Foydalanish bitimi

1. Umumiy qoidalar

Uzbaby.uz internet resursi (keyinchalik - resurs, sayt) internet sayti bo'lib, internet foydalanuvchilariga bir-biri bilan ma'lumot va fikr almashish, shaxsiy suratlar va boshqa fayllar bilan o'rtoqlashish imkoniyatini beradi.

Ushbu bitim Uzbaby.uz resursidan foydalanish qoidalarini yuridik jihatdan tartiblashtiradi.

Sayt ma'muriyati Uzbaby.uz domeni egasi hisoblanib, ushbu internet resursidan foydalanish, shuningdek uning tarkibidagi ma'lumotlar bazasi, informatsion materiallar, video, audio, rasm va boshqa ob'yektlariga ega bo'lish faqat ma'muriyat ixtiyorida.

Undan tashqari ma'muriyat Uzbaby.uz sayti dizayni, undagi materiallarning joylashishi va sistemalashtirishga mas'ul. Bu materiallarga foydalanuvchilar tomonidan yuklangan materiallar yoki ma'muriyat tomonidan maxsus belgi bilan ajratilgan materiallar kirmaydi.

Ma'muriyat tomonidan taqdim etilgan materialdan tashqari Uzbaby.uz saytida uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan materiallar ham mavjud (reklama, foydalanuvchi materiallari va hokazo).

{xtypo_warning}Muhim! Ushbu qoidalar foydalanuvchiga xabar berilmasdan o'zgaritilishi mumkin. Ularning o'zgarishi foydalanuvchi yangi qoidalar bilan tanishib chiqqanligini va ularnga asoslanib resursdan foydalanayotganini bildiradi. Agar foydalanuvchi ushbu qonunlarga amal qilishni istamasa, u holda resursdan foydalanmasligi talab etiladi.{/xtypo_warning}

Foydalanuvchi tomonidan Uzbaby.uz saytiga joylashtirilgan materialning saqlanishi, ishlashi va kim tomonidan ishlatilishiga ma'muriyat javobgar emas.

Resursda ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchi o'z login va parolini birovga bermasligi talab etiladi. Aks holda ushbu holatning asoratlari bo'yicha yuzaga kelishi mumkin bo'lgan hodisalarga o'zi javobgar bo'ladi. Foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlaridan foydalangan holda uchinchi shaxslarning faoliyatiga Uzbaby.uz ma'muriyati javobgar emas.

Uzbaby.uz ma'muriyati foydalanuvchining shaxsiy ma'lumotlarni uchinchi shaxs bilib olishiga javobgar emas, lekin bunday bo'lishini oldini olish uchun barcha choralarni ko'radi.

2. Foydalanuvchi huquq, burch va majburiyatlari 

Foydalanuvchi Uzbaby.uz saytidagi shaxsiy bo'limida, Forum, Blog, "Bizning bolajonlar", "Bolalar taomnomasi" va "Bolalar bo'lim"larida ularga muvofiq ma'lumotlarni kiritish huquqiga ega. Undan tashqari shaxsiy va oilaviy rasmlar, shaxsiy ma'lumotlar (adres, telefon va turar joyidan tashqari) kiritishlari mumkin. Boshqa foydalanuvchilar va ma'muriyat materiallariga baho berish, ko'rish, izoh yozish huquqiga ega.

Uzbaby.uz saytida o'tkaziladigan konkursarda ishtirok etish huquqiga ega. Bu borada foydalanuvchi ushbu bitimda ta'kidlangan barcha qonun va qoidalarga amal qilishi ko'zda tutilgan.

Foydalanuvchi Uzbaby.uz saytidan foydalanish jarayonida o'z faoliyatiga butunlay mas'ul bo'lib, O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid keladigan, mualliflik huquqini buzadigan faoliyatlarni amalga oshirmasligi talab etiladi.

Foydalanuvchi uchinchi shaxsga tegishli materiallarni tarqatish, resursga joylashtirish va undan foydalanish uchun butunlay javobgar hisoblanadi.

