Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *
Anemiya

Anemiya alohida bir kasallik bo'lmay, organizmdagi boshqa kasallikning alomatidir. Ba'zi hollarda anemiya juda katta xavf tug'dirishi mumkin.

Anemiya nima degani?

Anemiya holati qonda qizil hujayralarining normadan kamroq bo'lishiga yoki qondagi qizil hujayralari keraklicha gemoglobin ishlab chiqara olmasligiga aytiladi. Gemoglobin - bu protein bo'lib, qonga qizil rang beradi. Uning asosiy funksiyasi organizmdagi barcha a'zolarga qon orqali kislorod yetkazib berish. Tana a'zolariga kislorod yetishmasa, ular o'z faoliyatini yaxshi bajara olmaydi.

Anemiya turlari qanday?

Anemiya quyidagi hollarda yuzaga keladi:
1. Organizm ko'p qon yo'qotayotgan bo'lsa (hayzning ko'p kelishi, shikkast, ba'zi kasalliklar);
2. Organizmda qizil qon hujayralarini ishlab chiqarish muammosi mavjud;
3. Yangi qizil qon hujayralari yuzaga kelishidan oldin mavjud qon hujayralari tez nobud bo'lmoqda;
4. Yuqoridagi holatlar bir vaqtning o'zida birgalikda o'rin olmoqda.

Anemiyaning kelib chiqishi sababiga ko'ra bir necha xil turlari mavjud:

Temir moddasi yetishmovchiligi bilan bog'liq anemiya (Iron deficiency anemia). Anemiyaning bu turi eng ko'p tarqalgan turidir. Bu anemiya organizmga temir moddasi yetishmovchili tufayli yuzaga keladi. Temir moddasi esa gemoglobin yaratish uchun zarur. Bunday anemiyaga infeksiyalar, jarrohlik operatsiyasi, ko'p miqdorda va uzoq davm etadigan hayz sikli, saraton kasalligi, poliplar va aspirin kabi dori vositalarining ko'p qabul qilinishi sabab bo'ladi.

Homiladorlikda yetarlicha temir moddasini qabul qilmaslik anemiyaga temir moddasi yetishmovchiligi anemiyasiga olib kelishi mumkin. Go'sht, baliq, tuxum va temir moddasi bilan boyitilgan mahsulotlarni ko'proq yeyish anemiyaning ushbu turini oldini olishga yordam beradi.
Ba'zi kasalliklar (Kron kasalligi) va dori vositalari temir moddasini organizmga singishini qiyinlashtiradi.

Vitamin yetishmovchiligi bilan bog'liq anemiya. Ushbi anemiyani yuzaga kelishiga organizmga asosan vitamin B12 yoki foliya kislotasining yetishmovchiligi sabab bo'ladi. B12 vitamini qizil qon hujayralarini ishlab chiqarish va asab tizimini normada bo'lishi uchun kerak. Uning yetishmovchiligi xotiraning pasayishiga, oyoqlarning og'rishiga olib kelishi mumkin. B12 vitamini hayvonot mahsulotlarda mavjud. Lekin ba'zi kasalliklar (immun kasalliklari) B12 vitaminini organizmga singishiga to'sqinlik qiladi.

Foliya kislotasi yetishmovchiligi bilan bog'liq anemiya. Anemiyaning ushbu turi ko'pincha homiladorlikning 3 trumestrida yuzaga keladi. Aynan shu davrda organizmning foliya kislotasi (vitamin B) ga muhtojligi ortadi.

Tana a'zolari kasalliklari natijasida yuzaga kelgan anemiya. Ba'zi kasalliklar organizm qizil qon hujayralarini ishlab chiqarish funksiyasiga zarba beradi. Masalan, buyrak kasalliklari ko'pincha anemiya sababchisi bo'ladi.

Qon kasalliklari bilan bog'liq anemiya. Bu kam uchraydigan anemiya bo'lib, bunga talassemiya, aplastik anemiya, sickle cell anemiya qon kasalliklari sabab bo'lishi mumkin. Agar oila a'zolari ushbu kasalliklarga chalingan bo'lsa, u holda anemiyaning bu turini vujudga kelish xavfi yuqori bo'ladi.

Anemiya alomatlari qanday?

  • Anemiya ma'lum davr ichida rivojlanadi. Uning boshida alomatlar deyarli sezilmaydi, lekin kasallik rivojlangan sari quyidagi alomatlar paydo bo'lishi mumkin:
  • Bosh og'riq;
  • Bo'shashish;
  • Bosh aylanish;
  • Ko'ngil aynash;
  • Titroq;
  • Qo'l va oyoqlarning muzlashi;
  • Tana haroratining pastligi;
  • Terining och rangli bo'lishi;
  • Yurak urishining tez yoki nomuntazam bo'lishi;
  • Nafas olishning qisqarishi;
  • Ko'krak og'rig'i;
  • Ish faoliyatining buzulishi.

Yuqoridagi barcha alomatlar yurak qonni tezroq yurgazishni, natijada tana a'zolariga yetarlicha kislorod yetkazib berilishi uchun tezroq harakat qilishidan vujudga keladi.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Ummu Soliha's Avatar
    • Chaqaloqlarda qorin dam bo'lishi
    • Shu mavzuga qaytib koproq malumotlar va tajribalarimizni yozsak degandim qizlar anchadan beri huvullab qolibdi. Chaqaliqlarda qorin dam bolishi yomonda nima qilishni bilme yiglardim. Bobotik yordam bermahan. Qornini vazelin bn masaj qilib quloq kavledigan (nomi esimsan chiqibdi) bn orqasidagi havosi chiqarishga harakat qilardim. Vazelin bn tiqib sal qirirlatsam rasa havo chiqarardi va ichi kelardi. Emizib bolib tik kotarib orqasifa sekin sekin urib qiysam kekirib olardi lekin bularni organguncha qizimga qoshilib yiglab otirardim nima qilishni bilme....
    • Ummu Soliha
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Tug'ilmagan chaqaloqqa kiyim olish
    • Kiyimchalarni korub olgim kelib ketyapti. Lekin hali 5 oy bor. Zorga ozimi tiyib turibman mafazinga kirsam bolalar kiyimiga otib koz ostimga olib qoyyappan va narhlarini bilib olyapan. Lekin Adyolchalarini uydan olgach keldim Qizimda ishlatmagan adyolchalar bor edi
    • Ummu Soliha
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Ta'sirlandim...!!!
    • Yulduz Usmonova ham maromiga yetkazib kuylagan shu qoshiqni....
    • Ummu Soliha
    • Ummu Soliha's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Rasa lola kabob yegim keldddiiii😭😭 Youtubedan korib qildim duhovkada lekin negadr suvsiz bolib men hohlagande chiqmadi oshqazonimga botti. Bilganlar yozib qoldiriylar retseptini iltimos
    • Ummu Soliha

Davomi »

loading...