Kreativlik

Kreativlik

Kreativlik!
Dunyoda bu borada eng zo'rlardan deb hisoblanmish Ilon Maskning ikki og'iz gapini o'qish uchun Twitterda uni 80 mlnga yaqin odam kuzatadi. Kreativlik bugun juda muhim sifat bo'lib qolmoqda. Kreativlik rivojlanishida esa bolalik davri juda muhim hisoblanadi.
O'zbekistondagi bolalar adabiyotlarida, darsliklarda kreativlikni rivojlantiruvchi materiallar bormi?
Niyat qilaman, ular yo'q emas.
Yaqinda bir darslikdagi vazifaga ko'zim tushib hafa bo'ldim. Bu rasm va savol bolaga nima berar ekan, deb o'ylandim.
Rasmda bir oila dasturxonni ustida o'tiribti. Vazifaga rasmni kuzatish va unga sarlavha topish ko'rsatilgan.
Men rasmni kuzatishga harakat qildim........ Mana shunday hammasi aniq bo'lib namoyon bo'lib turgan rasmni bola nimasini kuzatsin ekan? Bu rasmni ko'rib uning hayoliga keladigan 2-3 sarlavhadan boshqa yana nima sarlavha berish mumkin ekan?
Darslikdagi rasm nafaqat kreativlikka balki umuman tafakkur qilishga ham undamaydi. Hammasi aniq! Hammasi ravshan! Sinfda 30ta o'quvchi bo'lsa, butun sinfning hayolida bitta yoki ikkita sarlavha paydo bo'lsa ajab emas.
Rasm bolada hissiyotlarni va ko'plab savollarni uyg'ota olsagina bola uni kuzatadi, savollariga javob izlaydi. Natijada har bir bola kuzatuv natijasida o'zi uchun topgan javoblardan, his etgan tuyg'ularidan kelib chiqib rasmga o'zgacha sarlavha bera oladi va rasmdagi vaziyatni turlicha tasavvur eta oladi. Shunda kreativ yondashuv ham namoyon bo'la oladi.
Bolangiz kreativ bo'lishini istasangiz savollarga undovchi illustrasiyalarga boy bolalar adabiyotini olib bering. Ertaga u Ilon Mask bo'lmagan taqdirda ham, kreativ bo'lishiga yordam bergan bo'lasiz. Kreativlik esa har sohada kerak!
Akademnashr нашриётиda ana shunday bolalar adabiyoti mavjud.
"Quyoshning sirli botishi" bolalar adabiyoti xalqaro talablarga javob beradigan mutloq yangicha yondashuv asosida qilingan.
O'zbekistonda onlayn buyurtma: t.me/akademsavdo
Tel: 99 433-16-77
Rasmda yuqorida ta'kidlangan darslikdagi illustrasiya.

Kitob do'koni