Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Ozdiradigan sho'rva yoki 1 haftalik dieta

Ushbu dietani asosida ozdiradigan sho'rva yotadi. Ushbu sho'rvani kun mobaynida istagancha yeyish mumkin. Qancha ko'p yesangiz, ozish shunchalik oson bo'ladi.

Ozdiradigan sho'rva:

6 dona o'rtacha piyoz
3-4 dona pomidor
1 dona o'rtacha karam
2 ta yashil peres
1 bog' selder ko'kati
Sabzavotli bulyon kubiklaridan 2 dona

Sabzavotlarni mayda bo'laklarga bo'lib suvga solamiz. Tuz va murch qo'shamiz. Baland olovda 10 daqiqa davomida qaynatamiz, keyin olovni pastlatib sabzavotlar yumshaguncha yana qaynatamiz.


Ushbu sho'rvani kun mobaynida qorin ochganda yeb yurish lozim. Undan tashqari ushbu sho'rvaga qo'shimcha ravishda quyidagi mahsulotlarni yeb yurish kerak bo'ladi:

Birinchi kun: Mevalar (banandan tashqari). Suv, choy va shirasiz sharbatlar ham mumkin.


Ikkinchi kun: Sabzavotlar (istagancha miqdorda sho'rvaga qo'shimcha holda yeb yurish mumkin). Suv ko'p ichib turing.


Uchinchi kun: Meva va sabzavotlar. Sho'rva bilan suv ichish esingizdan chiqmasin.


To'rtinchi kun: Meva, sabzavotlar, yog'sizlangan sut. Undan tashqari 3 donagacha banan ham yeyish mumkin bo'ladi. Sho'rva va suvni ko'p iching.


Beshinchi kun: Mol go'shti va pomidorlar. Mol go'shtidan 300-800 gramm yeb, sho'rvani kamida bir marta ichish lozim.


Oltinchi kun: Mol go'shti, sabzavotlar va yana sho'rva. Bargli sabzavotlardan ko'proq yeng.


Yettinchi kun: Jigar rang guruch, sho'rva, meva sharbati va sabzavotlar.


Har kuni suvni kamida 3 litr ichishingiz kerak.

Mumkin bo'lmagan mahsulotlar: alkogol, non, gazlangan ichimliklar va yog'da qovurildan mahsulotlar. Go'shtni pishirib yoki duxovkada dimlab iste'mol qilishingiz mumkin.

Umumiy qoidalar:

Har bir kunga mo'ljallangan mahsulotgina adashtirmay sho'rva bilan iste'mol qiling;
Vazningizni o'lchang;
Sho'rvani qorningiz ochgan zahoti yeng;
Go'shtni yog'ini olib tashlab pishiring.

Agar barcha qoidalarga to'g'ri rioya qilsangiz 1 haftada o'rtacha 4.5-8 kggacha yo'qotasiz.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • LILY, UmmuMARYAM shunaqa tez tez izoh yozib turilar, sizlarni quvnoq izohlaringni uqib umuman kayfiyatim yuq bulsayam mazza qilib kulyabman
    • Zahroxon
    • Ezozaxon's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • 1ta manga shunaqa ko'rinvottimi dib o'ylagandim eng qulayi o'zi radikale.ru shekil imgur dan qo'yilganlari umuman ko'rinmidi manga
    • Ezozaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Tug'ilgan kunlar ! ! ! ! ! !
    • ertaga 16-dekabr qadrdonimiz, eng kerakli foydalanuvchimiz MUSLIMAning tug'ilgan kunlari bn chin qalbimdan TABRIKLIMAN, dugonajon doimo baxtli taxtli, sog' salomat buling, yuzingizdan quvonch hech qachon arimasin, barcha uylagan orzu niyatlaringizga yetib yuring TUG'ILGAN KUN MUBORAK
    • Zahroxon
    • mavluda1492's Avatar
    • Uzbaby.uz-2017
    • 1. Zizi 2. Muslima 3. Zahroxon bu nominatsiyalarga loyiq qizlarimiz judayam ko'p. lekin yilning eng faollari shular deb o'ylayman
    • mavluda1492
    • Zahroxon's Avatar
    • Goroskop va burjlar
    • 2018-yil munajjimlar bashorati: “Arslon” “Arslon” barchaning ko‘nglini zab etuvchi va qiziqqon burj vakilidir. Agar u biror muammoga duch kelsa, boshqalar ham ko‘ngilsizliklarga uchraydi. Chunki Arslon odamlar kayfiyatiga ta’sir qilishga usta. U bilan suhbat qurish yoqimlidir. Tabiatan go‘zal tashqi ko‘rinishga ega. Iqtidorlarining chek-chegarasi yo‘q. U bir-necha bor sevib qolishi mumkin. Ammo aslo uning ko‘ngli bilan o‘ynamaslik lozim. Aks holda 3-jaxon urishi boshlanadi.  2018-yil “Kuchuk yili” bo‘lib, Arslon burj vakili uchun omadli keladi. Ammo omad uchun...
    • Zahroxon

Davomi »

loading...