Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Jannatim - Onam

10 years 6 months ago - 10 years 2 months ago #21 Dilobar

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • ★★★★★★★★

  • Izohlari: 787
  • Rahmat olgan: 720

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Dilobar on topic Jannatim - Onam
    yangiizoh

    Sabr... Og'riqlarni qoldiradigan achchiq bir giyohga o'xshedi.,
    Ham jonni og'ritadi, ham davoledi!!!
    Last edit: 10 years 2 months ago by Dilobar.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilfuzabonu

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago #22 istak

    • Premium Member
    • Premium Member

  • Izohlari: 149
  • Rahmat olgan: 532

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by istak on topic Jannatim - Onam
    Борини болам деб узатиб бўлган,
    Ўзини оқ билан безатиб бўлган.
    Бир кетса, ҳеч қачон қайтмас меҳмоним,
    Онагинам менинг, жон онажоним!

    Оларимни олиб бўлганман качон,
    Сен мени бола деб қарайсан хамон.
    Борингда қилмаган ёдим, армоним,
    Онагинам менинг, жон онажоним!

    Оппоқ пахта сочинг қора бўлмас ҳеч,
    Нега кераклигинг кеч англадим, кеч!
    Она бўлгунимга бўлди бағринг қон,
    Онагинам менинг, жоним онажон!

    Боримни берсам ҳам қолмас ёшариб,
    Оловдек меҳрингда кетар тош эриб.
    Менга, боламга ҳам етди- ку жонинг,
    Онагинам менинг, жон онажоним!

    Қизимга талпиндим, ўғлимни қучдим,
    Болам деб роҳатдан, ҳар недан кечдим.
    Нега сенга ҳеч бир топмадим имкон,
    Онагинам менинг, жоним онажон!

    Бугун менга ошно – панду – сўзларинг,
    Ўпай десам йўқ – ку ҳатто изларинг.
    Энди тушларимда азиз меҳмоним,
    Онагинам менинг, жон онажоним!
    Х.Садинов

    Ona hayosi bilan go'zal.Bola odobi bilan aziz!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: hiona, zakiya, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago - 10 years 2 months ago #23 ruxshon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Farzandlarimiz -hayotimiz mazmuni

  • Izohlari: 587
  • Rahmat olgan: 554

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ruxshon on topic Jannatim - Onam
    Bolalik misoli to'p ekan,
    Tashvishu kamlari ko'p ekan.
    Shamoldek shoshmoqlik xo'p ekan,
    Sen eding ortimdan sargardon.
    Dardlaringni olay men onajon!

    G'amlardan bolangni ayading,
    Yuk kelsa yonimda suyarding.
    Borimcha faqat sen suyarding
    Boringni etging -a armug'on.
    Dardlariningni olay men ,onajon!

    Bitmas hech dunyoning so'rog'i
    Men-o'zga xonaning chirog'i
    Armonning yo'q ekan adog'i
    Dardimda yashaysan sen hamon.
    Dardlaring olay men onajon!

    Endi o'z dardimdan so'ylayman,
    Ko'pida bolamni o'ylayman.
    Qalbim-la qalbinga bo'ylayman,
    Sen esa kuyimda begumon,
    Dard.aring olaymen onajon
    Last edit: 10 years 2 months ago by ruxshon.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: zakiya, Soliha7770, OYISHA NUR, Dilobar, Oymomo, Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #24 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Replied by Самира on topic Jannatim - Onam
    Ohirigacha oqishga ko'z yoshlarim tosqinlik qildi ammo huddi meni qalb nomalarim bitilgandek. yiglab o'tiribman.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ruxshon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #25 zakiya

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 290
  • Rahmat olgan: 372

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by zakiya on topic Jannatim - Onam
    Bozorga chikibdi kulpinay,
    Etkazdi, Xudodan aylanay,
    Ilinib, ilinib olvolay,
    Onamni korgani boraman.

    Ishlarim yo'limni to'ssa ham,
    Poyimda tikanlar o'ssa ham,
    Bir dasta gul olib bo'lsa ham,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Kirsam ham ikkita non bilan,
    Bag'riga bosadi jon bilan,
    Aytadi "Keldingmi jon bolam"?
    Onamni ko'rgani boraman.

