Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Shamollash

Shamollashdan tez qutulish yo'llari yoki qanday qilib Yangi yil kechasigacha tuzalib olish mumkin? Bayram kuni burun oqishi yoki grippdan bosh og'rishi umuman yoqmas holatdir. Oz muddat ichida shamollash alomatlaridan qutulish yo'llari bilan tanishing.

1. Dam olish

Gripp bo'lganda odam birinchi navbatda hamma ishni surib qo'yib dam olishi, yotishi kerak. Shunda organizm butun kuchini tuzalishga sarflaydi.

2. Vitamin C
Shu vitaminga boy mahsulotlardan kuni bilan iste'mol qilib yuring. Limon va malinali choy, klyukva (cranberry) sharbati, namatak damlamasi. Kuniga kamida 3 litr Vitamin C ga boy sharbatdan ichsangiz maqsadga muvofiq bo'ladi.

3. Behi
Agar shamollashingiz yo'tal bilan kechayotgan bo'lsa, u holda bir dona katta behini olib 2 ga bolasiz. Har bir qismining o'rtasidagi danaklarini tozalab chuqurcha qilasiz. Chuqurchaga asal quyib duxovkada past olovda 1 soat davomida dimlaysiz. Behi juda yumshab rangi to'q bo'lib qoladi. Issiqligida iste'mol qilsangiz yo'talingiz tez o'tadi.

4. Namokob suv
Burun oqishi chiroyli makiyajga umuman yarashmaydi. Shuning uchun kuniga kamida 5 marta burningizni namokob suv (fiz.rastvor) bilan chaying. Buning uchun katta 20-40 mllik shpritsga namokob suvni to'ldirib, boshingizni bir tomonga engashtirib burunning bir teshigiga quyasiz. Shunday bo'lsinki namokob suv burunning bir teshigidan kirib, ikkinchi teshigidan chiqsin. Keyin boshqa burunga shunday tarzda quyasiz. Og'iz ochiq turishi kerak. Namokob suv o'zi bilan burundagi suyuqlikni ham olib chiqib ketadi.

5. Yalpiz
Burun bitib qolgan bo'lsa, u holda yalpiz, evkaliptga boy so'rgich konfetlarni so'rib yuring.

6. Issiqlik
Oyoqlaringizni kuniga kamida 3 marta issiq vannada ushlab o'tiring. Suv issiqligi par chiqib turib, teri kuymaydigan darajada issiq bo'lishi kerak. O'tirganingizda suv sovigan sari issiq suvdan oz-oz qo'shib turing. Terlaguncha o'tirish lozim. Imkoniyat bo'lsa, nafaqat oyoqlar, balki butun badanni parli vannada ushlab tursangiz yaxshi natija beradi. (Eslatma: homiladorlarga va ayrim bemorlar uchun ushbu muolaja man etiladi).

7. Meva va sabzavotlar
Meva va sabzavotdagi vitaminlar soni sanoqsizdir. Kasal bo'lgan paytingizda ulardan ko'proq iste'mol qilganingiz ma'qul. Yog'liq ovqat, xamir va shirinliklar davolanishga oz bo'lsa ham to'sqinlik qiladi.

8. Sho'rva
Tovuqning suyakli go'shtidan tayyorlangan sho'rvani achchiq muruch bilan yeb, issiq adyol ichiga kirib olib dam olsangiz badaningiz ancha tetiklashganini sezasiz.

9. Dumba yog'
Hidi yoqimsiz bo'lgani bilan o'zining foydasi katta. Eritilgan dumba yo'gni qo'lingiz uchiga olib tavoningizga ishqalab surting. Massaj qilsangiz ham bo'ladi. Issiq junpaypoq kiyib dam olib o'tiring. Ancha terlatib, badandagi shamollash alomatlarini yo'qqa chiqaradi. (Eslatma: yurak-qon kasalliklari mavjud bo'lsa, bu muolaja og'irlik qilishi mumkin).

10. Yaxshi kayfiyat
Deyarli barcha kasalliklarning asosi insonning psixologik holatidir. Inson qanchalik o'zini psixologik yaxshi his qilsa, uning jismoniy salomatligi shunchalik yaxshi bo'ladi. Demak, shamollaganda faqat yaxshilikni o'ylab, xush kayfiyatda bo'lish lozim. Atrofdagilar esa shamollagan kishiga nisbatan yaxshi muomalada, erkalagan holda, e'tiborni ayamasdan murojaat etishlari kerak. Davolanish uchun bu juda muhim.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Ha jonim jahonim mani esimda, qizizni rasmi turardi avatarizda
    • muslima1
    • Ummu Soliha's Avatar
    • O'zim haqimda
    • salom Ismim Muazzam. Yoshim 25 yaqinda 26 ga tolaman. Hozrcha 1 Soliha isimli qizaloqni onasiman. Soliham 2 yoshli. Aslida bu saytga 2 yildan beri kiraman forumdagi suhbatlarni oqiyman. Bazida javob Savollarimi yozib javob olaman. Saytni homiladorlik vaqtimda topib olganman😍. Lekin shu hech aktiv qatnasha olmayapanda. Asli Andijondanman. Hozrgi profilim yaqinda ochdim chunki eski profilimi paroli esimdan chiqdi takilamoqchi bolsam mailimi ham ocholmadim. Keyin yangi ochdim. Avvalgi profilim Jonim jaxonim edi. Aytgani hijolat bolardinglarku 😊.
    • Ummu Soliha
    • mavluda1492's Avatar
    • Baxtiyor oila
    • Raxmat Muslima he4am nolimayman bizda waroit wunaqa. 1- nasihatni yoziwiz bn kopiya qilib jo'natgandim. Davomini kutamiz
    • mavluda1492
    • Ummu Soliha's Avatar
    • 'Martin' larning katta oshxonasi
    • salom Niratsan yaxshimisiz. Negadr sizni sharxlaringizni kormayappan. Netga kirmayapsiz shekili? Farzandingiz yaxshimi? Sogligingiz?
    • Ummu Soliha

Davomi »