Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

chaqaloqlarda uchraydigan kasalliklar haqida

5 years 5 months ago #41 Dilnozaxon

  • Platinum Member
  • Platinum Member

  • Izohlari: 604
  • Rahmat olgan: 704

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Mahliyo, shu qizingizni orqasidagi narsa allergiyadan degan fikr aylanib kelaveryapti. Pampersni qancha muddat taqmay ko'rdingiz. Allergenning ta'siri 2haftagacha organizmda saqlanadi. Mesoo aytganlariday, beshikka belab ko'rsangiz, yaxshilanib ketarmidi deyman.
    Ha, yana Samira opamning tavsiyalariga ham qo'shilaman, smekta ichaklarni yaxshilash bilan birga allergiyaga qarshi vosita sifatida shifokorlar yozib berishadi. Allergiyaning asl sababi shu ichaklar bilan ham bog'liq
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #42 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • pampersni 10kun butunlay taqmadim, boshqa kunlari esa ertalab soat 7dan kechki soat 21gacha ishtonchada yurgakladim, keyin kechasiga yana pampers taqib quydim, xa pampersni almashtirdik onlem degan pampers taqyabmiz, lekin usha pampers taqmagan paytimiz ham rosa yomon qizarib ketaverdida, pampers taqib nistatin surkaganimizda yaxshi bulyab turgandi salgina, shu 2kundan beri yana avvalgidek JUDAYAM yomon qizargan, va qizil ishgan narsalar bn qoplangan qizargan terisi usti, beshikda yotkizganimiz yuq, uyimiz havosi jaaa issiq emaligi uchun beshikka bag'lagani qurqyabman, beshikda terlab keyin kasal bulib qolmasin deb, pampers alishtirsam ham spiralli pechkamizni tagiga yotkizib, tezlik bn alishtirib olaman

    smektani duxtir yozib beradimi, ichaklar va allergiyani davolash uchunmi, qancha muddat ichishi kerak


    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago - 5 years 5 months ago #43 mesoo

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 397
  • Rahmat olgan: 692

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • pampers taqmagan vaqtingizda nimadan foydalandiz?
    agar pampersi yo'q deb yo'rgaklashda plastik paketlardan foydalangan bo'lsangiz unda pampers taqqandan hech qanaqa farqi yo'q ikkisida ham bolani badaniga havo tegmaydi va qizarishda davom etaveradi..
    meni kichik qizim ham yaxshi pampers ishlatishimizga qaramasdan qizarar edi birinchi oylarda, kechqurun cho'miltirib, margansovkali suvda chayib, beshikka yotkizardim 2 kunda qizarishlari o'tib ketadi.
    qaytanga sovuqda beshik yana ham qulayroq bo'ladiku.. ham issiqqina yotadi ham toshmalar toshimaydi..
    beshikda yotgan bola asosan emayotganida terlaydi ustini qalinroq o'rab boshini sochiqcha bilan artib olsangiz bo'ldi.
    Last edit: 5 years 5 months ago by mesoo.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #44 Dilnozaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 604
  • Rahmat olgan: 704

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Ha, smektani shifokor bilan maslahatlashmasdan ichirmaganingiz ma'qul.
    Qancha muddat ichish kerakligini, afsuski, bilmayman, lekin aniq bittada yaxshilanmaydi. Aniq dozasini shifokor kichkintoyning ahvoliga qarab yozib beradi. Shifokorga ko'rsating, Mahliyo, davolovchi shifokorga, poliklinikadagilarga emas. Men o'zim allergikman, davolanishni hech oxiriga yetkazolmayapman. Ichakni davolash kerak, maz faqat qizarishnigina to'xtatib tura oladi. Allergiyani davolamaydi.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #45 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • salom tunda uyqusi qochib, forumga kirib qolsalaring javob yozarsizlar, hozir qizimga istima chiqibdi 38, parasetamol bersam bularmikin yoki anorni pustlog'ini damlab quydim uyam istima tushirishga edi ushani bersam bularmikin, 1-marta istima chiqishi nima qilishni bilmayabman


    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago - 5 years 5 months ago #46 mesoo

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 397
  • Rahmat olgan: 692

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • ko'p-ko'p emizing. sirkaga lattani tekkizib qorinchasi va qo'ltiqlari tagini arting.
    agar judaa tushmasa svecha qo'ying. hali juda kichkina-ku qiziz, sal narsaga tezda dori qilaversangiz ichki a'zolarini ishdan chiqazasiz. sal sabr qilib kuting.. Alloh qizingizga shifo sizga sabr bersin.
    Last edit: 5 years 5 months ago by mesoo.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Самира, Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #47 uzbaby

    • Administrator
    • Administrator
    • Sizning xizmatingizdaman!

  • Izohlari: 2597
  • Rahmat olgan: 4666

  • Gender: Female
  • Birthdate: 07 Jul 1981
  • Mesoo 20 ball ketdi
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: mesoo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #48 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Replied by sevarushka on topic Onlayn suhbatlar
    Zahroxon bormisiz. Olloh shifosini bersin. Tezroq sog‘ayib ketilar. Qiziz Samiraxon ham yaxshi b.b ketdimi? Allergiyasi tuzaldimi? Nima bn davoladiz keyin. Shu haqida ham ma‘lumot yozib qoldirsez bo‘larkan. Hozirgi kunda Bolalarda ko‘p uchrayapti.


    dugonajon savolizga shu yerda javob yozsam, allergiyani sababi...tug'ma allergiya ekan qizimniki chunki homiladorligimni 8-oyida uzimda allergiya bulgandim, duxtirga aytganimda diazolin ichishni tavsiya qilgan edi, homilador qizlarimizga maslaxatim kimda shunaqa bulsa, allergologga borib davolanishsin ekan, balki manam davolanganimda qizimga utmagan bularmidi, oldin ham yozgandimku bu homiladorligimda dori ichmadim deb, yodomarin va qon kupaytiradigan dorilar, vitaminlar ichmadimda, allergiyani sababi topish uchun allergologga qon topshirishimiz kerak ekan, nimadan allergiya bulyabturganini aniqlab berarkan, hozircha topshirolganimiz yuq,
    pampers urni haliyam qizargan, har pampersini ochganimda furatsiliinnli suvga yuvib, 2mahal LORENDEN S mazini va qolgan mahaliga SINAFLAN VA NISTATIN mazini surkayabman sal ocharyabdi lekin ichi kelsa yana qizarib ketyabdi, aytdimku qizimni axlati yomon chiqibdi deb, manimcha shu axlati qizartiryabdi tagini


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: sevarushka, ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #49 Pazandaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1123
  • Rahmat olgan: 1518

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Mahliyo qizizga Alloh shifo bersin. Sog'ayib ketinglar. Analiz topshirib nima allergiya bervotganni bilsayiz bo'ladi. Hozircha siz qizil narsalar-pomidor, qizil sabzi, kompot, ikra....lar yemay turing. Qizil narsa allergiyani qo'zgatishi mumkin.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Zahroxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 5 months ago #50 uzbaby

    • Administrator
    • Administrator
    • Sizning xizmatingizdaman!

  • Izohlari: 2597
  • Rahmat olgan: 4666

  • Gender: Female
  • Birthdate: 07 Jul 1981
  • Pazandaxon 20 ball
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Pazandaxon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 2 months ago - 5 years 2 months ago #51 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • qizimni qizargan joylari allergiya yoki pampersdan emas ekan, chunki tomog'ini tagi, og'zini atrofi, qulog'ini orqasi, sonini old tomoni ham qizargan, lekin kuti qizarme quydi alhamdulillah, bizdagi qizarishlar, kuz og'rishi, ichi kup kelishi hamma hammasi STAFILOKOK infeksiyasidan ekan


    Ichakka infeksiya tushishi haqida ma`lumot bersangiz. Stafilakokk infeksiyasining paydo bo`lishiga sabab nima? Bu holatda antibiotiklarsiz muolaja qilsa bo`ladimi? Menda antibiotiklarga ta`sirchanlik bor, disbakterioz boshlanadi.

    Sayyora SOLIEVA, Toshkent shahri


    Abdumurod KATTAQULOV, oliy toifali shifokor-infeksionist:

    — Infeksiyalar inson organizmining ichak a`zosi yoki qonida bo`lishi mumkin. Uning kelib chiqishi ham shunga ko`ra farqlanadi. Masalan, stafilakokk infeksiyasi kattalar va bolalarga turli yo`llar orqali yuqadi.

    Bolalarda asosan tillarang stafilakokk ko`p uchrashi bilan qayd etiladi. Infeksiyaning mazkur turi tug`ruq vaqti homila qog`onoq suvini yutib yuborishi yoki emizikli ayolning ko`krak sohasidagi turli jarohatlarga tushgan viruslar sabab yuzaga kelishi mumkin. Shu bilan birga, tug`ruq jarayonida tibbiyot xodimlarining sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etmasligi ham infeksiyaga yo`l ochadi.

    Kattalarda esa yuqish yo`llari turlicha. Shunisi qiziqki, ayrim odamlar infeksiya tashuvchi bo`lib, bu haqida o`zi ham bilmaydi. O`zi xastalanmaydi-yu, ammo boshqalarga kasallik infeksiyasini yuqtiraveradi. Infeksiya burun yoki tomoq shilliq qavatida joylashgan bo`lsa, aksirish yoxud yo`tal jarayonida havoga tarqaladi. Infeksiya to`liq sterillanmagan tibbiy asbob-anjomlardan ham yuqishi mumkin.

    Infeksiya «imzosi» ni bilasizmi?

    Stafilakokk infeksiyasi tashqi ta`sirlar, sifati buzilgan oziq-ovqat mahsulotlarida ko`payishi mumkin. Shu bilan birga, gigiena qoidalariga rioya etmaslik ham xastalikka olib keluvchi omildir. Biroq eng muhim «aybdor» bu immunitet! Aynan immun tizimining sust bo`lishi infeksiyalar uchun qulay imkoniyat yaratadi. Aslida og`iz bo`shlig`idan to yo`g`on ichakkacha organizmning himoya to`siqlari mavjud. Agar immunitet mustahkam bo`lsa, har qanday infeksiya mana shu to`siqdan o`tmaydi. Masalan, og`iz bo`shlig`idagi amelaza fermenti kam miqdordagi infeksiyalarni bartaraf etib, organizmga kiritmaydi. Anglaganingizdek, immunitetni chiniqtiring.

    “Qo`li” baland kelsachi?

    Ayrim infeksiyalar juda kuchli bo`lib, immun tizimini oson mahv etadi. Misol uchun, botulizm infeksiyasi organizmga tushishi bilan faollashib, xastalik alomatlarini paydo qiladi.

    Immunitetning susayishi asosan kichik yoshdagi bolalar va 45-50 dan oshgan kishilarda kuzatiladi. Og`iz orqali o`tganda oshqozon ichak traktini shikastlaydi.

    Nimasi xavfli?

    Stafilakokkning epidermalis turi, ko`z, burun shilliq qavatlari, teri va soch ildizida yiringli kasalliklarni paydo qilishi mumkin. Infeksiyaning patogen turi esa meningit, osteomielit (suyak to`qimasi yallig`lanishi) hatto absessga ham sabab bo`lishi aniqlangan. Umuman stafilakokklar ta`sirida organizm ichki a`zolarida har qanday yiringli yallig`lanishlar kuzatilishi mumkin. Ushbu infeksiya o`pka yallig`lanishi yoki yurak klapanlariga ham ta`sir etishi hech gap emas.

    Davolash mumkinmi?

