Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog'istonning Janaozen shahrida turmush qurgan o'smirlarning surati tarqalib ketdi. Surat ostida shunday izoh qoldirilgan: «Aktauda 2003 yil tug'ilgan bolalar turmush qurdi».

Bu ma`lumot Mangistau viloyatining bironta vakolatli organlari tomonidan tasdiqlanmadi, deb yozadi kun.uz nashri. 

"Faqat istisno hollardagina 16 yoshda nikohni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat beriladi. Faqatgina ota-onalar roziligi yoki vasiylik organlari guvohligida. O'n to'rt yoshli bolalar nikohini har qanday sharoitga qaramay ro'yxatdan o'tkazish uchun bizning hech qanday huquqimiz yo'q.

Men ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan bolalarning go'yoki turmush qurgani tasvirlangan suratni ko'rdim, biroq bizning bayonotda bu haqida hech qanday ma`lumot yo'q. Bu nikoh Mangistau viloyatining adliya boshqarmasida qayd etilmagan", - deb xabar bergan viloyatning Adliya boshqarmasi fuqarolarni ro'yxatga olish bo'limi boshlig'i Lazzat Axmedova.

Mangistau viloyatining bosh imomi Smail Seytbekovning qayd etishicha, u ham suratni ko'rgan, biroq uning so'zlariga ko'ra, kuyov 14 yoshda emas, taxminan 20 yoshda.

"Qonunga muvofiq, biz faqatgina FHDYo ro'yxatidan o'tganlargagina nikohni joriy qilamiz, bunda yoshlarning yoshi 16dan kam bo'lmasligi kerak. Shu sababli, aniq ayta olamanki, masjidda ham bu tariqa hech kimga nikoh o'qitilmadi.

TELEGRAM