Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Bayram oldidan ozish

Bu dieta 1 oylik hisoblanadi. Afsuski uning natijasi uzoq vaqt saqlanib qolishi qiyin, lekin bayram arafasida chiroyli ko'ylakni kiyish maqsadida ushbu dieta orqali ozish imkoniyati katta.

Oyning 1 - haftasi

Birinchi nonushta: 1 choy qoshiq asal solingan iliq sut bilan qurutilgan nondan bir bo'lak.

Ikkinchi nonushta: 1 stakan choy bilan sariyog' surtilgan va salat bargi qo'yilgan 2 dona qora non.

Tushlik: Baliq, 2-3 dona qaynatilgan kartoshka, limon sharbati va zaytun yog'i solingan salat barglari.

Oradagi tushlik: 2 dona pomidor va toman sharbati yoki 2 dona meva va uning sharbati.

Kechki ovqat: 1 stakan qatiq bilan 2 bo'lak qora non.

Oyning 2 - haftasi

Birinchi nonushta: 1 choy qoshiq asal solingan iliq choy bilan 1 bo'lak qora non.

Ikkinchi nonushta: Qaynatilgan go'sht qo'yilgan ikki bo'lak qora non, pomidor va 1 stakan choy.

Tushlik: Go'shtli 2 dona kotlet, sabzili salat, kisel

Oradagi tushlik: Meva yoki 1 stakan qatiq.

Kechki ovqat: 1 stakan choy bilan ikki bo'lak pishloq.

Oyning 3 - haftasi

Birinchi nonushta: Bir piyola kofe bilan asal surtilgan 1 bo'lak qora non.

Ikkinchi nonushta: 1 stakan qatiq, pishirilgan tuxum, sariyog' surtilgan 1 bo'lak qora non.

Tushlik: Pishirilgan guruch, 1 stakan sho'rva, dimlangan qo'ziqorin yoki go'sht, dimlangan 2 dona olma.

Oradagi tushlik: Mevalar, suxarik.

Kechki ovqat: 1 stakan sut, tvorog, olma.

Oyning 4 - haftasi

Birinchi nonushta: Bir piyola choy va asal surtilgan suxarik.

Ikkinchi nonushta: Sariyog' surtilgan va pishloq qo'yilgan 2 bo'lak non va 2 dona olma.

Tushlik: Dimlangan tovuq va sabzavotlar, ko'k salat, kisel yoki sharbat.

Oradagi tushlik: Sabzi sharbati, pechenye.

Kechki ovqat: 1 stakan qatiq bilan 1 bo'lak non.

* Ovqatlanish vaqti:
Birinchi nonushta - 7:00-8:00 soat orali'gida
Ikkinchi nonushta - 10:00-11:00 soat oralig'ida
Tushlik - 13:00-14:00 soat oralig'ida
Oradagi tushlik - 16:00-17:00 soat oralig'ida
Kechki ovqat - 18:00-19:00 soat oralig'ida

** Bir o'tirishda yeyish porsiyasi 200-400 grammni tashkil qiladi.

*** MUHIM! Ushbu dieta oshqozoni kasal insonlarga qat'iyan man etiladi va undan 1 oydan oshiq foydalanish mumkin emas.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zarinabonu's Avatar
    • Nikohda mahr
    • Bu mavzuni endi ko'ribman .Bizga nikoh o'qigan domla 2 mln so'm pul yoki o'sha pulga biror nima olib berasiz degandilar. Muhimi 2 mln so'm pul Jufti halolingizga ishlatin deb aytganlar. Shunda Turmush o'rtog'im roziman deganlar. Keyin Moskvaga kelishimga 170 $ qaytishimga 220$ bilet oberganla. Rajotlashib ketganmiz desammi))))) Ba'zida esimga tushib qosa qarziz bor deb qo'yaman. Bilganimda avvalroq voz kechgan bo'lardim man ham. Bu yerda yozilganlarni o'qib eeeeeh deb qo'ydim bilganimda qarziz bor demasmidim))))) Kech bo'lsada bilvoldim.
    • Zarinabonu

Davomi »

loading...