Toshkentda 1012 oila ajrimdan, 1361 bola tirik yetimlikdan saqlab qolindi.

Toshkent shahar hokimining birinchi o'rinbosari Mirzohid Obidovning ma'lum qilishicha, so'nggi besh yilda Toshkent shahrida oilaviy ajrim oshib borishi kuzatilgan. Raqamlarga murojaat qilinsa, deb yozadi Qalampir.uz, 2011 yilda 3540 ta, 2012 yilda 3622 ta, 2013 yilda 4631 ta, 2014 yilda 5100 ta, 2015 yilda 5089 ta oila darz ketgan. 2016 yilda esa ko'rsatgich pasayganini ko'rish mumkin. O'tgan yilning yanvar-noyabr oylarida 3988 ta oila ajrashgan.

Mazkur masalaga O'zbekiston Respublikasi Presidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida jiddiy e'tibor qaratildi.

"Toshkent shahrida ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majbiriyatlari bo'yicha davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini yanada kuchaytirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbrilar to'g'risida" gi 1137-sonli qo'shma qaror qabul qilindi.

Olib borilgan sa'y-harakatlar, ko'plab davlat va jamoat tashkilotlarining kuyanchakligi sabab 2016 yilda 1012 ta oila sud zalida yarashtirildi. 

Batafsil o'qish>>

TELEGRAM