Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Tug'ayotganda ba'zida shifokor ayolga tug'ish jarayonini og'riqsiz ukol bilan o'tkazishni taklif qiladi. Og'riqsiz ukolning keng tarqalgan turi epidural anesteziyadir.  

Epidural anesteziya nima degani?
Epidural anesteziya biron joydagi mahalliy og'riqni blok qiluvchi vositadir. Epidural anesteziyaning umumiy anesteziyadan farqi u asosan og'riqni sezdirmaydi, umumiy anesteziya esa umumiy sezgirlik vaqtinchalik yo'qolishini ta'minlab beradi.
Epidural anesteziya qanday amalga oshiriladi?
Tug'ish jarayoni yaqinlashayotgan payti anesteziolog ayolni o'tirgan holida belini orqaga chiqarib bukilib turishini buyuradi.
Bu holat anesteziyaning samarasini oshirib beradi. Anesteziya vositasi yuboriladigan joy sterillanadi va kichik shpritsda kiritilgan shol qiluvchi dori bilan atrof teri va mushaklar muzlatiladi. So'ng epidural anesteziya qilinadi, ya'ni orqa miya kanaliga kateter joylashtiriladi va u orqali tug'ish jarayonida anesteziya dorisi yuborilib turiladi.
Epidural anesteziyaning yaxshi tomonlari qanday?
Uzoq davom etadigan tug'sh jarayonida ayolga yegillik keltiradi;
Ayol tug'ishdan charchab, ohiriga qadar holsizlanib qolmaydi;
Epidural anesteziyada ayol tug'ish jarayonini his qiladi va unda to'liq ishtirok eta oladi, ya'ni o'zi kuchanadi, bolani o'tayotganini sezadi;
Agar bola kesarcha tug'ish yo'li bilan tug'diralayotgan bo'lsa, ona uyquda bo'lmay bolasini tug'ilishini ko'ra oladi.
Epidural anesteziyaning salbiy tomonlari qanday?
Epidural anesteziya tufayli qon bosimi birdaniga pasayib ketishi mumkin. Bunda qo'shimcha dori vositalari qo'llaniladi.
1% kamroq ayollarda epidural anesteziya tufayli qattiq bosh og'rig'i namoyon bo'ladi.
Epidural anesteziya qilinganida tug'ish jarayoni sekinlashib hatto to'xtab qolishi ham mumkin.
Ba'zida epidural anesteziya tufayli ayolda quloq shang'illashi, ko'ngil aynashi, bel og'rishi, siya olmaslik kuzatiladi.
Epidural anesteziya qilinganidan so'ng bola tug'ilib olingach yana bir qancha davr tananing past qismi sezilmay turiladi. Shuning uchun harakatlanish uchun yordam talab etiladi.
Juda kam hollarda epidural anesteziya tufayli yangi tug'ilgan chaqaloqda emish bilan qiyinchiliklar yuzaga chiqishi mumkin.
Yana bir tadqiqotning ta'kidlashicha, epidural anezsteziya tufayli bola tug'ilayotganda nafas olishi bosimga duch keladi, yurak urishi oshib ketadi, bola qorinda keskin harakatlanib tug'ilish uchun noqulay holatga aylanib oladi. Bu esa bolani tug'dirilishi jrayonida qisqich, vakuum, tug'ish yo'llarini kesish, kesarcha tug'dirishga majbur qilishi mumkin.
Epidural anesteziya og'ritadimi?
Ba'zi ayollar epidural anesteziya qilinayotganida umuman hech narsa sezmasalar, ba'zilar igna sanchishidan tortib belga bosim berilgandek tuyg'ularni ta'riflaydilar.
Tug'ish jarayoning qaysi davrida epidural anesteziya qilinadi?
Qin ochilishi 4-5 smga yetganida muolaja amalga oshiriladi.
Epidural anesteziya tug'ish jarayoniga ta'sir o'tkaza oladimi?
Ba'zida (tug'ish og'rig'ini qoldiruvchi dori)epidural anesteziya tufayli to'lg'oqlar kuchi kamayib tug'ish jarayoni sekinlashi mumkin. Bunday holatda to'lg'oqlarni stimulyasiyalovchi vositalar qo'shimcha ravishda qo'llaniladi.
Epidural anesteziya bolaga ta'sir qiladimi?
Bu borada ko'plab bahslashuv tadqiqotlar mavju bo'lib, yuqorida ta'kidlab o'tilgan holatlar yuz berishi mumkin. Lekin bu narsa har bir tug'ishda har xil kechadi. Ya'ni tug'ish jarayonining davomiyligi, dori quyilish miqdori, va har bir bolaning individual ko'rsatkichlariga bog'liq holda ta'sir qilishi mumkin. Tug'ish davomida kimga qancha dori yuborilish darajasi hammada farq qilgani uchun bu borada aniq javob olishning iloji yo'q.

Muhim tavsiya: epidrual anesteziya yuboruvchi shifokor yuqori malakali, tajribali mutaxassis bo'lishi darkor.
Epidural muolaja qo'yilgach ayol nima his qiladi?
Dori yuborilgach 10-20 daqiqa ichida ayol og'riqni sezmay qoladi. Dorining kuchi kamaygach kateter orqali yana yuboriladi. Oralig'i odatda 2 soatni tashkil etadi.
Agar tug'ish jarayoni bir necha soatlarga cho'zilib ketsa, siyish uchun ham kateter joylashtiriladi, chunki ayolning hissiyotlari o'chganligi tufayli u o'zi siya olmaydi.

Epidural anesteziya bilan tuqqan ayolning keyinchalik beli og'riydigan bo'lishi rostmi?

Agar shifokor yuqori malakali bo'lmasa, u holda uning ukolni noto'g'ri amalga oshirilgani natijasida keyinchalik bel og'rishi namoyon bo'lishi mumkin. 
Epidural anesteziyadagi ayol o'zi tug'ilayotgan bolani qornidan itara oladimi?
Ba'zida ayol epidural anesteziya ta'siri tufayli kuchana olmaydi va bolani qo'shimcha asboblar bilan tortib olinish talab etilishi mumkin.
Epidural anesteziya qilinsa, ayol hech qanday og'riq sezmaydimi?
Kamchilik ayollar doriga qaramay og'riqni sezishganini ta'kidlaydilar.
Qachon epidural anesteziyani qo'llash mumkin emas?
Ayol qoni suyuq bo'lsa yoki u qon suyultiruvchi dori-vositalarini qabul qilib yurgan bo'lsa;
Ayol shokda yoki ko'p qon yoqotayotgan bo'lsa;
Organizmda biron qon infeksiyasi mavjud bo'lsa;
Bel qismida infeksiya bo'lsa;

Ayol belida muammolari bo'lgan bo'lsa;
Bachadon bo'yni kamida 4 smga ochilmagan bo'lsa;
Beldagi epidural joy shifokor tomonidan topilmayotgan bo'lsa;
Tug'ish jarayoni tez kechib, muolajani amalga oshirishga vaqt bo'lmasa.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...