O'zbekiston Presidentining 2016 yil 27 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasining 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to'g'risida"gi PQ-2699 sonli qarori bilan homiladorlik va tug'ish nafaqasi tayinlash tartibiga o'zgartirishlar kiritildi.

Yangi tartibga ko'ra tug'ishiga 2-3 oy qolganda biror korxona-tashkilotga ishga kirgan xodim ozgina ishlab homiladorlik va tug'ish ta'tiliga chiqqanda tashkilotda anchadan beri ishlab kelayotgan boshqa ayollar bilan bir xil miqdorda dekret puli olmaydi.

Endilikda homiladorlik va tug'ish nafaqasi miqdori haqiqatda ishlagan vaqtga bog'liq holda tabaqalashtiriladi.

Ya'ni bu jarayonda birinchi marotaba ishga kirganlar uchun ham, o'z mehnat faoliyatini 12 oydan ko'p tanaffusdan keyin davom ettirayotganlar uchun ham xisobga olinadi.

Bundan buyon homiladorlik va tug'ish nafaqasi:

- ishga olingan kundan boshlab uzluksiz 6 oygacha ishlaganlarga - o'rtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

- 6 oydan 12 oygacha ishlaganlarga - o'rtacha oylik ish haqining 75 foizi miqdorida;

- 12 oydan ortiq ishlaganlarga - o'rtacha oylik ish haqining 100 foizi miqdorida to'lanadi.

Manba: Tafsilot.uz

TELEGRAM