Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Ozish uchun oson tamoyil

Dunyoga o'zining ozish haqidagi va boshqa kitoblari bilan mashhur yozuvchi Allen Karrning "Ozishning oson yo'li" kitobiga asoslangan maslahatlar. 

Bizga ma'lumki, ozish uchun kam yeyish emas to'g'ri ovqatlanish zarur. Ya'ni hammamiz biladigan semirtiradigan mahsulotlardan voz kechish vazn kamayishiga olib keladi. Semirtiradigan kalloriyasi ko'p mahsulotlar bu - shokolad, yog'liq go'sht, shirinliklar, non va non mahsulotlari va hokazolardir. Allen Karr bu tamoyilga qo'shimcha qilib bir qator maslahatlar beradi. Ularning ba'zilarini keltirib o'tamiz:

  • Ozishni niyat qilgan odam kuniga 3-4 mahal ovqatlanishi kerak. Muhimi shundaki, shu ovqatlanish vaqti orasida suyuqlikdan boshqa hech nima yemaslik kerak.

 

  • Ertalabki nonushta faqat mevalardan iborat bo'lishi kerak.

 

  • Bir o'tirishda to'yib ketguncha emas, balki yetarlicha yeyish lozim. To'yish hissi paydo bo'lishi ko'p yeyilganidan dalolat beradi. Yetarlicha yeyishga esa o'z vazningizdan kelib chiqqan holda ma'lum bir portsiyani yeyish tushuniladi. Yetarli portsiya hajmini aniqlash uchun hozirgi yeyayotgan portsiyangizni asta-sekin kamaytirib borish kerak. Shunda to'qlik hissigacha olib kelmaydigan hajm siz uchun yetarli portsiya hisoblanadi. Undan ortig'i organizmingizga kerak emas.

 

  • Ora-orada shirinlik, pechenye, pista, qurt, sho'r danaklar kabi yengil yeguliklardan qo'rqish kerak. Ular birinchidan, ishtahani keskin ochib yuboradi, ikkinchidan, ularni yeganda to'xtash qiyin bo'ladi. Shunda siz qorningiz ochgani uchun emas, shu yeguliklar oshqozonni qo'zg'atib yuborgani uchun bemahalda ovqatlanishni istab qolasiz.

 

  • Qorin haqiqatan ochganda ovqatlanish haqiqiy lazzat keltiradi. Shunda to'yish hissi ham tez keladi. Qorin o'chmay turib shunchaki ora-orada yeb yurgan holda ovqatlanganda esa to'qlik hissi kelishi juda qiyin bo'ladi.

Yuqoridagi tamoyillar oddiyga oxhsgani bilan aslida juda samaralidir. Ulardan ozish uchun emas, balki doimiy ravishda sog'lom hayot tarzida yashash uchun foydalanish kerak. Shunda natija dietalar va'da qilgandek 1 oyda yoki 1 haftada emas, balki butun umr mobaynida sizni xursand qiladi. 

Manba: The easy was to LOSE WEIGHT (Allen Carr)

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muyassar2017's Avatar
    • Ilk taasurot...
    • ehhe rahmat opajonlarim o'qib mazza qildim, Zizi opa ilohim siz uchun aziz bo'lgan oilangiz baxtiga sog' bo'ling, oilangiz uchun har narsaga tayyorligiz ma'noli izohlarizdan ko'rinib turibdi,yana shirin shakar farzandlar nasib etsin Allohim! Lilyginam siz bizning haqiqiy dahoyimizsiz! Hayotiy va shoirona gaplariz bn meni lol qoldirasiz)) kattakon rahmat))
    • muyassar2017
    • muyassar2017's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • salom Sevara opajon yaxshimisiz? topolonchilar bilan kuniz qandey o'tganini ham sezmasangiz kk ))) men ham yaxshiman yuribman domboqqina bb)) kecha poliklinikaga chiquvdim obmenkamni yozib berishdi,taxminiy aprelni o'rtasiga, yana Xudoni o'zi biladi)) yaxshi tilaklar uchun rahmat opajon, o'zimiz ham rosa kutyapmiz, qiziqyapmiz)) har safar har xil gap, qani kutaveraylikchi nima bersa ham sog' salomat tug'ilsalar bo'ldi)) sizga ham shirin qizaloqlar bersin Allohim))
    • muyassar2017
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bolalarda ich kelmasligi
    • Mani meditsinadan habarim yuqku . buvim radomdan chiqqanimdan keyin hech yu 20 kun novvot ichma tilin yorilib ketadi deb 20 kun shirinli yegizmaganlar. Novvotni 21 kundan oz ozdan solib ichirganlar. Uzlarini tillari yorilib ketgan. Ekan tuqqanlarida novvot ichgan ekanlar.
    • Zarinabonu
    • uzbaby's Avatar
    • Qorboboga maktub (konkurs maktublari) Yakunlandi
    • Farida hozir qarab chiqsam sizning hatingiz birinchi o'rin olgan ekan. Siz adashmasam ilk bora konkursda g'olib bo'lishingiz. Bu konkurs bolajonlarni xursand qilish uchun edi, shuning uchun bunday qolishi mumkin emas. Manzilingizni oldim. Sizga qaytadan sovg'a yuboraman. Faqat huddi o'sha rasmdeka bo'lmaydi. Imkonimizdan kelib chiqib Anorahonni xursand qilamiz deb va'da beraman. Sehrli flomaster bo'ladi, faqat yonidagi narsalarni huddi shundaylarini hozir topa olmasligimim tufayli sal boshqacharoq narsa qo'shib yuboraman. Faqat Anorahonga aytib qo'ying yana bir ozgina kutsinla. Bu hafta...
    • uzbaby

Davomi »

loading...