Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

Sharbat xususiyatlari

Sharbat odam organizmini uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va organik kislotalar bilan to'yintiribgina qolmay, balki ovqat hazm qilish a'zolari faoliyatining bir me'yorda kechishini ta'minlaydi. Sharbatlar ayniqsa go'daklar immuniteti uchun juda foydali.

O'rik sharbati - qon hosil bo'lishida faol ishtirok etadi, o't haydovchi, issiqni tushuruvchi, ichni yumshatuvchi xususiyatga ega. Ko'rish qobiliyati, yurak-tomir tizimi va me'da-ichak yo'li ishini yaxshilaydi.

Tarvuz sharbati - buyrak va qon tomir tizimi kasalliklari oqibatida tanada hosil bo'ladigan shishlarda foydalanilib, o'rnini hech qaysi dori bosolmaydigan peshob haydovchi vosita sanaladi.

Behi sharbati - qon tomirlarini mustahkamlaydi, jigar kasalliklari, avitaminoz, shamollash kasalliklarida juda foydali. Charchoqni qoldiradi, tonusni oshiradi.

Uzum sharbati - kamqonlik, sil, asab kasalliklarida foydalaniladi. Umuman organizmni mustahkamlovchi vosita sifatida juda foydali. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarga uzum sharbatini bermagan ma'qul. Sababi uzum sharbatida glyukoza miqdori ko'p va bu ichaklarda bijig'itish jarayonini kuchaytiradi.

Olcha sharbati - kamqonlik, o'pka, jigar kasalliklarida, shuningdek ateroskleroz, ich qotishda shifobaxsh ta'sirga ega bo'lish, dizentiriya va yiringli infeksiya qo'zg'atuvchilar bo'lgan stafilokkoklar va streptokkoklarni o'ldirish xussusiyatiga ega.

Anor sharbati - gastrit, singa, kamqonlik kasalliklarida foydalaniladi, shuningdek yurak-qon-tomir tizimi ishini yaxshilaydi. O'zining umumiy quvvat bag'ishlovchi ta'siri bilan foydali biogen stimulyator hisoblanadi va me'da osti bezi kasalliklariga davo bo'ladi.

Sabzi sharbati - ishtahani ochadi, hazm qilish jarayonini, ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi, tishlarni, asab tizimini mustahkam qiladi, immunitetni oshiradi, infeksiyaga qarshi antioksidant hisoblanadi.

Malina sharbati - virusga qarshi vosita bo'lib, tarkibidagi ko'p miqdorda tabiiy aspirin bor. Bundan tashqari, yengil surgi vosita sifatida ham qo'llaniladi.

Bodring sharbati - milklar va tish kasalliklari, ko'pgina teri kasalliklarida ishlatiladi va peshob haydovchi yaxshi vosita sanaladi. Bundan tashqari, sochlar o'sishini yaxshilaydi, yurak va tomirlarni baquvvat qiladi.

Shaftoli sharbati - yurak ritmi buzulganda, kamqonlikda, kislota darajasi pasaygan me'da kasalligida, ich qotishlarda foydali. Shaftoli sharbatini allergiya, qandli diabetga chalingan, shuningdek semizlikka moyil kishilar iste'mol qilishlari mumkin emas.

Lavlagi sharbati - qon hosil bo'lishida faol ishtirok etadi, immunitetni oshiradi, organizmni tozalaydi.

Olxo'ri sharbati - antivirus va surgi vositasi, yurak-tomir tizimi faoliyatini yaxshilaydi.

Oq tut sharbati - gipoxrom anemiyada, avitaminozlarda foydalaniladi, immunitetni oshiradi.

Oshqovoq sharbati - jigar, buyrak, qovuq kasalliklarida, anemiyada, moddalar almashinuvi buzulganda, semizlikda, sanchiqlarda foydali.

Pomidor sharbati - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklarida foydalaniladi, kuchli antioksidant hisoblanadi.

Qora smorodina sharbati - polivitamin, umumiy quvvat bag'ishlovchi, terlatadigan, yallig'lanishga qarshi vosita.

Olma sharbati - pektinga boy, adsorbent kabi ta'sir qiladi, organizmni shlaklar, buyrak toshlaridan tozalaydi, nafas a'zolari ishini yaxshilaydi, yurak-tomir tizimini mustahkamlaydi.

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring