Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

So'nggi vaqtlarda o'z joniga qasd qilishga undovchi turli xil o'yinlar paydo bo'lgani sabab, Toshkent shahridagi maktablar, litsey va kollejlarda bunga qarshi profilaktik tadbirlar olib borildi. Buning natijasida shu kunga qadar – 31ta maktab o'quvchilari va 5ta kollej talabalari orasidan mazkur o'yinga kirganlar aniqlangan, deb yozadi Kun.uz nashriyoti.

Ular boshlang'ich bosqichida o'yindan chiqib ketishiga erishilgan. Mazkur o'yin natijasida o'z joniga qasd qilish holati aniqlanmagan.

Biroq, shunga qaramasdan, Toshkent shahrida “Siniy kit” va “Bogataya uzbechka” o'yinlari ommalashib borayotgani aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBBda tashkil etilgan brifingda ma`lum qilingan. Voyaga yetmaganlar va yoshlar o'rtasida mazkur o'yinlarni tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, xalq ta`limi bosh boshqarmasi, o'rta maxsus kasb-hunar boshqarmasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati bilan hamkorlikda

- ta`lim muassasalarida ota-onalar ishtirokida uchrashuvlar o'tkazilmoqda;
- tayyorlangan video-rolik namoyish etib kelinmoqda;
- xavfli guruh aniqlanib, ularga individual tarzda murabbiy va psixologlar biriktirilib, tegishli chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent shahar IIBB ota-onalarga murojaat qilib, farzandlarini mazkur o'yinlardan va boshqa salbiy illatlardan saqlab qolishi uchun, avvalo

- shaxsiy nazoratni kuchaytirish,
- farzandi kim bilan muloqotda bo'layotganini aniqlash,
- qimmatbaho telefon apparatlarini olib bermaslik,
- doimiy ravishda ta`lim muassasalari ma`muriyatlari bilan aloqada bo'lish,
- oiladagi muhitni yaxshilash,
- farzandlariga e`tiborni yanada kuchaytarishni tavsiya qiladi.

Shu o'rinda, eslatib o'tish joizki, ta`lim muassasalarida uyali aloqalardan foydalanishni tartibga solish maqsadida 2012 yil 21 mayida Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
139-sonli qarori hamda 2015 yil 5 fevralida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yoshlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi 85-sonli qarorlari qabul qilingan.

TELEGRAM