Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Yangiliklar

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Tug'ish paytida ko'p uchraydigan qiyinchiliklardan biri bu asfiksiyadir. Asfiksiya natijasida homila tanasining deyarli barcha organlari va to'qimalari lat yeydi, lekin asosiy zararni asab tizimi ko'radi. Chunki asfiksiya davomida organizmga kislorod bormaydi, bu esa asab tizimi hujayralarining yashay olishiga to'sqinlik qiladi. 
Asfiksiya nima degani?

Yangi tug'ilgan chaqaloq asfiksiyasi shunday holatki, bunda bola tug'ilgan zahoti yurak urishidan qat'iy nazar, nafas olmaydi yoki juda sust nafas oladi, natijada organizm yetarlicha kislorod bilan ta'minlanmaydi. Oddiy qilib aytganda, asfiksiya - bu bo'g'ilib qolish.

Asfiksiya sababini uch guruhga bo'lib ko'rishimiz mumkin:

- Homilador ayol organizmida kislorod yetishmovchiligi (qattiq qon ketish, shok, yurak-tomir kasalliklari, intoksikatsiya, qon kasalliklari);
- Homilaning qon aylanish tizimida yoki kindik-yo'ldosh tizmida mavjud bo'lgan buzilish (kindik yoki yo'ldoshdagi patologiya, homiladorlik muammolari, muddatidan o'tgan homiladorlik, tug'ish faoliyatining buzilgani va boshqalar);
- Homila kasalligi yoki homila asab tizimidagi patologiya;
- Homilaning nafas olish yo'llarining to'liq yoki qisman berkilib qolgani.

Asfiksiya alomatlari:

Asfiksiyaning og'irligiga qarab 3 darajaga ajratadilar:

Birinchi darajadagi asfiksiya - bola ko'k rangda tug'ilishi, bunda uning yurak urishi sekinlashgan bo'ladi va nafas olishi juda sekin bo'ladi;

Ikkinchi darajadagi asfiksiya - bolaning rangi juda ko'kargan bo'ladi, yurak urushi yanada sekinlashgan va nafas olishi deyarli yo'q bo'ladi;

Uchinchi darajadagi asfiksiya - chaqaloq nafas olmaydi, terida rang qolmagan, yurak urishi tez-tez lekin muntazam emas, mushaklari bo'shashgan (qo'l-oyoqlari osilib turadi).

Asfiksiyaning asorati:

Asfiksiya asoratlari 2 xil bo'ladi: dastlabki va kechki namoyon bo'ladigan asoratlar.

Dastlabki asoratlarga:

- asab tizimining lat yeyishi - miya shikastlanishi; 
- yurak-qon tizimining lat yeyishi;
- buyrak faoliyatining buzilishi;
- o'pka faoliyatida o'zgarishlar - o'pka shishi, o'pkada qon yig'ilishi, o'pka yallig'lanishi;
- oshqozon-ichak tizimini lat yeyishi;
- qondagi o'zgarishlar - kamqonlik, trombotsitlarning ko'payishi.

 So'nggi asoratlarga nevrologik kasalliklarni kiritish mumkin. Bosh miyasining zaiflashishi, tutqanoq sindromi va boshqalar. Undan tashqari kechki asoratlarga pnevmoniya, meningit va sepsis (qon zaharlanishi)ni kiritish mumkin.

 

Asfiksiyani davolash:

Asfiksiya namoyon bo'lganda reanimatsiya ishlari amalga oshiriladi:

- Nafas yo'llarini bo'shatish - nafas yo'llarida yig'ilgan suyuqlikni chiqarib tashlash;
- O'pka faoliyatini sun'iy davom ettirish - bola tomog'iga maxsus trubka o'tkazilib o'pkasiga nafas olish smesi yuboriladi;
- Yurak faoliyatini yo'lga solish va qon aylanishini ta'minlash - yurak massaji qilinadi va maxsus dorilar yuboriladi.

Asfiksiya bo'lgan bolalarga maxsus parvarish talab etiladi. Ular kislorodli kuvesda boqiladi, kamida 12 soatdan keyin sog'ilgan sut bilan ovqatlantiriladi. Og'ir asfiksiya holatida bola tug'ilganidan so'ng 48 soatdan keyin zond bilan ovqatlantiriladi.
Asfiksiya bilan tug'ilgan bolalarning kelajagi asfiksiya darajasiga, davolanish o'z vaqtida va to'g'ri amalga oshirilganiga bog'liq.

Suhbatimizga qo'shiling!

    • mavluda1492's Avatar
    • Pishiriqlar
    • Raxmat pazandaxon! Kremiga Morojniy krem qilgandim juda mazali buldi. Qani endi internetdan uzatib yuboriwni imkoni bulsa rosa xursand bulardim tayyorlagan narsalarimdan ulawib:sevgi si@ga$
    • mavluda1492
    • Pazandaxon's Avatar
    • Nonushta dasturxoniga
    • (2 kishilik) [image] Masalliqlar: 1 stakan ovsyanka yormasi 2 staka sut 1 osh qoshiq asal 0,5 choy qoshiq tuz yarimta banan 2 choy qoshiq saryog' [image] Tayyorlash: Qozonga sut solamiz, Qaynab chiqay deganda ovsyanka solamiz Tuz va asal solib 5 daqiqa kovlab turamiz. Kasha tayyor Likopchaga suzib, yuziga 1 choy qoshiq saryog' va yarim parrak tog'ralgan banan solamiz. Xoxishga qarab mayiz, mayda tog'ralgan o'rik qoqisi, malina....solish mumkin.
    • Pazandaxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Farzandlarimizning shirin qiliqlari!
    • mani jonu jahonim 2yoshu 4 oylik buldilar yangi yildan beri qorbobo, archa, yana bitta qorbobo sherini yodlab olgan tinmi aytib yuribdi. Keyin bugirsoq ertagini ham yodlab olibdi, qayta qayta shu ertakni boshidan ohirigacha aytaveradi. Lekin bitta yomon qiliq chiqarib oldi GAP QAYTARISH. Behruzbek qulizi ogzizga solmang desam ''bumasam ayagimi soli'' deydi. biror nima desak ''man unaqa bas, uziz shunaqa'' deb gap qaytaryabdi. Nima deb uylaysizlar shu gap qaytarganga kiradimi, yoki gapizga javob bergan hisoblanadimi, qanday qilib urmasdan bu GAP QAYTARISH odatini yuq qilsam buladi. Endi urushaman desam AYAJONIM MAN SIZI YAXSHI KURAMAN deb darrovda ajom qilib upib quyadi
    • Zahroxon

Davomi »

muxokama

Buni ham o'qib ko'ring