Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Maishiy texnikalar olami

8 years 4 months ago #1 Zahroxon

  • Platinum Member
  • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • salom qizlarjon bu yerda uy ruzg'or ishlarida bizga yaqindan yordam beradigan maishiy tehnika vositalari haqida suhbatlashsak. Masalan kir yuvish mashinasi. Elekt pech. Mikser. Gushtqiymalagich. Mikrotulqinli pech, blender va hakozolar haqida. Qaysi firmaniki yaxshi, ulardan qanday foydalanish usullari haqida biladiganlar bulsa fikr almashsak


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Nigora2013

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #2 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic Maishiy texnikalar olami
    Mahliyo, ajoyib mavzu uchun rahmat! Imloviy xato to'g'rilandi. Qadrdonimiz Begoyim forumga kirganda mavzuni gullatib yuborar edi, albatta.

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago - 8 years 4 months ago #3 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Replied by Zahroxon on topic Maishiy texnikalar olami
    GABARITLAR VA YUKLASH TURI

     Kir yuvish mashinasini tanlashga kirishishdan oldin, eng birinchidan, uni qayerga joylashtirmoqchi ekanligizni o‘ylab qo‘yish zarur. Joylashtirish imkoniyatlaringizga qarab: standart, engsiz yoki ixcham kir yuvish mashinasini tanlang. Shuningdek, yana bir muhim masala, sizga frontal (old qismidan) yoki gorizontal (ust qismidan) kir yuklanadigan kir yuvish mashinasi kerakligiga aniqlik kiritishdir.Maishiy texnika bozorida frontal (old qismidan) yuklanadigan, kengligi va chuqurligi 60 santimetr bo‘lgan kir yuvish mashinalari an’anaviy bo‘lib qolgan. Lekin bunday o‘lchamli mashina har qaysi xonadonga ham mos kelmaydi va shuning uchun bugungi kunda kengligi standart va chuqurligi qisqartirilgan kir yuvish mashinalarning juda ko‘p turlari ishlab chiqarilmoqdaKo‘pchilik kir yuvish jarayonini ko‘rib turib nazorat qilish imkoniyati uchun frontal yuklanadigan kir yuvish mashinalarini tanlaydi. Bu turdagi mashinalarning yana bir qulayligi ularning ust yuzasini narsa, masalan, yuvish uchun ishlatiladigan vositalarni ko‘yish uchun qo‘shimcha joy sifatida foydalanish mumkinligidan iborat. Oshxonada frontal yuklanadigan kir yuvish mashinasi oxona jihozlari bilan moslashib bir butunlikni tashkil etadi. Kir yuvish mashinasi uchun joy tanlashda lyuk eshikchasini ochish uchun joy yetarlimi, mashinaga kir yuklash qulay bo‘ladimi, degan masalalarga alohida e’tibor berish zarur. Lyuk diametri ham alohida diqqatga moliq, u qanchalik katta bo‘lsa barabanga kir yuklash va kir yuvishdan so‘ng uni chiqarib olish shunchalik qulay bo‘ladi. 
    YUKLASH HAJMI

     Kir yuvish mashinasini xarid qilishdan oldin uning yuklash hajmiga aniqlik kiritish kerak. Bir kishi yoki yosh oila uchun 3-4 kg hajm yetarli bo‘lsada, bitta yoki ikkita farzandli oila uchun yuklash hajmi 4,5 – 5 kg bo‘lgan mashina, a’zolari besh kishidan ko‘p bo‘lgan oila uchun esa hajmi 6-8 kg bo‘lgan mashina kerak bo‘ladi.Qancha kir, masalan, 5 kg tashkil etishini qanday aniqlash mumkin? Mo‘ljal uchun 5 kg paxta – bu 3-4 to‘plam bir yarimtali choyshablarni tashkil etishini olish mumkin. Barabanni yuklash uchun oqilona kir hajmini tanlang, chunki uning hajmi sizning kir yuvish ehtiyojlaringizdan kichikroq bo‘lsa, siz kir yuvish mashinasini tez-tez ishga tushirishingizga to‘g‘ri keladi, bu degani ortiqcha elektrenergiya va suv sarf bo‘ladi. Lekin keragidan ortiq darajada katta yuklash hajmi bilan mashinani xarid qilish ham maqsadga muvofiq emas. Katta yuklash hajmli mashinalar tez-tez va ko‘p kir yuvadiganlar, shu jumladan yotiq, o‘rin yoping‘ichi va ko‘rpalar kabi hajmdor buyumlar uchun kerak. Yuklash hajmi 5 kg bo‘lgan mashinaga bu buyumlar sig‘maydi.

    SIQIB SUVINI CHIQARISHDA AYLANMA MIQDORI

     Ilgari kir yuvish mashinasi siqib suvini chiqarishda aylanma miqdoriga qarab tanlansada (tegishli ravishda u qancha katta bo‘lsa shunchali yaxshi hisoblanardi), hozirgi vaqtda bu ko‘rsatkich unchalik katta ahamiyatga ega emas bo‘lib qoldi. Zamonaviy kir yuvish mashinalarida bu ko‘rsatkich daqiqada 800dan 1200 aylanmagacha doirasida bo‘ladi va bu ko‘p buyumlarni siqib suvini chiqarish uchun kifoya qiladi.Siqib suvini chiqarish jarayonida bir daqiqa qancha aylanma bo‘lishi siz kirni kir yuvish mashinasidan chiqarib olganizdan so‘ng u qanchalik xo‘l bo‘lishini ko‘rsatadi. Ushbu ko‘rsatkichga, qanchalik kam bo‘lsa kirlar ham shunchalik quruq bo‘lishini belgilaydigan qoldiq xo‘llik ko‘rsatkichi bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pincha siqish tezligi bir daqiqada 1000 aylanmagan teng bo‘lishida bu ko‘rsatkich taxminan 60% tashkil etadi.Bugungi kunda qoldiq xo‘llikning eng kam ko‘rsatkichi (43%) va avtomat-kir yuvish mashinasining siqib suvini chiqarish eng katta tezligi bir daqiqada 200 aylanmaga yetadi. 

    KIR YUVISH, SIQISH VA ENERGIYA ISTE’MOLI BO‘YICHA TOIFALAR

     Anchadan beri Yevropa ittifoqi tomonidan tasnif joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra maxsus sinamalar yordamida kir yuvish mashinalarining ishlash samaradorligi baholanadi. Asboblar o‘chta parametr: energiya iste’moli, kir yuvish sifati, siqib suvini chiqarish sifati bo‘yicha baholanadi. Ushbu parametrlardan har biri bo‘yicha kir yuvish mashinalariga A dan G gacha bo‘lgan toifalar beriladi. A toifasi eng yuqori sifat ko‘rsatkichlariga mos bo‘ladi. Energiya iste’moli bo‘yicha toifa uchun 2002 yilda eng yuqori – A+ toifasi joriy etilgan.Ushbu tasnif 1995 yilda kiritilgan va yevropa ittifoqida sotish uchun ishlab chiqarilgan kir yuvish mashinalariga ham joriy etilgan. Toifalar jiddiy sinovlar asosida beriladi va asbobni tanlashda ularga to‘la ishonish mumkin. Lekin do‘konlarda ushbu tasnif bo‘yicha baholanmagan mashinalar ham uchrashi mumkin.Zamonaviy kir yuvish mashinalarida energiya istemoli jihatidan eng yaxshi ko‘rsatkichlarga asosan kir yuvish dasturlarini oqilonalashtirish hisobiga erishiladi, Masalan, ortiq darajada ifloslangan kirni C toifali mashinada 90 gradus haroratida yuvish uchun taxminan 135-140 daqiqa kerak bo‘ladi, A toifali mashinada esa – 20 daqiqaga kam vaqt sarf bo‘ladi. Bunda siz nafaqat vaqtni balqi elektrenergiyani ham tejaysiz.


    DASTURLAR VA VAZIFALAR

     Barcha kir yuvish mashinalarida bo‘ladigan kir yuvish dasturlarining to‘rt turi mavjud. Bu paxta va zig‘irdan tayyorlangan buyumlarni yuvish, sintetika buyumlarini yuvish, nozik matoli buyumlarni yuvish va jun gazlamali buyumlarni yuvishdir. Ular asosida istalgan buyumlarni oqilona yuvish uchun qo‘shimcha dasturlar yaratiladi. Har bir ishlab chiqaruvchi bunday dasturlarning o‘z to‘plamini taklif etadi – o‘z istak-xohishlaringizga qarab tanlang. Kimgadir bolalar kiyimini yuvish dasturi zarur bo‘lsa, kimdir «Jinsi» yoki «Krossovka yuvish» dasturini afzal ko‘radi. Balki sizga aniq vazifaga moslangan emas, balki eng katta dasturlar to‘plami bilan ta’minlangan mashina kerakdir?

     NOZIK GAZLAMALARNI QO‘LDA YUVISH DASTURLARI

     Kir yuvish mashinalari ta’minlanadigan eng foydali dasturlardan biri «qo‘lda yuvish» dasturi hisoblanib, bu dastur «faqat qo‘lda yuvish mumkin» markirovkali buyumlarni mashinada yuvish mikoniyatini beradi. Ayrim ishlab chiqaruvchilarda jun uchun hamda shoyi uchun alohida qo‘lda yuvish dasturlari mavjud. Kir yuvish mashinasida «qo‘lda yuvish» dasturida baraban harakatlanishining maxsus maromi va oqilona suv isitish harorati )eng yuqori 40 gradus, o‘rtacha 30 gradus nazarda tutilgan. 
    QISQA KIR YUVISH SIKLI

     Qisqa kir yuvish tartibi (taxminan 30 daqiqa) eng ko‘p ishlatiladigan dasturlardan biri bo‘lib, hatto eng oddiy modellar ham bu dastur bilan ta’minlanadi. Bu dastur «Tez yuvish tartibi», «Mini-dastur», «Tezlashtirilgan yuvish tartibi», deb nomlanishi mumkin va kam darajada ifloslangan kirlarni yuvish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 20-30% vaqtni tejashga imkoniyat beradi.


    KUCHLI IFLOSLANGAN KIRLARNI YUVISH DASTURLARI

     Kuchli ifloslangan kirlarni yuvish va dog‘lardan tozalash uchun mo‘ljallangan bir qator dasturlar mavjud. «Ivitish» dasturi kirlarni yuvish vositasi solingan suvda bir necha soat ivitish imkoniyatini ta’minlaydi, bunda vaqti-vaqti bilan kirlar avtomatik tarzda aralashtirib turiladi. Shuningdek eski dog‘larni quruq dog‘dan tozalovchi vositalarni qo‘llagan holda ketqizish uchun mo‘ljallangan intensiv yuvish dasturlari mavjud. 
    BIODASTUR YOKI PAST HARORATLI SUVDA YUVISH DASTURI

     Biodastur (bio-faza) barcha kir yuvish mashinalarida mavjud, u kirni bioqo‘shimchali kukunlarni qo‘llagan holda 40°C haroratda yuvishni nazarda tutadi. Dastur kukunlar tarkibidagi enzimlarni faollashtirish imkoniyatini yaratadi, chunki 60°C va undan yuqori haroratda enzimlar o‘ladi. Birqo‘shimchali kukunlar yordamida organik mahsulotlar (qon, ketchup, qaylalar, yog‘li dog‘lar) tufayli tushgan dog‘lar yaxshi tozalanadi va kirlar standart yuvish tartibiga tayyorlanadi. Bioqo‘shimchali kukunlar muayyan afzalliklarga ega bo‘lsadaular shoyi va jun uchun, bu gazlamalar oqsillik moddalardan iborat bo‘lishi sababli, xavfli hisoblanadi. Kir yuvish kukunlari tarkibiga kiruvchi enzimlar oqsillar parchalanishiga olib kelishi tufayli, ular jun va shoyi gazlamalari to‘qimalarini, asta-sekin bo‘lsada, buzadi.
    HAR XIL BUYUM TURLARINI YUVISH.

