Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Ona suti

11 years 4 months ago - 11 years 4 months ago #1 Sumeyya
  • Sumeyya
  • Mavzu muallifi

  • Visitor
  • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Ona suti was created by Sumeyya
    Mo’jizaviy qorishiq: ona suti

    Biz insonga ota-onasini (rozi qilishni) buyurdik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qornida) kutarib yurdi. Uni (ko‘krakdan) ajratish (muddati) ikki yilda (bitar). (Biz insonga buyurdikki,) «Sen Menga va ota-onangga shukr qilgin! Qaytishlik Mening huzurimgadir!» («Luqmon» surasi, 14-oyat)
    Attachments:
    Last edit: 11 years 4 months ago by Sumeyya.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 4 months ago - 11 years 4 months ago #2 Sumeyya
    • Sumeyya
    • Mavzu muallifi

    • Visitor
    • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sumeyya on topic Ona suti
    Onaning suti Alloh tomonidan yaratilgan tengsiz birikma bo‘lib, u bolaning oziqlanishga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi va uni har qanday infektsiyalardan himoya qiladi. Ona sutidagi oziqlarning me’yori ideal darajada bo‘lib, bolaning nozik tanasi uchun eng ma’qul ozuqa hisoblanadi.

    Shu bilan birga, ona suti miya hujayralarining o‘sishini va asab tizimining rivojlanishini tezlashtiradigan ozuqalarga ham juda boy99 Bugungi kun texnologiyasi bilan go‘daklar uchun tayyorlangan sun’iy ovqatlar ona sutidek mo‘jizaviy ovqatning o‘rnini bosa olmaydi.

    Ona sutining bola uchun ahamiyatli tomonlari kun sayin keng va chuqur aniqlanmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlar nafas yo‘llari va hazm qilish tizimlariga oid infektsiyalarga qarshi alohida himoyalangan bo‘ladi. Bu ona sutidagi antijism (himoyachi modda)larning infektsiyalarga qarshi bevosita himoyani ta’minlashi tufaylidir. Ona sutining yana boshqa infektsiyaga qarshi xususiyatlaridan biri shuki, u zaharli bakteriyalar, viruslar va parazitlarga to‘siq bo‘luvchi «normal flora» deb ataladigan «yaxshi» bakteriyalar uchun mo‘‘tadil muhit yaratib beradi. Bundan tashqari, ona sutida infektsiyali kasal-liklarga qarshi immun tizimini chiniqtiradigan va uning yaxshiroq ishlashiga imkon beradigan omillar mavjudligi ham aniqlangan.

    Ona suti maxsus yaratilganligi bois, u chaqaloqlar uchun eng oson hazm bo‘ladigan ovqatdir. Oziqjihatdan juda boy bo‘lishiga qaramay, u chaqaloqning nozik hazm qilish tizimi tomonidan osonlikcha hazm qilinadi. Chaqaloq hazm qilish uchun uncha ko‘p energiya sarflamasligi sababli, u bu energiyani boshqa tana funktsiyalari faoliyatini tiklash, a’zolarning o‘sishi va rivojlanishi uchun ishlatadi.

    Muddatidan oldin ko‘zi yorigan onalarning suti chaqaloqning ehtiyojlarini qondirish uchun yuqori darajadagi yog‘, oqsil, qand, natriy, xlorid va temir moddalarini o‘z ichiga olgan bo‘ladi. Ona suti bilan boqilgan erta tug‘ilgan chaqaloqlardak o‘z funktsiyasining yaxshiroq rivojlanishi va ular aqliy testlarni yaxshiroq bajarishi aniqlangan. Shuningdek, ular juda ko‘p boshqa ustunliklarga ham ega.

