Mag'rur oqqush

Bir kuni o‘rmondagi ko‘lga chiroyli oppoq qush uchib keldi. Uning qanotlari qordek oq bo‘lib, bo‘yni uzun edi. U qanotlarini yozganda atrofga suvning mayda zarrachalari sochilar va xuddi ertaklardagidek manzara paydo bo‘lar edi.
Qushni birinchi bo‘lib quyoncha ko‘rdi. Uning go‘zalligidan lol qolib anchagacha yoniga kela olmay uzoqdan tomosha qildi. Nihoyat yurak yutib ko‘l yoniga keldi va qushga dedi:
— Salom, mening ismim Quyonvoy, sen kimsan?
Qush unga bir nazar soldiyu, indamay sohildan uzoqroqqa suzdi.
— Men senga yomonlik qilmayman, — dedi quyoncha. Lekin qush unga qaramadi ham.
Quyoncha qushning bunday harakatidan xafa bo‘ldi va sekingina: «Chiroyli bo‘lganing bilan tarbiyasiz ekansan», dedi.
Shu payt shoxdan-shoxga sakrab olmaxon keldi. U ham ko‘ldagi oqqushning chiroyiga mahliyo bo‘ldi.
— Salom, go‘zal qush, o‘rmonimizga xush kelibsan, — dedi.
Qush esa indamay suvda suzar, u go‘yo olmaxon bilan quyonchani ko‘rmas edi.
— Men sen bilan do‘stlashmoqchiman, kel tanishamiz, — dedi unga yaqinroq borib olmaxon. Oqqush esa orqasini o‘girib nariga suzib ketdi. Buni ko‘rib olmaxon yelkasini qisdi.
Ignalariga qo‘ziqorin va qurigan mevalarni sanchib olgan tipratikan ularning yonidan o‘tib ketayotgan edi. Olmaxon va quyonchani ko‘rib, ularni mevalari bilan mehmon qildi. Ko‘lda suzib yurgan oqqushga havas bilan tikildi.
— Bunday chiroyli qushning do‘stlari ham ko‘p bo‘lsa kerak. Men unga hatto gapirishga uyalaman, chunki ko‘rimsizgina hayvonman, — dedi.
Bilasanmi, kirpivoy, sening tashqi ko‘rinishing xunuk bo‘lgani bilan, qalbing chiroyli, shuning uchun do‘stlaring ham ko‘p. Bu qushning esa chiroyini tomosha qilib to‘ydik, chunki unda hyech qanday iliqlik yo‘q ekan, afsus, — dedi olmaxon.
— Yuringlar, ketdik, — dedi quyoncha va hammalari mag‘rur qushni yolg‘iz qoldirib o‘rmonga kirib ketishdi.

JAHON XALQ ERTAKLARI

Begemot va qunduzvoy

Kichkina begemot shirinlikni juda yaxshi ko‘rardi. Qo‘yib bersa, bir banka murabboni paqqos tushirishi mumkin edi. Oyisi unga shirinlikni ko‘p yeyish mumkin emasligini aytsa ham quloq solmas, paytini topsa yeyaverardi.
Bir kuni ona begemot ish yuzasidan zarur joyga borib kelishi kerak bo‘ldi. Begemotni qo‘shnisi qunduzvoylarning uyida qoldirdi. Ona qunduz ona begemotga xavotirlanmasligini, begemot o‘g‘li qunduzvoy bilan o‘ynab o‘tirishini aytdi.
Qunduzvoy bilan begemot avvaldan o‘rtoq edilar, lekin begemot ularning uyiga hyech kirmagan edi. Qunduzvoy begemotga uyini ko‘rsatib tanishtira boshladi:
— Mana bu yotoqxona, bu oshxona, bu esa mehmonxona.
Begemot mehmonxonadagi stol ustida idishlarda turgan o‘ziga notanish bo‘lgan narsalarni ko‘rib:
— Bular nima? — deb so‘radi.
— Bular konfetlar, — dedi qunduzvoy. Begemot ilgari hyech ham konfet yemagan edi, shuning uchun yana so‘radi:
— Ularni nima hiladi?
— Mehmonlar oldiga qo‘yiladi.
— yeyish uchunmi, — so‘radi begemot.
Albatta, ular shirin.
— Sen-chi, sen ulardan yemaysanmi? — yana so‘radi begemot.
— Men biror narsadan xafa bo‘lganimda kayfiyatimni ko‘tarish uchun oyim bir dona beradilar.
— Ular kayfiyatni ko‘taradimi, qoyil, shunday narsalar borligini bilmas ekanman, — dedi begemot.
— Ha, oyim shunday deydilar, sen o‘tirib tur, men yotoqxonadan ertak kitobimni olib kelay, birgalashib o‘qiymiz, — dedi qunduzvoy va xonadan chiqib ketdi.

Xonada yolg‘iz qolgan begemot o‘zicha: «Men mehmonman, demak, bu konfetlar men uchun, buning ustiga oyim meni o‘zi bilan olib ketmadi. Shuning uchun hozir mening kayfiyatim yomon. Mana bu konfetlarni yesam kayfiyatim ko‘tariladi», deb o‘yladi va konfetlarni birin-ketin ochib yeya boshladi. Konfetlar unga juda yoqdi. «Bunday narsalarning kayfiyatni ko‘tarishi aniq», deb shoshilgancha yeyishda davom etdi.
Bir ozdan so‘ng uning tomog‘i bo‘g‘ilib, qorni og‘riy boshladi. U qornini ushlab yerga yotib oldi. Shu payt kirib keLgan qunduzvoy uni ko‘rib qo‘rqib ketdi va oyisini chaqirdi. Qunduzvoyning oyisi konfet qog‘ozlarini ko‘rib gap nimada ekanligini tushundi.
— Shirinlikni bunday ko‘p yeyish mumkin emasligini bilmaysanmi, begemotvoy, — deb so‘radi qunduzoy.
— Oyim ham shunday der edilar, lekin qunduzvoy ular kayfiyatni ko‘taradi degani uchun yegan edim, — dedi.
— To‘g‘ri, shirinlikning ozginasi kayfiyatni ko‘taradi, lekin ko‘pi kasal qiladi. Endi mana bu taxir dorini ichishing kerak bo‘ladi, — dedi.

Jahon xalq ertaklari

Oltin baliq

Qadim zamonda bir kambag‘al chol bor ekan. Bu chol dengiz bo‘yida yolg‘iz o‘g‘li bilan yashar ekan. Ular juda faqir bo‘lib, bechorahol kun ko‘rar ekanlar.Bisotlarida bir eski qayiq va baliq ovlaydigan to‘rdan bo‘lak hech narsa yo‘q ekan. Cholning o‘g‘li doim ashula aytib yurar ekan. Bir kun baliqchi chol dengizga to‘r solibdi, birozdan so‘ng to‘rni suvdan ko‘taribdi.

Qarasa, unaqa-bunaqa baliq emas, oltin baliq emish. Buni ko‘rib chol hayron bo‘libdi va o‘g‘liga:— Bolam, sen bu ajoyib baliqqa qarab tur. Men borib bu hodisani xonga ma’lum qilay.Zora-mora xon bizga kattaroq in’om bersa,— debdi-da, shaharga jo‘nab ketibdi.Yosh yigitcha baliqning to‘rda qiynalayotganini ko‘rib, rahmi kelibdi, otasining kelishini ham kutmay, baliqni dengizga qo‘yib yuboribdi.

Oltin baliq dengizga sho‘ng‘ib ketibdi.Xon o‘zining vazir-vuzarolari, posbonlari bilan yetib kelib, yigitga:— Qani, ajoyib baliqni ko‘rsat! — deb buyruq qilibdi.Yosh baliqchi boshini quyi solib xonga:—Baliqqa rahmim keldi; uni dengizga qo‘yib yubordim,— debdi.Xon baliqchi yigitdan bu so‘zni eshitib, cholga:— Sen yaramas chol: arzimagan bir narsa uchun meni shuncha ovora qilding. Dunyoda oltin baliq ham bo‘larmidi! — deb baqiribdi. Shunda keksa vazirlardan biri xonga qarab:— Hazrati oliylari, men yetmish yildan ortiq umr ko‘rdim. Lekin bunday ajoyibotni eshitmagan edim,— debdi.

Chol oltin baliq tutgani rost ekanini ishontirishga ko‘p urinsa ham, xon uning so‘ziga sira ishonmabdi. Xon baliqchi yigitning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, eski qayiqda dengizga oqizib yuboribdi.Xon o‘z ishidan xursand bo‘lib, dabdaba bilan saroyga qaytibdi.

Boyaqish chol esa dengiz qirg‘og‘ida, “voy bolam” deb yig‘laganicha qolaveribdi. Bir fursatdan so‘ng qayiq ko‘zdan tamom g‘oyib bo‘libdi,qayiqni kuzatib, ko‘z yoshlarini oqizib turgan chol, zolim xonning zulmidan g‘azablanib, unga la’natlar o‘qibdi.Endi so‘zni yosh baliqchidan eshiting.Baliqchi yigit har nafasda o‘z halokatini kutar ekan. Lekin qayiq shamol kuchi bilan hamon olg‘a qarab suzib borarkan.Bir qanchadan keyin uzoqdan bir orol ko‘rinibdi. Kuchli shamol qayiqni bir nafasda orolga eltib qo‘yibdi. Qayiqning tumshug‘i qirg‘oqdagi qumga urilishi bilanoq daraxt orqasidan bir yosh yigit chiqib kelibdi.U yosh baliqchiga judayam o‘xshar ekan, go‘yo bir olmaning yarmisi u-yu, yarmisi bu ekan.Yosh yigit kela solib, yosh baliqchining qo‘l-oyoqlarini yechibdi. Yosh baliqchi bu mehribon yigitcha bilan ko‘rishibdi, orolda uchragan yosh yigit yonidan bir kulcha chiqaribdi, uni ikkovlari baham ko‘rishibdi.

Shunday qilib ular orasida chin do‘stlik boshlanibdi.Bir kun ular poda boqib yurgan bir chol-cho‘ponga yo‘liqishibdi.Do‘stlar orolda o‘zimizdan boshqa hech kim yo‘q, deb o‘ylar ekanlar.

Cho‘pon bulardan hol-ahvol so‘rab, so‘z boshlabdi:— Bu yerdan uch kunlik yo‘l narida katta birxonning yurti bor. Xon baxtsizlikka uchragan. Uning go‘zallikda tanho bo‘lgan bitta-yu bitta qizi tug‘ilganidan beri bir og‘iz ham so‘z aytgan emas. Xon barcha xalqqa xabar berdirib: “Kimki qizimni davolab gapirtira olsa, men shu kishiga eng yaxshi in’omlar beraman. Bordi-yu gapirtirolmasa, u kishining boshini tanasidan judo qilaman, degan. Ana o‘shandan beri allaqancha navqiron yigitlarning boshi ketdi.Do‘stlar o‘ylashib turib, keyin baxtlarini sinamoqchi bo‘libdilar. Ular xon saroyi oldiga borganlarida yigit yosh baliqchiga qarab:— Avval men baxtimni sinab ko‘ray.

Agar xon qizini davolay olsam, tekkan in’omlarnio‘rtada bab-barobar bo‘lishib olamiz, — debdi. Yosh baliqchi ko‘nibdi. Yigit esa xonsaroyiga kirib ketibdi.Yigit haram eshigi oldida ikki kanizakni uchratibdi.

Ulardan biri achinib, yigitga:— Sen qatori ko‘pgina bahodir yigitlar xon qizini davolashga obdan urinib ko‘rdilar, lekin ularning aziz boshlari hisobsiz kalla suyaklaridan yasalgan minorani yana bir pog‘ona yuqori ko‘tardi. Seni ham shundaybaxtsizlik kutadi,— debdi.Jasur yigitni bu qo‘rqinchli gap cho‘chitolmabdi, u dadillik bilan haramga kiribdi.Xon qizini ko‘rishi bilanoq ta’zim qilib, so‘z boshlabdi:— E go‘zal malika! Biz otadan uch o‘g‘ilmiz.Bir kun chakalakka o‘tin kesgani bordik. Eng katta akamiz yog‘ochni yo‘nib, bir go‘zal qush yasadi. Qush shunday ustalik bilan yasalgan ediki, xuddi tirik qushga o‘xshardi. O’rtancha akam daraxtzorlarga borib, eng nozik qushlarning patlari, parlarini topib kelib, yog‘och qushchani bezadi. Qush yana go‘zallashib ketdi. Men bir sehrli buloq topdim, qushni shu sehrli buloq suviga cho‘miltirdim. Qushcha tirilib,sayrab yubordi.

Ana o‘shandan to shu pallagacha bizning o‘rtamizda hamon janjal davom qiladi. Har birimiz qushni “meniki” deb da’vo qilamiz. Janjalimiz juda zo‘rayib ketdi. E go‘zal qiz, qush kimniki bo‘ladi? Siz bizning janjalli ishimizni bitirib bering?Bu gaplarni eshitgan qiz qaddini ko‘taribdi, qop-qora uzun kirriklarini uchiribdi. Chehrasi ochilib, salgina jilmayibdi. Tovush chiqarmay barmog‘i bilan og‘zini ko‘rsatib, boshini tebratib, qo‘yibdi. Yigit g‘azablanib o‘shqiribdi:— Modomiki, sen uchun men qurbon bo‘larekanman, shuni yaxshi bilki, men bilan birga sen ham halok bo‘lasan.Yigit shu so‘zlar bilan qiz boshiga qilich ko‘taribdi.

Qiz qo‘rqqanidan yerga o‘tirib, qattiq qichqirgan ekan, og‘zidan bir oq ilon tushibdi. Ilon buralib-buralib, vishillab, o‘zini yigitning qalin charmli etigiga uribdi. Lekin yigit quturib kelayotgan ilonning boshini etik poshnasi bilan majaqlab tashlabdi.Qiz yoshli ko‘zlarini yigitga tikib, barmog‘idan uzugini chiqarib:— Bu uzukni olib, saroyga — otam oldiga bor. U seni mukofotlaydi,— deb uzukni yigitga beribdi.

Yigit uzukni olib, do‘stining oldiga ketibdi. Yosh baliqchi uni uzoqdan ko‘rishi bilan yugura kelib, u bilan quchoqlashib ko‘rishibdi. So‘ngra yigit barcha voqeani do‘stiga birma-bir so‘zlab beribdi. U uzuknido‘stiga uzata turib, shunday debdi:— Endi senga sirni aytib beraman. Men — o‘sha o‘zing rahm qilib qo‘yib yuborgan oltin balig‘ingman. Qirg‘oqda sen aytgan ashulalarning dong‘i suv osti yurtiga yoyildi.

Men sening ashulalaringni eshitishuchun dengiz qirg‘og‘iga yaqinroq borib, ovozingga mahliyo bo‘lib, to‘rga tushganimni payqamay qoldim. Sen tufayligina tutqunlikdan qutuldim. Xon posbonlari qo‘l-oyog‘ingni bog‘lab, qayiqda oqizib yuborishlarini ko‘rib, g‘azablangan edim. Seni qutqarish yo‘lini izlab, eng yaqin do‘stlarim bo‘lgan baliqlardan bir qanchasini chaqirdim. Ular sening qayig‘ingni suvga cho‘ktirmasdan, yelkalarida ko‘tarib keltirishlarini o‘tindim. Chin do‘stlarim o‘tinchimni bajo keltirib, seni bu orolga olib keldilar. Men bu yerda sening shaklingga kirdim. Shu qisqagina vaqt ichida sening sofdil yigit ekanliginggayana ishondim, seni o‘z akamdek ko‘rib qoldim. Endi o‘z joyimga — suv ostiga ketish vaqtim keldi. Bu uzukni olib borib, xonga ber. Mabodo kerak bo‘lib qolsam, ko‘k dengiz qirg‘og‘iga kelib, meni uch marta chaqir. Xizmatingga darhol tayyor bo‘laman…

Shu so‘zlardan so‘ng baliq yigit bilan xayrlashibdi va bir sho‘ng‘ib, ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi.Yosh baliqchi qadrdon do‘stidan ajralib qolganiga qattiq qayg‘uribdi va bir vaqtdankeyin xon saroyiga jo‘nab ketibdi.Yigit xon saroyiga kelib, ichkari kirishga ruxsat so‘rabdi. Biroq xon so‘zidan qaytib, qizini bermaydigan bo‘lib, yigitni saroyga kiritmabdi.Shundan so‘ng yigitning dardi-dunyosi qorong‘u bo‘lib, orqasiga qaytibdi va shaharning narigi chekkasidagi bir temirchiga shogird tushibdi.Oradan bir hafta o‘tgach, bu voqeadan xonning qizi xabar topib qolib, o‘zini o‘tga-cho‘g‘ga urib, zor-zor yig‘lab, otasiga bunday debdi:— Agar meni davolab tuzatgan o‘sha yigitga bermasangiz, shu bugunoq mendan ajraysiz. Endi menga tirik yurish harom! — deb haram ichidan o‘tadigan katta suvga o‘zini tashlamoqchi bo‘lib turganda, uni zo‘rg‘a ushlab qolibdilar.

Xon noilojlikdan qizini yosh baliqchiga beradigan bo‘libdi.Hamma odamlar to‘yga aytilibdi.Xizmatkorlar yosh baliqchiga sarpo kiygizibdilar. Ertasiga to‘y boshlanib, nog‘ora, karnay, surnaylar chalinibdi.Shunday qilib, yosh baliqchi xonga kuyov bo‘libdi. Lekin xon kuyovini juda yomon ko‘rar, undan qutulish yo‘llarini izlar ekan. Yosh baliqchi esa xonning taxt-saltanati, saroylarini yaxshi ko‘rmas ekan.

Bir kuni yosh baliqchi xafa bo‘lib o‘tirgan ekan, malika undan nega xafa ekanini so‘rabdi, yigit bunday deb javob beribdi:— Men bu hashamatli saroyda turolmayman. Ko‘nglimni hech narsa quvontirmaydi. Yoshlik davrimni dengizning narigi tomonida o‘tkazganman.U yerda jonimdan aziz baliqchi otam qolgan edi. Unga nima bo‘lganini bilmayman. Agar siz otam oldiga birga ketishga ko‘nsangiz, o‘zimni dunyoda eng baxtli yigit deb hisoblar edim. Lekin mening yurtimda bir kambag‘al baliqchining xotini bo‘lib yashaysiz. Bu saroydagi bezaklar, kanizaklar u yerda yo‘q.Shunda malika eriga qarab:— Men har narsaga tayyorman; faqat siz quvnab yursangiz, bas.

Dengizning u tomoniga qanday o‘tamiz? Bizda kema ham yo‘q, kema yasaydigan usta ham yo‘q,— degan ekan, yosh baliqchi:— Buni o‘ylamasang ham bo‘ladi, hammasini o‘zim to‘g‘rilayman. Agar ketmoqchi bo‘lsang, yo‘l harakatini qilaver, — debdi.Shu so‘zlar bilan yosh baliqchi xotinini uyga yuborib, o‘zi dengiz labiga boribdi, suvga qarab uch marta chaqiribdi. O’sha onda oltin baliq suv yuziga chiqib:— E qadrdon do‘stim, nima xizmat? — deb so‘ragan ekan, yosh baliqchi javob qaytaribdi:— Yurtimni, otamni sog‘indim. Dengizdan suzib o‘tish uchun kema yo‘q. Suzib kelgan qayig‘im parcha-parcha bo‘lib ketgan…Yosh baliqchi shu so‘zlarni aytishi bilan oltin baliq:— Tilagingni bajaraman, kech kirganda senga kattakon bir baliq yuboraman. U og‘zini ochishi bilan darrov og‘ziga kir. Ertalab uyingda, bo‘lasan, — debdi-yu, sho‘ng‘ib ketibdi.

Kech kirishi bilan dengizda to‘lqin ko‘tarilibdi, qirg‘oqqa bahaybat bir baliq suzib kelibdi. Uning burnidan suv yuqoriga varillab otilib turar, dumini tinmay bilanglatar ekan.Xon qizi baliqni ko‘rishi bilan juda qo‘rqib ketibdi. Yosh baliqchi xotiniga dalda berib, uni baliqning og‘ziga olib kiribdi. Baliq tezda dengizda suzib ketibdi.Ajoyib baliq manzilga yetib, og‘zini ochibdi.

Darhol er-xotin ikkovi baliq og‘zidan qirg‘oqqa chiqib, uyiga qarab yo‘l olibdi. Birozdan keyin uyga yetishibdi. Yarim vayronaga aylangan kulbasini va uning oldida munkayib o‘tirgan keksa otasini ko‘rgach, baliqchi yigitning ko‘zlaridan yosh chiqib ketibdi. Bora solib otasi bilan quchoqlashib ko‘rishibdi va uning oqarib ketgan soch-soqollarini silabdi.U xotinini otasiga tanitibdi, chol juda quvonibdi.

Shunday qilib, baliqchining eski kulbasida uchovlari baxtli kun kechira boshlabdilar.

Halq ertaklari.

Maqtanchoq jo'ja

Kichkina bir dalada ona tovuq o‘n bir bolasibilan birga yashar ekan. Jo‘jalarning o‘ntasi yaxshi va mehribon ekan. Ammo o‘n birinchisi to‘polonchi va o‘ziga bino qo‘ygan ekan. Bu odobsiz jo‘ja onasining so‘zlariga quloq solmas, aka va opalari bilan o‘ynamas ekan. U doimo, mening rangim hammadan chiroyli! Tumshug‘im ham hammanikidan yaxshi!

Men hammadan yaxshi ucha olaman,- deb maqtanaverarkan.— Bir kuni o‘sha mahmadona jo‘ja, men juda chiroyliman. Mening joyim bu yerda bo‘lmasligi kerak. Men chiroyli uyda yashashim kerak, deya o‘ziga mos uy qidirib yo‘lga tushibdi.— Jo‘ja uzoq yo‘l yurib, soy bo‘yiga yetib kelibdi. Qarasa, soyning yo‘li shox-shabba bilan qoplanib qolgan ekan. Soy jo‘jani ko‘rishi bilan undan yordam so‘rabdi:— Kelganing yaxshi bo‘ldi. Kel, yo‘limda yotgan shox-shabbani olib tashla.— Sen meni yo‘lingdagi shox-shabbani olib tashlash uchun bu yerga keldi, deb o‘ylayapsanmi? Yo‘q, men o‘zimga chiroyli uy izlayapman, — debdi jo‘ja.Jo‘ja shunday deb yo‘lida davom etibdi.

Birozdan so‘ng olovni uchratibdi. Olov o‘chib qolay, deb turgan ekan. U jo‘jani ko‘rishi bilan quvonib ketibdi:— Yaxshiyam kelding. Ustimga biroz o‘tin tashlab yubor. Bo‘lmasa, o‘chib qolaman.— Boshqa ishim yo‘qmi? Men o‘zimga chiroyli uy izlab yuribman, — debdi jo‘ja.Jo‘ja yana yo‘lga tushibdi. Va oxiri bir daraxtning yoniga kelib qolibdi. Budaraxtni shamol tinimsiz silkitayotgan ekan. Daraxt shoxlarining birida esa chumchuq ini joylashgan ekan. Shamol jo‘jani ko‘rgach deb¬di:— Seni uchratganim yaxshi bo‘ldi. Da¬raxtning yonidan o‘tmoqchi edim. Ammo daraxtdagi chumchuq bolasini tushirib yuboramanmi, deb o‘ylayapman. Shuning uchun men esayotgan paytda seninni ushlab qol, xo‘pmi?— Hech qachon, — deya jo‘ja yo‘lida davometibdi. So‘ng katta bir ekinzorga yetib kelibdi. U yerda juda chiroyli uy ham bor ekan. Jo‘ja o‘ziga o‘zi debdi:— Orzu qilgan uyim shu bo‘lsa kerak.

Shu uyda yashasam bo‘ladi.Jo‘ja shunday deb uydagi bir derazadan ichkariga oshib o‘tibdi. U oshxonaning oynasi ekan. U yerda ovqat tayyorlayotgan oshpaz jo‘jani ushlab olibdi:— Juda isqirt jo‘ja ekan! Avval uni yaxshilab yuvintiramiz. Keyin jo‘jalar turadigan xonaga qo‘yamiz. Katta bo‘lgach, undan yaxshi taom tayyorlaymiz.Oshpaz idishga ozgina suv quyib, jo‘jani yuvintirishga shaylana boshlabdi.Jo‘ja suvga qarab debdi:— Ey, suv, menga yordam ber. Patlarim ho‘lbo‘lib qolishini istamayman.Shunda suv debdi:— Sen menga yordam berganmiding?Suv isiy boshlabdi. Jo‘ja esa qaynab turgansuvga tushishdan qo’rqibdi. Shuning uchun olovga qarab debdi:— Ey, olov, menga yordam ber. Suvni juda isitib yuborma. Kuyib qolishdan qo‘rqayapman.Olovjavob qilibdi:— O‘zing menga yordam berganmiding?Shu payt oshpaz issiq suvni jo‘janing ustidan quyibdi.Jo‘ja tipirchilab, oshpazning qo‘lidan chiqib qochibdi. Ochiq qolgan derazadan tashqariga sakrabdi.Patlari ho‘l, oyoqlari kuyib qolgan jo‘ja tezroq bu yerdan uzoqlashmoqchi bo‘lib yugura boshlabdi.

Ammo shamol uni har tarafga uchiraveribdi.— Ey, shamol! Menga yordam ber.Yoqsa, oshpaz meni ushlab oladi, — shamoldan yordam so‘rabdi jo‘ja.Shamol javob qilibdi:— Mashaqqat bilan uyga yetib kelgan jo‘ja shu kundan boshlab maqtanchoqlikni tashlabdi.

 

Baxtiyor bo‘lish uchun…

Hans bir boynikida ancha vaqt xizmat qildi va xizmat haqi evaziga unga kattakon oltin yombi berishdi. U oltinni ko‘targancha uyiga qaytarkan, ko‘chada ot o‘ynatib ketayotgan bir chavandozni ko‘rib qoldi. Beixtiyor «Eh, otda yurish qanday ajoyib!» dedi va oti yo‘qligidan o‘kinib, xo‘rsindi. Buni chavandoz eshitib qoldi va: — Kel, alishamiz. Sen menga oltinni berasan, evaziga otimni olasan, — dedi. Hans rozi bo‘ldi va sevinib otga mindi.

Ot choptirib borayotib, yo‘l chetidagi chuqurga quladi. Shataloq otayotgan otni sigir yetaklab ketayotgan bir dehqon to‘xtatib qoldi. Hans ust-boshini qoqdi-da, sigirga qarab xo‘rsindi: «Sigiring bo‘lsa qanday yaxshi! U ham sekin yuradi, ham sut beradi». Yigitchaning dilidagini anglagan dehqon sigirni otga almashtirishni taklif qildi. Hans quvonib rozi bo‘ldi. Sigirni yetaklagancha yo‘lga tushdi. Hans yo‘l yuraverib charchadi, qorni ochdi. Sigirni sog‘moqchi bo‘lgan edi, sigir sut bermadi. Ustiga ustak orqa oyog‘i bilan yigitchani chunonam tepdiki… O‘sha yerdan cho‘chqa yetaklab o‘tayotgan bir kishi buni ko‘rib, yigitchaga achingannamo tikildi-da:

— Men qassobman. Bu sigir juda qari, so‘yishdan boshqasiga yaramaydi, — dedi.

Hans sigirni cho‘chqaga almashdi. Yo‘lda u kattakon g‘oz ko‘tarib olgan o‘zi tengi yigit bilan hamroh bo‘lib qoldi va unga boshidan o‘tkazganlarini gapirib berdi. Yigit dediki: — Qo‘shni qishloqda cho‘chqa yo‘qolgan edi. Mirshablar o‘g‘rini qidirishyapti. Yaxshisi, bu cho‘chqani menga ber, men uni egasiga eltib berib, suyunchi olaman. Cho‘chqaning evaziga senga g‘ozimni beraman. Qo‘rqib ketgan Hans darrov rozi bo‘la qoldi. G‘ozni ko‘targancha navbatdagi qishloqdan o‘tarkan, bir charxchini uchratib qoldi. Charxchi kattagina qayroq toshida odamlarning qaychi, pichoqlarini o‘tkirlab berib pul toparkan. Hansning unga havasi keldi. Charxchi Hansning boshidan kechirganlarini eshitgach, unga eski qayroq toshini g‘ozga almashtirishni taklif qildi.

— Agar sen ham men kabi charxchi bo‘lsang, hamyoningda hamisha pul bo‘ladi. — qo‘shib qo‘ydi u. Hans o‘zini omadli hisoblab, xursand bo‘lganicha yo‘lga tushdi. Lekin eski qayroq tosh nihoyatda og‘ir ekan. Hans ancha qiynaldi. Chanqab, quduq qidira boshladi. Nihoyat, bir quduq topdi-yu, qayroq toshni quduq chetiga qo‘yib, suv torta boshladi. Bexosdan qayroq toshni turtib yuborgan edi, tosh quduqqa tushib ketdi. Hans bir on qotib qoldi, lekin… bundan zarracha ham xafa bo‘lmayotganini angladi. Qaytaga zil-zambil yukdan xalos qilgani uchun Xudoga shukrlar qildi.

Onasining huzuriga shoshildi. Endi qo‘lida hech bir yuki bo‘lmagani uchun ham qadamlari ravon edi, manzil tomon qushday uchib borardi. — Men dunyodagi eng baxtli insonman! — qalbi quvonchlarga to‘lib qichqirdi Hans. — Sog‘-salomatman, hozir o‘z uyimga boraman, onamni ko‘raman. Axir baxtli bo‘lish uchun odamga ko‘p narsa kerak emas ekan-ku…

(Nemis xalq ertagi) Nemis tilidan Homidjon RAHMONOV tarjimasi ERTAKLAR, JAHON XALQ ERTAKLARI

Aka-uka Lyular

Qadim zamonda dengiz qirg‘og‘ida bir oqko‘ngil xotin yashagan ekan. Uning beshta o‘g‘li bo‘lib, ular besh aka-uka Lyular, Lyu-birinchi, Lyu-ikkinchi, Lyu-uchinchi, Lyu-to‘rtinchi va Lyu-beshinchilar ekan. Aka-ukalar shu qadar o‘xshar ekanlarki, hyech kim ularni chehrasidan ajratolmas ekan. Hatto onalari ham ba’zan yanglishib qolar ekan. Biroq aka-ukalarning xislatlari boshqa-boshqa ekan. To‘ng‘ich Lyu — Lyu-birinchi butun bir dengiz suvini ichib og‘zidan yana qaytarib chiqara olar ekan. Lyu-ikkinchi olovdan qo‘rqmas ekan. Lyu-uchinchi oyoqlarini cho‘zib istagan joyiga yetkaza olar, Lyu-to‘rtinchining esa badani temirdan ham qattiq ekan. Kenja Lyu — Lyu-beshinchi bo‘lsa, parranda va hayvonlarning tilini bilar ekan.
Ular farovon va baxtiyor yashar ekanlar. Lyu-birinchi baliq tutarkan. Lyu-ikkinchi ro‘zg‘orni olov bilan ta’minlarkan. Lyu-uchinchi bilan Lyu-to‘rtinchi dalada ishlasharkan. Lyu- beshinchi esa, g‘oz va qo‘ylarni boqib yurarkan.
Kunlardan bir kun shu yerlarning yovuz hokimi ovga chiqibdi. U aka-uka Lyular yashaydigan joyda yaqin o‘rmon yoqasida cho‘pon bola va o‘tlab yurgan qo‘ylarni ko‘rib qolibdi. Bu bola Lyu-beshinchi ekan. Uning yonginasida chiroyli kiyikcha uxlab yotgan ekan. Hokim o‘q-yoyini olib, kiyikni nishonga ola boshlabdi. Lyu qo‘rqib ketib, qichqirib yuborgan ekan, kiiikcha hurkib bir sakrabdiyu o‘rmonga kirib ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi. Shu payt butazordan yana boshqa bir kiyik chiqib qolibdi. Lyu unga ham kiyik tilida «Qochib qol!» deb qichqirgan ekan, u darhol o‘zini o‘rmon ichiga uribdi. Yalanglikka sho‘x quyonlar chiqib qolishibdi. Lyu quyon tilida qichqirgan ekan, quyonlar ham yashirinib olishibdi. Lyu hamma hayvonlarni ogohlantirib chiqibdi, o‘rmon esa bo‘m-bo‘sh bo‘lib qolibdi. Hokimning barcha urinishlari behuda ketib, o‘qlari bekorga isrof bo‘libdi. O‘zi esa qattiq g‘azablanibdi. Rahmdil Lyu bo‘lsa, o‘rmondagi do‘stlariga o‘z vaqtida yordam bera olganidan xursand bo‘libdi.
Shunda yovuz hokim askarlariga Lyu-beshinchini tutib kelishni buyuribdi. Uni shaharga olib borib, qafasda yotgan och yo‘lbarsning oldiga tashlabdilar. Hokim dovyurak va kambag‘al bu bolani yo‘lbars tilka-pora qilib tashlaydi deb o‘ylabdi, biroq Lyu-beshinchi yo‘lbars bilan yo‘lbars tilida gaplashgan ekan, yirtqich hayvon unga tegmabdi.
Hokim bundan xabardor bo‘lib yanada qattiq g‘azablanibdi. U jallodlariga Lyu-beshinchining boshini chopib tashlashni buyuribdi. Lekin Lyu-beshinchi qamab qo‘yilgan zindonga badani temirdan ham qattiq bo‘lgan Lyu-to‘rtinchi yetib kelibdi. U ukasi bilan o‘rnini almashtirib olibdi. Lyu-beshinchi bo‘lsa, sekingina zindondan chiqib, uyiga jo‘nabdi. Ular bir-birlariga juda o‘xshash bo‘lganligi uchun, hyech kim, sezmabdi.
Ertasiga erta bilan Lyu-to‘rtinchini shahar maydoniga olib chiqishibdi. Jallod uning boshini chopib tashlamoqchi bo‘libdi, lekin har qanday ogir va o‘tkir qilich ham Lyu-to‘rtinchining temir bo‘yniga urilgan zahoti parcha-parcha bo‘lib uchib ketaveribdi. Buni ko‘rgan hokim gazablanibdi, jasur bolani baland cho‘qqidan tashlab yuborishni buyuribdi.
Kechasi zindonga oyoqlarini cho‘zib istagan joyiga yetkaza oladigan Lyu-uchinchi yetib kelibdida, ukasining o‘rnida qolibdi. Bu gal ham hyech kim hyech narsani payqamabdi.
Tong paytida Lyu-uchinchini baland qoyaga olib chiqishibdi. Agar o‘sha qoyadan biror odam tushib ketsa, parcha- parcha bo‘lib ketishi turgan gap ekan.
Jallodlar Lyu-uchinchini pastga itarib yuborishibdi, u bo‘lsa xotirjamlik bilan oyoqlarini uzatibdida, hyech narsa ko‘rmaganday turib olibdi. G‘azabidan quturgan hokim saroyga qarab ot choptirib ketibdi. Shu kuniyoq bo‘ysunmas Lyuni gulxanda yondirishni buyuribdi.
Jallodlar hokimning saroyi oldidagi maydonda katta gulxan yoqishibdi. O‘q-yoy ushlagan qo‘riqchilar maydonni o‘rab olishibdi. Har tarafdan to‘da-to‘da odamlar kela bosh- lashibdi.
Bu vaqt ichida olovdan qo‘rqmaydigan Lyu-ikkinchi zindonga yetib kelib, bildirmasdan Lyu-uchinchi bilan o‘rnini almashtirib olibdi. U zindonga kirishi bilanoq, hokim «qatl boshlansin», deb ishora qilibdi. Jallodlar Lyu-ikkinchini katta gulxanning o‘rtasiga tashlabdilar. Alanga uylarning tomidan ham baland ko‘tarilibdi. Lyu- ikkinchi o‘t va qora tutun orasida ko‘rinmay ketibdi. Xalq achinganidan yig‘labdi. Bag‘ritosh hokim bo‘lsa, zahar- xandalik bilan kulibdi.
Ammo tutun tarqagach, odamlar olov o‘rtasida hyech nima ko‘rmaganday kulimsirab turgan Lyu-ikkinchini ko‘rib xursand bo‘lib ketishibdi. Qahr-g‘azabdan hokimning joni hiqildog‘iga kelibdi.
— Bu qanday odam o‘zi? — deb baqiribdi u. — O‘tga solsang yonmasa, qoyadan tashlasang o‘lmasa, qilich uni chopmasa, hatto vahshiy yo‘lbars ham unga tegmasa-ya! Yo‘q, yo‘q, mendek qudratli hokim oddiy bir dehqonni bir yoqli qilolmasligi mumkin emas!
Shundan keyin shafqatsiz hokim Lyuni dengizning o‘rtasiga olib borib, bo‘yniga og‘ir tosh bog‘lab cho‘ktirib yubormoqchi bo‘libdi.
«Balki u suvdan ham qo‘rqmas? — deb o‘ylabdi hokim. — Baribir bo‘yniga bog‘langan tosh suzib chiqishga qo‘ymaydi. Dengiz tagida qolib, yo‘q bo‘lib ketsin!» O‘sha kuni kechqurun u qatlni ijro etishni buyuribdi.
Butun bir dengiz suvini ichib yubora oladigan Lyu- birinchi zo‘r qiyinchiliklar bilan zindonga kirib olibdi. U ukasining o‘rnida o‘tirib, qatlni kuta boshlabdi.
Kechqurun uni olib borib kemaga solishibdi. Hokim saroy ahli bilan boshqa kemaga chiqibdi. Kemalar dengizning o‘rtasiga suzib boribdi. Eng chuqur yerga yetganda Lyu- birinchining bo‘yniga kattakon xarsang bog‘lashibdi-da, shafqatsiz hokimning ishorasi bilan uni to‘lqinlanib turgan dengizga uloqtirishibdi.
Lyu-birinchi suv ostiga tushishi bilan dengiz suvini simira boshlabdi. Dengiz suvi allaqayoqqa singib keta- yotganini ko‘rib, qo‘rquvdan hokimning rangi oqarib ke­tibdi. Tezda dengizning tagi ko‘rinib qolibdi. Kemalar to‘ntarilib ketibdi. Hokim va uning odamlari dengiz tagidagi balchiqqa botib qolishibdi.
Shundan so‘ng Lyu-birinchi xarsangni yechib tashlab, sekin- asta qirg‘oqqa chiqibdi-da, dengiz suvini ichidan qaytarib chiqaribdi. Hokim va uning odamlari dengiz ostida qolib ketishibdi.
Xalq esa yovuz hokimning halokatga uchraganidan shod bo‘lib, yengilmas aka-uka Lyularni olqishlabdi.
ERTAKLAR, JAHON XALQ ERTAKLARI

Oltin qiz

Qadim zamonda bir odam bol’gan ekan.
Uning xotini vafot etib, yolg’iz qizi bilan qolibdi. Oradan bir necha yil o’tgach, u kishi bir beva ayolga uylanibdi. U ayolning ham bir qizi bor ekan.
Ayol o’gay qizini chiqishtirmay, unga g’ayirlik qila boshlabdi. Qizni y o’qotish payiga tushibdi. Kishi avvaliga parvo qilmabdi va: «Qani, non yopib ber bo’lmasa, men qizimni adashtirib kelaman», — depti va nonni qo’ltiqlab, qizini yetaklab o’rmonga yo’l! olibdi. Yurib-yurib bir tepaiikka kelgach, nonni pastga dumalatib yuboribdi va qiziga:
— Bor, nonga yetib ol, — debdi. Qiz nonning orqasidan chopib ketibdi. Otasi qizni tashiab, uyiga yo’l olibdi. Qiz nonni tutib olib, orqasiga qaytib kelsa, otasi yo’q emish.
Qiz yigiab-yigiab yurib, kech kirganda bir kampirni ko’rib qolibdi.
Kampir o’rmonda yashar ekan. Qiz salom berib, boshidan o’tganlarni kampirga gapirib beribdi.
Kampir qizni uyiga olib kirib, ovqatlantiribdi va uxlashga yotqizibdi.
Qiz erta bilan azonda turib, uy-hovlilarni supurib, chinnidek qilib tozalab qo’yibdi.
Kampir uyqudan turgach, qo’ziqorin tergani o’rmonga ketibdi. Kampirning uyida o’rmonda kasal bo’lib qolgan turli-tuman hayvonlar yasharkan. Kampir ularni davolar ekan. Qiz bu hayvoniarning ham taglarini tozalab, yuvintirib, qashib, ovqatlantirib turarkan.
Kunlarning birida qiz, otamni sog’indim, deb yig’labdi.
Buni ko’rgan kampir qizni yetaklab bir ariq bo’yiga olib boribdi va:
— Ariqqa qarab tur. Men uxlayman. Ariqdan qizil, havorang suv oqadi, meni uyg’otma, sariq suv oqsa, meni uyg’ot, — debdi. Qiz: «Xo’p, buvijon», deb kutib o’tiribdi. Kampir uxlabdi. Ariqdan qizil. havorang suv oqibdi. Sariq suv oqa boshlagach, qiz kampirni uyg’otibdi. Kampir o’rnidan turib, qizni sochidan ushlab, suvga tushiribdi va sho’ng’itib olibdi. Keyin: Suvdan qo’lingga nima ilinsa, olib chiq“, debdi. Qizning qo’liga bir quticha ilinibdi. Kampir qizni quticha bilan birga otasining uyiga kuzatib qo’yibdi. Bir payt ota mundoq qarasa. eshikdan xuddi quyoshdek porlab qizi kirib kelayotganmish. Qiz suvga sho’ng’iganda bus-butun oltinga aylanib qolgan ekan. Qo’lidagi quticha ham oltinga to’la ekan. Otasi hang-mang bo’lib qolibdi. O’gay ona esa hasaddan yorilib ketay debdi. „Tez mening qizimni ham adashtirib kelasiz“, deb turib olibdi. „Xo’p, non yop“, debdi ota. Non va qizni olib, o’tgan galgidek, o’gay qizini ham nonning orqasidan yuborib, o’zi uyiga qaytibdi. Qiz o’rmonda adashib yurib, kampirning uyiga borib qolibdi va uyga kiribdi. U dangasa ekan, kampirning tayyor ovqatiga sherik boiib yuribdi. Hayvonlarga qarashni o’ziga or deb bilibdi. Nihoyat: „Men uyga ketaman, beradi- ganingizni bering“, — debdi kampirga. Kampir uni ham ariq bo’yiga boshlab boribdi:
— Suvga qarab tur. Qizil, havorang, sariq suv oqsa, meni uyg’otma. Qora suv oqsa, meni uyg’ot, — debdi kampir. Qiz xo’p debdi. Kampir uxlabdi. Qizil, havorang, sariq suv oqibdi. Nihoyat qora suv oqa boshlagach, qiz kampirni uyg’otibdi.
Kampir o’rnidan turib qizni sochidan ushlabdi va suvga sho’ng’itib olibdi.
Qiz qop-qora bir ta’viyaga aylanibdi. Kampir qizni qo’lidan ushlab, otasining uyiga olib borib qo’yibdi. Onasi qizini ko’rib, dod-voy solib, eriga yopishibdi.
— Hoy, imonsiz chol, o’zingizning qizingizni oltinga aylantirib, nega mening qizimni ko’mirga aylantirdingiz? — deb ayyuhannos solibdi u.
Chol esa:
— Sen o’zing olib boring deding, men olib bordim. Biri nima uchun oltinga aylandi-yu, ikkinchisi nima uchun ko’mirga aylandi, bu menga qorong’u, — desa ham qutulmabdi. Shunda chol oltin qizini oltinlari bilan olib, xotinini ko’mirrang qizi bilan qoldirib uydan chiqib ketibdi.
ERTAKLAR, JAHON XALQ ERTAKLARI

Aqlli qiz

Bir bor ekan,bir yo'q ekan,o'tgan zamonda bir chol bilan kampir yashagan ekan.Ularning birgina o'g'li bo'lgan ekan.Chol bilan kampir o'libdi,u bola ota-onasi o'lganda keyin,har kimning eshigida xizmatkor bo'lib ishlab yuribdi.Bola doim dalada mol boqib,ko'p qiyinchiliklarni boshidan kechiribdi.Endi u o'sib yigitcha bo'lib yetilibdi.U dalada mol boqib yurganda:"Mening ham bitta yahshi yorim bo'lsa,mol,qo'ylarim ko'p bo'lsa,uy bo'lmasa ham,bir kapam bo'lsa mayli edi",-deb yurar ekan.Bir kun yigit dalada uxlab qolibdi.Tushida unga bir oq soqolli,ola chopon kiygan,o'rta bo'yli chol kelib:"Ey yigit,tila tilagingni",-debdi.Yigit aytibdi:

-Bitta yahshi yorim bo'lsa,mol-qo'ylarim bo'lsa,uy bo'lmasa ham bitta kapam bo'lsa mayli edi,-debdi.Shunda haligi chol,duo qilib:"Bor o'g'lim,niyatingga yetgin!"-deb g'oyib bo'libdi.

Yigit cho'chib uyqudan tursa,oldida hech kim yo'q emish.Qarasa,birgina echkisi ham ko'rinmay qolibdi.Yigit echkisini izlab ketibdi.Izlab-izlab oxiri bir tog'ning orqasiga o'tsa,bir chodir turganmish.Bu chodir ko'ziga issiq ko'rinibdi.Yigit chodir tomon yuribdi.Shu payt chodir ichidan bir chiroyli qiz chiqib,yigitning yo'lini poylab turibdi.Yigit borishi bilan qiz unga qarab salom berib:

-Marhamat qiling,yigit!-debdi.Yigit hayron bo'lib tursa,qiz yana:

-Bu joy o'zingizniki,ichkari kiravering!-debdi.Yigit qarasa,hammayoq o'zi tilaganday,echkisi ham shu joyda o'tlab yurgan ekan.Ular to'y qilib birga umr kechira boshlabdi.

Bir kuni qo'shni mamlakatning podshosi ov qilib yurib,bularning turgan joyiga kelib qolibdi.Bu joylarni ko'rib hayron bo'libdi."Bu kimning chodiri ekan?"-deb kelib qarasa,chodirning atrofìni mol-qo'y o'rab olgan emish,chodir ichida bir yigit bir qiz bilan gaplashib o'tirgan emish.

Podsho ularga:"Assalomu alaykum",-deb kiribdi.Ular ham"Vaalaykum assalom!"-deb javob qaytarishibdi.Ularni podshoni yahshilab ziyofat qilibdilar.Podsho qizni o'ziga xotin qilib olmoq niyatiga tushibdi va yigitning mollariga ham havasi kelib shart qo'yib ularni ham yutib olmoqchi bo'libdi.

Podsho yigitga:"Kel,ikkalamiz shart o'ynaylik",-debdi.Yigit:"Nimadan shart o'ynaymiz?"-debdi.Podsho:

-Birimiz uch marta bekinamiz.Kimda kim topib olsa,butun molu dunyosini berish,-debdi.-Agar meni yutib olsang,podsholigimdan tortib,hamma boyliklarimni beraman.Agardan men seni topib olsam,butun mol-mulking,joying va xotining mening ixtiyorimga o'tadi,-debdi.Yigit:"Xo'p",-debdi.Podsho uyiga qaytibdi.Ertasiga podsho yigitning uyi tomon yo'l olibdi.Yigit qarasa,podsho kelayotgan emish.Yigit,"Xotin,xotin,endi nima qilamiz,podsho kelyapti-ku?-debdi.Xotini darrov yigitni bilakuzukka aylantirib,qo'liga taqib olibdi.Podsho kelib,yigitni qidirib topolmabdi.Qiz oshni pishirib,podshoning qo'liga suv quyoyotganda podsho:

-Mayli,yigit chiqaversin,men uni topolmadim,-debdi.Yigit qizning qo'lidan:"Assalomu alaykum",-deb tushib kelibdi.Oshni yeyishibdi.Ertasi podsho yana kelibdi.Qiz joylarni rostlab,ko'rpachalar solib,yigitni bolish qilib qo'yibdi.Podsho kelgach orqasiga qo'yibdi.U yana yigitni topa olmabdi.Podsho qizga qarab:-Mayli,yigit chiqaversin,-debdi.Yigit podshoning yonboshini ko'tarib,o'rnidan turibdi.

Uchinchi kun qiz yigitni oftoba qilib qo'yibdi.Podsho kelib uchinchi marta ham yigitni topa olmabdi.Qiz osh qilib,oftobada podshoning qo'liga suv quyìbdi.Podsho diqqat bo'lib:

-Mayli chiqaversin!-debdi.Oftoba bir yumalab yigitga aylanib,podsho bilan birga o'tirib osh yebdi.

Podsho ertasiga yigitni o'z uyiga chaqirib ketibdi.Qiz yigitga:"Boraverishingizda katta darvoza bor.Shu darvozaning ikki qanotida uchtadan oltita it bor.Shu darvozaning ikki qanotida uchtadan oltita it bor.Ularning hammasi qora,biroq bittasining peshonasida qashqasi bor.Ana shu itni ushlang"!-debdi.Yigit borsa qiz aytganidek,darvozaning ikki qanotida itlar turibdi.Yigit hech qo'rqmasdan borib itni ushlab:"Turing,podshohim!"-debdi.Podsho iqror bo'lib,bir yumalab o'rnidan turibdi.Ertasi yigit ikkinchi marta podsho saroyiga bormoqchi bo'libdi,qiz unga:

-Borasiz,to'g'ri ichkari uyga kirasiz,uning ham ichida yana bitta uy bor.Ana shu uyda qirqta qilichni terib qo'ygan.Hammasi qora sopli,ammo bittasining sopi oq.O'shani ushlaysiz!-debdi.Yigit borib,xuddi qiz aytgandek oq sopli qilichni ushlabdi va uni ham topib kelibdi.Yigit ertasiga uchinchi marta podshonikiga jo'nabdi.Xotini unga:"Borasiz,yo'lda bir qamishzor uchraydi.Ana shu qamishlar hammasi oq,lekin bir to'p qamish yosh,ko'm-ko'k bo'lib turibdi.Agar qo'rqsangiz,men to'rg'ay bo'lib borib,o'sha qamishga qo'nìb,sayrab turaman,siz o'sha qamishni ushlaysiz,o'sha podsho bo'lib chiqadi",-debdi.Yigit to'qayga borsa,haqiqatan ham u yer qamishzor ekan.Bir vaqt "chur-chur"to'rg'ay ovozi eshitilibdi.Yigit ham yugurib borib,o'sha qush qo'ngan qamishni ushlab:"Turing,podshohim",-debdi.

Podsho o'rnidan turib,yigitning topganiga qoyik qolib va'dasiga ko'ra hamma mollarini,butun davlatini taxtini ham yigitga topshirib,saroydan chiqib ketibdi.

Yigit esa,podshoning o'rniga podsho bo'lib murod maqsadiga yetibdi.

 

"Oltin beshik"o'zbek xalq ertaklari

Keksa sulton

keksa sulton

Bir bor ekan,bir yo'q ekan.Sulton ismli,egasiga juda vafodor bir it bo'lgan ekan. U o'z xo'jayniga uzoq yillar sodiq xizmat qilar,qo'ylar-u tovuqlarini qo'riqlab kelarkan.Oradan yillar o'tgan sayin,it keksaya boshlabdi va oldingidek kuch quvvatini yoqotibdi keksa sulton.

Kunlardan bir kun fermer itidan noliy boshlabdi va xotiniga debdi,

- ''Men ertaga fermadagi ishlarimni tugatgach ,Sultonni uzoq o'rmonga olib borib tashlayman,U endi keksayib ishga yaroqsiz bo'lib qoldi''. Uning xotini itga achina boshlabdi va erining bu fikridan qaytarmoqchi bo'libdi,
-''Axir Sulton sizning eng vafodor itingiz-ku! Qanday qilib,bizga uzoq yil xizmat qilgan itdan kasal holida voz kechmoqchisiz,axir u o'lib qolishi mumkun''. Fermerning jahli chiqa boshlabdi va qa'tiy oxangda debdi, -''Bo'ldi bas! Men kasal itga qarab o'tmoqchi emasman,uning og'zida xattoki tishlari xam qolmagan,o'g'rilar xam undan qo'rqmay qo'yishgan,qo'ylarni xam yaxshi qo'riqlay olmayapti,qarorim qa'tiy!''
Bechora it eshik ortida,fermer va uning xotinining suxbatini eshitib yotardi,ertaga egasi undan voz kechmoqchi ekanligini eshitib Sultonning ko'zlariga yosh keldi. U yuragidagi g'amni,o'rmonda yasho'vchi do'sti Bo'rivoyga aytish uchun,u tomonga yo'l oldi. Bo'rivoy,Sultonning gaplarini eshitdi-da,
keksa sulton

- ''Obbo,Sultonvoy-ey ko'rdingmi? Sen xo'jayningga necha yillar sodiq xizmat qilib kelding,u bo'lsa sendan voz kechmoqchi'', -deb bosh qashlabdi. -'' Mayli sen qayg'urma,menda bir ajoyib reja bor,eshit'' -deya itning qulog'iga

shivirlab,gapini davom ettirbdi, -'' Ertaga ertalab xo'jayning va uning xotini dalaga ishlashga chiqishgan vaqtda,sen xam ular bilan borgin.Odatda ular ishlayotgan vaqtda chaqaloqlarini suv bo'yidagi yaylovda qoldiradilar.Shu vaqtda men yugurib kelib,chaqaloqni olib qochaman va sen meni ortimdan quvlaysan,men go'yoki sendan qo'rqqan bo'lib chaqaloqni yo'lga tashlab ketaman.Keyin sen ularga bolani qaytarib olib kelib berasan.Qarabsanki,sen qahramonga aylanasan va farzandlarini olib kelib berganing uchun,ular sendan voz kechish xaqida boshqa o'ylashmaydi.Sen xushyor bo'lib turgin''.


Sultongga bu reja yoqib tushibdi va ular xayrlashishibdi.

Ertasiga ertalab fermer va uning xotini daladagi ishga berilib ketibdilar. Kelishilgandek shu vaqtda bo'ri o'rmondan yugurib,fermerchining chaqalog'ini olib qochibdi.Buni ko'rgan fermer va uning xotini daxshatdan qichqirib yuborishibdi.


Sulton esa kelishilgandek bo'rining ortidan quvib,chaqaloqni qutqargandek bo'lib,xo'jayniga olib borib beribdi.
Keksa Sulton,farzandini bo'ridan qutqarib qolganini ko'rgan fermer juda quvonib ketibdi va xotiniga debdi,
-''Qani Sultongga tezda mazzali atala pishirib ber,uning tishlari yo'q,qattiq suyak yeyman deb qiynalmasin. Mening yumshoq orom kursimni xam Sultonga ber,u bizning qahramonimiz!''. Shu
voqeaan so'ng it yanayam mexr va e'tibor bilan parvarishlanibdi. Farzandimni bo'ridan qutqarib qoldi deya o'ylagan fermer va uning xotini Sultonga astoydil mehribonchilik ko'rsata boshlashibdi.

Shu zayl o'tayotgan kunlarning birida,Bo'rivoy Sultonning yoniga kelibdi va do'stining xamma ishlari joyida ekanligini ko'rib gap boshlabdi,
-''mening rejam ish berdi-da Sultonvoy! Sen mendan qarzdorsan,endi bunday qilamiz,sen xo'jayning boqayotgan qo'ylardan eng semizini menga tanlab olib qo'ygin,men ertaga kechqurun xamma uxlaganida kelib olib ketaman''. Sulton rozi bo'lmabdi,
-''Yo'q,men xo'jaynimga sodiqman,bunday qilolmayman',men xo'jaynimga xammasini aytib beraman''-debdi.Bo'rivoy do'stini xazillashayapti deb o'ylabdi-da, -''Bo'ldi,gap bitt,ertagacha''- deb ortiga qaytibdi.

It bor gapni egasiga aytib beribdi va bo'rining qora niyyati xaqida egasini ogohlantiribdi.Ertasiga kechqurun qo'yni olib ketish ilinjida kelgan bo'rini eshik ortida payt poylab turgan fermer savalay boshlabdi. Buni kutmagan Bo'rivoy zo'rg'a qochib qutulgach,ertasiga Sultonni jangga chaqiribdi.Ertasiga Sulton do'sti mushuk bilan jangga otlanishibdi. Uzoqdan Sultonni kelayotganini ko'rgan Bo'rivoyni qo'rquv bosibdi.

-''o'zi bilan miltiq olib kelgan bo'lsaya!'-debdi o'ziga o'zi.Mushuk Sultonning ustiga minib kelayotgandi va mushukning dumi uzoqdan Bo'rivoyga miltiqga o'xshab ko'rinardi.
- ''Ana,aytmadimmi,o'zi bilan miltiqni olib kelyapti!''-deya qo'rquv bilan,daraxtga chiqib olibdi. Buni ko'rib Sulton xayron qolibdi va debdi,
-''Nega daraxtga chiqib olding Bo'rivoy,tush jang qilamiz! Bo'rivoy rozi bo'lmabdi va Sultonning miltiq ko'tarib kelganiga norozilik bildiribdi. Sulton va mushuk bo'rining gaplariga qah-qah otib kulib yuborishibdi. Sulton debdi,
-''Bu miltiq emas,do'stim mushukvoy-ku!''
Bo'rivoy o'zining qo'rqoqligidan uyalibdi va daraxtdan pastga tushayotib,yerga qattiq yiqilibdi.Bo'lgan voqeadan xijolat bo'lgan Bo'rivoy,Sultondan kechirim so'rabdi va yana avvalgidek do'st bo'lib qolishlarini iltimos qilibdi.


Ana ko'rdingizmi bolajonlar,do'stlik xech narsa talab qilmasligi kerak,biron manfaat yuzasidan do'st tutunish noto'g'ri,buni tushunmagan Bo'rivoy esa o'z jazosini oldi!

Hansel va Gretel

Qadim zamonda Hansel va Gretel ismli aka singil bo'lgan ekan. Onasi ular chaqaloqligida vafot etgan ekan. O'tinchi otasi xotini o'lgandan bir necha yil o'tib yana uylanibdi. O'tinchining xotini boy oiladan kelgan emish. O'rmon ichida vayrona uyda yashash unga yoqmas emish. Ustiga ustak o'gay bolalarini ham yomon ko'rarkan. 

Hansel va Gretel bir kuni kechasi uxlash uchun tayyorlanarkan, o'gay onasining otasiga, " Juda kam oziq ovqatimiz qoldi. Agar bu bolalaringdan qutulmasak, hammamiz ochlikdan o'lamiz. " deyotganini eshitib qolibdi. Otasi o'gay onasiga qarshilik qilibdi. " Tortishib o'tirishga hojat yo'q, men qarorimni aytdim, ertaga ularni o'rmonga tashlab kelamiz. ! " debdi xotini. 

" Havotir olma, uyimizni yo'lini topib kelamiz. " deb singlisi yupatibdi Hansel. 

