Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

sigaret va bola

Ota-onalar farzandi uchun ko'p narsa qilishga tayyor. Tumandagi eng zo'r maktabga yuboradilar, betob bo'lsa, topilmas dori-vositalarini keltiradilar, o'zi yemay farzandiga eng zo'r krossovka olib berishga tayyor bo'ladilar. Ko'zbo'yamachilikmi yoki haqiqiy mehrmi bu?

Albatta haqiqiy mehr. Shak-shubhasiz ota-ona bolasi uchun bor-yo'gini ayamaydi. Lekin farzandi uchun, uning salomatligi uchun chekishni tashlay oladiganlar bormi? Vaholanki, aynan shu sigaret isi bolaning salomatligi uchun eng xavfli vositadir. Birov farzandingizga tosh otsa, jahlingiz chiqadimi? Uning oldida sigaret chekayotganingizda siz bundan battar qilasiz.

Afsus yuzlab erkaklar yonida homilador ayoli bo'la turib chekib yuradilar, uyda chaqaloq tug'ilgach uy havosini sigaret hidi bilan to'ldirib tashlaydilar. Shunday bo'lsa, yuqoridagi qimmatbaho kiyim-kechaklar, topilmas dori-vositalarni keltirishning nima keragi bor? Bu haqiqiy ko'zbo'yamachilik. Boshqalarni oldida bolasi uchun qayg'urayotganini ko'rsatish imkoniyati xolos. 

Agar erkak haqiqatan farzandining salomatligi haqida qayg'urganida avallo uning oldida, u yashayotgan uyda chekmagan bo'lar edi. 

Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, chekayotgan odam oladigan zarardan ko'ra, sigaret isini hidlayotgan odam bir necha barobar ko'proq zarar oladi.

Sigaret isi bor uyda o'sayotgan bolalar pnevmoniya, astma, otit, bronxit, sinusit, krup (o'tkir yo'tal) va ba'zi ko'z kasalliklariga boshqa bolalarga nisbatan bir necha barobar ko'proq chalinadilar.

Halqaro Sog'liq Tashkilotining statistikasiga binoan chekuvchi ota-onalar farzandlari shifoxonaga nafas olish a'zolari kasalliklari tufayli chekmaydigan oilalar farzandlaridan 2 barobar ko'proq murojaat qilar ekanlar.

Undan tashqari sigaret isini hidlab o'sayotgan bolalar qon tarkibida organizm uchun foydali lipoprotein moddasining kamaygani kuzatiladi. Aynan shu modda yurakni ishemik kasallikdan himoya qilib turadi.

Afsus oxirgi yillar tadqiqotlari shuni ko'rsatdiki, ikki va undan ko'p oila a'zosi chekadigan xonadonlarda o'sayotgan bolalarda kelajakda o'pka saratoni rivojlanish ehtimoli yuqori ekan.

Ba'zi sabablarga ko'ra, dunyoda chekishni qonuniy ravishda ta'kidlamaydilar. Lekin bizning oila bu bizning bir kichik dunyodir. Ana shu o'zimizning dunyoda farzandlarimizni salomatligi uchun kurashish o'zimizning qo'limizda. Xonadonda, bolaning va homiladorlarning oldida chekmaslik, sigaret isi bilan bolaga gapirmaslik unga haqiqiy mehr ko'rsatishdir.

Ikki yoshlik o'g'il bolaning otasi uning oldida chekib turib mendan, "Qaysi sportga bersam bolam sog'lom bo'ladi, qish kunlari tez-tez shamollaydi," deb so'ragan edi..."Uning oldida chekishni to'xtatishdan boshlang", deb javob qilsam, kulib yuborgan xolos. Uzbaby.uz Pediatri so'zlaridan.

 

Qimmatbaho krossovka olib berish yoki kasal bo'lganidan keyin qimmatbaho dorilarni topib kelib maqtanish shart emas, bolam uchun chekishni tashladim deb maqtanish kerak. Xotinim homilador bo'lib qolgani uchun uyda, uning yonida chekmayamman deb g'ururlanish lozim. Mana bu haqiqiy mehr va kuchdir. 

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring