Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting
Bolani emlatish (privivka)
Tug`ilmasidanoq, ko`p ota-onalar bilan suhbatlashdim. Privivkalarni turli vaksinalari bor ekan, ishlab chiqaruvchilari turli davlatlar.
Aksariyat ishlaydigan ota-onalar bolalarini davlat tomonidan ya`ni,poliklinikalarda qilinadigan tekin bo`lgan vaksinalarga olib borishmas ekan.Faqatgina hususiy vaksinaciya centerlarga olib borishar ekan.
Hozirda ko`plab vaksina centerlari mavjud va ularda har hil ishlab chiqaruvchilardan kelgan vaksinalar bor.
Aholini 90% balki 95% davlat vaksinacini oladi deb o`ylayman, hususiy vaksinalar juda qimmat, ammo ular samarali, egologik toza va garantiyasi bor.
Poliklinikada emlatilgan bolalarni ba`zilarini nobud bo`lishganini, oyog`i ishlamay qolganini eshitib, befarq qarab turolmadik.Albatta har bir bola individual, bir bola vaksinani ko`tara olmasa, qolganlariyam ko`tara olmaydi degani emas.
Lekin biz baribir risk qilmaslikka qaror qildik. BOlamizni isitmasi chiqib, lohaslanib yotishini hohlamay, hamma privivkasini hususiy vaksinaciya centerlaridan oldik.
Ko`z tegmasin, bolamizni holati yahshi bo`ldi, ko`p qiynalmadi.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
- Sumeyya
- Visitor
Meni fikrimcha bolani emlatmagan ma'qul, chunki undagi kasallikka bo'lgan o'zi kurashuvchi immun tizimiga zarar qiladi, masalan biz farzandimizni umuman privifka olishiga qarshimiz, boshida 1 marotaba adashib oldirib qo'yganmiz, lekin qolganlarini olmaganmiz, alhamdulillah.
Qizim boshqa bolalarga qaragnda immun tizimida farq qilishini guvohi bo'ldim, alhamdulillah kasal bo'lmasdan , tez tuzaladi
Menimcha har bir insonni Alloh tarafidan yaratilgan kasallikka qarshi kurashuvchi tizimlar bor, shularga shukr qilish kerak va farzandini sog'lig'ini o'ylash kerak, agar uni immunitet tizimi shunchalik kuchsiz bo'lsa unga tabiiy rvishda yordam berish tarafdoriman albatta.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Ko`pgina islomiy oilalar (namoz o`qib, ayoli hijobda yuradiganlar), hayotda juda ko`pini ko`rdim, ular davlatni sog`liqni saqlash politikasiga boshqacha qarashadi, aniqroq aytsam ishonishmaydi, shunday oilalarning ko`pi bolasini emlatishga olib chiqmaydi.Men bilmayman nimaga unaqa, ularni isbotlovchi dalillari yo`q aslida va bu postim bilan men sizni, sizni oilangizni kritika qilmoqchi emasman, shunchaki o`zimni fikrimni yozyapman.
Emlash borasida juda ko`p forumlarda bahslar bo`lgan va doim emlatishga rozi bo`luvchilar emlatishdan bosh tortganlardan ko`pchilikni tashkil qilgan, qilyapti ham.
Ko`pincha odamlar oldingi zamon bilan taqqoslashadi, oldin emlash bo`lmagan deyishadi,oldin bolalar, kattalar vabodan, difteriyadan, ko`plab kashf qilinmagan kasalliklardan nobud bo`lgan, shuning uchun taqqoslash joiz emas.
Men quyida sizga bir onaning afsusli maqolasini keltiraman, hulosa o`zizdan.
Bu postim bilan sizni niyatizdan qaytarmoqchi emasman, shunchaki gardanimdagi ma`suliyatni his qilib sizni ham bilib qo`yishingizni hohladim.
кизлар ман хам якинда шу муаммони бошимдан утказдим.Бир танишимни тавсиясига кура islambio сайтига кириб эмлаш хакидаги маълумотларни ургандим ва барча эмлашдан уз ихтиёримга кура рад этдим.Лекин хозир утириб бекор килганимни , врачимни гапига киришим кераклигимни уйлаб ачинаман.Гап шундаки углим 1 ёшга тулганда коклюш билан огриб колди.Мен айнан шу коклюшни деб АКДСни олмаган эдим. Ман хатто душманимга хам шу дардни раво курмиман нак 2 ой деганда зурга тузатволдик.Энг дахшатлиси бу дард исламбиода айтилганидек утмиш касали эмас айнан прогрессирующий касал экан.Хозир жуда хам куп экан. ута юкумли касаллик экан буни мен инетда укиб билдим.Кискаси кийналганда углим билан мен кийналдик.1 суткада 30-40 марта приступ гипоксия билан, ва хар йуталганда кайт килиш ва энг ёмони дори таъсир килмаслиги,Алхамдулиллах ёмон тушдай утиб кетди 3ой булди лекин хали углим соглиги ва веси узига келгани йук.Кизлар инетда хар хил нарсалани укиб ишонвурмела болаларилани соглигини уйлела!Хатто хажга кетвотганда хам бутун дунё мусулмонларига узини давлатида прививка килади.Буни мен жоним ачиб ёзвомман, факат худо учун ёзвомман ......
Кизлар исламбио сайтидаги хамма нарсага ишонвурмела ман ман ишониб хамма билан спорлашиб бошимга бало орттирволдим.Кизиги шундаки у сайтда хамма нарса 2 габулинган набавий тиббиёт ва замонавий медицина.Мен набавий тиббиёт тарафдориман лекин замонавий медицинани хам Аллох яратган дейман.Иккаласини ажратмиман.Уларда эса замонавий медицина кораланади.Шунинг учун кур курона эмас акл билан тафаккур билан ишонила.Дунёдаги хамма нарсани Аллох яратган, ожиз банда агар Аллох илхом солиб ургатмаса, бирон нарсани била олмайди.
manbasini boshqa forumdan oldim, search qilsangiz topasiz.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
- Sumeyya
- Visitor
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Sumeyya wrote: Alloh sizga go'zal mukofatlar bersin, rahmat gul#
Arzimaydi Sumeyya, kimgadur yordamim tegsa, bahtli hisoblayman o`zimni.
Albatta postimga zid ravishda vaksinalarni yomonlab chiqqan olimlar juda ko`p, ammo ularni internetdan izlasangiz asosi va tasdiqlangan argumentlari yo`q, ular haqida hatto mashxur maqolalar ham yo`q, shuning uchun har kim har hil olimni gapiga ishonavermasligi kerak.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
NOZIMA wrote: salom hammaga qizaloq yozganlarizi o'qidim rahmat man you tube da ko'k yo'tal bolalarni yo;talganlariniyam eshtib ko'rib farzandimmi emlatishga qaror qildim lekin qo'rqyapman o'g'lim hozir 11 oyli lekin akds ni hali 1martayam omadik,Sizlardan so'ramoqchidim emlatishdan oldin allergiyaga qarshi dorilar bergamisizlar?Aytishlaricha allergiyaga qarshi dorilar bolada emlashdan keyn yengil o'tarkan shunga fikrlariz?
Wa alaykum assalam !
Nozima qaroringiz bilan hursandman. aslida bola birinchi AKDSini 3 oylikkacha olishi kerak, keyin qolganlarini emlash-kalendari bo`yicha olib boraveradi,bolangizni avvalo 1chi o`rinda Nevropotologga olib chiqing, qachonki u bolani sog`lom deb topsa va yozma tasdiqlasa, ana undan keyin Vakcinatsiya centerga borasiz, borganingizdan keyin ham, u yerda vrach bolangizni ko`zdan kechiqardi, 2 hafta oldin kasal bo`lmaganmi deb so`raydi, burni oqmayotgan, tomog`i qizarmagan bo`lsa keyin vaksinaga ruxsat beradi. Aziz ota-onalar hech kim sizni majburlolmaydi, vaksina faqat sog`lom bolaga qilinadi, bolangiz betobroq bo`lsa unda vaksina holatini battar yomonlatishi mumkin, shuning uchun vakcina olishdan oldin kamida 2 hafta oldin bola kasal bo`lmagan bo`lishi kerak.
Medsestra ko`zingizni oldida yangi vakcinani ochib, markasi bilan, expire datei bilan tanishtiradi, bolangizga chalg`itish uchun o`yinchoqlar beradi.
Vakcinadan oldin bolani tayyorlash lozimmi ?
Men bir malakali pediatr bilan maslahatlashsam, u meni koyidi, ya`ni bola sog`lom bo`lsa o`zi mustaqil ichiga yuborilgan tirik hujayra bilan kurashishi lozim ekan. Suprastin, diazalin, tinchlantiruvchi dorilalar bolani lohas qilib qo`yarkan.
qaytanga bolangiz o`ynab, yugurib shu 3 kunni o`tkazib yuboradi.(3 kun kechadi qizarishi,isitma berishi mumkin, hech narsa qilmasligi ham mumkin).
Vakcinadan keyin, igna kirgan joyni yod setkasi qilish maqsadga muvofiq
ba`zilarda qizariq shish paydo bo`lsa, magneziyadan kompress qilsa o`tib ketadi. 1chi kun isitmalamasa keyingi kunlar isitma umuman chiqmasligi mumkin.
Bola harorati 37-5 dan oshsa, parasetamol sirop, yoki svecha, umuman ibuprofen, ibufen kabi og`riq qoldirib, isitma tushuradigan dori bersa bo`ladi.
Ha aytgancha 3 kun bola cho`miltirmaslik lozim, shuning uchun AKDS ni yozda olish yahshi emas, bola issiqdan qiynaladi, salqinda olgan yahshi.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
NOZIMA wrote: Qizaloq Uzbekistonda yashasez o'zingiz farzandlarizga davlat poliklinikasida olganmisiz yoki vaksina centrdami keyin qayerdagi vaksina centr ishonchliroq? rahmat oldindan.
Endi men sizdan shuni so`ramoqchi bo`lib turgandim, qaysi davlatdasiz hozir, Toshkentdan olasizmi, poliklinikadanmi? yoki vakcina centerdanmi ? deb
Ho`jaynim bilan kelishib, ko`p oilalar, onalar, vrachlar bilan maslahatlashib, vakcina centerlarda olishga qaror qilganmiz, u yerda vakcina juda qimmat, ammo ishoning bolangizni sog`lig`i bebaho!
-Gagarin kinoteatri yonida
-Maksim Gorkiy metrosi yonida
-Aksiya bozori yonida
vakcina centerlari bor, hozirda AKDS ni narxi 85ming so`m.
Qizim hozirgacha 2 ta AKDS, 1 ta polimilit, 2 ta gepatitga qarshi vaksina oldi.
1chi AKDSimizni bizayam kech olganmiz, ungacha nevropotolog med-otvod yozib bergan edi.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
uzbaby.uz/go-dak/emlash.html
U shunchaki bir maqolani tarjimasi bulmay bir qator izlanish tekshiruv va maqolalarning tahlili natijasidir. Jiidiy yondashib emlashdan bosh tortmasangiz ASLO muammo bo'lmaydi. Muammo ota-onaning ba'zi narsalardan bexabarligida sharik& gul#
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Man hamma emlatishni qilganman bolamga. Faqat grippga qarshi qilmayman. Men uchun ikki narsa muhim.
Emlatmasdan usha kasallikka chalinsa undan davolanish qiyinmi> yoki yo'qmi?
Agar masalan koklyush kabi yoki gepatit kabi asorati kuchli kasallik bulsa u holda menga emlash afzaldir. LEkin gripp kabi virus bulsa u holda emlatmayman. Chunki grippdan bolaning immmuniteti kuchi bilan davolanib chiqsa buladi. Undan tashqari grippning shtammlari kup bulgani uchun har yili har hil shtammga emlash kerak. Bu negani hali u himoya qiladimi yuqmi aniq meas...har yili yangi shtamm chiqadi...Shuning uchun gripp vaksinasini foydasi yuq deb uylayman.Qolganlari esa men uchun muhim.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
-Belgiyskiy
-Rossiyskiy
eng yahshisi va qimmati bu Belgiyskiysi.
O`sha 3ta vaksina centerda narhlari farq qilishi mumkin, kachestvo bir hil.
Biza Gagarindagisiga boramiz.
Nozima, siz Dubaydan eson-omon kevoling, manam qizimni ovolaman, birga boramiz , maylimi ?
qizimni 3 ta qolib ketgan vaksnasi bor, o`shalani ovolishim kerak, doim olamiz deganimizda yo qizim shomollagan bo`ladi, yo ortiqcha pulimiz bo`miydi.
#hm
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.
Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.