Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

bolalarda kamqonlik

7 years 2 months ago #21 mavluda1492

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • IT'S LIFE

  • Izohlari: 749
  • Rahmat olgan: 435

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 14 Sep 1992
  • Replied by mavluda1492 on topic bolalarda kamqonlik
    Muslima har xil usuldan foydalandim lekin i4mayabdi dorini qizil rangni ko'riwi bn i4iwni hohlamayabdi. Nonga surib ham berdim bulmadi. Iwtaha o4adigan vit lar bersam bulmasmikan nima deb o'ylaysiz? Keyin har kun jigar piwirib bersam qoni ko'paymasmikan hozir ozgina jigar yedi

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    7 years 2 months ago #22 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic bolalarda kamqonlik
    Vitamin C bering sevikapni ham qusib tashlaydi dedizku

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: mavluda1492

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    7 years 2 months ago #23 mavluda1492

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • IT'S LIFE

  • Izohlari: 749
  • Rahmat olgan: 435

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 14 Sep 1992
  • Replied by mavluda1492 on topic bolalarda kamqonlik
    Gino Tardiferon tarkibida foliy kislotasi mavjud bo'lgam tabletka oldim. Temir tanqisligida qo'llanadigan dorilarni i4ida narx bo'yichayam arzonroqi( eng arzoni emas) wu ekan. Muslima siz aytgan ferropleksni topolmadim b u dori Fransiyaniki ekan. Uwbu dorilarni tasiri bir xil bo'lsa keraga?

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    7 years 2 months ago #24 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic bolalarda kamqonlik
    Ha tarkibi o'xshash ekan Alloh shifo bersin!

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: mavluda1492

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #25 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Replied by Ummu Maryam on topic bolalarda kamqonlik
    Bolalarda kamqonlik

    Hozirgi kunga kelib ekologik muhitning yomonlashuvi, kundalik iste’mol qilinayotgan mahsulotlarda kerakli darmondorilarning yetishmasligi natijasida bir qancha kasalliklaryuzaga kelmoqda.

    Bugun ana shunday kasalliklardan biri bo‘lgan kamqonlik ya’ni, anemiya haqida to‘xtalmoqchimiz. Qon tarkibidagi gemoglobin miqdorining pasayib ketishi kamqonlik kasalligiga sababbo‘ladi. Miyaga kislorod yetkazib berish esa aynan qondagi gemoglobinning asosiy vazifasidir. Bu kasallik bilan og‘rigan bemorlarda turli infeksion xastaliklarga chalinish xavfi yuqoribo‘lib, uni tezda bartaraf etish qobiliyati past bo‘ladi. Qon tarkibida organizmning hayotiy o‘sib rivojlanishi uchun muhim bo‘lgan oziq moddalar mavjud.

    bolalarda kamqonlik

    Kamqonlik (anemiya)ga chalinmaslik uchun qondagi gemoglobin miqdorining me’yorda bo‘lishiga ahamiyat bering hamda kundalik taomnomangizni temir moddasiga boy bo‘lgan mahsulotlar bilan boyiting.

    Ushbu kasallik bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Bemor bolalar o‘z tengdoshlaridan aqliy qobiliyati past­ligi sababli ortda qola boshlaydi. Kamqonlik bolaning dars jarayonida vazifalarni yaxshi o‘zlashtira olmasligi, uyquchanlik, xotiraning pasayishi, tez kasallikka chalinishi, bosh og‘rig‘i va boshqa shu kabi ko‘rinishlarni yuzaga keltirishi mumkin.

    Bolalarda kamqonlik kasalligini tezda aniqlash va uni vaqtida davolash zarur. Ularning o‘z vaqtida ovqatlanishi, vitaminlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilishi kelajakda sog‘lom bo‘lib voyaga yetishini ta’minlaydi.

