Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Qiz chaqaloqlarga xos nozik masalalar

10 years 6 months ago #21 Hilolaxon

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • Shukronalik hissi qalbimizda bölsin...

  • Izohlari: 1901
  • Rahmat olgan: 1974

  • Gender: Female
  • Birthdate: 19 Dec 1991
  • Dilobar wrote: voy hozirdan figurasini o'ylapsizda, bizzi kotta buvimiz borla ula menikimiyam siqib qo'yganakanla, hozir shukur bir yaxshi, qizinam sende bo'sin dib siqishodi, ko'kregi kottaro bo'sa sutiyam ko'p bo'larkan hihi hihi hihi


    Voy, men ham mayli, dadasi ham ja o'zlarini yaxshi ko'radigan xilidan, Meni qizim chiroooooyli bo'lishi kerak deb qo'yadilar. Albatta chiroyli bo'ladida xudo xoxlasa axir u BIZ ni qizimizku deb qo'yaman..

    Shunaqa, ko'krak kattaroq bo'lsa suti ham ko'p bo'ladi menimcha ham.

    Olloh hammamizni panohida asrasin

    [IMG


    [IMG

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago - 10 years 2 months ago #22 Dilobar

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ★★★★★★★★

  • Izohlari: 787
  • Rahmat olgan: 720

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • @sevim@

    Sabr... Og'riqlarni qoldiradigan achchiq bir giyohga o'xshedi.,
    Ham jonni og'ritadi, ham davoledi!!!
    Last edit: 10 years 2 months ago by Dilobar.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago #23 Hilolaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Shukronalik hissi qalbimizda bölsin...

  • Izohlari: 1901
  • Rahmat olgan: 1974

  • Gender: Female
  • Birthdate: 19 Dec 1991
  • Dilobar wrote: e hamma dadalar birhil bo'larkanu :lol: bizdayam shu, endi qizimmi chiroyli qiz qilib o'stirib begonaga bervoramizmi dib hafa bo'b qolalar, kn ha mana men sizga tegdimu, dadam berishdiyu dib ovutib qo'yaman qisish@ xich ko'zimz qiymidi qizimizzi boshqaga berishshi o'ylase aslo$ ^yiglash ^yiglash ^yiglash


    E gapirmeng, u haqda o'ylasamku... jahlim ham chiqib ketadi.. Lekin baribir ilohim baxtli bo'lsin deb niyat qilib qo'yaman.
    O'g'il tug'ilishini shunisi yaxshida, hech kimga bervormisiz, lekin qiz bola juda shirin bo'ladiykan.. Xudo xoxlasa kuyov bilan o'zim ko'rishib gaplashib ko'rib, dadasiniyam imtihonidan o'tqizib keyin beramiz deb reja qilib qo'yganman o'zimcha.. belum$

    Olloh hammamizni panohida asrasin

    [IMG


    [IMG

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago - 10 years 2 months ago #24 Dilobar

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ★★★★★★★★

  • Izohlari: 787
  • Rahmat olgan: 720

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • @upi@

    Sabr... Og'riqlarni qoldiradigan achchiq bir giyohga o'xshedi.,
    Ham jonni og'ritadi, ham davoledi!!!
    Last edit: 10 years 2 months ago by Dilobar.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago - 10 years 2 months ago #25 Dilobar

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ★★★★★★★★

  • Izohlari: 787
  • Rahmat olgan: 720

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • :silly:

    Sabr... Og'riqlarni qoldiradigan achchiq bir giyohga o'xshedi.,
    Ham jonni og'ritadi, ham davoledi!!!
    Last edit: 10 years 2 months ago by Dilobar.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago #26 Hilolaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Shukronalik hissi qalbimizda bölsin...