    Agar stafilakokk ta`sirida yiringli kasallik kelib chiqqan bo`lsa, undan namuna olinib, ekma tahlili o`tkaziladi. Tekshiruv xulosasiga ko`ra zarur preparatlar, xususan, penisilin va sefalosporin guruhiga mansub antibiotiklar tavsiya etiladi. Shu bilan birga, shifokor nazoratida stafilakokkga qarshi bakteriofaglar buyuriladi. Muolaja davomida bemor to`g`ri ovqatlanishi, tanaga quvvat ulashuvchi mahsulotlarni iste`mol qilishi, ko`proq dam olishi va kun tartibiga rioya etishi zarur. Tushunganingizdek, infeksiyalarga qarshi muolajada yaxshisi, kasallik ta`tiliga chiqqan ma`qul. Uy sharoitida qorag`at mevasidan tayyorlangan sharbat yoki choylar asqatadi.

    Disbakterioz – chi , u nima bo`ladi?

    Bu holat tashhis emas, ayrim turdagi peraparatlar ta`siridan kelib chiqadigan sindrom, xolos. Bordi-yu uzoq muddat antibiotik qabul qilingan bo`lsa, disbakterioz kelib chiqishi mumkin. Ammo uch kunlik muolaja bundan mustasno. Stafilakokk turiga ko`ra tayinlangan antibiotiklar o`z vaqtida qabul qilinmasa, kasallik yanada avj olishi hech gap emas. Shu bois disbakteriozdan cho`chimay, shifokor bilan bamaslahat ish ko`ring.


    Last edit: 5 years 2 months ago by Zahroxon.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 2 months ago #52 dilimda

    • Qirolicha
    • Qirolicha

  • Izohlari: 2272
  • Rahmat olgan: 1983

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Мени ўғлимда ҳам шунга ўхшаш аломатлар бўлди. Овқати яхши ҳазм бўлмай, қисиш бошланди. Ҳолсизланиб қолди. Докторга кўрсатсам, кечқурун еган овқати яхши ҳазм бўлмаган экан. Кечқурун помидор, олма егани ҳисобига яхши бўлмаган деб ўйладим. Креон, регидрон ичирдим, яхши бўлиб қолди. Болаларда бунга ўхшаш ҳолатлар бўлиб туради. Илоҳим Худо асрасин.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 1 month ago #53 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Bolalarda ich ketishi (diareya) — sabablari, turlari, klinik ko‘rinishlari, diagnostikasi va davolash usullari

    Diareya – najasning suyuq hamda bir kunda 2 martadan ko‘p marotaba kelishi. Bu holat axlat massasining ichaklardan tez harakatlanib o‘tib ketishidir. Deyarli barcha onalar o‘z farzandlarida ich ketish holatlariga duch kelishgan, bunday vaqtda nima qilish kerak: bu holat o‘zi o‘tib ketadimi yoki qandaydir chora tadbirlar ko‘rish kerakmi, balki xalq tabobatidan foydalanish kerakdir.

    Bolalarda ich ketishi sabablari
    Diareyaga sabab bo‘luvchi omillar bolaning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Bolaning yoshiga qarab ichaklarda funksiya buzilishi o‘ziga xos bo‘ladi.

    Ko‘krak yoshidagilarda ich ketishiga sabablar:

    Oshqozon ichak tizimining shakllanishi;
    Tishlar chiqishi;
    Ferment laktoza yetishmasligi;
    Ko‘krak suti bilan oziqlanadigan bollarda ich ketsa, onaning sutiga bo‘lgan reaksiyadir, bunda ona diyetaga rioya etmasa, uning suti suyulib yoki yog‘li bo‘lib ketishi mumkin;
    Qo‘shimcha ovqatni noto‘g‘ri berish;
    Sun’iy ovqatlanishga o‘tish.


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 1 month ago #54 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Har qanday yoshdagi bolalarda ich ketishining tashqi sabablari:

    Sifatsiz mahsulot iste’mol qilganda zaharlanish;
    Ichni yumshatuvchi meva va sabzavotlar iste’mol qilganda;
    Antibiotiklar qabul qilgandan keyin ich ketishi;
    Doimiy stress, asabiy holatlar;
    Gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik; kir qo‘llar, mevalar va sabzavotlarni yuvmay iste’mol qilish;
    Ortiqcha ovqatlanish.

    Diareyaga sabab bo‘luvchi ichki kasalliklar:
    Infeksiyalar: salmonellez, dizenteriya, gastroenterit, rotavirus;
    Oshqozon, qizilo‘ngach, ichaklar shilliq qavati yallig‘lanishi;
    Allergiyalar;
    Oshqozon ichak trakti kasalliklari: yara, surunkali kolit, enterit, qizilo‘ngach axaliyasi, oshqozon osti bezi yetishmovchiligi;
    Ichki gemorroy;
    Disbakterioz;
    O‘sma kasalliklari;
    Gelmentlar, gijjalar;
    Kron kasalligi;
    Buyrak yetishmovchiligi.

    Bolalarda diareyaga sabablar tuli xilda bo‘lishi va u bolaning yoshiga bog‘liq holda o‘ziga xos kechishi haqida bilib oldik. Demak, ich ketishi jiddiy kasalliklar natijasida kelib chiqib, uning davosi ko‘rilmasa, og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, bolalarning ovqatlanish tartibi hamda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etmasligi natijasida kelib chiqadigan diareyalar ko‘p uchraydi.

    Ota-onalarga eslatma: bolalarning psixo-emotsional zo‘riqishi, stress tufayli kelib chiqadigan diareya holatlari – «ayiqchalar» kasalligi deyiladi. Ular qandaydir sabab tufayli bog‘chaga, maktabga borishdan bosh tortsalar, ich ketishini bartaraf etish uchun tinchlantiruvchi vositalardan foydalanish kerak, yoki psixolog huzuriga borish lozim.


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilimda, ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 1 month ago #55 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Diareyaning turlari
    Keltirib chiqaruvchi omil, bola yoshi va diareyaning kechish mexanizmiga asoslanib, patologik holatni o‘ziga xos klassifikatsiyasi bor. Shifokorlar uchun bu klassifikatsiya tashxis qo‘yish va davolash uchun qulay hisoblanadi.

    Keltirib chiqaruvchi sababga ko‘ra
    Infeksion

    Har qanday infeksion kasallik bo‘lishi mumkin: dizenteriya, salmonnelez, ovqatdan zaharlanish, virus, amyobioz. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qish mavsumida virusli ich ketishlar ham ko‘p kuzatiladi. Kasallikning inkubatsion davri bir necha kunga cho‘zilishi mumkin. Hammasi qayt qilishdan boshlanadi, so‘ng ich ketadi, natijada tana harorati ko‘tariladi, bosh va mushaklarda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi. O‘rtacha davomiyligi 1 haftani tashkil etadi.

    Alimentar

    Asosiy sabab – uzoq muddat ovqatlanish tartibi va tarkibining buzilishidir. Vitaminlar kam bo‘lgan mahsulotlar, ovqatlarga allergiyalar va ba’zi dori preparatlariga bo‘lgan allergiyalar bolaning ichi ketishiga sabab bo‘ladi.

    Dispepsik

    Ovqat hazm qilish tizimidagi kamchiliklar — jigar, oshqozon, ingichka ichak, oshqozon osti bezi sekretsiyalarining kam ishlab chiqarilishi.

    Toksik

    Bunga sabab jigar, buyrak yetishmovchiliklari yoki zaharlanish (otravleniye), ko‘pincha mishyak yoki simobdan zaharlanish natijasida ich ketishi.

    Medikomentoz

    Antibiotiklarni uzoq muddat qabul qilish natijasida (kam hollarda boshqa dori preparatlari) kelib chiqadigan diareya. Bunda ichak mikroflorasi buziladi.

    Nevrogen

    Stress, kuchli hayajon, qo‘rquv, xavotirlanish, depressiya holatlari


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 1 month ago #56 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Kechish mexanizmi bo‘yicha
    Gipokinetik: bo‘tqasimon, suyuq, kam miqdorda, qo‘lansa hidli najas, ichaklar harakati sustlashganligi natijasida kelib chiqadigan diareya.

    Gipersekretor: ko‘p, suyuq najas – ichak bo‘shlig‘ida tuzlar va suvning ko‘p to‘planishi natijasida kelib chiqadigan diareya.

