Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Kesarev kesish uchun qachon zarurat paydo bo'ladi:

 

  • homila asfeksiyasi (bo'g'ilib qolishi) vujudga kelsa ;
  • dard tutishning zaifligi bo'lsa;
  • homila bachadonda noto'g'ri joylashgan bo'lsa (ya'ni chiqish yo'llariga boshi bilan emas, balki tosi yoki qo'l-oyoqlari bilan);
  • bosh va chanoq oralig'ida nomutanosiblik bo'lsa;
  • yo'ldosh ko'chgan bo'lsa;
  • homila patalogiyasi bo'lsa.

Kesarev kesilish rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan bo'lishi mumkin. Kesarev kesilishda homilador ayolning qorin pastki qismi orqali jarrohlik yo'li bilan bachadondan homila olinadi. Operatsiyadan keyin ayol reanimatsiya bo'limiga o'tkaziladi va u yerda 3 sutka davomida kuzatiladi. Bachadon o'z shakliga qaytishi, kesilish joylarida yallig'lanish vujudga kelmasligi uchun maxsus muolajalar qilinadi.

Ko'pincha kesarev kesishdan keyin tabiiy yo'l bilan tug'ish mumkin, buning uchun keyingi homiladorlikkacha kamida 3 yillik interval bo'lishi lozim.

Kesarev kesilish bilan tuqqan ayollar tug'ruqxonada fiziologik tuqqan ayollarga ko'ra 3-4 kun ko'proq bo'ladilar.

Kesarev kesilish yo'li bilan tug'ilgan bolaning sog'lig'i oddiy tug'ilgan bola sog'lig'idan farq qilmaydi.

Agar kesarev kesilish shart bo'lsa, operatsiyadan qo'rqib undan bosh tortish mumkin emas. Chunki homila tug'ilayotganida to'g'ri va shikastlanmay tug'ilishi uning salomatligi uchun juda muhim.


("O'zingizni asrang ayollar" - E. Ahmedova, L. Boymirzaeva)

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...