  • Izohlari: 1901
  • Rahmat olgan: 1974

  • Gender: Female
  • Birthdate: 19 Dec 1991
  • Dilobar wrote: bizziyam dadamiz, o'zim bir yaxshi kuyov topaman, Allohdan qo'rqedigan diyishadi, agar qo'rqsa qizimgayam yomonli tilamedi diyishadi, qizimi beredigan odamim kamida sizga bergan mehrimni qizimgayam berishini xoxleman diyishadi, rostanam bu qiz bola judayam boshqacha bo'larkaney, qilig'lariyam qiz bolanikiga mos, dadasini eritvorishlarichi, voooy gapirme xozir o'zimi ko'zim tegib qoladi a!! a!!


    Voyy... bu yaxshiku! Demak judda mehribon dada ekanlarda. Haqiqatdan qizg'anchiq bo'p qolishmasaydi.
    Bizni dadamiz ham juda nervniy, cho'rtkesar.. Qizimni sevib qoladiganlarga qiyin bo'ladii... lol:

    Olloh hammamizni panohida asrasin

    [IMG


    [IMG

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago #27 Asal

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 484
  • Rahmat olgan: 469

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • qizla bizani dadamiz hammelanikidan otib tusharkan ula qizimmi hech kimga bermiman diydila ich kuyov qilarmishla..kulaman siz man bn bizanikida yasharmidiz desam yoooq diydila ha shunaqa boladde desam kulib qoyadila

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago #28 Kumush

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ❤ ❤ ❤ ❤ ❤

  • Izohlari: 759
  • Rahmat olgan: 953

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Man qizimni uzatishni umuman o'ylamiyman, hozir katta qilishni, keyin esa chet ellarda o'qitishni , yaxshi ishga kirib keyin agar o'zi biror kishini yoqtirib qolsa turmushga chiqar. Dadasi ham shunaqa o'yliydilar, mana shunaqa "sovremmenniy ota" dadasi.


    It is hard to be a woman...You must think like a man, Act like a lady, Look like a young girl, And work like a horse.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Niratsan

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago #29 Hilolaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Shukronalik hissi qalbimizda bölsin...

  • Izohlari: 1901
  • Rahmat olgan: 1974

  • Gender: Female
  • Birthdate: 19 Dec 1991
  • Kumush wrote: Man qizimni uzatishni umuman o'ylamiyman, hozir katta qilishni, keyin esa chet ellarda o'qitishni , yaxshi ishga kirib keyin agar o'zi biror kishini yoqtirib qolsa turmushga chiqar. Dadasi ham shunaqa o'yliydilar, mana shunaqa "sovremmenniy ota" dadasi.


    Bizdaham bu rejalar birinchi navbatta. Qizimni o'zimizga o'xshagan musiqachi bo'lishini xoxlimiz. Aynan xonanda emas lekin. Xudo xoxlasa zo'r sozanda bo'lishini niyat qilamiz, albatta yoki, skripkaga yoki fortepiano sinfiga beramiz. Chunki hozirdan sluxi juda o'tkirga o'xshaydi ko'z tegmasin. Lekin baribir yaxshi niyat qiz bolani taqdiri oxiri baribir shunaqada, uyda qolib ketishidan xudo asrasin, albatta o'zi istagan insoniga tegadi nasib bo'lsa. Lekin bizni sinovimizdan o'tganiga.

    Olloh hammamizni panohida asrasin

    [IMG


    [IMG
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Mukhlisa, Niratsan

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago #30 ammura

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 837
  • Rahmat olgan: 411

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • mani qizimni hozirdan haridorlari kop.2ta ovsinim ham meniki deb talashadi.kichkina ovsinim kelganlarni tosh bn haydayman deb hazillashadi, man qizimni doktor bolishini hohlardim.lekin uni qiziqishi birinchi orinda albatta.erim bolsa maktabgayam institutga oqisa ozim moshinada oborib olib kelaman deydi.judaaayam qizgonchiq.bir joyga oborsak ham tinmay oyat oqiydi bolalarga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Qizaloq, Hilolaxon, Soliha7770, ruxshon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 6 months ago #31 Soliha7770

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 654
  • Rahmat olgan: 1794

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • ammura wrote: mani qizimni hozirdan haridorlari kop.2ta ovsinim ham meniki deb talashadi.kichkina ovsinim kelganlarni tosh bn haydayman deb hazillashadi, man qizimni doktor bolishini hohlardim.lekin uni qiziqishi birinchi orinda albatta.erim bolsa maktabgayam institutga oqisa ozim moshinada oborib olib kelaman deydi.judaaayam qizgonchiq.bir joyga oborsak ham tinmay oyat oqiydi bolalarga...



    Ovsinlariz qizizni talashgudek yaxshi ko'rishlari yomonmasu, lekin hazil-hazil b-n bo'lib chinga aylanib ketishiyam mumkin. Amakivachchalar genetik jihatdan juda yaqin-ku. Yana o'ziz bilasiz :lol:

    Qizini qizg'onishi, go'daklikdanoq bolalar tarbiyasiga e'tiborliligi haqiqiy otalarni fazilati. molodes

    Davlat va mansabni ALLOH suygan bandasiga ham, suymaganiga ham beradi. Lekin iymon atalmish bebaho ne'matini faqat suygan bandasiga ravo ko'rarkan. Shu bebaho ne'matimiz doimo salomat va umriboqiy bo'lsin!...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Qizaloq, Mukhlisa, ammura, Dilobar

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #32 Todido

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 730
  • Rahmat olgan: 563

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Qizaloq wrote: Roddomdan chiqqach, kindigi tushishini kutgandik, so`ng cho`miltirdik.
    Cho`miltirayotganimizda, qizimni ko`krakchalari biroz ishgan ko`rindi, shunda qaynonam bolamni chirillatib, mammachasini siqqan edilar, ko`kragini uchidan oz-oz oppoq sutga o`xshash suyuqlik chiqdi, bu hol 1-2 hafta kuzatildi, keyin sekin-sekin shish yo`q bo`lib ketti. Hamma chaqaloqlarda bo`ladi, dedilar qaynonam.

    qiziq o`g`il bolalarda hammi ?

    мени углимда хам булган. факат кукрагини тегиш керак эмас. у сут уз-узидан йуколиб кетади. углимда шундай булди. хеч нарса килмагандим узи йуколди

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #33 ammura

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 837
  • Rahmat olgan: 411

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Soliha7770 wrote:

    ammura wrote: mani qizimni hozirdan haridorlari kop.2ta ovsinim ham meniki deb talashadi.kichkina ovsinim kelganlarni tosh bn haydayman deb hazillashadi, man qizimni doktor bolishini hohlardim.lekin uni qiziqishi birinchi orinda albatta.erim bolsa maktabgayam institutga oqisa ozim moshinada oborib olib kelaman deydi.judaaayam qizgonchiq.bir joyga oborsak ham tinmay oyat oqiydi bolalarga...



    Ovsinlariz qizizni talashgudek yaxshi ko'rishlari yomonmasu, lekin hazil-hazil b-n bo'lib chinga aylanib ketishiyam mumkin. Amakivachchalar genetik jihatdan juda yaqin-ku. Yana o'ziz bilasiz :lol:



    Togri .men ham shunaqa deyman.lekin unashtirishdan oldin qon tekshirilirkan.togri kelsa hop ,agar togri kelmasa bechora qalb sinib qolaverarkan. aslo$

    Qizini qizg'onishi, go'daklikdanoq bolalar tarbiyasiga e'tiborliligi haqiqiy otalarni fazilati. molodes

    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: OYISHA NUR

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #34 Soliha7770

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 654
  • Rahmat olgan: 1794

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Bunaqa qoidayam bor deng, Ammura mult: . Bir taraflama yaxshi lekin nogiron bolalar tug'ilishini oldi olinadi imkon qadar.
    O'zimizdayam ZAGS oldidan medosmotrdan o'tilganda shu narsaga e'tibor beriladimi? Man to'y oldidan medosmotrdan o'tmaganman, bular o'zlari pul b-n to'g'irlab qo'ya qolganlar ''soglom bo'lsez kerega qisish@ '' deb.

    Davlat va mansabni ALLOH suygan bandasiga ham, suymaganiga ham beradi. Lekin iymon atalmish bebaho ne'matini faqat suygan bandasiga ravo ko'rarkan. Shu bebaho ne'matimiz doimo salomat va umriboqiy bo'lsin!...

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 2 months ago #35 Hilolaxon

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Shukronalik hissi qalbimizda bölsin...

  • Izohlari: 1901
  • Rahmat olgan: 1974

  • Gender: Female
  • Birthdate: 19 Dec 1991
  • Soliha7770 wrote: Bunaqa qoidayam bor deng, Ammura mult: . Bir taraflama yaxshi lekin nogiron bolalar tug'ilishini oldi olinadi imkon qadar.
    O'zimizdayam ZAGS oldidan medosmotrdan o'tilganda shu narsaga e'tibor beriladimi? Man to'y oldidan medosmotrdan o'tmaganman, bular o'zlari pul b-n to'g'irlab qo'ya qolganlar ''soglom bo'lsez kerega qisish@ '' deb.


    O'zimizda qanaqaligini bilarkansizu Soliha ^xoxo$ Haliyam shu ahvol... mult:

    Olloh hammamizni panohida asrasin

    [IMG


    [IMG
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Soliha7770

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago - 10 years 1 month ago #36 zahro

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 292
  • Rahmat olgan: 305

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • SAVOL: Oilada qiz tug‘ildi. O'zbek oilalarida qiz bolaning iffatli, latofatli va nazokatli bo‘lib o‘sishiga murg‘aklik davridanoq alohida e'tibor beriladi. Xo‘sh, qiz bolalarning jinsiy tarbiyasida nimalarga ahamiyat berish zarur?



    JAVOB: Albatta, qiz bolaning jinsiy tarbiyasida ko‘plab o‘ziga xos jihatlar mavjud. Aksar ota-onalar go‘dak qizaloqlaridagi ayrim me'yoriy holatlarni dard alomatlari deb o‘ylashadi. Xususan, go‘dak siynalari, ya'ni, sutbezlarining vaqtinchalik biroz qattiqlashishi yoki gohida qizaloqning jinsiy yo‘llaridan birozgina qizg‘ish suyuqlik chiqishi o‘tkinchi me'yoriy hollardir

    Qiz bola tetapoya bo‘la boshlagan davrdanoq tashqi ta'sirotlarga o‘ta sezuvchan bo‘ladi. Qizaloq bir yoshga to‘lgunga qadar uning suyak tuzilishi to‘g‘ri rivojlanishiga ahamiyat berish zarur. Jumladan, raxit kasalligida skelet muskulaturasi tonusining oshishi qiz bola chanog‘ining tor va yassiroq bo‘lib qolishiga olib keladi. Bu hol o‘z navbatida jinsiy a'zolar rivojiga ham aks ta'sir ko‘rsatadi. Goho ulg‘ayib turmush qurilganda odatiy tug‘ruq yo‘llarining torayganligi bois, tug‘ish asoratli kechishiga ham bolalik davridagi befarq munosabat sabab bo‘lishi mumkin.

    Go‘dak beqiyos ona suti va tabiiy ne'matlardan qancha uzoq muddat bahramand bo‘lsa, uning zuvalasi shuncha pishiq bo‘ladi. Raxitni imkon qadar tezroq, shifokor nazoratida D-guruhidagi darmondorilarni tayinlash, quyosh nuridan bahramand etish bilan davolash lozim.

    Go‘dak qizaloqni iloji boricha, yo‘rgak kasalligidan asrash lozim. Chaqaloq uzoq vaqt tagi ho‘l holatda yotishi natijasida, teri bichishi, jinsiy a'zolar hududi ta'sirlanib, shishishi va qizarishi kabi asoratlarga olib kelishi bilan xatarlidir. Taglik sintetik bo‘lmagan oddiy materialdan bo‘lib, kir sovun bilan yaxshilab yuvilishi maqsadga muvofiq. Cho‘miltirishda har xil shampunlarning ishlatilishi ham qizlarda tashqi jinsiy a'zolarning jumladan, vulvaning allergik yallig‘lanishiga olib kelishi bilan xatarli.

