Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

≪Hayot uchun!≫ ko'krak bezi saratoni milliy uyushmasi Ko'krak bezi saratoni (KBS)ni profilaktika qilish, barvaqt aniqlash va davolash hamda KBS bilan xastalangan ayollarni reabilitatsiya qilish dasturi doirasida 2010-yil fevral oyida tashkil etilgan.

Mana 2 yildan ortiq O'zbekiston Respublikasida ≪Hayot uchun!≫ ko’krak bezi saratoni milliy uyushmasi o’z faoliyatini qizg'in amalga oshirib kelmoqda.

 

Qisqa davr ichida uyushma FondForum jamg'armasi va boshqa idoralar bilan hamkorlikda KBS kasalligiga qarshi ko'plab samarali va xayriya ishlarni amalga oshirdi.

2010-yilning 14-may kunida Toshkent shahrida Ko’krak bezi saratoniga bag’ishlangan birinchi Xalqaro forum o’z ish faoliyatini boshladi. Forum asoschilari FondForum jamg’armasi, "Hayot uchun” ko’krak bezi saratoni uyushmasi va ≪Evropa-Donna Uzbekistan≫ uyushmasi bo'ldilar. FondForum taklifiga binoan xalqaro forumda 400 ishtirokchi qatnashdi, shular qatorida O'zbekiston, Rossiya, AQSH, Isroil, Belgiya, Ispaniya, Singapur , Yaponiya va Shveytsariya mutaxassilari bo'ldi.

FondForum ma'lumotiga ko'ra 2011 yilgacha ≪Hayot uchun!≫ ko'krak bezi saratoni milliy uyushmasining proektlari asosida KBS bilan kasallangan 300 ayol 803 mln 430 ming so'mlik qimmatbaho dori-vositalari bilan ta'minlanib, 15.5 ming ayol Ko'krak bezi saratoni kasalligiga diagnostika qilindi.

2012 yili ≪Hayot uchun!≫ uyushmasi ≪Susan G. Komen Ko'krak bezi saratoni bilan kurashish≫ jamg'armasi(Susan G. Komen jamg'armasi dunyoda ko'krak bezi saratoni bilan kurashish borasida yetakchilardan hisoblanadi) bilan hamkorlik bitimini imzoladi. Har yili Toshkent shahrida o’tkaziladigan forum-marafon va 2012 yili bo’lib o’tgan yulduzlik futbol aktsiyalari asosida yig’ilgan hayriya pullar KBS ga chalingan ayollarni davolash uchun sarflanmoqda.

"Hayot uchun” uyushmasi "FondForum” jamg’armasi bilan birgalikda KBS kasallari bilan ish faoliyatini olib boruvchi tibbiyot kadrlarni professional darajasini oshirish borasida aktiv faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Bu borada mutaxassislar uchun maxsus treyninglar tashkil etilmoqda. Treyninglarni O’zbekiston, AQSh, Isroil, Rossiyaning yetakchi mutaxassislari o’tkazmoqdalar. 2012 yil iyun oyida Jizzah, Buxoro va Farg’onada "Ayollarda reproduktiv tizimi saratoni vujudga kelishining psixologik aspektlari” treyningi 70ga yaqin mutaxassis va KBS kasalligiga chalingan 229 ayol ishtirokida bo’lib o’tdi. 2012 yil avgust oyida Farg’ona vodiysida mammologiya bo’yicha treyninglar olib borildi. Ushbu treyningni Andijon, Farg’ona va Namangan viloyatlarining 30 dan ortiq mammolog, onkoginekolog, UTD shifokorlari, sitolog va gistologlari uchun AQSHning yetakchi onkologlardan biri bo’lgan Djo Ann Zujevski va Toshkentning yetakchi onkologlari olib bordilar.Treyning asosdia KBS bilan kasallangan ayollar tekinga operatsiya qilindi.

Shuni ta’kidlash kerakki, "Hayot uchun!” Ko’krak bezi saratoni milliy uyushmasining chet el hamkorlari bilan tuzilgan memorandumiga asosan O’zbekistonlik 2 ayol Koreya va Isroil davlatlarining kasalxonalarida tekinga KBSga qarshi operatsiya qilindi.

Bular uyushma amalga oshirib kelayotgan o’lkan ishlarining bir parchasi xolos. O’zbekiston ayollari uchun qayg’uradigan, oila baxtini saqlash uchun kurashadigan "Hayot uchun”milliy uyushmasiga ta’zim bildiramiz. Axir minglab ayollar bu kasallik naqadar jiddiy va uni vaqtida aniqlash juda muhim ekanligi haqida bexabar yashamoqdalar.

