Kirish Ro'yhatdan o'tish

Saytga kirish

Nomingiz *
Parol *
Eslab qol

Ro'yhatdan o'tish

(*) belgiga ega joylarni to'ldirish shart.
Ism *
Nomingiz *
Parol *
Parolni tasdqilash *
Email *
Email tasdiqlash*
Captcha *

Tug'ish kunini aniqlash

Oxirgi hayz boshlangan sanani kiriting:

Sizda hayz sikli odatda qancha davom etadi:

Kesarevo keisшlishdan keyin tabiiy ravishda tug'ish

Kesarch kesilish yo'li bilan tuqqan ayollar keyingi homiladorliklarida tabiiy yo'l bilan tug'ishni istaydilar. Buning iloji qancha?

Kesarcha yo'li bilan tuqqan ayolning keyingi tug'ishi tabiiy bo'lish imkoniyati 60-80%ni tashkil etadi. Bunga ko'plab faktorlar ta'sir qilib, ulardan biri ilk tug'ruq kesarev yo'li bilan o'tkazilishiga bo'lgan sababdir.

Misol uchun, birinchi farzand tabiiy tug'ilgan bo'lib, ikkinchisi tug'ilish payti dumbasi bilan joylashgani sababli kesarev kesilish orqali tug'dirilgan bo'lsa, uchinchi homiladorlikning tabiiy tug'ish bilan yakunlanish ehtimoli yuqori bo'ladi. Lekin ilk tug'ayotganda to'lg'oqlar davomida kuchana olmay, bolani o'zi tug'a olmagani sababli shoshilinch kesarev kesilish bilan bola tug'dirilgan bo'lsa, u holda keyingi tug'ruq ham kesarcha yo'li bilan yakunlanishi mumkin. 

Kesarev yo'li bilan tuqqan ayolga ikkinchi homiladorligida tug'ruq qaysi yo'l bilan o'tkazilishini hech kim oldindan aniq ayta olmaydi. Bu narsa faqat rejalashtirilishi mumkin.

Agar homilador ayol kesarev yo'li orqali tuqqan bo'lib, keyingi farzandini tabiiy yo'l bilan tug'ishni maqsad qilgan bo'lsa, bu haqda o'z ginekologi bilan batafsil maslahatlashishi kerak bo'ladi. Shunda ginekologning roziligi va ba'zi shartlarning bajarilishi talab etiladi.

Bu shartlar:

1. Oldingi tug'ishda bachadon T yoki vertikal emas, gorizontal kesilgan bo'lishi kerak. Muhimi shundaki, qorinda ko'rinadigan kesilish joyi ba'zida bachadondagi chok bilan farq qilinishi mumkin.

2. Homilaning chiqish yo'llari yetarlicha keng bo'lishi darkor. Albatta, buni aniq bilishning iloji yo'q, lekin ginekolog ko'rik o'tkazib taxmin qilishi mumkin.

3. Tabiiy tug'ishni rejalashtirgan ayol bachadonida mioma yoki shish mavjudligi tufayli jarrohlik operatsiyasi mavjud bo'lmagan bo'lishi shart.

4. Homilador ayolda kesarev kesilish uchun zaruriyat mavjud bo'lmasligi kerak (Masalan, yo'ldosh bilan bog'liq muammolar, shish mavjudligi va boshqalar).

5.  Tug'ruq davomida zarur bo'lib qolsa, kesarev kesilish muolajasini o'tkazish va homilaga kerakli tez yordam ko'rsata olish uchun sharoit bo'lishi muhim.

6. Homilaning tug'ish yo'llariga boshi bilan joylashgan bo'lishi kerak.

Quyidagi faktorlar kesarev kesilishdan so'ng tabiiy tug'ishga to'sqinlik qilishi mumkin:

  • Homilador ayolning yoshi kattaligi;
  • Homilador ayolning vazni o'ta yuqoriligi; 
  • Tug'ilayotgan bolaning vazni 4.0 kgdan ortiqligi;
  • Homiladorlik 40 haftadan o'tib ketganligi;
  • Kesarev yo'li bilan tug'ishdan so'ng keyingi homiladorlikkacha bo'lgan muddat 2 yil va undan kam bo'lishi.