    Bolakaylarni to‘g‘ri kiyintirish, ishtonchalarni tez-tez almashtirib turish ham zarur. Qiz bolalar ishtonchalarining pochasi yopiq bo‘lishi, jinsiy a'zolarni sovuq qotishdan hamda turli xatarli iflosliklar bilan bulg‘anishdan saqlashi bilan qulaydir.

    Maktab yoshidagi qizaloqlarda ancha tortinchoqlik, uyatchanlik ustuvor bo‘lishini ota-onalar va muallimlar ko‘zda tutishlari joiz. Zero, qizaloqlarda peshob qopi va to‘g‘ri ichakning to‘lib ketishi, ya'ni hojatga ehtiyojmand bo‘lsa-da, qimtinib o‘z paytida chiqmasliklari bachadonning joyidan surilib, asta-sekinlik bilan egilib qolishi kabi xatarli asoratga olib keladi. Bunday holatlar keyinchalik bepushtlikka sabab bo‘lishini unutmasligimiz joiz.

    Shu sababli ham dars o‘tilayotgan paytda qizlar uchun hatto ruxsatsiz birrovga chiqib kelishlariga qarshilik qilinmasa, nazarimda ayrim ko‘ngilsiz holatlarning oldi olingan bo‘lardi.

    Qiz bola jinsiy tarbiyasida rasida bo‘lish davriga qadar quyidagi hollarga ahamiyat berishlik joiz:

    a) qiz bola bir yoshdan boshlab faqat onasi yordamida cho‘miltirilishi, aka-

    ukachalari bilan bir vannada cho‘milmasligi lozim;

    b) o‘g‘il bolalar xush ko‘ruvchi toychoq, velosiped kabi tos a'zolarini ta'sirlantiruvchi o‘yinchoqlar, qizaloqlarda klitor sezuvchanligini oshirib, iffat pardasiga darz yetkazish ehtimoli mavjudligini unutmaslik kerak;

    v) qizaloqlar ota-ona jinsiy munosabatidan imkon qadar bexabarroq bo‘lishi joizligi sabab, yotoqonalar alohidaligi, ichki kiyimlarning esa ko‘zdan yiroq bo‘lganligi ma'qulroqdir;

    g) jinsiy a'zolar ozoda turishi zarur; o‘g‘il bolalarning tor, badanni ta'sirlantiradigan kiyimlarini, xususan, shimlarini kiyish ham qizaloqlarga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlangan.

    - Yuqorida asosan balog‘at sari odimlayotgan qizaloqlar jinsiy tarbiyasidagi o‘ziga xosliklar haqida fikr yuritildi. Umuman balog‘atgacha va balog‘at davridagi o‘zgarishlar nimalarda namoyon bo‘ladi?

    - Qiz bolalar rasida davri taxminan 9 yoshlardan boshlanadi. Shartli tarzda bu jarayonning quyidagi bosqichlarini tafovut etish mumkin:

    1) 9-11 yoshli qizlarda (ayrimlarda 8,5 yoshdan 11,5 yoshgacha) tos, dumg‘aza suyaklarining sezilarli o‘sayotganligi kuzatiladi;

    2) 10-11 yoshlarda (ayrimlarda 9,5 yoshdan 12 yoshgacha) qorin pasti, qov hududlarida ayollarga xos yakkam-dukkam, mayin tuklar paydo bo‘lishi va ko‘krak bezlarining sezilarli o‘sishi kuzatiladi;

    3) 11-13 yoshlarda (ayrimlarda 10-15 yoshlarda) tashqi va ichki jinsiy a'zolarning keskin rivoji kuzatiladi. Qovtuklari ko‘payib, ko‘krak bezlari keskin kattalashib, uning uchida rangdorlik paydo bo‘ladi;

