Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yosh bolalar bilan sayohatga borishdan oldin ota-ona ba'zi qoidalar bilan tanishib chiqishi mubolag'a bo'lmaydi.

 

1. Sayohat mobaynida borilayotgan mamlakatdagi havo harorati bilan tanishib chiqish. Sayohat agentliklar saytida umumiy ma'lumot beriladi, real haroratni esa onlayn web sahifalardan bilsa bo'ladi.

2. Ba'zi mamlakatlarga borishdan oldin emlatish talab etilishi mumkin. Bu haqda oldindan bilib, talab etilsa emlanib borish kerak.

3. Notanish mamlakatda dori vositalarini topish qiyinchilik tug'dirishi mumkin. Shuning uchun o'zingiz bilan kerakli dori vositalarni olib boring. 

  • Istma tushuruvchi vosita;
  • Ich ketishga qarshi vosita;
  • Allergiyaga qarshi vosita;
  • Birinchi yordam vositalari;
  • Bola va o'zingiz o'rgangan antibiotik;
  • Dezinfeksiyalovchi vosita;
  • Borilayotgan mamlakat sharoitiga qarab boshqa qo'shimcha vositalar.

4. Ba'zi dengiz va suv xavzalarida cho'milishdan oldin, maxsus ma'lumotga ega bo'lish kerak.

Masalan,

  • Sohildagi bayroqcha rangiga qarab to'lqinning xavfini bilib olsa bo'ladi;
  • Ba'zi bildirishnomalar okeanda meduza yoki boshqa xavfli hayvonlar borligidan dalolat beradi;
  • Suvda cho'milish mumkin va mumkin bo'lmagan vaqt ko'rsatilgan jadvallar turadi;
  • Suv oqimi va xavfli o'ramalar haqida va boshqa muhim xabarlar bo'lishi mumkin.

Doim qutqaruvchilar bor joyda cho'miling. Suvda belgilangan chegaradan chiqib ketmang.

 

5. Mehmonxonani oilalarga mo'ljallanganini, kichik bolalar uchun sharoiti mavjud bo'lganini tanlash lozim.

6. Borilayotgan mamlakatda man etilgan narsalar haqida xababrdor bo'lish kerak.

Ma'lumotlarni maxsus forumlardan, borib kelgan odamlardan so'rab olsa bo'ladi.

7. Oyoq kiyimni qanday turini olib borish kerakligini bilish lozim. Ayniqsa, bolalar uchun qulay va oyoqni charchatmaydigan poyafzal olish kerak. Ba'zi mamlakatlarda chippakni o'zi yetarli bo'lsa, ba'zi joylarga maxkam krossovka talab etilishi mumkin.

8. Sayohat programmasini oldindan tuzib olish lozim. Borgandan keyin qaerga qachon borishni rejalashtirish qiyin bo'ladi. Kichik bolalar bilan sayohat qilganda, tomosha qilish joylarga borish rejasini puxta, qulay va bola yoshi va ehtiyojini inobatga olib tuzish kerak.

9. Sayohat manzilida nimadan ehtiyot bo'lishni bilib olish muhim.

10. Bolada biron kasallik yoki salomatligiga oid muammo bo'lsa, sayohatdan oldin bu borada pediatr bilan maslahatlashib ketish kerak. Bola ichib yuradigan dorilarini ortig'i bilan olib ketish lozim.

Bolani 1 soniyaga ham bir o'zini suvda yoki suv xavzasi yonida qoldirmang.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • ☆ZIZI☆'s Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • [image] дом 2 http://dom2su.ru/sv-serii/ свежие серии[image] свежие серии dom2su.ru/sv-serii/
    • ☆ZIZI☆
    • Pazandaxon's Avatar
    • Iyul2017
    • [image] [image] Qor nimaligini bilmaydigan malay xalqi ko'pikni ''qor degani shu bo'lsa keraaak ''deb o'ylayapti. [image] [image] [image]
    • Pazandaxon
    • Nargizaaa's Avatar
    • Tanishaylik
    • Rahmat kottakon. Hushvaqt bölila...
    • Nargizaaa

Davomi »