     Kir yuvish mashinalarini oldindan o‘rnatilgan dasturlar orasida buyumlarni har xil turlarini yuvish uchun mo‘ljallangan dasturlarni ko‘rish mumkin. Misol uchun, bu «Bolalar kirini yuvish dasturi», «Jinsi», Yostiqlar, «Sport kiyimi», «Krossovka» bo‘lishi mumkin va bu dasturlarda muayyan kiyim-kechak turini yuvish uchun eng oqilona sharoitlar nazarda tutilgan bo‘ladi.
    YUVISH JARAYONINING ELEKTRON NAZORAT TIZIMLARI

     Kir yuvish mashinalarida elektron nazorat tizimlari turlicha, jumladan: Fuzzy Control, Logic Control, Fuzzy Logic, deb nomlanishi mumkin, ular yordamida kir yuvish jarayonining boshqaruvi amalga oshiriladi. Kir yuvish mashinasi maxsus datchiklar yordamida kir yuvish vaqtida kechayotgan jarayonlarni nazorat qiladi va ularga moslashadi. Bu kir yuvish jarayonini majmuaviy nazorat qilish tizimidir va kir yuvish mashinasida bir-biridan alohida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan turli xil vazifalarni, masalan suv sathini avtomatik nazorat qilish, siqib suvini chiqarishda disbalansni rostlash vazifasi, ko‘pik hosil bo‘lishini nazorat qilish va b. vazifalarni o‘z ichiga oladi. Iste’molchi uchun mashinada kir yuvish jarayonini elektron nazorat qilish tizimi bo‘lishi katta qulaylik yaratadi. Mashina kir turi va miqdoriga qarab suv sarfini va chayish vaqtini belgilaydi, siqib suvini chiqarishda disbalansni bartaraf etadi. Bunda ortiqcha harakatsiz eng yaxshi natijaga va zaxiralar tejalishiga erishiladi. 
    SUV SATHINING AVTOMATIK BOSHQARUVI

     Suv sathining avtomatik boshqaruv vazifasi yordamida kir yuvish mashinangiz yuklangan kir hajmiga qarab suv hajmini nazorat qiladi. Mashina kir miqdorini qanday aniqlaydi? Ushbu vazifa kir yuvish vaqtida suv (suv hisoblagichini o‘rnatganlar uchun bu muhim ahamiyatni kasb etadi) va elektrenergiya sarfini oqilonalashtirish imkoniyatini beradi. 
    DISBALANSNI NAZORAT QILISH TIZIMI

     Disbalansni nazorat qilish tizimi aksariyat kir yuvish mashinalarida mavjud bo‘lib, kirlar guvala hosil qilib aylanishiga yo‘l qo‘ymaydigan tarzda harakatlanishini ta’minlaydi. Agar shunga qaramasdan disbalans yuz bergan bo‘lsa, nazorat tizimi siqib suvini chiqarish jarayonini xavfsiz aylanmada o‘tkazadi.
    KO‘PIK HOSIL BO‘LISHINI NAZORAT QILISH TIZIMI

     Ko‘pik hosil bo‘lishini nazorat qilish tizimi yuvish vositalari miqdori ko‘paytirib yuborilganda mashina ishdan chiqishini oldini olish uchun kerak. Aksariyat hollarda ko‘pik hosil bo‘lishiga yetarlicha oddiy usulda yo‘l qo‘yilmaydi – mashina qo‘shimcha chayish jarayoni ishga tushiradi.
    KECHIKTIRILGAN ISHGA TUSHIRISH TARTIBI

     Kechiktirish taymeri (kechiktirilgan ishga tushirish vaqti, ishga tushirishni kechiktirish tartibi) – ko‘p uchraydigan vazifa bo‘lib, kir yuvish vaqtini o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan vaqtga belgilash imkoniyatini beradi. Siz kir yuvish vaqtini mashina kir yuvishni siz uyg‘ongan vaqtingizga moslab tugatishini mo‘ljallab belgilashingiz mumkin.

    DASTURLARNI MASHINA XOTIRASIGA KIRITISH

     O‘zingiz tuzgan dasturlarni kir yuvish mashinasi xotirasiga kiritish vazifasi juda qulay. Bu vazifa vaqtingizni tejaydi va har safar kir yuvish tartibini qaytadan tuzish zaruratidan halos qiladi, sizga kerak bo‘lgan avtomatik kir yuvish dasturlari ro‘yxatini kengaytirish imkoniyatini beradi. 