"Hayot uchun!” Ko'krak bezi saratoni Milliy uyushmasi saytimiz muxlislari uchun eksklyuziv ravishda Ko’krak bezi saratoni kasalligi haqida quyidagi dolzarb ma’lumotlarini taqdim etdilar. Bu ma’lumot bilan har bir ayol tanishib chiqishi darkor.

1. Ko’krak bezi saratoni nima degani?

Ko’krak bezi saratoni (KBS) ? ko’pfaktorlik kasallik bo’lib, uning rivojlanishi tashqi muhit va gormonlar ta’siri natijasida ko’krak bezi hujayralaridagi genom o’zgarishiga bo’gliq bo’ladi.

2. Kasallik qachondan beri dunyo miqyosida tarqalib kelmoqda?

Har yili dunyoda 1 mlndan ortiq KBS hodisalari ro’yxatga olinmoqda. Dunyo miqyosida ayollarni onkologik kasalliklar bilan kasallanish tuzilmasida KBS 1-o’rinni, saraton kasalliklari ichida o’lim bilan yakunlanuvchi factor bo’yicha 2 ? o’rinni egallaydi. Kasallikning tarqalishi eng ko’p AQSH va G’arbiy Evropaga to’g’ri keladi, xususan, u yerda ayollarda yuzaga keladigan saraton kasalliklari orasida KBS 25-30% ni, saraton shishlari tufayli o’lgan ayollarda KBS 18-20% ni tashkil etadi. Keyingi o’rinda Sharqiy Evropa va Janubiy Amerika turadi. O’zbekistonda ayollarda vujudga keladigan saraton kasalliklari orasida KBS 1-o’rinni egallab, onkologik kasalliklar tufayli o’limga olib keluvchi asosiy kasallik hisoblanadi.

3. Ko’krak bezi saratoni kasalligining qanday tur yoki darajasi mavjud?

- Yengillashtirilgan klassifikatsiya bo’yicha KBS kasalligining 4 (I, II, III, IV) bosqichi mavjud.

- Bosqichlar 3 parametrga muvofiq aniqlanadi: T- shish razmeri, N ? limfatik tugunlarning zararlanishi, M ? metostazlarning mavjudligi.

- Shishning ko’krak bezida kattalashishi shakliga ko’ra, KBS ning tugun shakli (tekshiruvlar natijasida aniqlanadi) va shishgan-infiltrat shakllari mavjud. Birlamchi shishgan-infiltrat shaklida ko’krak bezlarini diagnostikasi hech qanday tugun aniqlamaydi, lekin zararlangan ko’krak bezi terining yo’g’onlashgani kuzatiladi. Agar ayolda tugun va terining shishi birgalikda aniqlangan bo’lsa, u holda ikkilamchi shishan-infiltrat shakli yuzaga kelgan bo’ladi.

- Ko’krak bezi terisining "alanga tillari” kabi qizarishiga KBSning basharasimon shakliga aytiladi.

- Undan tashqari KBSning "sovut” shakli mavjud bo’lib, bunda zararlangan ko’krak bezi shish bilan qoplangan bo’lib, uning ustidagi teri yig’ilib sovut ko’rinishiga keladi, ko’pincha ko’krak hajmi bunda kichkayadi.

4. Bu kasallikka moyillik bo’ladimi? Kimda?

Bu kasallikka asosan ayollar moyil bo’lib, erkaklarda u 1%dan kam hollarda uchraydi. KBS bilan kasallanish xavfini ko’plab faktorlar belgilaydi:

Gormonal faktorlar:

  • Endogen (hayz ko’rishni erta boshlanishi, kechki menopauza (hayz ko’rishni tugatish), tug’maslik yoki juda kech tug’ish);
  • Ekzogen-o’rinbosuvchi gormonli terapiya, oral kontraseptsiya vositalarini noto’g’ri qabul qilish.
  • Turmush tarzi va tashqi muhit:
  • Radiatsiya;
  • Geografik faktorlar;
  • Ovqatlanish;
  • Alkogol.
  • Shaxsiy anamnez:
  • Yosh;
  • Avval yuz bergan KBS yoki tuxumdon saratoni.
  • Ko’krak bezlarining avvalgi kasalliklari.

Oilaviy anamnez.

