Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda insonni junbushga keltiradigan dahshatli voqealar aks etgan video tarqaldi, deb yozadi Darakchi gazetasi.

Video tasvirda Surxondaryoning Denov, Angor va Termiz shaharlaridagi maktabgacha ta`lim muassasalarida tungi paytlarda qo`shmachilik va fohishaxona saqlash faoliyati yuritilganlik holatlari aniqlangani aks etgan.

Tasvirda huquq-tartibot idoralarining tezkor tadbirlari natijasida bog`cha qorovullari Musaev Muhiddin va Allayorov Rustam qo`shmachilik va fohishona saqlash jinoyatini sodir etganligi ma`lum bo`lgan.

Surishtiruvlar natijasi shuni ko`rsatdiki, ikkala qorovul avval ham mazkur jinoyatni sodir etib kelgan. Ularning ichkilikka ruju qo`yganidan bog`cha mudiralarining ham xabari bo`lgan.

Bolalar tarbiya topishi kerak bo`lgan maskanlarda fohishaxona saqlash jinoyatlari viloyatning boshqa tumanlarida ham amalga oshirilayotganligi ma`lum bo`lgan.

Videodagi tasvirlarda berilgan ma`lumotlarga ko`ra, 10-MTMning ayrim tarbiyachilari tunda mijozolarga intim xizmat ham ko`rsatish bilan ham shug`ullangan.

Denovdagi 10-MTMda kechgan bir holat ayniqsa itimoiy tarmoq foydalanuvchilarini larzaga solib, minglab noroziliklarga sabab bo`ldi. Ushbu manzarada pichoq o`qtalgan katta yoshli “tarbiyachi” va unga sherik bo`lgan 3 nafar hamtovoqlari bolalarni birma-bir qo`rqitish bilan shug`ullanganli, bunga esa bolalarning she`r yodlamasligi yoki qandaydir hodisani ota-onasiga aytib berayotganligi sabab qilib ko`rsatilmoqda. Eng ajablanarli tomoni shundaki, bolalarni qo`rqishi va yig`lashiga "tarbiyachi" ayollarning qah-qah otib kulgan holda tomoshabin bo`lganligidir.

Yuqoridagi holatlar aks etgan video 2016 yilning noyabr oyida yashirin kameralar orqali qayd etilgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, bugungi kunda aybdorlarga nisbatan O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik kodeksi hamda jinoyat kodekslarida belgilangan tartibda jinoyat ishi qo`zg`atilgan va ularga nisbatan jazoning muqarrarligi ta`minlash borasida sa`y-harakatlar amalga oshirilmoqda.

Videoni tomosha qilgan minglab internet foydalanuvchilar bolalarni qo`rqitgan "tarbiyachi"larga nisbatan juda qattiq chora ko`rilishi kerakligini, ular o`z qilmishlari uchun albatta javob berishlari kerakligi hamda bunday holatlar kuzatilmasligi uchun barcha MTM videokameralar o`rnatilishi lozim degan fikrlarni bildirishmoqda.

Ish vaqtida bolalar ayovsiz jazolanadigan tunda esa foxishaxona sifatida faoliyat yuritadigan bu maskanlardagi mazkur holat yuzasidan “Darakchi” gazetasining muxbiri surishtiruv o`tkazdi. Voqea tafsilotlari hamda aybdorlarga ko`rilgan choralar bilan gazetaning 10-sonida tanishishingiz mumkin.

Ayol zoti tomonidan bolalarga nisbatan amalga oshirilayotgan bunday harakatlarni qanday oqlash mumkin?! Norasida go`daklar bilan bunday munosabat qilish qaysi insoniy me`yorlarga to`g`ri keladi. Nahotki, "tarbiyachi" nomi tugul ayol nomiga nomunosib bu ayollarning o`z farzandi bo`lmasa. Nahotki, azoblanayotgan bolani ko`ra turib, qah-qah otib kulish mumkin bo`lsa! Ushbu jinoyatlarni sodir etgan kimsalarga nisbatan qilmishlariga yarasha jazo tayinlanishi muqarrar.

TELEGRAM