Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Kun.uz tahririyatiga O'zbekistonning turli jabhalaridan har-xil savollar kelib tushmoqda. Ularning ayrimlari huquqiy masalalar haqida boradi. Quyida ana shunday savollardan birini keltirib o'tamiz. Ushbu savollarga Adliya vazirligining Notariat, advokatura va FHDYo organlari boshqarmasi boshlig'i D.Yakubova javob qaytargan.

 

Savol: 1990 yil mart oyida tug'ilgan do'stim birinchi marta oila qurmoqda. Shuning uchun kelini (kelin 1995 yil iyulda tug'ilgan) bilan FHDYo bo'limiga ariza bilan murojaat qilgan. FHDYo bo'limi xodimlari uni yoshi 27 yoshdan kattaligini aytib, o'zi va kelini uchun viloyat arxividan avval turmush qurmaganligi to'g'risida ma`lumotnoma olib kelishini so'ragan. (Do'stim Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanida yashaydi, kelin esa Namangan viloyati Chortoq tumanida). 

Bunday ma`lumot so'rash to'g'rimi? Nima uchun FHDYo bo'limlarining o'zida bunday ma`lumotlar bo'lmaydi, bo'lmagan taqdirda ham FHDYo bo'limining viloyat arxivi bilan o'zaro aloqasi bo'lishi kerak emasmi? Meni yoshim ham 27dan o'tgan bo'lajak turmush o'rtog'im yoshi 21 da. Men ham ariza yozsam, men va kelin uchun shunday malumotnoma olishim kerak bo'ladimi?

 

Javob: Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 14 noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalariga muvofiq belgilangan namunadagi ariza nikohlanuvchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida to'ldiriladi va barcha savollarga aniq va to'liq javoblar berilishi kerak. Ariza aniq, tushunarli dastxat bilan yozilishi lozim. Bunda FHDYo organi arizani qabul qilayotganda nikohlanuvchilarga nikoh tuzish tartibi va shartlarini, kelgusida er-xotin va ota-ona sifatida vujudga keladigan huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi va bir-birining salomatliklari to'g'risida va oilaviy ahvoli to'g'risida xabardor ekanliklariga ishonch hosil qilishi kerak. Nikohlanuvchilar nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlarni yashirish oqibatlari to'g'risida ogohlantiriladi.

Bundan tashqari, qonun nikohlanuvchi shaxslardan hatto bittasi ilgari qayd etilgan nikohda turgan shaxslar o'rtasida nikoh tuzilishini taqiqlashi sababli arizani qabul qilish vaqtida FHDYo organi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo'yicha arizachilarning qonuniy nikohda turish-turmasliklarini tekshirib ko'rishi kerak.

Ilgari nikohda bo'lgan shaxs FHDYo organiga avvalgi nikohi bekor qilinganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi kerak. Bu – nikohni bekor qilinganligi haqidagi guvohnoma yoki sud qarori,erning (xotinning) o'limi haqidagi guvohnoma yoki sudning nikoh haqiqiy emas deb topilganligi haqidagi qarori bo'lishi mumkin.

Bunda FHDYo organi uning yashash joyidagi viloyat yoki Toshkent shahar FHDYo arxividan nikohlanuvchilarning nikohi qayd etilgan yoki etilmaganligi yuzasidan ma`lumotnoma olish orqali tekshiradi.

TELEGRAM