    Yangi tug‘ilgan chaqaloqning rivojlanishi uchun ona sutining ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, u omega-3 yog‘ alfa linoleik kislotalarni o‘z ichiga oladi. Inson miyasi va ko‘zning to‘r pardasi uchun muhim birikma bo‘lishi bilan birga, ona suti yangi tug‘ilgan chaqaloqlar nuqtai nazaridan olib qaraganda juda katta ahamiyatga ham egadir. Omega-3 <a href=" www.uzbaby.uz/homiladorlik/homilador-ayo...36-homiladorlik.html ">homiladorlik va chaqaloqlikning dastlabki bosqichlari davomida miya va asablarning normal rivojlanishi uchun ayniqsa ahamiyatlidir. Olimlar ona sutini omega-3 ning tabiiy va mukammal manbai deb, uning ahamiyatligiga alohida urg‘u berishadi.

    Bundan tashqari, Bristol universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot ona sutining uzoq muddatli foydalari bilan bir qatorda uning qon bosimiga nisbatan ijobiy ta’sirga ega ekanligini va shu sababli yurak xuruji xavfining kamayishini kashf qildi. Tadqiqotchilar guruhi ona sutining himoyaviy tabiati uning ozuqaviy tarkibiga borib taqaladi, degan xulosaga keldilar. Circulation nomli tibbiy jurnalda chop etilgan bu tadqiqotning natijalariga ko‘ra, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlar yurak xastaliklari bilan deyarli og‘rimaydi. Ona sutida uzun halqa polito‘yinmagan yog‘li kislotalarning mavjudligi (bular arteriyalar qattiqlashuvining oldini oladi) hamda ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlar kamroq natriy iste’mol qilishi (bu qon bosimi bilan bog‘liq) natijasida chaqaloqning ortiqcha cemirib ketmasligi ona sutining yurakka aloqador kasalliklarning oldini olishdagi manfaatlaridandir.

    Bundan tashqari, AQShning Sinsinatti Bolalar shifoxonasi <a href=" www.uzbaby.uz/ota-ona-bo-limi/salomatlik.html ">salomatlik markazida faoliyat ko‘rsatuvchi Doktor Liza Martin boshchiligidagi guruh ona sutida adiponektin deb ataladigan oqsil gormonining yuqori darajalarini topishdi. Adiponektinning qondagi yuqori darajalari yurak xuruji xavfini kamaytirish bilan bog‘liqtsir. Adiponektinning past darajalari juda semiz hamda yurak xuruji xavfi yuqori bo‘lgan odamlarda kuzatiladi. Shu bois, ona suti bilan oziqlangan chaqaloqlarda o‘ta semirib ketish xavfi shu gormon tufayli kamayishi isbotlangan. Shuningdek, ular ona sutida yog‘ moddalar almashinuvida asosiy o‘rin tutuvchi leptin deb nomlangan boshqa bir gormonning mavjudligini aniqlashdi. Leptin tanada yog‘ borligi haqida miyaga signal beradi, deb taxmin qilinadi. Doktor Martinning aytishicha, chaqaloqlikda ona suti orqali so‘rilgan bu gormonlar shuning uchun ham juda semizlik, 2-tur diabeti, insulin qarshiligi va yurak arteriya tomirlari xastaligi kabi kasalliklarning paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
    Last edit: 11 years 4 months ago by Sumeyya.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 4 months ago #3 Sumeyya
    • Sumeyya
    • Mavzu muallifi

    • Visitor
    • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sumeyya on topic Ona suti
    «Eng yangi ovqat» haqida dalillar

    Ona suti haqidagi dalillar shu bilan cheklanib qolmaydi. Chaqaloqning sog‘ligi uchun ona sutining ahamiyati chaqaloqning o‘sish jarayonidagi ma’lum bir bosqichlarda qanday oziq-ovqat talab qilinishiga ko‘ra o‘zgarib boradi. Ona sutining tarkibi shu bosqichlarda zarur bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish uchun yangilanadi. Har doim va eng ma’qul haroratda tayyor ona suti qand va yog‘ni o‘z ichiga olganligi bois, miya rivojlanishida katta rol o‘ynaydi. Bundan tashqari undagi kaltsiy kabi elementlar chaqaloq suyaklarining rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega.

