK
    • Zahroxon
    • mavluda1492's Avatar
    • Uzbaby.uz-2017
    • 1. Zizi 2. Muslima 3. Zahroxon bu nominatsiyalarga loyiq qizlarimiz judayam ko'p. lekin yilning eng faollari shular deb o'ylayman
    • mavluda1492
    • Zahroxon's Avatar
    • Goroskop va burjlar
    • 2018-yil munajjimlar bashorati: “Arslon” “Arslon” barchaning ko‘nglini zab etuvchi va qiziqqon burj vakilidir. Agar u biror muammoga duch kelsa, boshqalar ham ko‘ngilsizliklarga uchraydi. Chunki Arslon odamlar kayfiyatiga ta’sir qilishga usta. U bilan suhbat qurish yoqimlidir. Tabiatan go‘zal tashqi ko‘rinishga ega. Iqtidorlarining chek-chegarasi yo‘q. U bir-necha bor sevib qolishi mumkin. Ammo aslo uning ko‘ngli bilan o‘ynamaslik lozim. Aks holda 3-jaxon urishi boshlanadi.  2018-yil “Kuchuk yili” bo‘lib, Arslon burj vakili uchun omadli keladi. Ammo omad uchun...
    • Zahroxon

Davomi »

loading...