Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

shamollash

Qish kunlari organizm alohida e'tibor talab etadi. Ko'pchilik asosan qish kunlarida kasal bo'ladi. Kasallikni davolashdan ko'ra oldini olish haqida bilib olaylik.

1. Organizmga qish kuni vitamin yetishmaydi. Meva-sabzavotlarning yozga nisbatan miqdori va xili kamligi buning asosiy sababidir. Organizmni tonusda saqlovchi eng yaxshi vitamin "C" hisoblanadi. U asosan namatak damlamasida va bulg'ur qalampirida bor. Namatak damlamasini har kuni choy o'rniga iste'mol qilish mumkin. Qo'shimcha ravishda har kuni askorbin kislotasini qabul qilish foydadan holi bo'lmaydi.

Namatak damlamasi organizmdan kaliy moddasini yuvib chiqarish xususiyatiga ega bo'lgani uchun unga 3-4 dona turshak qo'shib damlash kerak.

.  

2. Qish kunlari ko'pincha organizmda temir moddasi yetishmovchiligi ham yuzaga keladi. Go'sht va boshqa oqsilga boy mahsulotlar temir moddasi yetishmovchiligini qoplashda yordam beradi.

3. Charchov va stress barcha kasalliklarning asosiy sababchisi desak adashmaymiz. Yetarlicha uxlash va asablarni joyda tutish qish kunlari kasalliklardan holi bo'lishga eng katta kafolat.

4. Terlashga yo'l qo'ymang. Sovuq kunlari ortiqcha kiyim issiq tutishidan tashqari terlatadi. Teri chiqqanda sovuq tegib shamollash juda oson bo'ladi. Shuning uchun ortiqcha va terlatadigan kiyimlardan voz keching. Ayniqsa, biron jismoniy faoliyat bilan band bo'lib turganingizda terlash ehtimoli katta ekanligini inobatga olgan holda kiyining.

5. Oyoqlarni issiq tuting. Ba'zida shamollash boshlanish arafasida bo'lganida tabiiy jundan qilingan issiq paypoq bilan limon choyni o'zi kasallikni yengishga yetarli bo'ladi.

6. Govjum joylardan nari bo'ling. Avtobus va boshqa odam yig'ilgan joylarda tibbiy niqob taqib yurishga odatlaning. Siz qancha sog'lom bo'lmang, yoningizda 5 ta odam aksirib yo'talib tursa, kasallikni yuqtirib olishingiz oson bo'ladi.

7. Chiniqing. Sovuq havo bo'lsa ham, qulay kiyinib sayrga chiqing. Jismoniy mashg'ulotlar bilan tabiatda shug'ullanishga odatlaning. Boshqalarga o'rnak bo'la olasiz.

8. Limon, smorodina, asal har kuni stolingizda mavjud bo'lsin. Ularni qancha ko'p iste'mol qilsa, foydasi ham shuncha ko'payadi. Tvorog, qatiq, choy, piroglarga shakarni o'rniga asal solishga odatlaning. Salomatligingiz qanchalik yaxshilanishini tez orada his eta olasiz. (Asalga allergiyasi borlar bu tavsiyaga amal qilishlari mumkin emas.)

9. Doim bosh kiyimda yuring. Tashqariga 2 daqiqaga bo'lsa ham chiqayotgan bo'lsangiz, boshingizga yengil ro'mol yoki shapka tashlab olishni unutmang.

10. Qo'l yoki oyoqlaringiz xo'l holatida ko'chaga chiqmang. Yoki yaqinda cho'milib 1-2 soat o'tsa ham, tashqariga chiqishga shoshilmang. Nam badan, soch, qo'l-oyoqlar nafaqat umumiy shamollashga, balki asab tolalarini shamollashiga, mushakni yallig'lanishiga ham olib kelishi mumkin. 

 

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Hafta yulduzi !!!!!!
    • Voy yog'e to'g'risi bunaqasini umuman kutmagandim, aynan qaysi savol yoqqanini ayta olasizmi? men 10 savol yuborgandim balki mani savolim yoqqandir☺️☺️☺️
    • muslima1
    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • rahmat Mahliyo ajoyib maslahatiz uchun. harakat qilaman. lekin men bowqalarday juda pazandamasmanda
    • ☆ZIZI☆
    • Zahroxon's Avatar
    • Pishiriqlar
    • RAHMAT MUSLIMA man kecha skavarotkamda qilgandim, uyimizdagi hammaga yoqdiyu, faqat nimagadir uzimga yoqmadi, bugunam qibering deb dadajonim masalliqlar olib kelib berishdi, shunga bugun yana qimoqchidim, oddiy qatiqli pirogni reseptini va qilinishini yozib yuborolmisizmi, oldin qilardim zur ishib chiqardi, anchadan beri qilmaganimga esimdan chiqib qolibdi, faqat pechim yuqda gaz duxovkasida pishiraman listi uzun kotta keyin chekkasi ingichka buladiyu, yaxshi chiqarmikin, farzandlarim ham pishirib bering deyishyabdi, shakarini kamroq qilsam Behruzbekka ham mumkindir a nima deysiz yoki kursatmi...
    • Zahroxon
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Ilohiy Baht.
    • Farzandungizni Rohatini ko'ring. Oqib his tuyg'ularim yangilandi. Hayajon bn oqib kozimdan yosh kelib keti.
    • Ummu Soliha

Davomi »