    Sut deb atalsa-da, bu mo‘jizaviy birikmaning aksariyat qismi aslida suvdan tashkil topadi. Bu juda muhim xossa demakdir, chunki ovqatga qo‘shimcha ravishda, chaqaloqlar suv shaklidagi suyuqlikka ham ehtiyoj sezishadi. Suv yoki boshqa oziq-ovqatlarda ona sutidan ustunroq gigiena ta’minlangan emas. 90% dan kam bo‘lmagan suvdan iborat ona suti eng gigienik tarzda bolaning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi.

    Ona suti va aql

    Ilmiy izlanishlar ko‘krak suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarning aqliy rivojlanishi boshqa chaqaloqlarnikiga nis-batan yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Kentukki universiteti eksperti Jeyms U. Andersonning ko‘krak suti bilan oziklanuvchi va sun’iy oziq-lanuvchi chaqaloqlar o‘rtasidagi qiyosiy tahlili ko‘krak suti bilan oziqla-nadigan chaqaloqlarning aqliy rivojlanish darajasi boshqa chaqaloqlarga nisbatan 5 ball yuqoriroq ekanini isbotlaydi. Uning tadqiqoti natijasida shu narsa aniqlandiki, ona suti orqali 6 oygacha aqlga ijobiy ta’sir ko‘rsatiladi va 8 haftadan kam emizilgan bolalarda aqliy rivojlanish darajasi ijobiy tarafga o‘zgarmaydi.

    Onaning suti saraton kasalligiga qarshi kurashadimi?

    Amalga oshirilgan barcha tadqiqotlarda ona suti chaqaloqlarni saraton kasalligidan himoya kilishi isbotlangan (bu haqida yuzlab maqolalar chop etilgan). Shunday bo‘lsa-da, uning mexanizmiga hali to‘liq tushunib yetilgani yo‘q Ona sutidagi oqsil labo-ratoriyalarda o‘stirilgan o‘simta hujayralarini, sog‘lom hujayralarga zarar yetkazmasdan, o‘ldirgandan so‘ng, tadqiqotchilar juda katta potentsial imkoniyat paydo bo‘lganligini ma’lum qilishdi. Ona sutidagi bu mo‘jizaviy sir-asrorlarni oshkor qilgan tadqiqotchi guruhga Shvetsiyaning Land universitetidagi klinik immuniologiya professori Katarina Svanborg boshchilik qildi.106 Land universitetidagi bu guruh ona suti saraton kasalligining ko‘p shakllaridan himoya qila olishini mo‘jizaviy kashfiyot sifatida isbotlab berdi.

    Dastavval, tadqiqotchilar yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan olingan ichak shilliq hujayralarini ona suti bilan davolashdi. Ular pnevmokokk bakteriyasi keltirib chiqaradigan kasallik, ya’ni zotiljam ona suti bilan samarali to‘xtatilganligini kuzatishdi. Bundan tashqari, ona suti bilan oziqlanadigan chaqaloqlarda sun’iy oziqlanadigan chaqaloqlarga qaraganda ancha kamroq eshitish qobiliyatining sustligi uchraydi va ular nafas olish yo‘llari infektsiyalaridan kamroq azob chekadilar. Qator izlanishlardan so‘ng ona suti saraton kasalligiga qarshi himoyani ham ta’minlashi isbotlandi. Bolalikda kuzatiladigan limfa saratoni kasalligi sun’iy oziqlanadigan bolalarda 9 martagacha ko‘proq uchrashi isbotlangandan so‘ng tadqiqotchilar shu natija saraton kasalligining boshqa shakllari uchun ham bir xil bo‘lganligini sezib qolishdi. Natijalarga ko‘ra, onaning suti saraton hujayralariga qulaygina joylashib olib, keyinchalik ularni bartaraf qiladi. Saraton hujayralariga joylashib, ularni o‘ldiradigan modda alfalak (alfalaktalbumin) bo‘lib, u ona sutida ko‘p miqdorda uchraydi. Alfalak sutdagi qand laktozaning ishlab chiqilishida yordam beruvchi oqsillar tomonidan hosil qilinadi.

    Bu betakror ne’mat Allohning tuhfasidir

    Ona sutining boshqa bir mo‘jizaviy fazilati u bilan ikki yil oziqlanadigan chaqaloq uchun uning nihoyatda foydaliligidir. Fan orqali yaqinda kashf qilingan bu muhim ma’lumot 14 asr ilgari Alloh tomonidan oyatda «Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu muddat) emizishni kamoliga yetkazishni istovchilar uchundir …» («Baqara» surasi, 23-oyat) deb vahiy qilingan edi.

    Onaning tanasidan ovqatlanishga muhtoj norasida go‘dak uchun eng ma’qul ozuqa manbai bo‘lmish sutni ishlab chiqarish onaning ixtiyorida emas va u sut tarkibidagi turli ozuqaviy darajalarni belgilab berishga qodir ham emas. Har bir jonzotning ehtiyojini bilguvchi va ularga behad mehribonlik ko‘rsatguvchi hamda onaning tanasida bola uchun ona sutini yaratib qo‘ygan Zot hamma narsaga Qodir Allohning O’zidir.

    Manba: islombio

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 4 months ago #4 lola
    • lola

    • Visitor
    • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by lola on topic Ona suti
    Rahmat sumeyya olloh rozi bo'lsin.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 4 months ago #5 nozima

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • oilam sog'ligi-bu mani bahtim

  • Izohlari: 1340
  • Rahmat olgan: 390

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by nozima on topic Ona suti

    lola wrote: Rahmat sumeyya olloh rozi bo'lsin.

    rahmat Summeya ajoyib malumotlar uchun. gul#

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 3 months ago #6 shirin

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 474
  • Rahmat olgan: 250

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by shirin on topic Ona suti
    bola un ona sutidan yaxwisi yuq ekan kotam 1 yowdan keyin emi quygan sababi uy iwlari bn bb bolamni kup emiza olmas edim, kotalarni ovqatiga vaxli utgan . kichkinamda uy iwiyu qaynona qaynota yuq maza qilib 2/3 soat yonidan turme emizaman 7 oygacha faqat emdi xato dog' suvam bermadik hozir xademi 2 yow buladi hali ham emadi tinmedi

    SABIR BERGIN ALLOHIM UZINGDAN UZGASIGA MUHTOJ QILMAGIN

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 3 months ago #7 nozima

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • oilam sog'ligi-bu mani bahtim

  • Izohlari: 1340
  • Rahmat olgan: 390

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by nozima on topic Ona suti
    bola uchun ona suti eng yahshi tanlov:
    1.issiqqina
    2.har doim tayyor
    3.ekologik toza mahsulot ha-ha
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Tulip

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 3 months ago #8 marjona

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 537
  • Rahmat olgan: 194

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by marjona on topic Ona suti
    Sumeyya foydali maqola uchun raxmat gul# gul# gul# ona sutiga teng keladigani yok :sevgi

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 3 months ago #9 Sumeyya
    • Sumeyya
    • Mavzu muallifi

    • Visitor
    • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Sumeyya on topic Ona suti
    Alloh bizga va farzandlarimizga mehribon Zot.
    Farzandimizni o'ylab onadan tayyor vitaminga boy taomlanish mahsulotini berib qo'yibdi, subhanalloh.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 3 months ago #10 Jasmina

    • Premium Member
    • Premium Member
    • Oilacha.uz oilaviy saytimizga hammani taklif etaman!

  • Izohlari: 157
  • Rahmat olgan: 35

  • Gender: Female
  • Birthdate: 10 Sep 1990
  • Replied by Jasmina on topic Ona suti
    onaning birinchi bolasiga beradigan taomidir... uni ham tayyorlagan desam adashmiman. chunki ona suti kaloryaga boy bo'lishi uchun, farzandiga foydali bo'lishi uchun foydali taomlarni yeydi, zararlilaridan yoqtirsa ham tiyiladi...

