Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ushbu savolga "O'zbekiston temir yo'llari" AJ matbuot xizmati rahbari Mirzo Murodov javob beradi:

- Yo'lovchi poezdda o'zi bilan birga 5 yoshgacha bo'lgan bir nafar bolani bepul olib yurish huquqiga ega.

Besh yoshgacha bolaga alohida chipta rasmiylashtirilmaydi. Balki tug'ilganlik haqidagi guvohnomasiga asoslanib, uning izmi-sharifi, tug'ilgan vaqti hamda govohnoma raqami ota-onasidan birining chiptasiga yozib qo'yiladi. Shuningdek 5 yoshgacha bolaga alohida joy berilmaydi. U ota-onasiga berilgan joylarda ketadi.

Deylik, bir kishi (ona yoki ota) 2-3 nafar farzandini o'zi bilan birga olib ketyapti. Ularning barchasi 5 yoshdan oshmagan. BUnday holatda ulardan faqat bittasi uchun yo'l haqi to'lanmaydi. Qolganlari uchun esa chiptaning 50% natxi to'lanib, ularga alohida joy beriladi.

Agar ota-ona temir yo'l transportida birga ketishayotgan bo'lsa, ular o'zlari bilan besh yoshdan oshmagan bittadan farzandini bepul olib ketishi mumkin.

Undan tashqari 5 yoshdan 10 yoshgacha bo'lgan bolalarga ham imtiyoz mavjud. Bunday bolalar chiptani 50% narxiga sotib oladilar va ularga alohida joy ajratiladi.

O'n yoshdan oshgan bolalarga chiptani kattalar narxida sotib olish kerak.

("Temir yo'l transporti" to'g'risidagi qonunning 12-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 13 apreldagi 109 son qarori)

Tafislot.uz

 

 

TELEGRAM