    Giperkinetik: kam miqdorda, suyuq, bo‘tqasimon – ovqat massasining ichaklardan tez o‘tib ketishi natijasida kelib chiqadigan diareya.

    Giperekssudativ: suyuq, suvli, ko‘p emas, qon yoki shilliq aralash, ichaklar yallig‘lanishi natijasida namoyon bo‘ladi.

    Osmolyar: yog‘li, ko‘p, hazm bo‘lmagan ovqat qoldiqlari bo‘ladi, ichaklarda tuz va suv so‘riishi kamayganda kelib chiqadi.

    Bundan tashqari, kasallikning kechishida shifokorlar diareyaning o‘tkir va surunkali shakllarini farq qilishadi. Ammo, kasallikning kechish muddati aniq emas, masalan tishlar chiqishi bilan bog‘liq diareya: ba’zilarda bir necha kun davom etsa, ba’zi bolalarda bu holat tish to‘liq chiqqunga qadar davom etadi.

    Oilaviy dam olish uchun boshqa joylarga sayohatga borilganda, bolalarda “sayohatchilar diareyasi” kelib chiqadi. Bu esa ob havo va tashqi muhit fizik omillari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bola organizmi adaptatsiya qilgandan so‘ng, ich kelishi normaga qaytadi.


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 1 month ago #57 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Bolalarda ich ketishining klinik ko‘rinishlari
    Barchaga ma’lum bo‘gan holat – bolaning ichi suyuq kelib ,sariq rangda bo‘lishi, bola organizmida jiddiy patologiya yo‘qligidan darak beradi deb o‘ylashadi. Ko‘p hollarda bunga sabab ovqat sifatining buzilishi hisobiga oshqozonda bo‘ladigan o‘zgarishlardir. Ammo, suyuq najasning rangi turli xilda bo‘lishi ham mumkin. Najasning sifatiga qarab bolada kuzatilayotgan o‘zgarishlar haqida taxmin qilsa bo‘ladi:

    Och rangdagi najas
    Och rangli najas ko‘p hollarda gepatit kasalligidan darak beradi.

    Suvli najas
    Shilliq aralashgan, suvli najas – ichaklardagi infeksiya, ortiqcha ovqatlanish, sigir sutini hazm qila olmaslik natijasida kelib chiqadi. Bolaning umumiy ahvoli o‘zgarmaydi. Ammo, organizm tez suvsizlanadi. Ko‘krak yoshidagi bolalar uchun xavfli.

    Qonli najas
    Najasga qon aralashishi bakterial infeksiyadan dalolatdir. Yashil moddalar va qizil qon hosilalari – dizenteriyada kuzatiladi. Yashi-sarg‘ish rangda bo‘lishi – salmonellez yoki koli-infeksiyada kelib chiqadi. Bunday holatlarning parchasida tana harorati ham ko‘tariladi.

    Rangsiz najas
    Ko‘krak yoshidagi bolalarda rangsiz (oqish) najas – bolaning ona sutiga bo‘lgan reaksiyasi natijasida kuzatilsa, kattaroq yoshdagi bolalarda esa gepatitdan darak berishi mumkin.

    Yashil rangli najas
    Bolaning ichi yashil kelsa, yashil rangli, o‘tkir hidli, tana harorati ko‘tarilishi, holsizlik, bosh og‘rishi, qorinda og‘riq, qayt qilish – infeksiyadan dalolat.

    Qora rangli najas
    Chaqaloqlar uchun hayotining 1 kunida qora rangli najas norma hisoblanadi, chunki ularda mekoniy ajraladi. Kattaroq yoshdagi bollarda esa najas rangining qora bo‘lishi, ichaklarda qon ketayotganidan yoki ayrim dori preparatlarini ko‘p qabul qilib yuborishdan darak beradi (faollashtirilgan ko‘mir, vismut).

    Ko‘pikli najas
    Agar bolakay 1 yoshdan kichik bo‘lsa va unda ko‘pikli najas ajralayotgan bo‘lsa, bolakayda laktoza fermenti yetishmayotgan yoki disbakterioz holati kuzatilayotgan bo‘ladi. Kattaroq yoshdagi bolalarda esa ko‘pikli najas – o‘tkir intoksikatsiya natijasida kelib chiqadi.