    4) 13,5-14 yoshlarda (ba'zilarda 9-16,5 yoshlarda) keskin rivojlanish ro‘y berishi natijasida qo‘ltiq osti mo‘ylari paydo bo‘ladi hamda ilk <a href=" www.uzbaby.uz/homilador-bo-lmoqchiman/ay...chikishi-mumkin.html ">hayz ko‘rish jarayoni kuzatiladi. Oradan ko‘p o‘tmay bu qizlar organizmida homilador bo‘lish imkoniyati ro‘y beradi;

    5) 15,5-17,5 yoshlarga to‘lgach, qizlarda suyak, ya'ni bo‘y o‘sishi to‘xtaydi. Ovozlari istig‘noli, mayinlik bilan chulg‘anishi, husnbuzarlar toshishi ham shu yoshlarga xosdir. Har oyning ma'lum kunlarida hayz jarayoni ro‘y berishi odatiy maromga tushib oladi.

    Balog‘at yoshidagi qizlarda tananing notekis o‘sish jarayoni boshlanadi. Sonning yog‘ to‘plashi, siynalarning kattalashishi, chanoq suyaklari kengayishi, dumba hududining et olishi va sezilarli to‘lishishlar shular jumlasidandir. Keskin o‘sish jarayoni bilan birgalikda o‘spirin qiz ruhiyatida ham o‘ziga xos o‘zgarishlar ro‘y berib, siqiluvchanlik, qimtinish kabi hollarga moyillik kuzatiladi. Ayrim qizlar ko‘kraklarining dirkillashidan andisha qilib, ko‘ksilarini ichga tortib yuradilar. Bu esa gavdaning me'yoriy o‘sishiga salbiy ta'sir etishi tufayli, nafas olish a'zolari va yurak xastaliklarining, vujudga keltirishi mumkin. Ayrim qizlar esa uzoq vaqtgacha ko‘kraklarini biror material bilan siqib o‘rab yuradilar. Natijada, siynalar yalpayib, xunuklashib ketishi bilan bir qatorda, kelajakda ko‘krak bezi kasalliklari vujudga kelishiga ma'lum darajada sabab bo‘ladi.

    Bu yoshdagi qizlar har jihatdan qulay, iqlimga mos, tabiiy, odmi matodan qilingan siynaband taqsalar bas, hushqomat va sog‘lom bo‘lishlari shaksizdir. Balog‘at yoshidagi qizlarning og‘ir yuk ko‘tarishlari qin va bachadonning pastga tushish dardiga olib kelishi bilan xatarlidir. Ko‘pgina, onalar ginekolog shifokor maslahatiga faqat qizlari turmushga chiqqandan so‘nggina zarurat bor, deya xato o‘ylashadi. Natijada, balog‘at yoshidagi qizlarning jinsiy a'zo kasalliklari nazardan chetda qolib, o‘z vaqtida davolanmasligi bois, har xil xatarli asoratlarga, jumladan bachadon yoki tuxum yo‘llarining qayrilib qolishiga olib keladi.

    SAVOL: Qizlarga beriladigan tarbiyadagi yana bir ahamiyatli jihat ularni hayz jarayonidan ogoh etishdir. Ilk bora hayz ko‘rgan ba'zi qizlar tushunmovchilik bois, bu holatni noto‘g‘ri qabul qilib, iztirob komiga tushganlari ham talaygina. Qolaversa, har qanday ona ham qizi qachon ilk bora hayz ko‘rishini aniq bilolmaydi. Umuman, bu jarayon xaqida ilk saboq qay tarzda va kim orqali berilishi lozim?

    JAVOB: Avvalo tarbiya beruvchi kishining o‘zi tarbiya topgan bo‘lishi joiz. Qiz bola balog‘at yoshiga yetishidan avvalroq jinslar borasida hamda hayz jarayoni haqida yetarli ma'lumotga ega bo‘lishi lozim. Bu mas'uliyatli ish uch kishi - ona, maktab muallimasi va hududiy shifokor ayol tomonidan amalga oshirilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