Agar tabiiy ravishda tug'ish imkoniyati bo'lsa, undan foydalanish kerak. Chunki bir necha bor kesarev kesilishdan so'ng bo'lgan homiladorlikda yo'ldosh bilan bog'liq jiddiy muammolar yuzaga kelishi mumkin. Undan tashqari tabiiy tug'ruqdan so'ng ona tez tiklanadi va qo'shimcha muolajalarga ehtiyoji bo'lmaydi.

Barcha shartlar bajarilganda kesarev yo'li bilan tuqqan ayollarning bachadoni keyingi tabiiy tug'ruq davomida yorilishi xavfi juda past bo'lib, bir foizni tashkil etadi. Lekin yana bir xavf shundaki, mabodo tabiiy ravishda tug'ishga ayolning kuchi yetmasa yoki boshqa tibbiy holatlar tufayli shoshilinch kesarev kesilish talab etilsa, bunday holat rejalashtirilgan kesarev jarrohligidan ko'ra xavfliroq bo'ladi. Bunda homila salomatligiga ham ziyon yetkazilishi mumkin.

Shuning uchun tug'ish yo'lini tanlash borasida hamma tomonlarni o'ylab qaror chiqarish lozim.

Muhim! Rejalashtirilgan tibbiy muolajalar shoshilinch zaruriy bo'lib, yuzaga kelgan holatlardan ko'ra xavfsizroq va asoratsizdir.

 

 

Manba: babycenter.com, askdrsears.com.

TELEGRAM

Suhbatimizga qo'shiling!

    • Zahroxon's Avatar
    • Online suhbatlar.
    • sizlar 5ta qizmisizlar oilada, sizlar ham mazza qilibsizlarda diydor shirinda baribir
    • Zahroxon
    • Zahroxon's Avatar
    • Mart 2017
    • Bugun kotta buvijonimiz bizikiga mehmonga keldilar, buvimiz bn ham rasmga tushib oldik... [image] [image]
    • Zahroxon
    • Pazandaxon's Avatar
    • Bolalardagi kasalliklar
    • Va aleykum assalom Miyrxan. Forumga xush kelibsiz! Qizizga alloh shifo bersin. Shina yechilgandan keyin xar 3 yoki 6 oyda massaj, elektrafarez, parafin olib turasizlar. Qiziz yurishni boshlagandan keyin maxsus yassi oyoqchalar un tufliklar sotiladi, shuni kiydirasiz. Xar 6 oyda ortaped ko'rigidan o'tkazib turasiz. Keyinchalik qiziz bemalol yurib ketgach uyda oyoq uchida, tovonda, baklajka qopqoqlari ustida yurgizib o'ziz shugullansangiz ham bo'ladi.
    • Pazandaxon
    • Oymomo's Avatar
    • Go'zallik sirlari
    • Juda xavfli parhezlar: takrorlashga urinmang Bahor kelishi bilan hamma ozish harakatiga tushadi. Lekin shoshilib tez natijaga erishishni va’da qiluvchi parhezlar yordamidan foydalanishni rejalashtirib o‘tirmang. Ularning ko‘pchiligi salomatlik bilan bog‘liq va tuzatib bo‘lmaydigan muammolarga olib kelishi mumkin. Foto: “ Gastronom.ru” Oqsilli parhez Bu parhez ozishni xohlovchi, lekin yeyishni yaxshi ko‘radiganlar uchun mukammal variantga o‘xshab ko‘rinadi. Chunki, go‘shtni bemalol yeyish mumkin va bu ayniqsa erkaklarga yoqadi. Lekin, shakardan va oddiy uglevodlardan...
    • Oymomo

Davomi »

Buni ham o'qib ko'ring

loading...