Shu oqshom Hansel ko'chaga yashirinchi chiqib sumkasiga bir qancha tosh yig'ib olibdi. Tong otgach oilaviy yo'lga tushibdilar. Hansel sumkasidagi toshlarni hech kimga bildirmasdan yo'lga tashlab o'tgan yo'llarini bilgilab ketibdi. Otasi va o'gay onasi ular uchun bir olov yoqibdi va tez qaytishini aytib qaytib ketishibdi. Lekin qaytib kelishmabdi. Hansel va Gretel bir o'zlari qo'rqqanidan olov yonida oy chiqishini kutishibdi. So'ngra oy yorug'ida toshlarni ko'rib bir zumda uyini yo'lini topib kelishibdi. Otasi ularni ko'rib xursand bo'libdi. O'gay onasi ham o'zini xursand bo'lgandek qilib ko'rsatibdi. Aslida esa qarorini o'zgartirmabdi. Uch kundan so'ng ulardan yana qutilishni xoxlabdi. Oqshom bolalar yotgan xonani qulflab qo'yibdi.Bu safar Hanselning tosh yig'ishiga yo'l qo'ymabdi.Lekin Hansel aqlli bola ekan. Ertalab yo'lga chiqargan Hansel oqshom sumkasiga yashirib qo'ygan nonni olib ushoqlarini yerga tashab belgi qo'yib ketaveribdi. Otasi va o'gay onasi ularni yana o'rmonga tashlab qaytib ketishibdi. Hansel va Gretel ularni kelmasligini bilib, sabr bilan oy chiqib yo'llarini yoritishini kutishibdi. Ammo bu safar orqada qoldirgan izlarini topa olishmapdi. Chunki qushlar barcha non ushoqlarini yeb tugatishibdi. Bu safar bolalar rostdan ham adashib qolishibdi. O'rmonda uch kecha kunduz ochlik va qo'rquvdan titrab yurishibdi. Uchinchi kuni bir daraxtning shoxida bir qushni ko'rishibdi. Qush chiroyli ovozi bilan ularga qo'shiq kuylab beribdi. Ular esa ochliklarini unutib qushning orqasidan yura boshlabdi. Qush ularni ajoyib bir uy oldiga olib boribdi. Bu uyning devorlari nondan, tomi tortdan, derazalari esa shakardan emish. 

Bolalar hamma narsani unutib uy tomon yuguribdi. Endi Hansel va Gretel bir derazadan bir parcha yemoqchi bo'lishgan ekan, ichkaridan bir ovoz eshitilibdi. " Uyimni kim yeyapti ? 

Qarashsa bir kampir chiqibdi. " Voy bechoraginalarim meni, ichkariga kiringlar. " debdi kampir. Ular ichkariga kiribdi va hayotida hech yemagan narsalarni yeyishibdi. Oqshom yumshoqqina yotoqlarda yotishibdi. Lekin ertalab hamma narsa o'zgaribdi. Qari kampir ularni tuzoqqa tushirish uchun atayin uyini non va shakardan qilgan yalmog'iz ekan. Yalmog'iz Hanselni sochlaridan tortib bir xonaga qamab qo'yibdi. So'ngra Gretelni sudrab oshxonaga kirgizibdi. " Akang men uchun ovqat, sen unga ovqat pishirib uni semirtir. Semirib kattaroq bo'lsa mazza qilib yeyman. Lekin sen hech narsa yemiysan hamma ovqatni u yeydi. " debdi yalmog'iz Gretelga. Gretel yig'labdi, yig'labdi ammo nailoj yalmog'izning aytganlarini qilibdi.

Lekin Hanselying aqli joyida emish. Ko'zlari yaxshi ko'rmaydigan yalmog'izni aldamoqchi bo'libdi. Yalmog'iz har kuni semirib semarmaganini aniqlash uchun Hanselning barmog'ini tekshirib ko'rarmish. Hansel esa barmog'i o'rniga bir tovuq suyagini berarmish. " Yo'q, bo'lmaydi. Men hohlagandek semirmabdi. " deb baqirarmish yalmog'iz. So'ngra oshxonaga borib Gretelga ko'proq ovqat qilishini talab qilarmish. Shu tarzda bir oy o'tibdi. Bir kuni yalmog'izning sabri tugabdi. 

" Bugun Hanseldan ajoyib taom tayyorlayman. O'choqqa qara xamir pishibdimi? " Debdi yalmog'iz. Qo'rquv bilan yashagan bo'lsada Gretelning aqli hali joyida emish. Yalmog'iz uni o'choqqa itarib yuborishini tushinibdi. " Boshimni o'choqqa tiqolmiyapman, xamirni ko'rolmiyapman. " deb bahona qilibdi Gretel. Yalmog'iz Gretelni chetga etarvorib, o'zi o'choqqa qarayotganda Gretel bor kuchi bilan yalmog'izni o'choq ichiga itarib yuboribdi. 

Shunday qilib ular yalmog'izdan qutulishibdi. Ammo uylariga qanday ketishni bilmasmishlar. Biroz vaqt o'tib oldilaridan daryo chiqibdi. Bir o'rdak oldin Hanselni keyin Gretelni qarshi tomonga o'tkazibdi. Bolalar birdan paydo bo'lgan joyini tanibdilar. Va uylari tomon yuguribdilar. Ularni ko'rgan otasi judayam xursand bo'libdi. Sevinch ko'z yoshlari bilan ularni tashlab kelgandan so'ng pushaymon bo'lganini, va bag'ri tosh o'gay onasini haydab yuborganini aytibdi. Hansel va Gretel yalmog'izning uyidan topgan oltin va olmoslarni chiqarishibdi. Shunday qilib ular umrilaring oxirigacha baxtli hayot kechiribdilar. 

Muqbil toshotar

Bor ekan, bir yo‘q ekan. O’tgan zamonda Buxoro shahrida bir zolim podshoh bor ekan. Uning bir chiroyli qizi bor ekan. Uning nomi Mehrinigor ekan.

Yuzining nuri oyni xira qilar ekan.Mehrinigor chiroyli, kuchli va g‘ayratli qiz ekan. Yuziga niqob tortib, xuddi yigitlar singari, yonida qilich-qalqon osib, ko‘p vaqtini ovda o‘tkazar ekan. Mehrinigor bir kuni sakkiz yuz yigit bilan ovga chiqibdi, yura-yura, bir tog‘ga yetibdi. Tog‘ juda baland ekan, bir tomoni to‘qay ekan. Tog‘ning bir chekkasidan bir chiroyli kiyik chiqib qolibdi. Mehrinigor yigitlarga qarab: “Mana shu kiyikni o‘rtaga olinglar, uni tirikligicha tutishimiz kerak, kiyik kimning yonidan o‘tib ketsa, shu odamga jazo beraman”, debdi. Sakkiz yuz odam har tarafdan davra olib kiyikka kamon tashlabdi.Kiyik chaqqonlik qilib malikaning yonidan o‘tib ketibdi. Malika juda g‘azablanib, kiyikning ketidan ot qo‘yibdi. Yetib olib o‘q otibdi, tegmabdi. Malika ot qo‘yib ketayotganida tog‘ning bir chekkasidan bir yo‘lbars chiqib, malikaga yuguribdi. Ot yo‘lbarsdan hurkib orqaga tislangan ekan, malika otdan yiqilib tushibdi. Yo‘lbars malikaga yetishiga ikki qadam qolganda, yaqinda turgan cho‘pon tosh bilan yo‘lbarsning manglayiga bir uribdi. Yo‘lbarsning boshi tars yorilib, yerga cho‘zilibdi. Cho‘pon yugurib kelib malikani o‘rnidan turg‘azibdi. Malika uyalib hech narsa deyolmabdi.Shu vaqt sakkiz yuz yigit yetib kelibdi, malikani bu ahvolda ko‘rib hayron bo‘lishibdi.

Cho‘pon bechora nima qilishini bilmabdi. Malika darhol otga minib, qo‘lidagi uzugini cho‘ponga uzatibdi.Malika saroyga qaytgandan keyin bir necha vaqtgacha ovga chiqmabdi. Endi gapni cho‘pondan eshiting.Bechora cho‘pon malikadan ajrab qolgandan keyin uyiga bazo‘r yetib kelibdi. Qattiq kasal bo‘lib yotib qolibdi. Cho‘pon tog‘ xalqining eng yaxshi ko‘rgan farzandi ekan, uning ism-laqabi Muqbil toshotar ekan. Muqbilning to‘satdan kasal bo‘lib qolganiga tog‘ xalqi hayron bo‘libdi.Muqbil tog‘ xalqining podasini boqib, uni yirtqich hayvonlardan saqlar ekan. Cho‘pon har qanday yirtqich hayvonni bitta tosh bilan urib yiqitar ekan. Yirtqichlar Muqbildan qo‘rqib, tog‘ xalqining yaqiniga, poda boqiladigan yaylovlarga yo‘lamas ekan. Muqbil kasal bo‘lgandan keyin, yirtqichlar tog‘ xalqining mol-joniga hujum qila boshlabdi.Muqbil toshotarning qartayib qolgan otasi bilan onasi bor ekan. Ular Muqbilning kasaliga kuyib yig‘lashar ekan. Tog‘ odamlari Muqbilni har kuni ko‘rgani kelisharekan. Ular ichida bir donishmand chol bor ekan.

U bir kuni Muqbildan so‘rabdi:— O’g‘lim, sening kasaling unaqa-bunaqa kasal emas, ishq kasali bo‘lsa kerak. Rostiniayt, bolam, bu dard senga qaydin keldi? Kimga oshiq bo‘lib qolding?Cho‘pon yotgan joyida ko‘z yoshi qilib:— Ey, ota, nimasini so‘raysiz. Mening dardim tuzalmaydigan dardga o‘xshaydi, — debdi.Shunda chol yana:— Jon bolam, yuragingdagi dard-hasratingni ayt. Agar sen yaxshi ko‘rgan qiz osmondagi oy bo‘lsa ham olib beramiz, — debdi.Cho‘pon malikani ko‘rganini, uning uzuk berganini birma-bir aytibdi.Chol yigitning dardi ishqdan ekanligini bilib,bu sirni tog‘ xalqiga aytibdi:— Bizning Muqbil toshotarimiz podshoh qizi Mehrinigorga oshiq bo‘libdi.

Endi bunga biz iloj topishimiz kerak, bo‘lmasa Muqbilning dardi yana og‘irlashadi, — debdi.Tog‘ odamlari o‘ylashib turib:— Podshoh qizini Muqbilga bermaydi, — deyishibdi. Keyin ulardan biri:— Shunday bo‘lsa ham kishi yuborib ko‘ramiz, bersa bergani, bermasa boshqa biror chora ko‘rarmiz. Muqbilni yo tilagiga yetkazamiz, yo podshohning g‘azabiga uchraymiz, — debdi.Donishmand chol bir qancha kishini ergashtirib, podshoh qiziga sovchi bo‘lib boribdi. Podshoh ularga qarab:— Xo‘sh, nima arzlaring bor? — deb so‘rabdi.Donishmand chol hamma voqeani bayon qilib, keyin:— Shohim, biz sizga qulchilikka keldik, — debdi. Podshoh tutoqib ketib:— E, nodonlar, mening qizimga senlar sovchi bo‘lib keldilaringmi? Bu qanday nomus, yo meni mensimaysanlarmi? — deb sovchilarni zindonga soldiribdi. Keyin lashkarlariga qarab:— Hammangiz borib sahroyilarning mol-mulkini olib keling. Muqbilni tiriklayin tutib keltiring! — debdi.Lashkarlar tog‘ odamlarining mol-hollarini och bo‘riday talab, ko‘p jabr-zulm qilibdilar.

Muqbilning otasi hamma voqeani o‘g‘liga aytib beribdi. Shunda Muqbil:— Hali meni deb bechora xalq shu ahvolga tushdimi, — debdi-yu, palaxmonini yelkasiga osib, jang bo‘layotgan joyga ot choptirib ketibdi. Borib qarasa, podshoh lashkarlari hali ham xalqni ezib-yanchib talayotgan ekan. Muqbil darhol ularga qarshi jang boshlabdi. Lashkarlarning allaqanchasini qirib tashlabdi. Qolganlari o‘rdaga qarab qochishibdi. Borib podshohga arz qilishibdi:— E, shohi olam, Muqbil toshotar juda zo‘r yigit ekan. Har qanday odamni bir musht ursa, til tortqizmay o‘ldirar ekan. Bir qancha lashkar o‘ldi, biz dargohingizga qochib qutuldik.Podshoh bo‘g‘ilib, butun lashkarini yig‘diribdi, o‘zi bosh bo‘lib, jangga kiribdi.Muqbil uzoqdan turib tosh bilan lashkarlarning boshlarini uchiraveribdi.Podshoh Muqbilga baravar kelolmasligiga ko‘zi yetib, unga mana shu xatni yuboribdi:“E, pahlavon yigit! Qizimni senga berishga roziman. Lekin bir shartim bor: ikki qo‘lingda to‘rttadan sakkizta yo‘lbarsni yetaklab kelasan. Agar shu shartimni bajo keltirsang, qizim seniki”.Muqbil bu shartni qabul qilibdi, ammo podshohdan zindonda yotgan begunohlarni chiqarib yuborishni talab qilibdi. Podshoh bu talabni qabul qilibdi, zindondagilarni bo‘shatib yuboribdi.Muqbil tog‘ xalqidan rozilik olib, yakka o‘zi yo‘lbars qidirib ketibdi. Yura-yura bir to‘qayzorga yetibdi.

Qamishzorda uxlab yotgan bir yo‘lbarsni ko‘rib qolibdi. Vaqtni qo‘ldan bermay, bora solib uni bo‘g‘ibdi. Yo‘lbars o‘rnidan turib Muqbil bilan olisha ketibdi. Muqbil yo‘lbarsni mahkam bo‘g‘ib olib, mushuk boladay qo‘lida o‘ynatib, bir-ikki marta yerga uribdi. Yo‘lbars gangib qolgandan keyin, tumshug‘iga behush qiladigan dori tutib, uni hushidan ketkizibdi,burnidan buroz solib, yo‘g‘on zanjir bilan daraxtga bog‘lab, yana yo‘lga tushibdi.Yurib-yurib bir tog‘ga chiqibdi, unda yana bir yo‘lbarsga duch kelibdi. U bilan olishib, uni ham yengibdi: zanjir bilan bir katta daraxtga bog‘labdi. Shu yo‘sinda sakkizta yo‘lbarsni tutib bog‘labdi.

Keyin ularning hammasini bir joyga yig‘ib, birin-ketin hushiga keltirib, tepib-tepib qo‘rqitib qo‘yibdi. Yo‘lbarslar qo‘rqqanidan boshlarini quyi solib, dir-dir titrar emish. Muqbil sakkiz yo‘lbarsni yetaklab yo‘lga tushibdi, yettinchi kuni kechqurun qishlog‘iga yetib kelibdi. Muqbilning o‘lja bilan omon-eson kelganini ko‘rgan qishloq xalqi juda sevinibdi.Muqbil erta bilan qo‘lida to‘rttadan sakkizta yo‘lbarsni yetaklab, podshoh saroyiga boribdi.“Muqbil toshotar shartni bajarib, sakkizta yo‘lbarsni yetaklab kelayotir”, deb hammaning yuragiga g‘ulg‘ula tushibdi. Odamlar uni ko‘rishlari bilan to‘s-to‘s bo‘lib qocha boshlabdilar. Yasovullar bu xabarni podshohga yetkazibdilar. Podshohni vahima bosib: “Men uni o‘lib ketar deb o‘ylagan edim, attang, tirik qolibdi”, deb bir qancha lashkar bilan Muqbilni kutib olishgachiqibdi. U noiloj bunday debdi:— Balli, o‘g‘lim, balli! Shartimni bajaribsan.

Endi qo‘lingdagi yo‘lbarslarni tog‘ga eltib, o‘sha yerda terilarini shil. Bu ishni qilib kelganingdan keyin senga yana bir shartim bor. Bu shartim shuki, Hotamtoyning boshini kesib keltirasan. Uning bitta yaxshi oti bor, shuni ham olib kelasan. Ana shundan so‘ng senga qizimni beraman.Shohning va’dasida turmaganligi Muqbil toshotarga yoqmabdi. Muqbil o‘zicha o‘ylabdi: “Balki Hotam qaroqchi, xalqqa jabr qiluvchi kishidir. Bo‘lmasa uning boshi podshohga nima uchun kerak bo‘ladi. Xo‘p, mayli, shunday ekan, ikkinchi shartni ham o‘rniga qo‘yay. Shoyadki xalq zulmdan qutulsa”.So‘ngra Muqbil qishloqdagi yor-do‘stlari bilan xayrlashib, Hotamning boshi bilan otini olib kelishga jo‘nab ketibdi. Muqbil bir qalandar suratiga kirib safarga chiqibdi, to‘rt oy deganda Hotamtoyning shahriga yetibdi. “Shu kecha biron joyda qo‘nay”, debo‘ylab borayotgan ekan, katta anhor bo‘yidaqirq yoshlar chamasidagi bir odam otini yuvib turganini ko‘ribdi. Muqbil undan:— Hotam shahardami yo biror yoqqa ketganmi? — deb so‘rabdi. Ot egasi javob beribdi:— Hotamtoy shaharda. Yo‘l bo‘lsin, yigit. Musofirga o‘xshaysiz.

Bugun biznikida mehmon bo‘ling, Hotamtoy oldiga ertaga borarsiz.Muqbil o‘zicha: “Ayni muddao bo‘ldi” deb sevinib, haligi odamning uyiga boribdi. Uy egasi Muqbilni yaxshilab mehmon qilibdi. Vaqt yarim kechadan og‘ganda uy egasi Muqbildan so‘rabdi:— Yaxshi yigit, Hotamtoyda nima ishingiz bor edi?— Ha, zarur ishim bor edi. Siz uni taniysizmi? O’zi qanday odam?— Ha, Hotamni taniyman, u shu shaharning kattasi bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham boshqashohlar singari taxtda o‘tirmaydi, faqir singari xalq orasida yuradi. U kishida qanday ishingiz bor edi? — deb yana so‘rabdi uy egasi. Shunda Muqbil ancha noqulay ahvolga tushib, biroz jim qolibdi. O’zicha: “Hotamtoy xalq orasida yursa, fuqaroga yomonlik qilmasa, yomon odam emas ekan-da”, deb o‘ylabdi, keyin bunday debdi:— Men juda hayron bo‘lib qoldim. Yurtimiz podshosining amri bilan Hotamning boshini olib ketgani kelgan edim. Gapingizga qaraganda Hotam juda bahodir yigit ko‘rinadi. Men endi u bilan maydonda qanday olishar ekanman?Uy egasi Muqbildan:— Hotam sizga nima yomonlik qilgan edi? —deb so‘rabdi.— Hotam-ku menga yomonlik qilgan emas, — debdi Muqbil. So‘ngra Hotamni nima uchun o‘ldirgani kelganini birma-bir aytib beribdi.— Siz bu kecha yaxshilab dam oling, — debdi uy egasi, — erta bilan sizni Hotamga olib boray.

Muqbil uy egasidan minnatdor bo‘lib, uyquga ketibdi. Tong otibdi. Ertalab nonushtadan keyin Muqbil:— Qani, Hotamning uyini menga ko‘rsatib qo‘ying, — debdi. Uy egasi:— Hotam men bo‘laman. Podshoh aytgan otni bisotimda boshqa narsa bo‘lmaganidan, kecha so‘yib, sizga ovqat qildim. Siz oshiq yigit ekansiz, siz uchun bitta bosh emas, mingtasi ham qurbon bo‘lsin, — deb Muqbil oldiga tiz cho‘kib, boshini tutibdi. Muqbil Hotamning mardligini ko‘rib, yig‘lab yuboribdi.So‘ngra bunday debdi:— Yo‘q! Sizning boshingizni kesadigan qo‘lim qirqilsin! Podshoh qizini bermasa, bermay qo‘ya qolsin. Men sizdek saxiyning qurboni bo‘lay!

Hotamning bir o‘g‘li bor ekan, otasiga qarabdebdi:— Mehmon to‘g‘ri aytadilar. Baribir, siz boshingizni berganingiz bilan: “Bu bosh Hotamniki emas”, deb uchinchi shart qo‘yishdan toymaydi.So‘ngra Muqbilga qarab:— Otam siz bilan birga borsinlar, agar otamning boshi bilan sizdek muhtoj kishining hojati chiqadigan bo‘lsa, men mingdan mingga roziman, — debdi.O’g‘lining so‘zini Hotam ma’qullab debdi:— Men bironta muhtoj odam hatto boshimni so‘rab kelganda ham ayamayman, deb ahd qilgan edim. Endi murodimga yetdim.Muqbil nima qilarini bilmay, noiloj Hotam bilan yo‘lga tushibdi. Ular bir qancha kundan keyin Buxoro shahriga yetib kelibdilar. Muqbil Hotamni tashqariga qo‘yib, o‘zi podshoh saroyiga kiribdi. Podshoh Muqbilni ko‘rishi bilan darhol:— Qani, Hotamning boshi bilan otini olib keldingmi? — deb so‘rabdi.— Hotam saxiy yigit ekan, bilmasdan men uning uyiga borib, mehmon bo‘lib qolibman. Bisotida boshqa narsasi bo‘lmaganidan otini so‘yib, mendek bir musofirni mehmon qildi. Mening ahvolimni bilib, boshini qilichga tutib berdi. Lekin menshunday mard, saxiy kishining boshini emas, o‘zini tiriklayin olib keldim, — debdi. Podshoh:— Qani Hotamning o‘zi! — deb qichqiribdi. Muqbil podshohdan Hotamni boshlab kelishga ijozat so‘rabdi.Podshoh bosh qimirlatib ijozat beribdi. Muqbil Hotamni podshohga ro‘para qilibdi.

Hotam podshohga salom beribdi. Podshohning rangi qochib, badaniga titroq turibdi. Keyin Hotam podshohga qarab:— Siz yo‘qlagan Hotam men bo‘laman, —debdi.Podshoh Muqbilga qarab:— Men senga “Hotamning boshini keltir”, degan edim. Sen buni tiriklayin olib kelibsan, — degan ekan, Hotam:— Men o‘z yurtimda boshimni bu yigitga tortiq qilgan edim, unamadi. Noiloj o‘zim birga keldim. Mana, marhamat, boshimni kestiring, shu bechorani murodiga yetkazing, — debdi.Podshoh Hotamni o‘limga buyuribdi. Jallod Hotamni olib ketayotganda Muqbil chidolmabdi: bir musht urib jallodning yuzini teskari qilib qo‘yibdi, keyin podshohga g‘azab bilan:— Sen qanday nomardsan! Shunday begunoh, mard, oliyjanob yigitni o‘ldiradigan bo‘lsang, qizingni bermay qo‘ya qol! Agar o‘ylaganing odam o‘ldirish bo‘lsa, Hotam o‘rniga meni o‘ldir, — debdi.

Podshoh tutoqib bo‘g‘ilibdi va Muqbilga qarab:— O’ldirsam sendan qo‘rqamanmi! — deb jallodni chaqiribdi, Muqbilni o‘limga buyuribdi:Shu payt ichkaridan Mehrinigor yugurib chiqib, o‘zini Muqbilga tashlabdi. Podshoh g‘azab bilan:— Uni ham o‘ldiring! — deb buyuribdi. Shunda Hotam:— Ey, xoin podshoh, senda rahm-shafqatdan asar ham yo‘q ekan, har qanday yirtqich hayvondan ham battar ekansan! — deb yugurganicha borib, podshohga hujum qilibdi. Bunga qarshi podshoh qilich o‘qtalgan ekan, Hotam podshohning qilichli qo‘lini mahkam ushlab, yuziga bir tarsaki uribdi. Podshoh taxtdan ag‘darilib tushibdi.

Hotam Muqbilga qarab:— Taxtga chiqib o‘tiring, yigit, — debdi.

Xalq zolim podshohni urib o‘ldiribdi, el-yurt so‘rashni Muqbilga topshiribdi. So‘ngra Hotamning o‘zi bosh bo‘lib Mehrinigorni to‘y-tomoshalar bilan Muqbilga olib beribdi.El-yurt tinch va farovon umr kechira boshlabdi.Shunday qilib, Muqbil toshotar bilan Mehrinigor ikkisi murod-maqsadiga yetibdi.

Zumrad va Qimmat

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, bir chol bor ekan. Uning Zumrad ismli qizi bor ekan. Chol bir qizi bor ayolga uylanibdi. Qizining ismi Qimmat ekan. O‘gay ona Zumradni yoqlirtmas ekan. Eng og‘ir ishlarni unga buyurar, qarg‘ab, urarkan. O‘zining qizini juda yaxshi ko‘rarkan, doim uni maqtagani maqtagan ekan.

Zumrad aqlli, chiroyli va muloym qiz ekan. Qimmat esa unga hech ham o‘xshamas ekan. U tantiq, qo‘pol va dangasa ekan. Kun bo‘yi ovqat yer, bo‘lar-bo‘lmasga urisharkan.

Har tong qushlar ham, gullar ham Zumradni qo‘shiq kuylab, olqishlab kutib olar, Qimmatni esa ular yoqtirmas edilar, chunki u gullarni yulib tashlar, tepkilar, qushlarga tinchlik bermasdi.

O‘gay ona bularni ko‘rib turardi. Zumraddan qutilmoqchi bo‘lib cholga:

-Agar q’izingni yo‘qotmasang, sen bilan birga yashamayman! Uni o‘rmonga olib borib tashla! — deb qichqiribdi.

Chol nima qilarini bilmay qolibdi. Kampir esa tinchlik bermasmish. Chol Zumradni o‘rmonga olib boribdi. Ular uzoq yurishibdi, o‘rmon ichiga kirishibdi.

Shu yerda o‘tirib tur, qizim. Men o‘tin kesib kelaman, — debdi chol. Uzoqroqqa borib, boltasini daraxtga osib qo‘yibdi: “Taq! Taq!”-bolta shamolda daraxtga urilarmish. Zumrad taqillagan ovozni eshitib, “otam o‘tin kesyapti” deb o‘ylabdi.

U otasini uzoq kutibdi, lekin darak bolmabdi. Taqillagan ovoz ham chiqmay qolibdi. Otasini qidirib yursa, bexosdan bolta osilgan daraxt tagiga borib qolibdi. Qarasa, otasi yo‘q emish.

Zumrad qo‘rqqanidan yig‘lab yuboribdi. U o‘rmonda uzoq yurib, adashib qolibdi. O‘rmon ichi qo‘rqinchli tusga kira boshlabdi. Ancha kech bo‘lib qolgan edi-da. Nihoyat bir yorug‘lik ko‘rina boshlabdi. Zumrad o‘sha tomonga qarab yura boshlagan ekan, bir kichkina uycha yoniga kelib qolibdi. Derazadan mo‘ralasa, ichkarida bir kampir o‘tirgan ekan. Eshikni taqillatib. ichkariga kiribdi. Salom beribdi. Keyin boshidan kechirgan voqealami aytib beribdi. Kampir sehrgar ekan. U Zumradni iliq, mehribonlik bilan kutib olibdi.

-Xafa bo‘lma, men senga yordam beraman. U Zumradni ovqatlantiribdi, ovutibdi, erkalabdi.

— Meni o‘z onamdek qabul qildingiz, — debdi Zumrad. — Sizga qanday qaytarsam ekan, men ishdan qochmayman, ishlaringizni jon-dilim bilan bajaraman.

Zumrad kampirga juda yoqib qolibdi. Uni erkalab, qo‘g‘irchoqlar beribdi, ertaklar aytib beribdi, qiziq-qiziq kitoblar ko‘rsatibdi.

Shunday qilib ular ancha kun birga yashashibdi. Zumrad kelgach, uy saranjom-sarishta, chinniday toza bo‘lib qoldi.

Bir kuni kampir osh qilmoqchi bolib:

Qizim, tomga chiqib o‘tin olib tushgin, — debdi Zumradga.

Xo‘p bo‘ladi, buvijon, — deb Zumrad tomga chiqibdi.

Tom juda baland ekan, u yerdan hammayoq ko‘rinar ekan. Qiz atrofni tomosha qilib turib, qadrdon uyiga ko‘zi tushibdi. Yuragi uvishib, yiglab yuboribdi.

Nega yig‘layapsan, jon qizim? so‘rabdi

kampir.

— Uyimizni ko‘rib qoldim, otamni sog‘indim, — deb Zumrad yig‘lab yuboribdi.

Kampir uni yupatibdi, osh eyishibdi, keyin ertak aytib beribdi. Qiz uxlab qolibdi.

Qizginam, o‘yinchoqlaringni yig‘ishtir. Seni uyingga jo‘nataman, -debdi kampir.-Tomda qizil va oq sandiq bor. Oq sandiqni qoldirib, qizil sandiqni olib tush.

O‘zi esa o‘rmonga kirib ketibdi. Zumrad narsalarini yig‘ishtirguncha, u saman ot qo‘shilgan aravani yetaklab kelibdi. Aravaga qizil sandiqni joylabdi, Zumradni esa o‘tqazib:

Kalitni ushla. Uyingga borganingdan keyin sandiqni ochasan, debdi.

Qiz kampirga minnatdorchilik bildirib, xayirlashibdi-da, yo‘lga tushibdi. Shu payt chol qizini sog‘inib, ostonada o‘tirgan ekan.

Salom, otajon! — deb otasining bag‘riga otilibdi.

Qizining soq‘-salomat ekanligidan xursand bo‘lgan chol, anchagacha ko‘z yoshlarini to‘xtatolmabdi.

Oppog‘im, men nodon cholni kechir!

Ular uyga kirishibdi. Qo‘ni-qo‘shnilar yig‘ilibdi. Zumrad kalit bilan sandiqni ochibdi.

— Voy-bo‘!!! — hayron bo‘ganliklarini yashirol mabdilar atrofdagilar.

Sandiq qimmatbaho kiyimlar, shoyi va taqinchoqlarga liq to‘la emish. Zumradning butun umriga yetib, ortar emish.

O‘gay ona esa bularni ko‘rib bezovta bolib, tipirchilab qolibdi. Shu ondayoq Qimmatni ham o‘rmonga olib borishni buyuribdi. Chol tezda otlanib, Qimmatni qalin o‘rmonga olib boribdi.

Kech kirganda Qimmat cholning boltasi osib qo‘yilgan daraxt tagiga kelibdi. Baqirib, ho‘ng-ho‘ng yig‘labdi. Vahimaga tushib, yugura boshlabdi, nihoyat, kampirning uyi yoniga kelib qolibdi.

— Xafa bolma, qizim, senga yordam beraman debdi kampir va uni ovqatlantiribdi, iliq so‘zlar aytibdi.

Lekin Qimmat yaxshi so‘zlar topib, kampirga minnatdorchiligini bildirmabdi. Kampir undan xafa bo‘libdi, qo‘g‘irchoqlar va rasmli kitoblar bermabdi, ertak ham aytib bermabdi.

Kunlar, haftalar o‘taveribdi. Qimmat ertadan kechgacha yalqovlanib o‘tiraverar, uyni yig‘ish- tirmas, kampirga ham yordam bermabdi. Uy ham iflos va chang bolib ketibdi.

Bir kun kampir Qimmatga:

-Tomga chqib, o‘tin olib tush, qizim,- debdi.

Sizga kerak boisa, o‘zingiz olib tushing, — deb javob qaytaribdi Qimmat.

Kampir uni tomga chiqishga zo‘rg‘a ko‘ndiribdi. Qimmat tomga chiqib, o‘tin olib tushish o‘rniga, o‘tirib olib yig‘lay boshlabdi.

— Nega yig‘layapsan, qizim? — deb so‘rabdi kampir.

— Uyimni ko‘rib qoldim, ketgim kelyapti, — deb yig‘isini davom ettiribdi Qimmat.

Ha, mayli, boraqol. Tomdagi sandiqni o‘zing bilan olib tush.

Qimmat xursand bo‘lib ketibdi sandiqni tomdan olib tushibdi.

Sandiqni uyingga borganda ochasan, — debdi kampir va qizga kalitni beribdi.

Lekin kampir Qimmatga ot, arava bermabdi, u sandiqni orqalagancha, uyiga piyoda ketibdi.

Qimmatni qaytayotganini olapar itlari sezibdi. It jahldor kampirni oldiga borib:

Vov, vov, vov! Opam kelayotir! Ilon tola sandiqni orqalab kelayotir, — deb vovullabdi.

Kampir g‘azablanib, tayoqcha bilan itni urib, oyog‘ini sindiribdi.

Mening aqlli qizim kelyapti, qimmatbaho mollar keltiryapti, — o‘zida yo‘q xursand emish kampir.

Qimmat uyiga zo‘rg‘a-zo‘rg‘a yetib kelibdi. Qo‘shnilar yig‘ilibdi. Qimmat onasi bilan sandiqni ochmaslik uchun ustiga o‘tirib olishibdi. Kechqurun sandiqni ichkari xonaga olib kirib, eshiklarni mahkam yopishibdi-da sandiqni ochishibdi-yu, “Voy, dod, qutqaringlar! Ajdar! Yordam beringlar!” — deb baqirishga tushishibdi.

Sandiqdan ikkita kattakon ajdar chiqib kampir bilan qizni yutib. derazadan chiqib ketishibdi.

“Dod-voy!”ni eshitib qo‘ni-qo‘shnilar yordam berish uchun yig‘lishibdi, eshikni buzishib ichkariga kirishsa, kampir ham, qizi ham yo‘q emish. Rosa qidirishibdi, topisholmabdi.

Chol Zumrad qizi bilan shod-xurram yashashibdi.

Non va tilla

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, O‘ktam degan bir kambag‘al dehqon bor ekan. Bir parcha non topsam, deb erta-yu kech ishlar ekan, bo‘sh qolsa qani endi davlat topib olsam-u, boyib ketsam, deb hayol surar ekan. Kunlardan bir kun O‘ktam, daraxt tagiga o‘tirib: “Olloh menga bir kuch bersa-yu, qo‘limni nimaga ursam, o‘sha narsa tillaga aylanib qolaversa, ana ushanda og‘ir mehnatdan qutulib, farovon hayot kechirgan bo‘lar edim”, ̶ deya hayol sura boshlabdi. To‘satdan uning qulog‘iga:
— O‘ktam! Hozir sen tilagingga yetasan! Qo‘lingni biron narsaga tekkizgin, darhol tillaga aylanib qoladi,- degan ovoz eshitilibdi.
O‘ktam o‘z quloqlariga ishonmabdi. Shunday bo‘lsa ham, bir toshga qo‘l tekkizgan ekan, tosh tillaga aylanib qolibdi.
O‘ktam o‘zida yo‘q xursand bo‘lib ketibdi. “Endi yer sotib olaman, dang‘illama uy quraman, atrofini bog‘-rog‘… Chiroyli ot va yaxshi kiyim-boshlar sotib olaman”, — deb o‘ylabdi.
U o‘rnidan turmoqchi bo‘lganida, qattiq charchagani va qorni ochiqqanidan yurishga darmoni yo‘qligini sezibdi.
“Ertalab uydan olib kelgan ovqatlarimni yeb olay”, — deb daraxt oldiga qo‘ygan to‘rvachasiga qo‘lini cho‘zibdi. O‘ktam nonni tishlab ko‘rsa, qattiq emish. Non ham tilla bo‘lib qolgan ekan.
To‘rvachada olma ham bor ekan. O‘ktam shosha-pisha olmani olsa, u ham tillaga aylanib qolibdi. Buni ko‘rgan O‘ktam hang-u mang bo‘lib qolibdi.
O‘ktam qo‘rqib ketibdi. Endi qanday qilib yeb-ichadi? Bu tillalar bilan qanday qilib yashaydi? Bu ahvolda ochlik va tashnalikda o‘lib ketadiku!
Nimaga qo‘lini tekkizsa, tillaga aylanib qolayotganini, azoblanib, ochlik va tashnalikda o‘lib ketishini ko‘z oldiga keltirgan O‘ktam shularni hayolidan o‘tkazibdi.
Shu payt u ko‘zlarini ochib, daraxt soyasida o‘tirganini ko‘ribdi-da, xomhayol qilganini anglabdi. Buni tush ekanligini bilgach, yelkasidan tog‘ ag‘darilganday bo‘libdi.
—Xudoga ming qatla shukur-a, bularning bari yomon tush ekan! — debdi u.
ERTAKLAR, O‘ZBEK XALQ ERTAKLARI

Yo‘lbars bilan tulki

Kunlardan bir kun tulki to‘qayzorda och yo‘lbarsga duch kelib qolibdi. Yo‘lbars bo‘kiribdi, tulki bo‘lsa qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolibdi. «Agar uni aldamasam ajalim yetdi», — debdi tulki o‘ziga-o‘zi. Nima qilish kerak?
Yo‘lbars tashlanay-tashlanay deb turibdi. Shunda tulki o‘zini qo‘rquvdan emas, kulgidan titrayotgan qilib ko‘rsatib: «Ha-ha-ha!» deb qulibdi.
Yo‘lbars hayron bo‘lib yerga o‘tiribdi-da:
— Nega kulayapsan? — deb so‘rabdi.
— Sen bechoraning holingga kulayapman-da! — deb javob beribdi tulki zo‘rma-zo‘raki kulgancha
— Nima? Senga kulayapman, deysanmi? — deb bo‘kiribdi yo‘lbars.
— Albatta, senga kulayapman-da! — debdi tulki. — Sen bechora hozir meni yemoqchi bo‘layapsan, mening bo‘lsa kulgim kelayapti. Ha-ha-ha! Axir sendan endi hech kim qo‘rqmaydiku! Lekin mendan hamma qo‘rqadi, hatto odamlar ham qo‘rqishadi!
Yo‘lbars o‘ylanib qolibdi: «Balki uning gapi to‘g‘ridir? Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, tulkiga tegish xavfli-ku!»
— Ishonmayotganga o‘xshaysan, — debdi tulki. — Yur, bo‘lmasa, agar odamlar mendan qo‘rqishmasa, meni dum-pumim bilan yeb qo‘yaqol.
Yo‘lbars rozi bo‘libdi, so‘ng ikkovlari yo‘lga tushishibdi. Dehqonlar shahardan qaytib kelayotgan yo‘lga yaqin borishibdi.
— Tez-tez yur, orqada qolma! — deb qichqiribdi tulki va o‘zi oldinga tushib yuguribdi.
Yo‘lbars katta-katta qadam tashlab, tulkining orqasidan boraveribdi. Odamlar qarashsa bahaybat yo‘lbars ular tomon kelayotgan emish. Birdan qiy-chuv ko‘tarib qichqirishibdida, bor narsalarini tashlab qocha boshlashibdi.
Shunda baland o‘sgan o‘tlar orasida ko‘rinmay ketgan tulki bo‘ynini cho‘zib yo‘lbarsga qichqiribdi:
— Xo‘sh, ko‘rdingmi? Odamlar dumimning uchini ko‘riboq shunchalik Qo‘rqib ketishdi. Senga hech kim qaragani ham yo‘q!
Ahmoq yo‘lbars uyalganidan tumshug‘ini quyi solibdida, astoydil xafa bo‘lib o‘z to‘qayzoriga qarab ketibdi. Endi tulki uning ustidan rostakamiga kulibdi.
JAHON XALQ ERTAKLARI

Tadbirli bola

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir kambag‘al chol bilan kampir va ularning uch o‘g‘li bor ekan. Ular juda qashshoq yashar ekan. Kunlardan bir kun chol kasal bo‘lib, qazo qilibdi. Bolalarning tarbiyasi yolg‘iz kampirga qolibdi. Kampir qiyinchilik bilan bolalarini boqibdi. U odamlarning uyida kir yuvibdi, hovli tozalabdi, xullas, nima ish to‘g‘ri kelsa, barchasini qilib kun o‘tkazibdi.
Yillar o‘tib, bolalar ham voyaga yetishibdi. Bir kuni kampir o‘g‘illarini chaqirib:
— O‘g‘illarim, endi men qarib qoldim, sizlar ham katta bo‘lib qoldinglar. Endi biror yumush topsalaring bo‘lardi, — debdi.
Shunda to‘ng‘ich o‘g‘li:
— Menga ruxsat bering. Boynikiga borib xizmat qilaman, — debdi.
Kampir va ikki o‘g‘li uni kuzatib qolishibdi. Bola bir boynikiga borib:
— Sizga xizmatkor kerakmasmi? Qanday ish bo‘lsa ham, qilaveraman, — debdi.
Boy bolani ko‘rib:
— Mayli, seni ishga olaman. Faqat bitta narsaga kelishib olsak, kimda-kim bir-biridan xafa bo‘lsa qulog‘ini kesish, — debdi.
Bola rozi bo‘libdi.
— Endi anavi kuchukni darvoza yoniga olib borib bog‘lagin, o‘rnida sen yotasan, — debdi.
Bola bunga ham rozi bo‘libdi.
Bola har kuni hammadan erta turib, ikki ho‘kiz, bir qop bug‘doy va bitta qotgan nonni olib, dalaga chiqib ketar ekan. U yerni haydab, shu bug‘doylarni ekishi kerak ekan. Bola har kungi ishini oshig‘i bilan bajarar ekan. Boy esa kundan-kun undan yanada ko‘proq mehnat talab qilaveribdi, bitta beradigan nonini ham ozaytirib qo‘yibdi.
Bir kuni bolaning juda ham jahli chiqib ketibdi, u boyga qarab «siz zolim ekansiz», debdi. Boy, «mendan xafa bo‘libsan-da» deb, yonidan pichog‘ini chiqarib, uning qulog‘ini kesib olibdi. Bola dodlaganicha uyiga qaytib kelibdi. Kampir va ukalari uni yupatishibdi. Shunda o‘rtancha o‘g‘il akasining o‘rniga borib ishlamoqchi, uning haqqini ham undirib kelmoqchi bo‘libdi. U ham o‘sha boyning yoniga boribdi.
— Men ish qidirib yuribman. Sizga xizmatkor kerakmasmi? — deb so‘rabdi bola.
Boy:
— Mayli, men seni ishga olaman. Lekin bitta shartim bor. Bir-birimizdan xafa bo‘lmaslik, kimki xafa bo‘lsa, qulog‘ini kesish, — debdi.
Bola rozi bo‘libdi. U ham akasi bajargan yumushlarni qilibdi. Boyning uyida ish kundan-kun ortib boraveribdi. Ammo beradigan bitta noni ham yarimtaga aylanibdi. Qorni nonga to‘ymay, kuni bilan ish qilayotganidan achchiqlangan bola «siz noinsof ekansiz», debdi. Boy, «mendan xafa bo‘libsan-da», deb yonidan pichog‘ini chiqarib, uning ham qulog‘ini kesib olibdi. Bola dodlaganicha uyiga qarab yuguribdi. Kampir, akasi va ukasi uni yupatishibdi.
Kenja o‘g‘il:
— Endi menga ruxsat beringlar. Men o‘sha boynikiga borib ishlayman. Sizlarning ish haqlaringni ham men undirib kelaman, — deb turib olibdi.
Bunga kampir rozi bo‘lmay, «Yo‘q, sening ham qulog‘ingni kesib oladi», deb turib olibdi.
Bola «yo‘q» deyishlariga qaramay, o‘sha boynikiga qarab yo‘lga tushibdi. Boynikiga borib, ish axtarib yurganini aytibdi. Boy rozi bo‘lib, uni xizmatkorlikka olibdi, lekin o‘zining avvalgi shartini bunga ham aytibdi. Bola shartga ko‘nibdi. Unga ham akalaridek kuchuk yotgan joyni ko‘rsatibdi. Tong otmasidanoq unga ham boy ikkita ho‘kiz, bir qop bug‘doy va bitta suvi qochgan non beribdi. Yerni haydab, shu bug‘doylarni ekishi kerakligini aytibdi.
Bola «xo‘p» debdi-yu, lekin o‘z bilganini qilibdi. U qopdagi bug‘doyni yashirib qo‘yibdi, o‘zi esa kechgacha uxlab, qorong‘i tushganda qaytib kelibdi. Uning akalari daladan qaytishda ikkita bo‘shagan qopga o‘tin terib kelishgan ekan. Bu boyning buyrug‘i ekan. Bola esa omochni sindirib, uni qopga joylabdi. Buni ko‘rgan boy miyig‘ida kulib qo‘yibdi. Bola undan:
— Mendan xafa emasmisiz? — deb so‘rabdi.
Boy bo‘lsa, ichidan zil ketib tursa ham, «yo‘q o‘g‘lim, xursandman», debdi. Ikkinchi kuni boy unga yangi omoch, bir qop bug‘doy beribdi. Bola ikkita ho‘kizni ham ergashtirib, yana dalaga ketibdi. U bug‘doylarni yana yashirib qo‘yibdi. Uzi kechgacha uxlab dam olibdi. Ketish oldidan ho‘kizlardan birini so‘yib, qopga joylabdi. Omochni esa buzib, ikkinchi qopga joylabdi. Bu holni ko‘rgan boy, yana indamabdi.
— Boy ota, mendan ranjimadingizmi? — deb so‘rabdi bola.
Boy:
— Yo‘q, o‘g‘lim, — deb, ichidan o‘tganlarini sezdirmay turaveribdi.
— Unda ota, men ertaga dalaga barvaqtroq ketmoqchiman. Menga yangi omoch bilan yana bitta ho‘kizni ertalabgacha tayyorlab qo‘ysangiz, — debdi.
Bola uyquga ketibdi. U har kuni kunduzi ham, kechalari ham uxlayotgani uchun ancha to‘lishib qolibdi, rang kiribdi. Ertalab turib qarasa, yangi omoch, ho‘kiz turibdi. U yana dalaga qarab yo‘l olibdi. Bola yana bug‘doylarni yashirib qo‘yibdi, o‘zi esa kechgacha uxlabdi. Ketish oldidan ikkita ho‘kizni so‘yib, qopga solibdi. Omochni esa buzib, dalada qoldiribdi. Bu holni ko‘rgan boyning juda jahli chiqib ketibdi, lekin bolaning sezib qolishidan qo‘rqib, yana indamabdi. O‘sha kuni kechqurun boy xotiniga:
— Endi bu yerdan ketmasak bo‘lmaydi. Bo‘lmasa, ikkalamizning ham qulog‘imizni kesadi, — debdi.
Ular eng qimmatbaho taqinchoqlarni, tilla va pullarni bitta sandiqqa joylab, tong yorishganda yo‘lga chiqmoqchi bo‘lishibdi. Bularning o‘zaro suhbatlarini bola eshitib turgan ekan. Ular uyquga ketishlari bilan bola sandiqdagi barcha narsalarni olib tashlab, sandiqqa o‘zi kirib olibdi.
Tong yorishi bilan boy xotini bilan yo‘lga tushishibdi. Boy arqonni sandiqning belidan o‘tkazib, ko‘tarib olgan ekan. Ular yo‘l yurishibdi, yo‘l yursa ham mo‘l yurishibdi. Bir tog‘ oralig‘iga yetib kelgach, ular dam olishmoqchi bo‘lishibdi.
Boy xotiniga qarab:
— Bitta choy damlasang bo‘lardi, — debdi. Xotini esa:
— Choyni qanday damlayman? Choynak bo‘lgani bilan, suv topib kelishga, o‘tin terib kelishga xizmatkor yo‘q-ku! — deb nolibdi.
Shunda boy:
— Ha, to‘g‘ri aytasan. Xizmatkorsiz qiyin, — debdi. Shu payt sekin sandiq ochilib, ichidan haligi bola chiqibdi va:
— Men sizlarni xizmatinglarni qilaman. Men yana shu yerdaman, — debdi. Bolani ko‘rgan boyning esi chiqib ketib, «dod» deb baqirib yuboribdi. Shunda bola yonidan pichog‘ini chiqarib, boyning qulog‘ini kesib olibdi. Bola boynikiga kelib, uning uyidagi qimmatbaho narsalarini, pullarini va o‘zi yashirib, to‘plab yurgan bug‘doylarni olib, uyiga yo‘lga tushibdi.
Bolaning qulog‘i bilan qaytganini, buning ustiga shuncha boylik bilan kelganini ko‘rgan kampir va akalari juda xursand bo‘lishibdi.
ERTAKLAR

Ahmoq podsho

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir kambag‘al odam bor ekan. Peshonasida bittagina uyi bo‘lib, u ham qulab tushgan ekan. Kambag‘al ko‘p mashaqqatlar bilan qaytadan uy solibdi. Tomiga bordon yopib, yarmini tuproq bilan bostirgandan keyin qolgan yarmini yopishga pul topolmay, ustaga javob berib yuboribdi va «qolganini kuchim yetganda o‘zim yopib olarman», deb yangi uyga kirib o‘tiraveribdi.
Bir o‘g‘ri bu kambag‘alning uyini ko‘rib: «Bu odam boyib qolganga o‘xshaydi: yangi imorat solibdi, buni bir boplash kerak», deb tomga chiqadigan joyni kunduz kuni mo‘ljallab ketibdi.
O’g‘ri tun yarmiga kelib, tomga chiqibdi, endi hovliga tushaman deb tom ustida ketayotganda tomning omanatgina qilib bordon bilan yopib qo‘yilgan joyi o‘pirilib ketibdi. Shu paytda kambag‘al uyda yotgan ekan, o‘g‘ri «tap» etib uning ustiga tushibdi. Kambag‘al qo‘rqib ketib o‘g‘rini ushlayolmay qolibdi. O’g‘ri bo‘lsa kambag‘alning uyida hech narsa yo‘qligini ko‘rib, g‘azablanib chiqib ketibdi, ertasiga erta bilan podshoga arzga boribdi. Podsho:
— Kimsan? Nima arzing bor? — deb so‘rabdi. O’g‘ri:
— Shohim, men katta o‘g‘rilardan bo‘laman. Shu kecha birovnikiga o‘g‘rilikka borib edim, tomini bordon bilan omonat yopib qo‘ygan ekan, o‘pirilib ketdi, men uy ichpga yiqilib tushdim, oyog‘im sinishga sal qoldi, — degan ekan, podsho:
— Ha, talabing nima? — deb so‘rabdi. O’g‘ri:
— Uy egasiga jazo bersangiz edi, — debdi. Podsho uy egasini chaqirib, undan:
— Shu kecha bu odam tomingdan yiqilib tushgani rostmi? — deb so‘ragan ekan, kambag‘al:
— Rost, shohim, yaxshiki mening ustimga tushdi, bo‘lmasa oyog‘i sinardi, — debdi. Keyin podsho:
— Rost bo‘lsa seni dorga osish kerak, — deb kambag‘alni o‘limga buyuribdi.
Bechora kambag‘al, nima qilishini bilmay, yig‘lab podshoga:
— E shohim, mening nima gunohim bor. Tomni usta shunday bo‘sh yopib ketgan, — degan ekan, podsho:
— Unday bo‘lsa, buni bo‘shatib yuborib, dorga ustani keltirib osinglar! —debdi.
Yasovullar ustani olib kelishibdi. Jallod gunohsiz ustani dorga osmoqchi bo‘lganda, usta:
— Podsho, arzim bor, — debdi. Bu gapni jallod podshoga yetkazibdi. Podsho ustani chaqirtirib:
— Nima arzing bor? — deb so‘ragan ekan, usta:
— Shohim, bu ishda mening hech aybim yo‘q. Bordonchi bordonni siyrak to‘qib qo‘ygan ekan, bilmay yopaveribman. Agar bordon pishiq to‘qilganda ustiga odam chiqsa ham teshilmas edi, — debdi. Podsho ustani bo‘shatib yuborib, bordonchini chaqirtiribdi:
— Bordonni sen to‘qiganmisan? — deb so‘rabdi. Bordonchi:
— Men to‘qiganman, — debdi. Podsho:
— Dorga buni osing! Hamma ayb shunda ekan, — debdi.
— Shohim, sizga arzim bor. Men bordonni hamma vaqt pishiq to‘qir edim, qo‘shnim yaqindan beri kaptarvoz bo‘lib qolgan. Shu qo‘shnim kaptarlarini havoga uchirganda, ularga qarab bordonni siyrak to‘qib qo‘yibman. Gunohimni kechirishingizni so‘rayman, — debdi bordonchi. Podsho buni ham bo‘shatib, kaptarbozni oldirib kelib, dorga osishga buyuribdi. Kaptarboz aytibdi:
— Ey janob, men ishqibozlik bilan kaptar o‘ynayman. Bunda mening gunohim bo‘lmasa kerak. Meni o‘ldirganingizdan kimga foyda bor, bir kambag‘alni o‘ldirgandan ko‘ra, o‘sha o‘g‘rini o‘ldirsangiz el tinchir edi.
Buni eshitib podsho:
— Darhaqiqat, o‘g‘rining o‘zi gunohkor, sening gaping to‘g‘ri! O’g‘rini topib dorga osinglar! — debdi.
Yasovullar o‘g‘rini topib dorga osishibdi. Dor past, o‘g‘ri novcha ekan, oyog‘i yerga tegib qolibdi. Jallodlar borib podshoga arz qilibdilar:
— E shahanshoh, o‘g‘ri novchalik qildi, oyog‘i yerga tegib qolib o‘lmayapti, nima qilsak ekan?
Podsho:
— Shuni ham mendan so‘rab o‘tirasanlarmi?! Agar o‘g‘rining oyog‘n yerga tegib qolgan bo‘lsa, guzardan bo‘yi pakanaroq bir odamni topib, o‘g‘ri o‘rniga o‘shani osavermaysanmi? Shunga ham aqllaring yetmaydimi! — debdi.
Jallodlar ko‘chaga chiqib qarashsa, bir pakana odam bir qop orqalab ketayotgan ekan. «Podshoning aytgani xuddi shu-ku», deb pakanani dor tagiga olib boribdilar. Pakana odam:
— Mening nima gunohim bor? Meni nega dorga osasizlar? Podshoga arzim bor, — debdi.
Podsho dor yoniga kelib tomosha qilib turgan ekan, pakanadan:
— Ayt, nima arzing bor? — deb so‘rabdi. Pakana aytibdi:
— Shohim, men bir kambag‘al odamman. Goh tog‘dan o‘tin keltirib sotaman, goh hammollik qilaman. Shu bilan bola-chaqamni boqaman. Nima gunohim borki, meni dorga ostirasiz?
Bunga podsho shunday javob qaytaribdi:
— E ahmoq, sening gunohing bormi, yo‘qmi, mening nima ishim bor. Ishqilib bir kishini dorga osish kerak-da. O’g‘rini dorga ostirsak, bo‘yi novchalik qilib, oyog‘i yerga tegib qoldi. Sen juda bop kelding. Peshonangdan ko‘r.
Pakana yana ruxsat so‘rab:
— Shohim, o‘g‘ri novchalik qilgan bo‘lsa, dor tagini bir oz o‘ydirsangiz, oyog‘i yerga tegmaydi. Gunohkor novcha o‘rniga, bir begunoh kambag‘alni o‘ldirib yuborish adolatdan emas-ku! — debdi.
Podsho o‘ylab turib vazirga:
— To‘g‘ri aytadi, buni bo‘shatilsin. Dor tagidan chuqur qazilib, dorga o‘g‘rini osilsin! —deb buyuribdi.
Jallodlar o‘g‘rini dor tagiga keltirib, chuqur qaziy boshlashibdi. Shunda o‘g‘ri hovliqib: — Tez qazinglar, vaqt o‘tmasin, meii tezroq osinglar! — deb qistayveribdi. O’g‘rining so‘zini podsho eshitib, undan:
— Nega buncha tiqilinch qilasan? — deb so‘raganda, o‘g‘ri:
— Taqsir, hozir jannatning podshosi o‘ldi, meni tezroq o‘ldirsalar, bitta-yarimta odam podsho bo‘lib qolmasdan, ildamroq borib jannatga podsho bo‘laman. Jannatning podshosi o‘layotganda: «Kim o‘lib, ilgariroq jannatga kelsa, o‘sha odamni podsho qilinglar», debdi.
Shuning uchun qistayapman. Qani, tez bo‘linglar, — deb yana qistay boshlabdi.
O’g‘rining bu gapi podshoga yoqib, o‘ylab turib: «U dunyoda ham o‘zim podsho bo‘lay», debdi va jallodlarga qarab:
— O’g‘rini dordan bo‘shatib, o‘rniga meni osinglar! — debdi.
«Podsho amri vojib» deb, o‘g‘rini dordan bo‘shatib, o‘rniga podshoning o‘zini osgan ekanlar.

 

O'n ikki oy

Bir ayolning ikki qizi bo‘lgan ekan. Qizlarning birini ayol o‘zi tuqqan bo‘lib, ikkinchisi o‘gay ekan. Ayol o‘z qizini jonidan yaxshi ko‘rar, ammo o‘gay qizini ko‘rishga toqati yo‘q ekan. Bunga sabab o‘gay qiz Marushka Olenadan chiroyliroq ekan. Ammo Marushka o‘zining husn-malohatidan bebahra ekan, husn haqida o‘ylamas ham ekan. O‘gay ona uni ko‘rishi bilan qovoqlarini uyib olishidan boyaqish qiz o‘gay onamga nimadir yoqmadi, shekilli, deb o‘ylar ekan.
Olena yasan-tusan bilan o‘ziga oro berar, ko‘cha-ko‘ydami, hovlidami, sayr etib, hordiq chiqararkan. Marushka bo‘lsa bu paytda uy-joylarni supurib-sidirish bilan mashg‘ul bo‘larkan. U ovqat pishirar, kir yuvar, bichib-tikar, ip yigirar, xullas, to‘r to‘qishdan tortib mol-hollarga qarashgacha uning zimmasida ekan. O‘gay ona Marushkani erta-yu kech koyir, tinimsiz qarg‘ar ekan. Qizning itoatkorligi, andishaliligi ham ayolning dilini yumshatmas, aksincha, battar xo‘rlagani-xo‘rlagan ekan. Bunga sabab Marushka kun sayin chiroy ochib borar, Olena bo‘lsa tasqaralashib borarkan.
Bir kuni ayolning xayoliga shunday o‘y kelibdi: “Go‘zal qizni nega uyimda saqlayapman o‘zi? Yigitchalar uyimga kirishganda Marushkaga oshiq bo‘lib, Olenani pisand qilmasliklari mumkin”.
Olena bilan onasi maslahatlashibdi-da, hech kimning yetti uxlab tushiga kirmagan shumlikni o‘ylab topishibdi…
— Bor, Marushka, o‘rmondan menga qirmizi olma terib kel, — deb buyuribdi.
— Voy o‘lmasam, opajon, bu nima deganingiz? Qish payti o‘rmonda olma qayoqdan bo‘lsin!
— O‘chir ovozingni, isqirt! Gapimni ikki qilishga qanday tiling bordi? Hoziroq o‘rmonga g‘izilla, qirmizi olma terib kel, yo‘qsa, naq boshingni uzib tashlayman! — deb do‘q uribdi Olena.
Shundan so‘ng o‘gay ona Marushkani tashqariga haydab, eshikni qarsillatib yopibdi-da, katta qulf uribdi. Qiz zor-zor yig‘liab o‘rmon tomon yo‘l olibdi. O‘rmonni qalin qor qoplagan, odam izi ko‘rinmas ekan. Marushka daraxtlar orasida uzoq tentirab yuribdi. Ochlikdan qiynalibdi, sovuq badan-badanidan o‘tib ketibdi. Uzoqdan yiltillab turgan olovni ko‘rib, Marushka o‘sha yoqqa yuribdi. Gulxan yonidan chiqibdi. Gulxan tevaragida o‘n ikki odam — o‘n ikki oy davra qurib o‘tirarkan, ulardan eng balandda soch-soqoli oppoq chol — Yanvar hassa ushlab o‘tirar ekan.
— Hoy, yaxshilar, isinib olsam maylimi? Sovuq suyak-suyagimdan o‘tib ketdi, — deb iltimos qilibdi Marushka.
Yanvar, mayli, deganday bosh silkib so‘rabdi:
— Nega kelding, oyimqiz?
— Qirmizi olma tergani keldim, — deb javob qaytaribdi Marushka.
— Hozir qish. Qahraton sovuqdayam qirmizi olma bo‘larkanmi? — taajjublanibdi Yanvar.
— O‘zim ham bilaman buni, — ma’yus javob qaytaribdi Marushka. — Lekin o‘gay onam bilan Olena, agar o‘rmondan qirmizi olma terib kelmasang, naq boshingni uzib tashlaymiz, deyishdi. Jon amakilar, meni qo‘llab yuboringlar.
Yanvar o‘tirgan o‘rnidan pastga tushib, yoshi ulg‘aygan oylardan biri yoniga borarkan, hassani unga berib shunday debdi:
— Birodarim Sentyabr, o‘rnimga sen o‘tir.
Sentyabr eng baland xarsangga chiqib o‘tirib hassani silkitibdi. Gulxan ko‘tarilib qorlar eribdi. Ammo daraxtlar yaproq chiqarmabdi, balki sarg‘ish barglar bitta-bitta to‘kila boshlabdi. Borliqni kuz fasli egallabdi. Bu safar odatdagidek avval gullar ko‘rinmabdi. Aksincha, u olma daraxtini ko‘ribdi, daraxt uchlarida qirmizi olmalar ko‘zni o‘ynatib turarkan.
— Qoq, Marushka, qoqsang-chi? — debdi Sentyabr.
Qiz daraxtni silkitgan ekan, avval bitta, so‘ng yana bitta olma to‘kilibdi.
— Marushka, tez olmalarni olib, uyga g‘izilla! — deb qichqiribdi Sentyabr.
Qiz ikkitagina olma olib uyga shoshilibdi.
Marushkani ko‘rgan o‘gay ona bilan Olena hang-mang bo‘lib qolibdi, qiz qo‘lidagi ikkala olmani ularga uzatibdi.
— Qaysi go‘rdan ola qolding bularni? — so‘rabdi Olena.
— Tog‘ tepasidan topdim. Hali anchagina olma bor, — javob qaytaribdi Marushka.
Qiz shunday deyar-demas, Olena unga o‘shqira ketibdi:
— Voy, yaramas isqirt! Nega unda ko‘proq terib kelmading? Hoynahoy, yo‘lda yeb qo‘ygan bo‘lsang kerak-da?
— Opajon, sirayam yeganim yo‘q. Daraxtni bir silkitgandim, bitta olma tushdi, keyingi silkitganimda, ikkinchisi tushdi. Boshqa silkitishga imkon bo‘lmadi. Tezroq uyga bor deyishdi, — deb javob qaytaribdi Marushka.
— Ha, og‘zingdan qoning kelsin! — deya qarg‘abdi Olena va qizni kaltaklashga tushibdi.
O‘gay ona ham bo‘sh kelmay to‘qmoqqa yopishibdi. Ammo Marushka jon talvasasida ularning qo‘lidan otilib chiqibdi-da, oshxonadagi pech ortiga yashirinibdi. So‘ng Olena tura solib olmalarga yopishibdi. Bitta olmani onasiga beribdi. Ular umrlarida bunday shirin-shakar olmani ko‘rishmagan ham, yeyishmagan ham ekanlar.
— Oyi, savat qani? O‘zim o‘rmonga borib kela qolay. Manavi nafsi buzuqni yuborsak, tag‘in ko‘pini yo‘lda yeb qo‘yadi. Men qo‘rqmayman, hamma olmalarni o‘zim qoqib olib kelaman.
Ona zo‘r berib yo‘ldan qaytarsa ham, Olena ko‘nmay, qalin kiyimlarini kiyibdi-da, o‘rmon tomon yo‘l olibdi. Ona javrana-javrana uyda qolaveribdi.
Olena o‘rmonga yetib boribdi. Hammayoqni qalin qor qoplagan, odam izi ko‘rinmasmish. Suq qiz ancha vaqt daraxtlar orasida uloqib yuribdi, hakalak otgan nafsi unga tinchlik bermabdi. Banogoh olisdan milt-milt olov ko‘rinibdi. Olena o‘sha yoqqa yurib, gulxan ustidan chiqibdi. Gulxan tevaragida o‘n ikki odam — o‘n ikki oy davra qurib o‘tirganmish. Ammo ochko‘z qiz ularga salom bermabdi, gulxanda isinib olish uchun ruxsat ham so‘ramabdi, go‘yo gulxan uning uchun yoqilganday, pisandsizlik bilan qo‘larini olov tomon uzatibdi.
— Nega kelding bu yerga? Nima kerak o‘zi? — g‘ashi kelibdi Yanvarning.
— Nega tergayapsan meni, sassiq chol? Aralashma, nima qilsam, o‘zimning ishim! — Shartta uning gapini qaytarib tashlabdi Olena va go‘yo olmalar unga intizorday tog‘ tomonga yo‘llanibdi.
Jahldan Yanvarning qovog‘i uyulibdi, hassani boshi uzra silkitibdi. Shu zahoti osmonni qora bulut qoplabdi-yu, gulxan so‘nib, gupillatib qor yog‘a boshlabdi, izg‘irin shamol kuchayibdi. Olena bir qadam naridagi narsani ham ko‘rolmay, oyoqlari qalin qorga botib, yurolmay qolibdi.
Nihoyat, qo‘l-oyoqlarini sovuq olib, tizzalari bukilib-bukilib keta boshlabdi, ko‘p o‘tmayoq u majolsiz qor ustiga yuztuban ag‘darilibdi…
Uyda esa onasi qizidan xavotir olib derazadan termilar, dam-badam tashqariga chiqib yo‘l qarar ekan. Oradan bir soat, ikki soat, uch soat o‘tibdi, lekin Olenadan darak bo‘lmabdi. “Nega bunday hayallab qoldi, to‘ymadimikin olmaga, o‘zim borib xabar olay-chi”, deb ona savat olibdi-da, jun ro‘molga o‘ranib- chirmanib qizini axtarib ketibdi.
Qor kuchaygandan, kuchayib izg‘irinli shamol avj olibdi, chor-atrof butunlay qor ostida qolibdi. Ona zo‘r-bazo‘r odimlab, qizini chaqirar, lekin hech kim javob qaytarmabdi. Oxiri onaning o‘zi ham yo‘ldan adashib, qayoqqa yurishini bilmay qolibdi va qizi Olenani qarg‘ay boshlabdi. Ko‘p o‘tmay sovuq suyak- suyagidan o‘tib hushidan ketibdi va yuztuban qorga ag‘darilibdi…
Marushka bo‘lsa uyda tushlikni tayyorlab, ichkarini supurib-sidiribdi, sigir sog‘ibdi. Ammo o‘gay ona bilan Olenadan hamon darak yo‘q emish.
Nega buncha xayollashdiykin? — deya xavotirlana boshlabdi Marushka kechga tomon ip yigirishga o‘tiraturib. Shu alpozda Marushka yarim tungacha o‘tiribdi, ona bilan qizdan darak bo‘lmabdi. Marushkaning yuragi g‘amga to‘lib, derazadan sira nari ketmay qo‘yibdi.
Tashqarida odam zoti ko‘rimnasmish, bo‘ron ham to‘xtab havo ochilib, yulduzlar charaqlabdi, qor uzra oyning kumush nurlari to‘kilibdi, Marushka ma’yuslanib pardani tushiribdi. Ertasiga u nonushtada, tushlik paytida, oqshom chog‘i tag‘in ona bilan Olenaning yo‘liga ko‘z tutibdi.
Ammo ularning ikkalasi ham sovuqdan tosh qotib qolganini qayoqdan bilsin. Marushkaga uy, sigir, poliz, yaylov meros qolibdi. Ko‘klam kelib bu xonadonga bir erkak egalik qila boshlabdi. Gap shundaki, xushro‘y, oqko‘ngil bir yigit Marushkaga uylanibdi. Ular umrlarining oxirigacha tinch-totuv hayot kechirishibdi. Tinch-totuvlik esa hamisha odamlar umrining bezagi bo‘ladi.

Gulgina kitobidan.

Uch shahzoda

Qadim zamonda bir podsho bo’lgan ekan. Uning uch o’g’li bo’lib, uchalasi ham bir-biridan aqlli, dono va dovyurak bo’lgan ekan. Pod¬sho qarib, qolgan umrini yolg’izlikda, toat-ibodatda o’tkazishga qaror qilibdi. Lekin o’miga qaysi o’g’lini podsho qilib tayinlashni bilmay, o’ylanib qolibdi. Uzoq o’ylabdi, baribir o’g’illarining uchalasi ham bir-biridan o’tadiganday tuyulaveribdi. Oxiri podsho maslahatchilarini yig’ib, o’z fikrini ularga izhor etibdi:


— Saltanatim fuqarolarining baxtiyor yashashlari sizlarga yaxshi ma’lum, — debdi podsho. — Endi men davlat ishlaridan xoli bo’lmoqchiman, ammo uch o’g’limdan qaysi biriga saltanatimni topshirishimni va ularning ichidan qaysi biri menchalik xalqqa g’amxo’rlik qila olishini bilmay, boshim qotgan. Sizlarga farmonim shul: shahzodalarni sinovdan o’tkazib, mening o’rnimga munosibini tanlab bir to’xtamga keling-da, so’ng menga xabar qiling!
Saroy ulamolari, amaldorlari va maslahatgo’ylari o’ylab-o’ylab oxiri shahzodalarni sinovdan o’tkazish yo’lini topishibdi. Ular shahzodalarning har biriga teng pul berib, musofir yurtlariga yo’llashga ahd qilishibdi. Ulardan qaysi biri pulini to’g’ri taqsimlab xarj qilsa, o’shani otasi valiahd qilib tayinlaydigan bo’libdi. Podshoga ham bu qaror ma’qul bo’libdi.
Shunday qilib shahzodalar safarga otlanishibdi. Ular avval kemaga tushib, dengizda uzoq suzishibdi, bir joyga yetganda qirg’oqqa chiqishibdi. Shahzodalar roppa-rosa bir yildan keyin xuddi shu yerda uchrashishga ahd qilib, turli tomonga qarab tarqalishibdi.
Ikkala katta aka boylik orttirish niyatida savdogarchilik bilan shug’ullanishni ixtiyor qilishibdi. Kenjatoy esa nima bilan shug’ullanishini bilmay qirg’oq bo’ylab ketaveribdi. U uzoq yuribdi, tevarak-atroflami obdan tomosha qilibdi, keyin ko’nglini g’ashlik chulg’abdi.
Birdan tug’ilib o’sgan uyi esiga tushibdi-yu, g’amgin holda xarsang ustiga o’tirib qolibdi. Shu top uning ro’pamsida juldur kiyimii bir qalandar chol paydo bo’libdi.
— Yigitcha, qayerdan kelyapsan va qayoqqa yo’l olmoqchisan? — deb so’rabdi undan chol.
Shahzoda bo’lgan gapni unga so’zlab beribdi. Qalandar diqqat bilan eshitib turib, bunday debdi: | — Yaxshi, o’g’lim, endi senga bitta xizmat bor. Ammo bu har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. Faqat pulga o’ch bo’lmaganning qo’lidan keladi. Agar sen o’z manfaatingnigina o’ylaydigan bo’lmasang, hamma niyatingga erishasan.
— Siz nima desangiz shu, bobo, — deb javob beribdi shahzoda.
— Yaxshi. Unda hamma pulingga bug’doy olib, mana shu qirg’oqqa keltirib to’k. Keyin to’kilgan bug’doydan har kuni ertalab va kechqurun bir qopdan olib, dengizga soch. Bordi-yu, bug’doying tamom bo’lib qolsa, sen bu yerdan hech qayoqqa jilma! — debdi chol va ko’zdan g’oyib bo’libdi.
Shahzoda qalandar chol nima degan bo’lsa, hammasini bajaribdi. har kuni ikki qop bug’doyni dengizga sochib, bir hovuchini un qilib, non pishirib yegani o’zi bilan birga chaylaga olib kirib ketar ekan. Bug’doy kamayib-kamayib, oxiri tugabdi ham. Hatto yegani bir siqim bug’doyi, sotib olay desa yonida sariq chaqasi ham qolmabdi.
U dengiz qirg’og’iga o’tirib olib, o’ziga-o’zi gapira boshlabdi: «Qanchalik noshudman! Asli uyni omadim qaytganda tashlab chiqqan ekanman. Bir firibgarga ishonib, hamma pulimni havoga sovurdim. Menga podsholik nasib etmaganiga yarasha, o’z manfaatimni ham o’ylamaymanmi!» U bu yerda ortiq qolishni istamay, ertalaboq uyiga qaytib ketishga qaror qilib, joyiga yotib uxlabdi.
O’sha kuni dengizdagi baliqlar odatdagi tortiqni behuda kutishibdi. Shahzodaning har kuni muntazam dengizga bug’doy sochib turgani uchun gala-gala baliqlar shu qirg’oqqa o’rganib qolishgan ekan. Biroq bugun hech qanaqa bug’doy sochilmaganini ko’rib, bug’doydan mahrum bo’lgan baliqlar shohi o’zining yaqinlariga qarab:
— Nima bo’ldi ekan? Bizni yarim yildan beri shirin taom bilan boqishardi, bugun birdaniga to’xtab qoldi? Bunga o’zimiz sababchi bo’lmaylik tag’in, — debdi. — Ayting-chi, shuncha vaqt bizni boqib kelgan odam bu saxovatiga yarasha taqdirlandimikan?
— Yo’q, hukmdor! — deyishibdi hamma baliqlar bir ovozdan. — Unga hech qanday mukofot yo haq berilgan emas!
— Sababini endi tushundim, — debdi baliqlar shohi. — Biz yaxshilikning qadrini tushunib yetmabmiz, shunga yarasha jazolanibmiz. Endi xatoimizni tuzatmasak bo’lmaydi. Mening sizga farmoyishim shul: hammangiz dengiz tubidan qimmatbaho toshlardan topib, ertalabgacha saxovatli valine’matimizga eltib beringiz!
Baliqlar shohining farmoyishi to’la-to’kis ado etilibdi. Tong otgunga qadar dengiz tubidan marvaridlar olib chiqib, shahzodaning chaylasi oldiga uyib qo’yibdilar. Behisob baliqlaming harakatidan dengiz tun bo’yi chayqalib chiqibdi. Tong otarga yaqin dengiz shovqinidan uyg’onib ketgan shahzoda bundoq qarasa, oldida bir dunyo marvarid uyulib yotgan emish. U bu boylikka qaysi yo’l bilan erishganini anglab yetibdi va o’ziga-o’zi: «Baxtsizman, deb bekorga noligan ekanman. Kelishilgan muddat yetgunga qadar shu yerda akalarimni kutib o’tiraman», — deb ahd qilibdi.
U bir qism marvaridni sotib, puliga bug’doy sotib olib kelibdi. Dengiz baliqlari endi avvalgidan ko’proq donlaydigan bo’lishibdi.
Bir kuni shahzoda birtalay tezak sotib olibdi-da, har bir tezakning ichiga bittadan marvaridni yashirib qo’yibdi.
Oradan bir yil o’tibdi, kelishilgan muddatda akalari ham qaytib kclishibdi. Ulardan biri bir yil davomida mato olib sotib, ancha boylik orttiribdi. Ikkinchisi baqqollik do’koni ochib, puldor bo’lib qaytibdi. Kenjatoyning tezak uyumidan bo’lak hech vaqosi yo’qligini ko’rib, akalari uni masxara qilib, rosa kulishibdi.
| — Tentak! Juda bo’lmaganda uydan olib chiqqan pulingdan tejab qolmaysanmi? Bu tezaklarning nima qimmati bo’lardi? — deyishibdi ular.
Shahzodalar yo’lga otlanishibdi, har kim o’z molini kemaga ortib, uyiga jo’nabdi. Yo’lda tezaklarni kemaga ortayotganda ham, ularni qirg’oqqa tushirayotganda ham akalari kenjatoyni kalaka qilib kulishibdi. Kemada ovqat pishirishga o’tinlari qolmaganda, akalari unga orttirgan boyligingga bizlarni ham sherik qil, deb kesatganlarida ham kenjatoy miq etmabdi. Tezaklarning ichidagi marvaridlarini ularga bildirmasdan olib, tezakni o’tin o’rnida ishlataveribdi.
Shahzodalarni uyda katta hurmat va e’ tibor bilan kutib olishibdi. Ularni saroyga olib kirishganda aka-ukalar musofirlikda yashab, olgan pullarini tejamkorlik bilan sarflaganlarini so’zlab beribdilar. Akalari orttirgan pullarini o’rtaga ishlashibdi, saroy a’yonlari va akobirlari ularni sanay boshlashibdi. Navbat kenjatoyga kelibdi. Xizmatkorlar tezaklarni olib kirib, saroyning o’rtasiga baland qilib uyib qo’yishgan ekan, saroy amaldorlari bir-birlariga qarab, miyiqlarida kula boshlabdilar.
— Sirti yaltirab, ko’zni qamashtiradigan narsani maqtash oson, — debdi shunda shahzoda. — Ammo dunyoda shunday ko’z ilg’amas narsalar bo’ladiki, ular zamirida behisob boylikni pinhon saqlaydi.
U shunday debdi-da, o’midan turib hamma tezaklarni yorib-yorib, ichidagi marvaridlarni ola boshlabdi. Saroy a’yonlari shah¬zoda oldida tobora ko’tarilib borayotgan sara marvaridlar uyumidan ko’zlarini ololmay, anqaygancha turib qolibdilar.
Shahzoda bu boylikni qanday orttirganini ularga so’zlab beribdi. Shunda kenja shahzodaning faqat aqlligina emas, shu bilan birga xudbin emasligi ham barchaga ayon bo’libdi.
— Balli! — debdi saroy a’yonlari baravariga. — Bizning yangi davlatpanohimiz bo’lishga kenja shahzoda munosib.
Shunday qilib kenja shahzoda taxtga o’tqazilibdi. U akalaridan xafa bo’lmagani uchun ularni ham yuqori lavozimlarga tayinlabdi. Uning saltanatidagi raiyat tinch-totuv va farovonlikda umr kechira boshlabdi.
JAHON XALQ ERTAKLARI

Hunarli yigit

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir shaharda bir chol bilan kampir bor ekan. Ularning Mamatboy degan bitta-yu bitta o‘g‘li bor ekan.
Kampirning ota meros bir hovlisi bor ekan. Chol-kampir bu hovlini uch yuz tillaga sotishibdi va maslahatlashib o‘g‘lini savdo ishiga o‘rgatmoqchi bo‘lishibdi.
Chol o‘g‘lini chaqirib:
— Bolam, biz endi qarib, kuch-quvvatdan qoldik. Sen mana bu yuz tillani olib, savdogarchilik qilgin, — debdi.
Bola yuz tillani beliga tugib, yo‘rg‘a eshakni minib: «Hayyo-hay», deb safarga jo‘nabdi.
Yurib-yurib bir shaharga yetibdi. Qarasa, bozorga yaqin bir joyda odamlar to‘planishib turgan emish, to‘da yaqiniga borib odamlarning biridan: «Nima gap?» deb so‘rasa, u odam:
— Bu yer ilm beradigan joy. Kimki yuz tilla to‘lasa, bir yil ichida ilm o‘rganib chiqadi, — debdi.
Bizning Mamatboy ham ilm o‘rganishni havas qilib yurar ekan. Bu gapni eshitgach: «Savdo ishidan nima foyda, yoshlikda ilm o‘rganib olish kerak» deb, yuz tillani to‘labdi. Havas bilan astoydil o‘qiy boshlabdi. Oradan bir yil ham o‘tibdi. Mamatboy, zehni balandlik qilib, domlasidan ham o‘zib ketibdi.
Endi uyiga qaytmoqchi bo‘libdi. Ammo hech narsasi qolmagan, qo‘yingchi, eshagini ham sotib yuborgan ekan. Nima qilishini bilmay hayron bo‘lib turganida, domlaning rahmi kelib unga bir eshak beribdi. Bir yarim oy deganda Mamatboy uyiga kelibdi. Ko‘pdan beri kutib o‘tirgan ota-onasi o‘g‘lini ko‘rib juda quvonibdi. Hol-ahvol so‘ragandan keyin, kampir:
— Bolam, yuking orqada kelyaptimi? — deb so‘rabdi. Bola indamabdi. Bir fursat yotib, damini olgandan keyin ota-onasiga:
— Xafa bo‘lmasangizlar bir gap aytaman, — debdi. Ular-. — Mayli, ayt, bolam, — deyishibdi.
Shunda bola o‘z boshidan kechirgan hamma hodisalarni aytib beribdi. Chol-kampir bir oz ranjibdi.
Oradan bir hafta o‘tibdi. Ular o‘zlaricha maslahatni, bir joyga qo‘yib, bolaga yana yuz tilla beribdilar. Ammo boshqa narsaga sarf qilmagin, deb tayinlab uni savdoga jo‘natibdilar. Bola cho‘l-biyobonlar, tog‘-toshlar oshib, axiri bir shaharga yetibdi. Qarasa, bir joyda odamlar to‘planishib turgan emish. Bola surishtiribdi. Ulardan biri: «Bu yer cholg‘u o‘rgatadigan joy, kimki yuz tilla to‘lasa, bir yilda ajoyib sozanda bo‘lib chiqadi», debdi.
Bola o‘ylab turib: «Ota-onam urishsa urishar; ilm o‘rgandim, endi buni ham o‘rganib qo‘yay», deb yuz tilla to‘lab maktabga kiribdi. Oradan bir yil o‘tibdi. Bolaning zehni o‘tkir ekan, sal fursatda ustozidan ham o‘zib ketibdi.
Ustozi bolaning juda uquvli bo‘lgani, ammo ketishga hech pimasi qolmaganidan bir toy bilan yo‘lga kerakli oziq-ovqat berib, uni jo‘natibdi. Bola uch hafta deganda uyiga yetib kelibdi. Bir yildan beri ko‘z tutib, zoriqib o‘tirgan ota-ona o‘g‘lini ko‘rib juda sevinishibdi. Kampir bolasidan hol-ahvol so‘rab bo‘lib:
— Bolam, yuking keyinda kelyaptimi? — deb so‘rabdi. Bola nafasini rostlab olgandan keyin, voqeani aytib bsribdi. Buni eshitgan chol bilan kampir xafa bo‘lishibdi, bolani qattiq koyishibdi.
O’n kundan keyin chol bilan kampir ikkisi maslahat qilishibdi. Otasi o‘g‘lini chaqirib:
— Bolam, bisotimizda atigi uch yuz tilla bor edi, ikki yuz tillani sarf qilib kelding, endi bor-yo‘g‘i yuz tillagina pulimiz qoldi, shuni ehtiyot qilib, har narsaga sarf qilmasdan, arzon mollardan olib kel, jon bolam! — deb yana savdoga jo‘natibdi. Bola ota-onasi bilan xayrlashib, noma’lum shaharga jo‘nab ketibdi. Yura-yura bir joyga yetibdi. Toyi hurkib ketib, odamlar to‘planib turgan joyga borib to‘xtabdi. Bola odamlardan: «Nega to‘planib turibsizlar?» deb so‘rasa, ulardan biri: «Bu yerda shaxmat o‘yini o‘rgatiladi. Kimki yuz tilla to‘lasa, shaxmat o‘rganadi», debdi. Mamatboy o‘ylab turib: «Yuz tilla berib ilm o‘rgandim, yuz tilla berib cholg‘uvchi bo‘ldim, endi yana yuz tilladan qochib buni o‘rganmay qolaymi? Kel, tavakkal, buni ham o‘rganib olay», deb ahd qilibdi va qo‘lidagi yuz tillani to‘lab, shaxmat o‘ynashga kirishibdi. Bir yilda shaxmat o‘yinini juda yaxshi o‘rganib, keyin yurtiga qaytibdi. Ko‘p yo‘l yurib, uyiga yetibdi. Ota-onasi bolasyani sog‘inib ko‘z tutib o‘tirgan ekan, u bilan ko‘rishib bo‘lib:
— Bolam, yuking qani, orqada kelyaptimi? — deb eshikka chiqib qarasa, yana hech nima yo‘q emish. Yana hayron bo‘lishibdi. Bola bu safar shaxmat o‘yinini o‘rganganini aytib beribdi.
Chol bilan kampir ilgarigidan ham battarroq xafa bo‘lishibdi. Nochorlikdan Mamatni bir boyga xizmatkor qilib berishibdi. Mamatboy judayam serg‘ayrat, chaqqon bola ekan, uch kun o‘tmasdanoq, boyning xizmatkorlari orasida tanilib qolibdi. Boy ham uning chaqqon, ishbilarmonligiga qoyil qolibdi.
Kunlardan bir kuni boy uzoq bir shahardan bir necha ming yilqi va qo‘ylarni olib kelayotgan ekan, dasht-biyobonlarda bir qancha ko‘p yurishgandan keyin yilqi-qo‘ylari cho‘llab qolibdi. Qidirib-qidirib bir quduq topishibdi. Quduq juda eski ekan. Boy «Kim tushadi?» deb so‘rasa, xizmatkorlari churq etmabdi. Axiri Mamatboy: «Bu ishni men bajaraman», deb beliga arqon bog‘lab, quduqqa tusha boshlabdi. Quduq juda chuqur ekan, tushib ketaveribdi. Axiri oyog‘i quduq tagiga tegibdi. Qarasa, quduq tagi keng, hamma yer qorong‘i, zulmat, kup-quruq, suv degan narsa yo‘q emish. Belidan arqonni yechib, nariroqqa borib qarasa, bitta xum turganmish va undan hadeb tilla qaynab chiqayotgan emish. Bola olib tushgan chelagini darhol tillaga to‘latib yuqoriga uzatibdi. Bo‘shagan chelak qaytib tushibdi. Shunday qilib xumdagi tillani tamom qilibdi, keyin arqonga chirmashib yuqori chiqa boshlabdi. Shu topda boy: «Bolani hozir tortib olsam, u xoynaxoy tillaning kamida yarmiga sherik bo‘ladi. Undan ko‘ra, bola shu quduqda o‘lib ketgani yaxshi», deb arqonni shartta qirqib yuboribdi. Boy hamma tillani olib, yo‘lga ravona bo‘libdi. Endi gapni boladan eshiting:
Mamatboy ko‘zini ochsa, o‘zini quduqda ko‘ribdi. «Attang, boy yaxshilikka yomonlik qildi. Ajalim shu yerda ekan-da», deb juda xafa bo‘lib ichkariroqqa yuribdi. Atrofiga nazar solsa, bir yoqda bir eshik ko‘rinibdi, eshikdan kirib qarasa, ichkarisi juda yaxshi bezatilgan bir uy emish. Bu uy bir devniki ekan, unda o‘sha dev yotgan ekan. Uyning shipida bir qancha cholg‘u asboblari osig‘liq emish. yigit devordan bir g‘ijjakni olib chala boshlabdi. Dev yetti yildan buyon kasal bo‘lib, hushsiz yotgan ekan, g‘ijjak tovushini eshitib, o‘ziga kelibdi. Yetti kun deganda tuzalib turibdi va:
— E bola, sen kimsan? Menga ko‘p yaxshilik qilding. Tila tilagingni! — debdi.
Bola qo‘rqib ketib, darhol devga salom beribdi. Dev alik olib, uning bu yerga qanday kelganini so‘rabdi. Bola devga boshidan kechirganlarini aytib beribdi. Bolaga devning rahmi kelib:
— Sen meni o‘limdan olib qolding, — debdi. Bola oldin devning tillasini quduqdan chiqarib yuborganini va shu sababli gunohini kechirishini so‘rabdi. Dev uning gunohini kechiribdi. So‘ngra Mamatboy:
— Meni yorug‘ dunyoga olib chiqib qo‘ysang bas, — debdi. Dev uni yelkasiga mindirib, bir zumda ochiq havoga chiqarib qo‘yibdi- Mamatboy dev bilan xayrlashib, yo‘lga ravona bo‘libdi.
Mamatboy tez-tez yurib boyga yetib olibdi va bilmas kishi bo‘lib, yana ilgarigidek boyning xizmatini qilaveribdi. Buni ko‘rgan boyning esi chiqib ketibdi. U ham qo‘rqqandan noiloj o‘zini bilmaslikka solib yuraveribdi-yu, bolani yo‘q qilish payiga tushibdi.
Boy xotiniga quyidagicha xat yozibdi:
«Mendan sizlarga ko‘pdan-ko‘p salom. Yaqinda borib qolaman. Jon xotin, men borguncha shu xatni olib borgan bolani o‘ldirib yubor. Sababini borganimda aytaman».
Xatni taxlab, muhrini bosib: «Endi buni kim uyga yetkazadi?» desa, hech kim indamabdi, chunki boy oldinroq boshqa xizmatkorlari bilan til biriktirib qo‘ygan ekan.
Xatni oxiri Mamatboy olib ketibdi. Yura-yura bir yerga yetganida o‘ylabdi: «E, men qancha ovora bo‘lib ilm o‘rgangan edim, buning duoyi salomini bir o‘qib ko‘rmaymanmi?» deb xatni ochib qarasa, gap haligiday.
Xatni darrov yirtib tashlabdi-da, o‘rniga quyidagi xatni yozibdi:
«Rafiqam G’ilmonnisoga.
Duoyi salomdan so‘ng andog‘ ma’lum va ravshan bo‘lsinkim, men bu o‘lkada eson-omon yuribman. Nasibam bo‘lsa, yaqinda borib qolaman. Ushbu yuborgan xizmatkor bola Mamatboy juda epchil ekan, baraka topsin, men buyurgan eng muhim ishlarni yakka o‘zi muhayyo qildi. Davlatimizning ortishiga sababchi bo‘ldi. Mamatboyni yaxshilab kutib ol, darhol katta qizimizni shunga to‘y qilib ber, toki men borganimda kuyov bo‘lib kutib olsin».
Mamatboy xatni o‘xshatib yozibdi va xat oxiriga boy nomidan imzo chekibdi. Mamatboy bir haftada yetib kelib, xatni boyning xotiniga beribdi. Xotin xatni o‘qib: «O’zlari aytibdilar, to‘y qilmasa bo‘lmas ekan», deb ertasigayoq to‘y-tomosha qilib, katta qizini Mamatboyga beribdi. Bir necha kun deganda, boy ham yetib kelibdi. Eshikdan uni qizi bilan kuyovi yaxshilab kutib olishibdi. Boyning joni hiqildog‘iga kelibdi-yu, ammo sir boy bermapti, o‘zini zo‘rg‘a tutib yuribdi. Yigit ham bilmas kishi bo‘lib, qaynatasining hurmatini bajo keltirib yuraveribdi. Oradan bir necha kun o‘tgandan keyin boy xotinini chaqirib:
— Sen nima ish qilib qo‘yding? — deb uni koyibdi. Xotini:
— O’zingiz aytibsiz-ku! — deb xatni ko‘rsatgan ekan, boy:
— Bu men yozgan xat emas, obbo qurg‘ur-ey, mendan ham usta ekan, — deb qoyil qolibdi. Lekin Mamatboyni yo‘q qilishni kecha-yu kunduz o‘ylab yuraveribdi.
Kunlarning birida yigitning esiga ota-onasi tushib: «Xotinim bilan bir borib kelay», deb boydan ijozat so‘rabdi. Yurib-yurib bir katta shaharga kelibdilar. Mamatboy o‘sha shahar podshosining saroyi yonidan o‘ta turib, darvozaga ko‘zi tushibdi, darvoza tepasiga osilgan bir necha odamni ko‘ribdi. Surishtirsa, podshoning bir go‘zal qizi bor ekan. U shaxmatga juda usta ekan. «Kimki o‘yinda meni yutib chiqsa, o‘shanga tegaman», deb shart qo‘ygan ekan. Haligilar shaxmat o‘yinida yutqazgan kishilarning tanalari ekan.
Mamatboy o‘ylab turib: «Ikki hunarim meni ikki marta o‘limdan olib qoldi, uchinchisi ham bekor ketmas. Kel, tavakkal, shu o‘yinni ham o‘ynab ko‘ray», deb, shoh qizi yoniga boribdi. Qiz uni mensimagandek bo‘lib qabul qilibdi.

O’yin boshlanibdi. Qiz ham, yigit ham bir-biridan sira qolishmabdi. Uch kun deganda qiz yutqazibdi. Qiz bilan otasi Mamatboyning shaxmatga ustaligiga qoyil qolishibdi. Podsho yigitga qizini bermoqchi bo‘lgan ekan, yigit unamabdi. Ota-onasini shaharga oldirib kelib, kambag‘al, beva-bechora, yetim-esirlarga muruvvat qilib turibdi.
Mamatboyning qaynatasi kunlardan bir kun Mamatboyga arzga kelibdi. Lekin kuyovini tanimabdi. Kuyov qaynatasining arzini obdan eshitib bo‘lib, keyin boyning butun qilgan ishlarini o‘ziga aytib beribdi. Boy juda yomon ahvolga tushib, yigitning oyog‘iga yiqilib, o‘z qilmishlariga tavba qilibdi.
Shunday qilib Mamatboy murod-maqsadiga yetibdi.
O‘ZBEK XALQ ERTAKLARI

 

Arslon va ayiq

Qarib bukchayib, yurolmay qolgan Ayiq ko‘chada o‘tirib olib, hadeb tesha bilan yer kovlar edi.Tepasiga hayvonlar sultoni Sher kelib so‘radi:
Ha, Ayiqpolvon, yerni kovlab nima qilmoqchisan? Yo o‘zingga go‘r qaziyapsanmi?
Ko‘rmayapsanmi, sultonim, daraxt ekyapman, — javob berdi Ayiq.
Voy kaltafahm-ey, bir oyog‘ing yerda,bir oyog‘ing go‘rda bo‘la turib, ko‘chat ekayotganingni qara-ya! Bu hosil berguncha ko‘karib chiqasan-ku.
Og‘zingga qarab gapir, — dedi Ayiqning jahli chiqib. — Burring hosilidan hali senga ham olib boraman.
Arslon ayiqning so‘zidan ta’sirlanib, unga bir tovoq asal berdi. Asalni qo‘lga olgan ayiq birdan xaholab kulib yubordi.
Nega kulasan, befarosat, — dedi Arslon.
— Ey, hayvonlarning sultoni, o‘rmonlarning homiysi, kulmay nima qilay, kulaman-da. Manavini qara, — dedi Ayiq qo‘lidagi asalga ishora qilib, — ekkan ko‘chatimning birinchi hosilini ko‘rib turibman. O‘rnimdan turmasdan yotaverganimda sen asal tugul bir qultum suv ham bermasding.

Donishmand yigit

Qadim zamonda bir podsho o‘tgan ekan. Podsho hukm chiqarishda gunohkor va gunohsizlarni chek tashlash yo‘li bilan aniqlar ekan. Gunohkor deb topilgan odamni podsho o‘z oldiga chaqirib bir qutini ko‘rsatar ekan. Uning ichida ikkita qog‘ozga, biriga "o‘lim", ikkinchisiga esa "ozodlik" degan so‘zlar yozilgan ekan. Gunohlari qay darajada bo‘lishidan qat’i nazar, gunohkorlar shu qog‘ozlardan bittasini olar va unda yozilgan hukm ijro etilar ekan. "Ozodlik" degan qog‘ozni olsa, ozod bo‘lar ekan. "O‘lim" degan qog‘ozni olsa, o‘limga hukm qilinar ekan.
Kunlardan bir kuni hasadgo‘ylardan bir nechtasi to‘planib, bir donishmand yigitni podshoga gunohkor qilib ko‘rsatishibdi. U yigitning dushmanlari qutidagi ikkala qog‘ozga ham "o‘lim" degan so‘zni yozib, solib qo‘yishgan ekan. Bu sir-asrordan donishmand yigitning do‘stlari xabardor bo‘lib qolishibdi va yigitni ogohlantirishibdi.
Podsho odati bo‘yicha gunohkorni chaqirtirib, qutidan qog‘ozlardan birini olishni buyuribdi. Donishmand esa qog‘ozlardan birini qo‘liga olibdi-yu, yutib yuboribdi. Podsho esa qutidagi qolgan qog‘ozni ochib qarasa, unda "o‘lim" deb yozilgan ekan.
Podsho yigit yutgan qog‘ozda "ozodlik" degan hukm bo‘lsa kerak, deb gunohsiz donishmandni ozod qilib yuboribdi. Donishmand shunday qilib aql-zakovati tufayli o‘limdan qutulib qolgan ekan.


"Oltin beshik"o'zbek xalq ertaklari

Olmos botir

Bir bor ekan,bir yo'q ekan.Qadim zamonda bir chol bilan bir kampir yashagan ekan.Chol oltmish yoshga kiribdi,kampir ellik kiribdi-yu,lekin bolalari yo'q ekan.Nihoyat kampir o'g'il tug'ibdi.Bu bolaning og'irligi bir botmon,bo'yi ikki gaz emish.Ertasi kuni chol suyuna-suyuna bolani mullaning oldiga olib boribdilar.Mullaga bir xalta olma ham olib boribdilar.Mulla:"Olma olib kelibsiz,o'g'lingizni oti Olmos botir bo'lsin",debdi.Shunday qilib,bolani har kuni mullaning oldiga salomga olib kelaveribdilar.Bola soatlab o'saveribdi:aqlli,dono yigit bo'libdi.Ot minishda,qilish chopishda bu yurtda Olmos botirga bas keladigan odam kelmabdi.Kunlardan bir kun botirning dovrug'i podshoning qulog'iga borib yetibdi.Podsho uni saroyga chaqirtiribdi.Chol bilan kampir noiloj Olmos botirni yetaklab podshoning saroyiga borishibdi.Podsho Olmos botirni yonida olib qolibdi.Bu vazirga yoqmabdi.U Olmos botirni qanday qilib yo'qotsam ekan,deb zo'r tashvishga tushibdi.

 

Kunlar o'tibdi.Olmos botirning dovrug'i hamma yoqqa tarqalibdi.Olmos botir bu podsholikka bostirib kelgan ko'p yovlarni qiribdi.

 

Kunlardan bir kun podshoning ko'zi xiralashib,yaxshi ko'rmaydigan bo'lib qolibdi.Vazir:"Endi Olmos botirdan qutuladigan payt keldi"debdi-da,podshoga:

 

-Podshohim,falon-falon parilarning yurtidan o'tgandan keyin Ko'hiqof degan tog'ning orqasida bir yalmog'iz kampir bor,shu kampirning bog'ida Bulbuligo'yo degan bir qush bor,agar shu qushning sayrashini eshitsangiz,ko'zingiz darrov ravshanlashadi,-debdi.

 

-Bu qushni qanday qilib keltiramiz,uni kim olib keladi?-deb so'rabdi podsho.Shunda ayyor vazir:

 

-Bu ish faqat Olmos botirning qo'lidan keladi,-debdi.

 

Vazirning aytgan yeri Borsa kelmas degan yurt ekan.U yurtga borgan odam bolasi hech vaqt qaytib kelmas ekan,Podsho majlis chaqirib,maslahat solibdi.Yurtining kattalari Olmos botirga qarabdi.Olmos botir o'rnidan turib,ta'zim bilan:

 

-Podshohim,xizmatingizga tayyorman.Buyursangiz,menga ot,yo'lga kerakli narsalarni hozirlasalar.Yo'l uzoq,xavf-xatar ko'p.Men qirq kun deganda qaytib kelaman.Qirq birinchi kun ham kutinglar.Kelmasam,meni o'ldi,deb hisoblanglar.Ota-onam qarib qolgan,ko'makdan mahrum qilmanglar,-debdi va qayrilib chiqib ketibdi.

 

Shunday qilib,Olmos botir yo'lga ravona bo'libdi,tog'-cho'llardan,daryo ko'llardan o'tibdi.Yurib-yurib bir tog' etagida to'xtabdi.Qarasa,hammayoq maysazor,suvlar shildirab oqib yotganmish.Olmos botir otini o'tlagani qo'yib,o'zi tog' oralig'iga kirib boraveribdi.Bir g'orga duch kelibdi.G'orning ichi yorug' emish.To'rda bir kampir o'tirgan emish.Olmos botir kampirning oldiga borib:

 

-Assalomu alaykum,ona,-deb salom beribdi.

 

-Saloming bo'lmasa,ikki yamlab bir yutar edim.Qani odam bolasi,boshingga na mushkul ish tushdi?-debdi haligi kampir.

 

Shunda Olmos botir:

 

-Shunday,ona,yurtimiz podshosining ko'zi yaxshi ko'rmaydigan bo'lib qoldi.Ko'hiqof degan yurtda Bulbuligo'yo degan bir qush bor emish.Shu qush sayrasa,podshoning ko'zi charaqlab ochilib ketarmish.Men shu qushni olib kelgani ketayotirman,-debdi.Kampir:

 

-Ishing mushkul ekan,bolam.Seni bu ishga yuborganlar,dushmanlaring ekan.Bu qushni qo'lga olguningcha,juda ko'p azob-uqubatlar chekasan.Mayli men sening ishingni oson qilay,hozir o'g'illarim keladi.Ular seni Ko'hiqofga olib borib tashlaydilar.Shunda sen ajoyib bir boqqa kirasan,bu bog' Yalman degan yalmog'iz kampirning bog'i.Bulbuligo'yo mana shu bog'da bo'ladi.Sen kun tig'i tushgan paytda boqqa kirib,hovuzning labiga borasan.Etagingga don sochib qo'yasan.Bir chiroyli qush kelib,donni cho'qiyveradi.Qolgan qushlar ham uning orqasidan ergashadi.O'sha oldin kelib qo'ngan qush Bulbuligo'yo bo'ladi.Sen darrov etagingni yopib qochasan.Darvozani yopganda,asta yopgin,yalmog'iz kampir bilsa,tirik qolmaysan.Undan keyin,yalmog'iz sening orqangdan quvadi.Men senga uchta narsa beraman.Yalmog'iz kampir "Ana yetdim-yetdim"deganda mana bu ignani yo'lga tashlaysan,changalzor bo'ladi,undan o'taman,deb kampir ancha ovora bo'ladi.Keyin yana"yetdim-yetdim"deganda mana bu taroqni tashlaysan,qalin o'rmon paydo bo'ladi.Yana yetay deganda mana bu oynani tashlaysan,katta daryo paydo bo'ladi.Shunda mening yurtimga yetib kelgan bo'lasan,-debdi.

 

Kech kiribdi,kampir Olmos botirga sandiqning ichiga oti bilan o'ziga joy to'g'rilab beribdi.Kampirning uchta dev bolasi bor ekan.Ular kelib,atrofni hidlab:

 

-Ona,bu yerdan odamzodning isi kelyapti-ya,=debdilar.Kampir:

 

-Shunday-shunday bolalarim,odamzodning bolasi bizning yurtga bosh urib kelibdi.Sizlar uni ertaga Ko'hiqofga olib borasizlar,-debdi.Bolalari:

-Xo'p,ona, debdilar.Har qaysisi yetti ko'za qattiq bilan yetti tandir nonni yebdi.Erta tong qorong'usida Olmos botir bir devning orqasiga minibdi,ikki dev ikki yonida osmonga uchib ketibdi.Ko'z ochib-yumguncha,Ko'hiqofga yetib borishibdi.

 

Olmos botir kampir aytganday hovuz bo'yiga borib,etagiga don solib o'tiribdi.Chiroyli bir qush kelib don yeya boshlabdi.Olmos botir etagini yopib olibdi-da,ura qochibdi.Bundan xabardor bo'lgan yalmog'iz kampir uning orqasidan quvibdi.Kampir yetay-yetay deganda,yigit taroqni tashlabdi.Kampir paydo bo'lgan o'rmonzordan o'tibdi.Yana yetay-yetay deganda,Olmos botir oynani tashlagan ekan,daryo hosil bo'libdi.Yalmog'iz kampir daryodan o'tolmay,Olmos botirning ortidan "Sen daryodan qanday o'tding?"deb qichqiribdi.Olmos botir:"Ko'ylagimni belimdan mahkam bog'ladim,ichiga tosh to'ldirdim!"debdi.Yalmog'iz kampir Olmos botir aytganday qilib, daryoga o'zini tashlagan ekan, tagiga cho'kib ketibdi. 

 

Olmos botir parilar yurtiga yetib kelib, kampirning oldiga boribdi. 

 

-Ha,o'g'lim, omon-eson yetib keldingmi? -debdi kampir. Darrov Olmos botirni uchar otiga mindirib, BUlbuligo'yoni xurjuniga solib, og'zini mahkam bog'labdi. 

 

Olmos botir kampir bilan xayrlashib, osmonga parvoz qilibdi-da,o'z yurtiga yetib boribdi. Olmos botir to'g'ri podsho turgan boqqa kirib, xurjundagi Bulbuligo'yoni qafasga solibdi. Qush sayrab yuborgan ekan, podshoning ko'zi charaqlab ketibdi. Podsho xursand bo'lib uni bosh vazir qilib tayinlandi. Olmos botirga qizini beribdi. Hamma murod-maqsadlariga yetishibdi. 

 

"Oltin beshik"o'zbek xalq ertaklari

Zorliq bilan Mungliq

Juda qadim zamonda bir podsho bo'lgan ekan.U podshoning to'rtta xotini bo'lgan ekan,ulardan eng kichigi Gulbahra homilador bo'libdi.Buni eshitgan podsho:-Menga ham Xudo farzand berar ekan,-debdi-Bu bola tug'ilsa,men bu yerda bo'lsam,quvonganimdan yuragim yorilib o'lar,-deb safarga chiqib ketibdi.

Kunlar ketidan tunlar o'tibdi.Gulbahraning oy kuni yetibdi.Kundoshlar tipirchilab qolishibdi.Qanday qilib bo'lsa ham bola tug'ilishi bilan uni yo'qotish payiga tushibdi.Ular bir jodugar maston kampirni topib unga:

-Sen shu tug'iladigan bolani yo'qotsang,senga ko'p oltin beramiz,=deyishibdi.

Maston yo'lda ketayotsa, bir it tug'ib yotgan ekan,uning ikkìta bolasini etagiga solib olibdi va Gulbahraning oldiga yetib kelibdi.Gulbahra bir o'g'il va bir qiz tug'ibdi.Kampir darrov bolalarning o'rniga kuchuklarni almashtirib qo'yibdi va Gulbahraga "Sen kuchuk tug'ding",=debdi.Bolalarni esa bir cho'lga olib chiqib qarg'a-quzg'un yeb ketar,deb tashlab kelìbdi.

Bir ona kiyik o'tlab yurib bolalarning oldiga kelib qolibdi.Uning ikki bolasini yaqinda bo'rilar yeb qo'ygan ekan,kiyik bolalarni darrov emiza boshlabdi.Kiyik ularning ustiga soya bo'lib issiqdan,bag'riga bosib sovuqdan saqlab katta qilibdi,bolalar yo'lga yuradigan bo'lishibdi.

Bir kuni bir ovchi ona kiyikni otib qo'yib,kiyik yarador bo'lib tog'u toshlardan o'tib bolalar oldiga kelibdi va jon beribdi.Bolalar kiyik ustiga o'zlarini tashlab yig'lay boshlashibdi.Shu payt bir chol kelib qolibdi.Bolalarni darrov qo'liga olibdi va uyiga olib boribdi.Chol bechoraning na bolasi,na xotini bor ekan,hammasi ham dunyodan o'tgan ekan,uning uyi ham tog'da,bir g'orga o'xshagan joyda ekan.Chol bolalarga ust-bosh kiydiribdi,yig'lasa kuldiribdi,o'g'ilning otini Zorliq,qizning otini esa Mungliq qo'yibdi.

Zorliq bilan Mungliq o'n yoshga to'libdi.Zorliq juda kuchli pahlavon yigit bo'libdi,har kuni ovga chiqib har hil narsalarni otib keladigan bo'libdi,ham cholni,ham singlisini boqibdi

 Kunlardan bir kun chol olamdan o'tibdi,ularning o'zlari yakka yolg'iz qolishibdi.Bir kuni Zorliq ovga chiqib bir podshoni ko'ribdi,unga o'zi ovlagan qushlardan beribdi.Podsho bolani ko'rib"Menining ham shunaqa bir o'g'lim bo'lsa",=deb suqlanib qarabdi.Bu podsho Zorliqning otasi ekan,lekin ular bir-birlarini tanimabdilar.

Podsho uyga borib ov vaqtida ko'rgan bolani ko'p maqtab gapirib beribdi.Uning xotinlari darrov jodugar kampirni chaqirtirib:=Sen ularni o'ldirmagan ekansan,podsho ularni ovda ko'ribdi,=deyishibdi.Jodugar kampir Zorliq va Mungliq yashayotgan joyga boribdi va Mungliqning oldiga kiribdi.Undan gap so'rab o'zi cho'lga tashlab ketgan bolalardan biri ekanligini bilibdi va qizdan akasì borligini va uning har kuni ovga chiqib ketishini ham bilib olibdi.Jodugar Mungliqqa:

=Ey qizim,o'zing bunaqa qilib yolg'iz o'tirma,akang kelsa,menga Oynai jahonni keltirib bering,men uni ko'rib zerikmay o'tiray,degin,=deb gap o'rgatib ketibdi.

Kechqurun akasi kelgach,qiz unga yolvorib:"Men o'zim bu qo'rg'onda yakka-yolg'iz o'tirib juda zerikyapman.Menga endi Oynai jahonni olib kelib bering,uni tomosha qilib o'tirayin",=debdi.

Yigit singlisiga hamma narsani g'amlab berib,Oynai jahonni qidirib ketibdi.Zorliq o'n kechayu,o'n kunduz yo'l yurib,Qizilqum degan joyga borib yetibdi va u yerdagi bir buloq yoniga kelib,dam olib o'tirgan ekan,bir tomondan bir bahaybat narsa ko'rinibdi.U Zorliqning oldiga kelib:

=Ey odamzod,seni bu yerga ajal quvib kelibdi,men seni yeyman,=debdi.U dahshatli narsa dev ekan.Zorliq uning belidan ushlab osmonga otib yuboribdi.Dev yerga tushib kelayotib:"Meni qutqarib ol,nima desang aytganingni qilaman",=deb yolvoribdi.Zorliq ushlab olibdi va unga:"Meni Oynai jahon bor joyga olib borgin",=debdi.Dev Zorliqni ustiga mindirib osmonga olib chiqib ketibdi va bir joyga olib borib qo'yibdi."Mana endi bu yog'iga o'zing borasan",=deb jo'natib yuboribdi.

Zorliq yura-yura bir chinor ostiga yetib kelibdi.Shu payt bir tomondan sharpa eshitibdi.Qarasa juda katta ajdar kelayotgan emish,chinor tepasida esa uni ko'rgan semurg'ning bolalari faryod qilayotgan emish.

Zorliq darrov qo'liga kamonini olib ikki o'q bilan ajdarning ikki ko'zini ko'r qilibdi,keyin qilichi bilan uni mayda-mayda qilib chopib tashlabdi.Semurg'ning bolalari Zorliqni o'z oralariga yashirib qo'yibdilar. 

Bir vaqt semurg' bir tomondan qor yomg'ir bilan uchib kelib va maydalab tashlangan ajdarni yutib yuboribdi.Bolalari oldìga chiqib u yoq bu yoqqa qarabdi va:

-Odam hidi kelayotir,uni sizlar ko'rmadingizmi?

deb bolalaridan so'rabdi.Bolalari yashirib qo'ygan Zorliqni ko'rsatib:

-Ajdarni shu yigit o'ldirdi,deyishibdi.Semurg' Zorliqning bu ishlariga xursand bo'lib: 

-Tila tilagingni,=debdi.Shunda Zorliq: 

-Menga Oynai jahon kerak,=debdi.Semurg':

-Bu juda qiyin ish,ammo ajdarni o'ldirib,mening bolalarimni o'limdan saqlab qolganing uchun,mayli sening hojatingni chiqaray,hozir sen mening ustimga minib men bilan birga dengiz ostiga sho'ng'ib kirasan va men to'xtagan joyda qo'lingga nima ilinsa,o'shani mahkam ushlaysan,=debdi.Semurg' Zorliqni ustìa mindirib,dengiz ostiga uchib kiribdi.Zorliq qo'liga ilingan narsani mahkam ushlab olib chiqibdi.Qarasa,u narsa Oynai jahon ekan.Semurg' Zorliqni qo'rg'onigacha olib borib qo'yibdi.Zorliq singlisi bilan ko'rishibdi va Oynai jahonni uning qo'liga beribdi.Ilgariga odati bo'yicha Zorliq ovga chiqa boshlabdi.

Mungliq bir kuni Oynai jahonga qarab o'tirib,unda otasi bilan onasini ko'ribdi.Qarasa,otasi podsho emish,onasi esa bir g'orda yotgan emish,onasi yonida ikkita tozi it ham bor emish.Kechqurun buni akasiga aytib beribdi.Zorliq ertasiga ovga chiqib yana o'sha podshoni ko'rib qolibdi va uni uyiga taklif qilibdi.Podsho qo'rg'onda Mungliqni ham ko'ribdi.Mungliq darrov Oynai jahonni podshoning oldiga qo'yib,ovqat qilgani ketibdi.Podsho Oynai jahonga qarab butun sirni

Zorliq va Mungliq o'zining bolalari ekanligini bilib hushìdan ketib qolibdi.So'ngra kechqurun  bolalarni shaharga olib ketibdi.Uch xotinini va jodugarni qamoqqa soldiribdi.Bolalarining onasini g'ordan oldirib kelibdi.Zorliq bilan Mungliq ota-onasini topib murodu maqsadiga yetibdi.

Sunbul qush

Qadim zamonda bir podshoning uch o'g'li bo'lgan ekan. Bir kuni podsho o'g'illarini oldiga chaqirib: 

 

-Bolalarim,hammangiz shikorga chiqib Sunbul qush ovlab keling, -debdi.

 

Bolalarning har biri yahshi otlardan birini minib yo'lga tushibdilar. Yo'l yuribdilar, yo'l yursalar ham mo'l yuribdilar, bir katta yo'lning bandiga borib yetibdilar. 

 

Uchalasi ham otdan tushib kim qaysi yo'lga ketishini maslahat qilib tursalar, birining ko'zi bir yozuvga tushibdi. Borib o'qisalar: "Borsa kelar o'ngda, borsa kelmas chapda, to'g'ri yurgan gumon"deyilgan emish. Aka-ukalar cho'p tashlashibdilar. Kattasi borsa kelarga, o'rtanchasi gumon, kenjasi borsa kelmasga tushibdi. Ular"har kimning oyi oldidan bo'lsin, sog'ko'rishaylik"deb shu yerda uch yo'lga bo'linib ketibdilar. 

 

Ikki kattasi yo'l yuraversin, gapni kenjasidan eshiting. Kenja bola bir yerga yetib borsa qirq dev bazm qurib o'tiribdi emish. Bola ko'rinishi bilan qirq dev birdan o'rnidan turib bolani "man yeyman" "man yeyman" deb o'rtaga olibdilar. 

 

Kenja bola shu yerda otasi bergan qirq botmonlik o'q yoyini bir aylantirib o'q uzib, qirq devni bir biriga yopishtirib, yana yo'lini davom ettiraveribdi. Yana uch kun yo'l yurib, bir podshoning shahriga boribdi. Bu yurt podshosining bir go'zal qizi bor bo'lib, bir dev shu qizni olish uchun har kuni bir odamni yeb yurar ekan, podsho bo'lsa shu qizini devdan olib qolishni o'ylab, soch soqoli oqarib ketibdi ekan. 

 

Kenja bola shaharga yetib borib bu motamni ko'rib qayg'uribdi. Keyin bir cholga uchrab: 

 

-ota,ota, dev har kuni bir odamni qayerdan olib ketadi? -debdi.Chol kenja bolaga odam yeb ketadigan joyni ko'rsatibdi. 

Kenja borib qarasa, bir odam bog'liq turibdi ekan, darrov bo'shatib, o'zi shu odamni o'rniga qo'liga qilichini olib turaveribdi. Bir vaqt dovul boshlanibdi, keyin yer yuzini qora bulut tutuni bosibdi, undan keyin kuchli sel yog'ibdi va oxiri bir dev kelib kenjaga chang solibdi. Kenja bola ham bo'sh kelmay, devning qo'liga bor qilich solib to'rt barmog'ini uzib tushuribdi. Shunda devning qahri kelib kenja bolaga yana hamla qilibdi, bola ham qilichini dast ko'tarib devning beliga uribdi. Shunday uch kun urishibdi. Oxiri bola devni yengibdi. 

Kurashdan xabardor bo'lgan shahar odamlari bolaning kuch -quvvatiga ofarinlar aytib, uning izi bilan birga boraveribdilar. Podsho va vazirlar ham,ularning xotin-xalajlari,qizlari ham yigitni tomosha qilibdilar,ko'p qizlari oshiqi beqaror bo'libdilar.

Shunda podsho yigitning oldiga kelib: -Sen yurtimni motamdan qutqarding,endi sen shu yurtning bahodiri bo'lding,kel,sening izzating uchun qirq kun to'y berayin,-debdi.

-Qulluq!-debdi Kenja botir.

Shunda podshoning qizi bolani ko'shkidan ko'rib turgan ekan,oshiq ham bo'lgan ekan.Kelib otasiga:

-Ota,shu bolani olib qolaylik,-debdi.

-Kuyovlikka loyiq ekan,qizim,-deb qizini Kenjaga nikohlab berib,yana qirq kecha-kunduz to'y beribdi.

Oyu kunlar o'tibdi.Bolaning esiga otasining "Sunbul qush"degani va ikki akasi tushib xo'rsinib o'tirgan ekan,podshoning qizi kirib keliadi va:

-Mendan ham bo'lak yoringiz borga o'xshaydi,-debdi.Shunda bolaning qahri kelib:

-Sening darding yor,mening dardim ota-onam,inilarim,-deb,o'rnidan turibdi.Podshoning qizi tavba qilib,yigitning ko'nglini olibdi.Shunda yigit:

-Men Sunbul qushni izlab,elimdan chiqib sening elingga kelib qolganman.Menga bu yerda orom olib o'tirish harom,-debdi.

-Sunbul qush bundan yana qirq kunlik yo'lda,bir bog'da bor.Shu bog'da bir qorovul bor,qorovulni qo'lga olib,undan Sunbul qushni tutib berishni so'rasangiz,sizga tutib beradi,-debdi qiz.

Kenja bola qirq kunlik yo'lga ravona bo'libdi.Qirq kun yo'l yurib qiz aytgan bog'ga yetib boribdi.Bog' atrofini qirq yo'la aylansa ham kira olmabdi.Oxiri bir kechasi bog'ning bir yeridan eshik ochilib,undan shu bog'ning qorovuli chiqibdi.Kenja bola darhol qorovulni qo'lga tushirib:

-Yo Sunbul qushni tutib ber,yo joningdan umid uz!-debdi.

Bog'bon qo'rqqanidan yuzidan qoni qochib,qo'llari qaltirab,qirq kungacha o'ziga kelmas bo'lib qolibdi.Qirq kundan so'ng o'ziga kelib qarasa,haliyam bolaning qilichi bo'g'zida turganmish.

-Tutib beraman,-debdi qorovul.Qorovulni qo'yib yuborib,Kenja bir chekkada o'tiribdi.Qorovul to'r qurib bir Sunbul qushni tutib Kenja bolaga olib kelib beribdi.Kenja bola qorovul bilan xayrlashib izìga qarab jo'nabdi.Endi ikki og'iz so'zni podshoning qizidan eshiting

Kenja bola ketganidan beri qiz uning yo'lìga chiqib,yorini kutib o'tiraveribdi.Bola to'rt oy deganda yetib kelibdi.Qizga aytibdi:

-Sen shu yerda bo'l,men yurtimga borayin,otam bilan so'zlashib,seni olib ketaman,-debdi.Qiz rozi bo'lib qolaveribdi,Kenja bola yo'lga tushìb uch yo'lning bandiga boribdi.Borsa ikki akasi yo'lda o'tiribdi.Lekin ikki akasida ham Sunbul qush yo'q ekan.Akalari bilan ko'rishib,so'rashib bo'lib,Sunbul qushni ko'rsatibdi.Akalarining bunga rashki kelib:

-Bizdan kichik bo'lib,biz qila olmagan ishni bu qildi,-deb,ikkovi maslahatlashib,Kenja bolaning ko'zini o'yib olib o'zini quduqqa tashlab,ikki ko'zni Sunbul qushning oldiga tashlabdilar.Sunbul qush ham aqlli ekan,egasining ikki ko'zini ikki qanoti ostiga yashirib qo'yibdi.Ikki aka Kenjani o'ldiga chiqarib,otasining oldìga borib,Sunbul qushni beribdilar.

Gapni Sunbul qush sir saqlab yurib,bir kuni podshoga:

-Ota,Kenja o'g'lingiz bir quduqda ikki ko'zidan ajralib,yarim o'lik holda yotibdir,siz borib uni olib keling-debdi.Podsho Sunbul qushning bu gapini eshitib darhol askarlari bilan yo'lga chiqibdi.Sunbul qush ularni quduq bo'yiga boshlab boribdi.Quduqqa arqon solibdilar va Kenja bolani tortib olibdilar.Podsho va askarlar ko'rsa,bolaning ikki ko'zi o'yib olingan ekan.Hammalari zor-zor yig'labdilar.Shunda bir yoqdan Kenjaning xotini ham qirq kanizi va otasining besh yuz askari bilan yetib kelibdi.Qiz ham ko'ribdiki,yorining ko'zi o'yilgan.Qiz ham zor-zor yig'lab sochini yulibdi.Sunbul qush aytibdi:

-Qasoskorman,agar podsho shu egamning ikki ko'zini o'ygan o'g'illaridan o'ch olmasa,men egamning ikki ko'zini bermayman,-debdi.Shunda podsho ham,xalq ham Sunbul qushning gapini ma'qullab ikki akasini otning dumiga bog'lab sudratibdi.Sunbul qush ikki qanoti ostidagi ikki ko'zni yalab egasining ko'zìga qo'yibdi.Kenja bola sog'ayibdi.Shunda podsho ham shod bo'lib xalqqa to'y qilib,hammalari murod maqsadlariga yetibdilar.

 

 

"Oltin beshik" o'zbek xalq ertaklari 

Irkit ayiqcha

Bir kuni ayiqcha uyida g‘alati ovozdan uyg‘onib ketdi. Ko‘zini ochib qarasa, tepasida ikkita pashsha g‘izzillab aylanayotgan ekan. Ayiqcha pashshalarni qo‘li bilan haydadi, ammo bir ozdan so‘ng ular yana ayiqchaning boshi ustida aylana boshladilar. Ayiqcha boshini ko‘rpasiga burkab yotdi, ammo bir ozdan keyin nafasi qaytib boshini chiqardi.
Pashshalar esa shuni kutib turgandek, shu zahoti yana tepasida aylana boshladilar. Bu ham yetmaganidek, boshiga, yuziga qo‘nib g‘ashiga tegishdi. O‘rnidan turib yuvinish xonasiga kirdi. Ko‘zguga qaradi, ko‘zgudan unga sochlari paxmaygan, yuzlari kir ayiqcha qarab turar edi. Yuvinmoqchi bo‘lib jo‘mrakni buradi, lekin erinib suvni o‘chirdi.
Oshxonaga chiqib nonushta qilmoqchi bo‘lib dasturxon oldiga o‘tirdi. Pashshalar shu zahoti uchib kelib boshiga qo‘nishdi. Ayiqcha ularga ahamiyat bermaslikka harakat qilib nonushta qila boshladi. Lekin pashshalar xuddi shuni kutib turgandek, ayiqcha yeyayotgan narsaga tashlanib talay boshlashdi.
Ayiqcha ularni harchand haydasa ham ketishmas edi. Ayiqcha nonushtani chala- pula qilib uyidan chiqdi. O‘rmonni aylanib kelmoqchi bo‘ldi. Pashshalar ham uning ketidan qolmay uchib-qo‘nib, atrofida aylanar edilar. Bora-bora ayiqcha pashshalarning g‘o‘ng‘illagan ovoziga o‘rganib ham qoldi, ularga e’tibor ham bermay qo‘ydi.
Bir kuni ayiqchani tulkini uyiga mehmonga chaqirishibdi. U o'zi bilan asalini olib yo'lga chiqdi.
Eshikni quyoncha ochdi.
— Salom ayiqvoy, — dedi quyoncha sevinib.
— J-j-jalom, — dedi ayiqcha. Quyoncha hayron bo‘lib:
— Senga nima bo‘ldi? — deb so‘radi.
— J-j-jnima bo‘libdi, — dedi ayiqcha.
Nega unday gapiryapsan?
— Sen meni tabriklayapsanmi yoki mazax qilyapsanmi? — dedi.
Ayiq esa indamay asalni dasturxon ustiga qo‘ydi va o‘zi ham o‘tirdi.
Dasturxonga shirinlik va mevalar uzatishdi. Barcha hayvonlar xursand bo‘lib ulardan yeya boshlashdi. Pashshalar ham shu zahoti meva va shirinliklarni talay boshlashdi. Ularning xiraligidan hamma bezor bo‘ldi. Shunda bo‘rivoy:
— To‘xtanglar, men hozir ularni o‘ldiraman, — deb qo‘liga daraxt shoxini oldi. Shu payt pashshalar ayiqchaning boshiga qo‘nishdi.
Bo‘rivoy bor kuchi bilan ayiqchaning boshiga urdi.
— Nega meni urasan? — deb baqirdi ayiqvoy.
— Axir, ular sening boshingda o‘tirgan edi- da, nima qilay?
— Men ham seni bir uraymi?
— Meni nega urasan, pashshalar menga qo‘ngani yo‘q-ku, — dedi bo‘rivoy.
— Bu pashshalarni sen olib kelding, shuning uchun kaltakni ham sen yeding, — deb gapga aralashdi olmaxon.
— Qaranglar, u to‘g‘ri gapiradigan bo‘lib qoldi. Demak, ayyorlik qilayotgan ekan, — dedi tulki.
— O‘zi sen kelishing bilan bu yer yoqimsiz hidga to‘lib ketdi, yaxshisi pashshalaringni olib bu yerdan keta qol, — dedi quyoncha. Ayiqcha xafa bo‘lib sekin keta boshladi.
— Mana bu «ajalingni» ham o‘zing bilan olib ket, uni baribir hyech kim yemaydi, — deb tulki ayiqchaning qo‘liga asalni tutqazdi.
Ayiqcha tulkining uyidan chiqib, xafa bo‘lgancha o‘rmonda ketayotib qoqilib yiqildi, asal ustiga to‘kilib hamma joyi asalga belandi. Buni ko‘rgan pashshalar quvonganlaridan jazavaga tushib, ayiqchani qattiqroq talay boshladilar.
Shu atrofdagi ko‘lda oyoqlarini yuvib olmoqchi bo‘lib ayiqcha suvga yahinlashdi. Sirpanib ketib suvga tushib ketdi.
http://i.imgur.com/uTwWgPU.jpg
Anchadan beri suv tegmagan tanasi birdan yayradi va ayiqcha mazza qilib cho‘mildi. Suvdan chiqib, silkingancha yunglarini quritdi va qushday yengillashganini sezdi. Uyiga kelib, ta’bi xira bo‘ldi.
Cho‘milib aqli tiniqlashgan ayiqchaga uyi iflos va tartibsiz ko‘rindi. Supurgi va lattani olib uyini yig‘ishtirdi.So‘ngra uyi atrofidagi chiqindilarni ham yig‘ishtira boshladi. Shu payt mehmondorchilikdan qaytayotgan quyoncha ko‘chadan o‘tib qoldi. U ayiqchani ko‘rib hayron bo‘ldi, uning yunglari tovlanib, quyoshda yaltirardi.
— Horma, ayiqvoy, — dedi quyon uning yoniga kelib. Ayiqvoy uni ko‘rib xijolat bo‘ldi va:


— Salomat bo‘l. Quyonvoy men sendan va boshqa hayvonchalardan yetkazgan aziyatim uchun uzr so‘ramoqchi edim. Men irkit holda mehmonga borib sizlarga nisbatan hurmatsizlik qildim, — dedi.
— Ie, pashshalaring ko‘rinmaydi? — dedi quyon ayiqvoyni xijolatdan qutqarish uchun gapni boshqa yoqqa burib. Ayiqvoy shundagina pashshalarning yo‘qligini sezdi. Eslab ko‘rsa, cho‘milib chiqqandan so‘ng ularni boshqa ko‘rmabdi.

 
 

Tulkiboy

http://i.imgur.com/JthjvPR.jpg

Bir kuni tulkiboy changalzorda ovqat qidirib yurib, bir angishvona topib olibdi. Tulkiboy yurib-yurib bir kampirning uyiga kelib qolibdi.

Kampirni ko’rib:

— Ona, senga shu angishvonani ertagacha qoldirib ketaman, ertalab kelib olaman, — deb chiqib ketibdi. O’zi eshikning tirqishidan kampirning angishvonani qaerga qo’yganini ko’rib olibdi. Tulkiboy kampir uxlagandan keyin sekin uyga kirib angishvonani qo’ygan joyidan olib chiqib ketibdi. Ertasi kampir shoshib-pishib qatlama pishirib turganda, Tulkiboy kirib kelibdi.

— Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan angishvonani bering, — debdi.

Kampir yugurib uyga kirib, angishvonani qo’ygan joyidan topa olmabdi.

— Tulkiboy, angishvonang qo’ygan joyimda yo’q, yo’qolib qolibdi, —debdi.

Tulkiboy:

— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo’ymayman, — debdi.

Kampir:

— Yo’qolgan narsani qaerdan topib beraman, o’rniga qirq qatlama beraman, — debdi.

Tulkiboy «xo’p» deb, qirqta qatlamani olib tashqariga chiqqanidan keyin:

«Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama» deb jo’nabdi. Yo’lda ketayotsa, bir oq echki boqib yurgan kampirni ko’ribdi. Tulkiboy kampirga:

— Ona, shu qirqta qatlamani ertagacha omonat olib qo’ying. Ertalab kelib olaman, — debdi.

Kampir qirqta qatlamani uyiga olib kirib ko’rpaning qatiga bekitib qo’yibdi Tulkiboy yana eshik tirqishidan mo’ralab turib qatlama qo’yilgan joyni ko’rib olibdi. Kampir kechasi uxlaganda kelib, sekin kampirning uyiga kirib qirqta qatlamani bitta ham qoldirmay eb ketibdi.

Ertasi ertalab kelib:

— Ona, kechagi omonat qoldirib ketgan qirq qatlamani olib bering, — debdi.

Kampir uyiga kirib ko’rpasining qatini qarasa, bitta ham qatlama qolmabdi. Kampir:

— Tulkiboy, qo’ygan joyimdan qatlamalaring yo’qolib qolibdi, — debdi.

Tulkiboy:

— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo’ymayman, — debdi. Kampir tulkiboydan qo’rqib:

— Bisotimda bir donagina oq echkim bor, qirq qatlamang o’rniga shuni berayin, — debdi.

Tulkiboy oq echkini etaklab, xursand bo’lib:

«Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki» deb jo’nabdi.

Tulkiboy oq echkini etaklab ketayotsa, bir nor tuya boqib yurgan cholni ko’ribdi. Tulkiboy cholga yaqin kelib:

— Ota, ertagacha mana shu echkini sizga omonat qoldirib ketaman, ertaga kelib olaman, — debdi.

Chol «xo’p» deb echkini hovlisiga olib kirib bog’lab qo’yibdi. Kechasi chol uxlaganida tulkiboy kelib, oq echkini eb, terisini qoldirib ketibdi. Ertasi tulkiboy cholning oldiga kelib:

— Ota, kecha qoldirib ketgan omonat oq echkini bering, — debdi. Chol tulkiga:

— Kechasi echkini bo’ri eb, terisini qoldirib ketibdi, — debdi.

Tulkiboy:

— Echkini topib berasiz, topib bermaganingizga qo’ymayman, — debdi.

Chol:

— Bisotimda birgina nor tuyam bor, oq echkining o’rniga beraman, — debdi.

Tulkiboy nor tuyani etaklab: «Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya» deb, xursand bo’lib jo’nabdi.

Tulkiboy nor tuyani etaklab yurib, qizi bilan ip yigirib o’tirgan kampirga uchrabdi. Tulkiboy:

— Ona, mana shu nor tuyani ertagacha sizga omonat qoldirib ketaman, erta bilan kelib olaman, — debdi.

Kampir nor tuyani hovlisiga olib kirib bog’lab qo’yibdi. Kechasi kampir uxlaganda, tulkiboy nor tuyani hovlidan olib chiqib, bir changanlzorga olib borib qo’yibdi, ertasi kampirning oldiga kelib:

— Ona, kechagi qo’yib ketgan omonat nor tuyani bering, — debdi. Kampir qarasa, nor tuya bog’langan joyida yo’q, axtarib topa olmabdi.

Tulkiboy:

— Topib berasiz, topib bermaganingizga qo’ymayman, — debdi.

Kampir tulkidan qo’rqib:

— Nor tuyang o’rniga berishga hech qanday molim yo’q. Birgina oydin qizim bor, ona-bola ip yigirib kun kechiramiz, — debdi.

Tulkiboy:

— Nor tuyam o’rniga shu oydin qizingizni bering. Bermasangiz, ona-bola ikkovingizni ham eb ketaman, — debdi.

Kampir nochor, noiloj, yolg’izgina oydin qizini tulkiboyga beribdi.

Tulkiboy oydin qizni olib xursand bo’lib kampirga qarab: «Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya, nor tuyaga oydin qiz» deb, oydin qizni qopga solib, qopning og’zini bo’g’ib, orqasiga ko’tarib jo’nabdi. Bir to’qaydan o’tib ketayotsa, uzoqdan itini etaklab kelayotgan bir ovchi ko’rinibdi. Tulkiboy orqasidagi qopni erga qo’yib, o’zi bekinibdi. Ovchi kelib qopni ochib qarasa, ichida bir qiz o’tirgan ekan. Ovchi qopdan qizni chiqarib olib, qiz o’rniga itini qopga solib og’zini bo’g’ib boylab qo’yibdi. Ovchi ketgandan keyin tulkiboy kelib «ovchidan qutilib qoldim» deb suyunib, qopni orqalab jo’nabdi Yo’lda ketayotsa, qopning ichidan ovoz chiqibdi. Tulkiboy: «Yig’lama oydin qiz, yig’lama, hozir uyga etamiz» deb, qadamini ildam tashlab uyga etib kelibdi. Qopning ichidan yana ovoz kelibdi. Tulkiboy: «Oydin qiz, qopning ichida zerikkanga o’xshaysan. «Bir angishvona, bir angishvonaga qirq qatlama, qirq qatlamaga oq echki, oq echkiga nor tuya, nor tuyaga oydin qiz chiq!» deb qopning og’zini ochibdi. Qopning ichidan quloqlarini shalpaytirib ovchining iti chiqibdi. Oydin qiz chiqishini kutgan tulkiboy ovchi itning haybatini ko’rib qochib ketibdi. It tulkining ketidan quvlab ketibdi. Tulki o’zini bir shudgor tomonga olibdi. Tulki yugurib ketayotib quyon tutish uchun qo’yilgan qopqonga tushib qolibdi. Qopqonning egasi kelib tulkining terisini shilib olibdi. 

Tulki bilan turna

Kunlardan bir kuni Tulki bilan Turna do‘st bo’lishib, birga yashay boshlashibdi. Turna bola ochibdi. Ularni ko‘z qorachig‘iday asrab, ardoqlabdi. Tulki esa Turnaning bolalariga ko‘z olaytirib: «Yesang, maza qilasan-da», — debdi ichida.
Bir kuni Tulki bilan Turna ovqat izlab chiqishibdi. Turna uzoqqa, ko‘lga uchib ketibdi. Tulki darrov iziga qaytibdida, Turnaning bolalaridan semizginasini tutib yeb, qornini to‘yg‘azib olibdi.
Bir vaqt Turna kelibdi.
Tulki ko‘z yoshi to‘kibdi:
— Sho‘rimiz quridi. Kelsam, bir bolang yo‘q…
Turna kechasi bilan yig‘lab chiqibdi. Tong otibdi. Ular yana ovqat izlab ketibdi.
Kechqurun ovdan qaytishganda yana Turnaning bir bolasi yo‘q ekan.
— Buni baqa yegan, shu yerda baqaning yurganini ko‘rgandim, — deb aldabdi Tulki.
http://i.imgur.com/mDHeM2F.jpg
Ertalab Turna baqadan o‘ch olgani ko‘lga ketibdi. U ko’lni alg‘ov-dalg‘ov qilib, baqalarni in-inlariga quvib yuboribdi. Keyin uyiga kelibdi.
Kelib qarasa, oxirgi bolasi ham yo‘q emish.
— Nima bo‘ldi? — debdi Turna.
— Uying kuydi, — debdi Tulki.
Turna o‘zini qo‘yarga joy topolmabdi.
Tulki bo‘lsa, bir chekkada jimgina yotgan emish. U Turnaning o‘zini ham yeyish payida ekan.
Turna:
— Do‘stim, bu yerda bizga kun yo‘q ekan, yur ketamiz, ko‘l orqasida ovqat mo‘l, — debdi.
— Ko‘ldan qanday o‘taman, qanotim yo‘q-ku! – debdi Tulki.
— O‘zim ko‘tarib o‘tkazaman, — debdi Turna.
Bu Tulkiga ma’qul tushibdi.
— Yerni ko‘ryapsanmi? — deb so‘rabdi u.
— Ha, mushtday bo‘lib ko‘rinyapti.
Turna yana yuqori ko‘tarilibdi.
— Endi-chi? — deb so‘rabdi u.
— Tangaday bo‘lib ko’rinyapti.
— Yaxshi, — debdi Turna va changalini yozib, Tulkini tashlab yuboribdi.
— Bolaxo‘rning jazosi — shu!
Tulki esa yerga tushib, chilparchin bo‘lib ketibdi.

Farosatsiz eshak

Bir eshak bor ekan. U o‘zini juda aqlli deb bilar ekan.
Kunlardan bir kuni u bir boqqa kiribdi. Qarasa, daraxtlarda mevalar, polizda qovun-tarvuz-u, qovoqlar pishib yotgan emish.
Eshak daraxtlardagi mevalarga, polizdagi qovoqlarga qarab, diqqat qilibdi. Shalpang quloqlarini qimirlatib:
— Tabiat-ku hamma narsani bilib yaratgan-a, lekin ko‘p narsalar borki, ularni boshqacharoq qilib yaratish kerak edi-da, — debdi.
Daraxt shoxida o‘tirgan chumchuq eshakdan:
— Qani, ayt-chi, senga bularning nimasi yoqmadi? — deb so‘rabdi.
— Ko‘rmaysanmi, — debdi eshak, olma va qovoqlarga imo qilib, — shunday katta daraxtlarning solgan mevasini qara — bolaning mushtumidan ham kichkina. Endi anovi qovoqlarni ko‘r: kallamday keladi, nozik palaklarda ilinib turibdi…
— Bunda hikmat nima qiladi, — debdi eshak. — Hamma hikmat shunda-da, — debdi chumchuq. — Olmalar qovoqdek, qovoqlar olmadek bo‘lsa, tuzuk bo‘lardi.
Shunday deb, eshak olma daraxtiga surkangan ekan, bitta olma uzilib «taq» etib boshiga tushibdi.
— Voy boshim! — debdi eshak, — yorilayozdi… Chumchuq kulib:
— Yaxshiyamki olma qovoqday emas, bo‘lmasa miyangning qatig‘ini chiqarib yuborardi, — debdi.
— Rost aytding, og‘ayni! — debdi eshak va olma daraxti tagidan nari ketibdi.

Boyqush

    Aka-uka Grimm ertagi.

       Bundan necha yuz yillar muqaddam, odamlar hali sodda, hozirgidek aqlli bo’lmagan zamonlarda, kichkina bir shaharchada juda ajoyib voqea yuz beribdi.

 

       Kunlardan bir kuni katta bir boyqush o’rmondan uchib kelib, shaharlik bir kishining somonxonasiga kirib qolibdi va o’sha yerda tunabdi.

       Erta bilan boyqush tungi boshpanasidan chiqib ketishga qo’rqibdi, chunki hamma qushlar boyqushni ko’rgan zamon qattiq qichqirib, shov-shuv ko’tarishar ekan.

       Ertalab uyning xizmatkori somon olganini somonxonaga kiribdi.

       Somonxonaning burchagida biqinib turgan katta va badbashara boyqushni ko’rib qolib, kapalagi uchib ketibdi-da, yugurganicha xo’jayinining oldiga boribdi:

       -  Saroyda bir qo’rqinchli mahluq o’tiribdi, bunday mahluqni umrimda hech ko’rmaganman. Shunday qo’rqinchliki, odamni tiriklayin yutib yuborishi ham hech gap bo’lmasa kerak.

       -  Sening qanday botir ekaningni bilaman, - debdi xo’jayini. – O’lib yotgan biror tovuqni ko’rib qolsang, qo’lingga katta tayoq olmasdan yaqiniga bormaysan. Qani, men o’zim borib ko’raychi, u qanday qo’rqinchli mahluq ekan.

      Xo’jayin dadillik bilan somonxonaga kirib kelibdi va uyoq-buyoqqa qarabdi.

      U daxshatli, yovvoyi mahluqni ko’rib shunday qo’rqibdiki, qo’rquvda xizmatkori ham yo’lda qolib ketibdi.

      U ikki sakrab somonxonadan qpchib chiqibdi-da, qo’shnilarnikiga yuguribdi.

      Ulardan somonxonasidagi xavfli mahluqni yo’qotishda yordam berishlarini yolvorib so’rabdi.

     - U somonxonadan chiqib ketsa bormi, butun shahar xavf ostida qoladi! – deb ishontiribdi u.

      Birpasda butun shaharda to’s-to’polon ko’tarilibdi.

      Shunda shaharliklarning biri nayza ko’targan, biri xaskash ushlagan, birining qo’lida o’roq, boshqasida bolg’a – xuddi urushga otlangandek yig’ilishibdi.

      Ular somonxonaning tevaragini o’rab olishibdi. Odamlar orasidan eng botiri qo’liga uzun nayzani olib somonxonaga kiribdi.

      Kiribdiyu, dod deb qochib chiqibdi, qo’rqqanidan tili g’o’ldirab qolibdi. Keyin yana ikki kishi kirmoqchi bo’lishgan ekan, ammo bular ham oldingidan battarroq qo’rqib qochib chiqishibdi.

      Nihoyat, shaharda dong chiqargan, baquvvat va barvasta bir jangchi oldinga chiqibdi.

      - Hammangiz bir-biringizdan battar qo’rqoq ekansiz, - debti u. – Qarab turgan bilan uni haydab bo’ladimi? Bu hazil gap emas.

      U sovut, qilich, nayza olib kelishni buyuribdi, tish-tirnog’igacha qurollanibdi.

      Somonxona eshiklarini katta qilib ochibdi, hamma boyqushni ko’ribdi. U ko’ndalang qo’yilgan katta to’sinning o’rtasiga chiqib o’tirib olgan ekan.

      Botir jangchi narvon olib kelishni buyuribdi. Narvon keltirib qo’yib berishibdi va botir narvonga chiqa boshlabdi.

 

     Pastda turganlar:

-         Bo’sh kelma, o’zingni dadil tut! – deb qichqirishibdi.

    Bu g’ala-g’ovurdan boyqush juda qo’rqib ketib, o’zini qayoqqa urishni bilmay qolibdi. Qanotlarini qoqib, parlarini hurpaytirib, ko’zlarini g’iltillatib, tumshug’ini taq-taq urib, xirillagan tovush bilan:

-         Tx-tx! Tx-tx!  - debdi.

-         Ur uni, ur! – deb qichqiribdi olomon.

    “Mening o’rnimda bo’lganlaringda ur deb baqirmas edinglarku-ya” deb o’ylabdi botir.

     U narvonning yana bir pog’onasiga oyoq qo’yibdi, dosh berolmabdi, qo’rquvdan butun vujudi qaltirab, orqasiga zo’rg’a qaytib tushibdi.

      Undan keyin bunday xavf-xatarga ro’para bo’lishga hech kim jur’at eta olmabdi.

      Odamlar, shaharni bu falokatdan qanday qilib qutqarish to’g’risida o’ylashibdi. Juda uzoq o’ylashibdi.

       Nihoyat, somonxonaga o’t qo’yib yuborishibdi. Somonxona yonib ketibdi, uning ichidagi bechora boyqush ham kuyib kul bo’libdi.

 

       Bu voqeaga kimda-kim ishonmas ekan, o’sha joyga borib so’rasin. 

Bo'ron kampir

Aka-uka Grimm ertagi.

Bir beva xotinning ikkita qizi bor ekan: biri o’z qizi, ikkinchisi esa o’gay ekan. O’zining qizi juda dangasa va injiq ekan, o’gay qiz bo’lsa juda yoqimli va chaqqon ekan.

 

Bir kuni urchug’iga qo’lining qoni tekkanini ko’rib qolibdi. Urchuqni yuvmoqchi bo’lib quduqqa engashgan ekan, urchuq qo’lidan sirg’alib quduqqa tushib ketibdi. 

Bir xumcha shovla

Bir bor ekan, bir yo`q yo`q ekan, bir qizcha bo`lgan ekan. Qizcha meva tergani o`rmonga boribdi va u bir kampirni uchratib qolibdi.

- Salom, qizcha,- debdi unga kampir. – Menga mevalaringdan ber, aylanay.

- Oling, buvijon, - debdi qizcha.

Kampir mevalardan biroz yebdi – da:

- Menga meva berding, endi senga men ham bir narsa sovg`a qilaman, - debdi.

- Mana senga xumcha.

Faqat:

"Men uchgacha sanasam, Qayna, sehrli xumcham", desang bo`ldi. U mazali shovla pishira boshlaydi.

Unga:

- Men uchgacha sanasam,

Qaynashdan to`xta, xumcham desang, u pishirishdan to`xtaydi debdi.

- Rahmat, buvijon, - debdi qizcha va xumchani olib uyiga, onasining yoniga ketibdi.

Ona bu xumchanu ko`rib quvonibdi. Dasturxonda doimo bemashaqqat, betashvish, xushxo`r, mazali shovla tayyor turadi – yu, quvonmay bo`larkanmi? Bir kuni qizcha qayoqqadir ketgan ekan, ona xumchani oldiga qo`yib:

"Men uchgacha sanasam,

Qayna, sehrli xumcham", - debdi.

Xumcha pishira ketibdi. Ko`p shovla pishirib yuboribdi. Ona yeb qorni to`yib qolibdi. Xumcha bo`lsa hadeb pishirayotgan emish. Qanday qilsa to`xtarkin?

- Men o'ngacha sanasam,

 

- Qaynashdan to`xta, xumcham

 

Deyish kerak ekan – u, ona bu so`zlarni unutib qo`ygan ekan.

Xumcha hadeb pishiraveribdi. Xonaning hamma yog`i shovlaga to`lib ketibdi, dahliz ham shovla, peshayvon ham shovla. Xumcha esa hamon pishirayotganmish. Ona qo`rqib ketibdi, qizchani chaqirgani yuguribdi, faqat yo`ldan o`tishning sira ilojini topa olmabdi, issiq shovla ariq bo`lib oqayotgan emish.

Xayriyatki, qizcha uydan unch auzoqda emas ekan. Ko`chada nimalar bo`layotganini ko`rib qolibdi va g`izillaganicha uyiga chopibdi. Eshikni ochib qichqiribdi:

 

"Men uchgacha sanasam,

 

Qaynashdan to`xta, xumcham".

 

Xumcha pishirishdan to`xtabdi. Shovlani esa xumcha shunchalik ko`p pishirib yuborgan ekan-ki, kim shaharga bormoqchi bo’lsa, shovla yeb, o’ziga yo’l ochishi kerak ekan.

 

Faqat hech kim bundan shikoyat qilmabdi. Shovla xushxo’r va mazali ekanda.

 

 Aka-uka Grimm ertagi

 

Mitti odamchalar

(Aka-uka Grimm ertagi)

Bir bor ekan, bir yo`q ekan, bir etikdo`z bo`lgan ekan. U shunchalik kambag`allashib ketibdiki, bir juft etiklik ko`ndan bo`lak hech nimasi qolmabdi.

 

Xullas, u kechqurun etikni bichib qo`yibdi va ertalab tikmoqchi bo`libdi. U vijdoni pok odam bo`lgani uchun o`rniga xotirjam yotib uxlabdi.

 

Ertalab etikdo`z ish boshlamoqchi bo`lganda ikkala poy etik ham stolda tayyor turganini ko`ribdi.

Etikdo`z juda taajjublanibdi, bu haqda nima o`ylashini ham bilmabdi.

U etiklarni sinchiklab ko`zdan kechiribdi. Ular shunday benuqson tikilgan ekanki, etikdo`z biror qiyshiq chokni topa olmabdi.

 

 

Qilingan ish etikdo`zlik san`atining chinakam mo`jizasi ekan. Hademay xaridor ham kelibdi. Etiklar unaga juda ma`qul bo`lib, u odatdagidan ko`proq pul to`lab ketibdi. Endi etikdo`z ikki juft etikka yarasha ko`n sotib olibdi.

U kechqurun etiklarni bichib qo`yibdi-da, ertalab ish boshlamoqchi bo`libdi. Ammo u turganda etiklar tayyor bo`lgan ekan. Tezda xaridorlar ham kelishibdi. Ular shuncha ko`p pul berishibdiki, etikdo`z endi to`rt juft etikka yetgulik ko`n xarid qilibdi.

Ertalab u bu to`rt juft etikni ham taxt holda ko`ribdi. Shu-shu bu odat tusiga kirib qolibdi:kechqurun u nimani bichib qo`ysa, ertalab tayyor turaveribdi. Oradan ko`p o`tmay, etikdo`z yana badavlat bo`lib ketibdi.

Yangi yilga yaqin qolganda bir kuni kechqurur etikdo`z etik bichayotib, xotiniga:

-Shu kechqurun uxlamasdan, bizga bunday yaxshilik qilayotgan kimlar ekanini ko`rib olsak qanday bo`larkin?- debdi.

Xotin quvonib ketibdi. U chiroqni pasaytiribdi, ikkalasi osig`lik turgan ko`ylak orqasiga bekinib olishibdi-da, nima bo`lishini kuta boshlashibdi.

Yarim kechada jimitgina ikki odamcha paydo bo`libdi. Ular qip yalang`och ekan.

Odamchalar etikdo`zlik stoli yoniga o`tirishib, bichilgan ko`nlarni olishibdi va o`zlarining jajji qo`lchalari bilan chaqqon va tez bigiz sanchib, mix qoqib ketishibdiki, og`zi ochilib qolgan etikdo`z ulardan ko`z uzolmabdi. Odamchalar charchoq nima bilmay, to etiklarning hammasini tikib tugatmaguncha ishlayverishibdi. Keyin ular sakrab turib qochib ketishibdi. Ertasiga ertalab etikdo`zning xotini:

- Bu mitti odamchalar bizni badavlat qilishdi, biz ham ularning yaxshiligini qaytarishimiz kerak. Ularning egnida hech qanday kiyimi yo`q ekan, ular balki sovuq qotishayorgandir. Bilasizmi nima? Men ularga ko`ylakchalar, kamzulchalar va ishtonchalar tikib, har biriga bir juftdan paypoq to`qib bermoqchiman. Siz ham ularga bir juftdan kovushcha tikib bering,- debdi.

- Jonim bilan,-deb javob beribdi eri.

Kechqurun hammasi taxt bo`lgach, bichilgan etiklar o`rniga ular stolga sovg`alarni qo`yishibdi. O`zlari esa odamchalar nima qilishini ko`rish uchun bekinib olishibdi.

Yarim tunda odamchalar kelib ish boshlamoqchi bo`lishibdi. Lekin ko`n, charm o`rniga ular o`zlari uchun hozirlangan sovg`alarni ko`rishibdi.

Odamchalar oldin hayron bo`lib turishibdi, keyin esa quvonchlari ichiga sig`may ketibdi. Ular darrov kiyinib olishibdi-da, chiroyli kamzulchalarining u yoq bu yoqlarini tuzatib ashula ayta ketishibdi:

- Biz qanchalar go`zalmiz, go`zal,

  Havas qilar ko`rgan har odam.

  Kuyib- pishib ishladik jadal,

  Arzir maza qilib olsak dam.

 

Keyin stul va skameykalardan oshib, sakrab-sakrab o`yinga tushishibdi. Va nihoyat o`yinga tusha-tusha chopqillab chiqib ketishibdi. Etikdo`z esa umrining oxirigacha muhtojlik ko`rmabdi.

Rangin qorlar

Qadim qadim zamonlarda qish paytlari rang-barang qorlar yog'ar ekan. Ular ba'zan alohida-alohida, ya'ni bir ko'chaga sariq, boshqa bir mahallaga esa yashil, yana boshqasiga pushti ranglarda yog'ilsa, ba'zan bir joyning o'ziga yetti-sakkiz xil tusdagisi yog'ib, judayam g'aroyib rang-o'yin paydo bo'larkan.

Qorbo'ron o'ynagan bolalar juda mazza qilisharkan. Ko'chaning bu tomonidagi bolalar qip-qizil qordan to'pcha yasab ko'chaning u tomonidagi bolalarga otishsa, u tomondagilar oyoqlari ostida g'irchillayotgan binafsha tusli qorni hovuchga olib raqiblariga uloqtirishar ekan. Ayoz esa derazalarga rangin naqshlar chizarkan.


Shunday qilib, o'sha davrlar ham suvday oqib o'tib ketibdi. Keyin-keyin, faqat oq qorlar yog'adigan bo'libdi. Odamlar avvaliga oppoq qorlar mo'l ko'l yog'ayotganligidan rosa suyunishibdi. Endi oqko'ngil odamlar, ezguliklar ko'payadi deb orzu qilishibdi. Oppoq qorlar ko'paygani bilan oqko'ngil odamlar-u ezguliklar ko'paya qolmabdi. Haligacha bunday odamlarning nisbati o'sha-o'shaligicha o'zgarmay qolganmish. Boshda faqat oq qorlar yog'ayotganidan suyungan odamlar oradan ko'p o'tmay o'tmishda yoqqan rangin qorlarni sog'ina boshlashibdi.

Qorning oqligiga esa o'rganib ketishibdi, oqligi yillar osha tabiiy tuyula boshlabdi. Endi ular biror narsaning oqligini ta'riflaydigan bo'lishsa "qorday oppoq" deyisharkan.  Nega qorlar faqat oq rangda yog'adigan bo'lib qoldi? Buning sababini bilish uchun o'sha qadim zamonlar haqida ertakka quloq solish kerak. Bu ertakda bir necha ming yilda bir marotaba bo'ladigan bo'yoq bozori haqida so'z boradi.  Buyuk bo'yoqchi qirq quloqli qozonlarda bo'yoq pishirayotgan payt ekan. Uning bo'yoqlari qiyomiga kelib, har qozondan o'ziga xos rangdagi bug'lar ko'tarilib osmonu falakka o'rlay-o'rlay rangli bulutlarga aylanib, shamol yetovida turli taraflarga uchib ketayotgan g'aroyib manzara...

Buyuk bo'yoqchi xaridor kutib, yo'l poylayotgan mahali olisdan bir qora ko'rinibdi. Bordiyu, qo'lni peshonaga soyabon qilib yo'l qaralsa, yo'lovchi Bahor ekanligini bilib olish mumkin ekan. U tobora shitob bilan yaqinlashib, libosi-yu qiyofasi tiniq ko'rina boshlabdi. Juda chiroyli qizaloq ekan: Sochlarida kurtak va g'unchalar bo'rtib turgan emish, ko'ylagining etaklariga binafshalar qadalgan, moychechaklar kiydirilgan boshi uzra qaldirg'ochlar charx urib, yelkasiga qo'ngan sa'vayu qumrilar chah-chahlab kuylayotir.

Bahor bozorga yetib kelgach, Buyuk bo'yoqchiga ta'zim bajo keltiribdi. Buyuk bo'yoqchi xaridorlarning birinchisini bo'yoqlar bug'lanib turgan qirq quloqli qozonlari sari boshlabdi.

- Bahorgul, mana bu bo'yoqlardan keragicha olaver, - debdi u.

Bahor eng avvalo yashil bo'yoq qaynayotgan qozon yoniga boribdi. Unga yashil bo'yoq juda zarur ekanda. Bahorning qo'lidagi kerakli bo'yoqlar ro'yxatida ham shu rang birinchi yozilgan ekan. Bahor bo'yoq bozoridan ko'ngli to'lib chiqib ketibdi, axir u zarur bo'yoqlarning hammasidan yetarlicha olibdi-da. Shu vaqt bo'yoq bo'yoq bozoriga kunchiqar tarafdan terlab-pishib Yoz yetib kelibdi. U har mahaldagidek mudrab qolgan ekan.

Bahor o'z aravasida xarid qilgan bo'yoqlarini ortib, momaqaldiroqlarni gumburlatib, chaqinlar chaqnatib o'tgan mahali Yoz uyg'onib ketibdi-da, erta-indin dalalarda arpa-bug'doylar bo'y tortib, bog'larda olma, o'riklar ta'm yig'ib olishini, ular o'zlariga tegishli ranglarni keltirishini kutib Yozning yo'liga muntazir bo'lib qolishlarini o'ylab bozorga otlanibdi. Buyuk bo'yoqchi uni ham rozi qilib jo'natibdi. Bo'yoq bozoriga Kuz yetib kelgan payti ko'plab qozonlar bo'shab qolgan ekan.

Qozonlardan faqat ikkitasi - za'far va oq bo'yoq qaynayotgan qozonlarda hali ancha-muncha bo'yoq bor ekan. Qolganlarida bo'yoqning yuqigina qolgan ekan, xolos. Kuz o'z tegishini - za'far rangli bo'yoqning hammasini olibdi. Qolgan bo'yoqlar yuqini qozondan qirib olgach, oq bo'yoqdan ham oz-moz idishga solibdi. Uning ham o'ziga yarasha tashvishi bor, bog'-rog'lar, o'rmon va yaylovlardagi Bahorning yashil bo'yoqlarini o'zining sovuq yomg'irlari bilan yuvib, so'ng ularni za'far, pushti, zarg'aldoq ranglarga bo'yab chiqishi, paxtazorlardan esa oq bo'yog'ini ayamasligi kerak ekan.  Buyuk bo'yoqchi bo'shagan qozonlarini yuvib, ularni yig'ishtirayotgan paytda oxirgi xaridor

- Qish yetib kelibdi. Qarasa - ahvol chatoq. Unga faqat oq bo'yoqgina qolibdi, xolos. Bo'yoqchi yangi bo'yoqlarni tayyorlaguncha yana minglab yillar kutish kerak ekan.

Nachora, Qish o'ziga qolgan oq bo'yoqni olib yo'lga tushar ekan, qolgan fasllardan xafa bo'lib ketibdi. O'sha kundan boshlab Kuz va Bahorning, ilojini topsa Yozning bo'yoqlariga zarar yetkazish payida bo'larmish. Ayni o'riklar gullab turgan bahor tunlarida, paxtalar ochilib turgan kuz kunlarida qish daf'atan zahrini sochib qolar ekan. Bu orada xilma-xil qorlarning guvohi bo'lgan avlod o'rniga qorning oq rangdan boshqacha tusda yog'ishi mumkinligi tasavvuriga sig'dira olmaydigan avlodlar dunyoga kelibdi. Qishning bo'yoq bozoriga kech qolganligi esa ertak sifatida buvilardan nabiralarga meros bo'lib qolibdi. Alqissa, odamlar Qishning o'z qilmishidan ko'p o'ksimasligi, kelgusi safar bo'yoq bozoriga o'z vaqtida, xatto boshqa xaridorlardan ham oldin borishini eslatish uchun Yangi yil bayramlarida archa shoxlariga turli rangdagi o'yinchoqlar, qo'g'irchoqlar, shokilalar osishni odat qilishibdi.

Kabutar va chumoli

Kabutar va chumoli


Bor ekanu yo'q ekan o'rmon chetidagi sohilda bir chumoli yasharkan. Bir kuni chumoli yegulik izlab ko'l bo'yiga boribdi. Yemish qidirayotib bexos ko'lga tushib ketibdi. Shu payt osmonda uchib ketayotgan kabutar chumolini ko'rib qolibdi. Darhol tumshug'iga yerda yotgan xascho'pni tutib, suv yuzasida tipirchiliab omon qolishga intilayotgan chumoliga yordamga shoshilibdi. Chumoli xasga chiqib olgach kabutar uni olib borib ko'l boyiga qo'yibdi va uchib ketibdi.

Oradan birmuncha vaqt o'tibdi. Kunlarning birida chumoli yana odatdagidek  yemish izlab yo'lga tushibdi. Yo'lda ketayotib bir ovchi unga yordam bergan kabutarni tutib olib, qopiga solayotganini ko'rib qolibdi. Chumoli ham unga yordam berishga shoshilibdi va borib ovchi yigitni oyog'ini bir-ikki bor chaqib olibdi. Ovchi og'riq zo'ridan chidolmay qo'lini oyog'i tomon uzatganda kabutar paytdan foydalanib uchib ketibdi.

Qissadan hissa shuki, bolajonlar,  hamisha yordamga muhtojni ko'rganda qo'ldan kelgancha yordam berishga intiling. Kun kelib sizga ham yordam kerak bo'lganda sizni ham qo'llab-quvvatlashadi. Aynan siz yordam bergan odamdan bo'lmasa ham boshqasidan qaytadi. 

Xasan va Xusan

Xasan bilan Xusan bir-biriga shunday o‘xshashki, qaysi biri Xasan, qaysi biri Xusan ekanini ajratish qiyin edi. Ular bir xilda kiyinib, hammavaqt birga yurardilar. Qishloqda yashovchi qari bobosi ham ularni bir-biridan ajratolmasdi. Ko‘pincha Xasan degani Xusan, Xusan degani Xasan bo‘lib chiqardi. Shunda bobo ham, nevaralar ham toza kulishardi.

Bir kuni keksa bobo shaharga mehmon bo‘lib keldi-da, sevikli nevaralarini ikki tizzasiga o‘tqazib, qiziq ertak aytib berdi. Ertasiga nevaralarini qishloqqa olib ketmoqchi bo‘ldi.

– Mana endi egizaklarning otlarini aytishda yanglishmaysiz, – dedi ularning onasi.

Xasan bilan Xusan issiq kiyinib, qishloqqa jo‘nadilar.

Erta bilan bobo yuz-qo‘lini yuvdi. Undan so‘ng bir nevarasi ham yugurib borib, yuz-qo‘lini yuvdi. Ikkinchi nevarasi erinib, pechka yonida o‘tiraverdi.

– Borib yuzingni yuv, bolam! – dedi bobo.

– E, e... – dedi u erinib.

  U yuzini o‘zi yuvmaydi, har kuni oyim yuvib qo‘yadilar. Shunda ham yig‘laydi, – dedi birinchi nevara.

– Sen Xasanmiding yoki Xusanmi? – deb so‘radi bobo.

– Men Xasanman, – dedi nevara.

Nonushtadan so‘ng bobo uzun chakmonini kiyib: “Qani, nevaralarim, dalaga chiqib, g‘o‘zapoya olib kelaylik, ovqatimiz ham pishadi, oyog‘imizning chigili ham yoziladi”, – dedi.

– Men bormayman, – dedi birinchi nevara.

– Men boraman, – dedi ikkinchisi.

– Sen Xasanmiding yoki Xusan? – deb so‘radi bobo.

– Men Xasanman, – dedi nevara.

Lekin Xusanning bobosidan ajralib qolgisi kelmadi. U erinchoqlik bilan o‘rnidan turdi-da, ular bilan birga dalaga ketdi.

Uzun dala  yo‘li. Boboning ko‘zi yo‘l o‘rtasida yotgan toshga tushdi. Bir qadam oldinda ketayotib, nevara tosh ustidan xatladi-da, yana yo‘lida davom etaverdi. Ikkinchi nevara toshni yo‘l chetiga olib tashladi.

– Sen Xasanmiding yoki Xusan? – deb so‘radi uni kuzatib turgan bobo.

– Men Xasanman, – dedi nevara.

Dalaga yetishdi. Katta maydonning bir chekkasida g‘o‘zapoya uyib qo‘yilgan. Bobo yerdagi g‘o‘zapoyalardan uch-to‘rt bog‘ to‘plab, bolalarga ko‘rsatdi-da:

– Polvonlarim, sizlar anavi g‘o‘zapoyalarni yig‘ishtirib bir yerga to‘plab turinglar. Men borib, oshnamning ot-aravasini olib kelaman, – deb jo‘nab ketdi.

Xasan shu damning o‘zidayoq bir chekkadan tushib, g‘o‘zapoyani tashiy boshladi. Xusan esa turgan yerida g‘o‘dayib turaverdi.

Xasan g‘ayrat bilan ishga kirishib ketdi. Xusan bo‘lsa  indamay o‘tiraverdi. Izg‘irin ikki yuzini ko‘kartirdi, u sovqotib, qaltiradi. U yana o‘rnidan turib, qo‘llarini cho‘ntagiga tiqdi, yoqasini ko‘tarib, quloqlarini berkitdi.  Xasan bo‘lsa qip-qizarib g‘o‘zapoya yig‘ardi. U sovqotmasdi.

Bir muddat o‘tgach, keksa bobo ot-aravani yetaklab keldi. U to‘plangan g‘o‘zapoyalarga, undan so‘ng qip-qizarib ishlayotgan nevarasiga qarab xursand bo‘lib ketdi. Unga: “Balli, azamat”, – dedi.

– Sen Xasanmiding yoki Xusan? – deb so‘radi bobo.

– Men Xasanman, – dedi nevara.

– Ha, aytgandek, sen Xasansan, – dedi bobo, – men seni endi yaxshi tanib oldim. Bundan keyin yanglishmayman.

Cho'pon haqida ertak

Bir bor ekan,bir yo'q ekan. Bir zamonlar bir cho'pon bo'lgan ekan.U xar kuni erta tongdan qo'ylarini dalaga olib chiqar ekan. Uning qo'ylari o'tlab yurgan vaqtda u judayam zerikar ekan.

Shu vaqtda birorta bir fo'ydali ish bilan mashg'ul bo'lish o'rniga,doimm xayol surib o'tirish bilan ovvora bo'larkan.Ana shunday kunlarning birida cho'po'n yana dalaga qo'ylari bilan chiqibdi. Qo'ylari o'tlab yurgan vaqtda, cho'pon zerikishni boshlabdi. Shunda bekorchilikdan uning xayoliga bir fikr kelibdi-da,o'zining bu fikri unga ma'qul kelibdi.

- ''Xozir odamlar,yordam beringlar,qo'ylarimga bo'ri xujum qilayapti''- deb odamlarni chaqiraman-da, ular yordamga yugurib kelib,bo'rini qidirishadi, men esa ularning ishonuvchanliklarii uchun ustilaridan rossa kulaman, deb o'ylabdi.

- ''Odamlar,odaaaamlaar! Yordam beringlar! Bo'ri qo'ylarimga xujum qilyapti!''- deya bor ovozi bilan baqira boshlabdi.

Buni eshitgan odamlar cho'ponga yordam berish uchun yugurib kelishibdi.Odamlar kelib,qarashsaki bo'ri yo'q,cho'ponning qo'ylari esa tinchlikda o'tlab yurushibdi,Cho'ponning o'zi bo'lsa xandon otib kulayotganmush.

Odamlardan biri - ''Nega bizni aldading, ey cho'pon,yolg'on gapirib,shuncha odamni ovvora qilishga uylamadingmi?!''- debdi.

Cho'pon bo'lsa qilgan ishidan uyalmay, - ''Shunchalik xam laqma bo'lasizlarmi,axir men xazillashdim-ku''-deb kulibdi. Odamlar bundan xafa bo'lib,ortlariga qaytib ketishibdi.

Shu voqeadan so'ng ikki kun o'tib,rostan ham cho'ponning qo'ylariga bo'rilar xujum qila boshlashibdi. Cho'pon odamlarni yordamga chaqiribdi,ammo bu safar odamlar,

-''Cho'pon yana bizni kalaka  qilmoqchi, hozir borsak, yana laqmasizlar deb ustimizdan kuladi''- deb o'ylab yordamga borishmabdi. Cho'ponning xamma qo'ylari bo'rilarga yem bo'libdi.

Qilgan xatosini tushunib yetgan cho'pon qilmishidan juda afsuslanibdi va odamlardan kechirim sorabdi. Bolajonlar bu ertakdan sizlar xam xulosa chiqargan bo'lsangiz kerak-a? Yolg'o'n gapirish va odamlarning ustidan kulish eng yomon odatdir!

Keksa Sulton

 Bir bor ekan,bir yo'q ekan.Sulton ismli,egasiga juda vafodor bir it bo'lgan ekan. U o'z xo'jayniga uzoq yillar sodiq xizmat qilar,qo'ylar-u tovuqlarini qo'riqlab      kelarkan.Oradan yillar o'tgan sayin,it keksaya boshlabdi va oldingidek kuch quvvatini yoqotibdi.

Ajabtovur hayvon haqida

Qadim o`tgan zamonda, o`rmon degan tomonda bir ayiq yashagan ekan.

Baland tog` haqidagi ertak

Qadim o`tgan zamonlarning birida bir to`g bo`lgan ekan. U yoshligidan juda katta tog` bo`lishni va chiroyli bo`lishni orzu qilar ekan. Yillar o`tgan sayin bu tog` shunchalar o`sibdiki, hatto uning cho`qqisii bulutlar orasida, mangu qor bilan qoplanib yotar ekan.

Hech kimga o`xshashni istamagan bolg`acha

  

Bir bor ekan, bir yo`q ekan, kichkinagina bolg`acha yashar ekan.

G'ozlar - Oqqushlar

 

Bir bor ekan, bir yo'q ekan. Qadim o'tgan zamonda er-xotin, ularning qizaloqlari va kichik o'g'illari birga yashagan ekan. 

 

 

- Qizalog'im, - debdi oyisi, - biz ishga borib kelaylik, sen ukangga qarab o'tirgin, aqlli qiz bo'lib uydan chiqmay o'tirsang, biz qaytishda senga chiroyli ro'mol olib kelamiz, - debdi.

Qizcha va uyqu

uyquBir bor ekan, bir yo‘q ekan, uzoq o‘tmishdamas, yaqin zamonda bir qizcha bo‘lgan ekan. Uning xayollari ham o‘ziga o‘xshamagan g‘aroyib ekan. Qizchaning bu dunyoda yakkayu yagona yaqini - uning dadasi ekan.

Sayothatchi tangacha

Sayohatchi tangacha.

Bir bor ekan, bir yo`q ekan, bir bolakayning cho`ntagida bittagina tangacha bor ekan. Tangachaga bolakayning cho`ntagida yashash yoqarkan, chunki cho`ntak issiqqina ekan.Vaqti kelib bolakay bu tangachani onasiga sovg`a qilibdi. Bolakayning onasi esa tangachani bozorga olib borib,uni o`rniga uyga sut olib kelibdi.

Yomg'ir bulutchasi haqidagi ertak

Yomg`ir bulutchasi haqidagi ertak.

Bir bor ekan,bir yo`q ekan, qadim-qadim zamonda, olis osmonda kichkinagina kulrang yomg`ir bulutchasi bor ekan.

Yun va sehrgar kampir

Bor ekan-da, yo'q ekan, Yun ismli kichkina bola bor ekan. Uning asl ismi Yun Albert Bryun, familiyasi Sulbckken ekan. Albert va Bryun ismlari ona tomondagi bobosi sharafi uchun bcrilgan bo'lsa-da, uni sodda qilib Yun deb chaqirishar, chunki uchta ismni qo'shib chaqirish noqulay.

Yovvoyi mushuk

Bir yovvoyi mushik bor ekan. U to'qayda yashamoqchi bo'libdi. To'qayga kirib borayotsa, yo'lda bir tulki uchrab qolibdi. Mushuk uni ko'rib: "Bu qanday jonivor bo'ldi? Tag'in meni yeb qo'ymasin!" - deb o'ylab junlarini hurpaytiribdi.

Tulki ham: "Bu qanday jonivor bo'ldi ekan? Umrimda bunaqa serjahl jonivorni ko'rganim yo'q. O'zi ham ancha kuchli ko'rinadi. Kozlarining yonishini qarang-a!" - deb o'ylabdi.

- Yo'l bo'lsin, oshna? - debdi tulki.

miyov1

- Tirnoqlarim o'tkir, tishlarim keskir, to'qayga boryapman, - debdi mushuk.

- Nima uchun? - so'rabdi tulki.

- Go'sht yegani, - debdi mushuk.

Tulkining joni halqumiga kelibdi.

- Yuring men bilan, debdi qo'l qovushtirib. - Ovqatlanamiz.

Ular birga ketibdilar.

Yo'lda bo'ri uchrabdi. Mushuk uni ko'rib qo'rqqanidan bukchayib olibdi. Uning ko'zlari bo'riga go'yo yonayotgandek tuyulibdi.

miyov2

Bo'ri qo'rqib: "Bu qanday jonivor bo'ldi ekan?" - debdi ichida. Tulkidan so'ragan ekan, tulki:

- Yangi podsho, - debdi. - Jim bo'lmasang tilka-porangni chiqaradi.

Bo'ri indamay ular bilan birga ketaveribdi. Yo'lda ayiq uchrabdi. Ayiq:

- Yo'l bo'lsin? - debdi-yu, ko'zi birdan mushukka tushibdi.

- Bu qanday jonivor? - deb so'rabdi u.

Mushuk ko'zlari o'tday yonib, junlarini hurpaytirib:

- Tirnoqlarim o'tkir, tishlarim keskir, go'sht yeyman, go'sht...Miyov! - debdi.

Tulki ayiqning qulog'iga:

-Hushyor bo'l, tag'in teringni shilib olmasin, - deb shivirlabdi.

- Shunaqa zo'rmi? - debdi ayiq. - Sinab ko'ramiz.

Mushuk yo'l-yo'lakay: "Bu balolardan qanday qutulaman endi!" - deb zorlanib miyovlar ekan.

Yo'lda u par-r-r etib uchgan bedanaga tashlanib yeb qo'yibdi. Buni ko'rib sheriklarini yanada vahima bosibdi.

Ayiq, bo'ri, tulki o'zaro kengashishibdi:

- Uni ziyofat qilaylik, keyin bir yo'lini topib qutulamiz.

miyov3

Ular bir qo'chqorni keltirib, mushukning oldiga tashlabdilar.

Song, bo'ri chuqurga, tulki xazon ichiga, ayiq bo'lsa daraxt ustiga chiqib, barglar panasiga yashirinibdilar.

Mushuk qo'chqor go'shtini yeyaveribdi. Bo'ri bilan ayiqning kapalagi uchibdi. Tulki bo'lsa: "Qani, ko'ray-chi, bu maxluq nima qilyapti ekan?" - deb xazon orasidan mo'rallabdi.

Mushuk xazonning shivirlaganini eshitib qarasa, ko'ziga bir narsa miltillab ko'rinibdi. U tulkini sichqon deb o'ylab, birdan uning ko'ziga chang solibdi.

Tulki bor ovozi bilan: - Voy, oldim! - deb dod solib, qochib ketibdi.

Mushuk ham qo'rqib o'zini chuqurga tashlagan ekan, u yerdan bo'ri voy-voylab chiqibdi.

Mushuk: "Endi o'ldim, daraxtga chiqib jon saqlamasam bo'lmaydi!" - deb daraxtga tirmashib chiqqan ekan, daraxt tepasiga yashirinib o'tirgan ayiq:

- Terimni shilgani chiqyapti. Tezroq bu joydan qochay! - deb o'zini daraxtdan pastga tashlabdi.

miyov4

Mushuk daraxt tepasida titrab-titrab: "Endi qayoqqa qochsam ekan?" - deya o'ylay boshlabdi. Lekin qochgani yo'l topolmay daraxtda qolaveribdi.

Tulki, bo'ri, ayiq o'shandan buyon mushukni ko'rishsa, besh tosh naridan o'tadigan bo'lishibdi. 

Tuya, Fil va Olmaxon

Bu ertak tuya, fil va olmaxonning qanday qilib yer haydaganlari haqida.

Bir kuni tuya olmaxonning oldiga boribdi-da:

tuya1

- Men yer haydamoqchiman, menga dastyor kerak, - debdi.

- Yahshi. Men senga dastyor topib beraman. U juda bahaybat va kuchli hayvon, - deb javob beribdi olmaxon.

Tuya dalaga borib, yerni xas-cho'plardan tozalab, uni haydashga tayyorlabdi.

tuya2

Oradan sal vaqt o'tgach, fil ham olmaxonning oldiga kelibdida, unga:

- Men yer haydamoqchiydim. Menga dastyor kerak, - debdi.

Olmaxon unga ham:

- Yahshi. Men senga dastyor topib beraman. U juda bahaybad va kuchli hayvon, - debdi.

Ertasiga yomg'ir yog'ib o'tgach, fil dalaga yo'l olibdi va yer haydab, urug' sepibdi. Oradan birmuncha vaqt o'tgach, tuya dalaga boribdi-da, unib chiqqan ekinlarni o'toq qilibdi. Keyin fil kelib ikkinchi o'toqni qilibdi. Oxiri tuya kelib qarasa, ekinlar pishib qolibdi.

tuya3

Tuya o'rib, fil ularni bog'labdi.

Lekin shu o'tgan vaqt ichida fil bilan tuya bir-birlari bilan sira to'qnash kelmabdilar.

Bir kuni tuya olmaxonni uchratib, undan:

- Men yer haydadimu, lekin dastyorni ko'rganim yo'q. Qani u? - deb so'rabdi.

- Hozir keladi, lekin u g'allani saqlash uchun o'ra qazib qo'yishingni buyuribdi, - deb javob beribdi olmaxon.

Fil g'allani tashib kelgunga qadar tuya katta bir o'ra qazibdi.

tuya4

Fil g'allani olib kelgach, olmaxonni ko'ribdi-da:

- Men yerni boplab haydadim, lekin dastyorni ko'rganim yo'q, qayerda uning o'zi? - deb baqiribdi.

- Mana u, o'rada, lekin g'allani olib kelish uchun uzoq qolib ketganingga sendan achchig'lanib o'tiribdi, u hozir chiqadi-da, seni haqoratlay boshlaydi, - deya pichirlabdi olmaxon.

O'raning og'ziga allaqanday badjahl, bahaybat hayvon kelganini ko'rib, tuyaning yuragi chiqib ketayozibdi. O'ra atrofidan shuvillab tuproqlar tusha boshlabdi.

Shunda fil: "Hozir u yerdan qandaydir qo'rqinchli, bahaybat, maxluq chiqib qolsa, kerak", - deb o'ylabdi. Uni vahima bosib, g'allani tashlabdi-yu, orqa-oldiga qaramay, o'rmonga ura qochibdi.

tuya5

Uning oyoq tovushini eshitib tuya ham o'radan chiqibdi-yu, juftakni rostlab qolibdi. Shunday qilib, tuya bilan fil qo'chib ketishibdi. Oqibatda o'zlari yetishtirgan hosildan quruq qolishibdi.

Tulki va xo'roz

Bir bor ekan, bir yo'q ekan, bir zamonda ko'pni ko'rgan bir xo'roz bo'lgan ekan. U bir necha bor tulkining changaliga tushgan bo'lsa ham, har gal bir hiyla topib qutulib ketar ekan. Bir kuni xo'roz qishloqdan tashqariga chiqib, don terib yeb yurgan ekan, uzoqda biqinib kelayotgan bir tulkini ko'rib qolibdi.

tulk1

Xo'roz qochib qishloqqa yetib ololmasligiga ko'zi yetibdi-yu, nochor o'sha yerdagi azim chinorning ustiga chiqib olibdi.

Tulki chinorning  tagiga kelib:

- Ey, xo'roz, nega meni ko'rishing bilan chinorga chiqib olding? - debdi.

- Bo'lmasa, borib quchoqlashib ko'rishaymi? - debdi xo'roz.

- Ha, bo'lmasa-chi, hali sening xabaring yo'qmi?! Podsho bozor va guzarlarga jarchi qo'ydi.

tulk2

Ular: "Toki bayrog'imizni shamol hilpiratib turar ekan, bizning qo'l ostimizda hech bir qimirlagan jon va jonivor o'zidan zaif va notavonlarga ozor bermasin! Bundan buyon bo'ri bilan qo'y bir chashmadan suv ichish, kaptar bilan qirg'iy bir uyada umr kechirsin", - deb qichqirib yurishibdi. Sen ham pastga tushgin, birgalashib aylanib, tomosha qilamiz, - debdi.

- Ikkov sayr-tomosha qilsak, uncha yaxshi emas, ko'pchilik bo'lsak yaxshi bo'ladi. Biroz to'xtab tur, anavi yo'qdan biz tarafga ikki-uchta jonivor shamoldek uchib kelyapti. Shular yetib kelsin, keyin hammamiz birga sayr qilamiz, - debdi xo'roz.

- Qanaqa, jonivor ekan? - deb so'rabdi tulki.

- Gavdasi bo'riga o'xshaydi, - debdi xo'roz, - ammo qulog'i bilan dumi bo'rinikidan uzunroq.

- Tozi itlar bo'lmasin tag'in?

tulk3

- Ehtimol shundaydir.

Tulki tozi itlar kelayotgandir, deb o'ylabdi-da, sekin qocha boshlabdi.

- Hozir o'zing: "Podsho jarchi qo'yib, bir jonivor ikkinchi jonivorga ozor bermasin deb buyruq beribdi", demabmiding? - debdi xo'roz.

tulk4

Tulki:

- Ha, shunday, ammo bu tozi itlar cho'lda yurib, shohning farmonini eshitmagan bo'lishlari mumkin. Tag'in meni burda-burda qilib tashlashmasin, - deb orqasiga qaramay qochib ketibdi.

 

 

Yo'lbars va sichqon

Bir kuni o'rmon chekkasida yo'lbars oyoqlarini cho'zib mazza qilib uxlab yotgan ekan. Shu atrofda yurgan sichqon uning ustidan yugurib o'tibdi. Uyg'onib ketgan yo'lbars sichqonni ushlab olib, ezib tashlamoqchi bo'libdi. Mitti sichqon o'takasi yorilib, yig'lagancha undan shafqat so'rabdi:

yulb1

- Pushti-panohim, mendek bir ahmoqni o'ldirganingizdan ne naf, balki bir kuningizga yararman, tirik bo'lsam, albatta, yaxshiligingizni qaytaraman.

Yo'lbars xoxolab kulib yuboribdi va:

- Men dunyodagi eng kuchli hayvonman. Sen, sichqoncha, gugurt cho'pini ham sindirolmaysan. Gapingni eshitishning o'zi kulgili. Yo men bilan hazillashyapsanmi? Lekin menga yoqib qolding. Mayli, sen aytgancha bo'la qo'lsin, - debdi.

yulb2

Kunlardan bir kuni yo'lbars bexosdan ovchilarning to'riga tushib qolibdi. Harchand urinmasin, to'rdan chiqishning ilojini topolmabdi.

Yo'lbars g'azablanganidan bo'kirib yuboribdi. O'rmonning narigi chekkasida yurgan sichqon uning ovozidan darrov tanibdi va bir zumda shu yerda hozir bo'libdi.

Yo'lbars sichqonga umidvor termilib:

yulb3

- Do'stim, bir ilojini qil, meni bu balodan qutqar, - deb yolvoribdi.

- Hozir, hoziroq to'g'irlayman, - debdi sichqon va to'rni kemirishga tushibdi. Yo'lbars ozod bo'libdi.

yulb4

- Rahmat, do'stim, - debdi sichqonga yo'lbars.

 

 

Gonzik olib kelgan dori

Bir ayolning ikki o'g'li bor ekan. Birining oti Tonik, ikkinchisiniki Gonzik ekan.

Gonzik u ayolga o'gay ekan. Shu sababli yumush buyuraverib uni bir zum ham tinch qo'ymas ekan. Tantiq Tonik bo'lsa, qo'lini sovuq suvga ham urmas ekan.

gonz1

Kunlardan bir kuni Tonikni onasi o'rmonga o'tin olib kelishga yubormoqchi bo'libdi.

- Borolmayman, kasalman, - debdi Tonik yolg'ondakam inqillab.

Uning bu gapidan vahimaga tushgan onasi Gonzikni darhol yoniga chaqirib:

- Tezda dorixonaga borib, Tonikka dori olib kel! - deb buyuribdi.

Akasining ayyorlik qilayotganini bilsa-da, Gonzik indamay yo'lga tushibdi.

- Yugur, chop! - baqiribdi o'gay ona sabri chidamay.

gonz2

Gonzik yugura boshlabdi.

U shamolday yelib, o'zini to'xtata olmay qolibdi va dorixonaga otilib kirib, dori solingan shishachalarning ustiga yiqilib tushibdi. Buni ko'rgan dorixonachining fig'oni falakka chiqibdi.

Gonzik bo'lsa, tili bazo'r aylanib, betoblanib qolgan akasiga shoshilinch dori zarur bo'lganligini aytibdi.

- Hali, dori kerak degin-a? - debdi hamon g'azabini bosolmagan dorixonachi uning yoqasidan bo'g'ib, so'ngra burchakdagi tayoqcha bilan uning yelkasiga boplab ikki marta tushiribdi. Keyin:

- Ma, ol doringni, ma, ol doringni! - deya bo'ga boshlabdi.

Gonzik uning qo'lidan zo'rg'a qochib qutilibdi.

- Dori qani? Tezroq ber, - debdi o'gay ona Gonzikni ko'rishi bilan.

- Bu doridan Tonikning ahvoli battar og'irlashib qolmasa edi deb qo'rqaman, - debdi Gonzik.

- Ko'p valdirayverma, - qichqiribdi o'gay ona, - qani tezroq dorini ber!

gonz2

Gonzik qo'liga tayoqcha olibdi-da, Tonikning yelkasiga ikki marta boplab tushirib:

- Ma, ol doringni, ma, ol doringni! - debdi.

Tonik karavotdan ustiga qaynoq suv to'kilib ketgandek sapchib turib, tashqariga qochibdi.

Shunda Gonzik onasiga qarab:

gonz4

- Mana, ko'rdingizmi, o'yijon, men olib kelgan dori yaxshi ta'sir qildi, Tonik so'g'ayib ketdi, - degan ekan.

 

Eng katta sehr

Bir sehrgar bo'lgan ekan. Uning qo'lidan hamma ish kelar ekan. Istasa, tap-taqir cho'l o'rnida dengiz yarata olar ekan. Yalang joyda qasr paydo qilish ham uning uchun arzimagan yumush ekan. Ammo bu ishlaridan sehrgarning ko'ngli to'lmas ekan.

Kunlarning birida u odamlarning baxt haqidagi fikrlarini bilmoqchi bo'libdi. Axir ular sehrgarlikdan bexabar bo'lsalar ham baxtli yashashar ekanlar-da! Sehrgar yo'lida yelkasiga o'g'ir qop ortmoqlagan o'tkinchini uchratib qolibdi.

- Zildaymi? - so'rabdi sehrgar.

- Zilday bo'lganda-chi!- debdi yo'lovchi.

- Istasang, yukingni yengillatib beraman. Ter ham to'kmaysan, mashaqqat ham chekmaysan, yumushing osongina amalga oshadi, - debdi sehrgar.

- Yo'q, menga bunaqa ko'makning keragi yo'q, - debdi yuk ko'targan yo'lovchi. 

sehr

Sehrgar yo'lovchining javobidan hayron bo'libdi:

 - Axir, qop judayam og'ir deyapsan-ku!

- Shunday bo'lmasa bo'lmaydi! - debdi yo'lovchi.

- Hamma narsa osongina bitaversa, nimadan sevinib, nimadan xursand bo'laman?

Gaping rost, - debdi sehrgar. - Mana mening qo'limdan hamma ish keladi, ammo sira quvona olmayman.

- Uy ham qura olasanmi? - so'rabdi yo'lovchi ishonqiramay.

Sehrgar javob berish o'rniga qo'lini yengilgina silkitibdi, shu onda ularning yonida mo'risidan pag'a-pag'a tutun burqsib turgan uy paydo bo'libdi.

- Qoyil! - debdi yo'lovchi entikib, keyin qo'shib qo'yibdi:

- Bunaqa uyni...o'z qo'ling bilan qurganigga ne yetsin...

- Sen haqiqatan ham baxtlimisan? - so'rabdi sehrgar.

- Qopni manziliga olib borsam, mendan baxtli odam bo'lmaydi, - javob beribdi yo'lovchi.

sehr1

- Uni manziliga men eltisha qolay bo'lmasa, - debdi sehrgar va qopni yelkasiga ortmoqlab olibdi.

Manzil olis ekan. Ular ketaveribdilar, ketaveribdilar.

- Hali uzoqmi? - so'rabdi terga bota boshlagan sehrgar.

- Uzoq, - javob beribdi qop egasi.

- Dam olsakmikan? - so'rabdi sehrgar hansirab.

- Yahshisi, yo'ldan qolmaganimiz ma'qul, - debdi unga javoban yo'lovchi. - Yo'qsa quvonchimiz tez tarqab ketadi.

Ular, nihoyat, manziliga yetib kelibdilar.

- Keldik, - debdi yo'lovchi sehrgarga.

sehr2

Sehrgar qopni yelkasidan tushiribdi, u horib-charchagan bo'lsa ham, yuzida tabassum o'ynab, yerga yotib olibdi.

- Ha! - debdi sehrgar peshonasidagi marjon-marjon terlarini artar ekan. - Baxt nimaligini angladim, buning uchun senga katta rahmat, birodar.

- Beminnat yordaming uchun senga ham tashakkur! - debdi yo'lovchi.

sehr3

Sehrgar o'sha kundan boshlab jodu ishlarini butunlay yig'ishtiribdi. O'z qo'li, o'z mehnati bilan uy qura boshlabdi.

Quyosh chiqmasidan burun bog'ga yo'l oladigan, dalalarga suv taraydigan bo'libdi. 

Beshning sarguzashtlari

Kunlardan bir kun Besh ko'chada orqa-oldiga qaramay yugurib borarkan:

- Hoy, kim bor, yordam beringlar! - deb qichqiribdi.

besh1

- Senga nima bo'ldi? Tinchlikmi?

- Orqamdan Oluv belgisi quvib kelayotganini nahotki ko'rmayapsizlar? Agar u menga yetib olsa, shunday musibat yuz beradiki!..

- Voy, shu ham musibat bo'ldimi?

besh2

Ammo musibat baribir yuz beribdi. Oluv belgisi bechora Beshning orqasidan kelibdi-da, yoqasidan bo'g'ib, o'tkir shamshiri bilan qiymalay ketibdi.

Uning shamshirini hamma odatdagi minus deb o'ylarkan. 

Bechora Beshning tit-piti chiqib ketibdi, agar baxtiga yonginasidan uzundan uzun chet el mashinasi o'tib qolmaganida, undan bir raqam ham qolmas ekan.

Ovul belgisi, mashinani sal kaltaroq qilish mumkinmi-yo'qmi deb, atrofiga bir zum alanglab qarabdi. Besh ziyraklik qilib, birinchi uchragan uyga lip etib kiribdi-yu, yashirinib olibdi.

Biroq u endi Besh emas, To'rt bo'lib qolgan ekan, buning ustiga burni pachoq bo'libdi.

besh3

To'rt tinka-madori qurib qimirlashga holi kelmay, miq etmay o'tirgan ekan, birdan huddi mehr-shafqatning o'zi gapirayotganday yoqimli, mayin, dardli bir ovozni eshitib qolibdi.

- Bechora! Seni kim bunchalik savaladi? Nima, og'aynilaring bilan urushib qoldingmi?

O, bechora To'rt, uning qarshisida Bo'lish belgisi turar edi.

- Salom, yaxshimisiz, - deb chiyilladi To'rt va sekin yakkakift bo'lib eshik tomon yuribdi.

Biroq Bo'lish belgisi undan ham epchil ekan. U o'zining dahshatli qaychisi bilan bechorani shartta ikkiga bo'lib tashlabdi. To'rt g'oyib bo'lib, uning o'rnida ikkita Ikki qolibdi. Bo'lish belgisi Ikkining bittasini cho'ntagiga solib olibdi, ikkinchisi payt poylab qochib qolibdi.

U ko'chadan chopayotib tramvayga chiqib olibdi.

besh4

- Bir vaqtlar Besh edim, - debdi u yig'lab-siqtab, - mana endi shu ko'yga tushib qoldim!

Ikki!  Tramvayda ketayotgan hamma o'quvchilar o'rinlaridan sapchib turishibdi-da, undan o'zlarini olib qochib, oldinga o'tib olishibdi. Chunki hech kim Ikki bilan muomila qilishni istamas ekan.

Keksa konduktor ko'zoynagi ustidan o'quvchilarga qarabdi, keyin Ikkiga bir o'qrayibdida, jahl bilan to'ng'illabdi:

- Tramvayga hamma ham chiqaverar ekan-da! Bu yoqimsiz piyoda ketsayam bo'lardi.

- Axir, men aybdor emasman-ku! - deb qichqiribdi sobiq Besh yig'lashiga sal qolib.

- Ha, tushunarli! Bunga ob-havo aybdor bo'lsa kerak-a? - debdi konduktor.

Ikki loladay qizarib ketibdi, xijolatdan birinchi bekatdayoq tramvaydan sakrab tushib qolibdi. Shu payt u kimningdur oyog'ini bosib olibdi:

besh5

- Voy! Kechirasiz. kechirasiz. uzr, sinyor! - deb bidirlabdi u.

Lekin sinyorning hech ham jahli chiqmabdi.

U hatto kulimsirab qo'yibdi! Ikki hayron bo'lganidan ko'zlarini katta ochib, sinyorga tikilib qolibdi. Ana xolos! Bu axir Ko'paytirish belgisi-ku! Keksa, xushfe'l Ko'paytirish belgisi.

Dunyoda bundan ochiqko'ngil, rahmdil boshqa belgi topilmasa kerak. U birovning musibatiga dard-alamiga sira-sira chidaolmaydi.

Ikki bir og'iz gapirmasidanoq, Ko'paytirish belgisi uni shartta Uchga ko'paytirib qo'yibdi. Shu zahoti shunchaki Besh emas, plus Besh hosil bo'libdi.

besh6

Chunki o'qituvchilar o'quvchilarning zo'r bilimiga olti qo'ymoqchi bo'lganlarida o'rniga Plus Besh qo'yisharkan.

- Yashasin! - deb qichqirib yuboribdi baxtiyor Plus Besh. - Endi meni albatta hamma yaxshi ko'radi, sinfdan sinfga o'tib yuraman. Axir Plus Beshman-a!

Chol bilan dev

Qadim zamonda bir chol bilan kampir bor ekan, ularning farzandi yo'q ekan. Chol o'tin terib sotib, tirikchilik qilar ekan. Har kuni o'tinga ketayotganida kampir unga qatirma qilib berar ekan. Chol qatirmani qo'yib, o'tin tergani ketsa, unga o'rgangan bir tulki kelib har kuni cholning qatirmasini yeb qo'yar ekan. Bir kuni chol o'tinga ketayotganida yo'ldan bir dona tuxum topib olibdi. O'tin teradigan joyga borganida birdaniga quyun ko'tarilibdi. Momoqaldiroq bo'lib, yomg'ir yog'a boshlabdi. Chol belidagi arg'amchini, qo'lidagi ayrikaltakni va qo'ynidagi tuxumni yerga ko'mib qo'yibdi.

choldev

Bir vaqt quyunning ichidan bitta  dev kelibdi va choldan:

- Sen kimsan, ajinamisan, insmisan, jinsmisan? - deb so'rabdi.

- Men odamman, - debdi chol.

- Odam bo'lsang seni yeyman, - debdi dev.

- Bo'lmasa shartlarim bor, agar shu shartlarimni bajarsang, meni yesang mayli, bo'lmasa, seni men yeyman, - debdi chol.

- Shartlaringni ayt, - debdi dev.

Chol shartlarini aytibdi:

- Birinchidan, yerning miyasini yorib, qatig'ini chiqarasan; ikkinchidan, yerning qovurg'asini sindirasan; uchinchidan, yerning ichagini sug'urib olasan.

Dev, bu shartlarni bajarish oson, deb yerni rosa tepibdi, lekin yerga hech nima bo'lmabdi.

Chol endi navbat menga, deb tuxum ko'milgan yerni bir tepgan ekan, tuxum pachaq-pachaq bo'lib ketibdi. Chol uni ko'rsatib:

- Mana, bu yerning qatig'i bo'ladi, - debdi. Dev tan beribdi.

Dev endi yerning qovurg'asini sindirmoqchi bo'lib, yerni rosa tepibdi, yer larzaga kelibdi-yu, lekin uning qovurg'asi chiqmabdi.

Chol kaltak ko'milgan yerga borib, bir tepgan ekan, kaltak sinib, yer ustiga chiqibdi. Chol uni ko'rsatib:

- Mana bu yerning singan qovurg'asi bo'ladi, - debdi.

Dev bunga ham tan beribdi. Dev, endi yerning ichagini chiqaraman, deb chiqara olmabdi. Navbat cholga kelibdi. U arg'amchi ko'milgan joyda borib, bir tepgan ekan, yerdan arg'amchi chuvalanib chiqibdi, dev bunga ham tan beribdi.

Shartga muvofiq, chol devni yeyishi kerak ekan, shuning uchun chol unga yopisha boshlabdi. Dev choldan qo'rqib:

- Shoshmay tur, sen meni yema, nima tilaging bo'lsa, bajo keltiraman, senga xizmatkor bo'lay, - debdi. Chol: "Uyimga olib borib qo'y", - deb devning yelkasiga minibdi.

Uyiga yetay deganda kampiriga:

- Qozonga oq dev bilan qora devning kallasini solib sho'rva qil, uyga mehmon kelyapti, - deb qichqiribdi.

Bu gapni eshitib dev cholni ustidan yiqitib, orqasiga qaramay qocha boshlabdi. Dev choldan qo'rqib qochib ketayotsa, cholning qatirmasini har kuni yeb yurgan tulki uning oldidan chiqib qolibdi va undan:

- Ha, nega qochayapsan?, - deb so'rabdi.

- Mana bu yerda bir chol bor ekan, u devlarni so'yib yer ekan, bugun meni ham kurashda yengib, o'ziga bo'ysundirdi. 

- Ey, shu choldan qo'rqdingmi? Yur, hozir men seni o'zim boshlab boraman, - debdi. Dev qo'rqib cholning uyiga qarab yurmagan ekan, tulki uni dumiga bog'lab boshlab ketibdi.

Uzoqdan ularning kelayotganini ko'rgan chol kampiriga baqiribdi:

- Ey, kampir, bitta dev edi, tulkijon yana bittasini yetaklab kelyapti, senga xudo berdi!

Dev cholning bu gapini eshitib, tulki meni aldab cholga tutib bermoqchi ekan, deb tulkini sudrab orqasiga qarab qochibdi.

Devning tez yugurganidan tulkining etlari yo'lda parcha-parcha bo'lib ketibdi.

Shunday qilib, chol ayyor tulkidan va devdan qutulib, murod-maqsadlariga yetibdi.

 

Bo'ri va yetti uloqcha

7echkiBir bor ekan, bir yoq ekan, bir echki bor ekan. Uning yettita uloqchasi bor ekan. Hamma onalar singari u ham bolalarining yettovini birdek yaxshi ko'rar va erkalar ekan. Ona echki tez-tez yemish qidirib, o'rmonga borar ekan. Ketayotib uloqchalariga:
- Bolajonlarim, siz eshikni mahkam yopib, hech kimga ochmay o'tiring. O'rmonda och bo'ri izg'ib yuribdi. Ehtiyot bo'ling! - deb tayinlarkan.
Ona echki o'rmonda o't-o'lan bilan ovqatlanib, muzdek suv ichib, bolalarining oldiga kelarkan. Eshikni taqillatib qo'shiq aytar ekan:
- Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to'lib, yerga to'kildi.
Bolalari shu zaxoti eshikni ochib onasini kutib olishar edi. Ona echki ularni ovqatlantirib, yana o'rmonga ketar ekan.
Bu holni kuzatib turgan bo'ri, echki o'rmonga kirib ketishi bilan uycha yoniga kelib, do'rillab qo'shiq aytibti:7echki (1)

- Uloqchalar, bolachalar!
Eshikni oching,
Onangiz keldi,
Sut olib keldi.
Echki bolalari:
- Eshityapmiz, eshityapmiz. Ovozing onamizniki emas! Onamiz ingichka ovoz bilan qo'shiq aytadi.Hoy bo'ri bu yerdan yo'qol!
Bo'ri o'ylab-o'ylab ovozini o'zgartirish uchun temirchining yoniga ketibti.
Ona echki qaytib kelib, eshikni taqillatibdi va kuylay boshlabdi:
- Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to'lib, yerga to'kildi.

7echki1Echki bolalari eshikni ochishib, o'z onalarini kutib olishibdi. Keyin birin-ketin bo'ri kelgani, ularni aldab yemoqchi bo'lgani haqida so'zlab berishibdi. Ona echki uloqchalarini ovqatlantirib bo'lib, hech kimga eshik ochmaslik haqida qattiq tayinlabdi-da, o'rmonga ketibdi.

Ona echki ketishi bilan bo'ri yana uy yonida paydo bo'libdi. Eshikni taqillatib, ingichka ovozda qo'shiq aytibdi:
- Uloqchalarim, bolajonlarim!
Eshikni oching, mehribonlarim!
Onangiz sizga sut olib keldi,
Yelini to'lib, yerga to'kildi.
Uloqchalar bo'rini ovozini payqamay eshikni ochib yuborishibdi. Shu on bo'ri uy ichiga otilib kirib, echki bolalarini tiriklayin birin-ketin yutib yuboribdi. Ulloqchalarning faqat eng kichkinasi pechka ichiga kirib omon qoldi.7echki2

Ona echki uyga qaytib kelsa, eshik ochiq, hech kim yo'q. Ona echki bolalarini qidira boshlabdi. Uzoq qidirib, chaqiribdi. Hech kimdan javob bo'lmabdi. Pechka ichiga nazar solib qaltirab o'tirgan kichik bolasini topibdi. Ona echki bo'lgan voqeadan xabar topib, achchiq-achchiq kuyinib yig'labdi:
- Oh, bolajonlarim, uloqchlarim!
Eshikni nega ochdingiz, Bo'ri qo'liga nega tushdingiz?!

Uning ovozini bo'ri eshitib:
- Eh, echkijon! Senga rahmim kelyapti. Bolalaringni men yeganim yo'q, - debdi.
Ona echki esa uni shoxi bilan shunday suzibdi-ki, bo'rining qorni yorilib, ichidan uloqchalar sakrab-sakrab chiqib, onalari oldiga yugurgilashibdi.
7echki4O'shandan beri uloqchalar yanada hushyor va tinch-totuv yashar ekanlar.

Mushuk va sichqon

mushuksichqonUzoq bir orolchada mushuk va sichqon yashagan ekan. Ular ahil va totuv bo'lgan ekan. Mushuk serob bo'lgan qushlarni ov qilar ekan. Sichqon yong'oq, xar hil mevalar va donlar bilan oziqlanar ekan. Ular shunday qilib yashar ekan. Bir kuni sichqon mushukka debdi:
- Orolda yashash zerikarli bo'lib qoldi, kel, qirg'oqqa o'taylik.
- Qanday qilib o'tamiz, atrof suv-ku, - javob qilibdi mushuk.
- Biz esa qayiq yasaymiz, - debdi sichqon.
Ular huddi shunday qilishibdi, mos daraxtni topib, sichqon ortiqchasini kemiribdi. O'tirib suzib ketishibdi.
Ular suzishibdi, suzishibdi, yo'lda qorinlari ochibdi, yemaklari esa tugabdi. Ular ochlikni so'ndirish uchun uxlamoqchi bo'libdilar. Faqat sichqon uxlay olmabdi. Judayam ovqat yegisi kelibdi. U mushukni uxlashini poylab, qayiqni kemira boshlabdi.
Mushuk g'ijirlagan ovozni eshitib, bir ko'zini ochib sichqon nima bilan shug'ullanayotganini ko'ribdi, lekin bunga ahamiyat bermabdi.
Sichqon esa shu qadar berilib ketibdiki, qayiqning tubini teshib qo'yganini sezmay qolibdi. Suv qayiqqa sizib chiqay boshlabdi. Suv mushukning oyoqlariga yetgach u uyg'onibdi.
Mushuk qattiq xafa bo'libdi va qichqiribdi:
- Men seni yeyman.
- Voy-voy, shoshmay tur, - debdi sichqon,- kel avval qirg'oqqa yetib olaylik, keyin sen meni yeysan. Axir hozir meni yesang baribir cho'kib ketasan.
Ular qirg'oqqa yetib kelishgandan so'ng mushuk debdi:
- Endi men seni yeyman.
- Shoshmay tur, - debdi sichqon. - Men ho'lligimcha yemaysanku, qurib olishimni kutib tur.
Mushuk yana rozi bo'libdi.
Mushukning ishonuvchanligidan foydalangan sichqon, qulay fursatni poylab yaqinidagi iniga lip etib kirib olibdi. Mushuk uning ortidan tashlanibdi, lekin ulgurmabdi. Mushuk in oldida sichqonning chiqishini uzoq poylabdi, lekin sabri chidamabdi.
Shundan buyon mushuk tinch uxlay olmas, ehtimol sichqon chiqib qolar, deb qarab-qarab turarkan.

Qolqopcha

qolqopchaBir kishi o'rmonda ketayotib qo'lqopini tushirib qo'yibdi. Sovuq o'rmonda izg'ib yurgan sichqoncha qo'lqopni ko'rib qolibdi.
-Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi? - deb so'rabdi sichqoncha.
Hech kim javob bermagach, u qo'lqopcha ichiga kirib yashay boshlabdi.
Bir payt sakrab-sakrab quyoncha kelib qolibdi:
- Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi?
- Men yerteshar sichqoncha. Sen-chi, kim bo'lasan?
- Men epchil, chaqqon quyonman.
- Kel, birga yashaymiz.
Quyoncha bir sakrab qo'lqopchaning ichiga kirib olibdi. Endi ular ikkovi yashay boshlabdi.
Bir payt tulkivoy kelib qolibdi:
- Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi?
- Men yerteshar sichqoncha.
- Men epchil, chaqqon quyonman. O'zing kimsan?
- Men esa tulkicha-singilchaman.
- Kel, kiraqol, birga yashaymiz.
Ular uchovlon yashay boshlabdilar.
O'rmonda izg'ib yurgan bo'rivoy kelib so'rabdi:
- Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi?
- Yerteshar sichqoncha, epchil, chaqqon quyoncha, tulkicha-singilcha. O'zing kimsan?
- Men bo'ri-bakovulman.
- Kelaqol, birga yashaymiz.
Endi to'rtovlon yashay boshlabdilar.
Shu orada ayiq polvon kelib qolibdi:
- Uycha, uychajon! Bu uychada kim yashaydi?
- Yerteshar sichqoncha, epchil, chaqqon quyoncha, tulkicha-singilcha, bo'ri-bakovul. O'zing kimsan?
- Men baralla-bo'kiruvchi ayiq polvonman.
- Kelaqol, birga yashaymiz.
Biroq shu payt itning vovillashi eshitilibdi. Uzoqdan esa bir kishi o'rmonga qarab kelardi. Qo'lqopcha ichidagilar juda qo'rqib ketganlaridan xar tomonda qochib ketibdilar. It bo'lsa qo'lqopchani xo'jayiniga olib borib beribdi.

Quyonchaning uychasi

quyon1Bir bor ekan, bir yoq ekan, bir tulki bilan quyon bo'lgan ekan. Tulkining uychasi - muzdan, quyonniki - daraxtning postlog'idan qurilgan ekan. Bahor kelib, kunlar iligach, tulkining uychasi erib ketibdi. Boshpanasiz qolgan tulki tunashga joy berishni so'rab quyonning oldiga bordi-yu, uning uychasini egallab olib, o'zini haydab yubordi.
Quyoncha yo'lda yig'lab borar ekan, oldidan kuchukcha chiqib qoldi:
- Vov, vov, vov! Hoy quyoncha, nega yig'layapsan?quyon2- Qanday qilib yig'lamay? Mening daraxt po'stlog'idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so'rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o'zimni xaydab yubordi.
- Qo'y, yig'lama, quyoncha! - dedi kuchukcha.
- Boshingga tashvish tushgan bo'lsa, men senga yordam beraman.
Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishdi. Kuchukcha vovillab dedi:
- Vov,vov,vov! Hoy tulki, qani, buyoqqa chiq-chi!
Tulki esa pechning ustida yotganicha ularga dag'dag'a qildi.
- Hozir irg'ib o'rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman!
Bu dag'dag'adan qo'rqib ketgan kuchukcha juftakni rostlab qoldi.
Quyoncha yana yo'lda yig'lab borar ekan, oldidan ayiq chiqib qoldi:
- Ha, quyoncha, nima uchun yig'layapsan? - deb so'radi.
- Qanday qilib yig'lamay? - dedi hiqillab quyoncha. Mening daraxt po'stlog'idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so'rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o'zimni haydab yubordi.
- Qo'y, yig'lama, quyoncha! - yupatdi uni ayiq. - Boshingga tashvish tushgan bo'lsa, men senga yordam beraman.
quyon3Ular birgalikda quyonning uychasiga kelishdi. Ayiq bor ovozi bilan baqirdi:
- Hoy tulki, qani buyoqqa chiq!
Tulki esa pechning ustida yotganicha ularga dag'dag'a qildi.
- Hozir irg'ib o'rnimdan turaman-da, derazadan sakrab chiqib ikkalangni ham tilka-pora qilib tashlayman!
Bu dag'dag'adan qo'rqib ketgan ayiq juftakni rostlab qoldi.
Quyoncha yo'lda avvalgidan ham qattiqroq yig'lab borar edi. Oldidan xo'roz chiqib qolibdi.
- Qu-qu-qu-qu-u-uq!- dedi qichqirib. - Hoy, quyoncha, nega yig'layapsan?
- Qanday qilib yig'lamay? - dedi hiqillab quyoncha. Mening daraxt po'stlog'idan yasalgan uycham bor edi. Tulkining muzdan qurilgan uychasi erib ketgach, tunashga joy berishimni so'rab keldi-yu, uychamni egallab olib, o'zimni haydab yubordi.
- Ketdik, - dedi xo'roz. - Boshingga tashvish tushgan bo'lsa, men senga yordam beraman.quyon4- Yoq, xo'roz, qo'lingdan kelmaydi. Kuchukcha haydamoqchi bo'ldi - haydolmadi, ayiq haydamoqchi bo'ldi - haydolmadi. sen ham haydolmaysan.
- Men hayday olaman!
Ular birgalikda quyonchaning uychasiga kelishdi. Xo'roz etiklari bilan yerni tepib, qanotlarini qoqdi:
Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg'i o'rog'imni ko'tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa!
Xo'rozning qichqirig'ini eshitib, tulki qo'rqib ketdi va ovoz berdi:
- Hozir etigimni kiyib olay...
Xo'roz yana qichqirdi:
- Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg'i o'rog'imni ko'tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa!
Tulki yana ovoz berdi:
- Hozir! Kiyimimni kiyib olay...
Xo'roz uchinchi marta qichqirdi:
Qu-qu-qu-qu-u-uq! Tulkini qiyma-qiyma qilib tashlash uchun chalg'i o'rog'imni ko'tarib keldim. Hoy tulki, qani, chiq buyoqqa!
quyon5Tulki lip etib uychadan chiqdi-yu, o'zini o'rmonning ichiga urdi.
Shundan keyin quyoncha yana o'zining daraxt po'stlog'idan qurilgan uychasida tinch-osoyishta yashay boshlabdi.

Tulki bilan bo'ri

Tulki bilan bo'ri xolavachcha ekanlar, shuning uchun ham har doim ular birga yurishar, birga ov qilishar, qanday ovqat topishsa, bo'lib yeyishar ekan.

tulkiKunlardan bir kuni tulki bilan bo'rining juda qorinlari ochibdi. Ular "Qayoqqa ovga borsak ekan?" deb o'ylab ketishayotgan ekan, oldilaridan bir qo'zichoq chiqib qolibdi. Qo'zichoq onasining "Uzoqqa ketmagin" deganiga quloq solmay, o'rmonda adashib qolgan, endi bo'lsa oyisini qidirib yig'lab yurgan ekan.

Qo'zichoqni ko'rgan bo'ri xursand bo'lganidan uvillab yuboribdi.
- Qara, ovqatimiz o'z oyog'i bilan yurib ketyati-ya!
- Yashasin, endi mazza qilamiz! - deb qichqiribdi tulki va qo'zichoq tomon yugurib ketibdi.
- O'v, to'xta, qo'zichoqni birinchi bo'lib men ko'rdim, u endi meniki bo'ladi, - debdi bo'rining ochko'zligi tutib va tulkining dumidan tishlab tirtibdi.

Tulki bilan bo'ri qo'zichoqni talashib, tishlashib ketishibdi. Ularni ko'rib qo'zichoq qo'rqqanidan qimirlay olmay qolibdi. Keyin o'ziga kelib qarasa, tulki bilan bo'ri haliyam "Qo'zichoq meniki! Qo'zichoq meniki!" deb urushib yotganmish. Qo'zichoq aqlligina ekan, fursatdan foydalanib, qochib ketibdi.

Tulki bilan bo'ri rosa talashib, charchashibdi-yu...qarasa, qo'zichoq yoq emish. Buni ko'rib tushlik ovqatdan quruq qolishgani alam qilib, yana bir-birini rosa tishlabdi. Ammo endi urushganning foydasi yoq, chunki qo'zichoq allaqachon o'rmondan chiqib, uyiga yetib bo'lgan ekan.
Shundan beri tulki bilan bo'ri birga ovga bormaydigan, o'rmonda uchrashib qolishsa ham teskari qarab ketadigan bo'lishibdi.

Ovchi va ayiq

ovchiayiqBir zamonlari ovchi bo'lgan ekan. U ovchilik sir-asrorlarini mukammal egallagan bo'lib, qo'ygan tuzog'i hech vaqt o'ljasiz qolmas edi. Xullas, kunlardan bir kuni ovchi odatdagidek o'rmonga qo'ygan tuzog'idan xabar olish uchun boribdi va tuzoqdan qutilish uchun xar tomonga o'zini urayotgan ayiq bolasiga ko'zi tushibdi. Shundan so'ng ovchi ayiqchani tuzoqdan ozod etib, boqish uchun uyiga olib ketibdi. U ayiqchani boqib katta qilibdi. Ovchining ayiqchaga mehri bilan qaragani hamda parvarish qilgani bejiz qolmagan edi. Oradan ancha vaqt o'tib, ayiqcha katta bo'libdi. Ammo ovchi bundan hech ham xavfsiramas edi, boisi ayiqcha unga juda qattiq o'rganib qolgandi. Ayiq ovchi qaerga borsa, ortidan ergashib ketaverardi. Shunday holatda ular birgalikda juda ko'p yerlarni aylanib chiqishdi. Ba'zi vaqtlarda ovchi charchab dam olish uchun biron joydan qo'nim topsa, ayiq uni turli zararli xashoratlardan qo'riqlar edi. Inson bilan qonida yirtqichlik hamda yovvoyilik jihatlari bo'lgan hayvon orasida bunday do'stlarcha munosabat hayratlanarli. Shunday emas-mi?

Kunlarning birida ikki do'st har galgiday safarga otlanishdi. Yo'lda ozgina toliqqan ovchi daraxt soyasida dam olish uchun bir fursat to'xtadi. Ovchining ko'zi uyqiga ilinganda ayiq uni odati bo'yicha qo'riqlay boshladi. Ayni shu vaqtda bir pashsha kelib ovchining yuziga qo'naverdi. Bu hol bir necha marotaba qaytarilgach, ayiq bundan g'azablandi. Pashshadan batamom qutulish uchun yerdan bir tosh olib, uni ovchi yuziga qo'nib turgan pashshaga qarata bor kuchi bilan otdi. Pashshaga qo'shilib ovchi ham haloq bo'ldi.

Ayiq yaxshilik qilmoqchi edi...ammo...

Aynan shu sababdan nodon do'stdan, aqlli dushman yaxshi degan naql odamlar orasida og'izdan-og'izga ko'chib yursa kerak.

Sayohatchi kema

kemaBir kemacha har kuni daryoga suzar, odamlarni va turli narsalarni tashir ekan. U tepasida uchib o'tayotgan qushlar, tagida suzib yurgan baliqlar bilan suhbatlashar, sira zerikmas ekan. Bir kuni mekachaning tepasidan uchib o'tayotgan qaldirg'och unga okean haqida so'zlab beribdi. Qirg'og'i ko'rinmaydigan suvlar va unda yashovchi o'lkan baliqlar haqida eshitib, kemacha hayratga tushibdi, judayam okeanni ko'rgisi kelibdi.

- Iltimos bir martagina okeanga borib, kitlar va delfinlarni ko'rib kelaylik, - deb iltimos qilibdi kemacha o'zini boshqaradigan kapitanidan.

- Yo'q, sening ishing daryoda suzish!- debdi kapitan

Kemacha rosa yalinsa ham kapitan rozi bo'lmabdi. Kemacha juda xafa bo'libdi. Bir kuni kechqurun kapitan uyiga ketganida kemachaning hayoliga bir fikr kelibdi.

- Baribir okeanga boraman! - deb qaror qilibdi kemacha.

Shunday qilib kemacha g'izillagancha yo'lga tushibdi. Unga qushlar va baliqlar yo'l ko'rsatibdi. Oxirgi u okenga yetib boribdi.

Ertalab kemachasi yo'qolib qolganidan xabar topgan kapitan boshqa kemani boshqara boshlabdi. Dunyoda kemalar juda ko'p-da axir!

Kemacha esa delfinlar va kitlar bilan o'rtoqlashib, okeanda suzib yuraveribdi.

Ayyor tulki

ayyortulkiKunlarning birida ayyor tulki yo'lda ketayotib bir qarg'ani ko'rib qoldi. Uning qorni juda och edi. Bir xamla bilan qarg'ani tutib olmoqchi bo'lib unga o'zini tashlabdi. Qarg'a o'trigan joyda chuqur quduq bor edi. Nogohon, tulki o'sha quduqqa tushib ketdi. Suv kam edi, u cho'kib ketmadi, lekin balandligi bois u yerdan chiqib ham keta olmadi. Barcha harakatlari bekor ketgan tulki endi nima qilish kerakligi haqida bosh qotira boshladi. Ittifoqo o'sha yo'ldan bir echki o'tib qoldi. U quduq bo'yiga kelib qaradi va u yerda tulkini ko'rdi.
- E, tulki, u yerda nima qilib o'tiribsan?

- Dam olib o'tiribman - javob berdi tulki.- Tepa juda issiq, bu yer salqingina ekan! Muzdek suv ichishni xohlamaysanmi?

Echki ham juda chanqab turgan edi.

- Muzdek suv deysanmi? - so'radi echki.

- O! Qanday mazza!- javob berdi tulki.- Xohlasang yonimga tush. Bu yerda ikkimizga ham joy yetarli.

Echki quduqqa sakrab tushdi va dedi:

- Eh, sen. Salqingina joyda mazza qilib o'trigan ekansan-da!

Tulki esa bir sakrab echkining beliga, keyin bir sakrab quduqdan chiqib olibdi.

Olmani o'rniga qo'yilgan shart

Bir kuni bir yigit yo'lda ketayotsa, oldiga bir olma "to'p" etib kelib tushibdi. Yigit uyoq-buyoqqa qarab, olmaning egasini ko'rmabdi. Shunda u qirmizi olmani olib, oqib turgan suvga yuvibdi va bir tishlabdi. Bir payt oldidan bir barvasta kishi chiqib:

- Hoy yigit, sen nega mendan so'ramasdan mening olmamni o'g'irlab yemoqdasan? - deb doq uribdi.

- Yo'q, amaki, kechirasiz, men olmangizni o'g'irlaganim yo'q, olma oyog'im ostiga kelib tushgan edi, olib yeyapman,-debti yigit.

Lekin u kishi juda qaysar ekan, "yo'q, o'g'irlading", deb turib olibdi.

- Ho'p, mayli, o'g'irlagan bo'lay, bu gunohimni nima qilsam kechirasiz? - deb so'rashga majbur bo'libdi yigit oxiri.

-Bu gunohingni yuvish uchun mening qizimga uylanasan, - debdi u odam.

- Mayli, uylanaman, - debdi yigit.

- Lekin, bilib qo'y, qizimning ikki oyog'i shol, ikki qo'li shol, ikki ko'zi ko'r - debdi u kishi.

- Yigit so'zi bitta, - debdi yigit, - nima bo'lsa ham qizingizga
uylanaman. Shunday qilib yigit bu kishining qiziga uylanibdi. Go'shangada ko'rsa-ki, oy desa og'zi bor, ko'zlari cho'lpon, lablari g'uncha, qoshlari kamron, yuzlari shirmonday, sochi sumbul, qo'llari ipakdek mayin, qaddi-basti kelishgan sarvqomat qiz ekan.

olma1Yigit qaynotasining gaplaridan hayron bo'libdi. To'ydan keyin gaplashib o'tirishgach, bir kuni u yurak yutib:

- Dada, nega o'shanda qizingizni ko'zi ko'r, qo'li shol, oyog'i cho'loq degan edingiz? - deb so'rabdi.

- Ko'zi ko'r deganimki, qizim hali voyaga yetib, sendan boshqa yigitni ko'rgan emas. Oyog'i shol deganim, ostona xatlab, ko'chaga chiqmagan, qo'li shol deganim, sendan boshqani qo'li qizimning qo'liga tegmagan, - deb javob beribti qaynota. Yigit qaynotasining bu lutfiga tasanno aytgan va yori bilan qo'sha qarigan ekan.

Usta Teshavoy

usta

Qadim zamonda Teshavoy degan usta o'tgan ekan. Uning daraxtlari juda ko'p ekan. Teshavoy kun bo'yi tulri-tuman yog'ochlardan chiroyli buyumlar yasar ekan. "Daraxtlar borgan sayin ko'payishning boisi usta Teshavoy bitta daraxt yiqitsa, o'rniga ikkita ko'chat ekadi", deb o'ylashar ekan odamlar, ammo boshqa muhimroq siri ham bor ekan. Bu sirni usta o'g'illariga aytishni niyat qilib yurar ekan. Teshavoyning uch o'g'li birin-ketin voyaga yetishibdi. O'g'illari ulg'aygan sari usta qarib, madordan qola boshlabdi. Bir kuni o'g'illarini qoshiga chaqirib, shunday debdi:

- Har biringiz o'rmonga borib, birorta buyum yasashga arzimaydigan yog'och topib kelinglar.

Birinchi bo'lib katta o'g'il o'rmonga yo'l olibdi. Qing'ir-qiyshiq yog'ochni tezgina topibdi. Yog'ochning g'o'la qismi bug'ining tumshug'iga o'xshagan, ikkita o'lkan shoxchasi o'sha jonivorning shoxlariga juda o'xsharkan. Bundan na imorat, na eshik, na xontaxta yasashda foydalanish mumkin, deb o'ylabdi u o'zicha.

- Mana, - debdi u o'sha yog'ochni sudrab kelib.

- Hech narsaga yaramaydiganini topdim. O'rmonda bunaqa shox-shabalar qalashib yotibdi...

Usta Teshavoy yog'ochni ko'rib, negadir quvonib ketibdi.

- Sen eng noyob buyum bo'ladigan yog'ochni keltiribsan-ku, - deb istehzoli kulibdi tong'ich o'g'liga. - Axir bundan zo'r omoch yasash mumkin. Teshavoy qo'liga teshani olib ishga kirishibdi. Tarvaqalangan shoxlarini tartibga keltiribdi, ular chiroyli dasta bo'libdi. Bug'ining tumshug'iga o'xshash qismini yo'qib silliqlabdi-da, ichiga kuraksimon temir qoqibdi. O'g'illarining ko'z oldida juda alomat omoch paydo bo'libdi.

Navbat o'rtancha o'g'liga yetibdi. U ham bo'mag'ur yog'och izlab o'rmon o'ralabdi. Har xil tarvaqaylab o'sgan daraxt-u shox-shabalar orasidan buyum bo'lishga arzimaydigan eng bo'lmag'urini izlay boshlabdi. Ko'p o'tmay, o'rmonning quruq joyidan bitta yog'ochni tanlabdi. Yo'g'onligi bilakdek keladigon bu yog'och shunaqa buralib-buralib o'sgan ekan-ki, undan biror narsa yasash mumkinligiga o'rtancha o'g'lining ko'zi yetmabdi. O'sha yog'ochni uyiga sudrab ketibdi. Uni ko'rib otasining chehrasi yorishibdi.

- Men ko'pdan beri izlab, topolmay yurgan yog'ochni keltiribsan-ku, - deb o'rtancha o'g'lini maqtagan bo'libdi.

- Akang omochbop yog'ochni keltirgandi. Sen bo'lsang xo'kizning bo'yniga bo'yunturoq bo'ladigan yog'och topibsan!... Chol tag'in ishga kirishibdi. Hash-pash deguncha juda mustahkam bo'yinturoq yasalibdi-da:

- Bu narsani ham tabiiy shakllanib o'sgan daraxtdan yasagan ma'qulroq, - deb qo'shib qo'yibdi.
Buyum bo'lishga arzimaydigan yog'och topib kelish gali kenja o'g'liga yetibdi. U ham akalari singari o'rmonga yo'l olibdi. Hadeganda qaytavermabdi. Shu ketgancha uch kecha-kunduz daragi bo'lmabdi. Ohiri uyiga xorib-charchab qaytibdi.

- Xo'sh, sen qanaqa yog'och keltirding? - deb savolga tutibdi otasi. Kenja o'g'il vazmin bosh chayqab, javob beribdi:

- Butun o'rmonni kezdim. Turli-tuman yog'ochlar juda serob ekan. Biroq, ular orasidan buyum bo'lishga yaramaydiganini topa olmadim...

- Barakalla, - debdi chol kenja o'glining yelkasiga qoqib, - sendan haqiqiy usta chiqishiga ishonsam bo'larkan. Chindan ham, yog'ochlarning buyum bo'lmaydigani yo'q. Bu, yolg'iz ustaning maxoratiga bog'liq! Daraxtlarimiz yil sayin gulkirab o'sishining sirini payqagan bo'lsang kerak: ya'ni men hech qachon biror buyum yasash uchun duch kelgan daraxtni kesmayman. Hatto, oddiy cho'pniyam huda-behuda yo'ndirib tashlamayman, isrof qilmayaman! Avvalo, yasaydigan buyumga yarasha yog'och izlayman, eng maqbulini tanlab, song ishga kirirshaman.

Bo'ri va echki

Bir kuni echki podadan qolib ketgan ekan, oldidan och Bo'ri chiqib qolibdi.

- Seni yeyman!- debdi Bo'ri

- Meni ya?

- Ha, seni.

- Rahm qil.

echki bori

- Men juda ochman. Rahm qilmayman. Seni butunlayin bir yamlab yutib yuboraman.

- Juda och bo'lsang, mayli, yeyaqol. Senga rahmim keldi, - debdi Echki.

- Yaxshi echki ekansan, - debdi Bo'ri.

- Yana bir yaxshilik qilay: sen qiynalib o'tirma, og'zingni ochib tur, men shundaygina og'zingga kiraman qo'yaman, - debdi Echki.

Bu gap Bo'riga ma'qul tushibdi. U og'zini ochib turibdi.

Echki nima qilibdi deng!

U tislanib borib, uzoqdan chopib kelibdi-da, kuchining boricha Bo'rining og'ziga shox uribdi. Bo'ri shu zahoti hushidan ayrilibdi.

Bo'ri hushiga kelib qarasa, hammayog'i tirnalgan, jag'i yirtilgan, a'zoyi-badani qahshab og'riyotgan emish. Echkidan esa nom-nishon ham yo'q emish.

Gul o'stirolmagan bola

gul va bola 4Qadim zamonda bir mamlakatda donishmand, xalqparvar qirol hukmronlik qilgan ekan. Uning yaxshi kayfiyatini faqat qariligu befarzandlik buzar ekan, xolos.
Kunlardan bir kuni qirol: "Mamlakatdagi eng vijdonli bolani topib, uni o'zimga o'g'il qilib olsam yaxshi bo'lardi", - deb o'ylabdi. U hamma bolalarga gul urug'i ulashishni buyuribdi-da:
- Kimki shu urug'dan eng chiroyli gul yetishtirsa, shu mening o'g'lim yoki qizim bo'ladi,- deb e'lon qilibdi.
Hamma bolalar urug'ni ekib, ertalab va kechqurun sug'orishibdi.
Son Ir degan bola ham urug'ni ekib, rosa parvarish qilibdi. Lekin o'n kun, o'n besh kun, bir oy o'tsa hamki, gultuvakka ekilgan urug' "qilt" etmasmish.
- Bu qanaqasi bo'ldi? - hayron bo'libdi Son Ir va onasidan so'rabdi:
- Nega men ekkan urug' unib chiqmayapti?
Onasi ham shundan tashvishlanib yurgan ekan:
- Tuprog'ini yangilab ko'r-chi, - debdi.
Son Ir gultuvakdagi tuproqni almashtiribdi. Bu safar ham urug' ko'karmabdi.
Qirol gullarni, ko'radigan kun ham yetib kelibdi. Bolalar yasanishib-tusanishib, tuvakda o'zlari o'stirgan gullarni ko'tarib yo'l bo'yiga chiqibdilar.
Keyin nima bo'libdi deng? Negadir qirol gullarga qarab, hamma bolalarning oldidano'tib ketaveribdi. Uning chehrasida shodlikning uchquni ham ko'rinmabdi.
Ittifoqo u bir uyning oldida bo'sh gultuvak ko'tarib yig'lab turgan Son Irni ko'rib qolibdi. Qirol o'sha bolani chaqirib kelishni buyuribdi.
-Nima uchun sen bo'sh tuvak ushlab turibsan? - deb so'rabdi u.
Son Ir piq-piq yig'lab, kunlardan bir kuni birovning bog'idan egasiga bildirmasdan olma uzganini, shuning uchun bo'lsa kerak, qancha urinsa ham urug'ni undira olmaganini gapirib beribdi.
Bu gapni eshitib qirol Son Irni ko'tarib olibdi-da:
-Mana mening pok vijdonli o'g'lim, - debdi.
Odamlar orasida g'ovur-g'uvur boshlanibdi.
-Qirol nima uchun gultuvagi bo'sh bolani o'g'il qilib oldi? - deb norozilik bildirishibdi.
Shunda qirol tushuntirib beribdi:
-Ey xaloyiq, men bolalarga ulashgan gul urug'i qaynatilgan edi.
Shundan keyingina odamlar qirolning fikriga qo'shilishibdi. Rang-barang gullar ko'tarib turgan bolalarning yuzlari uyalganlaridan qip-qizarib ketibdi. Chunki ularning hammalari boshqa gul urug'i topib ekkan ekanlar-da.

Asalarilar qidiruvda

asalari2Bahor kelib, oftob dala-dashtlardagi qorlarni eritib yubordi, o'tgan yili sarg'aygan o't orasidan och-yashil nafis kurtaklar nish urib chiqdi; daraxtlardagi kurtakchalar og'iz ochib, jajji-jajji yaproqchalar yoza boshladi.
Mana, asalari ham qishki uyqusidan uyg'ondi, sertuk qo'llari bilan ko'zlarini uqalab ochdi-da, dugonalarini ham uyg'otdi, keyin ular qor, muz erib ketdimikin, sovuq shamol endi tinganmikin deb, uyaning tuynuklaridan mo'ralay boshladilar.
Qarasalar, quyosh charaqlab nur sochib turibdi, hammayoq yop-yorug' va issiq, ular inlaridan chiqishib, olma daraxti tomon uchib ketishdi:
- Olmajon, biz bechora asalarilar uchun biron nimang yo'qmi? Qishdan ochiqib chiqdik.
- Yo'q, - dedi ularga olma daraxti. - Sizlar juda erta keldinglar, mening gullarim hali kurtak ichida yotibdi. Loladan so'rab ko'ringlar.
Asalarilar lolaning oldiga uchib borishdi, uning chipor g'unchasini ichiga mo'ralab qarashdi, lekin unda ham na hid, na asal bor edi.
Asalarilar ma'yus va och holicha uylariga qaytib uchib ketmoqchi edilar, buta ostidan mo'ralab turgan ko'rimsizgina to'q zangori gulga ko'zlari tushib qoldi: bu binafsha edi, u asalarilarga xushbo'y hid va shirin sharbat to'la kosasini tutdi.
Asalarilar to'yib-to'yib yeb-ichdilar-da keyin xursand bo'lishib uylariga uchib ketishdi.

Uch og'ayni botirlar

botirlarBor ekan, yo'q ekan, bir zamonda bir kishi bo'lgan ekan. Boy ham, kambag'al ham emas ekan. Uning uchta o'g'li bor ekan, uchovi ham o'qigan, oq-u qorani tanigan, yuzlari oyday, o'zlari toyday, yomon bilan yurmagan, yomon joyda turmagan ekanlar. To'ng'ichi yigirma bir yoshda, o'rtanchasi o'n sakkiz yoshda, kenjasi o'n olti yoshda ekan. Otasi bir kuni ularni oldiga chaqirib, har birining peshanasini silab: ? O'g'illarim, men boy emasman, mendan qolgan davlat sizlarning maishatingiz uchun kifoya qilmaydi, mendan ortiq narsa umid qilib o'tirmanglar, o'zimdan keyin baxtsiz bo'lib qolmanglar deb, sizlarni o'qitdim. Yaxshi ot qo'ydim. To'y qildim, voyaga yetkazdim. Buning ustiga sizlarni yana uch narsa bilan tarbiya qildim. Birinchidan, sog'lom vujudli qilib o'stirdim ? quvvatli bo'ldingiz. Ikkinchidan, yarog' bilan tanishtirdim - yarog' ishlatishga usta bo'ldingiz. Uchinchidan, qo'rqitmay o'stirdim ? qo'rqoq bo'lmay botir bo'ldingiz, yana uchta narsani aytaman, quloqlaringizga olib, eslaringizdan chiqarmangiar. To'g'ri bo'ling ? bexavotir bo’lasiz. Maqtanchoq bo'lmang ? xijolat tortmaysiz. Dangasalik qilmang - baxtsiz bo'lmaysiz. Bundan boshqasini o'zingiz biling. Qora toyni, saman toyni, ko'k toyni asbob-anjomlari bilan tayyorlab qo'ydim. Xurjunlaringizni bir haftalik ovqat bilan to'lg'izdim. Baxtingiz yo'lda, topib olmoq uchun dunyoni ko'rgani yo'lga chiqing, dunyoni tanimay dunyo kishisi bo'lmaysiz. Baxt qushini ushlamoq uchun baxt oviga chiqing. Xayr o'g'illarim, deb turib ketdi...
Uch og'a-ini safarga otlandilar. Yo'lda ular kechasi navbatma-navbat poyloqchilik qilib chiqishga kelishadilar. Birinchi kecha To'ng'ich botir o'zlariga hujum qilmoqchi bo'lgan sherni o'ldiradi. Ikkinchi kecha O'rtancha botir ajdarni yengadi. Uchinchi kecha Kenja botir podshoh xazinasiga tushmoqchi bo'lgan o'g'rilarni qirib tashlaydi. Ertasi kuni botirlar shaharga kirib, bir joyga qo'nadilar.
Joy egasi bu botirlarni o'rdaga borishga taklif qildi. Bular piyoda asta-sekin o'rdaga bordilar. Podshoh bularning musofir ekanligini bilib, alohida bir ziynatlangan uyga kirgizib qo'ydi. Boshqa musofir bo'lmaganidan, ularga juda diqqat-e'tibor bilan qarab, sir olmoqni bir vazirga topshirdi. Vazir aytdi: ≪Bulardan to'g'ridan to'g'ri so'rasak, ehtimol aytmaslar, o'z hollariga qo'yib, tashqaridan quloq solib turamiz, nima desalar so'zlaridan sirini topamiz≫, dedi. Bu xonada bulardan boshqa hech kim yo'q edi. Bir vaqt dasturxon yozildi, xilma-xil noz-ne'matlar keltirib qo'yildi. Ikkinchi bir xonaning teshigidan podshoh bilan vazir quloq solib jim o'tirdilar. Birozdan keyin uch og'a-ini botirlar o'zaro suhbat qila boshladilar. To'ng'ich botir dasturxondagi ovqatni ko'rsatib:
Shu go'sht qo'zi go'shti ekan, biroq shu qo'zi it emib katta bo'lgan ekan, dedi.
O'rtancha botir aytdi:
To'g'ri aytasiz, podshoh degani it go'shtidan ham qaytmaydi. Saralab yemoq faqirning ishi, qo'yni boqib qo'yibdimi? Men ham bir narsaga hayron bo'lib turibman, mana shu shinnidan ham odam isi keladi.
Kenja botir aytdi:
To'g'ri, podshohlik qonxo'rlik demakdir. Qon qo'shilgan bo'lsa, ehtimoldan uzoqmasdir. Lekin yomonning qoni bo'lsa-ku, mayli, begunohning qoni qo'shilgan bo'lmasin. Men ham bir narsaga hayron bo'ldim. Shu nonni taxlagan kishining otasi novvoy ekan, taxlovchi novvoyning o'g'li ekan.
To'g'ri bo'lsa kerak, debdi To'ng'ich botir. Podshoh bizni bu yerga o'rda voqeasi bilan chaqirgan. Albatta bizdan savol so'rar, nima deymiz?
Albatta yolg'on so'zlamaymiz, debdi O'rtancha botir, bu voqeaga aralashgan bo'lsak, aytmoq lozimdir.
Kenja botir:
Uch kunlik yo'lda qanday voqealarni ko'rgan bo'lsak, o'rtaga tashlaydigan vaqt keldi, dedi.
To'ng'ich botir birinchi kechada sher bilan olishganini aytib, belidagi tasmasini o'rtaga olib qo'ydi. O'rtancha botir ikkinchi kechadagi voqeani aytib, nishona uchun tasmani o'rtaga tashladi. Kenja botir uchinchi kechadagi voqeani aytib, olgan narsalarini o'rtaga tashladi.
Podshoh bilan vazir sirdan xabardor bo'ldilar. Faqat go'sht, shinni, non to'g'risidagi gaplarni tekshirib ko'rmoqchi bo'ldilar. Birinchi qo'ychivonni chaqirtirishdi. Podshoh qo'ychivondan so'radi:
To'g'risini ayt, kecha so'yilgan qo'zining onasi itmidi?
Podshohim, bir qoshiq qonimdan kechsangiz aytaman.
O'tdim, to'g'risini so'yla!
Qishning o'rtasida bir qo'y tug'ib, o'zi o'lib qoldi, shu vaqtda bir katta itim ham tug'gan edi. Qo'zichoqqa rahmim keldi. Yetim qo'zini och qoldirgim kelmadi. Nochor o'sha itga emizdirib, katta qilgan edim. Boshqa qo'zi qolmagani uchun o'shani yuborgandim, dedi.
Podshoh bog'bonni chaqirib:
To'g'risini ayt, shinniga odam qoni qo'shilganmi? dedi.
Podshohim, bir qoshiq qonimdan o'tsangiz, bir voqea bo'lgan edi, aytardim, dedi.
Ayt, o'tdim, dedi. Bog'bon:
O'tgan yozda, bog'dagi uzumzorga har kecha bir odam o'g'irlikka tushib, sizga olib qo'ygan eng yaxshi uzumdan o'g'irlab olib keta boshladi. Bir kuni agar qo'limga tushsa, o'ldirib, shu tokning tagiga ko'mib qo'yay, deb qasd qildim. Bir kecha poylab yotdim. Yana keldi. Shashvar to'qmoq bilan boshiga urdim. Boshi pachoq-pachoq bo'lib ketdi. Hech kim bilgani yo'q. Shu tok tagiga chuqur kavlab ko'mib qo'ydim, kelasi yili tok kuchlanib, chunon hosil qildiki, bargidan ham uzumi ko'p edi. Lekin mazasida ozgina o'zgarish paydo bo'ldi. Men uzumdan sizga yubormay, butunicha shinni qilgan edim, dedi.
Nonni podshoh o'zi taxlagan edi. Bu shohning otasi novvoy edi. Podshoh haqiqatlar bilinganidan keyin, bularning zakovatiga ≪ofarin≫ deb, botirlarning oldiga kirdi. Salom berib ko'rishdi. Hech bir narsa so'ramay:
Sizlarning hamma aytganlaringiz to'g'ri bo'lib chiqdi, mening sizlarga muhabbatim ortdi. Botir mehmonlar, ijozat bersangiz, bir arzim bor edi, agar qabul qilsangiz aytar edim, dedi.
To'ng'ich botir:
Aytganlaringiz to'g'ri kelsa qabul qilarmiz, aytingiz! dedi. Podshoh:
Mening uchta qizim bor, o'g'lim yo'qdir. Men ertaga butun shaharni to'yga chaqirib, qirq kun osh berib, qizlarimni sizlarga nikohlab bersam, mening o'g'illarim bo'lib, bunda qolsangiz, dedi.
To'ng'ich botir:
Xo'p yaxshi aytasiz, lekin bizning ham shartimiz bor. Bizlar podshoh bolasi emasmiz. Otamiz boy ham emas. Sizning davlatingiz podshohlik bilan topilgan, biz qo'l kuchi bilan tarbiya topganmiz. Elimiz bir bo'lsa ham, tarbiyamiz boshqa. Qanday bo'lar ekan? dedi.
Podshoh:
Men bir iqlimning podshohiman, sizni otangiz qo'l kuchi bilan tarbiya qilib, sizday botirlarning otasi bo'lgan ekan, mendan nima kamligi bor? Haqiqatda mendan ortiqdir. Tarbiyangiz orqasida jahon podshohlari yig'lab oshiq bo'lib yurgan qizlarning otasi sizga o'z qizlarini yig'lab tutadi, dedi.
Bular qabul qildilar. Shaharda qirq kun to'y-tomosha bo'lib, botirlar podshoh qizlariga uylandilar. Qizlar yo'qotgan tillalariga gavhar qo'shib oldilar. Yaxshi tarbiya orqasida yigitlar baxt qushini qo'lga kirgizdilar. Qizlar bilan botirlar ipakdek kelishdilar.
Podshoh hamma kuyovidan ham Kenja botirni ko'proq yaxshi ko'rardi. Kunlardan bir kun podshoh bir salqin joyda uxlab yotgan edi, yonidagi ariqdan bir ilon chiqib, podshohga zahar solmoqchi bo'lib turganda, to'satdan kelib qolgan Kenja botir uni ko'rib, belidan qilichini sug'urib, chopib, ikki bo'lib tashladi. Yana qilichini qiniga solib turganida podshoh uyg'onib qoldi. Dilida: ≪Qizimni berganimga qanoat qilmay, meni o'ldirib, podshoh bo'lmoq xayoli bor ekan≫, deb shubha qildi. Vazirga chiqib voqeani aytdi. Vazirning botirlarga hasad-adovati bo'lib, qulay paytni kutib yurgan ekan, yaxshi bahona bo'ldi.
Vazir podshohga:
Shunday bebaho qizlaringizni, mendan bir maslahat so'ramay, yaxshi tarbiya ko'rgan deb, musofirlarga berib qo'ydingiz, endi mana bir uchini sizga ko'rsatdi. Eng yaxshi deb sevgan kuyovingiz sizni o'ldirmoqchi bo'lgan ekan, yana bir kuni boshqacharoq hiyla bilan sizni o'ldirib qo'yar, dedi.
Podshoh vazirning so'ziga ishonib:
Zindonga solinsin! deb buyurdi.
Kenja botirni zindonga soldilar. Kenja botirning qallig'i juda xafa bo'ldi. U botirni nihoyatda yaxshi ko'rardi. Yig'lab-yig'lab, kelinchakning yuzlari so'liy boshladi.
Bir kuni qiz otasining oyog'iga boshini qo'yib, yig'lab, qallig'ini afv etishni so'radi. Podshoh qizining yuzidan o'tolmay, Kenja botirni zindondan oldirib keldi. Qallig'i juda sog'inganidan kuyovini quchoqlab, yuzlaridan o'pib, qo'lini yelkasiga tashlab yig'lab turar ekan, podshoh Kenja botirga qarab:
Botir, siz shunday vafosizmisiz? Ko'rmayapsizmi, mening qizim sizga qanday mehribon. Shu qizimni ham rioya qilmay, qay ko'ngil bilan meni o'ldirmoqchi bo'ldingiz? dedi. Kenja botir podshohga qarab bir hikoya aytdi.

...

Bir zamonda bir poshdoh bor ekan, uning yaxshi ko'rgan bir to'tisi bor ekan. Podshoh to'tisini shunday yaxshi ko'rar ekanki, bir soat ko'rmasa turolmas ekan. To'ti ham podshohga juda mehribon bo'lib, har turli shirin so'zlar aytib, xursand qilar ekan. Bir kuni to'ti podshohdan so'rabdi:
Mening Hindiston degan yurtda ota-onam, aka-ukam, opa-singillarim bor, falakning gardishi bilan sizning dargohingizga kelib qolgan edim. Shukurlar bo'lsin, aql-idrokim, yaxshi xulqim, shirin so'zim orqasida sizday podshohga hamsuhbat bo'ldim. Endi, iltimosim shuki, meni qafasdan bo'shatib, yigirma kunga javob bersangiz, olti kun borishim, olti kim kelishimga ketsa, bir hafta ota-onam, aka-ukalarimni ko'rib diydoriga to'ymog'im uchun yetar.
Podshoh:
Yo'q, senga javob bersam, yana kelmay qolsang, men sog'inaman, juda xafa bo'laman, debdi.
To'ti:
Yo'q, podshohim, sizning menga ko'rsatgan iltifotingiz yomon yo'lga boshlamaydi, qanday bo'lsayam va'da ulug', muqaddas narsa, uni buzish yaramaydi. Va'dani buzmoq og'ir gunoh. So'z beraman so'zimda turaman, debdi.
Xo'p bo'lmasa, agar tezda kelsang ikki haftaga ruxsat beraman, debdi podshoh.
Xayr, endi qanday bo'lsa ham chiqay, deb to'ti o'n besh kunga ruxsat olibdi. Devorga qo'nib turib, xayrlashibdi. Janub tomonga qarab uchib ketibdi. Podshoh orqasidan qarab qolibdi. Podshoh to'tining qaytib kelishiga ishonmas ekan.
To'ti olti kun deganda Hindiston degan mamlakatga borib, ota-onalarining oldiga yetibdi. Bechora to'ti juda xursand bo'lib, tog'dan toqqa, bog'dan boqqa, shoxdan shoxga sakrab, uchib, o'ynab-kulib, ota-onasining diydoriga to'ydi, qarindosh-urug'iga mehmon bo'lib, uch kunni qanday o'tkazganini bilmay qoldi. Ertasi yana qafas tomonga, tutqunlikka uchmog'i kerak ekan. Ota-onasi, aka-ukalaridan ajralmoq juda og'ir bo'libdi. Bir tarafda va'da bor, va'daga vafosizlik xavfi turadi. Bechora to'tining quvonchi tugabdi. Shodligi g'amga almashibdi. Qanotlari so'libdi. Ikkinchi qaytib kelish yo bor, yo yo'q. Qarindosh-urug'lar bir joyga to'planishibdi. Hammasining ko'zi g'amli to'tida ekan. Qanday bo'lsa ham qaytmaslikni maslahat berishibdi. To'ti aytibdi:
Yo'q, yana qaytmoq uchun va'da berganman, va'daga vafo qilmasa bo'ladimi?
Bir to'ti aytibdi:
Va'da bergan podshohingda insof bo'lsa, seni uch yil qamoqda saqlab, faqat ikki haftaga javob berarmidi? Seni sevar ekan, seviklisini qafasda tutmoq yarashadimi? Dunyoga qafasda turmoq uchun keldingmi? Bir kishining xushvaqtligi uchun erkinlikni qo'ldan berma! Podshoh deganning marhamatidan qahri ortiqdir, podshoh bilan sherga yaqin bo'lmoq hikmatdan emasdir.
Podshohning to'tisi aytibdi:
Menga bir yo'l ko'rsating, men ham erkinlikka chiqay, ham va'da yolg'on bo'lmasin.
Ona to'ti aytibdi:
Shunday bo'lsa men ham bir maslahat beraman. Bizning joyda bir daraxtning mevasi bor, har kim bir donasini yesa, qari chol bo'lsa yigitlik holiga qaytur. Kampir yesa qiz kabi yoshlik holiga kelur. Podshohga shundan uch donasini olib borgin, bu bebaho mevani berib, o'zingning butunlay ozod etilishingni so'ra, shoyad insofga kelib, butunlay ozod etsa, debdi.
Bu gap ma'qul tushibdi. Shu chog'da uch dona meva olib kelibdilar. To'ti uni changalida mahkam ushlab, xayrlashib shimol tomonga qarab uchibdi. Qarindoshlari zo'r umid bilan orqasidan qarab qolishibdi.
To'ti olti kun deganda podshohning saroyiga yetib kelibdi. Podshoh bilan ko'rishib, olib kelgan tortiqni unga beribdi, xosiyatlarini bir-bir aytibdi. Podshoh juda xursand bo'libdi. Ozod qilmoqqa va'da beribdi. Bir donasini xotiniga berib, ikki donasini vazirga ko'rsatmoq uchun bir piyolaga solib qo'yibdi. Ertasiga vazirga ko'rsatib, xosiyatlarini aytibdi. Vazirning bunga hasadi kelibdi. Ichida xafa bo'libdi. Ishni boshqacha yo'lga burmoqni ixtiyor qilibdi:
Siz bu parrandaning olib kelgan narsasini yemay turing, oldin bir tajriba qilib ko'raylik, durust bo'lsa yemoq qochmaydi, debdi.
Bu gap podshohga ma'qul tushibdi. Vazir vaqtini topib, piyoladagi ikki dona yoshartiruv mevasiga zahar aralashtirib qo'yibdi. Bir kundan keyin vazir aytibdi:
Endi yoshartiruv mevasini bir tajriba qilaylik.
Buning uchun qamoqxonadan ikki nafar odamni olib chiqib yediribdilar. Ikkalasi shu chog'dayoq o'libdi. Vazir aytibdi:
Agar siz yesangiz nima bo'lardingiz?
Men ham o'lardim, debdi podshoh.
Bechora to'tini qafasdan sudrab olib chiqib, kallasini tanasidan uzib tashlabdilar.
Bir kuni podshoh bir odamni g'azab bilan o'ldirmoqchi bo'libdi. Bu kishi keksa ekan. Qolgan bir dona mevani yemoqqa buyuribdi. Haligi odam mevani yegan ekan, oqargan sochlari tushib ketibdi, tishlari butun bo'lib, ko'zlarining nuri ortib, yigirma yashar yigit holiga kelib qolibdi. Podshoh vazirdan shubhalanib, piyolani olib kelib qaragan ekan, zahar qo'shilganligini bilibdi. Podshoh vazirni ham o'ldirib yuboribdi. Bechora to'tining begunoh o'lganiga qayg'uribdi, lekin ish o'tgan ekan. To'ti podshohga yaqin bo'lganining ≪mukofoti≫nigina ko'ribdi.
Endi men o'zimning qilgan yaxshiligimni aytay, debdi Kenja botir va ariqdan chiqqan ilon voqeasini aytibdi. O'sha joyda ikki bo'linib yotgan ilon tanasini olib kelib ko'rsatibdi. Podshoh qilgan ishiga pushaymon bo'libdi. Kenja botirdan uzr so'rabdi.
Kenja botir aytdi:
Taqsir, endi ruxsat bersangiz, bizlar o'z yurtimizga qaytsak. Podshoh yalinib-yolvorib, qolishlarini so'radi. Qabul qilmadilar.
Biz saroy kishisi bo'lolmaymiz. Biz mehnat bilan, kasb-hunar bilan yashaymiz, dedilar.
Podshoh:
Bo'lmasa qizlarim qolsinlar, degan edi, qizlari rozi bo'lishmadi. Ular:
Biz kuyovlarimizdan ajralmaymiz, ruxsat bersangiz, biz ham kuyovlarimiz bilan birga ketsak, sizni ko'rgani har yili kelib turamiz, deyishibdi.
Podshoh hayron bo'lib, nochor ruxsat berdi. Butun narsalarini yig'ishtirib, safarga chiqdilar. Botir yigitlar o'z xotinlari bilan ikki yil deganda, otalarining oldiga olti kishi bo'lib keldilar. Botirlar otalari bilan quchoqlashib ko'rishib, xotinlarini tanishtirdilar. Otasi ham, bularning kelishini eshitib, uch bo'lak hovlibog' tayyorlab qo'ygan edi. Har birlari tayinlangan joyga ko'chib kirdilar. Qizlar kuyovlari bilan rohat-farog'atda yashab, murod-maqsadlariga yetdilar.

Ilonshoh

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir chol bo’lgan ekan. Cholning bir-biridan go’zal uch qizi bo’lgan ekan. Chol bir kuni bozorga bormoqchi bo’libdi va qizlariga:
- Qizlarim, men bozorga ketyapman, sizlarga nima olib kelay ? - debti.
Katta qizi:
- Menga chiroyli kavush olib keling, -debti.
O’rtancha qizi:
- Menga chiroyli oyna olib keling,- debti.
Kichik qizi esa :
- Otajon, menga qip-qizil olma olib keling, - debti.
Chol bozorga borib, o’z ishlarini bitirgach, katta qiziga kavush, o’rtancha qiziga oyna olibdi.
Kenja qiziga esa axtarib-axtarib sirayam olma topa olmabti. Nihoyat olma qidirib charchagan chol bir yo’lovchidan:
- Birodar, butun bozorni axtarib olma topa olmadim, qayerdan topsam bo’larkan? ? debti. Shunda yo’lovchi:
- E otajon, axtarib ovora ham bo’lmang, hamma olmalar Ionshohning qo’lida, -deb javob beribdi. Kenja qizini o’ksintirishni istamagan chol tog’lar orasida yashovchi Ilonshohning oldiga boribdi va :
- E Ilonshoh mening kenja qizim uchun bittagina qizil olma bergin,-debti.
- Mayli, - debti Ilonshoh, - men senga bitta qizil olma beraman, sen esa evaziga kichik qizingni menga xotinlikka berasan.
Chol bu shartga ko’nmabdi va uyiga borib, bo’lgan voqeani qizlariga aytibdi. Olma olib kelmagani uchun kichik qizi xafa bo’lmapti. Oradan bir qancha vaqt o’tib cholning kichik qiziga Ilonshohdan sovchi kelibdi. Lekin chol qizini ilonga berishga unamay, sovchilarga rad javobini beribdi. Sovchilar bir necha marta kelishib, quruq qaytishibdi. Shunda Ilonshoh shaharga keladigan suvni to’sib, xalqni tashnalikda qoldiribdi. Yosh bolalar, keksalar tashnalikdan halok bo’la boshlabdilar. Bu holni ko’rgan kenja qiz:
- Otajon, peshonamda ilonga xotin bo’lish yozilgan ekan, mayli, men roziman, meni Ilonshoh huzuriga olib boring, - debti yig’lab.
Chol ham nailoj yig’lay-yig’lay qizini Ilonshoh huzuriga olib boribdi. Ilonshoh ularni hushnud qabul qilibdi va suv boshiga qilingan to’siqni oldirib tashlabdi. Qiz bilan Ilonshohning to’yi juda dabdabali o’tibdi.

ilonshox3To’ydan keyin Ilonshoh ko’rkam va pahlavon bir yigitga aylanibdi. Uni Qoratog’da yashovchi bir jodugar qasdan sehrlab ilonga aylantirib qo’ygan, xamdashu cholning kenja qiziga uylansangina sehrdan halos bo’lasan, deb shart qo’ygan ekan. Yigit shohning o’g’li ekan. U kenja qizning opalarini ham o’z mulozimlaridan ikkita yaxshi yigitga uzatibdi va chol bilan birga qizlarni ham saroyga olib kelibdi. Hammalari umrlarining ohirigacha baxtli va farog’atli yashab, murod-maqsadlariga yetibdilar.

Susanbil

susambil6Bor ekan-u yo'q ekan, och ekan-u to'q ekan, bo'ri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarg'a qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, o'rdak surnaychi ekan, g'oz karnaychi ekan.
O'tgan zamonda bir boy bor ekan. Uning eshagi va bir ho'kizi bor ekan. Uning yeri ko'p ekan, qarol-qo'shchilariga ekin ektirib kun o'tkazar ekan. Xo'jayinning o'g'illari ko'pincha eshakni minib yurar ekanlar. Xo'jayin eshakka yarasha egar-to'qim qildirib bergan ekan. To'qimi gajimli, juda ham kelishgan ekan. Shunday qilib, bu eshakni xo'jayin ham, xo'jayinning bolalari ham yaxshi ko'rib, suv o'rniga sharbat, o't o'rniga qora mayiz berib boqisharkan. Xayr, eshak suv o'rniga sharbat, o't o'rniga qora mayiz yeb maza qilaversin, endi gapni ho'kizdan eshiting.
Xo'jayin ho'kizni ertadan kechgacha qo'shga qo'shar ekan. Ho'kiz kechqurun qorni ochib, charchab qaytib kelsa, uning oldiga bir bog' quruq poyani tashlab qo'yar ekan. Ho'kiz bechora har kuni bir bog' quruq poyaga yo'liqib, qorni ochib, qoni qochib, rangi to'zib, ko'p qiynalibdi. Bir kun ishdan kelib, poyani yegisi kelmay atrofga qarasa, boyagi eshak suv o'rniga sharbat, o't o'rniga qora mayiz yeb, maza qilib yotibdi. Shunda ho'kiz uning ovqatidan yegisi kelib, eshakdan:
Hoy o'rtoq, men ko'p och qoldim, rahming kelmaydimi? Kel, menga ham ovqatingdan ber, debdi.
Shunda eshakning rahmi kelib, ovqatidan beribdi. Eshakning oldida har doim ovqat ortib yotar ekan. Xo'jayin erta bilan chiqib ko'rsaki, eshakning oldida ovqati qolmabdi. ≪E, eshagimning ishtahasi endi ochilibdi≫, deb ko'p-ko'p ovqat soladigan bo'libdi.
Bir kuni xo'jayin chiqib qarasa, eshakning ovqatini hadeb ho'kiz kelib yeyayotgan emish.
Iye, hali sening qorning to'yib, dimog'ing ko'tarilib qolibdi-ku, deb ertasi kuni ho'kizni eshakning o'rniga qo'yib, eshakni oborib ho'kizning o'rniga qo'shga qo'shibdi.
Eshak sho'rlik umrida qo'shga qo'shilmagan ekan, omochni tortishga ko'p qiynalibdi. Oxiri taqdirga tan berib, qo'shda yurishga ham ko'nikib qolibdi. Kechgacha qo'shda yurib charchab, qorni ochib uyga borsa, avvalgi ovqatlar yo'q, sharbat o'rniga bir paqir suv, mayiz o'rniga bir bog' poya. Eshak bechora nochor yeyishga tushibdi.
Xayr, shunday qilib, xo'jayin eshakni kuzgacha toza ham qo'shga qo'shibdi. Kuz bo'lganda esa unga yuk ortib, uzoq-uzoq yerlarga boradigan bo'libdi.
Bir kuni xo'jayin eshakni minib bozorga boribdi. Bozordan bir qop tuz sotib olibdi. Tuzni eshakka ortib, ustiga o'zi minib, yo'lda ketayotsa, birdan havo aynib, yomg'ir yog'a boshlabdi. Hash-pash deguncha darrov yo'llar loy bo'lib ketibdi. Eshak bechora ustida tuz, uning ustiga xo'jayin mingan, uni ustiga yuklar yomg'irda vazminlashgan, yomg'irdan junlari ivib, yo'lda arang yurib kelar ekan. Noinsof xo'jayin loaqal eshakning oyog'idagi taqasini ham yangilatib qo'ymagan ekan. Taqasi siyqalanib qolgani uchun eshak loyda toyilib, turtinib borar ekan. Ustidagi og'ir yuki bosib, darmoni qurib, buning ustiga xo'jayin:
Tez-tez yurmaysanmi? deb qo'lidagi xalacho'pi bilan bo'yniga niqtabdi, ≪xix-xix≫ deb, ikki oyog'i bilan qorniga tepibdi. Eshak shu azob bilan borayotib yo'lda bir buzuq ko'prikka kelib qolibdi. Bechora eshak toyilib-toyilib ko'prikning ustiga chiqqanida oyog'i toyib, ko'prikning teshigiga kirib qolibdi, ustidan xo'jayin chalqanchasiga ag'anab ketibdi. Shunda xo'jayinning qahri kelib, chayonday zahri kelib, ko'prikning tagidan bir so'yilni tortib olib, o'lganning ustiga tepgan deganday: ≪Meni ag'anatadigan senmisan≫, deb bechora eshakni toza uribdi. Eshakning oyog'ini qisgan, o'zini yuk bosgan, buning ustiga kaltakning achchig'i. Eshak bo'ynini yerga solib, boshini loyga qo'yib, ko'zidan yoshini oqizib yotib qolibdi. Shunda uch-to'rt yo'lovchi yetib kelibdi.
Eshakning ahvolini ko'rib, yo'lovchilarning rahmi kelibdi. Bitta yo'lovchi:
Hoy, noinsof. Eshakning ahvoliga qarasang-chi, uni urib nima qilasan? Ustidagi yukini ol, bo'lmasa o'lib qoladi, debdi.
Keyin yo'lovchilar kelib, biri yukning ustidagi arg'amchini qirqibdi, biri tuzni ag'anatibdi, biri eshakning belidan ko'tarib, yana biri dumidan ushlab, ko'prikdan chiqarib olibdi. Shundan keyin xo'jayin tuzni ortib yana yo'lga tushibdi. Eshak bechora shuncha azob bilan qorni ochib uyga zo'rg'a yetib boribdi. Borgandan keyin uydagilar: ≪Xo'jayin yomg'irda ivib kelibdilar, ko'p azoblanibdilar≫, deb uni qo'llab-quvvatlab, issiq uyga olib kirib ketishibdi. Eshakni esa ochiq havoga bog'lab qo'yishibdi. Xo'jayin o'choqqa qo'llarini toblab, isinib, yog'li palovni yeb maza qilibdi. Eshakka bo'lsa, ≪boyagi-boyagi, boyxo'janing tayog'i≫ deganday bir bog' quruq poyani tashlashibdi.
Eshakning juda xo'rligi kelib, shu ahvolda yuraverishga rozi bo'lgisi kelmabdi. ≪Endi nima qilsam bo'lar ekan? deb o'ylabdi. Men shu xo'jayinning qo'lida tokay ezilaman, axir, xo'jayinnikidan chiqib ketsam, ochdan o'lamanmi? Kel-e, shu yerdan boshimni olib ketayin!≫ debdi.
≪Endi qayoqqa borsam ekan?≫ deb o'ylabdi.
Eshak yoshligida onasidan: ≪Susambil degan mamlakat bor ekan, u joyda o'tning bo'lig'i, suvning tinig'i mo'l ekan. Unda birov bilan birovning ishi ham yo'q, azob-uqubat ham yo'q, ovqat mo'l, qorning doim to'yib yuradi≫, ? degan gapni eshitgan ekan. Onasi bechora ko'p orzu qilsa ham, Susambilga borolmay o'lib ketgan ekan. Eshak o'ylab-o'ylab shu Susambilni topmoqchi bo'libdi. O'rnidan turib, chiranib tortib, boshvog'ini uzib, osmonga qarab bir hangrab olibdi. Keyin xo'jayinning tashqi hovlisi bilan xayrlashib, yo'lga tushibdi.
Bir odamning bir kam qirqta tovug'i, bitta xo'rozi bor ekan. Makiyonlar har kuni bir kam qirqta tuxum qilib berar ekanlar. Biroq egasi juda xasis odam ekan. Tovuqlarga loaqal uch kunda bir marta ham don sochib qo'ymas ekan. Tovuqlar hovlida xashaklarni va go'nglarni titib, shundan ovqat topib, qorin to'yg'azar ekanlar.
Bir kuni tovuqlar qo'shnisining hovlisida donlab yurganda uning xotini uy obrezida oqshoq yuvib, qozonga solibdi. Obrezning chetida to'rt-beshta oqshoq to'kilib qolibdi. Buni xo'roz ko'rgan ekan, sekin kirib, haligi donlarni yeya boshlabdi. Shunda qo'shnisining xotini ko'rib, ≪kisht-kisht, qirilgurlar, kisht≫, deb otashkurakni otib yuboribdi. Otashkurak xo'rozga tegib, uni bir necha marotaba yumalatib yuboribdi. Otashkurakning zarbidan xo'roz ko'p alam tortib, bir chekkaga borib yig'labdi. Xo'rligi kelib: ≪Xo'jayin har kuni bir kam qirqta tuxum olsa, loaqal, bitta tuxumning puliga don olib sochmasa; uning eshigi yoniga borsak, o'zi ham, xotini ham ≪kisht-kisht≫ deb haydasa, boz ustiga qo'shnilaridan ham kaltak yesang! Menga nima azob! Kel, shu yerda yurgandan ko'ra dalalarga chiqib ketib, o'sha yerda o'zimcha tirikchilik qilsam, nima bo'ladi?≫ debdi. O'rnidan turibdi va ≪qu-qu-qu≫ deb qichqiribdi. Keyin ≪pir≫ etib devorga qo'nibdi, undan uchib ko'chaga tushibdi-yu, dalaga qarab ketaveribdi.
Xo'roz dala yo'lida borayotgan ekan, uch ko'chaning boshiga borib qolibdi. Uch ko'chaning biridan boyagi eshak, ikkinchisidan xo'roz chiqib kelibdi. Xo'roz eshakka qarab:
Assalomu alaykum, eshakvoy! debdi. Eshak:
Vaalaykum assalom, xo'rozvoy, debdi. Xo'roz:
Sizga yo'l bo'lsin? deb eshakdan so'rabdi. Eshak:
Susambilga, debdi. Xo'roz:
Susambil qanday joy? debdi. Eshak:
Susambil ? o'tning bo'lig'i, suvning tinig'i, unda azob-uqubat yo'q, maza qilib yurasan, debdi.
Xo'roz:
Men ham borsam bo'ladimi? deb so'rabdi. Eshak:
Xayr, bitta edim, sen bilan ikkita bo'lamiz, yuraver! debdi. Ikkovi boshidan o'tganlarini bir-biriga gapirib ketaveribdi.
Endi boyagi ho'kizga kelaylik. Xo'jayini uni ho'kizlar bilan urishtirib yurar ekan. Ho'kiz juda urishqoq bo'lib, hamma joyda dong'i ketgan ekan. Bir kuni ho'kiz urishtirish bo'lib qolibdi. Shunda bu ho'kiz yetti-sakkiz ho'kizni qochiribdi. Endi bitta juda urishqoq ho'kiz qolibdi. Xo'jayin ho'kizini bu ho'kiz bilan ertasiga urishtirmoqchi bo'libdi. Tongda xo'jayin:
Endi ho'kizni urishtirishga boraman. Shoxini yog'lab qo'yay! deb molxonaga chiqsa, ho'kizning ikki ko'zi yumuq, hadeb uxlayabti. Tushida katta bir yig'in emish. Ho'kizni xo'jayini yig'inga olib kirsa, haligi ho'kiz buni yig'indan quvib chiqarish uchun hamla qilib, yugurib qolibdi. Shunda buning achchig'i chiqib, kelayotgan ho'kizga hujum qilib uni bir suzibdi. Shunda ho'kiz shoxini yog'layotgan xo'jayinni suzib yuboribdi. Xo'jayinning yog' kosasi bir tarafga, o'zi ikkinchi tarafga uchib tushibdi.
Xo'jayin hushidan ketibdi, hushiga kelgandan so'ng:
Hali meni suzadigan senmisan?! deb ho'kizni chunon uribdiki, qavarib chiqmagan joyi qolmabdi. Shunda ho'kiz yotib yig'labdi, xo'rligi kelibdi: ≪Men xo'jayinga shuncha ishlarni qilib, qancha ho'kizlar bilan urishib, ularni yengib, pul yutib bersam, u esa shugina hazilimni ko'tarmay meni o'larcha ursa, bu menga qanday xo'rlik?!≫ debdi va: ≪Kel-e, men tokay xo'rlik tortaman, shu xo'jayinnikidan ketsam, nima bo'lar edi, ketaman!≫ deb o'rnidan turibdi, bir chiranib boshvoqni uzib, yo'lga tushibdi, yurib-yurib bir joyga borsa, boyagi eshak ko'rinibdi. Shunda ho'kiz eshakni chaqirib, orqasidan yuguribdi. Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho'kiz uni to'xtovsiz chaqirib kelyapti.
Eshak to'xtab turibdi, ho'kiz yetib kelibdi. Qarasa, o'zining sherigi ekan. Eshak:
Ha, ho'kizvoy, nima qilib yuribsan? debdi. Ho'kiz aytibdi:
Sendan keyin xo'jayin meni ham toza azobladi. Men ham ≪bor-e≫ deb kelaverdim. Sen qayoqqa ketyapsan?
Eshak:
Men Susambilga ketyapman, debdi. Ho'kiz:
Susambil qanday joy? debdi. Eshak aytibdi:
Susambil o'tning bo'lig'i, suvning tinig'i, unda azob-uqubat yo'q, maza qilib yurasan!
Ho'kiz:
Bo'lmasa men ham borsam bo'ladimi? debdi. Eshak:
Kelganing yaxshi bo'libdi. Ikkita edik, uchta bo'ldik. Yuraver! debdi.
Ho'kiz, eshak, xo'roz uchovi boshidan o'tganlarini bir-biriga gapirishib, hasratlashib ketaverishibdi. Necha kun yo'l yurib, cho'l-u biyobonga yetishibdi.
Cho'lda hech kim yo'q ekan. Bir joyda ikkita kalamush turar ekan. Cho'lda oziq-ovqat kamligidan, ozgina ovqat topish uchun ko'p joylarga borib, ko'p yerlarni qazir ekanlar. Shunda qorin to'yar-to'ymas ozgina ovqat topishar ekan. Bora-bora cho'lda ovqat topilmay qolibdi. Bir kuni ikkala kalamush yeydigan ovqati yo'q, qorni ochiqib, endi nima qilamiz deb, uyasining og'ziga chiqib shumshayib o'tirishganda, uzoqdan haligi eshak, ho'kiz va xo'rozlar ko'rinishibdi.
Biri aytibdi:
Shu ko'ringanlar yo'lovchi bo'ladi. Yur, ulardan ovqat olaylik. Zora rahmi kelib, biror narsa tashlab ketishsa, debdi.
Ikkalasi yo'lning ustiga chiqib turibdi. Ko'ringan hayvonlar ham yetib kelishibdi. Shunda kalamush ulardan ovqat tilabdi. Eshak turib:
Ey birodarlar, biz ham sizlarga o'xshash och qolganlardanmiz. Agar ovqat kerak bo'lsa, biz bilan birga yuraveringlar, debdi.
Kalamush eshakdan:
Qayerga ketyapsizlar? deb so'rabdi. Eshak:
Biz Susambilga ketyapmiz, debdi.
Susambil qanday joy? deb so'rabdi kalamush.
Susambilni aslo so'rama! Susambil o'tning bo'lig'i, suvning tinig'i, unda azob-uqubat yo'q, maza qilib yurasan! debdi eshak.
Bo'lmasa biz ham boraylik, deyishibdi kalamushlar.
Uchta edik, beshta bo'ldik, yuraveringlar, debdi eshak. Mana endi bular beshovi boshlaridan o'tgan sarguzashtlarini bir-biriga gapirishib, Susambilga ketaveribdilar.
O'sha cho'lda bir gala ari bor ekan. Ular ham ovqat yo'qligidan och qolib, nima qilishini bilmay, osmonda g'o'ng'illab uchib ketayotgan ekanlar, birdan haligi Susambilga ketayotgan besh jonivorga yo'liqibdilar.
Arilar bularni ko'rib: ≪Uh, mana ovqatning konidan chiqdik, keragini olib qol!≫ deb chaqqani kirishibdi.
Shunda eshak aytibdiki:
Ey ukalar, sizlar ham bizga o'xshab och qolib qiynalganga o'xshaysizlar. Bizning tanamizda shira qolgani yo'q. So'rganlaring bilan hech narsa chiqmaydi. Shiramizni xo'jayinlarimiz so'rib olgan. Agar ovqat kerak bo'lsa, biz bilan yuraveringlar! debdi.
Shunda arilar bularning ahvolini ko'rib, bular ham bizga o'xshagan och qolganlardan ekan, deb qayoqqa ketishayotganini so'rabdi.
Biz Susambilga ketyapmiz, deyishibdi.
Susambil qanday joy? deb so'rabdi arilar.
Susambil o'tning bo'lig'i, suvning tinig'i, unda azob-uqubat yo'q, maza qilib yurasiz, deyishibdi.
Bo'lmasa biz ham boraylik, debdi arilar.
Mayli, beshta edik, ko'p bo'ldik, debdilar.
Shunda bular hammasi: ≪Susambil, qaydasan?≫ deb boshidan o'tganlarini gaplashib, hasratlashib ketaveribdilar. Yo'lda ketayotib: ≪Qachon Susambilga yetamiz?≫ deb, yuraklari jig'illab, goho-goho eshakdan: ≪Yana bir gapirib bering. Susambil qanday joy o'zi?!≫ deb so'rashar ekan. Eshak ham Susambilni maqtab, ularning ko'nglini ko'tarar ekan.
Bular:
Susambilga borsak, unday qilamiz, bunday qilamiz! deb o'zlaricha shirin-shirin xayollar surib borishar ekan.
Bular yo'l yuribdi, yo'l yursa ham mo'l yuribdi. Oxiri dimog'lariga Susambilning xushbo'y shabadasi urilibdi. Susambilga ham yetib kelishibdi.
Susambil juda ham keng, bepoyon bir joy ekan. Havosi juda toza, narigi yoqda ulkan tog' bo'lib, uning shabadasi doim g'irillab kelib turar ekan. Yerda ko'm-ko'k maysalar, bedalar yashnab yotibdi. Bir yoqda bug'doy, arpalar; bir yoqda qovun-tarvuzlar, bir taraf keta-ketguncha bog': unda uzum, anjir, o'rik, shaftoli va turli-tuman mevalar g'arq pishgan. Ariqlarda oppoq sutday suvlar sharqiraydi. Borganlarning bag'riga shamol tegibdi.
Shunda bu bechoralar juda ham xursand bo'lib ketishibdi. Xursandlikdan ba'zilari yig'lab olishibdi. Ular ko'p och qolishgan ekan. Har qaysisi istagan ovqatini yeb, qornini to'yg'azib, vaqtlarini xushlashib, so'ngra salqin bir joyga kelib dam olishibdi. Yo'l azobi go'r azobi, deganday, ko'p charchab qolishgan ekan, shu salqin joyda yotib uzoqqina uxlashibdi.
Uyqudan turib qo'1-betlarini yuvib, yana xohlagan ovqatlarini yebdilar. Shu bilan bular Susambilga kelib ko'p rohatlanib qolishibdi.
Susambilning bir tomoni baland tog' bo'lib, unda kiyik deysizmi, ishqilib ko'p jonivorlar yashar ekan. Tog'ning bir joyida esa bir to'da bo'ri turar ekan. Bir kuni bo'rilarning podshosi ularni to'plab, bazm qilib, ichkilik ichib, kabob qilib yeb o'tirgan ekan. Shunda bo'rilarning podshosi uzoqdan haligi eshak bilan ho'kizni ko'rib qolibdi:
Uh, bizga barra kabob topildi, huv ana, o'tlab yuribdi. Uch-to'rtta bo'lib borib shularni olib kelinglar, kabob qilib yeymiz, debdi.
Bo'rilarning ichida bitta hovliqmasi bor ekan, u turib aytibdi:
Shugina narsaga uch-to'rt kishining nima keragi bor? Bitta o'zim borib olib kelaman! debdi.
Bo'rilarning ichida yana bitta hovliqmasi bor ekan. Haligi bo'rining gapini eshitib, shartta o'rnidan turib:
? Hov, nima deyapsan o'zing? Men turganda sen qayoqqa borasan? O'tir joyingda! Men o'zim borib olib kelaman! debdi.
Bunga u bo'rining achchig'i kelibdi:
Meni pisand qilmayapsan, sendan nima kamligim bor?! deb bir-ikki daf qilibdi. Shu yerda ikkovi olishib ketibdi.
Shunda bo'rilarning podshosi turib:
Hoy muttahamlar, urishmanglar! Bor, ikkoving borib olib kel! debdi. Shu bilan ikkovi chopqillashib ketishibdi. Bular ketayotganlarida bizning susambilliklarimiz o'tlab yurishgan ekan. Bir vaqt ho'kiz yerdagi ko'katni yeb, og'zini to'ldirib, boshini ko'tarib, o'tni chaynab, tog' tomonga qarab, uzoqdan chopib kelayotgan ikkita bo'riga ko'zi tushibdi. Shunda ho'kizning yuragi shuvullab ketibdi. U qo'rqib og'zidagi o'tini yerga tashlab, sheriklarini chaqiribdi. Sheriklari ham bo'rilarni ko'rishibdi. ≪Endi nima qilamiz? Qochamizmi, turamizmi?≫ deb maslahatlashibdilar.
Eshak:
Qochsak, quvib yetib oladi, yaxshisi qochmaymiz, debdi. Ho'kiz aytibdi:
Basharti oldimizga kelsa, nima qilamiz? Shunda xo'roz:
Men daraxtning tepasiga uchib chiqib ketaman, debdi.
Kalamushlar:
Biz yerni kavlab, kirib ketamiz, debdilar. Eshak:
Hangrab turaveraman, debdi. Arilar:
Biz ro'para kelganini chaqib, hamma yog'ini shishirib tashlaymiz! debdilar. Ho'kizga arilarning gapi juda ham yoqib tushibdi:
Bo'lmasa sizlar jon boricha chaqinglar. Qolganlarini menga qo'yib beringlar! debdi.
Bular maslahatni bir qilib turaverishibdi.
Bir zumda bo'rilar yetib kelibdilar. Bo'rining haligi hovliqmasi sherigiga:
Huv anavini sen ko'tar! Mana buni men ko'taraman, deb ho'kizga qarab yuguribdi.
Shunda ho'kiz orqasiga qaytib turib, bo'riga qarab yugurib borib bir suzganda, bo'ri ≪dod≫ deb yetti dumalab tushibdi. Buni ko'rib sherigi yugurib kelgan ekan, ho'kiz uni ham qattiq suzib tashlabdi. Kalamushlar qo'rqqanlaridan yerni kavlab kirib ketishga urinibdi. Yer toshloq, qattiq ekan, ular kavlab kirolmabdilar, bir zumda allaqancha joyni o'yib yuboribdilar.
Xo'roz bo'lsa daraxtga chiqib olib, hadeb ≪qu-qu-qu≫ deb qichqiraveribdi.
Arilar har ikkala bo'riga yopishib chaqaverishibdi-chaqaverishibdi, bir zumda do'mbira qilib shishirib tashlashibdi. Bo'rilar shunda ham qochmay, jonholatda kelib, ho'kizga yopishibdilar. Ho'kiz ularni suzaverib, a'zoyi badanini yara qilib tashlabdi. Eshak bo'lsa nariroqda bor ovozi bilan hangrab, nari borib-beri kelib turaveribdi.
Bir vaqt bo'rilar olishib-olishib charchashibdi. Qarasa, ho'kiz bilan arilar o'ldirib qo'yadigan. Shunda dastlab haligi hovliqma bo'ri qochishga tushibdi, orqasidan bunisi ergashibdi. Bular shu qochganicha podshoning oldiga yetib borishibdi. Bu bo'rilarning hamma yog'i yorilgan, qonlari oqqan, ari chaqqan yuzlari shishib, ko'zlari ko'rinmaydigan bir ahvolda ekan. Podsho va sheriklari bularning ahvolini ko'rib, rangi o'chib, qoni qochib, iyaklari qaltirab, ko'zlari yaltirab qolibdi.
Podsho:
Sizlarga nima bo'ldi? deb so'rabdi.
Ey taqsir, bular barra kabob emas, boshga kelgan balo ekan! deyishibdi.
Ha, nima bo'ldi? desa, bo'rining biri:
Bular bizning jonimizga qasd qilib kelgan ekan. Bularning ichida munkar-nakiri, uning bir juft go'rkovi ham bor ekan. Munkarnakir gurzisi bilan bir urganda, agar sher bo'lsa ham, necha dumalab ketadi, debdi.
Bo'rining yana biri:
Ey mahmadona! Sen tek tur! O'zim gapiraman. Bularning ichida azroil ham bor ekan. Jonni olish uchun nayzasini suqsa, a'zoyi badaning achishib, shishib ketar ekan, debdi.
Endi bunisi:
He, sen bilmaysan! Bular go'rkovi bilan kelgan ekan. Hali biz o'lmay turib, har birimizga yettitadan go'r qazib qo'yishibdi, debdi.
Unisi aytibdi:
Sen ko'rmabsan! Bular so'fisi bilan kelgan ekan. Hali biz o'lmay turib, daraxtning tepasiga chiqib, hadeb odamlarni janozaga chaqiryapti.
Unisi:
Lekin bularning ichida bir kattasi bor ekan. Unisi eshoni bo'lsa kerak. Bizga yaqinlashmadi, lekin nariroqda turib ish o'rgatib, bularga baqirib turdi. Agar unisi ham kelganda, biz mutlaqo o'lar edik, debdi.
Bo'rilar bularning aft-angorini ko'rib, gaplarini eshitib, qo'rqib vasvasaga tushibdilar. Podsho:
Endi nima qilamiz? debdi. Haligilar:
Ey taqsir, agar baloga duchor bo'laylik, kunimiz bitibdi, o'laylik desangiz, turaveramiz. Bo'lmasa qochamiz. Bular bizning orqamizdan quvsa, hali zamon yetib keladi, debdi.
Buni eshitib bo'rilarning podshosi yana qo'rqibdi.
Bo'lmasa turinglar, jo'naymiz, debdi.
Shunda hamma bo'rilar, bu joyga kelmay, har yoqda tirqirab yurganlarini ham topib kelib, Susambil tog'ini tashlab qochib, yetti tog'ning narigi yog'iga o'tib ketishibdi.
Susambilliklar endi tamom erkinlikka chiqib, og'zi oshga tegib, sal kunda semirib ketibdilar. Ular goho xo'jayinlarinikida ko'rgan kunlari esga tushsa, o'kinib, bu yerdagi rohatlarni ko'rib sevinib, Susambilning ovini ovlab, dovini dovlab, maza qilib yurishaveribdi. Shu bilan murod-maqsadlariga yetishibdi.

Tegirmoqnchi

tegirmonBir bor ekan, botir yo’q ekan bir tegirmonchi bo’lgan ekan. Tegirmonchining ikkita o’g’li bor ekan. O’g’illarining kattasi dangasa, ishyoqmas ekan. Kichigi mehnatsevar, pishiq, odobli yigit ekan. Bir kuni tegirmonchi ikki o’g’lini yoniga chaqirib :
- O’g’illarim, men endi qarib qoldim, - debdi, - bir oyog’im to’rda bo’lsa bir oyog’im go’rda. Mendan sizlarga qoladigon mana shu hovli-yu tegirmon, xolos. Ikkalaring hamjihat bo’lib, ahil yashanglar. - Chol shu nasihatni qilgandan keyin bir necha kun o’tgach, vafot etibdi. O’g’illariga tegirmon bilan hovli meros qolibdi. Katta o’g’liga hovli tegibdi, kichigiga tegirmon tegibdi. Kichik o’g’il har kuni odamlarning bug’doylarini tortib, un qilib, uyga u-bu yegulik topib kelar ekan. Ammo akasi unga sira qarashmas ekan. Bir kuni ukasi, aka, keling, bir baxtimzni sinab ko’ramiz, debdi. Shunda akasi:
- Baxtimizni sinash uchun qishloqning boy qiziga uylanamiz, boy qiz ko’pgina sepi bilan kelib bizlarni ham boy qiladi, kel sen topgan pullaringni menga ber, pul yig’aylik, -debdi. Bunday puch gaplarga ukasi ko’nmabdi. O’rtada janjal ko’tarilibdi. Akasi ukasini uydan haydab chiqaribdi. Ukasi tegirmon toshini ham o’zi bilan olib, uydan chiqib ketibdi. Yo’l yuribdi, yo’l yursa ham mo’l yuribdi. Qorong’u tushganda bir eski uy yoniga yetib boribdi. Eski uyda tunagani qo’rqib, daraxtning tepasiga chiqib olibdi. Tegirmon toshini ham o’zi bilan daraxtga olib chiqib ketibdi. Yarim tunda daraxtda uxlab o’tirib, qo’lidan toshini tushirib yuboribdi va uyg’onib ketibdi. Uyg’onganida turli sharpalar qochib ketayotganini ko’ribdi-yu, pastga tushgani qo’rqib, o’tiraveribdi. Tong otgach pastga tushsa, tegirmon toshining tagida yotgan yarim qop oltin va atrofga sochilib yotgan qimmat baho taqinchoqlarni ko’ribti. Kechasi o’g’rilar o’g’irlangan narsalarni tashlab qochgan ekanlar. Yigit tosh bilan birga oltin va taqinchoqlarni ham yig’ishtirib, uyga bormoqchi bo’libdi. Ammo akasi bilan yana ko’ngilsiz gaplar bo’lishini o’ylab, boyliklarni ko’targanicha boshi oqqan tomonga ketibti.
Akasi bo’lsa, ukasini uydan quvlab chiqargach, qiyinchilik bilan kun ko’ra boshlabdi. Tez kunda yegulik narsa topa olmay, uyini sotibdi. Uyining puli ham tugab, u ko’chada qolibdi va kishilarning xizmatlarini qilishga majbur bo’libdi. O’tin terib, sotib kun ko’ribdi. Kunlar shu tarzda o’taveribdi. U avvalgidan ancha chaqqon bo’lib, qo’lidan ancha-muncha ish keladigan bo’lib qolibdi. Pul yig’ib, ukasini qidirib topishni maqsad qilibdi. Bir kuni u o’tin terib horib-tolib yurganda bir muhtasham saroy oldidan chiqib qolibdi. Darvozasini qoqib, suv so’rabdi. Ichkaridan 5-6 yoshlardagi bir qizcha chiqibdi. Qizcha ko’ziga issiq ko’rinibdi. Bu uy kimning uyi ekanligini so’rabdi. Qizcha odamlar dadasini ,,tegirmonchi” deb atashlarini aytibdi, dadamlar hozir ishdalar, debti. U tegirmonchi kelishini kutibdi. Tergan o’tinlarini ham shu hovliga olib kelibti. Bir vaqt tegirmonchi ishdan qaytib kelibdi. U o’zining ukasi ekan. Aka-uka bir-birlarini ko’rib, sevinganlaridan yig’lab yuboribdilar. Aka-uka bir-birlarini nihoyatda sog’ingan ekanlar. Ukasi akasini so’roqlagan paytda uni uyni sotib ketganini bilgan, topa olmay, nihoyatda xafa bo’lgan ekan. Aka-uka bir-birlaridan hol ahvol so’rabtilar, ukasi akasini uyga taklif qilibdi. Uka akasi ham ancha mehnatsevar odam bo’lib qolganini, mehnat bilan kun ko’rib ko’rayotganini anglabdi. Ikkalalari bir bo’lib, otalaridan qolgan hovlini qayta sotib olibdilar. Shu qishloqning odobli xonadoniga sovchi qo’yib, akasini ham uylantirib qo’yibdi. Akasi o’z qishlog’ida baxtli hayot kechiribti.

Chippor tovuq

chippor tovuqBobo bilan buvi bo'lgan ekan. Ularning chippor tovug'i bor ekan.
Tovuq tuxum tug'ibdi. Tuxum oddiy emas, naq oltindan emish.
Bobo urib-urib, uni sindirolmabdi.
Buvi urib-urib, uni sindirolmabdi.

Bir sichqoncha dumi bilan tegib ketgan ekan, tuxum yerga tushib sinibdi.
Buni ko'rib bobo ham, buvi ham yig'lab yuborishibdi.
Chippor tovuq ularning ko'nglini ko'tarib shunday debdi:
- Qoq, qoq, qoq, bobojon, buvijon, yig'lamang. Men sizlarga oltindan emas, oddiy tuxum tug'ib beraman.

Sholg'om

Bobo sholg'om ekibdi. Sholg'om kattakon bo'lib, o'sib yetilibdi.
sholgom1Bobo sholg'omni tortib olgani boribdi. Tortib, tortib, yerdan tortib ololmabdi.
Bobo buvini yordamga chaqiribdi.
Buvi boboni, bobo sholg'omni tortibdi-toritibdi, biroq sholg'om o'rnidan qo'zg'almabdi.
Buvi nabirasini chaqiribdi.
Nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg'omni tortishib-tortishib, bu safar ham tortib olisholmabdi.
Nabira kuchukni chaqiribdi.
Kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg'omni tortishibdi-tortishibdi, biroq sholg'omni tortib olisholmabdi.
Kuchuk mushukni chaqiribdi.
Mushuk kuchukni, kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg'omni tortishibdi-tortishibdi, lekin tortib olisholmabdi.
Shundan so'ng mushuk sichqonni chaqiribdi.
Sichqon mushukni, mushuk kuchukni, kuchuk nabirani, nabira buvini, buvi boboni, bobo sholg'omni tortishibdi-tortishibdi va oxiri tortib olishibdi.

Bo'g'irsoq

Chol bilan kampir bo'lgan ekan. Bir kuni chol kampiriga qarab:bog

- Menga bo'g'irsoq pishirib ber, - debdi.
- Unimiz yo'q-ku. Bo'g'irsoqni nimadan pishirib beraman? - debdi kampir.
- Suprani qoqib-sidirsang, bo'g'irsoqqa yetadigan un yig'ilib qoladi, - debdi chol kampiriga.
Kampir suprani qoqib-sidirib bo'g'irsoqqa yetadigan un yig'ibdi. Kampir unni qaymoqqa qoribdi, zuvala yasab bo'g'irsoq qilibdi va pechga joylabdi. Bo'g'irsoq qizarib , chiroyli bo'lib pishibdi. Kampir uni pech ichidan olib, sovishi uchun deraza raxiga qo'yibdi.
Yotaverib-yotaverib zerikkan bo'g'irsoq asta dumalab derazadan so'riga, so'ridan yerga tushibdi-da, eshik oldiga kelib qolibdi. Eshikdan dahlizga, dahlizdan pillapoyaga, pillapoyadan hovliga, hovlidan saroyga, saroydan tashqariga chiqib yo'lga ravona bo'libdi.quyon bogBo'g'irsoq yo'lda dumalab ketayotib, bir quyonni uchratib qolibdi:
- Bo'g'irsoq, bo'g'irsoq! Men seni yeyman, - debdi quyon.
- Meni yema, quyonvoy, men senga qo'shiq aytib beraman, - debdi bo'g'irsoq va qo'shiq ayta boshlabdi:

- Men bo'g'irsoq, bo'g'irsoq, supradagi un-urvoq.
Sidirishib oldilar, qaymoqqa xo'p qordilar.
Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.
Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.
Eshit, quyon, bo'ldi bas, sendan qochish hech gapmas.

bori bogBo'g'irsoq qo'shig'ini tugatishi bilan yana dumalab yo'lga tushibdi. Quyon bo'lsa og'zini ochib qolaveribdi.
Bo'g'irsoq yumalab ketaveribdi, ketaveribdi. Qarshisidan bo'ri chiqib qolibdi.
- Bo'g'irsoq, bo'g'irsoq, men seni yeyman, - debdi bo'ri.
- Meni yema, bo'z bo'rijon, senga qo'shiq aytib beraman, - debdi va qo'shiq ayta boshlabdi:

- Men bo'g'irsoq, bo'g'irsoq, supradagi un-urvoq.
Sidirishib oldilar, qaymoqqa xo'p qordilar.
Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.
Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.
Qochib ketdim quyondan.
Eshit, bo'ri, bo'ldi bas, sendan qochish hech gapmas!

Bo'g'irsoq dumalashda davom etib, ko'z ochib yumguncha bo'ridan uzoqlashib ketibdi.
Bir payt oldidan ayiq chiqib qolibdi.
- Bo'g'risoq, bo'g'irsoq men seni yeyman, - debdi ayiq.
- Maymoqvoy, meni yeyish senga yo'l bo'lsin, - debdi bo'g'irsoq va o'z qo'shig'ini ayta boshlabdi:

- Men bo'g'irsoq, bo'g'irsoq, supradagi un-urvoq.
Sidirishib oldilar, qaymoqqa xo'p qordilar.
Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.
Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.
Qochib ketdim quyondan, qochib ketdim bo'ridan.
Eshit. ayiq, bo'ldi bas, sendan qochish hech gapmas.ayoq bog

U shunday kuylab dumalab ketibdi. Ayiq bo'lsa, og'zini ochgancha anqayib qolibdi. Bo'g'irsoq dumalab ketaveribdi, ketaveribdi, oldidan tulki chiqib qolibdi.
- Salom, bo'g'irsoq, - debdi tulki. - Namuncha dum-dumaloq, qizarib pishgan bo'lmasang? Shu tobda qayoqqa dumalab ketyapsan?

Bo'g'irsoq tulkining maqtovlariga uchib, dumalashdan to'xtabdi va qo'shiq ayta boshlabdi:

- Men bo'g'irsoq, bo'g'irsoq, supradagi un-urvoq.
Sidirishib oldilar, qaymoqqa xo'p qordilar.
Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.
Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.
Qochib ketdim quyondan, qochib ketdim bo'ridan.
Qochib ketdim ayiqdan.
Eshit, tulki, bo'ldi bas, sendan qochish hech gapmas.

Bo'g'irsoq yana dumalay boshlagan ekan, tulki unga shunday debdi:
- Qo'shig'ing buncha yoqimli bo'lmasa! Qarilik qursin, qulog'im yaxshi eshitmay qolgan, Sendan iltimos, shu qo'shig'ingni burnimga chiqib yana bir marta aytib ber. Eshitib maza qilay. Faqat qattiqroq ayt.
Bo'g'irsoq tulkining burniga chiqib kuylay boshlabdi:

- Men bo'g'irsoq, bo'g'irsoq, supradagi un-urvoq.
Sidirishib oldilar, qaymoqqa xo'p qordilar.
Pishdim pechda, tovada, sovitdilar havoda.
Qochib ketdim bobomdan, qochib ketdim buvimdan.
Qochib ketdim quyondan, qochib ketdim bo'ridan.
Qochib ketdim ayiqdan.
Eshit, tulki, bo'ldi bas, sendan qochish hech gapmas.tulki bog

- Rahmat, bo'g'irsoq, - debdi tulki unga. - Qo'shig'ing haqiqatan ham ajoyib. Qani edi uni yana bir marta eshitsam. Tilimga tushgin-da uni menga so'nggi marta aytib ber.