    Bo'linib, har kim o'z yo'liga,
    Tashladik kelinlar ko'liga,
    Yalinib yashar o'z o'gliga,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Kiyinib, ohorli, sarishta,
    Bormayin eski,chang kovushda,
    So'zlayin eng mayin tovushda,
    Onamni ko'rgani boraman.

    O'tiray bemalol yozilib,
    Kolmasin tashvishim sezilib,
    Yurmasin yuragi ezilib,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Aytmayin bolamning g'amini,
    Bildirmay ro'zgorim kamini,
    O'chirmay yuragin shamini,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Akamning yahshisin oshiray,
    Ukamning aybini yashiray,
    Kuvnatib mehrini toshiray,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Uy talash-mol talash kilmayin,
    "Unga ko'p, menga oz" demayin,
    Boshini ogritib kelmayin,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Erkaly "Oymomam, ozimni,
    Kuvnatib turasiz ko'zimni",
    Kuladi eshitib so'zimni,
    Onamni ko'rgani boraman.

    "Hammadan go'zalsiz", deb aytay,
    So'ligan ruhini yashnatay,
    Kuldirib-kuldirib yayratay,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Nurlanib kaytaman yonidan,
    Kuch olib jismiyuu jonidan,
    Kuzatib kulib, ayvonidan,
    Onamni ko'rgani boraman.

    O'shadir Marhabo,davlatim,
    Eng go'zal farzim-u sunnatim,
    Oyogin ostida jannatim,
    Onamni ko'rgani boraman.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zaychik, hiona, ruxshon, Lily, zahro, Самира, dilnozz, mahfuza, Happy Girl

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #26 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Replied by Самира on topic Jannatim - Onam
    Onajonim sizni sogindim.

    Tunlar boshim uzra allalar aytgan,
    Tangridan bahtim-u, toleim kutgan.
    Endi esa g'amlarimga g'amgusor onam.
    Mening yo'llarimga intizor onam.
    Men kulsam kuldingiz, yig'lasam yig'lab,
    Yiqilsam, yelkam uzra bardosh bo'ldingiz.
    Men bo'lsam omadning ortidan quvib,
    Ketdim uzoqlarga bag'ringiz tig'lab.
    Qaniydi bo'lsangiz hozir yonimda,
    Yelkangizga boshim qo'yib, to'yib yig'lasam.
    Alam-alam dardlarimni aytib yig'lasam,
    Boshim uzra doim mening parvonam,
    Ko'zlari yo'llarimda intizor onam.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770, ruxshon, zahro, Gulilola, Happy Girl

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #27 Самира

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Бахтим болажонларим!

  • Izohlari: 3075
  • Rahmat olgan: 4823

  • Gender: Female
  • Birthdate: 30 Nov 2001
  • Replied by Самира on topic Jannatim - Onam
    ONAJONIM

    Qo’llari qadog’im, dilda ardog’im,
    Kunduzi quyoshim, tunda mayog’im,
    Meni erkalaysiz, deya qarog’im,
    Erta kech boshimda sizsiz parvonam,
    Menga oq sut bergan mehribon onam.

    Oq yuvib, oq tarab o’stirdiz meni,
    Men sizga beroldim aytingchi ne-ni?
    Deysiz, omon ko’rsam bo’lgani seni,
    Gohida yaqin do’st,gohi g’amhonam,
    Menga oq sut bergan mehribon onam.

    Hayotning sinovin barchasin yengdiz,
    Suv kelsa simirdiz, tog’ni yemirdiz,
    O’zizdan farzandni ustun deb bildiz,
    Ovutdingiz meni to’lganda nolam,
    Menga oq sut bergan mexribon onam.

    Sizga ming bor raxmat mexri daryoyim,
    Men yulduz bo’lsam, siz to’lin yuz oyim,
    Toki siz bor meni sovumas choyim,
    Fido qilsam ham kam sizga bu jonim,
    Menga oq sut bergan mexribon onam.

    Шу кунларга етказган Роббимга Хамдлар булсин!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ruxshon, zahro, Gulilola, Happy Girl

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #28 zahro

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 292
  • Rahmat olgan: 305

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by zahro on topic Jannatim - Onam
    Onalarimiz bahtimizga sog bo'lishsin menham onajonimni juda sog'indim @yiglash @yiglash
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Самира

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 8 months ago #29 hiona

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Go'zal hayot o'zi kelmaydi, harakat qilish kerak

  • Izohlari: 1978
  • Rahmat olgan: 1650

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by hiona on topic Jannatim - Onam
    Muhammad Yusufdan:

    Topmoq - yo‘qotmoqdir,
    Yo‘qotmoq – topmoq,
    Sen so‘lib,
    Men yashab,
    To‘lishimga boq.
    Sensiz topganimdan
    Ko‘proq yo‘qotdim –
    Sen meni yupatding,
    Seni yig‘latdim,
    Sen meni yaratding,
    Seni tugatdim.
    Uyalmay ONA deb,
    Kelishimga boq!..
    Sog‘inch haqda she’rlar
    Yozdim o‘zimcha,
    Mendan peshonangda
    Dog‘lar tizimcha.
    O‘g‘il bo‘lmay o‘lay,
    Attangb ming attang.
    Qiz tug‘sang netardi,
    Ko‘proq qiz tug‘sang!..
    Tirgak bo‘lolmadim
    Bitta qizingga
    Uyalmay shoirman
    Deyishimga boq.
    Joningdan aylanay,
    Turgil jonajon,
    Yo‘l qarab bo‘ldimi
    Jigarginang qon?
    Boqma, ko‘zlarimga
    Bemajol, xasta,
    Mening topganlarim
    Gulmi bir dasta,
    Yo‘qotganim senmi
    Endi ONAJON?..
    O‘z etimni o‘zim
    Yeyishimga boq.
    Bilsang yuragimni
    Bir alam elar.
    Buyursang qo‘limdan
    Kelmaydi nelar,
    Ayt,
    Pichan yig‘aymi,
    O‘tin yoraymi,
    Yerni haydayinmi,
    Ko‘k ag‘daraymi?..
    Itdek oyog‘ingga
    Suykalgim kelar –
    Uchib-uchib, mana
    Qo‘nishimga boq.
    Hech narsa kerakmas,
    Bolam, hech deysan.
    Endi kech deysan-da,
    Endi kech deysan.
    Yuzimni bosaman
    Muzday yuzingga,
    ONAJON,
    Zor qilib ketma izingga!
    O‘lim oldida ham
    G‘amimni yeysan,
    Men-chi, jim, taqdirga
    Ko‘nishimga boq.
    She’rim bitdi,
    Xayir,
    Do‘stlar xush qoling.
    Bedil yashamakka
    O‘rganmang menday
    Boring,
    Volidangiz
    Ko‘nglini oling,
    Ertaga
    Kech qolib
    O‘rtanmang menday.
    Qayd etilgan
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: uzbaby, Mukhlisa, Niratsan, ruxshon, OYISHA NUR, zahro, Gulilola, Mushtariybonu, Happy Girl

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 5 months ago - 9 years 5 months ago #30 Mushtariybonu

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Ollohga shukurki ayol bulib yaraldim

  • Izohlari: 717
  • Rahmat olgan: 332

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Mushtariybonu on topic Jannatim - Onam
    Ota va ona! Bu muqaddas nomlar oldida barcha madhiyalar hech narsa emas, barcha balandparvoz maqtovlar o‘g‘illik muhabbati va minnatdorchiligi oldida puch va arzimasdir.
    N. G. CHERNISHEVSKIY
    Jahonning butun g‘ururi onalardan. Quyoshsiz gullar ochilmaydi, sevgisiz baxt yo‘q, ayolsiz muhabbat yo‘q, onasiz shoir ham, qahramon ham bo‘lmaydi.
    M. GORKIY

    Mehri cheksiz, butun dunyoni ko‘kragi bilan boqqan ayolni — Onani sharaflaylik! Insondagi butun go‘zallik quyosh nurlari-yu, Ona mehridan.
    M. GORKIY
    Last edit: 9 years 5 months ago by Mushtariybonu.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #31 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Jannatim - Onam
    Ayol

    Nimalarni o’ylaysan hamon,
    Derazaga suyanib hiyol.
    Mening uchun bo’lgansan armon,
    Dunyodagi eng go’zal ayol.

    G’iybatlar-ku o’zi yo’liga,
    To’g’ri so’zim keldi-ku malol.
    Taslim bo’lding taqdir qo’liga,
    Dunyodagi eng go’zal ayol.

    Mendan kechib sen uni sevding,
    Unga sevging bo’ldi-ku uvol.
    U demadi, sen uni deding,
    Dunyodagi eng go’zal ayol.

    Garchi uning yori quyoshdir,
    Sendek tanho tunlari hilol.
    Xiyonatdan ko’zingda yoshdir,
    Dunyodagi eng go’zal ayol.


    Mendan so’rma baxtlimisan deb,
    Sensiz menga baxt amri mahol.
    Sensizlikka chidayman sen deb,
    Duyodagi eng go’zal ayol.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #32 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Jannatim - Onam
    Ayol bardoshi...!

    G’amgin ayol,hokisor ayol…!
    Yostiq quchib o’tirar yolg’iz,
    Yillaridan jabri bor ayol..!
    Yuzlarida ajinlardan iz..

    Shamol o’ynar parda chetini,
    Izg’irinlar tilaydi bardosh..
    Dard kemirar ayol etini..!
    Ko’zlarida qotib qolgan yosh..!

    Ayol buncha nimadan g’amgin.?
    Axir nedan buncha hokisor..?!
    Yoki ishqlar bildirib dilgin..!
    Biror kimsa etmagan izhor..

    Yo’q!yo’q bo’lgan vaqtida uning,
    O’z oilasi,suygan yo’ldoshi,
    Yuzlariga tabassum berib,
    Tunlarida bo’lgan sirdoshi..!

    Taqdir asli emas bir tekis,
    Degan ekan qaysidir kosib,
    Qoldi ayol dardini yutib.
    Qo’ydi yori o’zini osib..!!

    Qarindoshlar bo’ldi uzoqroq,
    Ayol nomi bo’ldi behosiyat.
    Yuraklari tuygancha titroq!
    Qolmadi-ku,uzlatda niyat.

    Ancha yillar o’tdi oradan…
    Topdi ayol jamiyatda o’rnin,
    Ammo, lekin shuncha saradan,
    Topolmadi birorta tengin..!

    Qancha yillar,qancha og’riqdan,
    O’ta oldi ayol idroki..
    Izlamadi mag’rib-mashriqdan,
    O’z tengini ayol hattoki..!

    Ko’cha kuyda ayol qaddini,
    Tutib yurar go’yoki hisor..
    Yupatolmas..lekin dardini,
    Tunlarida ayol hokisor..!!

    Muallif:EL_SHaFeY

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #33 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Jannatim - Onam
    Muqaddas ayol

    Oshiqlaring poyingga gul otib ham bo’ldi,
    Xilvatlardan labingdan bol totib ham bo’ldi.
    Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo’ldi,
    Sen bari bir muqaddassan,
    Muqaddas Ayol!

    Avval: “Kel-ey. Quchog’imga to’l, balq”, dedilar,
    Unamading, ayol o’zi ters “xalq” dedilar.
    Icholmagach va o’girib sho’r, talx dedilar,
    Sen bari bir muqaddassan,
    Muqaddas ayol!

    Sen daryosan, o’pganini qirg’oq yashirar,
    Juftim bo’l,-deb chopganini har toq yashirar,
    Jannatim,-deb quvonmasdan qumloq yashirar,
    Sen bari bir muqaddassan,
    Muqaddas Ayol!

    Asli bu bor ermaklarning borar yeri Sen,
    Rostu yolg’on ertaklarning borar yeri Sen,
    Asov otday erkaklarning borar yeri Sen<
    Sen bari bir muqaddassan,
    Muqaddas Ayol!

    Chorlashganda sen kelsang, goh bekor kelsang-da,
    Mast davraga bir sarin yel, bir tor kelsang-da,
    Xor kelsang-da, nomardlarga goh xor kelsang-da,
    Sen bari bir muqaddassan,
    Muqaddas Ayol!

    Qimtinasan, astagina ko’tarasan bosh,
    Ming yillikdir ko’zingdagi jovdiragan yosh,
    Gunohkorlar mingu bitta Senga tegar tosh,
    Sen bari bir muqaddassan,
    Muqaddas Ayol!
    Harir, xushbo’y badaningda toshlar izi bor,
    Ko’kragingda egilgan ne boshlar izi bor,
    Quyosh izi, kuydirgan quyoshlar izi bor,
    Sen bari bir muqaddassan,
    Muqaddas Ayol!

    Halima Xudoyberdiyeva
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #34 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Jannatim - Onam
    МУШТИПАР ОНАНИНГ КЎЗ ЁШЛАРИ
    Бу воқеани заргарлик дўконларидан бирида ишлайдиган танишим ҳикоя қилиб берган эди. Ҳайит байрами куни чиройли кийинган бир йигит дўконимга хотинини етаклаб кириб келди. Уларнинг орқасида гўдак болани қўлида кўтариб олган кекса онахон кўринди. У дўкон остонасидан ичкарига бир икки қадам киргач, ундан уёғига ўтмасдан пойгакда туриб қолди. Билсам, бу қария мазкур йигитнинг онаси, қўлидаги бола эса унинг набираси экан.

    Ҳалиги одамнинг аёли турли-туман қимматбаҳо жавоҳир буюмлар териб қўйилган ойнали пештахталар ичига гўёки шўнғиб кетиб, улардан бошини кўтаролмай қолди. Кўзига яхши кўринган ҳамма нарсани қўлига олиб, бўйнига, қўлларига тақиб кўрар, эрига ҳам “қалай” дегандек кўрсатарди. Шу тариқа, у нархига парво ҳам қилмасдан анча нарсани харид қилиб қўйди.

    Танлайдиганини танлаб бўлгач, эрига имо қилган эди, у: “неча пул бўлди?”, дея югуриб олдимга келди. Ҳисобни кўриб, қўрқиб кетади деб ўйлаган эдим.

    – Жами йигирма беш миллион бир юз етмиш минг, сўм бўлди...
    – Ие, “бирюз етмиш минг”и қаттан келди, ока? – деди у пешонаси тиришиб... – ҳисобни тўғри қилинг...
    – Ҳа-а-а, ҳалиги,.. онангиз бир юз етмиш минг сўмлик кичкина узук олгандилар...

    Шу пайт кўз ўнгимда ғалати ҳодиса юз берди. Бояги киши қани ўша узук дея, харид қилинган бир талай тилла буюмлар ичидан узукни олиб, олдимга улоқтириб, “кампирларга нима бор экан, тилла тақиб(!)”, деди. Бу ҳолатдан титраб кетдим.

    Онаси унинг гапини эшитгач, йиғлаб, дўкондан чиқиб кетди. Дўконнинг ойнаванд деворидан уни кузата бошладим. У ўғлининг машинасига бориб, маъюс ҳолда ўтирди. Бўғзимга бир нарса қадалгандек бўлди. Унга раҳмим келиб кетди. Қаршимда гўёки, ўз онам беҳурмат қилингандек бўлди.

    Шу пайт бояги бойваччанинг ҳонимафандиси қўлларини пахса қилиб, эрини койий кетди. - Нима қилардиз, а шунақа қилиб?.. Уфф, шу етми турувди. Шу қиганизга энди, ўғлизга қарамай қўйсалар нима бўлади, а?!.. Ким кўтариб юради, энди болани?.. Ман кўтармиман-у ахир!!!

    Субҳаналлоҳ... Анави кекса аёл қайнонамиди ўзи, ёки хизматкор?.. Ҳайратдан ёқамни ушлай дедим.

    Охири, сабрим чидамасдан ҳалиги одамга танбеҳ беришга мажбур бўлдим. Жуда ҳам хунук иш қилдиз-да биродар, - дедим. Шунча пул сарфлаганда, биттагина арзон узук нима эди,.. шунинг учун бунчалик пасткашликка бориш керакмиди? Энди, бориб, ойингизни кўнглини олинг дея насиҳат қилдим.

    Йигит машинада ўтирган онасининг олдига бориб:

    - Хоҳласангиз ўша узукни ола қолинг, ойи-и!.. Бўлди қилинг, энди, намунча?!.. – дея тўнғиллади.
    - Йўқ!.. ҳеч нарса керакмас, деди онаси. Шунчаки, ҳамма каби мен ҳам байрам сабабли хурсанд бўлишни хоҳловдим холос. Гап, узукда эмас, кўнгилда болам!.. Баҳонада қадрим қанчалик эканини билиб олдим. Қаердан ҳам ўша узукни олмоқчи бўлдим-а… Аллоҳ кечирсин сени болам, ҳайит куни хурсандчилигимни ўлдирдинг...

    Шу пайт, беихтиёр кўзимга ёш келди. Ич-ичимдан эзилиб кетдим. Бу нуроний, муштипар онаизорнинг чил-чил синган дилига малҳам топишга ожиз эдим.

    Бу воқеани эшитиб, менинг ҳам кўзларим ёшланди. Наҳотки, одамлар ўз ота-оналарига нисбатан бу қадар бемеҳр бўлиб кетишган бўлса!.. Ота-онани хор қилиш шунчалик бўладими? Мурғак гўдаклик чоғимиздан бошлаб то улағайиб, ўзимизни эплайдиган бўлгунимизга қадар емай едириб, киймай кийдирган, бизнинг роҳатимиз учун неча уйқуларини ҳаром қилган, бутун умрини, соғлигини бизларга бахшида қилган ота-оналаримизга ташаккуримиз, муносабатимиз шуми? Яхшиликнинг жавоби наҳот шундай бўлса?.. Ота-онасини бошидаги тож, бирисини ой, бирисини қуёш деб билган олийжаноб халқимизнинг асл қадриятлари қайларда қоляпти?.. Наҳотки, келинларимиз ҳам биттагина қайноналарини Аллоҳ учун, ёки бундай тушунча уларга бегона бўлса, ҳеч бўлмаганда ўз эрларининг ҳурмати учун кўнглини олишни, ҳурматларини жойига қўйишни ўзларига эп кўролмайдилар?!.. Агар эр ўз ота-онасига бепарво бўлса, уни тўғри йўлга солиш аёл кишидан вожиб эмасми?!..

    Қайтар дунё, дейдилар. Эрта бириси кун улар ҳам ўғил уйлантириб, қайнона бўлганларида, ўзларига нисбатан шундай муомала қилинса, чидай олармиканлар?!.. Охиратдачи, охиратда ота-онасига бемеҳр ва бепарво фарзанднинг оқибати не бўларкин...

    Ота-онага яхшилик қилиш фарз, уларни ранжитиш, дилларини оғритиш эса гуноҳи кабирадир. Ота-онани йиғлатиш, гуноҳга буюрмаган ҳолатда итоат қилмаслик, дилларини оғритиш, кексайганларида яхшилик қилмай, ёрдам бермай ташлаб қўйиш, чунончи қарияларга уйига олиб бориб қўйиш, дўстни отадан, хотинни эса онадан устун қўйиш ҳам ота-онага оқ бўлиш жумласидан ҳисобланади.

    Жаноби Ҳақ таоло марҳамат қилиб, буюради (маъноси):
    “Раббинг, ёлғиз Унинг Ўзига ибодат қилишларингизни ҳамда ота-онага яхшилик қилишларингизни амр этди. Агар уларнинг (ота-онангизнинг) бириси ёки ҳар иккиси сенинг қўл остингда кексалик ёшига етсалар, уларга қараб “уф” тортма, уларни жеркма. Уларга (доимо) яхши сўз айт! Улар учун меҳрибонлик билан, хорлик қанотни паст тут – хокисор бўл ва: - “Парвардигорим, мени гўдаклик чоғимдан тарбиялаб-ўстирганларидек, сен ҳам уларга раҳм-шафқат қилгин”, деб (ҳақларига дуо қил)!”. (Исро сураси, 23-24 - оятлар)

    Тошкент шаҳар Шайхонтохур тумани бош имом-хатиби Одилхон қори Исмоилов

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #35 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Jannatim - Onam
    Ота онамизнинг борлиги бахтдир

    Бир куни мени амаким йуклаб чакирди: -Ахмад… тайёрлан, биз кишлокка борамиз. Бувингни бериб куйдик-дедилар. Биз кишлок томон йул олдик, лекин амаким бир менга бокар.. бир йигларди. Кишлокка етиб бориб, хонадонга кириб борганимизда хонадаги аёллар менга якин келиб йиглаб юборишди. Холам зурга мени кулимдан ушладида: -Юр, Ахмад… ичкарига кир-деди. Биз ичкари хонага кирдик. У ерда оппок кафанга уралган 4 киши ётарди. Холам хар бир майитни аста юзини очиб чикдилар. Кузларимга ишонмадим… Ерда мени энг севимли ва бахтли оилам ётарди…. Хайратланганимдан хатто куз ёши чикмади.. ярим соат уларга тикилганча уйланиб колдим. Аклимга сигдиролмадим. Ёнимдаги аёллар эса йиглаганича менга тикилиб утиршарди. Кимга биринчи боришни билмай.. биринчи булиб оппок кафанда ётган отамни кучокладим… кейин онагинамни.. онаи зоримни.. синглимни… укамни… Уларга тикилганча аклимга сигдиролмасдим, нега улар жонсиз.. кузёшларимни тиёлмасдан савол берардим: -Нима учун ?! Шу пайт амаким кирди хонага ва: -Ахмад, вакт булди, энди уларни олиб кетамиз-дедилар. Кузларимда ёш билан, калтираган лабларим билан уларни яна бир оз колдиришни сурадим. Беш дакика булса хам… Бу беш дакика мени оилам билан булган охирги дакикам эди. Канчалар улар билан ёнма-ён ётишни истаганимни билсангиз эди.. мен хам ер багрига киришни истадим. Мана кулимга бир ёшгагина тулган сингилчамни олиб мозор тараф йулландим. Мозорга боргунимча ундан кузларини очиб мен билан гаплашишидан умидимни узолмадим. Лекин насиб килмаганди. Мен уни тупрок карига кумдим. Кузим олдида кабр устига тупрок тортишаркан.. аста секин ер карида колиб кетаётганини куриб турардим. Кейин укамга гал келди… ман энди бошка караб туролмайман уларни ер карига кумишларига…. Хона ичкарисига кириб олиб оилам хакида уйлаб йиглаяпман. Энди мен синглимни уйнатолмайман, укам билан нималарнидир булишолмайман. Отам мени энди койимайди.. телефонимдан эса мен Онагинам деган сузни бошка курмайман. Эй однодаги биродарларим… Энди мени уша бахтли оилам йук. Шунчаки 19 ёшли успирин бу коронгу дунёда ёлгиз колиб, энди нима килишини билмайди, ким учун яшашини билмайди. Факат хар куни умид киладики, унинг хам гали келиб, уз севимли оиласи олдига боришини.. Эй инсонлар! Нега сиз хар доим муаммолариздан нолийсиз ? Пул етмаяпти! Киммат кийим ололмаяпман ! Нексиямни ласетти килолмаяпман! Нега шукурлар килмайсизки, шундай бахтли оилангиз омонлигига ? Ахир бу бизнинг бахтимиз, киммат кийим, машина, давлат.. мол мулк эмас!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Layloshka

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #36 dilnozz

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic Jannatim - Onam
    Bu yerdagi postlarni o'qib .ko'zlarim yoshga to'ldi :rah# @yiglash @yiglash @yiglash

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #37 dilnozz

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Bahtliman....

  • Izohlari: 2870
  • Rahmat olgan: 1783

  • Gender: Male
  • Birthdate: 07 Dec 2014
  • Replied by dilnozz on topic Jannatim - Onam

    zakiya wrote: Bozorga chikibdi kulpinay,
    Etkazdi, Xudodan aylanay,
    Ilinib, ilinib olvolay,
    Onamni korgani boraman.

    Ishlarim yo'limni to'ssa ham,
    Poyimda tikanlar o'ssa ham,
    Bir dasta gul olib bo'lsa ham,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Kirsam ham ikkita non bilan,
    Bag'riga bosadi jon bilan,
    Aytadi "Keldingmi jon bolam"?
    Onamni ko'rgani boraman.

    Bo'linib, har kim o'z yo'liga,
    Tashladik kelinlar ko'liga,
    Yalinib yashar o'z o'gliga,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Kiyinib, ohorli, sarishta,
    Bormayin eski,chang kovushda,
    So'zlayin eng mayin tovushda,
    Onamni ko'rgani boraman.

    O'tiray bemalol yozilib,
    Kolmasin tashvishim sezilib,
    Yurmasin yuragi ezilib,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Aytmayin bolamning g'amini,
    Bildirmay ro'zgorim kamini,
    O'chirmay yuragin shamini,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Akamning yahshisin oshiray,
    Ukamning aybini yashiray,
    Kuvnatib mehrini toshiray,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Uy talash-mol talash kilmayin,
    "Unga ko'p, menga oz" demayin,
    Boshini ogritib kelmayin,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Erkaly "Oymomam, ozimni,
    Kuvnatib turasiz ko'zimni",
    Kuladi eshitib so'zimni,
    Onamni ko'rgani boraman.

    "Hammadan go'zalsiz", deb aytay,
    So'ligan ruhini yashnatay,
    Kuldirib-kuldirib yayratay,
    Onamni ko'rgani boraman.

    Nurlanib kaytaman yonidan,
    Kuch olib jismiyuu jonidan,
    Kuzatib kulib, ayvonidan,
    Onamni ko'rgani boraman.

    O'shadir Marhabo,davlatim,
    Eng go'zal farzim-u sunnatim,
    Oyogin ostida jannatim,
    Onamni ko'rgani boraman.




    O'zbekistonda bo'lganimda onamni ko'rgani borardim. @yiglash @yiglash @yiglash @yiglash @yiglash
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: begoyim, muslima1

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #38 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Jannatim - Onam
    Shakkoklik emasdur kechirsin OLLOH
    Ammo inson uchun Ona chin panoh
    Onani ranjitmoq eng og'r gunoh
    Munisim anisim Onajonginam


    Qismat sizga g'amni ravo kurgandi
    Shuni ham kurolmay kimlar urtandi
    Qoyalar bardowni sizdan urgandi
    Yagonam azizim Onajonginam
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Layloshka

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #39 Nigora2013

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Boyliklarim Bolalarim.

  • Izohlari: 4259
  • Rahmat olgan: 3284

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 02 Jun 2032
  • Replied by Nigora2013 on topic Jannatim - Onam
    АЁЛ.....
    Бешик кучиб аллалар айтган,
    Хар тукканда ýлимдан кайтган,
    Гул ифорли нозик гулбадан
    Сен дунёга кераксан, АЁЛ.

    Сен бýлмасанг эркаклар хароб,.
    Орзу, умид, эртаклар сароб,.
    Майли баъзан берсанг хам азоб,
    Сен дунёга кераксан, АЁЛ.

    Корасанми ёки ок, сарик,....
    Семизсанми ё ýрта, орик,...
    Бýлсин майли товонинг ёрик,...
    Сен дунёга кераксан, АЁЛ.

    Хар бир миллат яшнаши учун,
    Кýркмай кадам ташлаши учун,
    Хар замонда, хар кеча, хар кун,...
    Сен дунёга кераксан, АЁЛ.

    Сен куёшсан мехрга тýлган,
    Сен бир гулсан, каровсиз сýлган,
    Опа, сингил, она, киз бýлган,
    Сен дунёга кераксан, АЁЛ.

    Сахрода-ю, чаман богда хам,...
    Яхши кунда, юрак догда хам,
    Сочинга ок тушган чогда хам,..
    Сен дунёга кераксан, АЁЛ....!
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mohi, muslima1

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 2 months ago #40 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic Jannatim - Onam
    hlopok

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.700 seconds

    Kitob do'koni