Gepatit yoki sariq kasal

Gepatit bu o'tkir infektsion virusli kasallikdir. Gepatitning quyidagi xillari mavjud:

Gepatit A

Gepatitning bu turi eng oddiy va keng tarqalgan hisoblanadi. Bu kasallikning yana bir nomi Botkina kasalligidir. Kasallik yuqishidan boshlab 7-50 kun oralig'ida tana sarg'ayadi. Inkubatsion davrning oxirida badan sariqlashmaguncha kasallik yuqumli bo'ladi. Ko'pincha kasallik tana harorati oshishi, grippga o'xshash simptomlar bilan davom etadi, undan tashqari siydik to'q rangga bo'yalib, najas aksincha rangi ochiqishadi. Kasallik deyarli hech qanday muolajasiz 1 haftadan 2 oy ichida o'tib ketadi, lekin yana yarim yil mobaynida jigarga og'irlik qilmaydigan ovqatlanish va harakat qilish lozim. Kasallik avji olgan payti kasal yotib va maxsus dieta qilishi shart. Kam hollarda tuzalish uchun kapelnitsa talab etiladi. Gepatit A odatda tozalikka rioya qilmaslik natijasida vujudga keladi. Kasallikni oldini olish maqsadida meva va sabzavotlarni iloji bo'lsa qaynagan suvda yaxshilab yuvish, vodoprovod suvini qaynatib yoki filtrlab ichish, qo'lni tez-tez sovun bilan yuvib turish kerak.

Gepatit B

Gepatitning ushbu turi juda xavflidir. Uni ko'pincha sivorotkali gepatit deb ham atashadi. Gepatit B qondan o'tadigan kasallikdir. Uning darajasi turlicha bo'lib jigar serrozi va rakga olib kelish xavfi ham mavjud. Tish chyotkasi, stomatolog asboblari, manikyur anjomlari, shpritslar kasallik o'tkazuvchilaridir. Undan tashqari homilador onadan homilaga va jinsiy aloqa orqali o'tishi ham mumkin. Odatda kasallik yuqqanidan boshlab 50-180 kun ichida namoyon bo'ladi. Uning alomatlariga tana haroratining oshishi, badan qaxshashi, qayd qilish va ko'ngil aynashni kiritishimiz mumkin. Undan tashqari siydik rangini to'qqa bo'yalishi kuzatiladi. Kasallikni oldini olish uchun sterillangan asboblardan, bir martalik shpritsdan foydalanish kerak. Gepatit Bni davolashda immunitetni oshiruvchi dorilar, gormonal preparatlar va antibiotiklar qo'llaniladi. Eng yaxshi profilaktika vositasi bu Gepatit B privivkasini olish.

Gepatit C

Gepatitning eng og'ir shakli bo'lib, asosan qon quyish orqali yuqadi. Ayrim hollarda jinsiy aloqa orqali va homilador ayoldan homilaga o'tishi mumkin. Bu kasallik yuqishidan namoyon bo'lgunga qadar 2 haftadan 26 haftagacha o'tish mumkin. Bu degani kasal yuqtirib olgan odam o'zi bilmagan holda boshqalarga yuqtirib yurishi xavfi bor. Gepatitning bu shaklida badan sariqqa bo'yalmaydi. Ayrim hollarda tana harorati oshishi kuzatilishi mumkin. Lekin jigar uchun u juda zararli bo'lib, vaqt o'tib jigar shishiga olib kelishi mumkin. Gepatit Cning zararli tomoni shundaki, u doimiy simptomsiz kasallikka aylanishi mumkin. Bunda jigar yillar mobaynida virusdan zaharlanib rak kasalligiga uchrashi mumkin. Afsuski, Gepatit Cga qarshi privivka ishlab chiqilmagan. Shuning uchun hozirgi kunda donor qoni ushbu virus mavjud emasligiga batafsil tekshiruvdan o'tadi.

Gepatit D

Gepatitning bu virusi mustaqil yashay olmaydi, shuning uchun u Gepatit Bga qo'shilgan holda jigarga ziyon yetkazadi. Gepatit D ham qon quyilishi natijasida yuqadi. Kam hollarda homilador onadan homilaga va jinsiy aloqadan yuqishi mumkin. Bu kasallikning alomatlari Gepatit Bnikiga o'xshash bo'lib, asorati ancha og'irroq bo'lishi mumkin. Kasallik yuqqanidan so'ng 1 haftadan 6 oy ichida namoyon bo'ladi.

Gepatit E

Bu virus turi yaqinda aniqlangan bo'lib Gepatit Aga o'xshaydi. Gepatit A singari kir suv orqali yuqadi. Oson yuqadigan bu kasallik ko'pincha issiq ob-havoli mamlakatlarda uchraydi. Uning alomatlari ich ketishi, tana haroratining ozgina ko'tarilishi va umumiy holatning yomonlanishi. Gepatit Adan farqli tomoni homilador ayolning 3-trimestrida virus o'limga olib kelishi mumkin. Kasallik 2-4 hafta ichida tuzaladi, lekin boshqa gepatit turlaridan farqli ravishda nafaqat jigarga, balki buyrakka ham ziyon yetkazib o'tadi.

Gepatit G

Gepatitning bu turi gepatit C bilan o'xshab ketadi. C virusi kabi jinsiy aloqa orqali, homilador ayoldan homilaga va qondan o'tishi mumkin. Gepatit G natijasida sog'ayish yoki aksincha jigarning qattiq zaiflashi va serroz bo'lishi mumkin.

Gepatitni oldini olish

  • Tozalikka rioya qiling;
  • Meva va sabzavotlarni yuvib iste'mol qiling;
  • Tish chyotkasi, manikyur, soqol olish asboblarini faqat o'zingiznikidan foydalaning va hech kimga foydalanishga bermang;
  • Ovqatdan oldin, ko'chadan va xojatxonadan keyin qo'lingizni yuving;
  • Bir martalik shpritsdan foydalaning;
  • Tishingizni davolashga ishonchli klinikaga boring.

Homiladorlik va gepatit

Odatda homilaga virusli gepatitning C shakli o'tish xavfi bor. Lekin tadqiqotlarning natijasiga ko'ra Gepatit C homilaga zarar keltirmaydi.

Emizish va gepatit


Tozalik saqlangan holda emizish orqali gepatit o'tmaydi, lekin ko'krak uchi yorilib qon chiqishi kuzatilsa gepatit yuqish xavfi mavjud.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

Davomi »

loading...