    Sababi hayz ba'zilarda 13-14 yoshlarda, ayrimlarda 9-10 yoshda, kechkilarda 16-17 yoshlarda boshlanishi ham mumkin. Ko‘pchilikni tashkil etgan 13-14 yoshli qizlar uchun maktablarda 12 yoshdayoq o‘g‘il bolalardan alohida, maxsus darslar tashkil etish maqsadga muvofiq bo‘lardi, Ammo erta rasida bo‘ladigan qizlarda durkunlik alomatlari sezilgan paytdayoq ona yoki biror mutaxassis ayol bu qiz bilan alohida, yakkama-yakka suhbat o‘tkazib, kerakli saboqni berishga ulgurishi lozim. Hayz jarayonining davriyligi, muttasilligi qiz bolada bir necha yilgacha o‘zgarib turishi ham me'yoriy hol.

    Odatda hayz jarayoni balog‘at davridan 45-55 yoshga qadar har oyda bachadondan qin orqali qon ajralib chiqishi bilan ifodalanadi. Bu jarayonda bachadon nasl urug‘ini qabul qilishga tayyorlanadi va <a href=" www.uzbaby.uz/homiladorlik/homilador-ayo...36-homiladorlik.html ">homiladorlik hamda emizikli bola bo‘lgan davrda to‘xtaydi. Odatda hayz har 21-24, 25-28, 29-33, kunda bir maromda takrorlanib, o‘rtacha 3-5 kun davom etadi.

    Sog‘lom qizlarda hayz jarayoni deyarli bilinmay o‘tadi. Ammo kamqon; toliquvchan va nimjon qizlarda behollik, qorin pasti va bel hududining sirqirab og‘rishi, bosh aylanishi kabi alomatlar paydo bo‘ladi.

    Shuningdek, bu yoshdagi qizlardagi asabiy, ruhiy o‘ziga xosliklar, ta'sirchanlik, hissiyotga beriluvchanlik kabilarni ko‘zda tutgan holda, ehtiyotkorlik bilan muomala qilish zarur bo‘ladi. Chunki ayrim yuqumli kasalliklar bilan bir qatorda, asabiylik, jismoniy toliqishlar va g‘ambodalik ham hayz maromining buzilishiga sabab bo‘lishi aniqlangan.

    Hayz ko‘rish muddati boshda o‘zgaruvchan bo‘lib, keyinchalik asta-sekin o‘z maromini topadi. Ammo uzoq vaqt davomida hayz o‘z maromini topmasa va og‘riqlar to‘xtamasa, tezda shifokor bilan maslahatlashgan ma'qul. Ko‘pchilik ayollar va oqila qizlar hayz jarayonini kuzatib borish uchun o‘zlariga maxsus taqvim tuzib oladilar va unda hayz muddati, maromi, qon kelishining oz-ko‘pligi, og‘riq bor-yo‘qligi kabi qator ma'lumotlarni muntazam qayd etishlari tahsinga loyiq. Zero, bu jarayon ayollar jinsiy a'zolarining holatini aks ettiruvchi ko‘zgudir.

    SAVOL: Hayz davrida qanday gigienik muolajalarga zarurat tug‘iladi? Nimalarga alohida ahamiyat berish lozim?

    JAVOB: Hayz jarayonida vujud barqarorligi ancha susayishi bois, kasalliklarga moyillik kuchayadi. Ayolning jinsiy jihatdan sog‘lomligi esa ushbu davrdagi zaruriy gigienik muolajalarni to‘g‘ri va mukammal tarzda bajarib, ozoda yurishiga bevosita bog‘liqdir. Bu davrda qinni chayish, vannada yuvinish mumkin emas, ammo ost kamida 2-3 marta yuvilishi shart. Yuvilgan a'zolar uchun faqat hayz jarayonida qo‘llaniladigan, boshqa paytda qaynatib zararsizlantirilgan toza sochiqni qo‘llash mumkin. Hayz kunlari jinsiy a'zolarga mikroblar tushmasligi uchun, imkon qadar maxsus «bakteritsid bog‘lama»lardan foydalanish lozim. Bu qulayliklar mavjud bo‘lmagan qishloq joylarda esa toza paxta va bint qo‘llash mumkin. Bu paytda badanning sovib ketishidan, zax sharoitdan, og‘ir jismoniy mehnatdan saqlanish zarur.

    Ushbu davrda achchiq qalampir, murch yeyish, spirtli ichimlik iste'mol qilish ham koni ziyondir. Aytgancha, agar hayz 10 kundan ziyod kelsa, juda kuchli og‘riq bilan kechsa, davriyligi ilk paytdan boshlab bir yilgacha muttasil buzilsa, yoxud oyboshi 17 yoshgacha umuman kelmasa, albatta, shifokor-mutaxassisga murojaat etish kerak.



    «...Dugonam Nigora bolalikdan faqat o‘eil bolalar orasida to‘pori, sho‘x bo‘lib o‘sgandi. 16 yoshdan keyin u bilan do‘stlashdik. Yaqinda esa uning meni quchishida erkaklarga xos ehtiros belgilari borligini sezib qoldim. Uning erkakshodaligi, yigitlar haqidagi suhbatlarni xush ko‘rmasligi, qizlar bilan qo‘pol hazillashishi meni tashvishga soldi. Bu kasallik belgisi emasmikin?...»

    Sharofat

    - Afsuski, oxirgi paytlarda shu kabi holatlar ko‘p uchrab turadi. Qizning jinsiy tarbiyasi uchun mas'ul - onaning xatosi yoki loqaydligi ham shu holga sabab bo‘lishi mumkin. Ona balog‘at sari odimlayotgan farzandining aynan o‘ziga tegishli jins vakillari muhitida o‘sishiga ahamiyat berishi lozim. Ma'lumingizkim, qizlarning qonida ayollik gormoni - estrogenlar bilan birgalikda kam miqdorda bo‘lsa-da, androgenlar - erkaklar gormoni ham mavjud bo‘ladi. Qizaloq o‘sayotgan muhit, asosan, o‘g‘il bolalardan iborat bo‘lsa, androgenlar miqdorining oshib ketish ehtimoli paydo bo‘ladi. Bu esa goho uning erkakshodaroq bo‘lib o‘sishiga, qizlik nazokatidan mosuvoligiga olib keladi. Bu hol keyinchalik ayollar gomoseksualizmiga olib kelishi ham ehtimoldan xoli emas.

    Negadir, qizlardagi erkakshodapik, yigitlardagi xotinchalishlik belgilari yolg‘iz ayollar oilasida ko‘proq uchraydi. Yaqinda qabulimga bir ayol 23 yoshli yolg‘iz o‘g‘lini boshlab keldi. O'g‘li hanuzgacha uylanishdan bosh tortayotganligi, qizlarga befarqligidan shikoyat qildi. Ona yolg‘iz o‘g‘lini bolalikdan o‘ta avaylagan, kaltak yeyishidan hadiksirab faqatgina qizlar bilan o‘ynashiga ruxsat bergan, xolos. Natijada bola o‘zini qizlarga o‘xshab tuta boshlagan, tengdosh yigitlarga aslo qo‘shila olmagan. Oynai jahondagi beibo filmlarni ko‘rganda esa o‘zini qizlarning o‘rniga qo‘yib tasavvur qila boshlagan. Tekshiruvlarimiz natijasida noto‘g‘ri tarbiya tufayli yigitda hezalaklik (gomoseksualizm)ka moyillik belgilar topildi. Demak, qiz bola jinsiy tarbiyasida onaning, o‘g‘il bola jinsiy tarbisida otaning o‘rni beqiyosdir. Farzandimiz o‘z jinsi vakillari muhitida o‘sayotganligiga ham alohida ahamiyat berishimiz shart ekan.
    Doktor O'ktam Muhammad Murod
    "Odamlar orasida" gazetasidan
    Last edit: 10 years 1 month ago by zahro.
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: zakiya, Soliha7770, ruxshon, Dilobar, Ummu Soliha

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #37 uzbaby

    • Administrator
    • Administrator
    • Sizning xizmatingizdaman!

  • Izohlari: 2597
  • Rahmat olgan: 4666

  • