Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

Ozib, qayta semirib ketmaslik uchun oddiy maslahatlar

Ozish qiyin jarayon bo'lsa-da, unga ko'pchilik erisha oladi. Bir hafta och yursangiz 2-5 kg gacha yo'qotish mumkin. Lekin muammo shundaki, bu 2-5 kg 1 hafta o'tmasdan ortig'i bilan yana qaytib keladi. Qarabsiz-ki ozganingiz, o'zingizni shuncha qiynaganingiz befoyda bo'lib chiqadi. Ozib, qayta semirib ketmaslik uchun to'g'ri ozish kerak. Quyidagi qoidalarga amal qiling.

1 - qoida

Yotishdan oldin 3 soat ovqatlanmang. Uyquda kalloriyalar yoqqa aylanadi.

2 - qoida
Ko'p suv iching. Ovqat tez hazm qilinib yoqqa emas, energiyaga aylanishi uchun kuniga kamida 3 litr suv iching.

3 - qoida
Yog'lardan yiroq bo'ling. Yog'lar kalloriyaga eng boy mahsulotdir. Ayniqsa go'sht va sutdagi yog'lar badan ter osti yog'iga tez aylanadi.

4 - qoida
Bir o'tirishda ko'p emas, balki tez-tez oz-ozdan ovqatlanish kerak.

5 - qoida
Jismoniy tarbiya bilan har kuni shug'ullaning. Masalan, haftada 2 marta basseynda suzish yaxshi, lekin ozish uchun foydasi katta emas. Ozmoqchi bo'lsangiz, jismoniy mashg'ulotlarni har kuni o'rtacha og'irlik bilan bajarish lozim.

6 - qoida
Meva va sabzavotlardan ko'p iste'mol qiling. Ozayotgan organizm vitaminlarga ehtiyoji katta bo'ladi. Meva va sabzavotlardagi tabiiy vitaminlar organizm tomonidan oson qabul qilinadi, undan tashqari ovqat hazm qilish sistemasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

7- qoida
O'zini erkalash. Ozayotganda odam istagan narsasini yeya olmaganidan xafa bo'ladi. Shuning uchun haftada bir marta o'zingiz istagan mazali yeguliklardan me'yorida yeyishingiz mumkin. Shunda ozish stressga aylanmaydi.

Shuni unutmang, qancha sekin ozsangiz, natijasi shuncha uzoq davom etadi. Bir haftada yoki 1 oyda ozishni niyat qilsangiz, u holda keyingi 1 oyning ichida yo'qotgan vazningizdan yanada ko'proq killogramga semirishingizni inobatga oling.

8-qoida
Dam olish. Agar har kungi jismoniy mashg'ulotlar, me'yoridan kam ovqatlanish sizni psixologik va jismonan holsizlantirib qo'ygan bo'lsa, organizmingizga dam bering. Bir-ikki kun davomida jismoniy mashg'ulotlar qilmasdan, o'rta me'yorda ovqatlaning.

9-qoida
"Fast food", ya'ni tez tayyor bo'ladigan gamburger, qovurilgan kartoshkasi kabi yeguliklardan voz keching. Ularning 80% hazm bo'lmay yoqqa aylanadi.

10-qoida
Ovqatlanish me'yorini biling. Ozayotgan paytingizda ovqatdan butunlay voz kechib emas, balki ar doimgi ovqatlanadigan portsiyani yarmini yesangiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Самира's Avatar
    • Bolani bog'chaga berish
    • Лена болани пампердан чиқаришга харак қилинг боғчага бергунизча. Бола болани куриб қилганини қилиб горшокка урганиб хам олади. 2-3та иштонча обориб қуясиз боғча опаларига яхши муомила қилиб илтимос қилсайиз болайизни яхшироқ қарашади. Мени уғлим 2ёшу 2ойликдан бердик. Фақат бизники ясли 3соатлик. Анча гапиришни урганиб қолди гапирмай қуйганди. Агар иложи булса боғчайлар яқин булса болани 3-4соатга обориб ургатинг 1хафталардан кейин бола куникиб қолади.
    • Самира
    • Pazandaxon's Avatar
    • Parxez taomlar
    • [image] Masalliqlar 200 gr baliq 1 dona piyoz 1 dona balgariskiy 1 dona sabzi 2 dona kartoshka 2 dona chesnok donasi 1 osh qoshiq tomat 2 dona fasol 1 dona yalpiz bargi zanjabil tuz,murch ukrop Tayyorlash: Baliqni yirik kubik shaklida tog'raymiz. Tuz, murch sepib olib qo'yamiz. Qozonga suv solib qaynatamiz, Qaynab chiqqan suvga tog'ralgan piyoz, balgariskiy, sabzi, zanjabil solib 30 daqiqa qaynatamiz (gulkaram ham qo'shish mumkin). So'ng yirik kubik tog'ralgan kartoshka, baliq, fasol, tomat, tuz, murch solib yana 20 daqiqa qaynatamiz. Gazni o'chiramiz. Tayyor bo'lgan sho'rvaga mayda tog'ralgan chesnok va yalpiz solib qozon qopqog'ini 10 daqiqa yopib qo'yamiz. Ukrop sepib dasturxonga tortamiz.
    • Pazandaxon
    • Zaychik's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Aniq bilmadimu ancha oldin apami ovsinlariniyam o't pufagini olib tashlashgandi manam bezovta qilsa o't pufagini olib tashlarkanda deb qo'rqsam hozir tibbiyot rivojlangan toshni uziniyam olsa bo'ladi deyishdi
    • Zaychik

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring