Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

aliesp

Stressdan qutilish yo'i

Hozirgi zamonda stress mavjud bo'lmagan hayotni tasavvur qilish qiyin. Undan qanday yo'l bilan qutulish mumkin ekanligini quyidagi 24 xil usuli bilan tanishib chiqib, o'zingizga mosini tanlab amalda qo'llab ko'ring:

1. Yoqimli narsa haqida o'ylab yuring. Hayotingizda bo'lib o'tgan yorqin va zavqli lahzalarni eslab, ular haqida ko'proq o'ylashga harakat qiling.

2. Yoqimli vaziyatni xayolingizda o'ylab chiqaring. U haqda ko'p o'ylang.

3. Meditatsiya qiling. Kunda bir necha marta o'n besh-yigirma daqiqa davomida ichingizda bir yaxshi gapni bir maromda qaytaring.

4. Sukunatda meditatsiya. Kunda bir necha marta yogadagi nilufar guli holatida o'tirib, o'z nafas olishingizga quloq solib sukunat saqlang. Chuqur nafas oling.

5. Stress holatini keltirib chiqargan vaziyatdan xayolan chiqib keting. O'sha vaziyatdan chiqish yo'lini o'ylab, shunda qanchalik xursand bo'lishingizni ich-ichingizdan his eting.

6. Atrof-muhitni o'zgartiring. Shahardan chetga keting, dengiz yoki tog'da dam olib keling.

7. Kitob o'qing. Sevimli kitobni o'qish sizga stress holatini esdan chiqarib yuborishga yordam beradi.

8. Ishni uyga olib kelmang. Ishxonadagi ishingizni o'sha yerda tamomlab uyga keling. Uyda dam oling.

9. Stress holatini keltirib chiqargan muammo ildizini topib uni bartaraf etishga harakat qiling.

10. Uy hayvonlari bilan o'ynang.

11. Qo'shiq ayting.

12. O'simliklar parvarishi bilan vaqt o'tkazing.

13. Turli xil taomlar pishirish bilan o'zingizni ovora qiling.

14. Vanna qabul qiling.

15. Stressdan xoli bo'lish darslariga qatnang.

16. Ko'chada toza havoda aylanib keling.

17. Hech narsa qilmang. Gohida hech narsa qilmaslik ham meditatsiya natijasini beradi.

18. Ming'irlang. Ming'irlash fiziologik jihatdan organizmdagi og'riq darajasini pasaytirish qobiliyatiga ega.

19. Yig'lab oling. Yig'lash stress holatidan oson chiqishning eng qulay yo'li.

20. Dardlashing.

21. Siz sevgan o'yin bilan band bo'ling. Parkda-mi yoki kompyuterda-mi o'zingizga yoqqan o'yinga berilib keting.

22. Shukur qiling. Hayotingizdagi bor yaxshiliklarni topib barchasi uchun shukur qiling.

23. Jinsiy aloqa bilan shug'ullaning.

24. Atrfodagilarga yaxshilik qiling. Sizga ko'rsatilgan minnatdorchilik sizga malham bo'la oladi.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • dilnozz's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • assalomu alekum qadrdonlarim sog omonmisizlar .farzandlaringiz ham yahshi yurishibdimi .Qadrdonlarlarim man ham yahshi yuribman kelinlik vazifalari bilan hechcham ortolmayapman .Hamnangiz sog boling oilangiz tinch bolsin ilohim.
    • dilnozz
    • Farida1992's Avatar
    • Nolyabr 2017
    • lily,Zarinabonu goliblik muborak bolsin.Doimo hayotdaham goliblik nashidasini tuyib yuring.
    • Farida1992

Davomi »

loading...