Er-xotinning bahoriy kayfiyati

Oilada romantika

Yoshligimizdan barchamiz Shaxrizadaning 1001 kechasi haqidagi ertakni bilamiz. Hayotda ham erkak va ayol orasida minglab kechalar bo'lishini katta bo'lib angladik. Shu ertak nima haqida ekanligi esingizdami?

 

Bir podshoh bo'ladi. Uni oldiga tunda kiradigan barcha malikalarni ertasi kuni boshidan judo qilar ekan. Faqat birgina malika 1001 kecha davomida uning yonida qolibdi. Sababi esa u malika podshohga har kuni bir ertakni aytib davomini ertasi kuniga qoldirar ekan. Ertak davomini eshitishni istagan podshoh malikani o'ldirmay keyingi tunda ham o'z yoniga chaqirar ekan. Qiziq, erkak va ayol munosabatlari ham shundaymi? Nega hozir sizlarga shu ertakni aytib bergimiz keldi?

Yaxshiyamki bu ertak ekan. Hayotda hech bir er bir tundan keyin xotinini boshidan judo qilmaydi. Lekin bu masalaga biroz chuquqrroq yondashaylik...

Erkak o'ylangandan so'ng ko'pi bilan 2 yil o'tganda ayoliga nisbatan jismonan to'yadi. Boshidagi ehtiros asta-sekin so'nib, o'rniga haqiqiy mehr-muhabbat mevasi bo'lmish munosabatlar keladi. Xuddi podshoh 1 tunda o'ziga kerakligini olgandek, erkak ham ayolidan jismonan 1-2 yilda qoniqadi. Shunda jinsiy munosabatlar yanada yuqori pog'onaga, ya'ni mehrga to'la pog'onaga o'tadi. Bu munosabatlar ehtirosli munosabatlardan farqi shundaki, ular butun umr davom etishi mumkin, lekin ehtiroslik bo'yicha albatta asal oyi munosabatlariga yon beradi. 

Lekin bizga nima kerak? Ikki oyda so'nadigan, lekin ehtiros va hissiyotlarga boy munosabatlarmi yoki mehr va tushunishga ega umr bo'yi davom etadigan munosabatlarmi?

Albatta ikkinchisini tanlasak kerak, chunki birinchi turi chaqmoq kabi yorqin yonib, tez o'chadi. Masalan, xiyonat kabi munosabatlarda shunday ehtirosli aloqa namoyon bo'ladi. Erkak xotinidan boshqa ayoli bilan jinsiy munosabatda bo'lib, unga tunu-kun jismonan intilaveradi. "Ana shu sevgi ekan", deb ba'zida oilasidan ham kechadi. Lekin bu shunchaki jismoniy ehtiros ekanligigni 2-3 oyni ichida anglaydi. Mana shu davr oilani buzilib ketishiga sabab bo'lmasa bo'ldi. 

{xtypo_quote}Er-xotin orasidagi mehrga to'la jinsiy munosabatlar esa erkak va ayolning harakatlari va muhabbatlari bilan butun umrga cho'zilishi mumkin. {/xtypo_quote}

Agar podshoh har bir malikani 1 tunning o'zida boshidan judo qilgan bo'lsa, erkak 1 tunda emas lekin 1-2 yilda o'z xotinidan sovib zerikib ketmishi mumkin. Ya'ni o'z jismoniy tabiiy ehtiroslarini qondirganidan so'ng xotiniga nisbatan mehr va qiziqish uyg'otadigan Shaxrizadaning ertaklari kerak bo'ladi.

Qanday ertaklar desangiz, bu ayolning shirin so'zligi, qo'li shirinligi, eri uchun qiziqarli, farzandlari uchun mehribon va oqila ayol bo'la olishligi va hokazolardir.

Huddi podshoh Shaxrizadadan ertakniing davomini kutgandek, erkak ham xotini bilan yangi kunni birgalikda o'tkazishni, qolaversa butun umri u birga bo'lishni niyat qilib yashashiga erishsa bo'ladi.

{xtypo_quote}Demak, ertakning chuqurroq mazmuni shundaki, ayol doim eri uchun qiziqarli bo'la olishi kerak!{/xtypo_quote}

Doim izlaning, oilani ma'naviy jihatdan yuksaltirish yo'llarini izlang, xonadoningizga baraka kelishi uchun harakat qiling. Shunda podshoh kabi eringiz doim sizni kutib ertak davomini intizorlik bilan eshitib yashaydi. 

Bahorda nafaqat tabiat balki ayollar ham go'zallashadilar. Ayollar go'zallashadi, erkaklar quvonadilar. 

Mana shunday bahoriy tuyg'ulardan er-xotin o'z manfaatlarini ko'zlab foydalanishlari lozim.

1. Bahor kirib kelishi arafasida erkaklarda gipofiz keskin ishlashni boshlaydi. Bunga asosan kunning cho'zilishi natijasida qiyosh nurlarining ko'payishi sababchi bo'ladi. Gipofizning ortiqcha gormon chiqarishi testosteron jinsiy gormonining ham ortishiga olib keladi. Mana shu davrda ayol o'z eri uchun nihoyatda yoqimli va chiroyli bo'lishi kerak. Erkakning fiziologik manfaatlari o'z ayoli bilan shunda qondiriladi.

2. Oilada yig'ilib qolgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun bahor ayni mos fasldir. Erkaklar o'z ayollaridan 8-mart kuni ajoyib sovg'alar berib kechirim so'rashlari mumkin. 

3. Bahor kirib kelishi yangi orzularga intilishga ta'sir ko'rsatadi. Aynan shu davrda yaxshi niyatlar qiling, tabassum qiling va yaxshilik qiling. Yangi yil xursandchilik bilan boshlanadi.

4. Homilador bo'lishni rejalashtirgan yoki bahorda homilador bo'lgan ayollar farzandi go'zal bo'lishiga ishonishlari mumkin. Qadimgi grek olimlarining fikricha, bahorda go'zallik va tabassum ko'p bo'ladi. Bunday his-tuyg'ular orasida yurgan homilador ayolning farzandi go'zal bolar ekan. Homilador ayollar bahorda ko'p sayr qilishi, go'zal musiqa tinglashi va gullarni ko'p tomosha qilishi farzandlari juda chiroyli tug'ilishiga ta'sir ko'rsatar ekan.

5. Bahorda ba'zi erkaklarda kayfiyatsizlik holati ham yuz berishi mumkin. Bunga asosan qish kunlari quyoshning va vitaminlarning yetishmoqvchiligi sabab bo'ladi. Uyni bahoriy gullar bilan bezatib qo'ying. Er-xotin quyosh nurlari ostida ko'proq bo'ling. Vitaminga boy bahoriy ko'kat, sabzavot va mevalardan ko'proq iste'mol qiling.   

6. Ayol bahor kabi ochilib ketishi kerak. Yasanib yuring, eringiz ko'zini quvontiring. Sizga yangi ko'z bilan qarasin, munosabatlaringizda yangi issiqlik uyg'onsin.

7. Bahorda ehtiroslar kuchayadi. Bu ehtiroslarni salbiy tomonga emas, yaxshilik sari yo'naltiring. So'nib qolgan er-xotin munosabatlarini uyg'oting. Bir-biringizga e'tiborliroq bo'ling. Erni ko'zini va dilini quvontirish uchun bahor ayni qulay davr ekanligini unutmang.

8. Qish kunlaridan so'ng organizmda vitaminlar yetishmaydi. Bahor kirib kelishi bilan shifokor bilan maslahatlashgan holda qo'shimcha ravishda vitaminlarni qabul qilish foydadan holi bo'lmaydi. 

9. Bahor kunlari eringizga e'tiborliroq bo'ling. Mehr va tabassumga to'la ko'zlaringiz unga ishga ketayotganida xamroh bo'lsin. Ahir bu faslda sizdan tashqari ko'chada boshqa ayollar ham go'zallashgan.

10. Navro'z kunidan boshlab tun qisqarib kun uzayishni boshlaydi. Tundan unumli foydalanishni unutmang.  

 

Kitob do'koni