Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Ozayotganlar qiladigan asosiy xatolar

Ozayotganlarda sog'lig'ini buzib qo'yish havfi katta bo'ladi. Shuning uchun ozayotgan qiladigan asosiy xatolarni hamma ozmoqchi bo'lganlar oldindan bilib qo'yishi foydadan xoli bo'lmaydi.

Birinchi xato: kam ovqat yeysam ozaman.

Kam ovqat yeb, dieta qilganda tez kunda ozganingizni sezasiz. Lekin bu vaqtinchalik natija ekanligini unutmang. Bir hafta dieta qilib yo'qotilgan vazn, dieta tugagach 3-4 kun ichida ortig'i bilan qaytadi.

Ikkinchi xato: tez-tez emas, balki onda-sonda yesam, tezroq ozaman.

Kun davomida onda-sonda yeb yurishni maqsad qilsangiz, ozish haqida unuting. Chunki onda-sonda yeganingizda qorningiz och bo'lgani uchun ko'proq yeb yuborasiz va ozish natijasi aslo kutilmaydi. Undan ko'ra tez-tez oz-ozdan yeyish ozish uchun yaxshi yo'l.

Uchinchi xato: go'sht yemaydiganlar ozg'in bo'ladilar.

Go'sht yemaslikni organizmga ma'lum bir foydasi bor, chunki go'sht organizmga zararli bo'lgan xolesteringa va yog'larga boy bo'ladi. Lekin ozishga buning hech qanday aloqasi yo'q. Go'sht yemaydiganlar odatda non va non mahsulotlarini ko'p iste'mol qiladilar. Bu esa albatta ozishga to'sqinlik qiladi.

To'rtinchi xato: kechki ovqat yemasam, tez ozaman.

Unday emas. Kechki ovqat bo'lishi shart, faqat u soat 18-00 atrofida va yengil (salat, suyuq ovqat va qatiq, meva...) ko'rinishda bo'lishi lozim.

Beshinchi xato: to'yib yesam ozolmayman.

Aslida unday emas. To'yib yeyish yaxshi faqat yog'larga, nonli mahsulotlarga yoki kremli tortlarga to'yish emas, balki mayonezsiz salat, sabzavotlar, mevalar, dukkakli mahsulotlarni to'yib yeyish organizmni to'ymasdan turib och qolib keyingi ovqatlanishda ko'proq ovqat talab qilishiga olib kelmaydi.

Oltinchi xato: shirinlikdan umuman voz kechish lozim.

Albatta, shirinliklarni yeyish semirish uchun eng oson yo'l. Lekin ulardan 100% voz kechish ozishga foyda bo'lsa-da, odam asabiylashishiga olib keladi. Shunga ozayotganlar ba'zi-ba'zida shokolad yoki boshqa bir shirinlikdan ozgina yeb turishi kerak.

Yettinchi xato: "avlodga tortgan" degan fikr.

Ota-ona semiz bo'lsa, bolaning semizligi normal holat deb qabul qilinadi. Avlodda ortiqcha vaznliklarning ko'pligi, bolaning semizligiga asos bo'lib qoladi degandir. Xato fikr. Albatta, semiz ota-onaning farzandi semiz bo'lish ehtimoli boshqa bolalarga nisbatan kattaroq, lekin buning sababi avlod bo'lishi shart emas. Semiz ota-onaning farzandi katta vaznga ega bo'lishi oilada yeyish tizimining noto'g'ri ekanligidan ham bo'lishi mumkin. Ya'ni ota-onaning o'zi me'yoridan ortiq, pala-partish ovqatlanishi bolani ham shunday tarzda katta bo'lishiga olib keladi. Yoshligidan me'yorni bilib, tartib bilan ovqatlanib, yog'lar, krem va shirinliklardan kamroq iste'mol qilgan bola, katta bo'lganda ortiqcha vazn muammosiga duch kelish ehtimoli juda kichik.

Sakkizinchi xato: ozsam sellyulit yo'qoladi.

Unday emas. Sellyulitning paydo bo'lishiga nafaqat semirish balki organizmning gormonlar holati, tuz va suv almashinuvi o'zgarishi sabab bo'lishi mumkin. Barcha ortiqcha vaznlik odamlarning ham sellyuliti mavjud emas. Shuning uchun ozib, selyullitdan qutulaman deb o'ylash noto'g'ri.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Salom Ezozaxon yaxshimisizlar katta bolyapsizlarmi? Ezozaxon ham yaxshilarmi? Opa bolib katta qiz bokib yuribdilarmi? Kivhkintoy qalelar.... qolga kiradigan bolib kulishlardi organib oldilarmi asalim... %mua# :sevgi :sevgi
    • Ummu Soliha
    • Zahroxon's Avatar
    • Bog'cha yoshidagi (3-7) yoshlik bolalar uchun taomlar
    • Man joylayotgan narsalar ODDIY hamma biladigan reseptlar bulsa ham, hammani uz tayyorlash uslubi buladi Pazandaxon apam aytganlaridek, man ham yoshligimdan har doim qande uslubda shu taomlarni pishirsam, sizlarga ham shunde qilib kursatib berishga harakat qilyabman, kamchiliklar uchun sizlardan uzr surayman Ayniqsa bulib bulib 2tadan rasm quyayotganim uchun ham alohida uzr surayman, rosa harakat qildim imgur.com dan rasm yuklashga umuman uddalay olmayabman, vaqtim ketgani qolyabdi holos, shunga radikale.ru dan osonroq joylay qolyabman
    • Zahroxon
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • kutganizda sekiiiiin o'tadi o'zi))) ilohim yengilidan bersin. ha yuribmiz katta bo'lib))))
    • Lily
    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017

Davomi »

loading...