Foydalanuvchi tomonida Uzbaby.uz saytiga joylashtirilgan barcha materiallar unga tegishli deb qabul qilinadi. Agar mualliflik huquqi buzilgani aniqlansa, material saytdan olib tashlanadi.

Foydalanuvchi tomonidan Uzbaby.uz saytiga joylashtiradigan material uchinchi shaxsning nafsoniyatiga tegadigan, qonunga xilof va uchinchi shaxsning reputatsiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan ma'lumotga ega bo'lmasligi shart.

Foydalanuvchilarga quyidagilar MUMKIN EMAS:

  • Noo'rin, qayta takrorlanadigan (flood), noqonuniy, zarar keltiradigan, haqoratlaydigan, tuhmat, mualliflik huquqini buzadigan, uchinchi shaxslarning nafsoniyatiga tegadigan, odamlarni jinsi va millati bo'yicha diskriminatsiya qilishni targ'ibot qiladigan, insonsizlikni va yomonlikni ko'rsatadigan, diniy kelishmovchilik yaratadigan, haqorat va qo'rqituvni o'z ichiga olgan, fuqarolarning shaxsiy hayotiga zarar keltiradigan, uyatsiz, behayo va umumiy jamiyat qoidalarga rioya qilmaydigan va boshqa shu kabi materiallarni joylashtirish va shu mavzularga oid suhbatlashish, munosabat ko'rsatish;
  • Pornografik ma'lumotlarga ega bo'lgan materiallarni joylashtirish va u haqda suhbatlashish;
  • Qimor o'yinlari haqidagi materiallarni joylashtirish va u haqda suhbatlashish;
  • Terrorizm va diniy ekstremizm haqidagi materiallarni joylashtirish va u haqda suhbatlahish;
  • Barcha noqonuniy faoliyatga doir materiallarni joylashtirish yoki u haqda suhbatlashish;
  • Insonni asabiga, nafsoniyatiga va ko'ngliga tegadigan fotosuratlarni yoki ularga ssilka (link) joylashtirish;
  • O'zbekiston Respublikasi qonuniga xilof bo'luvchi boshqa saytlarga ssilka (link) joylashtirish;
  • Spam;
  • Foydalanuvchilarni asabiga tegib ularni janjalga yoki boshqa salbiy faoliyatlarga undash;
  • Birovni nafsoniyatga tegadigan izohlarni joylashtirish;
  • Mualliflik huquqini buzadigan materiallarni joylashtirish;
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan taqiqlangan biron materialni joylashtirish;
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid keluvchi yoki taqiqlangan reklamani joylashtirish;
  • Foydalanuvchilarning kompyuter dasturlariga xavf soluvchi ziyonli kodlarni joylashtirish;
  • Salbiy reklama, agitatsiya, targ'ibot va noqonuniy gap va izohlarni joylashtirish;
  • Narkotik vositalar haqida ma'lumot joylashtirish va u haqda gaplashish;
  • Mavzuga doir bo'lmagan tashqi saytlarga ssilka(link) joylashtirish;
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid keladigan har qanday ma'lumotni joylashtirish;
  • O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid keladigan mavzuda suhbatlashish. 

Foydalanuvchi yuqoridagi materiallarni joylashtirmaslikka, bu mavzularda suhbat qurmaslikka javobgar bo'lib, undan tashqari Uzbaby.uz sayti orqali shu kabi materiallarni yoki  ularga bo'lgan ssilka (link) larni boshqa joyda yubormaslikka ham javobgardir.

Foydalanuvchilarga qat'iyan ta'qiqlanadi:

  • Boshqa foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotni yig'ish, saralash, ma'lum bir maqsadda undan foydalanish va uchinchi shaxslarga berish;
  • Uchinchi shaxslarning yoki boshqa foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini ularning roziligisiz Uzbaby.uz saytida joylashtirish.
  • Mualliflik huquqiga ega bo'lgan materiallarni muallif roziligisiz resursga joylashtirish;
  • Uzbaby.uz saytining funksiyasini buzilishiga qaratilgan va ma'muriyat bo'limlariga xavf soluvchi va saytning boshqa faoliyatlariga zid keluvchi harakat olib borish;
  • Ro'yxatdan o'tish jarayonida uchinchi shaxslarning ma'lumotini kiritish;
  • Saytda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid keluvchi biron faoliyat yurgazish! 

3. MA'MURIYAT

  • Ma'muriyat saytdagi materiallarni o'z xohishiga ko'ra (boshqasi foydalanuvchi bilan yozma bitim orqali kelishilmagan bo'lsa), foydalanuvchilarga oldindan xabar bermasdan o'chirib tashlash huquqiga ega.
  • Foydalanuvchilar orasida yuz beradigan nizolar va tushunmovchiliklarni bartaraf etishga ma'muriyat javobgar emas. Lekin bir foydalanuvchiga nisbatan bir necha bor shikoyatlar kelgan taqdirda uning shaxsiy varaqasi(akkuanti)ni resursdan o'chirib tashlash huquqiga ega.
  • O'z mualliflik huquqlari buzilayotgani haqida bilgan shaxs, Uzbaby.uz saytiga bu haqda 'Biz bilan bog'lanish' formasi orqali yozma ravishda xabar berishi talab etiladi. Mualliflik huquqi aniqlangan holda, material resursdan olib tashlanadi.
  • Foydalanuvchining materiallari saytdan ma'lum sabablarga ko'ra o'chirilib yoki yo'q bo'lib ketsa, ma'muriyat u materiallarni qayta tiklashga javobgar emas.
  • Ma'muriyat Uzbaby.uz saytida konkurslar o'tkazish huquqiga ega.
  • Konkursda 18 yoshga to'lgan shaxslar ishtirok etishi mumkin. Ma'muriyat o'z xohishiga ko'ra, ma'lum bir sabablarga ko'ra ba'zi foydalanuvchilarni konkursda ishtirok etishdan chetlashtirishi mumkin.
  • Uzbaby.uz saytining ishlash jarayoniga, foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan ssilka (linklar) ning haqqoniyligi va ishlashiga ma'muriyat javobgar emas.

4. Ma'muriy javobgarlik

  • O'zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida”gi qonunga binoan saytdagi barcha materiallarni qayta chop etish va boshqa sayt va materiallarda joylashtirish qat'iyan taqiqlanadi, aks holda bunga amal qilmaganlar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
  • Resursdan foydalanishda O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va ushbu bitimga zid keladigan faoliyat yurgazuvchi shaxslar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
  • Foydalanuvchi tomonidan joylashtirilgan har bir ma'lumot, material va rasmga faqatgina uning o'zi javobgar bo'ladi.
  • Foydalanuvchi tomonidan saytga joylashtirilgan har bir materialdan foydalanish to'liq huquqi o'z-o'zidan Uzbaby.uz saytiga taqdim etiladi(ko'rsatish, qayta chop etish, tarqatish, qayta yozish, tarjima qilish va hokazo). Bunda hech qanday qo'shimcha bitim imzolanishi talab etilmaydi.
  • Ushbu bitim O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq bo'lib, bitimda yoritilmagan moddalar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga oid amalga oshiriladi.

5. Ma'muriyat foydalanuvchilarga quyidagilarni tavsiya etadi!

  • Uzbaby.uz saytida o'z adres, telefon, turar joyi va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni joylashtirmaslik;
  • Saytga kirish uchun foydalaniladigan o'z parol va loginini boshqalarga bermaslik;
  • Joylashtirilayotgan materiallar va ma'lumotlarni qonunga xilofligiga shubha bo'lsa joylashtirmaslik;
  • Joylashtirilayotgan materiallar va ma'lumotlar uchinchi shaxsning huquqlarini buzishi mumkinligiga bo'lsa joylashtirmaslik;
  • Uzbaby.uz saytidan foydalanish jarayonida O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid kelishi mumkin bo'lgan hech qanday faoliyatni amalga oshirmaslik.

Uzbaby.uz Ma'muriyati

Kitob do'koni