    BOSHQARUV

     Siz kir yuvish mashinasi bilan qanday ishlashingiz ham katta ahamiyatni kasb etadi. Elektron-mexanik (gibrid) boshqaruvli kir yuvish mashinalari dasturiy ta’minlot bilan ta’minlangan bo‘lsada, boshqaruv an’anaviy burama rostlagichlar yordamida amalga oshiriladi. Elektron boshqaruvli mashinalar bilan aloqa tugmalar, displeylar vh.k.lar yordamida amalga oshiriladi. O‘zingiz uchun qulayrog‘ini tanlang. Keksa avlod namoyandalari ko‘pincha o‘zi o‘rgangan burama rostlagichli mashinalarni tanlasa, yoshlarga mashinani displey yordamida boshqarish ko‘proq yoqadi.Shuningdek, mexanik boshqaruvli mashinalar ham xaligacha mavjud, lekin ular hozirgi kunda tugab bormoqda va do‘konlarda bir-ikkita qolgan xolos.An’anaviy kir yuvish mashinalarining boshqaruv panellari an’anaviy burama rostlagichlar, tugmalar, displeylar bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin. Kir yuvish mashinasi bilan aloqa asosan displey yordamida amalga oshiriladi. Eng odiiy mashinalar chiroqdiodli displeyga ega bo‘ladi va unda ishlayotgan dasturlar ro‘parasida chiroqdiodlar yonadi. Shuningdek, kir yuvish mashinalarida ko‘pincha suyuk kristallik displeylar ham qo‘llanadi. Bu displeylarda xabarlar raqamlar va matn ko‘rinishida aks etadi. Va nihoyat – sensorli displeylar nafaqat ma’lumotlarni aks ettirish, balki displey orqali mashinani boshqarish imkoniyatini ta’minlaydi. Shuningdek, imte’molchi bilan suhbat tartibida muloqat qiladigan modellar mavjud, ularda boshqaruv panelida matnli yordamchi ma’lumotlar paydo bo‘ladi. 

    QO‘SHIMCHA AFZALLIKLAR

     Kir yuvish mashinasining kir quritish, kumush bilan sterillashtirish yoki buyumlarga bug‘ bilan ishlov berish kabi qo‘shimcha vazifalar kerak kerak emasligini o‘ylab ko‘ring. Kir yuvish mashinasida ushbu vazifalar bajarilishi qo‘shimcha texnologiyalar joriy etilishini nazarda tutadi, ko‘p qulayliklarni ta’minlasada, mahsulot bahosini oshiradi. Bunda ulardan faqat bittasini tanlash kerak bo‘ladi, quritish, bug‘ bilan ishlov berish va kumush bilan sterillashtirish, bularning barchasi bitta mashina o‘zida bo‘lmaydi.

    QURITISH

     Quritgish vazifasini ham bajaruvchi kir yuvish mashinalari – isitish elementidan tashqari ventilator bilan xam jihozlanganalohida qurilmalar toifasidir. Quritgichli mashina uyingizda kir quritishga joy bo‘lmagan taqdirda kerakdir. Bunday mashinalar yosh bolali oilalar uchun juda qulay. Bu turdagi kir evish mashinalarining eng oddiy modellari kirni taymer bo‘yicha kuritadi, kir yuvish jarayonidan so‘ng uni quritishga muayyan vaqt ajratiladi. Undan murakkabroq bo‘lgan modellar kirni «namligiga qarab» quritishi mumkin, bunda buning uchun qancha vaqt zarurligini mashinaning o‘zi belgilaydi. 

    BUG‘ BILAN ISHLOV BERISH VAZIFASI

     Kir yuvishning bug‘li texnologiyasi kir yuvish mashinasining funksional imkoniyatlarini kengaytiradi. Bug‘ bilan ishlov berish zararli bakteriyalarni yo‘q qiladi, kir yuvish sifatini oshiradi, bunda bug‘ kiyim-kechakka zararli ta’sir ko‘rsatmaydi va kiyimni oddiy kir yuvishdagidek g‘ijimlamaydi. Bug‘ bilan ishlov berish vazifali mashinada xatto ipak to‘r yoki shoyi kiyimlarni ham yuvish mumkin. Shuningdek, ushbu tizim kiyim-kechaklarni tezda yangilash: g‘ijimlarni bartaraf etish va yoqimsiz hidlarni yo‘qotish imkoniyatini ta’minlaydi. 

    KUMUSH BILAN STERILLASHTIRISH VAZIFASI

     Kumush bilan sterillashtirish vazifasi zamonaviy Silver Nano texnologiyasi asosida amalga oshiriladi. Bu texnologiya musbat zaradlangan kumush ionlari yordamida bakterialar 99,9%ga bartaraf etilishini ta’minlaydi va dezinfeksiyalash natijasi 30 kungacha saqlanadi. Bu tizimning afzalligi shundaki, u gizlamaga shikast yetkazmasdan barcha mikroorganizm turlarini yo‘q qilish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, «kumush bilan kir yuvish» kiyimda va mashina barabanida yoqimsiz hid paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi, chunki kir yuvishdan so‘ng saqlanib qoladigan kumush ionlari hidlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘luvchi bakteriyalar ko‘payishini oldini oladi. 

    XAVFSIZLIK

     Va, nihoyat, xavfsizlik jihatini ham aniqlash zarur. Avvalombor, suv oqib chiqishidan himoya tizimi mavjudligiga e’tibor bering. Bu tizim to‘liq va qisman bo‘ladi. Suv oqib chiqishidan to‘liq himoya tizimi kir yuvish mashinasining korpusiga ham shlangiga ham tarqaladi, qisman himoya tizimi esa ulardan faqat bittasiga ishlaydi. Suv oqib chiqishidan himoyali shlanglarni alohida xarid qilish va istalgan kir yuvish mashinasi bilan ishlatish mumkin.


    Last edit: 8 years 4 months ago by Zahroxon.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #4 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Replied by Zahroxon on topic Maishiy texnikalar olami
    [IMG
    дом 2 онлайн
    Миксер турлари. Миксерлар одатта икки хил бўлади. Биринчиси оддий (қўлда бошқариладиган) миксерлардир. Улар оммабоп ва ҳамёнбоплиги билан ажралиб туради. Иккинчиси - кўчмас, яъни бир жойда ўрнатилиб ишлатиладиган. Кўчмас миксерлардан асосан қандолат цехларида фойдаланилади. Улар бир ерга ўрнатилиб, катта хажмдаги масаллиқларни кўпиртиришга мўлжалланган. Агар сиз уйда мунтазам пишириқлар пиширишни хуш кўрсангиз, иккинчи турдагисини танланг. Агар дам олиш кунлари, байрамларда пишириб турсангиз, биринчи турини олишни маслаҳат берамиз. 

    Тезликни тартибга солиш. Турли тезликларда ишлайдиган миксерлар асосан иккинчи турга мансуб. Чунки, қўл миксерларида кўпроқ қулайлик ва енгиллик аҳамиятга эга. Бир қўлда узоқ вақт оғир миксерни кўтариб туришни ким ҳам ҳоҳлайди дейсиз? Албатта, миксер тезлигини тартибга солувчи тугмалар қанча кўп бўлса, шунча яхши. Лекин эътибор беринг, тугмаларни бир бармоқ билан тартибга солиш мумкинми? Агар бу сизга иш жараёнида ноқулайлик туғдирмаса, демак, уни харид қилиш лозим.

    Мотори. Қўл миксерлар моторининг энг мақбул қуввати – 100-300 Ватт. Қўчмас миксерлар кучлироқ, яъни 200-500 Ватт қувватга эга бўлади. Агар қувват бундан юқори бўлса, унинг ёқиб ўчирилиши учун махсус тугмаси бўлиши лозим. Бирданига катта ҳажмдаги масаллиқларни кўпиртириш лозим бўлса юқори қувватлисини танлаш тўғри бўлади.

    Тишлари. Миксер тишларининг кўплиги унинг нархини ҳам белгилайди. Аммо бир-бирини ўрнини тўлдирадиган тишчаларга алданиб қолманг! Агар миксер тишларига қўшимча равишта миқдор ўлчагич стакан, тозалагич ва махсус куракча бўлса, айни муддао. Бу иш жараёнида сизга қўл келади. Баъзи миксерлар тишчаларини алмаштириш билан нафақат кўпиртириш, балки енгил қиймалагичга айланиши мумкин. Миксер таркибида қисман блендер вазифасини ўтайдиган пичоқ-тишларининг мавжудлиги ҳам ошхона ишларида анча қулайлик туғдиради. 


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Todido, Lily, Oymomo, Самира, muslima1

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #5 Todido

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 730
  • Rahmat olgan: 563

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Todido on topic Maishiy texnikalar olami
    Яхши мавзу. Яна бу ерга ишлатиб курган техникалардан ёзилса яхши буларди, энди олмокчи булганларга ёрдам буларди

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #6 Todido

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 730
  • Rahmat olgan: 563

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Todido on topic Maishiy texnikalar olami
    Мен скарлет фирмасини миксеридан ишлатаман. Махсус идиши бор урнатгани, алохида чикариб ишлатса хам булади. Ягона минуси урнатиладигон насадкасини чикараман десам доим биттаси котиб колади. Тортиб зурга чикараман. Шунга маслахатим миксер олаётиб насадкаларини урнатиб-чикариб куриб кейин олинглар.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, Самира, madina95, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago - 8 years 4 months ago #7 dilnozz

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic Maishiy texnikalar olami
    Man esa vitek firmasini mikseridan foydalanaman o'rtacha kottalikda ikki hil tishi bor o'zimga judayam udobniy .
    Last edit: 8 years 4 months ago by dilnozz.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #8 dilnozz

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic Maishiy texnikalar olami
    Kechagina blendir sotib oldim oddiy uzunidan hech qande mahsus idishi yoq ekan .
    Blendirdan nimalar tayorlashda ishlatsam bo'ladi.Go'shtni maydaroq to'g'rab blendirladim kak farsh bo'ldi qoldi :woohoo: kegin uni kosada aylantirgandim hamma joyga sachrab ketti .Qande foydalansam bo'larkina sachrab ketmasligi uchun butilka ishlatsam bo'larmikin a?

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago - 8 years 4 months ago #9 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • dilnozz wrote: Kechagina blendir sotib oldim oddiy uzunidan hech qande mahsus idishi yoq ekan .
    Blendirdan nimalar tayorlashda ishlatsam bo'ladi.Go'shtni maydaroq to'g'rab blendirladim kak farsh bo'ldi qoldi :woohoo: kegin uni kosada aylantirgandim hamma joyga sachrab ketti .Qande foydalansam bo'larkina sachrab ketmasligi uchun butilka ishlatsam bo'larmikin a?


    Дилноз буюриб насиб қилсин.
    Мени блендрим Скарлет фирмасиники. Алохида стакани бор 700мл. 600мл шекилли ёпиқ идиши ичида майдалайдиган пичоғи бор. Венчиги, ва сиз айткандай блендрнинг асосий узун қисми.

    Блендрни шунака наборидан олсайиз яхши буларди. Энди чуқурроқ узига мослаб стаканми ёки катта пиво ичадиган бакалми сотиб олсайиз ёки уйизда боридан 1л bankaga сиғадими? сиғса сочилиб кетмаслиги учун ишлатаётканизда салафан ёпиб айлантириб ураб олиб ишлатиб куринг.
    Сиз олгандакаси мен суюқ овқатларни майдалашда ишлатаман. Коктейл қилганда ишлатаман. Сал сувлироқ, юмшоқ нарсаларниям яхши майдалайди, қаттиқ нарсаларни майдалай оладими йуқми билмиман.

    Гуштни ёпиқ идишига катта катта туғраб солиб кейин майдалаб ишлатаман.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Last edit: 8 years 4 months ago by Самира.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo, dilnozz, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago - 8 years 4 months ago #10 Todido

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 730
  • Rahmat olgan: 563

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Todido on topic Maishiy texnikalar olami
    Мен хам блендрда коктейл тайёрлайман. Суюк овкатларни углим учун эзардим ошкозонига ботмай юмшоккина есин деб. Энди катта бб колди.
    Самира гушт майдалаганмисиз блендрда. Ичида тиши борида майдаласам ёкмаганди менга. Узун насадкада майдаладизми ё?
    Last edit: 8 years 4 months ago by Todido.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: muslima1

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #11 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Todido wrote: Мен хам блендрда коктейл тайёрлайман. Суюк овкатларни углим учун эзардим ошкозонига ботмай юмшоккина есин деб. Энди катта бб колди.
    Самира гушт майдалаганмисиз блендрда. Ичида тиши борида майдаласам ёкмаганди менга. Узун насадкада майдаладизми ё?


    go'shtni yopiq idishida maydalayman. Juda toldirib solsa yahshi maydalayolmaydi yoki uzoqroq aylantirish kerakmi, juda to'ldirvormasdan solaman, keyin go'shtni plyonkalarini tozalavomasa blendr qiynaladi. Katlet va chuchvara, mantiga ishlatish uchun blendrda maydalayman.