5. Ko’krak bezi saratoni kasalligi isriymi?

KBS bilan kasallanganlarning deyarli 20% ning oilasida saraton bilan kasallangan inson mavjud bo’ladi. Oilada ayol chizig’I bo’yicha 40 yoshgacha bo’lgan yaqin qarindoshlar (onasi, opa-singlisi, qizi) orasida ko’krak bezi saratoniga chalinganlar bo’lsa, KBS bilan kasallanish ehtimoli oshadi. Agar yaqin qaridoshlar (onasi, qizi, opa-singlisi)ning orasida ikki ko’krak bezining KBS bilan zararlanishi yoki oilada KBS bilan kasallanganlar soni ko’payishi (1 tadan ortiq) yuz bergan bo’lsa, KBS bilan kasallanish xavfi 8-10 barobar ko’payadi.

6. Kasallik alomatlari qanday?

KBS alomatlari ko’p bo’lib ular orasida asosiylari:
Ko’krak bezida seziladigan tugun mavjud bo’lishi. Ushbu tugun teriga bog’langan bo’ladi yoki ko’krak uchini o’ziga tortib turadi.
Ko’krak bezi terining qizarish va shishganligi. Bunda zararlangan ko’krak bezi terisi shishib qizargan bo’ladi va teri teshikchalari kengayib "limon po’sti” ko’rinishini olishi.
Badbo’y hidlik ba’zida qon oqib turuvchi yaralarning mavjudligi. 
Ko’krak uchidan och va qon aralash suyuqlik ajralishi.

7. Ko’krak bezi saratoni qanday diagnostika qilinadi?

KBS diagnostikasi laborotor-instrumental tekshiruvlari kompleksi asosida amalga oshiriladi:
- Palpatsiya (ko’krak bezlarini qo’l bilan tekshirish);
- Ultra tovushli diagnostika
- Mammografiya
- MRT Shish aniqlansa, chuqurroq diagnostika (biopsiya, gistologik, sitlogik analizlarva boshq.) qilinadi.

8. Diagnostikani qachon amalga oshirish lozim?

Hayz tugaganidan so’ng 5-7 kunida ko’krak bezlarini diagnostika qilish tavsiya etiladi. Yoshi katta hayz ko’rmaydigan (menopauzadagi) ayollar oyiga 1 marta diagnostika qilishlari lozim.

9. Necha yoshdan boshlab ko’krakni diagnostika qilish kerak?

Ko’krak bezlarini 18 yoshdan boshlab diagnostika qilish tavsiya etiladi.

10. Bolani emizish kasallikni oldini olishda yordam beradimi?

KBS ni oldini olishda ko’krak bilan emizish kafolat bo’la olmaydi, lekin emizishni kamida 6 oy davomida amalga oshirish tavsiya etiladi.

11. Kasallikni davolash mexanizmi qanday?

Kasallikni davolash u aniqlangan bosqichga bog'liq bo’lib, davolashda asosan jarrohlik, kimyoviy-nurli va antiestrogen vositalari bilan davolash yo’llari qo'llaniladi.

12. Kasallik profilaktikasi qanday tadbirlardan iborat?

Kasallik bilan zararlanish xavfini oshiruvchi faktrolarini kamaytirish (4 savolga javobda qarang);
Kasallikni dastlabki bosqichlarida aniqlash va diagnostika qilish. Vaqtida va dastlabki bosqichlarida aniqlangan KBSni davolash prognozida o’lish ehtimoli pasayadi.

13. Kasallikni davolash prognozi ijobiymi?

Kasallik davolangandan so'ng 5 yil davomida yashash ko'rsatkichiga erishish kasallik aniqlangan bosqichiga bog'liq, ya’ni agar KBSning 0-bosqichida u 99%ni tashkil etsa, IV-bosqichida 14% tashkil qiladi.

14. Diagnostikani o’z vaqtida amalga oshirish ijobiy tomonlari nimadan iborat?

O’z vaqtida (dastlabki bosqichlarida) diagnostika qilingan KBSni davolash prognozi shunchalik ijobiy bo’ladi .

15. Mammografiya nima negani?

Mammografiya ? ko’krak bezlarini rengenologik tekshiruvidir.

16. Mammografiya muolajasi og’riqlimi?

Yoq, mammografiya tekshiruvi og’riqsiz, lekin ba’zida ko’krak beziga yoqimsiz bosim sezilishi mumkin.