    Yuqoridagilarni inobatga olib bolada diareya kuzatilayotgan bo‘lsa, uning najasiga e’tibor bering. Shifokorga murojaat etganingizda najas harakteri haqida batafsil aytib bering. Agar bolada ich ketishi bilan birga qo‘shimcha quyidagi belgilar ham kuzatilayotgan bo‘lsa, zudlik bilan tez tibbiy yordamga murojaat qiling:

    Ko‘ngil aynishi, qusish
    Qorinda og‘riq;
    Holsizlik, kam harakatlilik;
    Chaqaloqlarda ko‘krak sutini emmay qo‘yish va ko‘p yig‘lash bilan kechadi;
    Ishtahaning pasayishi;
    Uyquning buzilishi;
    Chaqaloqlarda tish chiqishi bola tana harorati ko‘tarilishi bilan namoyon bo‘ladi;
    Orqa chiqaruv kanali qichishishi – ichki gemorroydan dalolat;
    Bosh og‘rishi.


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: dilimda, ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 1 month ago #58 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Bolalarda diareya diagnostikasi
    Ich ketishiga sabab jiddiy kasallik emasligini tasdiqlash uchun quyidagi bir qator tekshiruvlarni o‘tkazish kerak:

    Najasni gelment va disbakteriozga tekshirish;
    Ichaklarda ovqat massasining harakatini o‘rganish uchun – maxsus bariy sulfatli bo‘tqadan foydalangan holda rentgenografiya o‘tkazish;
    Koprogramma;
    Qon analizi – umumiy va bioximik;
    UZI (UTT) qorin bo‘shlig‘I tekshiruvi;
    Rektoromonoskopiya – to‘g‘ri ichakni tekshirish;
    Qusuq va najas massasini bakterial tekshiruvi, bak.ekma;
    Infeksiya omili haqida aniq ma’lumotni najasning bakterial ekmasi beradi. Ammo, bu tekshiruvning kamchiligi natija chiqishi uchun uzoq muddat sarflanishidir, 5 kundan 10 kungacha bo‘lgan vaqt.


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 1 month ago #59 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Bolalarda ich ketishini davolash
    Ko‘pchilik ota-onalar beradigan aktual savol – bolada ich ketishi kuzatilsa, nima qilish kerak, asoratlarini oldini olish uchun qanday chora tadbirlardan foydalansak bo‘ladi? diareyani davolash asosiy kasallikni bartaraf etishga qaratilgan bo‘lishi kerak.

    Medikomentoz davo
    Bolaning ichi ketsa, birinchi navbatda – tuzli eritmalar shifokor tavsiyasi asosida qabul qilinadi, masalan: Regidron, Glyukosan, Oralit, Gastrolit, Enterodez yoki Sitrogyukosolan. Bu kabi vositalarning bir dona paketchasini toza suvda eritib, ichga qabul qilishga buyiriladi.
    Tana harorati ko‘tarilganda – parasetamol saqlagan preparatlar tavsiya etiladi. Agar bola 1 yoshdan kichik bo‘lsa, shamchalardan foydalangan ma’qul, kattaroq yoshdagilar esa eritma, suspenziya holida ham qabul qilsalar bo‘laveradi.
    Diareyada eng samarali preparatlar – adsorbentlardir: Smekta, Polifepan, faollashtirilgan ko‘mir, Polisorb, Neosmektin, Enterosgel.
    Ich ketishida simptomatik tabletkalar: Kalsiy karbonat, Diarol, Imodium.
    Agar diareyaga sabab disbakterioz bo‘lsa – ichak mikroflaorasini tiklash uchun Asitol, Kolibakterin, Bifiform, Lineks, Enterol, Bifilin, Laktobakterin, Bifidumbakterin, Enterojermino va boshqa probiotiklar.
    Infeksiya sababli kelib chiqqan diareyada antibiotiklardan foydalaniladi, ulardan yuqorida va quyida sanab o‘tilgan preparatlar kabi mustaqil foydalanish mumkin emas, faqatgina shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llaniladi: Ersefuril, Furazolidon, Nergam, Gentamitsin,
    Kanamitsin, Rimfampisin, Meronam, Siprofloksatsin, Seftazidim.
    Fermentoterapiya – Festal, pankurmen, Pnakreatin, abomin-pepsin, Mezim forte, Kreon.
    Antiallergik vositalar (antigistamin).
    Og‘riqni bartaraf etish uchun spazmolitiklardan foydalanish: papaverin, Spazmomen, Dotaverin.
    Xalq tabobati
    Agar diareya xavfli belgilar bilan namoyon bo‘lmasa, jiddiy patologiyalarga sabab bo‘lmasligiga ko‘zingiz yetsa, ich ketishini to‘xtatish uchun xalq tabobatidan foydalansa ham bo‘ladi. Ular bolaning umumiy ahvolini yaxshilashga yordam beradi:

