Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Qonun hujjatlarining ta`sirini baholash tizimi portalida «Shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi qonuniga tuzatishlar kiritish loyihasi joylashtirilgan.

Unga ko'ra, yadroviy poligonlarda va boshqa radiatsion-yadroviy ob`yektlarda harbiy xizmatni o'tagan kishilarga O'zbekistonda transportdan bepul foydalanish huquqini taqdim etish nazarda tutilgan.

Ayni vaqtda mamlakatda yadroviy poligonlarda va boshqa radiatsion-yadroviy ob`yektlarda harbiy xizmatni o'tagan fuqarolar soni 254 kishini tashkil etadi.

Moliya vazirligi qoshidagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg'armasi ma`lumotiga ko'ra, ulardan 103 nafari (42 nafari Toshkent shahrida istiqomat qiladi) - yosh bo'yicha yoki nogiron pensionerlardir.

«Shahar yo'lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to'g'risida»gi qonuniga ko'ra shahar yo'lovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega toifalar:
- 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo'lmish harbiy xizmatchilar;
- 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
- 1941—1945 yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
- Afg'oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo'lmish fuqarolar;
- haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo'yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
- ko'zi ojiz nogironlar va ko'zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs egadir.

Manba

TELEGRAM