Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

aliesp

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Tug'ish paytidagi og'riq tezda esdan chiqib ketadi. Shuning uchun ko'pchilik ayollar farzandining tug'ilishini eslayotganda to'lg'oq og'riqlarini emas, balki bola chiqish yo'llaridagi yirtilish yoki shifokorlar tomonidan amalga oshiriladigan kesilishni esga oladilar.

Bu esa onaga 1 oy davomida og'riq keltirishi mumkin. Kesilish yoki yirtilishning bo'lmasligi uchun nima qilish kerakligi haqida gapirib o'tamiz.

Bola tug'ilayotganda chiqish yo'llaridan o'tayotganda, onada nega yirtilish sodir bo'ladi?

Afsuski, onaning jinsiy a'zolari joylashgan kirish yo'llarida mushaklar qanchalik yaxshi rivojlanganiga qaramay, ularning elastiklik xususiyatining pasayishiga olib keluvchi bir nacha faktorlar mavjud:

- Ona yoshi 35 dan oshgan (ayniqsa, agar birinchi tug'ishi bo'lsa);

- Kirish yo'llari baland bo'lsa, bu degani anus bilan qin orasi 7-8 sm dan ko'p bo'lsa;

- Qin mushaklarining juda rivojlanganligi (sport bilan shug'ullanuvchi ayollarda);

- Qin mushaklarining rivojlanmaganligi (Kegel mashg'ulotlarini qarang);

- Jinsiy kirish yo'llaridagi mushaklarda bo'lib o'tgan operatsiya yoki tug'ishlardan keyin qolgan asoratlar mavjudligi;

- Uzoq cho'zilib ketgan tug'ish jarayoni;

- Tezlik bilan o'tgan tug'ish jarayoni;

- Tug'ilayotgan bolaning boshi va yelkalari chiqayotganda akusher tomonidan kirish yo'llarining yetarlicha himoya qilinmaganligi;

- Tug'ish jarayonida onaning o'zini noto'g'ri tutishi (akusher va shifokor gaplariga quloq solmasligi).

Ayrim hollarda onaning jinsiy kirish yo'llari akusher yoki shifokor tomonidan kesiladi. Nega?

- Bola juda katta bo'lib, o'tish yo'llar mushaklari bo'sh bo'lgan hollarda;

- Muddatidan oldin sodir bo'lgan tug'ish (muddatidan oldin tug'ilgan chaqaloqqa shikast yetkazmaslik uchun);

- Bola tug'ilishini tezlashtirish uchun (onada qon bosimining ortib ketishi tufayli yoki bolada ayrim kasalliklar mavjud bo'lgan hollarda);

- Bolaga havo yetmay qolishi;

- Operativ tug'ish jarayonida (vakuum yoki maxsus moslamalar qo'llanilganda);

- Bolaning bachadonda chiqish yo'llari tomon keti bilan joylashganida.

Agar sizga tug'ruq jarayonida chok tushgan bo'lsa:

1. Chok tushsa, odatda, ona 1 kundan so'ng yura oladi va 7-10 kundan so'ng o'tira oladi.

2. Bolani yotgan holda emizing;

3. Iloji boricha ichingiz qotmasin, suyuqliklardan va qatiqdan ko'p iste'mol qiling (kuchanish mumkin emas);

4. O'tirishni boshlaganda, astalik bilan, biroz yotib o'tiring;

5. Chok tushgan joyni tozalikda saqlang.

Yirtilish va kesilishdan holi bo'lish iloji bormi?

Birinchidan, tug'ish jarayoniga mas'uliyat bilan yondashing. Iloji bo'lsa, tug'ish jarayoni haqida shifokor bilan oldindan suhbatlashing. Nafas olish usullari, bo'shashish va kuchanish haqida bilib oling.

Ikkinchidan, qo'rquvdan holi bo'ling.

Qo'rquv - tug'ish jarayonining eng katta dushmani.

Uchinchidan, jinsiy kirish yo'llarni homiladorlikning 36-haftasidan so'ng maxsus o'simlik yog'i bilan, tozalikni saqlagan holda, haftasiga 2-3 marta dushdan so'ng massaj qiling. Massaj harakatlari qin yo'lini anus tomonga asta cho'zish bilan bajariladi.

To'rtinchidan, homiladorlikning 36-38 haftasidan so'ng shifokor bilan maslahatlashgan holda Kegel mashg'ulotlarini bajaring.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • muslima1's Avatar
    • Kontakt linzalar
    • Astigmatizm tashixizi biroz slojniy mushkulroq tashxiz bunga jiddiy qarab albatta shifokor bn maslahatlashish kerak
    • muslima1
    • Lily's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • Sevaraxon, Habibaxon aziz dugonajonlar gaplaringizdan judayam konglim yorishib ketdiki.)))) Habibaxon man ham asabiy bb qoldim. salga jahlim chiqib yiglagim kelaveradi. ln ozimi bosiiiiib yuribman. biram ogir bosiq eslikkinamaney)))))))
    • Lily
    • Lily's Avatar
    • Qorboboga maktub
    • juda chiroyli va haqiqiy begubor bolalarcha yozilgan))))
    • Lily
    • Zarinabonu's Avatar
    • Bola tilidan
    • Mani qizalog'imi tili kechroq chiqadi shekili mamma ada buvi papa deydi holos ajoyib odat chiqarvoganlar Telvizor kursak kino boshlansa tinmasdan uyoqdan buyoqqa yurib kino ko'rgancha qilmidi Reklama boshlansa qotib qoladi reklama tugagach yana topolon boshlanadi. Telvizordan u kanaldan bu kanalga olib ovoraman reklama qidirib Yaqinda reklama kanal ochilsa faqat biz ko"ramiz shekili
    • Zarinabonu
    • muyassar2017's Avatar
    • Bolajon nigohi
    • Yozgan izohlarimni ko'chirib qo'yishni iloji bormi?
    • muyassar2017

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...