    Bolada ich ketishi sababli organizm suvsizlanib qolmasligi uchun uy sharoitida tayyorlangan eritmadan foydalansa bo‘ladi: 1 litr suvda – 2 osh qoshiq shakar, 1 choy qoshiq ichimlik sodasi va tuz eriting. Agar bolada ich ketishi kuchli bo‘lsa, 2 choy qoshiqdan har 10-15 daqiqada ichiring.
    Yallig‘lanishga qarshi va antiseptik ta’sir etuvchi o‘simliklar: chernika, yalpiz, romashka, qora kunjutdan foydalansa ham bo‘ladi.
    Nokning quritilgan urug‘idan foydalanish.
    Karxmalli eritma: 1 choy qoshiq kraxmalni yarim stakan suvda eritib berish.
    Anorning quritilgan po‘stlog‘idan berish.
    Suvda eritilgan guruch berish.
    Romashkali choy.
    Yangi tayyorlangan sabzi pyuresi.
    Bolalarda diareya holatida xalq tabobati vositalaridan foydalanishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Ayniqsa, chaqaloqlarda ulardan foydalanishda qarshi ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin. Shu sababli ich ketishini bartaraf etish uchun shifokor tavsiyalarini olish shart


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    5 years 1 month ago #60 Zahroxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 2810
  • Rahmat olgan: 2938

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 13 Nov 2034
  • Diyeta
    Bolalarda ich ketishi holatida, ular nimalarni iste’mol qilishlari mumkinligi haqida ota-onalar yaxshi bilib olishlari zarur. Kam-kamdan, tez-tez ovqatlanish talab etiladi. Bunda uglevod va hayvon yog‘larini kamaytirish kerak. Ich ketishini bartaraf etishda diyetaga rioya etish ham yaxshi samara beradi.

    Iste’mol qilish mumkin bo‘lgan mahsulotlar:

    Bug‘doy nonidan tayyorlangan suxariklar;
    Yengil sho‘rvalar; perlovka, guruch, go‘shtli pyure, frikadelki;
    Go‘shtlardan – mol, buzoq, indeyka va tovuq go‘shti;
    Bug‘da pishirilgan yog‘siz baliq;
    Tvorog;
    Tuxumni qaynatib berish;
    Guruch, grechka kashalari;
    Meva sharbatlari (uzum, o‘rik, olxo‘ridan tashqari).

    Iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar:

    Sut mahsulotlari;
    Kofe;
    Meva sabzavotlar;
    Yog‘li sho‘rvalar;
    Tuzlangan mahsulotlar;
    Fast food, pop-korn, chips, yong‘oqlar;
    Konfet, shokolad, muzqaymoq;;
    Gazli ichimliklar.
    Bolalarda diareyani davolash kompleks ravishda olib borilishi kerak. Faqatgina medikomentoz davo bilan cheklanib qolmay, xalq tabobati va diyetadan ham foydalanish kerak. Ich kelishi yaxshilangandan so‘ng kamida 3 kungacha diyetaga rioya etib turiladi.


    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: ZARIM

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.438 seconds

    Kitob do'koni