    Shuningdek, kamqonlik kasalligi ayollarda homilaning normal yetilishiga va sog‘lom rivojlanishiga ta’sir etib, tug‘ish paytida kuzatiladigan asoratlarning ko‘payishiga olib keladi. Bundan tashqari, temir tanqisligi, ya’ni kamqonlik aniqlangan ona tug‘ilajak farzandiga yetarli miqdorda temir zahirasini bera olmaydi. Oqibatda chaqaloq ruhiy va jismoniy rivojlanishdan ortda qoladi.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #26 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Replied by Ummu Maryam on topic bolalarda kamqonlik
    Kamqonlik belgilari

    Kamqonlikning belgilari quyidagilar:

    Terining quruqlashishi, og‘iz burchagining va tovonning yorilishi, sochning tez sinishi va to‘kilishi, tishlarning mo‘rt bo‘lib yemirilishi, tirnoqlarning yup­qalashishi, ko‘chishi va sinishi, tirnoq shaklining o‘zgarishi, hid sezishda (quruq yerdan suv sepilganda chiqadigin hid, shuningdek, kerosin, benzin, tamaki, mashina motoridan chiqadigan hidlarni yoqtirish) va ta’m bilishda (kesak, gilvata, choy shamasi, xom go‘sht, makaron, guruch yeyishga moyillik) kabi o‘zgarishlar kuzatiladi.

    Temir moddasi tabiiy holda oziq-ovqatlar tarkibida yetarlicha mavjud. Faqat temir moddasini ko‘p tutadigan va insonga zarur bo‘ladigan oziq-ovqatlardan yetarli miqdorda yoshlikdan boshlab, uzluksiz iste’mol qilinsa bo‘lgani.

    Chaqaloqlarda uchraydigan kamqonlikni davolash qanday amalga oshiriladi?

    Bugungi kunda yosh bolalar va chaqaloqlarda uchrayotgan kamqonlik kasalligining kelib chiqishiga bir qancha omillar sabab bo‘lmoqda. Avvalo homiladorlikni rejalashtirish davrida bo‘lajak onani sog‘lomlashtirishga ahamiyat berish lozim. Ona organizmidagi har bir o‘zgarish bolaga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shu sababli homilador ayol o‘z salomatligi haqida jiddiy qayg‘urishi lozim. Bo‘lajak onaning kondagi gemoglobin miqdori kamida 120 g/l ni tashkil etishi lozim.

    Chaqaloqlardagi kamqonlik sabablari

    Chaqaloqlardagi kamqonlikning kelib chiqishiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

    Bolani noto‘g‘ri ovqatlantirish;
    bola me’da-ichak kasalligi bilan og‘riganda;
    sun’iy ovqatlantirish davomida;
    chala tug‘ilgan chaqaloqlarda;
    o‘tkir infeksion kasalliklarga chalinganida va hakozo;
    bola organizmi temir moddasini yaxshi o‘zlashtira olmasligi natijasida temir tanqisligi yuzaga kelishi mumkin.
    Chala tug‘ilgan chaqaloqlarga me’yorda o‘sib rivojlanishi uchun 2 oy davomida qo‘shimcha ravishda Ye vitamini berib boriladi. Chaqaloqlarga dastlabki 2 oy davomida temir preparatlari berish tavsiya etilmaydi. Sababi chaqaloq organizmi hali judayam nimjon, yangi hayotga hali to‘liq moslasha olmagan bo‘ladi. Bu davrda o‘ziga kerakli bo‘lgan ozuqani faqat ona sutidan oladi. Juda zarur holatlarda shifokor maslahati bilan temir preparati kichik miqdorda berilishi mumkin. Kamqonlik bilan tug‘ilgan chaqaloqlarga 2 oy bo‘lganidan so‘ng unga temir preparati berish mumkin.

    Bu kasallik chaqaloqning ota-onasidan irsiy gemolitik kam­qonlik sifatida ham o‘tishi mumkin. Chaqaloqlarning gemorragik kasalligi esa – vitamin K va qon ivishini ta’minlovchi omillarning yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadi.

    Gemorragik kasalliklarda chaqaloq tug‘ilgandan so‘ng vitamin K preparati shifokor tekshiruvi ostida amalga oshiriladi.

    Homiladorlik davrida bo‘lajak ona o‘zining gemoglobin miqdorini me’yoriy holatga keltirib olsa, tug‘ilajak bolada kamqonlik kasalligi bilan chalinishining oldi olinadi. Buning uchun taomnomada gemoglobin miqdorini oshiruvchi mahsulotlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.476 seconds

    Kitob do'koni