Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

O'ninchi yanvardan boshlab Islom Karimov nomidagi fond grantlarini yutib olish uchun konkursda ishtirok etishga hujjatlar qabul qilish boshlandi.

Hujjatlar 2017 yil 31 yanvarkuniga qadar qabul qilinadi.

Fond saytida qayd etilishicha, grant ikki yilgacha muddatda chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari to‘laligicha moliyalashtiriladi.

Tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo), suv va yer resurslarini boshqarish, mashinasozlik texnologiyalari, oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi, arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash), dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni) va rassomlik mutaxassisliklari bo‘yicha grantlar ajratiladi.

Islom Karimov jamoatchilik xayriya fondiga O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasi va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida asos solingan. Fond O‘zbekistonning tarixiy, madaniy va adabiy merosini targ‘ib qilishga mo‘ljallangan dasturlarni amalga oshiradi.

Grantlar ajratilishi to‘g‘risidagi e’lon Islom Karimov tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlarining xorijda tahsil olishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasining 20 yilligi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldi. Faoliyati mobaynida (1997−2003-yillarda) AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya va Yaponiyadagi OTMlarda 800 nafardan ziyod yigit-qizlar bakalavr va magistratura yo‘nalishlarida tahsil oldi.

Manba: www.fondkarimov.uz