    Menam o'g'limga ovqatlarni katta bakalga solib uzun nasatkasi bilan maydalab berardim.
    Hozir mevalarnigina maydalayman yopiq idishida, ivqatlarni o'zi yeyapdi.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Todido, Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #12 Todido

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 730
  • Rahmat olgan: 563

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Todido on topic Maishiy texnikalar olami
    Бир марта ёпиладигонида гушт майдалагандим титилганга ухшади, шу буйи бошка гушт майдаламадим. Энди яна бир марта харакат килиб курсам буларкан

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #13 jonim jaxonim

    • Senior Member
    • Senior Member
    • Soliham

  • Izohlari: 67
  • Rahmat olgan: 10

  • Gender: Female
  • Birthdate: 29 May 1991
  • salom azizlarim menda kewood firmasini kuhinniy kanbayini bor ammo ishlatishni bilmayyapan aslo$ mmm%!@ . faqat blendridan foydalandim. kuhinniy konbayn ishlatishni bilsangizlar orgatinglar.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #14 Todido

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 730
  • Rahmat olgan: 563

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Todido on topic Maishiy texnikalar olami
    Комбайнда хатто хамир килса буларкан деб эшитганман, лекин ишлатиб курмаганман. Йурикномасини укиб курингчи

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #15 jonim jaxonim

    • Senior Member
    • Senior Member
    • Soliham

  • Izohlari: 67
  • Rahmat olgan: 10

  • Gender: Female
  • Birthdate: 29 May 1991
  • ha yoriqnomasi bn tanishob chiqsam bolarkan. Englishdan endi Tarjima qilib organib olaman ekan

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 6 days ago #16 ManZay

    • Premium Member
    • Premium Member
    • Umr asli bir kundir, o'sha kun bugundir.

  • Izohlari: 85
  • Rahmat olgan: 62

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ManZay on topic Maishiy texnikalar olami
    salom :dugona$ qalesila? Bizani uyda ko'p maishiy texnika Artel brendiniki xatto soch quritadigan fengacha ^xoxo$ Artel bo'lishiga sabab oila a'zolarimizdan birlari usha korxonada ishlaydilar ^xoxo$ lekin ko'z tegmasin ishlab turibti xammasi. Axir Artelni reklamasida ayishadiku Milliy mahsulot milliy g'urur deb ^xoxo$
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #17 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Replied by Zahroxon on topic Maishiy texnikalar olami
    qizlar sizlar qaysi firmani pechidan foydalanisizlar, manda pech yuq, lekin ayamlarki ODUL firmasiniki, hamma joyi bir hil qizartirmedi, nonni va somsalarni ham urnini almashtirib, almashtirib pishiramiz, sizlarniki unaqa emasmi, hamma joyi bir hil qizartiradimi, iloji bulsa rasmlari bn quyilar, pechlaringni, biram rasm jinnisi bulib qolibmanda


    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #18 Mohinur2017

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • .

  • Izohlari: 1292
  • Rahmat olgan: 933

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 05 May 1996
  • Mahliyo opa Qaynonam ham olib berganlari nomi esimda yo'q shunday edi. hamma joyini bir hil qizartirmaydi. hozir AKEL ishlatyapman u ham shunday spirali aylana urtasini umuman qizartirmaydi. Dadam Artel pechidan olib bergandilar. Hamma joyini bir xil qizartirardi. ichidegi listi ikkovi ham to'rtburchak edi. rasmini topsam qo'yaman.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #19 OYISHA NUR

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ONALIK BAXTIGA YETKAZGANIGA SHUKUR

  • Izohlari: 2922
  • Rahmat olgan: 2239

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Jan 1991
  • Replied by OYISHA NUR on topic Maishiy texnikalar olami
    meniki ITIMAT yaxshiyu lekin bir tomoni tez qizrib ketadi bizham aylantirib turamiz
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #20 muyassar2017

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1534
  • Rahmat olgan: 1530

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 05 Nov 2018
  • Meniki o'zimizning milliy mahsulot "Artel"
    Hamma joyi bir xil qizaradi))
    Listi ham 3 ta
    2 ta tortburchak 1 ta aylana.
    Yana gril pishiradigan sixi ham bor.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon, Mohinur2017

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 1.216 seconds

    Kitob do'koni