Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Qo'qon shahrida yong'in tufayli bir oilaning 3 a`zosi halok bo'lgan. Bu haqda sayt tahririyatiga telefon qo'ng'irog'i orqali ushbu shaharda istiqomat qiluvchi manba xabar berdi.

U hodisa sababini aniq ayta olmasligi, yong'inga balki gazdagi nosozlik, balki elektr tokidagi nosozlik sabab bo'lishi mumkinligini bildirdi.

«Kun.uz» bu borada rasmiy ma`lumot olish uchun IIV qoshidagi Yong'in xavfsizligi bosh boshqarmasining Farg'ona viloyati bo'limiga murojaat qildi.

Viloyat bo'limidagilar avvaliga bu haqda Qo'qon shahri bo'limidan aniq ma`lumot olish mumkinligini bildirdi. Shahar bo'limida esa ma`lumotlar yuqoriga yo'llangani haqida aytilib, mavjud ma`lumotni bera olmasliklari ma`lum qilindi.

Ikkinchi safar Farg'ona viloyati bo'limiga murojaat qilinganida esa, bu haqda respublika boshqarmasidan so'rash kerakligi aytildi. Ya`ni, voqea rostdan ro'y bergani tan olindi, ammo bu voqea rostdan ro'y berganini rasman tasdiqlay olishmadi.

Natijada, sayt xodimi Yong'in xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan bog'landi. Boshqarma navbatchisi esa viloyatdan kelgan hisobotni o'qib berdi.

Unga ko'ra, 23 mart kuniga o'tar kechasi, tungi soat 01:40da Qo'qon shahri Taraqchilik ko'chasi 12-uyda yong'in ro'y bergan.

R.Qodirov va uning oilasi ijarada turgan uyda yong'in chiqqan. Uning rafiqasi M.Qodirova hamda 8 va 4 yoshlardagi ikki o'g'li hodisa qurboniga aylangan.

Uyning 100 kv m maydondagi hududi yongani, yong'in oila a`zolari uxlab yotgan boloxonaga yetib bormagani, ammo ular zahardan bo'g'ilib jon bergani aytilgan.

Yong'in sabablari ayni vaqtda aniq emas, tegishli tekshiruvlar o'tkaziladi.

Sayt manbasining xabar berishicha esa voqea ro'y bergan hududda ayni vaqtda gaz quvurlari kesib tashlangan. Bu hudud aholisi hozirda gaz ballonlaridan foydalanadi. Bu esa fojianing sababi haqida turli taxminlarni paydo qiladi.

Shu tufayli imkon qadar tez vaqt ichida hodisa sabablari o'rganilib, tafsilotlari ma`lum qilinishiga zarurat mavjud.

TELEGRAM