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 3 months ago #11 lola
    • lola

    • Visitor
    • Visitor

  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by lola on topic Ona suti
    Ona suti tufayli Ona va bola bir biri bilan uzviy bog'lanadi. Bir biriga mehri tushadi.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    11 years 3 months ago #12 ammura

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 837
  • Rahmat olgan: 411

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ammura on topic Ona suti
    man oglimni 1yoshu 3 oygacha emizdim,sut emayotgan payti rosa domboq edi,ovqatga orgatgandik ozib qoldi. oppogim!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: hilola

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 7 months ago #13 Tulip

    • New Member
    • New Member

  • Izohlari: 18
  • Rahmat olgan: 12

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Tulip on topic Ona suti
    salom Шу уринда бир савол - она сутини купайтириш учун кандай махсулотлар истеъмол килиш тавсия этилади. Самарали воситалардан фойдаланган онажонлардан жавоблар кутаман

    Dil ba yoru, dast ba kor
    B.Naqshbandiy

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 9 months ago #14 hilola

    • Junior Member
    • Junior Member

  • Izohlari: 29
  • Rahmat olgan: 2

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by hilola on topic Ona suti
    foydali maqola uchun raxmat

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 9 months ago #15 Dilnozaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 604
  • Rahmat olgan: 704

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Dilnozaxon on topic Ona suti
    boshqa viloyatlarda qanaqa bilmadim-u, Xorazmda beshik to'yida tug'gan ayolning onasi qizi va nevarasi uchun eng foydali deb hisoblangan novvot olib borishi kerak. Hattoki beshikning tuvagigacha novvotdan to'latiladi. Balki bu odat boshqa viloyatlarda ham bordir. Emizikli ayolning menyusiga, albatta, novvot kiritiladi. Novvot sutni ko'paytiruvchi eng yaxshi vosita deb hisoblashadi kattalar.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: uzbaby

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #16 Ummu Soliha

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1227
  • Rahmat olgan: 781

  • Gender: Female
  • Birthdate: 29 May 1991
  • Replied by Ummu Soliha on topic Ona suti
    Kokragi kichik ayollar uchun suti kop bolishi un hozrdan qande taomlar yeyishi kk. Meni qizimda sut yaxshi kelmagandi kokragim boshida qatib keygan uchi yoq emolme qaytib ketgan shekili deb oyleman. Rasa qiynalgandik. Endi bunisida unday bolmasin deb hozrdan tayyorlane degandim. Kokragim hozr oldingi holidan kattalashdi lekin jaaa kattamasda NIMA QILSAM BOLADI ....

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #17 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Ona suti
    sut ko'p bo'lishi ko'krakni katta kichikligiga bog'liq emas

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Ummu Soliha

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #18 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Ona suti
    ko'krakdagi sut bezlari ishlash faoliyatiga bog'liq, sut bezlari yaxshi rivojlanib yetilgan bo'lsa sut ko'p bo'ladi , ko'krakni uchni chiqarish kerak, homiladorlikda organizm o'zini o'zi emizishga tayyorlaydi normada homiladorlikni oxirgi oylarida ko'krak kattalashi ko'krak uchlari o'zi chiqadi kattalashib uni chiqarish uchun suniy yo'l kerak emas, lekin ko'krak uchi chiqmagan bo'lsa chiqarish kerak, tuqqanizdan keyin shifokor bn masalahatlashing sut bezini yetiltirib beradigan dori vositalari bor sutiz ko'p bo'laveradi sut bezi yaxshi yetilgan bo'lsa

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #19 Ummu Soliha

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1227
  • Rahmat olgan: 781

  • Gender: Female
  • Birthdate: 29 May 1991
  • Replied by Ummu Soliha on topic Ona suti
    Ha tushunatli Rahmat Muslima. Ikkinchisida ham uch chiqarish un masaj qilish kkmi yo ozi chiqoradimi

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #20 Ezozaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1425
  • Rahmat olgan: 939

  • Gender: Female
  • Birthdate: 18 Jan 1995
  • Replied by Ezozaxon on topic Ona suti
    Ayniqsa google jonga poisk bersez ming turini chiqazib bersa kere)) hozirdan boshlivurin keyin o'zizam bolayam qiynalmasligi uchun. Sutti ko'paytirish keyin ikkinchi darajali masala))

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.600 seconds

    Kitob do'koni