17. Ko’krak bezi saratoni tug’ma bo’lishi mumkinmi?

KBS kasalligining umumiy ulushida 5-10% irsiy bo’lib, bunda kasallik rivojlanish xavfi oshadi. Kasallikka tug’ma moyillik bo’lishiga jinsiy hujayra genomidagi mutatsiyalar sabab bo’ladi. Mutatsiya qachon sodir bo’lgani (homiladorlik davridami, katta yoshdami yoki onadan bolaga o’tgani) haqida aniq ma’lumot hali mavjud emas.

18. Kasallik vujudga kelishiga, uni davolashda ayol yoshining farqi bormi?

KBS kasalligi:

O’ta kam uchraydi ? 20 yoshgacha
Kam uchraydi ? 30 yoshgacha
Kasallik bilan kasallanish 20 yoshdan keyin boshlanib 50 yoshga qadar keskin ko’payadi, undan so’ng pasaya boshlaydi.

19. O’rtacha necha yoshdagi ayollar bu kasallikka chalinadilar?

KBS bilan kasallanadigan ayollarning o’rtacha yoshini 45-55 gacha deb belgilasa bo’ladi.

20. Homilador ayol ko’krak bezi saratoni bilan kasallanishi mumkinmi?

Homiladorlik davrida diagnostika qilinadigan saraton kasalliklari orasida KBS eng birinchi o’rinni egallaydi.

21. Uy sharoitida ko’krak bezini diagnostika qilish mumkinmi?

Ko’krak bezlarini uy sharoitida ayolning o’zi diagnostika qilishi qulay hisoblanadi. Diagnostika qilish uslubini mammolog ko'rsatib tushuntirib beradi.

22. Kasallikni davolashda ayolning psixologik holati muhimmi?

KBS bilan kasllangan ayolni davolashda ayolning psixologik salomatligiga qaratilgan choralarni onkolokka uchrashning dastlabki bosqichlaridan boshlash juda muhim hisoblanadi.

23. Ortiqcha vazn kasallikka chalinish xavfini oshiradimi?

Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, hayz kelishi to’xtagan ayollar jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullansa, KBS bilan kasallanish xavfi pasayar ekan. Bunga jismoniy mashg’ulotlar natijasida ayolning vazni kamayishi va qon zardobida estrogen konsetratsiyasining kamayishi sabab bo’lishi mumkin.

24. O’zbekiston Respublikasida ko’krak bezini qaerda diagnostika qilsa bo’ladi?

O’zbekiston Respublikasida KBSni diagnostika qilish tizimi mavjud bo’lib, bunda onkolog-shifokor va umumiy ixtisoslashgan shifokor (tuman shifoxonalarida) kasallikni o’z vakolatlaridan kelib chiqqan holda aniqlaydilar va maxsus idoralarda davolanishni davom ettirish algoritmini tuzadilar.
Ayol baxti - oila baxtidir. Ayollar o’z salomatligingizga e’tiborsiz bo’lmanglar!

Ushbu savollarga baholiqudrat ma’lumot taqdim etgan "Hayot uchun” Ko’krak bezi saratoni milliy uyushmasiga, Fond Forum jamg'armasiga, hususan Shaxnozaopa Umarova va Dinaraopa Davlatovaga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Shunday savobli-xayrli ishlaringizda Olloh madatkor bo’lsin.

TELEGRAM

Buni ham o'qib ko'ring

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • sizlar 5ta qizmisizlar oilada, sizlar ham mazza qilibsizlarda diydor shirinda baribir
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Mart 2017
    • Bugun kotta buvijonimiz bizikiga mehmonga keldilar, buvimiz bn ham rasmga tushib oldik... [image] [image]
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bolalardagi kasalliklar
    • Va aleykum assalom Miyrxan. Forumga xush kelibsiz! Qizizga alloh shifo bersin. Shina yechilgandan keyin xar 3 yoki 6 oyda massaj, elektrafarez, parafin olib turasizlar. Qiziz yurishni boshlagandan keyin maxsus yassi oyoqchalar un tufliklar sotiladi, shuni kiydirasiz. Xar 6 oyda ortaped ko'rigidan o'tkazib turasiz. Keyinchalik qiziz bemalol yurib ketgach uyda oyoq uchida, tovonda, baklajka qopqoqlari ustida yurgizib o'ziz shugullansangiz ham bo'ladi.
    • Pazandaxon
    • Oymomo's Avatar
    • Go'zallik sirlari
    • Juda xavfli parhezlar: takrorlashga urinmang Bahor kelishi bilan hamma ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin. Foto: “ Gastronom.ru” Oqsilli parhez Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan...
    • Oymomo

Davomi »

loading...