UzBookistan
O'zligimizni anglamay turib, boshqa yurtda o'zimizni topa olmaymiz
UzBookistan
Unikal loyiha
Navbatdagi uchrashuv
TEZ KUNDA
...
UzBookistan
Yoshi 3 dan 10 yoshgacha bo'lgan barcha bolajonlar qatnasha oladi
Tekin
Onlayn, ZOOM xavolasi tez kunda shu yerda e'lon qilinadi
Vaqti haqida ushbu telegram kanalida bilib olishingiz mumkin: https://t.me/uzbookistanDM
Qatnashchilar(3-10 yoshlik bolalar)
O'zbek tilida so'zlashishga qiynalayotgan va o'zbek tilida kitob o'qishni istayotgan bolajonlar.
Maqsadimiz
Musofirchilikda o'sayotgan bolajonlarni o'zbek tilida gapirishi uchun yordam berish, o'zbek tiliga mehr qo'yishlari uchun imkoniyat yaratish.
Vazifamiz
Kitob orqali bolalarni o'zbek tilida so'zlashishga, fikr yuritishga, muloxaza qilishga undash.
Unikal loyiha
UzBookistan
Farzandlarimni musofirchilikda katta qilayotganim uchun, ularda o'zbek tiliga mehr tuyg'usini shakllantirish, o'zbek adabiyotiga qziqtirish, o'zbek tilida ravon so'zlashishlariga undash oson emasligini tushunaman. Shuning uchun ham o'zim farzandlarimda qo'llagan va ijobiy natija ko'rsatgan tajribalarim bilan sizlar bilan bo'lishmoqdaman.
DINARA MUMINOVA
Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori(PhD)
Dasturimiz natijasida
Bolajonlar quyidagilarga yutuqlarga ega bo'ladilar
Ijodiy yutuq
Har bir uchrashuvimiz yakunida bolajonlar bilan birgalikda o'qilgan kitob mazmuniga oid biron ijodiy faoliyat qilamiz. Jarayon o'zbek tilida olib boriladi.
Ijtimoiy yutuq
Bolalar ZOOM orqali o'zbek tengdoshlari bilan tanishadilar, o'zaro suhbatga chorlanadilar.
Intellektual yutuq
Kitob mutolaasi bolaning neyrofiziologik rivojlanishiga ijobiy ta'sir etadi. Dasturimiz natijasida bolalar yangi bilimlarni qo'lga kiritadilar.
Nutq yutug'i
Bolalar dastur natijasida o'zbek tiliga mehr qo'yishni, unda uyalmay, qiynalmay so'zlashishni o'rganadilar.