Bo'g'irsoq tulkining og'ziga sakrab tushibdi, tulki bo'lsa bo'g'irsoqni "xap" etib yeb qo'yibdi!

Qarg'a va qisqichbaqa

Dengiz ustida uchayotgan qarg'a qisqichbaqani ko'rib qolib, tutib olibdi. O'ljasini maza qilib yeyish uchun o'rmon tomonga uchibdi. Qisqichbaqa ko'rsa-ki, ahvol chatoq: hademay qarg'aga yem bo'lib ketadigan. U qarg'aga shunday debdi:

qarga- Ey, qarg'a, qarg'a! Men sening otang bilan onangni tanirdim. Ular ajoyib edilar-da!

-Hm, - debdi qarg'a, og'zini ochmay.

- Sening akalaringni ham bilaman. Ular rahmdillikda bir-birlaridan sirayam qolishmaydilar, - debdi qisqichbaqa.

- Hm, - debdi qarg'a bu gal ham og'zini ochmay.

- Biroq ularning birortasi ham senga teng kelolmaydi. Dunyoda sendan aqlli, farosatli jonzotning o'zi yo'q.

Qisqichbaqaning bu gaplari qarg'aga moydek yoqibdi. U "qar" deb, og'zini ochibdi-yu, qisqichbaqani dengizga tushirib yuboribdi.

Mushuk, xo'roz va tulki

mushuk1O'rmonda mushuk bilan xo'roz yashashgan ekan. Mushuk xizmatga borarkan, xo'roz bo'lsa uychada qolarkan.

Tulki xo'rozning uychada yolg'iz qolishidan darak topib, uni o'g'irlamoqchi bo'libdi. U yog'och uychaga yaqin borib, deraza yoniga o'tirib olibdi-da, qo'shiq kuylay boshlabdi:

- Xo'rozcha, xo'rozcha,

Oltin tojli xo'rozcha.

Senga no'xat beraman,

Bir qara derazadan.

Xo'roz derazani ochib, boshini tashqariga chiqarib, kuylayotgan kim ekan deb u yon bu yonga qarabdi.

Tulki uni qo'ltig'iga qisib olibdi-yu, o'rmonga yuguribdi. Tulki yugurarmish, xo'roz bo'lsa qichqirishni qo'ymasmish:

- Og'aynim mushuk,

Ahvolimga voy.

Baland cho'qqilar,

Qorong'i uya,

O'rmonga tomon

Olib ketmoqda

Meni tulkivoy!

Mushuk xo'rozning bu so'zlarini eshitib tulkini quvib yetibdi. Undan xo'rozni tortib olib, uychaga olib kelibdi.mushuk1

- Xo'rozvoy, ehtiyot bo'l, - deb tayinlabdi mushuk. - Derazani ochma, tulkining gaplariga ishonma. U suyaklaringni ham bitta qoldirmay yeb qo'yadi.

Mushuk ketishi bilan tulki yana uycha yonida hozir bo'lib, qo'shiq ayta boshlabdi:


- Xo'rozcha, xo'rozcha,

Oltin tojli xo'rozcha.

Senga no'xat beraman,

Senga don-dun beraman,

Bir qara derazadan!

Xo'roz uycha ichida u yoqdan bu yoqqa yuribdi, ammo churq etib tovush chiqarmabdi. Tulki yana qo'shiq aytib, uycha ichiga no'xat tashlabdi. Xo'roz no'xatni cho'qib, tulkiga:
- Yo'q, tulkivoy, sen meni alday olmaysan. Sen meni suyaklarimgacha g'ajib yemoqchisan-ku! - debdi.

- Nahotki men sendek xo'rozchani yesam. Men seni bor-yog'i uyimga mehmondorchilikka borishingni, turish-turmushimni ko'rib, yaxshiliklarimdan bahramand bo'lishingni istayman, xolos, - debdi ayyor tulki va yana qo'shiq ayta boshlabdi:

- Xo'rozcha, xo'rozcha,

Oltin tojli xo'rozcha.

Soqoli ipakdayin,

Ovozi o'tkir, mayin,

Bir qara derazadan

Ziynatlangan qo'shiqda

mushuk3Bo'tqa beraman xushta'm.

Xo'roz boshini derazadan chiqarishi bilan, tulki uni tutib olibdi. Xo'roz baland ovozda qichqira boshlabdi:

- Og'aynijon, hoy mushuk,

Qalin o'rmon tomonga,

Tim qorong'i uya-yu,

Baland tog'lar tomonga,

Meni olib ketmoqda

Tulkioy - shumshuk!

Mushuk bu gal ham do'stining zorini eshitib, tulkini quvib yetibdi-da, xo'rozni tortib olib, uyiga kelibdi.

- Derazani ochma, undan tashqariga mo'rallama, yo'qsa, tulkiga yem bo'lasan, deb senga aytgandim-ku, debdi mushuk.

- So'zlarimga yaxshilab quloq sol. Ertaga men uzoq-uzoqlarga ketaman, har qancha baqirsang ham, aytib qo'yay, ovozingni eshitmayman.

Mushuk yana ishga jo'nab, xo'roz uyda qolibdi. Tulki deraza yoniga pisib kelibdi-da, qo'shiq ayta boshlabdi:

- Xo'rozcha, xo'rozcha,

Oltin tojli xo'rozcha.

Soqoli ipakdayin,

Ovozi o'tkir, mayin.

Bir qara derazadan

O'zi yurar chanalar,

O'zi uchar chanalar

Olib keldim men senga.

Tulki shunday kuylab, yana qo'shib qo'yibdi:

- Xo'rozcha, o'zingni ko'rsataqol. Mushukning gapiga kirma. Yesam, seni allaqachon yeb qo'ygan bo'lardim.

Men seni juda ham yaxshi ko'raman, senga ajoyib va g'aroyib narsalarni ko'rsatishni xohlayman. qani, xo'rozjon, bitta qarayqol. Mana, men burchakka borib turibman.

U shunday deb devorning ortiga berkinib olibdi. Xo'roz tulkining ketganini bilish uchun so'riga chiqibdi. Derazani ochib boshini chiqaribdi. Tulki shu zahoti uni tutib, yugurib ketibdi.

Xo'roz yana mushukni yordamga chaqiribdi, biroq bu gal u qancha qicqirmasin, mushuk uni eshitmabdi.

Tulki xo'rozni o'z iniga olib boribdi-da, paqqos tushiribdi.

Quloqsiz xo'rozchaning hayoti ana shunday yakun topibdi.

Jo'va ko'targan tulki

jovatulki1Tulki so'qmoqdan keta turib, jo'va topib olibdi. Uni ko'targanicha yo'lida davom etibdi.
Qishloqqa yetib kelib, bir uycha eshigini taqillatibdi.
Taq-taq-taq!

- Kim u taqillayotgan?
- Men, tulkiman. Bir kecha tunab qolishga joy beringlar.
- Sensiz ham bu yer tiqilinch.
- Sizlarga sira ham halal bermayman: o'zim so'rida yotaman, dumim so'ri ostida, jo'vam pech tagida bo'ladi.

Uni uychaga kirgizibdilar. U o'zi aytganidek so'riga yotibdi. Dumini so'rining ostiga kiritibdi, jo'vasini pechning tagiga qo'yibdi.jovatulki2Tulki saharlab turibdi-da. jo'vani yoqibdi. Yonib bo'lgach, ayyuhannos solibdi:

- Qani mening jo'vam? Endi uning o'rniga menga tovuq beringlar!

Uy egasi unga tovuq beribdi.
tulki tovuqni qo'ltiqlab olib qo'shiq aytib yo'lga tushibdi:

Yo'lakchadan tulkivoy
Bir jo'va topib oldi.
Jo'vasini yondirib,
O'rniga tovuq oldi!

jovatulki3U ikkinchi qishloqqa yetib kelibdi.
Taq-taq-taq!

- Kim u?
- Bu men tulkiman. Bir kecha tunab qolishga ijozat beringlar.
- Sensiz ham uyimiz tiqilinch, - debdi ichkaridagilar.
- Sizlarga sirayam halal bermayman: o'zim so'rida yotaman, dumim so'ri ostida, tovug'im pech tagida bo'ladi.

Unga uyga kirishga ruxsat beribdilar. Tulki o'zi aytganidek so'rida yotibdi, dumini so'rining ostiga kirgizibdi, tovug'ini pech tagiga joylabdi.
Erta tongda turibdi-da, tovuqni yeb, ayyuhannos solibdi:

- Qani mening tovug'im. Tovug'imning o'rniga g'oz beringlar, g'oz!
Uy sohibi tulkiga tovug'i o'rniga g'oz beribdi.
Tulki go'zni olib, qo'shiq aytgancha yo'lga tushibdi.

Yo'lakchadan tulkivoy
Bir jo'va topib oldi.
Jo'vasini yondirib,
Kattakon tovuq oldi.
Tovug'ining o'rniga
U oxiri g'oz oldi!jovatulki4

Shom payti uchinchi qishloqqa kirib kelibdi.
Taq-taq-taq!

- Kim u?
- Bu men tulkiman. Tunashga ichkariga qo'yinglar.
- Sensiz ham uyimiz tiqilinch, - debdi uydagilar.
- Sizlarga sirayam halal bermayman: o'zim so'rida yotaman, dumim so'ri, g'ozim pech ostida bo'ladi.

jovatulki5Uni uyga kiritibdilar. Tulki so'rida yotibdi, dumi so'ri, g'ozi pech ostidan joy olibdi.
Tong otishi bilan o'rnidan sapchib turibdi-da, g'ozni paqqos tushiribdi. So'ng ayyuhannos solibdi:

- Qani mening g'ozim? Uning o'rniga menga qizchani beringlar!

Uy egasi qizchani tulkiga berishga ko'zi qiymabdi. U bir xaltaga katta kuchukni solibdi-da, tulkiga uzatib:

- Ma, olaqol qizchamni! - debdi.

Tulki xaltani ko'tarib yo'lga tushibdi. So'ng: - Hoy, qizcha, menga qo'shiq aytib ber, - debdi. Kuchuk qattiq irillabdi. Qo'rqib ketgan tulki xaltani tashlab ura qochibdi. Kuchuk xalta ichidan chiqib uning ortidan quvibdi.

Tulki kuchukdan qocha-qocha to'nka ostidagi iniga kirib ketibdi. U yerda ancha o'tirib, shunday debdi:

- Quloqlarim, quloqlarim, sizlar nima qildinglar?
- Bizlar tingladik, - debdi quloqlar.
- Oyoqlarim, oyoqlarim, sizlar nima qildinglar? - deb sorabdi tulki.
- Bizlar yugurdik, - debdi oyoqlar.
- Ko'zlarim, sizlar-chi?
- Biz har tomonga qaradik.
- Sen-chi, dumim?
- Men sening yugurishingga halal berdim, - debdi dum.
- Sen menga halal beradigan bo'ldingmi? - debdi tulki achchiqlanib, - qarab tur, bir adabingni beray.jovatulki6

U shunday deb dumini inidan chiqaribdi-da, kuchukka: - Dumimni yeyaqol, - debdi. Kuchuk tulkini dumidan tishlab uni inidan tortib olib, rosa adabini beribdi.

Ko'shkcha

koshkchaPashsha baland, hashamatli ko'shkcha qurib, unda yashay boshlabdi. Tekturmas burga sakrab-sakrab kelib, ko'shkchani taqillatibdi:

- Kim, kim ko'shkchada turgan, balandda davron surgan?

- Kuydi-pishdi pashshaman, bir o'rtoqqa tashnaman.

- Men - burgaman, - tekturmas.

Ichkariga kir oshna, men bilan birga yasha.koshkcha1

Ular birga yashay boshlabdilar. G'ing'ildoq chivin uchib, ko'shkcha eshigini quchib, taqillatibdi:

- Men - pashsha - kuydi-pishdi.

- Men - burgaman - tekturmas. O'zing kimsan, hoy, o'rtoq?

- Men chivinman - g'ing'ildoq.

- Ichkariga kir, osha, bir bilan birga yasha.

koshkcha22Kelib chiyildoq sichqon, taqillatib, der shu on:

- Kim, kim ko'shkchada turgan, balandda davron surgan?

- Men - pashsha - kuydi-pishdi.

- Men burgaman - tekturmas.

- Men chivinman - g'ing'ildoq. O'zing kimsan, hoy, o'rtoq?

- Men sichqonman - chiyildoq.

- Ichkariga kir, oshna, biz bilan birga yasha.

Bir qurbaqa - vaqildoq, ko'shkchani ko'rib shu choq, taqillatar xo'p chunon:

- Kim, kim koshkchada shu on. Balandda surgan davron?


Men - pashsha - kuydi-pishdi.

- Men burgaman - tekturmas.

- Men chivinman - g'ing'ildoq.

- Men sichqonman - chiyildoq. O'zing kimsan, hoy, o'rtoq?

- Men- qurbaqa - vaqildoq.

- Ichkariga kir, oshna, biz bilan birga yasha.

Quyonjon - shalpanquloq ko'shkchani ko'rib shu choq, taqillatar xo'p chunon:

- Kim, kim koshkchada shu on. Balandda surgan davron?


- Men - pashsha - kuydi-pishdi.koshkcha3

- Men burgaman - tekturmas.

- Men chivinman - g'ing'ildoq.

- Men sichqonman - chiyildoq.

- Men- qurbaqa - vaqildoq. O'zing kimsan, hoy, o'rtoq?

- Men quyonman - yuguroq.

- Ichkariga kir, oshna, biz bilan birga yasha.

Shu payt tulkicha kelib, ko'shkchani taqillatibdi:
- Kim, Kim ko'shkchada turgan. Balandda davron surgan?

- Men - pashsha - kuydi-pishdi.

- Men burgaman - tekturmas.

- Men chivinman - g'ing'ildoq.

- Men sichqonman - chiyildoq.

- Men- qurbaqa - vaqildoq.

- Men quyonman - yuguroq. O'zing kimsan, hoy, o'rtoq?

- Men - tulkicha - tannozoy!

- Ichkariga kiraqol. Biz-la davron suraqol!

Ko'shkcha eshigini bo'ri taqillatibdi:


- Kim, Kim ko'shkchada turgan. Balandda davron surgan?

- Men - pashsha - kuydi-pishdi.

- Men burgaman - tekturmas.

- Men chivinman - g'ing'ildoq.

- Men sichqonman - chiyildoq.

- Men- qurbaqa - vaqildoq.

- Men quyonman - yuguroq.

- Men - tulkicha - tannozoy! O'zing kimsan, hoy, o'rtoq?

- Men bo'riman- bo'zrang dum.

- Bu gapni aytish udum:

Xohishing bo'lsa agar, biz-la yasha, birodar!

Ular ko'shkchada o'ynab, kulib, qo'shiq aytib yashay boshlabdilar. Kutilmaganda maymoq ayiq kelib qolib, bor ovozda so'rabdi:


- Kim, Kim ko'shkchada turgan. Balandda davron surgan?

- Men - pashsha - kuydi-pishdi.

- Men burgaman - tekturmas.

- Men chivinman - g'ing'ildoq.

- Men sichqonman - chiyildoq.

- Men- qurbaqa - vaqildoq.

- Men quyonman - yuguroq.

- Men - tulkicha - tannozoy.

- Men bo'riman- bo'zrang dum.

Ko'shkchadagilar:

- Xo'sh, o'zing kimsan, o'rtoq?

- Men-mi, ayiqman - maymoq!

- Ko'shkchamizga kiraqol.

- Bu ish, oh, mahol, mahol!

- Men, - der ayiq, - yaxshisi,

Tomda yashay qolaman.

- Pachoqlaysan-ku bizni!

- Pachoqlamayman sizni.

- Unda tomga chiqaqol.

Ayiq niyatiga yetdi - ko'shkcha buzulib ketdi. Zo'rg'a saqlab qoldi jon, barcha jonzot - jonajon!

Pufak, poxolpoya va chiptakovush

Pufak, poxolpoya va chiptakovush bo'lgan ekan. Ular o'rmonga o'tin kesgani borishibdi, daryo bo'yiga yetishgach, undan qanday o'tishni bilishmabdi.

- Pufak, kel senga minib daryodan o'tib olamiz, - debdi chiptakovush.pufak

- Yo'q, chiptakovush, yaxshisi, poxolpoya o'zini u qirg'oq bilan bu qirg'oqqa tashlab tursin, biz o'tib olamiz, - debdi pufak.

pufak1Poxolpoya cho'zilib-cho'zilib turibdi. Chiptakovush ozgina yurishi bilan poxolpoya sinib ketibdi. Chiptakovush suvga qulabdi.

Pufak xoxolab kulaveribdi, kulaveribdi, oxiri "paq!" etib yorilibdi.

Masha bilan ayiq

Bobo bilan buvi yashagan ekan.
Ularning Mashenka ismli nabiralari bor ekan.
mashenkaDugonalari malina, maymunjon va qo'ziqorin terish uchun o'rmonga otlanishibdi. Ular Mashenkani ham o'zlari bilan ola ketmoqchi bo'lishibdi.
- Bobojon, buvijon, - debdi Mashenka, - dugonalarim bilan o'rmonga borishimga ruxsat beringlar!
- Mayli, boraqol, - deyishibdi chol bilan kampir ruxsat berib, - faqat dugonalaringdan orqada qolib yurma, yoqsa adashib qolasan.
Qizlar o'rmonga borishib, qo'ziqorin va mevalar tera boshlashibdi. Mashenka u daraxt ostidan bu daraxt ostiga, u buta ostidan bu buta mashenka1ostiga yugurib, meva tera-tera dugonalaridan uzoqqa ketib qolibdi.
Qancha baqirib-chaqirmasin, qizlar Manechkaning ovozini eshitishmabdi.
Mashenka yura-yura adashib, o'rmonning eng xilvat, quyuq chakalakzor joylariga borib qolibdi. Qarasa, bir uycha turgan emish. Mashenka uycha eshigini taqillatibdi, biroq hech kim javob bermabdi. Eshikni asta itargan ekan, u ochilib ketibdi.
Mashenka uychaga kirib, deraza yonidagi kursichaga o'tiribdi.
Bu uychada bahaybad ayiq yashar ekan. Shu paytda u o'rmonda yurgan ekan.
Kechqurun uychaga qaytgan ayiq Mashenkani ko'rib quvonib ketibdi.
- Aha, - debdi u - endi seni hech qayoqqa qo'yib yubormayman. Menikida yashaysan. Pechka yoqasan, bo'tqa qaynatib, meni parvarish qilasan.
Mashenka xafa bo'lib, qayg'uribdi, ammo nailoj.
U ayiqning uychasida yashay boshlabdi.
ayiq Mashechkaga uychadan hech qayoqqa chiqmaslikni tayinlab, kun bo'yi o'rmonda yurar ekan.
- Uychadan ketib qolsang, - der ekan ayiq, - seni topaman-da, yeb qo'yaman.
Mashenka ayiqning qo'lidan qutulish yo'llarini o'ylay boshlabdi.
U o'ylay-o'ylay qutulish chorasini topibdi.
mashenka2Bir kuni ayiq o'rmondan qaytib kelganda, Mashenka unda:
- Ayiq, ayiq, menga bir kunga qishlog'imga borib kelishimga ruxsat ber, bobom bilan buvimga tuhfalarimni tashlab kelaman, - debdi.
- Yo'q, - debdi ayiq, - sen o'rmonda adashib qolasan. Sovg'alaringni bersang, o'zim ularga yetkazaman.
Mashenkaga aynan shu kerak ekan.
U somsalar pishiribdi-da, katta savatga solib ayiqqa tutqazib, debdi:
- Mana qara, men mana bu savatga somsa soldim. Uni bobom bilan buvimga eltib berasan. Yodingda tut: yo'lda savatni ocha ko'rma, somsalarni ezib yuborma. Men eng baland daraxtga chiqib, ortingdan kuzatib turaman.
- Mayli, savatni ber, - debdi ayiq.
Mashenka unga:
- Tashqariga chiqib qara-chi, yomg'ir yog'mayaptimikan, - debdi.
Ayiq eshikka chiqishi bilan, savat ichiga tushib, pishirgan somsalari solingan idishni boshiga qo'yib olibdi.
Ayiq kirib qarasa, savat tayyor emish. Savatni orqalab, qishloq tomonga yo'l olibdi.
Ayiq archalar va qayinzorlar oralab, qir va o'rlar oshib, yo'l yuribdi, yo'l yursa ham mo'l yuribdi. Oxiri charchab o'ziga-o'zi debdi:

- Tonkaga o'tiraman,
Somsani yeb qo'yaman.

Buni eshitgan Mashenka savat ichidan shunday debdi:

- Ko'rayapman, ko'rayapman,
To'nkaga o'tirmagin,
Somsaga ko'z tikmagin.
Olib borgin bobomga,
Eltib bergin buvimga.

- Buning ko'zi namuncha o'tkir bo'lmasa, - debdi ayiq, - hamma narsani ko'radi-ya!
Ayiq savatni ko'tarib, yana yo'lida davom etibdi. Yo'l yurib, yo'l yursa ham mo'l yuribdi. Oxiri bir joyda to'xtabdi. O'ziga-o'zi debdi:

- Tonkaga o'tiraman,
Somsani yeb qo'yaman.

Buni eshitgan Mashenka savat ichidan shunday debdi:

- Ko'rayapman, ko'rayapman,
To'nkaga o'tirmagin,
Somsaga ko'z tikmagin.
Olib borgin bobomga,
Eltib bergin buvimga.

Ayiq hayron bo'lib:
- Namuncha ayyor bo'lmasa bu qiz. Balandda o'tirib, uzoq-uzoqlarni ham ko'radi-ya!
Ayiq o'rnidan turib, ildam-ildam yurib ketibdi.
U hademay bobo va buvi yashaydigan qishloqqa kirib kelibdi.
- Eshik qulfini ochinglar. Sizlarga Mashenkadan sovg'alar keltirdim.
mashenka3Kuchuklar ayiqni sezib qolishib, unga tashlanibdilar. Qo'shni hovlidagi itlar ham vovullashib, yugurib kela boshlashibdi.
Qo'rqib ketgan ayiq savatni eshik ostonasiga qo'yibdi-da, orqasiga qaramay, o'rmonga qochibdi.
Shu payt bobo bilan buvi eshikni ochishibdi. Qarashsa, savat turgan emish.
- Savatda nima bor ekan? - debdi buvi.
Bobo savat qopqog'ini ko'tarib, o'z ko'zlariga ishonmabdi: savatning ichida Mashenka sog'-salomat o'tirgan emish.
Bobo bilan buvi o'zlarida yo'q sevinib ketishibdi. Mashenkani bag'rilariga bosib, yuzlaridan o'pib, aqlli qizim deb alqashibdi.

Tulki va turna

tulki turna

Tulki bilan turna do'st tutishibdi.
Kunlardan bir kuni tulki turnani mehmondorchilikka chaqiribdi.
- Kelaqol, aizizim, kelaqol. Men seni bir mehmon qilay.
Turna aytilgan mehmondorchilikka kelibdi. Tulki unga yorma bo'tqasi solingan talinkani tutibdi.
So'ng:
- Osh bo'lsin, azizim, osh bo'lsin. O'zim tayyorladim, - debdi.
Turna tumshug'i bilan talinkani to'q-to'q urib, qancha urinmasin, hech narsa yeya olmabdi. Tulki bo'lsa, yalay-yalay bo'tqani yeb qo'yibdi.
So'ng: - Aybga buyurmaysan, azizim. Seni bo'tqadan boshqa narsa bilan mehmon qilolmadim, - debdi.
- Shunisiga ham rahmat, - debdi turna. - Endi o'zing menikiga mehmondorchilikka bor.
Keyingi kuni tulki turnanikiga mehmondorchilikka boribdi. Turna yaxna sho'rva pishiribdi. Uni og'zi tor kuvachaga solib, dasturxon ustiga qo'yibdi.
- Osh bo'lsin, uyalmay yeyaver, - deb manzirat qilibdi u.
Tulki kuvachaning atrofida aylanaveribdi - aylanaveribdi. Uni iskab, yalab ko'ribdi, biroq o'g'zi ovqatga yetmabdi - boshi kuvachaga sig'mabdi. Turna bo'lsa, uzun tumshug'ini kuvachaga tiqib, sho'rvani pok-pokiza tushiribdi.
- Aybga buyurmaysan. Seni boshqa hech narsa bilan mehmon qilolmayman, - debdi u tulkiga.
Bir haftaga yetgulik ovqat yeb kelaman deb o'ylagan tulki bir yutum ham sho'rva icholmay, uyasiga och qaytibdi.
Xullas, salomga yarasha alik olibdi.
Tulki bilan turnaning do'stlig

Suv parisi

suvpari1Qadim-qadim zamonda dengiz sohili yonidagi ajoyib saroyda suv parisi Ariel bilan uning shahzodasi baxtli hayot kechirar ekanlar. Kunlardan bir kun Ariel dengiz sohilida o'z do'sti chayka bilan sayr qilib yurgan edi. To'satdan Ariel qum orasidan bir nima yaltirlab turganiga ko'zi tushdi. Yugurib borib qarasa u chiroyli ko'k taqinchoq ekan. Hayron bo'ldi Ariel: "Bu taqinchoq qaerdan kelib qolibdi bu yerga?",-deb. Chayka taqinchoqqa qarab: "Bu konfet-ku, kel uni yalab ko'ramiz", deb Arielni qo'lidagi ko'k toshni yalab ko'ribdi. "Voy buncha bu bemaza bo'lmasa", deb Chaykaning jahli chiqibdi. Shunda Ariel: "Bu konfet emas tentakvoy, bu nima ekanligini dadamdan so'rab ko'ramiz",-debdi.
Dengiz yoniga borib Ariel dengiz qiroli bo'lmish dadasini chaqiribdi. Bir zumda dadasi uning oldida paydo bo'libdi. suvpari2"Nima bo'ldi, qizalog'im, nega meni chaqirding?",-deb so'rabdi u.
"Dadajon, men sohildan mana bu taqinchoqni topib oldim. U qaerdan kelib qolganini bilish uchun sizni chaqirgan edim",-deb javob beribdi Ariel.
Shunda dadasi ma'yus ko'zlar bilan bu taqinchoq dengiz saroyi Atlantidadagi boshqa taqinchoqlar singari yo'qolib qolgani haqida aytib beribdi.
Ariel dadasiga barcha taqinchoqlarni topib berishga va'da beribdi.
Bir zumda dadasi Arielni malikadan yana suv parisiga aylantiribdi va ular birgalashib dengiz ostidagi saroy Atlantida tomon sho'ng'ib ketishibdi.
suv pari5Dengiz tubida Ariel barcha baliq va boshqa dengiz jonivorlarini yordamga chaqirib saroy taqinchoqlarini izlay boshlabdilar.
Ko'p vaqt o'tmay barcha taqinchoqlartopilibdi. Buni ko'rgan Arielning dadasi juda quvonib qizini maqtabdi.
"Sen Atlantida uchun katta yaxshilik qilding, qizalog'im. Mana shu taqinchoqni senga esdalik sifatida sovg'a qilaman",-deb sohilda topilgan ajoyib ko'k toshli taqinchoqni Ariel bo'yniga taqib qo'yibdi.
Ariel dadasi bilan xayrlashib yana malika bo'lib o'z saroyiga qaytib ketibdi.
Saroyda uni kutayotgan shahzodasiga bo'lib o'tgan voqea haqida so'zlab beribdi.
Shundan buyon har kecha Ariel shahzoda bilan o'tirib, dengizni tomosha qilib, ko'k toshli taqinchog'ini taqib dengiz saroyi Atlantida, do'stlari va dadasini eslab vaqt o'tkazar edi.

Donishmand cho'pon

Donishmand

O‘tgan zamonda bir podsho bo‘lgan ekan. U hamma narsadan ham otni yaxshi ko‘rar ekan. Kunlardan bir kun, podsho otxonaga kirib qarasa, otlari ancha oriqlab qolgan emish. Podsho otboqarini chaqirib: - Otlar nima uchun oriqlab qoldi? ? deb so‘rabdi. Otboqar podshoning g‘azabidan qo‘rqib: - E janobi oliylari, otlaringiz bir necha kundan buyon yem-beda yemay, zo‘r berib kishnaydilar.

Shahardan chetroqda boshqa otlar bo‘lsa kerak. O‘sha otlarning ovoziga bular beda yemasdan qo‘ygan bo‘lsalar kerak, deb o‘ylayman, - debdi Podsho o‘ng qo‘l vazirini chaqirib: - E dono vazir, navkarlar bilan shahar tashqarisiga chiq, boshqa otlarni kishnab otlarimning tinchligini buzmaydigan qilib kel! - debdi. Vazir podshoga ta’zim qilib: - E, podshohim, farmoningiz bekamu ko‘st o‘z yerida qaror topgay, ? deb navkarlari bilan shahardan tashqariga chiqib ketibdi, yurib-yurib, shahardan yigirma-o‘ttiz chaqirim narida bo‘lgan bir toqqa yetibdi. Toqqa chiqib ko‘rsalar, bir cho‘pon yilqilarini o‘tloqqa qo‘yib, o‘zi bir katta xarsang toshning ustida cho‘zilib yotgan emish. Vazir cho‘ponning oldiga borib: - E, ahmoq cho‘pon, hamma yilqilaringni o‘tloqqa qo‘yib yuborib, kishnatib, ularning ovoziga mast bo‘lib yotibsan. Shaharda bo‘lsa sening otlaringning kishnashini eshitib, podshoning otlari beda yemay ozib qolmoqda. Men senga tezda otlaringning og‘izlarini bog‘lab qo‘yishni buyuraman. Agarda buyrug‘imdan bo‘yin tovlar ekansan o‘zingni jallodga, otlaringni podshoga tortiq qilaman, - debdi.

Cho‘pon hayron bo‘lib, noiloj vazirning aytganlarini qilishga majbur bo‘libdi, yilqilarning og‘izlarini latta bilan bog‘labdi. Keyin otlarini bu falokatdan qutqazish yo‘lini o‘ylab, u bir qarorga kelibdi. Yaylovda yurgan bir katta tuyani va soqoli ikki qarich keladigan bir takani ushlab kelib, dadasidan qolgan bir eski kamon bilan o‘qlarini olib, shaharga qarab ravona bo‘libdi. Cho‘pon shahar qal’asidan ichkariga kirib, rastaga boribdi. Rastada nog‘ora chalib o‘tirganlarning nog‘orasini otib yora beribdi. Nog‘orachilar cho‘ponning bu ishidan sarosimaga tushibdilar, o‘rdaga borib cho‘ponning ustidan arz qilibdilar.

Podsho o‘z yonidagi vaziriga cho‘ponni ushlab, huzuriga keltirishni buyuribdi. Vazir navkarlar bilan shahar bozoriga borib qarasa, tuyaga minib, bir takani o‘ngarib olgan bir cho‘pon yigit duch kelgan nog‘orani kamon bilan otib yorayotgan emish. Vazir navkarlariga: ? Bu beboshni ushlanglar! ? deb buyuribdi. Navkarlar cho‘ponni tuyadan tushirib, qo‘lini orqasiga bog‘lab, tuyasi bilan takasini yetaklab, podsho huzuriga olib kelibdilar Podsho cho‘pondan: ? Sen kimsan, nima uchun shahar nog‘orachilarining og‘oralarini otayotibsan? - deb so‘rabdi. Cho‘pon: - Men shahar yaqinidagi tog‘da yashovchi xalqdan elchi bo‘lib keldim, ? debdi Podsho cho‘ponning ustidagi eski choponiga, oyog‘idagi yirtiq chorig‘iga tikilib, elchiligiga ishonmabdi: - Elchilik qilishga sendan boshqa tuzukroq odam yo‘q ekanmi? ? debdi. Cho‘pon hayron bo‘lib, podshodan so‘rabdi: - Sizga qanday tuzukroq odam kerak? Men ham oyoq-qo‘lli odamman-ku, ? debdi. Podsho g‘azablanib: ? Men sendan kiyimi yangiroq, bo‘yi balandroq, soqoli uzunroq odam yo‘q edimi, deb so‘rayapman, - debdi. Cho‘pon javob berib: - Sizga bo‘yi baland, kiyimi yangirog‘i kerak bo‘lsa, mana mening tuyam, u yaqinda tullagan, bo‘yi ham baland. Agarda soqoli uzunrog‘i kerak bo‘lsa, mana mening takam, naq soqoli ikki qarich. Agar sizga aqlliroq odam kerak bo‘lsa, mana mening o‘zim. Menga har qancha savolingiz bo‘lsa beravering, - debdi. Podsho cho‘ponning bu javobidan keyin: ≪? Hay mayli, bo‘lmasa sen elchi ekansan, nima uchun shahardagi nog‘oralarni yorib tashlading? - deb so‘rabdi. Cho‘pon: - Shaharingizda har kuni nog‘ora chalinadi. Nog‘ora ovoziga bizning yaylovdagi yilqilarimiz hurkib, tek turmay qo‘ydilar. Nog‘oralarning ovozini o‘chirsam zora yilqilarim tek tursalar, deb ko‘ringan nog‘oralarni yora berdim, - debdi.

Podsho cho‘ponning javobidan kulib: - Shahardan yigirma-o‘ttiz chaqirim uzoqda bo‘lgan otlarning nog‘ora ovoziga tek turmasliklari hech aqlga to‘g‘ri keladimi? Bu bo‘lmagan gap, - debdi. Cho‘pon ham podshodan: - Shahardan yigirma-o‘ttiz chaqirim narida bo‘lgan otlarning kishnashiga shahardagi otlarning beda yemasdan oriqlashlari hech aqlga to‘g‘ri keladimi? - debdi. Podshoning o‘ng qo‘l vaziriga bergan buyrug‘i esiga tushibdi. Bu cho‘ponni so‘z bilan yenga olmasligiga aqli yetib, cho‘ponga: - Tila tilagingni! - debdi. Cho‘pon: - Agar loyiq ko‘rsangiz, menga shu shahardan besh ho‘kiz terisidek yer bersangiz, - debdi. Podsho cho‘ponning tilagini nazariga ilmay, munshisiga qarab: - Bu cho‘ponning nomiga mening tarafimdan ≪besh ho‘kiz terisidek yer berilsin≫, deb vasiqa qilib ber! ? debdi. Munshi vasiqa yozib muhrlatib beribdi. Cho‘pon vasiqani olib uyga qaytibdi.

Cho‘pon o‘zi singari uch-to‘rtta do‘stini yig‘ib, ularga bo‘lgan voqeani aytib berib, so‘ngra: ? Endi men bir ish qilaman, hamma hayron qoladi, - debdi. Cho‘ponning o‘rtoqlari: - Qanday ish qilmoqchisan? ? deb so‘rabdilar. Cho‘pon: - Hammamiz bir bo‘lib, beshta ho‘kiz topishimiz kerak. So‘ngra men sizlarga qiladigan ishimni aytaman, - debdi. Cho‘ponlar bittadan ho‘kiz olib kelibdilar. Beshta ho‘kizni so‘yishibdi. Terilarni bir chekkasidan kanop ip qalinligida qilib qirqibdilar. Teri iplar tayyor bo‘lgandan keyin, iplar bilan birga bir qancha qoziqchalar olib shahar qal’asiga kelishibdi. Qal’a bo‘ylab qoziqlarni qoqib qoziqlarga teri iplari bog‘lab, shaharni aylantirib chiqibdilar. Besh ho‘kiz terisidan qilingan ip shaharni aylantirib chiqishga yetibdi-yu, shu bilan tamom bo‘libdi. Cho‘pon o‘rtoqlari bilan shu ishlarni qilib bo‘lgandan keyin qo‘liga podsho tomonidan berilgan vasiqani olib, podsho oldiga boribdi.

Cho‘pon ta’zimni bajo keltirgach, podshoga qarab: - Ey podsho, o‘z farmoningizdan qaytmaysizmi? - debdi. Podsho: - Muhrim bo‘lsa qaytmayman, - debdi. Cho‘pon qo‘lidagi vasiqani ko‘rsatib: - Mana shu vosiqaga binoan shu shahar butun xalqi bilan meniki bo‘ldi, - debdi. Podsho hayron bo‘lib: ? Bu so‘zni qanday asos bilan aytasan? - debdi. Cho‘pon javob berib: ? Agar mening asosimni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishni istasangiz men bilan shahar tashqarisiga chiqing, ? debdi. Podsho cho‘ponning so‘zini qabul qilib, butun amaldorlari bilan shahar qal’asiga chiqibdi. Podsho cho‘ponga. ? Qani, asosingni ko‘rsat? ? debdi. Cho‘pon podshoni boshlab shahar qal’asini aylantirib, teridan qilingan iplarni ko‘rsatib, shaharni aylanib chiqqanlaridan so‘ng, o‘rtoqlariga hamma teri iplarni yig‘ishtirib chiqishni buyuribdi. O‘rtoqlari iplarni yig‘ishtirib kelgandan so‘ng, cho‘pon har bir ho‘kiz terisining rangiga qarab boshqa-boshqa qilib ajratib, teri iplarni qirqilib olingan joylariga qo‘yib, har bir ho‘kiz terisini o‘z holiga keltirib podshoga ko‘rsatibdi. Podsho cho‘ponning aqliga qoyil qolib, o‘zining bergan vasiqasini qaytarib olishga amaldorlardan uyalib, cho‘ponga: ? Bor, senga shu shaharni berdim, - deb o‘zi shahardan cho‘l tomonga chiqib ketibdi. Podsho amaldorlari o‘sha yerda cho‘ponga podsholik tojini kiydirib, karnay-surnaylar chaldirib, o‘rdaga kelishibdi.

Shunday qilib cho‘pon shaharga podsho bo‘libdi. Yordamlashgan to‘rtta cho‘ponni o‘ziga yordamchi qilib, ularni yaramas amaldorlar o‘rniga tayinlabdi. Zindonda yotgan begunoh kambag‘allarni ozod qilibdi. O‘zi odil podsho bo‘lib, murod-maqsadiga yetibdi.

Hasan va Zuhra

hasan zuhra

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, qadim zamonda bir podachi chol bilan kampir bor ekan. Ularning Nasiba, Gulbahor va Zulfiya degan uch qizi bo‘lar ekan. Oydan oy, yildan yil o‘tibdi, qizlarning bo‘yi yetibdi. Nasiba yigirma birga, Gulbahor o‘n to‘qqizga, Zulfiya o‘n sakkizga kiribdi. Chol-kampir qizlariga sovchi kelmagani uchun kecha-yu kunduz xafa bo‘lib yurishibdi. Kunlardan bir kuni chol kampirga qarab: - Qarigan chog‘imizda juda qiyin ahvolda qoldik, bu uch qiz o‘g‘il bo‘lganda bizni boqardi. Hech bo‘lmasa bularga sovchi kelsa ham mayli edi, u ham yo‘q, - deb zorlanibdi.

Kampir cholga javoban: - Bizning kasbimiz qashshoq podachilik bo‘lganidan keyin qizlarimizni kim ham olar edi- - debdi. Chol o‘ylab turib, kampirga bunday debdi: - Bir maslahat bor, qizlarimizni o‘zimizga o‘xshagan kambag‘alga bersak deyman. Agar ular ma’qul topsa, yengil-elpi to‘y qilib, qizimizni beraylik! Cholning bu maslahati kampirga ma’qul tushibdi. Choldan avval kampir yo‘lga ravona bo‘lib, qkshloqdagi boyning qarollari bilan birma-bir uchrashib, har qaysisiga shunday debdi: - Bolam, senga bir so‘zim bor, qizlarimning bo‘yi yetdi. ≪Teng tenggi bilan≫ deganday, sen ham kambag‘al, men ham. Topganingni to‘y qilib, qizlarimizdan xohlaganingni ola qol. Lekin kampirning bu so‘ziga hech qaysi qarol ko‘nmabdi, kampirning ishi unmabdi. Bechora kampir peshonasiga bir urib, yo‘lga tushibdi.

Shunday qilib, podachining qizlari kuyovga chiqmay yuraveribdilar. Bir kun qizlar so‘zlashib o‘tirib: ≪Oqjarning tuti pishibdi, bir borib tutxo‘rlik qilib kelmaymizmi-≫ deyishibdi. So‘ngra uchovlari Oqjarga ketishibdi. Borishsa, tut pishgan, hamma yoq chamanzor, bulbullar sayramoqda emish. Qizlar kunduzi tut yeyishibdi. Kechasi chaylada ikkisi yotib uxlasa, biri uyg‘oq, o‘tirib poylabdi. Uchala qiz shu ahvolda yuraveribdi. Endi gapni boshqa yoqdan eshiting: O‘sha yurtning bir zolim podshosi bor ekan, o‘g‘il-qizga zor ekan, qirq xotini bor ekan-u, hech biri tug‘mas ekan. U bir kun taxtda o‘tirib, vazir-vuzarolari, donishmand va sipohilarini yig‘ib, ularga shunday debdi: - E yoronlar, men podsholik davrini surib, ko‘p kayfu safo qildim. Endi umrim g‘am-anduhda o‘tmoqda. Olamdan o‘tsam o‘rnimda qoladigan o‘g‘il-qizim yo‘q. Shuning uchun kambag‘almi, qashshoqmi, menga baribir, tezroq bir qiz topilsin, topilganda qirq kun uloq chopilsin! Shundan so‘ng vazir-vuzarolar maslahat qilib, har yoqqa tarqalishibdi. Podsho qirq xotinini yig‘ib: - Ey xotinlarim, sizlarni ko‘p dunyo sarf qilib olgan edim. Sizlar bilan shu vaqtgacha yashadim, endi yoshim ulg‘ayib qoldi. Hanuz farzand ko‘rmaganim uchun juda xafaman. Endi yana uylanmoqchiman. Menga bir xotin olib beringlar, - debdi. Xotinlar ham rozi bo‘lishibdi. Podsho: ≪Bir o‘g‘il, bir qiz ko‘rsam, katta to‘y qilar edim≫, deb o‘z-o‘zicha xursand bo‘lib yurarkan. Qirq xotini yashirincha yig‘ilib, maslahat qilishibdi. Ulardan biri turib: - Podsho uylansa, farzand ko‘rsa, bizga g‘azab qilsa, ahvolimiz qanday bo‘lar ekan- - debdi. Shunda podshoning katta xotini, ya’ni vazirning qizi bunday debdi: - Hoy, xaloyiq! Podsho farzand ko‘rmaganidan yana uylanmoqchi. Shuning uchun qashshoq bo‘lsa ham, yetim bo‘lsa ham bir qiz topinglar! Shunda bir kishi turib: - Taqsir, bir qoshiq qonimdan kechsangiz, bir so‘z aytsam, - debdi. Vazir: - Ayt! - debdi. - E janob vazir. Oqjarga uchta bo‘yi yetgan qiz kelganiga o‘n kuncha bo‘ldi. U yerda tut g‘arq pishgan, qizlar kunduzi tut yeydilar, kechasi bir chaylada uxlaydilar, hech narsa bilan ishlari yo‘q. Uchovi ham go‘zal, kelishgan qiz. Agar janoblari ma’qul topsalar, shular qalay bo‘lar ekan- Vazir: - Meni o‘sha qizlar yoniga olib bor, ularni bir ko‘ray-chi, qanday qizlar ekan, - debdi. Vazir qizlar chaylasi yoniga borib quloq solsa, ular gaplashib o‘tirishgan ekan. Nasiba singillariga qarab: - Podsho meni olsa, bor hunarimni ishlatib, unga shohona kiyimlar tikib berar edim.

Bu kiyimlar dunyoda yagona bo‘lar edi, - debdi. O‘rtancha qiz Gulbahor: - Podsho meni olsa, unga shirin-shirin ovqatlar pishirib berardim. Yegani bilan to‘ymas edi, - debdi. Kenja qiz Zulfiya esa: - Podsho meni olsa, ikki bola: Hasan va Zuhra tug‘ib berar edim, - debdi. Vazir bu so‘zlarni eshitib bo‘lib, chaylaga kirib boribdi. Qizlar uni ko‘rib, o‘rinlaridan turibdilar. Vazir qizlarning kiyimlariga tikilibdi: kiyimlari juldur-juldur ekan. Vazir darhol podsho huzuriga borib, ko‘rgan va eshitganlarini birma-bir aytib beribdi. Podsho vazirdan bu so‘zlarni eshitgach, terisiga sig‘may sevinibdi va vazirga qarab: - Mayli, o‘sha kenjasini olay, - debdi. So‘ngra vazirni yana Oqjarga yuboribdi. Vazir Oqjarga borib qizlardan: - Podsho Zulfiyani olmoqchi, nima deysizlar- - deb so‘rabdi. Shunda Zulfiya. - Kambag‘al bo‘lsa ham ota-onamiz bor, o‘shalar bilai so‘zlashsangiz yaxshi bo‘lardi, - debdi. Vazirga Zulfiyaning gapi ma’qul tushib, mulozimlaridan birini podachi chol huzuriga yuboribdi. Mulozim podachi oldiga borib: - E ota, sizning kichik qizingizni podsho olmoqchi. Siz shunga nima deysiz- - deb so‘raganda, podachi bu so‘zga ishonmay: - Siz meni aldamoqchimiz- - debdi. Mulozim cholning ishonmaganini Oqjarga borib vazirga aytibdi. Vazir Oqjardagi hamma odamlarni yig‘ib, mlslahatlashibdi: - E xaloyiq, men podachiga mulozimimni yubordim. U cholga podsho Zulfiyani olmoqchi bo‘lganini aytibdi. Podachi: ≪meni aldayotirsiz≫, debdi. Endi sizlar menga qanday maslahat berasizlar- Avval vazirni qizlar oldiga boshlab borgan chol bunday debdi: - E vazir, ≪qush tilini qush biladi≫ degan maqol bor. Qishlog‘imizda bir podachi chol bor. O‘sha cholni qizlarning otasiga yuborsangiz, balki uning so‘ziga ishonar, - debdi. Bu maslahat vazirga ma’qul tushibdi. Vazir aytibdi: - Xo‘p, mayli, podachi cholni tezda chaqirib keling, gaplashib ko‘rsin. Podachi cholni chaqirib kelibdilar. U esa qo‘rqqanidan tinmay yig‘lab, bunday der emish: - Taqsir, men gunohkor emasman.

Poda boqishdan boshqa hech narsani bilmayman. Ahvolimga rahm qiling. Xalq unga: - Qo‘rqma, boshqa gap bor, - desa hamki, yana qattiqroq qo‘rqib: - E taqsir, bola-chaqangizning rohatini ko‘ring, men aybdor emasman. Men mollarni hech urmayman. To‘g‘ri, bir vaqt bir ola sigir yurmagan edi. Uning shoxiga bir urgan edim, xolos...- der emish. Vazir kulib: - Mayli, gunohingni kechirdim, endi senga boshqa bir gap bor. Senga ikki kun muhlat beraman. Podsho uchun podachi cholning kichkina qiziga sovchi bo‘lib borasan. Ikki kundan keyin kelib javobini menga aytasan, - debdi.

Podachi: - Xo‘p, taqsir, xo‘p! Qizning otasi menga tanish, - deb xursand bo‘lib chiqib ketibdi. Podachi: ≪Osongina qutulganimga shukur≫, deb qizning otasinikiga ravona bo‘libdi. Yo‘lda o‘z-o‘ziga: ≪Xayriyat, vazirning qo‘lidan eson-omon qutildim≫, deb sevinibdi. Podachi qizning otasi qoshiga kelib, u bilan salomlashibdi. U yoqdan-bu yoqdan gaplashib o‘tirib, qizlarning hol-ahvolini so‘rabdi. Shu kecha cholning uyida yotib qolibdi. Ertasiga erta bilan ikkovlari Oqjarga jo‘nashibdi. Qizlarning otasi podachiga: - Men shu yerda turaman, sen vazir oldiga bor, - debdi. Oqjarlik podachi vazirning yoniga kelib: - Buyrug‘ingizni bajo keltirdim, - debdi. Vazir kulib: - Balli, ishni muhlatidan bir kun ilgari tamom qilding. Qanday shart-sharoit qo‘yding- - deb so‘rabdi. - Podachi chol qizlarini ko‘rgani keldi, - deb javob beribdi.

Shu paytda ota o‘z qizlari bilan gaplashmoqchi ekan. Zulfiya otasiga qarab: - Agar shoh menga uylanmoqchi bo‘lsa, sizga qirq tuya qimmat baho mol bersin, ikki opamning boshidan-oyog‘igacha zar to‘ksin, ularga yaxshi kiyimlar kiydirsin, - debdi. Bu gap podshoga ma’lum qilinibdi. Podsho qizning aytganlarini to‘la-to‘kis bajo keltiribdi, qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y-tomoshalar qilib, Zulfiyani olibdi. Oradan bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng chol-kampir katta qizlari Nasiba bilan Gulbahorni ham uzatib, ko‘ngillari tinchibdi. Kundan kun, oydan oy o‘tib, yil to‘libdi. Zulfiyaning tug‘ish vaqtiga bir oy qolibdi. Podsho xursandlikdan har kuni ovga chiqar ekan. Zulfiyaning homiladorligidan ich-etlarini yeb yurgan podsho xotinlari har xil makr-hiylalar o‘ylay boshlabdilar. Podshoning katta xotini vazir otasiga: - Zulfiya yaqinda tug‘adi, endi podsho bizga e’tibor bermay qo‘yadi, - deb hasrat qilibdi. Boshqa xotinlar ham hasrat qilishibdi. Shunda vazir; - Sizlar hech kimga aytmanglar, podsho ham bilmasin. Zulfiya tug‘ar vaqtida bir kampir topib, doya qilamiz, hisobini o‘zi to‘g‘rilaydi, - debdi. Kunlardan bir kun Zulfiya eriga: - Bugun ahvolim boshqacha, har xil so‘zlar bo‘layotganga o‘xshaydi, qo‘rqaman. Bugun siz ovga chiqmang, - degan ekan, ahmoq podsho Zulfiyaning so‘zini pisand qilmay, ovga chiqib ketibdi. Saldan so‘ng Zulfiyani to‘lg‘oq tutibdi. Shu paytda podshoning alamzada xotinlari bir makkor kampirni chaqirishibdi.

Makkor kampir podshoning katta xotinlari bilan gapni bir joyga qo‘yib, Zulfiyaga: - Chirog‘im, Zulfiya, podsho xotinlari to‘lg‘oq tutganda ko‘zlarini ro‘mol bilan mahkam tang‘ib qo‘yishadi. Sening ham ko‘zingni bog‘lab qo‘ysak yaxshi bo‘ladi, - deb Zulfiyaning ikkala ko‘zini bog‘labdi. Zulfiya bir-biridan chiroyli bir o‘g‘il va bir qiz tug‘ibdi, bir oz behush bo‘lib yotibdi. Makkor kampir podsho xotinlariga: ≪Yangi tuqqan echkining bir urg‘ochi, bir erkak bolasini darrov topib kelinglar≫, debdi. Qirq xotin kampirning aytganini darov bajo keltiribdi. Kampir bo‘lsa ikki bolani bir xaltaga solib, yashirib qo‘yibdi. Zulfiya hushiga kelganda, kampir ikki uloqni Zulfiyaga ko‘rsatib: - Bolam, xafa bo‘lma, taqdiring shu ekan, odam bolasi o‘rniga, ikkita echki bolasi tug‘ding: biri erkak, biri urg‘ochi. Podshoning peshonasi sho‘r ekan, - deb Zulfiyaga piching qilibdi. Zulfiya zor-zor yig‘lab, o‘tgan kunlarini eslabdi. Qirq xotin esa toza sevinishibdi. Kampir xaltadagi ikki chaqaloqni karvonlar o‘tadigan cho‘l-biyobonga eltib tashlabdi. Qirq xotin podshoga xabar uchun chopar yubora turib unga: - Xotiningiz tug‘di, deysan, podsho shodlanib, ≪nima tug‘di≫ deganda, ikki echki bolasi tug‘di: biri urg‘ochi, biri erkak deysan, - deb obdan tayinlashibdi. Chopar borib, bu xabarni podshoga yetkazibdi. Buni eshitgan podsho g‘azablanib, Zulfiyani zindonga tashlatibdi. Endi gapni boshqa tomondan eshiting: Yo‘ldan o‘tayotgan karvonlar shum kampir tashlab ketgan bolalarni ko‘rib, hayron bo‘libdilar. Ular orasida bir kishi bor ekan. Bolalarga uning rahmi kelib ikkalasini olib ketibdi. Tirnoq betiga zor bo‘lib yurgan er-xotin ikki bolani yaxshilab parvarish qila boshlabdi. Ularga Hasan va Zuhra deb nom qo‘yishibdi. Oydan oy, yildan yil o‘tib, Hasan bilan Zuhra yetti yoshga kirishibdi. Asrandi bolalarga ota-ona juda bino qo‘yishib, ularga odob-ta’lim o‘rgatishibdi. Bolalar bu kambag‘al oilada juda yaxshi tarbiya olib yetishibdilar. Hasan ulg‘aygai sari kuchli, baquvvat bo‘laveribdi. Kurashda o‘zidan kattalarni ham yiqitadigan zabardast polvon bo‘libdi. U har ishni uddalaydigan tadbirli, bahodir yigit bo‘lib yetishibdi. Zuhra esa hunar o‘rganib, chiroyli gilamlar to‘qiydigan bo‘libdi. Zuhraning to‘qigan gilamlari bozordagi gilamlardan o‘n chandon qimmat yurar ekan. Kunlardan bir kun Hasan otasiga: - Menga bir yaxshi ot, bir qilich va bir o‘q-yoy olpb bering, - deb yalinibdi. Otasi o‘g‘lining aytganlarini olib beribdi. Hasan har kuni ovga chiqadigan bo‘libdi. O‘sha yurtning podshosi ham ovga chiqar ekan. Hasan yosh bo‘lsa hamki, ko‘pgina ov qilar, podsho esa quruq qaytar ekan. Podsho bu hodisani xotiniga aytib berar ekan. Bir kuni Hasanga otasi bunday debdi: - Singling bilan ikkovingni chaqaloqligingda cho‘ldan topib olgan edim, ikkovingni parvarish qildik, mana endi katta bo‘ldilaringiz. Shunda Hasan otasiga minnatdorlik bildirib: - Endi sizlardan boshqa ota-onamiz yo‘q. Singlim ikkovimiz siz bilan onamizga qo‘limizdan kelgancha yaxshilik qilaylik, - debdi. Kunlardan bir kun Hasan ovga chiqibdi. Podsho ham ovga chiqqan ekan.

Hasan ko‘p ov qilibdi. Podsho bosh vaziri bilan quruq qaytibdi. Bu narsa podshoga alam qilib, Hasandan: - E, bola, nimaga bu yerda ov qilasan- O‘zing kimning o‘g‘lisan- - deb so‘rabdi. Shunda Hasan chaqaloqlik vaqtida singlisi ikkovini bir karvon topib olganidan tortib, singlisining hozir gilam to‘qishga juda usta bo‘lganigacha aytib beribdi. Podsho ahmoq ekan, hech narsani o‘ylamabdi. Ammo haligi vazir o‘ylab turib: ≪O‘sha bolalar o‘lmay, katta bo‘lgan ekan-da, o‘zi ham xuddi otasiga o‘xshaydi≫, deb ko‘ngliga tugib qo‘yibdi va bo‘lgan voqeani borib qizi bilan shum kampirga aytib beribdi. Vazirning qizi juda ayyor ekan: - Ha, ota, o‘sha bolalar xuddi Zulfiyaning bolalari, - debdi. Vazir ham: - O‘shalar bo‘lsa ajab emas, - debdi. Podshoning bosh vaziri, qirq xotin, shum kampir ko‘p afsus qilibdilar. Podsho ertasiga yana ovga chiqibdi.

Hasan ham ovga chiqqan ekan. Hasan podshoni uyiga chorlabdi. Hasanning boqib katta qilgan otasi podshoni yaxshi qabul qilibdi. Suhbat chortang kelibdi. Podsho turli voqealarni aytib beribdi. Zulfiya to‘g‘risida ham so‘z bo‘pti. Hasan bilan Zuhrani gapiribdi. Karvonning xotini dono ekan. U Hasanga qarabdi, podshoga qarabdi, ikkalasining tusini, qosh-ko‘zini bir-biriga o‘xshatibdi. - E shohim, bir qoshiq qonimdan kechsangiz, bir gapim bor aytsam, - debdi. - Kechdim, ayt, - debdi podsho. Xotin gap boshlabdi: - O‘zingiz ≪mening qirq xotinim bor edi, hech qaysisi tug‘mas edi≫, dedingiz. Shundan keyin Zulfiya degan qizga uylanganingizni va uning ikki echki bolasi tuqqanini aytdingiz. Menimcha, kundoshlar Zulfiyani ko‘rolmay, makr-hiyla bilan ikki bola o‘rniga ikki echki bolasini keltirib qo‘yishgan bo‘lsa kerak. ≪Zulfiya ikki echki bolasi tug‘di≫, degan gap yolg‘on. Nahotki, odam echki bolasi tug‘sa. Bizning Hasan-Zuhramiz xuddi sizga o‘xshaydi. Zulfiyaning zindonga solinganiga qancha vaqt bo‘ldi- - Rosa o‘n ikki yil bo‘ldi, - debdi podsho va peshonasiga bir urib, ≪attang!≫ debdi. - Voqeani Zulfiyadan aniqlab so‘rang-chi, nima der ekan, - debdi xotin.

Podsho Hasanni olib uyga qaytibdi. O‘rdaga borganda zindonbonni chaqirib, Zulfiyani zindondan chiqarib yuborishga buyuribdi. Zulfiyani zindondan olib chiqib podsho qoshiga keltiribdilar. Podshoga Zulfiya hamma voqeani birma-bir aytib berib yig‘labdi. Shunda Hasan onasining so‘zini eshitib: ≪Onamiz shu ekan≫, deb ona-bola yig‘lashib ko‘rishibdi. So‘ngra podsho qirq xotinini chaqirib, bo‘lgan voqeani surishtira boshlabdi. Podshoning bir xotini rostgo‘y, to‘g‘ri so‘z ekan, boshqa xotinlari uni yomon ko‘rar ekanlar. O‘sha xotin butun sirni ochib tashlabdi. Podsho g‘azablanib: - Jallod! Avval vazirni, keyin qizini dorga os! - debdi. Keyin o‘ttiz sakkiz xotinini haydab yuboribdi. Podsho qirq kecha-yu qirq kunduz to‘y-tomosha qilib beribdi... Hasan va Zuhra esa o‘z ota-onalaridan ziyod tarbiyalab voyaga yetkazgan karvonga va uning xotiniga mehribonlik qilib, umr kechirishibdi.

Nega bo'ri teridan ajraladi

Bir falokat yuz berib hayvonlar shohi- yo’lbars og’ir kasalga chalinib qolibdi. U o’z g’orida yotib, shunaqangi og’irarkanki, o’rmonning narigi chetida yashaydigan quyon qo’rqqqanidan shalpangquloqlarini panjalari bilan yopib, qayerga qochishini bilmay qolarkan.

