Janubiy Koreyadagi kichik bir kitob do'koniga sayohat

Janubiy Koreyadagi kichik bir kitob do'koniga sayohat

Janubiy Koreyadagi KICHIK bir kitob do'koniga sayohat.
Ushbu kitob do'konida meni quvontiradigan jihatlarni aytib o'tsam:
1. Bolalar bu yerda kitobni bemalol ochib o'qiy oladilar (rasmda biroz eskirgan kitobni ko'rishingiz mumkin).
2. Kitoblar nafaqat janrlar bo'yicha, balki qiz bolalar va o'g'il bolalar uchun ham alohida ajratib qo'yilgan.
3. Karis tiliga tarjima qilingan jahon klassikasiga alohida joy ajratilgan.
4. Bolalar adabiyoti bo'limi do'konning yarmini egallaydi.
5. Bir necha tomlik kitoblarning muqovasi qator turganida katta bir tasvirni namoyon qiladi.
6. Komiks kitoblar uchun alohida joy bor (komikslar alohida bir janr bo'lib, hozirda juda ommalashib ketmoqda). Komiks kitoblar bu shunchaki rasmi ko'p kitob emas!
7. Kitob do'konida bolalar uchun o'yicnhoqlar ham bor (kitboga ilova qilingan holda). Bu bola kitobga va kitob do'koniga odatlanishi uchun qilingan, deb o'ylayman.
8. Bir yoshga to'lmagan chaqaloqlar uchun alohida kitob javoni mavjud.
9. Sizga kerak bo'lgan, lekin do'konda yo'q kitobni buyurtma qilsangiz, yetkazib beradilar.
10. Jahon miqyosida yaqin oraliqda eng katta mukofotlarga sazovor bo'lgan kitoblarning barchasi karis tiliga tarjima qilingan holda mavjud.

Kitob do'koni