Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Anemiyani davolash

Anemiya holati organizmga xavf tug'dirishi mumkinligi tufayli albatta davolanishi kerak. Lekin, anemiya turini bilmay turib uni davolash foyda keltirmasligi mumkin.

Har qanday anemiyani davolashda 2 yo'ldan foydalaniladi:

1. Qondagi qozil moddalarning yoki gemoglobinning darajasini normaga keltirish. Natijada tana a'zolari kislorod bilan kerakligicha ta'minlanadi.

2. Anemiya holati sababchisi bo'lgan kasallikni aniqlash va davolash.

Anemiya davolanmasa nima bo'ladi?

Anemiya davolanmasa tana a'zolari kislorod yetishmovchiligidan qiynaladi va zaiflashadi. Anemiya holatida yurak faoliyati tezlashgani tufayli yurakka zarba yetishi mumkin.

Anemiyani oldini olish:
Quyidagilarni bilish kerak:

Temir moddasiga boy mahsulotlar:
- Buyrak;
- Dukkakli sabzavotlar;
- Chechevitsa;
- Tofu (soya pishlog'i);
- Ismaloq;
- Qizil rangdagi go'sht;
- Yashil bargli sabzavotlar;
- Baliq;
- Quruq mevalardan, turshak, magiz va olxo'ri qoqisi.

  • Vitamin C ga boy mahsulotlar temir moddasini organizmga singishiga yordam beradi (masalan, apelsin sharbati, brokkoli, qulupnay ba hokazo).
  • Ovqatlanayotganda choy va kofeni birga is'temol qilmaslik kerak, chunki ular temir moddasini singishiga to'sqinlik qiladi.
  • Kalsiy va temir moddasini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak.
  • Organizmda B12 vitamini va foliya kislotasida yetishmovchilik bo'lmasligi zarur.
  • Shifokor bilan maslahatlashgan holda temir moddasi vitaminini qabul qilish foydadan holi bo'lmaydi.

Homiladorlikda temir moddasini qancha ist'emol qolish kerak?

Homilador ayol temir moddasiga oddiy ayolga ko'ra ikki barobar ko'proq muhtoj. Homiladorlikda anemiyaga ehtiyot bo'lish kerak, chunki o'sayotgan homilaning sog'lom rivojlanishi uchun temir moddasi juda zarur. Shuning uchun shifokor maslahatiga ko'ra, ba'zi homilador ayollar temir moddasini vitamin shaklida qabul qilishlari talab etiladi. Bunda anemiya borligini qon tekshirvulari orqali amin bo'lish shart.

MUHIM! Temir moddasi darajasining organizmda meyoridan ortib ketishi unga zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun faqatgina shifokor maslahati bilan temir moddasi vitaminini qabul qilish tavsiya etiladi.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • OYISHA NUR's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • ha har ish bo'lsaAllohdan gilosimizham rizqimizga yarasha bo'llar
    • OYISHA NUR
    • OYISHA NUR's Avatar
    • Eng sevimli musiqangiz
    • Mohim - Men dunyoning eng buyuk oshiqi bo'lib qolaman shu mohimni qo'shiqlari yoqdi ish qilyatib ehitadigon ekan
    • OYISHA NUR
    • Pazandaxon's Avatar
    • Homiladorlikda mumkin va mumkin bo'lmagan narsalar
    • Homilador ayollar uchun taqiqlangan 8 mahsulot Olimlar homilador ayollar uchun mutlaqo taqiqlangan 8 mahsulotni aniqlashdi. Bu mahsulotlar iste’mol qilinmasa, bolani yo‘qotish xavfi kamayadi va sog‘lom farzand ko‘rish imkoni ko‘payadi. Bu haqda Sof.uz yozmoqda. Manbaga ko‘ra, homilador ayollarga simob miqdori yuqori bo‘lgan dengiz mahsulotlari taqiqlanadi. Zero bu tug‘ilajak bola uchun zaharli ta’sir ko‘rsatadi. Natijada bola tushishi yoki rivojlanishdan ortda qolish belgilari bilan tug‘ilishi xavfi paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, homiladorlik paytida ayollarga...
    • Pazandaxon
    • Самира's Avatar
    • Bugun nima ovqat qilasiz?
    • Мен бугун подшуба салат қилдим, ошқовоққа сомса қилдим анчадан бери егим келаётканди, ош қиляпман хозир димлайман. Меникиларни расми йуқ.
    • Самира

Davomi »

loading...