Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Xitoyning Tszyantszin shahrida hid bilish sezgisi yaxshi rivojlangan it shahardagi bog'da tiriklayin ko'milgan chaqaloqning hayotini qutqarib qoldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

 

It egasi Yang Jaylining aytishicha, uning iti hovlidan qochib ketgach, u itini qidirishga tushgan. Ayol itni yaqinda olgan bo'lib, u uchun qattiq xavotirlangan. It esa bog'dagi butalar orasida old panjalari bilan yerni jon-jahdi bilan kovlayotgan holda topilgan.

Bolakay sovqotish va sekinlashgan puls bilan Vutan shifoxonasiga yetkazilgan. Shifokorlarning ta`kidlashicha, chaqaloq bor-yo'g'i bir oylik bo'lgan. Hozirda u shifokorlar nazorati ostida qolmoqda va uning hayotiga hech narsa xavf solmayapti.

Tergovchilarning fikricha, bolaning oilasi uni o'lik deb o'ylab, ko'mib yuborgan. Politsiya chaqaloqning oilasini qidirmoqda.

Manba

TELEGRAM