Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Homiladan saqlovchi kontraseptiv vositalar

8 years 8 months ago #101 muslima1

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • komilabegim wrote: ishqilib hammasi yaxhi bo'lsin, bittasi etgandi, balnitsada qo'ysa bachadon qisqarganda spiral ham et bilan qo'shilib bitib ketarkan

    shunaqa holatlar ham bo'ladi operatsiya qilib olib tashlashadi, Spiralli zararli tomonlari ko'p chunki organizmga yod narsa,
    rejalashtirilmagan homiladorlikdan saqlanish uchun qo'ydiriladi, farzandni Alloh beradi

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 8 months ago #102 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • komilabegim wrote: ishqilib hammasi yaxhi bo'lsin, bittasi etgandi, balnitsada qo'ysa bachadon qisqarganda spiral ham et bilan qo'shilib bitib ketarkan

    Komilabegim, xavotirlanman. Menga ham roddomda qo'yishgandi, oldirdim bir zumda. Hech qanday og'riq ham sezmadim.

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 8 months ago #103 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Bachadon qisqarmasdan turib qo'yilganda qisqarish natijasida spiral bachadonga kirib qolish holatlari bo'ladi, lekin sizni tuqqanizga ancha bo'lganku, agar bunaqa holat bo'lganda Alloh asrasin, bilardiz, bunaqa holat qisqarayotganda yuz beradi,
    bazilarda bo'ladi spiraldan keyin homilador bo'lish qiyin bo'ladi, Hammasi Allohdan bular bir sabab

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770, Oymomo, Nigora2013, happy baby, Ganiyeva

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 7 months ago - 8 years 7 months ago #104 Soliha7770

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 654
  • Rahmat olgan: 1794

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Bir tanishim spiralini oldirish maqsadida doktor qabuliga appointment belgilatib berishimni va oborib kelishimni iltimos qilgandi. Spiralni bu yerdagi termini nima ekan deb onlayndan qidirib shu bahona bir dunyo hali o'zim bilmagan kontraseptiv vositalardan xabar topdim. Shunchaki ma'lumot o'rnida yozib qo'ymoqchiman.(faqat ayollar saqlanish usullari)

    1. Tabletka vositalari. (kombinirovanniy, biriktirilgan turi) Effektivligi 99%, regulyar ichish rejimi buzilmaganda faqat. Shu b-n birga hayz siklini me'yorga tushirish ahamiyatiga ham ega. 35 yoshdan oshganlarga tavsiya qilinmaydi.

    2. Progestin gormoni. Tarkibi estrogensiz, diabet va yurak kasali borlar uchun ham xavfsiz, ko'krak sutini ham ozaytirmaydi.

    3. Uzoq muddatli tabletkalar. Bu tabletkalar homiladorlikni oldini oladi va hayz siklini har uch oyda kelishiga sabab bo'ladi. (Bulardan Lybrel degan turi hattoki siklni bir yilga ham cho'zdirishi mumkin, faqat tabletkalar har kuni muayyan vaqtda ichilganda)

    4.Qin uzugi. Aylana shaklidagi plastik va egiluvchan moslama. Qin yo'liga har oyda bir marta joylashtirib, uch hafta qoldiriladi. Olib tashlab, bir hafta dam bergach yana davom ettiriladi.


    5.Diafragma. Qubba (kupol) shaklida, silikondan yasalkan. Qin yoliga doktor tomonidan joylashtiriladi. Bachadon bo'yni - sheykani qoplab, urug'ni tuxum hujayra tomon yo'nalishini oldini oladi.


    6. Spiral. Davomiyligi 10 yilgacha borishi mumkin. Doktorlarni ko'pchiligi tyug'magan ayollarga tavsiya etishmaydi.


    7.Prezervativ qopchalar. Qo'llanishi diafragma b-n deyarli bir xil. Erkaklarnikidan farqi- jinsiy aloqadan 8 soat oldin qinga joylashtirish mumkin.

    8.Yamoqchalar.(nakladka) To'rtburchak shaklidagi bu yamoqchalar tanani kindik yoni, bo'ksa va qo'lga yopishtiriladi. Qo'llanish tartibi qin uzugi singari, har oy uch haftaga yopishtirilib, bir hafta dam beriladi.

    9. Implant. Gugurtnikidan ingichkaroq bo'lgan elastik cho'pchalar. Tirsakdan yuqori qismga joylashtiriladi, davomiyligi uch yilgacha

    10.Sterilizatsiya. (Aqlli ayol bu usulni qo'llamasa kerak). Tuxum hujayrani bachadonda yo'naltiruvchi trubalarni xirurgik usulda bloklab qo'yish. Davomiyligi - umrbod.

    11. Favqulodda kontrasepsiya. Homiladorlikni oldi olinmay qilingan jinsiy aloqadan keyin qo'llash uchun tabletka, ''Plan B'' nomi b-n mashhur. Asosan aloqadan keyin 72 soatgacha bo'lgan vaqtda qabul qilinsa, effekt berishi mumkin.(faqat 18 yoshdan yuqorilar uchun)
    Har biri suratlari b-n edi, birgina oyna bo'lgani uchun hammasini sig'dirib bo'lmadi.

    Davlat va mansabni ALLOH suygan bandasiga ham, suymaganiga ham beradi. Lekin iymon atalmish bebaho ne'matini faqat suygan bandasiga ravo ko'rarkan. Shu bebaho ne'matimiz doimo salomat va umriboqiy bo'lsin!...
    Last edit: 8 years 7 months ago by Soliha7770.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Sakura, Самира, Nigora2013, lena, Osiyo2017

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 9 months ago #105 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalar foydalimi?

    Kontraseptiv tabletkalar nafaqat homiladorlikdan saqlaydi. Ularning ayol salomatligiga yana bir qancha ijobiy ta’sirlari bor. Quyida ayrimlarini sanab o‘tmoqchimiz.



    Onkologik kasalliklar xavfini kamaytiradi

    Oral kontraseptiv vositalardan uzoq vaqt foydalanish natijasida endometriy hamda tuxumdonlar saratoniga 70 foiz chap berish mumkin. Kontraseptiv tabletkalar ovulyasiya jarayonini to‘xtatadi. Jinsiy a’zolar kasalliklari kuzatilgan ayollarga aynan shu jarayonning yuz bermasligi saraton kasalligini oldini olishga yordam beradi. Odatda, ovulyasiya davrida tuxumdonlardagi hujayralar o‘z tartibini o‘zgartiradi. Sog‘lom ayolda har oyda ovulyasiya kuzatiladi. Lekin ginekologik surunkali kasalliklar mavjud holatdarda tuxumdonlarning tinimsiz ishlashi turli o‘smalarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

    Homiladorlikdan saqlaydigan vositani uzoq vaqt qabul qilib yurish zarar qilmaydimi degan savol yuzaga kelishi tabiiy. Xavotirga hojat yo‘q: shifokorlarning fikriga ko‘ra ularni hatto 20 yil hadiksiramasdan ichsa bo‘laveradi. Faqat homilador bo‘lishni istasangiz, to‘xtatasiz.

    Hayz og‘riqlaridan qutqaradi

    Homiladorlikdan saqlovchi bu dorilar ta’sirida ovulyasiya ro‘y bermaydi. Shu sababdan bachadon devori va bo‘shlig‘ida odatdagidan kamroq o‘zgarishlar bo‘ladi. Hayz qoni miqdori kamayadi, davomiyligi qisqarishi mumkin. Bundan tashqari, og‘riqlar susayadi. Ba’zi hollarda bu og‘riqlarni butunlay unutish mumkin. Davolanish kurslari orasida ma’lum vaqt tanaffus qilinsagina hayz belgilari avvalgi holatiga qaytish ehtimoli bor.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #106 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalar bor ekan. Aloqadan oldin ostga qoyiladigan. By haqiga eshitganlar bormi. Ishonsa bolarmikanmmm %!@

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #107 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Nomi farmoteks regulon.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #108 Ezozaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1425
  • Rahmat olgan: 939

  • Gender: Female
  • Birthdate: 18 Jan 1995
  • 9. Implant. Gugurtnikidan ingichkaroq bo'lgan elastik cho'pchalar. Tirsakdan yuqori qismga joylashtiriladi, davomiyligi uch yilgacha
    shundan ishlatib ko'rganla bormi??
    Ummu Maryam mani tabletkalaga hali ishim tushmagan eshitmaganakaman

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #109 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Ichiladigan tabletkalani sutni qaytarvoradi deb eshitgandim. hammasiyam qaytarmas a?

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    3 years 2 months ago #110 Muzaffar.Sitora

    • Senior Member
    • Senior Member

  • Izohlari: 66
  • Rahmat olgan: 12

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • assalomu aleykum,ancha oldingi mavzu bo'lsa ham izoh yozmoqchiman. Menga poliklinikamizdan regividon tabletkasini berishdi. Homiladorlikka tayyorlanish uchun 2 oylar oldin spiralimni oldirgandim,spiral oldirish haqida har xil fikrlar eshitib juda qo'rqqandim ,xayriyat osongina o'tdi. Keyin torchga topshirish,vitaminlar olish uchun bir necha oy davolanaman deb tabletka haqida so'radim. Regividon berarkan. Bepul. Boshida ertalablar ozgina ko'nglim ayniganday bo'ldi,3-4 kun. lekin keyin hech nima yomon tomonini sezmadim. Hozir ham ichyapman,kechki 8:00 da. Ba'zan kech qolaman 1-2 minutga. Hech nima bo'lmadi. Hayz davrim spiralli yurgan vaqtim juda ko'p surilardi,hozir yaxshi. Har kimni o'rganizmi har xil,saqlovchi vositalarni har xil qabul qiladi. Aytgancha regividon hayzni kechiktirishi mumkin ekan,qo'llanmasida o'qigandim. menda 3 kun kechikdi,shunga kecha ichmadim,balki boshlanar deb.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.951 seconds

    Kitob do'koni