O’rmondagi jonivorlarning o’z hukmdorlariga dori izlab, yelib-yugurishlaridan biron naf chiqmabdi. Kundan kunga yo’lbarsning ahvoli og’irlashaveribdi. Shunda hayvonlar shohininh bosh vaziri bo’lmish bo’ri hukmdor bilan vidolashish fursati yetganini e’lon qilibdi. To’lbars yashaydigan g’ordan kun bo’yi hayvonlar oyog’i uzilmabdi. Har biri kirib, ta’zim bajo qilarkan, uning tezroq shifo topishini tilarkanlar.

Oqshomga borib, shoh huzuriga bitta hayvondan bo’lak hamma kelib-ketgani ma’kum bo’libdi. Shoh ziyoratiga birgina sariq tulki kelmagan ekan. U doim bo’rining ustidan kulib, bosh vazirimiz eng jaydari itga o’xshaydi, deb yurgani sababli bo’ri unga ichida kek saqlab yurarkan. Tulkining kelmaganini aniqlagan bo’ri g’orga kirib boribdi: - Ey buyuk shoh! Qo’l ostingizdagilarningbarchasi oyog’ingizga bosh urib, sizga sihat va salomatlik tilashdi.

Faqat bittagina hayvon o’z burchini unutdi va huzuringizga kelishdan bosh tovladi. - Kim ekan u?- o’kirdi yo’lbars. ? Kimligini ayt menga hozir! - Ey adolatli shohim, bu tulkidir. Ha, u o’limga loyiq! - To’g’ri. Uni topgin-da, tilka-tilka qilib tashla, vassalom! Suyunib ketgan bo’ri g’ordan otilib chiqibdi-da, tulki yashaydigan tomonga qarab ketibdi. Tulki esa bu paytda g’orga bekinib olib, u haqda bo’ri nimalar deganini eshitib yotgan ekan.

bori teri

Bo’ri ko’zdan g’oyib bo’lgach, tulki g’orga kirib, betob shohga odob bilan salom beribdi. - Seni kim kiritdi buyoqqa?- qichqiribdi yo’lbars.-Sen meni ziyorat qilmaslikka qanday jur’at etding? Tulki mayin ovozda so’zlabdi: - Cho’ringiz ne sababdan kechikkanini eshiting, ey ulug’ shoh. Barcha jonivorlar allaqachonoq huzuringizga kelib, sizni ziyorat qilib ketishibdi. Ammo ularning birontasi sizga shifobaxsh dori keltirmabdi va sizning mushkulingizni oson qilish haqida o’ylab ham ko’rmabdi. - Bu gaping rost,- debdi yo’lbars.- Ularning birontasi bu haqda g’ing deyishmadi. Tulki davom etibdi: - Hol-ahvol so’rab qo’yish- qiyin ish emas, ammo bundan hali hech kim tuzalib ketmagan. Men kecha-yu kunduz o’ylab, sizni sog’aytirish yo’llarini izladim.

Ko’plab mamlakatlarga bordim, mashhur tabiblarga uchradim-da, kasalingizni daf qiladigan dorini topdim. Shu sababli huzuringizga kechikib qoldim, ulug’ shoh. Bu so’zlarni eshitgan hukumdor suyunganidan hayqiribdi: - Bo’ri hukmi bajarishga ulgurolmagani qanday yaxshi bo’libdi, Qani tezroq dorini ber, agar undan naf topdsam, seni bosh vazir etib tayinlayman. Tulki shunday debdi: - Mashhur hind tabibiga duch kelgunimcha o’nlab yurtlarni kezdim. Undan mening hukmdorim, tog’lar va o’rmonlar shohi sog’lom va baxtiyor bo’lmog’I uchun nima qilmog’I lozimligini so’radim. Taniqli tabib shunday dedi: - Yo’lbars o’n kun davomida kechasi uxlaganda bo’rining terisini yopinib yotsin- o’shanda u yana sog’lom bo’ladi. Tulki shu so’zlarni aytarkan, shohga ta’zim bajo keltiribdida, g’orni tark etibdi.

Yo’lbars esa shu zahotiyoq bo’rini topib, terisini shilib olishni buyuribdi. Bo’ri terisiga o’ranib olgan o’rmonlar shohi tuzalib, ketishini kuta boshlabdi. Tulki esa bu orada ko’ch-ko’ronini yig’ishtiribdi-da , boshqa o’rmonga ko’chib ketibdi. Yo’lbars o’n kecha-yu o’n kunduz bo’ri terisini yopinib yotibdi, ammo ahvoli o’nglanmabdi. U tulkining laqillatib ketganini anglaganda kech bo’lgan ekan: o’rmonni qancha kezishmasin, tulkini topisha olmabdi. Bo’ri esa qilmishiga yarasha jazosini olibdi; ha, kimki birovni qaqshatishni istasa, o’zi " terisi” dan ajralarkan.

Kitobga qo'l uzating

Otam pochta bo`limi boshlig`i bo`lgani bois uyimizda gazeta, jurnallar ko`p bo`lardi va men ularning ilk o`quvchisi edim. Qolaversa, Gulsara ismli opam juda ko`p kitob o`qirdi. Uning ta`sirida men "Robinzon Kruzo”, "Myunxauzenning boshidan kechirganlari” kabi kitoblarni o`qiganman. Keyinchalik bularning safi Sharqu G`arbning durdona asarlari bilan kengaydi.

kitobga qo-l uzatingEsimda, maktabda o`qiyotganimizda ustozimiz Do`stmat aka bizni Xivaga sayohatga olib bordi. U paytlarda hozirgidek katta ko`chalar yo`q, hatto yon-atrof shaharlarga sayohatga chiqish mushkul edi. O`qituvchimiz biz yashayotgan Gurlan tumanidan Xivaga bora-borguncha "To`rabekaxonim” degan afsonani hikoya qilib berdi. Bu menda tarixga, tarixiy asarlarga mehr tuyg`usini uyg`otdi.
O`zim yashayotgan go`shadagi kitob do`koni men uchun aziz. Hozir ham yurtimga borsam, har gal o`sha kitob do`koniga kirib o`taman.
Aziz bolalarim! Har bir kishining uyida o`zi uchun juda aziz buyumi bo`ladi. Xuddi shuningdek, har bir qalbda yo`qotilmas tuyg`u bo`lmog`i lozim. Bu ? kitobga MEHR tuyg`usi bo`lishini xohlardim.

Oltin xo'roz haqida o'zbek tilida ertak

Uzoq bir mamlakatda,
Allaqaysi davlatda,
O'tgan mashhur shoh Dadon
Yoshlikdan u zo'ravon:
Qo'shni ellarga har dam
Solar ekan dahshat, g'am;
Yoshin yashagach, tinib,

oltin xoroz 1

Jang-jadaldan tiyinib,
Tinch yashash istapti shoh.
Shunda qo'shnilar nogoh
Shoh tinchligin buzdilar,
Ko'p ziyon yetkazdilar.
Hujumlardan o'z yurtin
Qo'riqlashga tun-u kun,
Saqlashi kerak Dadon,
Juda ko'p qo'shin ? posbon,
Hokimlar hech uxlamas,
Ammo sira ulgurmas.
Janubdan kutsalar, yov
- Sharqdan bosar beayov!
Bundan quvilsa tezdan,
Hujum qilar dengizdan.
Goh ko'z yoshi qildi shoh,
Uyquni tark etdi goh.
Yashash bo'ldimi shu ham!
Mana u so'rab yordam
Munajjim, donishmanddan,
Bichilgan bir dardmanddan.
Unga chopar yubordi,
Ta'zim bilan tez bordi.
Mana u donishmand chol
Dadon oldida darhol
To'rvadan oltin xo'roz
- Chiqarib, so'yladi roz:
Buni qo'ndir qo'noqqa,
- Dedi u shohga boqa;
- Oltin xo'rozim mening,
Bo'lsin sodiq qo'riqching:
Atrof tinch bo'lsa xo'roz,
Yotar chiqarmay ovoz;
Ammo chetdan ozgina
Hujum kutilsa yana,
Lashkar hamla qilsa yo,

oltin xoroz 2

Yuzlansa biror balo,
Toj silkitib xo'rozim,
Baland qilib ovozin,
Qichqirib qanot qoqar,
Yov kelar yoqqa boqar≫.
Shoh rahmat aytib shu choq

oltin xoroz 3

Oltin va'da etdi tog':
≪Bunday yaxshilik uchun,
- Dedi sevinchdan butun,
- Ne tilasang men darhol
Bajo keltirgayman, chol≫.
Xo'roz baland qo'noqda
Yurtni qo'riqlamoqda.
Sal sezilsa xavf-xatar,
Uyqusini tark etar,
Silkinar sodiq posbon,
Tikilib xavfli tomon,
Qichqiradi: ≪Qu-quv-quvv!
Davron sur, bilma qayg'u!
Qo'shnilar tinchib qoldi,
Hamlalari yo'qoldi,
Chor tarafdan shoh Dadon
Zarba berdi beomon.
Yillar o'tdi tinch va soz,
Tek turar edi xo'roz.
Bir kun shovqin-surondan
Dadon uyg'ondi birdan:
≪Shohimiz! Xalqqa padar!
- Hokim beradi xabar:
Hukmron! Uyg'on! Kulfat!≫
Shoh esnab der shu fursat:
Janoblar, o'zi ne gap?
Kim? Ne balo etmish daf?≫
Hokim der: ≪Yana xo'roz
Qichqirdi baland ovoz;
Poytaxtda qo'rqinch, suron≫.
Darchadan boqsa Dadon,
Xo'rozi talpinmoqda,
Sharq tomonga boqmoqda.
Shoh dedi: ≪G'animat dam!
Otlaning, bo'ling, ildam!≫
Shoh yo'llar sharqqa qo'shin,
Bosh etib to'ng'ich o'g'lin.
Xo'roz jim, shovqin tindi,
Dadon betashvish endi.
Sakkiz kun o’tdi shundan,
Xabar kelmas qo’shnidan:
Jang bo’ldi, yo bo’lmadi,
Shoh buni bilolmadi.
Xo'roz qichqirar tag'in,
Shoh yo'llar yana qo'shin,
To'ng'ichi uchun yordam
Yuborar kenjasin ham.
Xo'roz yana jim andak.
Ammo ular bedarak.
O'tdi yana sakkiz kun,
El-yurt qo'rquvda butun.
Xo'roz qichqirar yana;
Shoh qo'shin to'plar mana,
Sharqqa boshlar tortib saf,
Bilmaydi, bo'larmi naf?
Qo'shin yurar tun-u kun;
Holdan ketar bus-butun.
Na jangoh, na qarorgoh,
Na bir mozor ko'rar shoh.
≪Ne ajab hol?≫ ? o'ylar u.
Sakkiz bor tong otdi-ku.
Shoh qo'shinin yiroqqa,
Boshlab boribdi toqqa,

oltin xoroz 5

Yuksak tog'lar ora bir
Ko'rindi ipak chodir.
Ajib sukutda har yon
Tor darada beomon
- Qirilib qo'shin yotar,
Shoh chodir tomon shoshar...
Qanday dahshatli ahvol!
Ko'z tashlar borib darhol
Jonajon qo'sh o'g'ilga,
Besovut, bedubulg'a
Ikkisi yotar jonsiz,
Bir-biriga omonsiz
- O'tkir qilichni sanchib.
Otlari yurar sanqib.
Payxon bo'lgan o'tloqda,
Qonga qorishgan yoqda
Shoh yig'lapti: ≪Farzandim,
Voy sho'rim! Jigarbandim!
Tuzoqqa lochinlarim
- Tushipti! Bitdi umrim≫.
Shoh bilan hamma yig'lar,
Tog'-u tosh, voha yig'lar,
Hamma yig'lar, chekar oh.
Chodir ochildi nogoh...
Shamaxon malikasi,
Suluv qizlar bekasi
Jilmayib tongday yorqin,
Shohni qarshilar sokin.
Kunga boqqan boyqushdek
Shoh tikilib qoldi tek.
Qiz qoshida olib tin,
Unutdi farzand dog'in.
Ta'zim-la Dadonni qiz
Bilagidan ushlab tez
Chodirga olib yurdi,

oltin xoroz 6

Tabassum qilib turdi.
Unga dasturxon yozdi,
Noz-ne'mat-la to'yg'azdi
Kimxob o'rin tuzatdi,
Oromgohga uzatdi.
So'ngra rosa bir hafta
Zavqlanib farog'atda,
Qizga bo'lib mahliyo
Shoh surdi kayf-u safo.
Va nihoyat bir kuni
Shoh ham uning qo'shini
Saroyga jo'nab qoldi,
Go'zal qizni ham oldi.
El og'zida mish-mishlar,
Bo'lgan-bo'lmagan ishlar.
Poytaxt bo'sag'asida,
Shahar darvozasida
Ularni shovqin bilan
Xalq kutib olar ekan;
To'parava, shoh va qiz
Ketidan chopishar tez.
Barin tabriklar Dadon...
Va ko'rindi bir zamon
Boshda arabiy qalpoq,
Oq qushday soch-soqol oq
Bichilgan chol qadrdon.
≪Assalom, ey otaxon,
- Debdi shoh, ? kel, bemalol,
Tila tilagingni chol!≫
≪Shohim, ? deydi donishmand,
Istagimni aytsam man,
Esingdami, xizmatim,
Senga do'stlik hurmatim,
Va'da etganding bir vaqt,

oltin xoroz 7

Ne istasang ol deb naqd,
Shamoxon go'zal qizin,
Malikasin, oy yuzin,
Men uchun ayla ehson...
Dadon turardi hayron.
≪Senga ne bo'ldi? ? der ul:
Esingni yebsan butkul!
Shayton yo'ldan urdi yo
Sendan qochdimi hayo?
Va'da etganman albat,
Malika emas faqat!
Har narsaning cheki bor!
Nechun senga kerak yor?
Bas! Kimman? Sen yaxshi bil.
Shunga munosib so'z qil.
Mayli so'ra davlat, mol,
Shohona ot beray, ol!
Beray yurt yarmin senga≫.
- ≪Istamayman, yo'q!
Menga Bergil Shamoxon qizin,
Malikasin, oy yuzin≫.
- Deganmish donishmand chol.
Tufurganmish shoh darhol:
≪Hali shumi senda o'y!
O'zingni qiynama, qo'y,
Hadyadan umiding uz,
Qani, haydang buni tez,
Imonsiz chol jo'nab qol,
Haydang! Ko'zimdan yo'qol≫
Chol o'ylar≫ bir so'z demas,
Shoh-la bahslashib bo'lmas:

oltin xoroz 8

Hassa bilan urdi shoh
Keksa manglayga, evoh!
Sho'rlik yiqildi shu on,
Til tortmasdan berdi jon.
Poytaxt larzaga keldi,
Ammo qiz qah-qah kuldi.
Qo'rqitmas uni gunoh,
G'azabnok bo'lsa ham shoh
Qizga jilmayib qarar.
Shaharga kirib borar...
Birdan tarqaldi bir sas,
Poytaxt ahli shu nafas
Ko'rdiki, oltin xo'roz
Qo'noqdan etib parvoz
Shohning boshiga keldi,
Va qichqirib beomon
Boshin cho'qidi yomon...
Aravadan shunda shoh
Yerga yiqildi nogoh,
Bir oh tortdi-yu, o'ldi.
Malika g'oyib bo'ldi;
Dunyoga kelmaganday,
Hech narsa bilmaganday.
Chin emas: asli ertak,
Uqqanga saboq beshak.

Oppog'oy va yetti gnom

opogoy 1Uzoq-uzoq o'tmishda bir go'zal ayol qirol saroyida deraza yonida kashta tikib o'tirar edi. Bu Qirolicha ekan. U oq matoga gullar tikar va o'ylardi: ≪Agar mening jajji qizalog'im bo'lganida qanchalar baxtli bo'lar edim!≫ U mudrab barmog'iga igna sanchib olibdi va uch tomchi qoni matoga tomibdi. ≪Mening qizalog'imning lablari qondek qizil, tanasi qordek oppoq, sochlari mum-dek tim qora bo'lsa, qanday go'zal bo'lar edi u≫, - o'ylar edi Qirolicha. Vaqt o'tib Qirolicha qiz ko'rdi va u onasi orzu qilganidek juda go'zal edi. Baxtiyor Qirolicha qiziga Oppog'oy deb ism qo'ydi. Ammo Qirolicha juda betob edi va qizi hali yosh chog'ida olamdan o'tibdi. Oppog'oyning otasi - Qirol ancha vaqtgacha juda qayg'urdi va yolg'iz yashadi. Va, nihoyat, qirol yana uylandi va bu qirollikda katta bayram bo' ldi. Uning yangi xotini ham juda go'zal edi, ammo uning yuragi sovuq, qahri qattiq edi. Buning ustiga Qirolicha g'oyat kekkaygan edi. U kunlarini chiroyli liboslarini almashtirib, o'zining uzun qora sochlarini parvarishlab o'tkazardi. Keyin u ko'zgu oldida turib o'ziga mahliyo bo'lardi. U shunchalar shuhratparast ediki, butun qirollikda eng go'zal ayol bo'lishni istardi. Qirolichaning eng qimmatbaho va suyukli buyumi sehrli ko'zgu edi. U harkuni unga quyidagi savolni berardi: ≪Ko'zgujon, senga ayon, Haqiqatni qil bayon: Menmi dunyodago'zal, Oqyanog'iyonganyal?≫ Agar ko'zgu unga eng go'zali o'zingsan, deb javob qaytarsa, Qirolicha juda baxtiyor, hammasi ajoyib bo'lardi. Ammo ayrim hollarda ko'zgu boshqa qizlarning ismlarini aytardi. Shunda Qirolicha dahshatli darajada g'azablanar, yon-atrofdagilar qo'rquvdan o'rtanar edilar. Zolim Qirolicha bechora qizni o'ldirishga buyruq berardi. Oppog'oy ulg'aygan sari, chiroyiga chiroy qo'shilib borardi. U shunchalik maftunkor va yoqimtoy ediki, uni hamma yaxshi ko'rardi. Hamma, faqat Qirorlicha emas. Qirolicha Oppog'oy yashnab borgani sari, unga hasad va rashkopogoy 2 qiladigan bo'ldi. Kunlarning birida uning yonida bo'lishiga ham chidolmay, uni xizmatkorlar bilan yashash uchun quvib yubordi. Oppog'oyning chiroyli liboslarini olib qo'yishdi va xizmatkorlardek dag'al kiyimlarni kiyintirib qo'yishdi. Oppog'oy boshqa xizmatkorlar kabi erta tongdan to kech oqshomgacha mehnat qilar, saroyda pol yuvar, tog'-tog' idish-tovoqlarni qayta yuvar, Qirolichaning kiyimlarini tartibga keltirardi. Oppog'oy ish qilayotgan chog'ida doim qo'shiq aytishni yoqtirar va uning chiroyli ovozini eshitish uchun har tomondan qushlar uchib kelishardi. ≪Yaqinda u o'zining go'zalligini yo'qotadi, - deb o'ylar edi Qirolicha. - Kim endi uni eski kiyimlarda va mehnatdan dag'allashib ketgan qo'Ilari bilan go'zal deb atar ekan?≫ Shunday bo'lsa ham Qirolicha har kuni o'zining ko'zgusi yoniga kelib: ≪Kim dunyoda eng go'zal?≫ - degan bitta savolini takrorlaredi. Oppog'oy kunlardan bir kun voyaga yetib, qirollikda eng go'zal qiz bo'lishidan u juda qo'rqar edi. Oppog'oy mehnat qila turib, xayollari ajoyib shahzoda bilan band bo'lar edi. U bilardiki, bir kun u uni bulutlar ortidagi o'z saroyiga albatta olib ketadi. Hasadgo'y Qirolicha Oppog'oyni kuzatar ekan, u kundan kunga ochilib borayot-ganday tuyulardi. Oppog'oy haqiqatan ham, eski va dag'al kiyim kiygan boisa ham, ko'p mehnat qilsa ham, uning go'zalligini sezmay bo'lmasdi. Kunlardan bir kun Qirolicha ko'zgusidan: ≪Kim dunyoda eng go'zal?≫ - deb so'ragan edi, u shunday javob qaytardi: ≪Labi qizil bamisoli qon, Sochi esa qora mumsimon, Yuzlari qor kabi hoynahoy, Uning ismi esa - Oppog'oy≫. Bunday javobdan darg'azab bo'lgan Qirolicha o'z ovchisini chaqirdi va unga buyruq berdi: ≪Malikani o'rmonga olib bor va u yerdan uning yuragini mana bu qutiga solib kel!≫ Ovchi qayg'udan bosh egibdi, lekin Qirolichaga bosh egishdan boshqa iloji bo'lmabdi. Oppog'oy va ovchi ertasi kuni o'rmonga jo'nashibdi. Malika o'zi bilan nima ro'y berishidan shubhalanmay, ovchi yonida o'rmon bo'ylab chopar, binaf-shalar terar va quvnoq hirgoyi qilardi. Biroq ovchi birdanigaOppog'oy oldida g'amgin tiz cho'kib: ≪Qirolicha sizni o'l opogoy 3dirish haqida buyruq bergan bo'lsa ham, men sizni o'ldirolmayman. O'rmonga qoching-da, bekinib oling! Saroyga hech qachon qayta ko'rmang!≫ -debdi. Ovchi esa saroyga qaytayo-tib yo'lda bug'i bolasini o'ldi rib, uning yuragini qutichaga soldi va Qirolicha hech narsa-dan shubhalanmasin deb o'yladi. Oppog'oy o'rmonda yolg'iz qolib, qo'rqqanidan yig'lab yubordi. Birozdan so'ng u o'rmonda yolg'iz emasligini tushundi. O'rmonning kichik hayvonchalari uning do'stlariga aylanishib, chug'urlashib va baxtiyor shivirlashib, uni o'rmon uychasiga yetaklashdi. Bu kichkina, to'g'rirog'i mitti va yaxshigina o'rmon etagidagi uycha edi. Uycha yashalmay digan joy emas ekan. Oppog'oy derazadanichkariga mo'ralab, dahshatli tartibsizliklarga ko'zitushdi. Yuvilmagan idishlar to'plab qo'yilgan, uydagi ham-ma narsani qalin chang qop-laganedi. ≪Menimcha bu yerda yasha-yotgan bolalar kimgadir, uyni sarishta tutishga yordam beradigan kishiga muhtojga o'xshaydi, - debdi Oppog'oy. -Boraylikda, uyda tartib o'rnataylik≫. Oppog'oy o'zining o'rmonlik do'stlari bilan butun uyni tozalabdi, u yer yorug', toza va fayzli bo'libdi. Shu kuni barcha ishlardan keyin charchab qolib yuqorida - yotoqxonaga ko'tarilib, uchta kichkina krovatlarga ko'ndalang yotib,uxlab qolibdi. Oppog'oy uxlab yotgan paytda o'zlarining o'rmon uychalariga ishdan qaytgan yetti mitti odamchalar kelishibdi. ≪Hoy-hoy,hoy-hoy, biz ishdan uyimizga qaytayotibmiz!≫ -deb qo'shiq kuylashar edi yetti nafar gnom - mitti odamchalar. Birdaniga ularning ko'zlari Oppog'oy saranjom-sarishta qilgan uylariga tushdi. Unda hamma narsa o'zgargan, uy toza ekan.
 Zinadan yotoqqa ko'ta­rilib, ular endi uyqudan turgan Oppog'oyni ko'rib qolishdi. ≪Ha-a, - quvonganidan hayajon bilan dedi Oppog'oy. - Men sizlarning kimligingizni bilaman, - dedi va u gnomlarning krovatlariga yozilgan ismlarini o'qiy boshladi. - Dopi - tentakvoy, Sizni -opogoy 4 aksirvoy, Xeppi -quvnoqvoy, Grempi - vaysaqi, Dok - yuvoshvoy, Bashful ?pismiqvoy, Slipi - mudroqvoy≫. Oppog'oy gnomlarga o'zi-ning o'gay onasi - qirolicha va uning niyatlari haqida so'zlab berdi. Ular Oppog'oyni uylari-da qolib yashashga ko'ndirishdi. Oppog'oyjuda ham xursand edi, unga yangi do'stlari juda yoqib qolilshga ulgurgan edi. ≪Kechki ovqat hali sal tayyor emas, ungacha sizlarning yuvinib kelishga vaqtlaringiz bor≫, - dedi Oppog'oy gnomlarga. ≪Yuvinishga!≫ - bir ovozda norozilik bildirdi gnomlar. Ular yuvinish so'zining ma'nosini ham unutib yuboray deyishgan ekan. Ammo ular-ning hammalari qunt bilan yuvinib kelishdi, hatto Grempi yuz va qoilarini hoilab keldi. Gnomlar Oppog'oyni xush-fe'lligi uchun juda ham yoqtirib qolishdi. Ertasi kuni gnomlar konga ishga borish o'rniga Oppog'oy-ga yangi chiroyli krovat yasash-ga qaror qilishdi. Ular shunchalik zavq bilan ishlamas edilar, agar uylarida nima sodir bo'li-shini bilganlarida edi. Gap shundaki, yovuz Qirolicha ko'zgusidan Oppog'oy hali ham tirikligini bilib qolibdi. Eski kiyimlarini kiyib, kampirga o'xshab Qirolicha o'rmonga jo'nabdi. Oppog'oy uchun zaharlangan olma tayyorlab olibdi. Gnomlar esa o'sha tongda Oppog'oyni yolg'iz qoldirayotib: ≪Begonalardan ehtiyot bo'lgin≫, - deb ketishgan ekan. Oppog'oy ehtiyot bo'laman deb va'da beribdi. Gnomlar ketishgandan keyin eshikni bir qari kampir taqillatibdi. Afsus, Oppog'oy kampirning qo'lidagi sehrli olmani ko'rib, yo'q deyolmabdi. Op­pog'oy olmani tishlagan zahoti uyg'otib bo'lmaydigan uyquga ketibdi. O'rmondan tezroq chiqib ketaman deb shoshgan Qirolicha jarga yiqilibdi. Shundan keyin uni hech kim ko'rmabdi. Qayg'uli gnom­lar Oppog'oyni oltin va billurlardan yasashgan krovatiga yotqazishibdi va uni kunu-tun qo'riqlashibdi. Kunlardan bir kun o'rmonda Shahzoda aylanib yurib tasodifan gnomlar uychasiga duch kelibdi. Uyga kirib Oppog'oyni ko'rib qolibdi. Uning go'zalligiga maftun bo'lgan Shahzoda uni o'pibdi. Yovuz Qirolichaning sehri tarqalib ketib, nihoyat Oppog'oy uyg'onibdi. Gnomlar xursand bo'lishganidan raqsga tushib ketishibdi. Shahzoda esa opogoy 7Oppog'oyni otga mindirib, bulutlar ortidagi o'z qasriga olib ketibdi.

Ko'pburchak

kopburchakKunlardan bir kun Uchburchak bilan To‘rtburchak tortishib qolishibdi. ≪Sen qanaqasiga ko‘pburchak bo‘lasan- - debdi To‘rtburchak Uchburchakka. - Senda faqat uchtagina burchak bor. Uchta burchak ko‘p bo‘libdimi. Mana menda burchaklar ko‘p, bir emas, to‘rtta≫. ≪Nima bo‘pti, to‘rtta bo‘lsa, - debdi xafa bo‘lib Uchburchak, - agar sening o‘rtangdan bitta diagonal o‘tkazilsa, atigi ikkita uchburchakdan iborat ekanliging hammaga ma’lum-ku-≫. Tortishuvni ikkita O‘nburchak eshitib, bahs­lashuvchilarni ajratishga kirishishibdi. ≪Siz ikkalangiz ham ko‘pburchaksiz, - debdi xuddi chetlari uchgan tarelkaga o‘xshash O‘nburchaklardan biri. - Men ham ko‘pburchakman. Kvadrat va Romb ham ko‘pburchak. Faqat bizning burchaklarimiz soni har xil. Lekin, har birimizda burchaklar bor, aylana va doirada bunday emas.Yanabizning har birimizning tomonlarimiz ham bor. Burchagimiz nechta bo‘lsa, tomonlarimiz ham shuncha. Oltiburchakda oltita, O‘nikki burchakda esa o‘n ikkita tomon bor. Bulardan tashqari hamma ko‘pbur­chaklarning perimetri bo‘ladi. Perimetr barcha tomonlarning yig‘indisiga teng. Perimetrni bizning kiyimimiz yoki chetimiz deb qarash mumkin. Shu bilan birga, hamma ko‘pburchaklar inson uchun foydalidir. Bizning yordamimizda kishilar parket va koshin plitalar yasaydilar, uylarning chizmalarini chizadilar va turli-tuman mashinalar o‘ylab chiqaradilar. Xullas, biz ko‘pburchaklarning o‘zaro talashishimizga hech qanday asos yo‘q≫. Uchburchak bilan To‘rtburchak yarashib oli­shibdi. O‘nburchaklar ular bilan xayrlashib, o‘zlarining shlyapalarini yechibdilar va bir daqiqada o‘nbir burchakka aylanib qolibdilar.

Tohir va Zuhra

tohir

Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, o‘tgan zamonda bir podshoh bor ekan. Lekin uning farzandi yo‘q ekan.
Kunlardan bir kun o‘ylab, xafa bo‘lib o‘tirsa, o‘ng qo‘l vaziri so‘rabdi:
- E podshohi olam, nega xafasiz- Davlatingiz bor. Hamma fuqaro sizning ixtiyoringizda bo‘lgandan keyin, buncha xafagarchilikning nima keragi bor-
- Men shuncha davlat-saltanatga ega bo‘lsamu, - debdi podshoh, - xizmatimga shuncha odamlar tayyor tursa-yu, dunyodan farzandsiz o‘tsam, men xafa bo‘lmay kim xafa bo‘lsin- Farzand bo‘lmagandan keyin bu podshohlik va davlatning nima keragi bor- O‘zining befarzandligini eslab, vazir ham oh tortibdi. Podshohga ahvolini bayon qilibdi. Ikkalasi xafa bo‘lib, yig‘lab, bir uyga kirib dardlashib yotibdi.

So‘ngra ikkisi befarzand bo‘lib dunyoda yurgandan ko‘ra davlat va izzat-ikromdan kechib, bosh olib ketishni ortiqroq ko‘ribdi. Podshoh bilan vazir butun mol-dunyoning bahridan o‘tib, shahardan chiqib ketishibdi. Yo‘l yura-yura ular oxiri bir boqqa yetishibdi. Ammo unga kirishga iloj bo‘lmabdi. Bog‘da gullar ochilgan, ko‘m-ko‘k maysalar yoyilgan, bulbullar, turli qushlar sayragan. Rayhon, jambil va boshqa xushbo‘y giyohlar gurkirab turarkan. Suvlar sepilgan. Supada gilamlar yozilgan, ko‘rpachalar solingan, yostiqlar qo‘yilgan emish. Bu bog‘ juda chiroyli ekan, qo‘rgan odamning bahri-dili ochilib, g‘am-hasrati, qayg‘u-alamlari ketar ekan. Bog‘ ichi jimjit, hech kim yo‘q ekan. Ikkovlari boqqa kiribdilar va hayron bo‘lib, bir-biriga qarab o‘tiribdilar. Bog‘ning bir burchagidan bir chol chiqib kelibdi: - Ha, bolalarim, nima qilib o‘tiribsizlar- - deb so‘rabdi. Bular darhol o‘rinlaridan turib, salom beribdilar. Podshoh bilan vazir bir-birlariga qarab qo‘yishibdi va befarzand ekanliklari, shu sababdan xafa bo‘lib, mol-dunyodan kechib, shu joyga kelganliklariii gapiribdilar.

Chol bularning so‘zini obdon tinglabdi. Keyin qo‘ynidan ikkita qizil olma chiqarib, birini podshohga, birini vazirga uzatib, bunday debdi: - Bolalarim, bu olmalarni olib borib sevgan xotiningiz bilan baham ko‘ringlar, o‘z ishlaringizdan qolmanglar, fuqaroga jabr-zulm qilmay, yurtni obod saqlanglar. Keyin ularga bir shart qo‘yibdi. - Men olmani sizlarga shu shart bilan berdimki, qaysi biringizning xotiningiz o‘g‘il tug‘sa, otini Tohir qo‘ying, qaysi biringizning xotiningiz qiz tug‘sa, otini Zuhra qo‘ying. Ammo ularni bir-biridan ajratmang. Katta bo‘lib voyaga yetganda quda bo‘linglar, esdan chiqarmanglar, - deb kelgan tomonga qarab ketibdi.

Podshoh vazirga, vazir podshohga qarabdi. Ular o‘ylashib keyin: - Qani, cholning aytganini ham qilaylikchi, bizdan nima ketdi, - deyishib, orqaga qaytishibdi. Yana podshoh bilan vazir yurt so‘rashda davom etishibdi. Kundan kun, oydan oy o‘tib, vazirning xotini o‘g‘il, podshohning xotini qiz tug‘ibdi. Podshoh bilan vazir ovga chiqib ketishgan ekan. Darhol suyunchiga odam boribdi, u podshohga: - Suyunchi bering, xotiningiz qiz tug‘di, - debdi, so‘ngra vazirga qarab: - Suyunchi beriig, sizning xotiningiz o‘gil tug‘di, - debdi. Xotini qiz tuqqani uchun podshoh g‘azablanib, xabarchiga buyuribdi: - Bor, o‘sha qizpi o‘ldirib, qoniga mana shu ro‘molchani bo‘yab keltir! - deb, bir oq ro‘molchani beribdi-da, keyin qizning o‘ldirilgan, o‘ldirilmaganini so‘ramabdi. Vazir bo‘lsa suyunib ot choptirib ketibdi. Yo‘lda ketayotganida oti toshga qoqilibdi-yu, munkib ketibdi, vazir otidan yiqilib, til tortmay o‘libdi. Bu yomon qora kunlarga qolgan bechora xotin yig‘i-sig‘i qilib, ota yuzini ko‘rmay qolgan yetimchani yaxshilab tarbiyalashga kirishibdi. Kundan-kun, oydan-oy, yildan-yil o‘tibdi. Go‘daklar yo‘lga kiribdi. Kunlardan bir kun podshoh taxtida o‘tirgan ekan, ko‘chada o‘ynab yurgan Tohirga ko‘zi tushib, yonidagi vaziridan: - Bu kimning bolasi- - deb so‘rabdi. - Ey podshohi olam, sultoni bokaram, bu bola avvalgi vaziringizning o‘g‘li Tohir bo‘ladi.

Sizning ham qizingiz o‘lmaganda, shunday bo‘lib qolar edi, - debdi vazir. Podshoh qattiq qayg‘uribdi va peshonasiga urib yig‘labdi. Shunda vazir darhol o‘rnidan turib podshoh xotinlaridan birini chaqirib so‘rabdi: - Podshohning qizi tirikmi- - Podshohim bilmasinlar. Qizchalari yo‘rtmachoq bo‘lib qolgan, bildirganimiz yo‘q hali, - debdi xotin. Vazir yugurib kelib: - Ey, podshohi olam, sultoni bokaram, bir qoshiq qonimdan keching, sizga bir suyunchilik xabar aytaman, - debdi. Podshoh yoshga to‘lgan ko‘zlari bilan vazirga qarab: - Ayt, kechirdim, - debdi. Vazir: - Yig‘lamang, podshohim, qizingiz hayot ekan, - debdi. Podshoh suyunib: - Olib keling qoshimga! Tezroq keltiring, hayallamang! - debdi. Qizni olib kelib, podshohga ko‘rsatishibdi. Podshoh suyunib, qizini qo‘liga olib bag‘riga bosibdi, quvonganidan yana yig‘lab yuboribdi. So‘ngra qirq kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha qilib beribdi. Qizni yaxshilab tarbiyalay boshlabdilar. Tohir va Zuhra ko‘pincha birga o‘ynab yurar ekanlar. Kunlardan bir kun Tohir yong‘oq o‘ynab yurganda, otgan yong‘og‘i ip yigirib o‘tirgan bir kampirning charxiga tegibdi. Kampirning achchig‘i kelib, Tohirni qarg‘abdi: - E shum yetimcha! Men bilan o‘ynashguncha, borib Zuhra bilan o‘ynash. Tohir bu so‘zlarni eshitgach, yugurib kelib kampirning qo‘lidan ushlabdi - Buvijon, Zuhrani gapirdingiz. Tag‘in bir qaytarib ayting, jon buvi! - Qo‘yvor qo‘limni, aytaman! - Ayting buvijon, ayting! - Bu so‘zlarni oyingdan so‘ra. - Onam aytmaydi, siz ayting buvijon, - deb kampirning qo‘llarini qattiq qisib so‘rabdi Tohir. Kampir gap o‘rgatibdi: - Uyingga borib, oyingga yig‘la. Non bersa olma, osh bersa yema. Onang seni qarg‘ab urishadi. Hech narsaga qaramasdan yig‘layver. ≪Nima qilay, nima qilib beray-≫ deb yeo‘raganda: ≪Qo‘g‘irmoch qilib bering≫, degin. Qo‘g‘irmochnn kosada bersa olma, cho‘michda bersa olma, kapgirda bersa olma. ≪Nimada beray-≫ desa, ≪Hovuchingda ber≫ degin-da, hovuchida berganida qo‘lini mahkam qisib, ≪menga unashilgan qiz kim, shuni aytib bergin≫, degin. Shunda aytib beradi.

Tohir uyga yugurib kelib, kampir o‘rgatgan gaplarni aytib, oyisini ko‘p xafa qilibdi. Axiri oyisi qo‘g‘irmochni hovuchida beribdi. Tohir oyisining qo‘g‘irmoch ushlagan hovuchini qisib: - Menga unashtirilgan kim- Rostini aytib ber, - debdi. Oyisi: - Qurib ketgur yetimcha! Senga kim o‘rgatdi buni- Voy voy, qo‘lim kuydi, - deb o‘g‘lini qarg‘abdi. - Ayt, oyi ayt! Aytmasang qo‘ymayman, - debdi Tohir. - Qo‘yib yubor, aytaman, aytib bo‘lmasa ham aytaman, - debdi onasi. Ona bechora xafa bo‘lib: ≪Endi yashirganim bilan foyda yo‘q, mayli ayta qolay≫, deb eri bilan podshohning quda bo‘lishga va’da qilganini, vazirning o‘g‘il ko‘rganidan suyunib, yo‘lda ketayotganida otdan yiqilib o‘lganigacha bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘g‘liga so‘zlab beribdi va: - Sen yetimchasan, baribir podshoh senga qizini bermaydi. Zuhra - podshoh qizi, sen bir yetimcha kambag‘alsan, - debdi. Tohir: - Mayli, oyijon, bo‘ldi, men shuni bilsam, bas, - deb ko‘chaga chiqib ketibdi. Kunlardan bir kuni maktabda Tohir bilan Zuhra so‘zlashib, kulishib, kitob o‘qimay, domlani qiynabdilar. Domla kelib bu voqeani podshohga aytibdi: - Podshohi olam, sizga arzim shukn, qizingiz Zuhrani Tohir o‘qitgani qo‘ymaydi. Shunda podshoh g‘azablaiib: - Tohirni bo‘lak joyga o‘tqazing, agar unga ko‘nmasa, o‘rtadan devor urib qo‘ying, - debdi. Ikkisining o‘rtasiga devor olibdilar. Sal vaqtdan so‘ng devor buzilib, ikkovi tag‘in gaplashib o‘tiradigan bo‘libdi. Ular katta bo‘lib voyaga yetibdi. Ikkovi ham bir-birini ko‘rmasa, turolmas ekan. Ulamolar: ≪Podshoh Tohirni yo‘q qilsin≫, debdilar. Buni podshohga aytibdilar.

Podshoh g‘azab bilan ustalarni chaqirib ularga bunday debdi: - Katta bir sandiq yasanglar. Tohirni oqizaman! Bu gapni Zuhra eshitib, bir lagan tillani ustalarga olib borib: - Shu tillani olinglar, sandiq shunday puxta bo‘lsinki, ichiga suv o‘tmasin, toki bechora yetimcha borgan joyida kun ko‘rsin, - deb zor-zor yig‘labdi. Ustalarning Zuhraga rahmi kelib: - Ey malika, agar sandiq siz aytgandan ortiq bo‘lmasa, bergan tnllangizni qaytib oling, - debdilar. Bir kuni Tohir bilan Zuhra ikkisi hasratlashib turganlarida ayg‘oqchilardan biri ko‘rib qolib, podshohga aytibdi. Darhol podshoh Tohirni zindonga solishga buyuribdi. Tohirni zindonga solibdilar. Kunlardan bir kun sandiq tayyor bo‘lganini podshohga aytibdilar. Buni Zuhra eshitib, sandiqni ko‘rib kelibdi. Sandiq Zuhra aytgandan ham ortiq ekan. Podshoh jarchi quyib butun xalqni katta maydonga yig‘ibdi. Xalq Tohirni suvga oqizmaslikni talab qilibdi. Biroq podshoh xalqning talabiga quloq solmabdi, o‘z aytganini qilibdi. Tohirni oqizish payti yetibdi, daryo labi xalq bilan to‘lib-toshibdi. Tohirning onasi g‘am-hasrat bilan dars bo‘yiga zo‘rg‘a yetib borib o‘g‘lini ko‘rib: ≪Yonida jon bersam koshki edi≫, deb yig‘layverib hushidan ketibdi. Xalqning g‘azabi qaynabdi. ≪Podshoh bir qizi uchun bechora yetimchani bunchalik qiynab, azoblaguncha, bir joyga yuborsin, podshoh ham Tohirning onasi kabi qon-qon yig‘lasin. Ana zulm! Ana noinsoflik! Bir qiz uchun shuncha odamni yig‘ib, bir yigitni suvga oqizish jallodlikdir!≫ Shu payt jarchi jar chaqirib: - Hozir Tohirni olib keladilar! -debdi. Hamma odam Tohir yo‘liga termilib turar ekan. Tohirning onasi bechora o‘g‘lini ko‘rishga zor bo‘lib, boshini toshu tuproqqa urib: - Qani mening begunoh o‘g‘lim, uni bir ko‘ray, - deb faryod qilar ekan. Tohirning qo‘llarini orqasiga bog‘lab, onasi oldiga keltiribdilar. Ona bechora zor-zor yig‘lab, bolasini bag‘riga bosib turib, o‘lib qolibdi. Maydonga yig‘ilgan xalq jim bo‘lib qolibdi. Bir ozdan keyin kimlar yig‘lagan, kimlar baqirgan holda Tohirni olib borib sandiqqa solibdilar. Tohir sandiq ichida Zuhra bilan xayrlashib, shu g‘azalni aytibdi:

T o h i r:
Men ketaman ko‘rib qol,
Arg‘amchini ushlab qol.
Sog‘inganda yig‘larsan,
Qoram o‘chmay, qarab qol.
Z u h r a:
Suv kelar guldur-guldur,
Suyganim qizil guldir,
Suyganimga bermasa,
O‘lganim o‘sha kundir.
T o h i r:
Suv kelar axta-axta,
Sandig‘im temir taxta.
Sendan boshqa yor qilsam,
Qon yutay laxta-laxta.
Z u h r a:
Suv kelar tosh ustida,
Ro‘molim qosh ustida.
Tohir esimga tushsa,
Yig‘layman osh ustida.
T o h i r:
Suv kelar injudayin,
Ko‘pirib toshgan sayin.
Sendan o‘zga yor desam,
Xanjarga sanchilayin.

So‘ngra Tohir Zuhra bilan xayrlashib, oqib ketibdi. Hamma xalq g‘amginlik bilan shaharga qaytibdi. Zuhra Tohirdan ayrilib qolibdi. Tohir suvda oqib-oqib olti oy deganda Xorazmga boribdi. Xorazm shohining ikki qizi bo‘lib, bular har juma kuni daryo labiga kanizlari bilan chiqar ekanlar. Podshoh qizlari daryo labida o‘tirishsa, bir sandiq oqib kelaveribdi: ≪Kim ushlab oladi- Nima qilamiz-≫ deyishibdi. Biri: ≪Oqib kelayotgan narsani kim ushlab olsa, u narsa o‘shaniki≫, debdi. Sandiq yaqinlashibdi. Katta qiz sochini solibdi, sandiq unga ilashmabdi. Kichigi sochini solibdi, sandiq unga ilashib, yaqin kelibdi. Qizlar sandiqni daryo labiga tortib chiqaribdilar. Endi opa-singil orasida janjal boshlanibdi. Uzoq janjaldan keyin, axiri bir maslahatga kelishibdi. Kattasi: ≪Sandiqni men olaman≫, debdi, kichkinasi: ≪Sandiq ichidan nima chiqsa, shuni men olaman≫, debdi.

Sandiqni ochibdilar. Sandiq ichida bir yigit o‘tirgan emish, dunyoda uning tengi yo‘q emish. Sochi qop-qora, jingalak-jingalak. Qoshlari qop-qora, ko‘zlari shahlo, qaddi-qomati kelishgan ekan. Qizlar uzoq janjallashibdi. Kichik qiz turib: - Nimaga janjal qilasiz- Sandiq ichida nima bo‘lsa uni men olaman, degan edim. Bu maniki bo‘ladi, hech kimga bermayman, - debdi. Podshohga xabar qilibdilar. Podshoh odamlari bilan kelib ko‘rsa, chiroyli bir yigit emish. Podshoh kichik qizining aytganini qilish uchun Tohir rozilik bermasa ham, qirq kechayu qirq kunduz to‘y-tomosha qilibdi. Qizning chiroyi ham Zuhraning chiroyidan qolishmas ekan. Lekin Tohir Zuhraga bergan va’dasini eslab, qizga gapirmas, qizning savoliga javob ham bermas ekan. Oradan bir necha kun o‘tgandan keyin Tohir: - Men bugun daryo labiga chiqaman, otangizga ayting, - debdi. Qiz o‘zida yo‘q sevinib, yugurib yangasining oldiga chiqib. ≪Kuyovingiz gapirdilar, suyunchi bering, suyunchi! Otamga aytinglar kuyovlari daryo labiga chiqarmish≫, debdi. Podshoh bu xabarni eshitib juda so‘yunibdi, daryo labiga tezdan sayl chaqirtiribdi. Butun shahar xalqi daryo labiga chiqibdi. Saylgoh o‘rtasidan kuyovga joy qilibdilar. Podshoh jarchi qo‘ydiribdi: - Kimki kuyovimning kulganini ko‘rib, yo eshitib menga xabar bersa, boshidan zar to‘kaman! - debdi. O‘zi ham kelibdi.

Endi so‘zni Zuhradan eshiting. Zuhra Tohirdan ajralgandan keyin kechayu kunduz oh tortib, g‘am-hasrat chekaveribdi. Uni zolim otasi Qorabotir degan podshohvachchaga beribdi. Qiz g‘am-motam ichida qolibdi. Kunlardan bir kun Zuhra tush ko‘rsa, Tohir bilan bog‘da yurgan emish. Oh urib o‘rnidan turibdi. Axiri, nima qilarini bilmay bir lagan tilla ko‘tarib, karvonsaroyga boribdi; karvonboshiga tillani berib: - Bir odam bo‘lsin, butun dunyoni axtarib, Tohirning bor-yo‘qligini menga bildirsin, - debdi. Karvonboshi tillani olib Tohirni axtargani yo‘lga chiqibdi. U Tohirni juda ko‘p axtaribdi, odamlar orasida Tohirga bag‘ishlab g‘azallar aytsa ham uni topolmabdi. Karvonboshi Zuhra oldidan chiqqaniga qirq kun bo‘ldi deganda, Tohir chiqqan sayilgohga yetib kelibdi va daryo labidagi bir balandlikda kishilar to‘planganini, ularning o‘rtasida bir yigitning o‘tirganini ko‘ribdi. - Shu joyda ham bir g‘azal aytay, zora Tohir shu yerda bo‘lsa, - deb bir g‘azal aytibdi:

Men keldim karvon bo‘lib,
Karvonga sorbon bo‘lib.
Tohirjonni yo‘qotib,
Yuribman hayron bo‘lib.

Bu g‘azalni eshitib, Tohir qah-qah urib kulib yuboribdi. Uni poylab yurgan odamlar podshohga suyunchiga yugurib ketibdilar. Boshqalar esa hayron bo‘lib qolibdi. Tohir karvonboshiga qarab bir g‘azal aytibdi:

E tuya mingan yigit,
Orqangga qarab ketgin.
Hali aytgan baytingni,
Tag‘in bir aytib o‘tgin.

Karvonboshi:
Tohir degan sanmisan,
Zuhrani tanirmisan-
Zuhradan kelsa xabar
O‘rningdan turarmisan-

Tohir ≪Zuhra≫ degan so‘zni eshitish bilanoq, yugurib borib karvonboshi mingan tuyaning bo‘yniga osilibdi va: - Meni olib ket, men ketaman, borib Zuhramni bir ko‘ray, - deb yolvoribdi. Karvonboshi so‘z boshlab: - Zuhra erga tegib, uyda tinch o‘tiribdi, endi undan foyda yo‘q. Bu yerda shuncha vaqt turding, uylangandirsan. Men yolg‘iz sening bor-yo‘qligingni bilib ketgani keldim, - debdi. Shunda Tohir: - Yo‘q, ketaman, olib ket meni, o‘lsam ham o‘sha joyda o‘lay, - deb yana yolvoribdi. Karvonboshi shuncha nasihat qilsa ham, Tohir unamabdi, karvonboshiga: - Bu yerda podshohning qizini men rozilik bermasam ham zo‘r bilan berdilar. Bugun qirq kundirki, hali ham qizga bir og‘iz gap aytganim yo‘q, yuziga ham qaraganim yo‘q, - debdi. Karvonboshi Tohirga: - E nodon, ketma, shu xotining bilan kun ko‘rib o‘taver, Zuhradan senga hech foyda yo‘q, - debdi. Tohir unamabdi. - Bo‘lmasa bor, umid bilan bir yostiqqa bosh qo‘yganing bilan xayr-ma’zur qilib chiq, - debdi karvonboshi. Tohir xotini oldiga yugurib kelibdi, qiz yasanib o‘tirgan ekan. Unga qarab bir g‘azal aytibdi:

Ey podshohning qizi,
Hurmatim baland sizga.
Zuhradan keldi xabar,
Javob beringiz bizga.

X a d i ch a:
Suv kelar suzukmidi,
Qo‘limda uzukmidi-
Uzoqdagi Zuhraxon
Bizdanam tuzukmidi-!
T o h i r:
Suv kelar suzukkina,
Qo‘limda uzukkina.
Uzoqdagi Zuhraxon

Sizdan ham sulukkina - deb, Xadicha bilan xayrlashib, chiqib ketibdi. Kelin bechora yig‘laganicha qolibdi. Tohir yugurib borib, karvonga yetibdi, tuyaga mingashib, yo‘lga ravona bo‘libdi. Karvon yurib-yurib bir joyga kelibdi. Bu joyda uch yo‘l bor ekan. Biri - ≪borsa kelmas≫, biri - ≪borsa xatar≫, yana biri - ≪borsa kelar≫ ekan. Karvonboshi qaysi yo‘lga yurishni bilmay, o‘ylab qolibdi. Tohir: - Xatarli bo‘lsa ham shunga yuramiz, mayli, Zuhra qoshiga tezroq boraylik, - debdi. Shu bilan ular xatarli yo‘lga yurib ketibdilar. Yurib-yurib bir joyga yetibdilar. Bu joy qaroqchilar makoni ekan. Qaroqchilar bu bechoralarning tuyalarini olib, o‘zlarini zindonga solibdilar. Tohir zindonda yig‘lab-yig‘lab: ≪kel-e, zora shu joyda bir tanish bo‘lsa, bizni bo‘shatib yuborsa≫, deb bir g‘azal aytibdi:

Yursam yo‘lim uzundir,
Kecha menga kunduzdir.
Bizni qo‘ying, jon beklar,
Zuhra unda yolg‘izdir.

Tohirning hammaktab o‘rtoqlaridan biri shu yerda ekan, u Tohirga: - Ha, Tahir, haliyam Zuhraning ko‘yida kuylab yuribsanmi-a- - debdi. Keyin zindonbonni chaqirib, unga bir hovuch tilla berib: - Buni qo‘yib yuboringlar, bu o‘zi kuygan qul, buni kuydirib nima qilasizlar, - debdi. Shu bilan Tohirni va u bilan kelayotganlarni zindondan bo‘shatib yubordilar. Bular bir necha kun cho‘l-biyobonlarni kezishibdi. Zuhra dardida yurak-bag‘ri ezilib yurgan Tohir sahar vaqtida Zuhra yotgan uy tagiga yetib kelibdi. Bu paytda Zuhra shirin uyquda ekan. Tohir g‘azal o‘qib, Zuhrani uyg‘otibdi. Zuhra Tohirni ko‘rishi bilan yugura kelib ko‘rishibdi.

So‘ngra ikkovlari yashirincha boqqa kirib ketibdilar. Bu voqeadan Qorabotirning singlisi xabardor bo‘lib turgan ekan. Qorabotir kelganda Zuhra uyda yo‘q ekan, u singlisidan: ≪Zuhra qaerga ketdi-≫ deb so‘rabdi. Singlisi javob beribdi: - Bugun saharda Tohir keldi, yangam u bilan boqqa kirib ketgan. Qorabotir bu gapni eshitib g‘azablanibdi va podshohga borib Zuhrani chaqibdi. Podshoh tezda Tohirni tutdirib kelib qamabdi. Ulamolarning bergan maslahati bilan podshoh: ≪Tohirni ikki nimta qilib darvozaga osaman! Uni o‘ldirmasam, qizimni qo‘ymas ekan≫, debdi.

Shu gapdan so‘ng podshoh yana jarchi qo‘yib, shahar xalqini chaqirtiribdi. Maydonga katta-kichik, xotin-xalaj yig‘ilibdi. Zuhra bilan Tohirning qarindosh-urug‘lari ham kelishibdi. Xalq orasida shivir-shivir gaplar tarqabdi. Odamlardan biri: - Tohir nima uchun qaytib kelgan ekan- - deb so‘rabdi ikkinchi bir odamdan. Unisi aytibdi: - Tohirni bu yerga keltirgan narsa uning Zuhraga bo‘lgan muhabbatidir. Shuning uchun bechora yigitni o‘ldirish kerakmi, qonxo‘r podshohga ming la’nat! Jallodlar Tohirning ko‘zlarini bog‘lab, maydon o‘rtasiga olib kelib, qilichlarini qayrabdilar.

Zuhra bechora esa zolim otasiga yolvoribdi. Otasi quloq solmabdi. Zuhra o‘z sevganini jallod oldida ko‘rib, hushidan ketib yiqilibdi. Jallod o‘tkir qilichini havoda yarqiratib, zarb bilan Tohir tanasini ikkiga bo‘lib tashlabdi, so‘ng darvozaga osibdi. Hamma yoqni odamlarning dod-faryodi, yig‘isi bosib ketibdi. Tohirning xolasi qattiq oh tortib, podshohga qarab shu g‘azalni aytibdi:

Qonxo‘r jallod qo‘lida,
Tilla qilich qayraldi.
Tilla qilich damlari
Qora qonga bo‘yaldi.
Bu havo havomidi-
Qor-yomg‘ir yog‘armidi!

Qiz uchun yigit o‘lmoq Shahringda davomidi- Shundan so‘ng Zuhra boshini ko‘tarib, bir g‘azal aytibdi:

Qator-qator tuyalar
Qatorlashib o‘tdilar.
Xon otamiz davrida
Tohir go‘shtin sotdilar.
Tohir go‘shti go‘sht emas,
Qo‘y go‘shtiga o‘xshamas.
Tohirjonni o‘ldirgan.
Bu dunyoda yashamas.

- Buni ko‘minglar! - deb buyruq qilibdi podshoh. Odamlar Tohirni ikki nimta qilib darvozaga osilgan joyidan darhol olib, go‘rga ko‘mibdilar. Zuhra sevikli yori Tohirning ta’ziyasini bajo keltirish uchun qora kiyib, qirq kungacha motam tutibdi. Zuhra: ≪Bugun Tohirning o‘lganiga qirq kun bo‘ldi, otam menga javob bersin, qizlar bilan borib, qabrini ko‘rib kelayin≫, debdi. Otasi ko‘p qiyinlik bilan ruxsat beribdi. Zuhra ikki cho‘ntagiga marvarid to‘ldirib, qo‘liga oshpichoq olib, Tohir ko‘milgan qabristonga jo‘nabdi. Qirq kaniz uni kuzatib boribdi. Yo‘lda Zuhra kanizlariga qarab bir g‘azal o‘qibdi:

Qizlar, tez yuguraylik,
Tohirjonga yetaylik.
Tohirjonga yetganda,
Marvaridlar sochaylik,

- deb cho‘ntagidan marvarid olib sochib yuboribdi. Qizlar marvaridga ovora bo‘lib o‘sha yerda qolibdi. Zuhra esa qabrga yetmoq uchun shoshilibdi. Marvarid sochish, g‘azal aytish to qabristonga borguncha uch-to‘rt marta qaytarilibdi. Axirida qabristonga yaqinlashganda Zuhra bor marvaridini sochib, o‘zi yugurganicha ilgari ketibdi. Qizlar orqada qolibdi. Zuhra Tohirjon qabriga yetibdi. Boshidan paranjisini irg‘itib tashlab, oshpichoq bilan peshonasiga bir urib: ≪Ochil, go‘r!≫ debdi. Go‘r ochilibdi. Zuhra, go‘r ichida gul kabi ochilib, qosh-ko‘zlari mavj urib yotgan Tohirning quchog‘iga otilibdi. Go‘r yopilibdi.

Qizlar marvaridni terib yurib, Zuhrani yo‘qotib qo‘yishibdi. Biroq Zuhraning paranjisi, kavushi va bir qonli oshpichoq yerda yotgan ekan. Qizlar har tomonga yugurib Zuhrani chaqirishibdi, hech kim tovush bermabdi. Bu voqea shaharga tarqalibdi. Podshoq va Qorabotir, uning singlisi va Tohirning xolasi mozorga kelishibdi. Tohirning go‘riga qarabdilar. Zuhraning soch piligi go‘rga qisilib qolganini ko‘rib, go‘rni ochibdilar. Qarasalar, ikki oshiq-ma’shuq qizil guldek qizarib, qosh-ko‘zlari suzilib, yonma-yon yotishgan emish. Ularni ko‘rgan kishi shirin uyquda yotibdi deb xayol qilar ekan. Bu holni ko‘rgan Qorabotir: ≪Zuhradan ajralib men nima qilay≫, deb o‘zini shu joyda o‘ldiribdi.

Qorabotirni Tohir bilan Zuhraning o‘rtasiga qo‘yibdilar, zolim Qorabotir ikki oshiq-ma’shuqni o‘lganida ham tinch qo‘ymabdi. Tohir ustidan qizil gul, Zuhra ustidan oq gul, ular o‘rtasida yotgan Qorabotir ustidan esa qora tikan o‘sib chiqibdi. Gullar o‘sib, tikanlar ham baland ko‘tarilib, bir-biri bilan chirmashib ketibdi.

Kitob do'koni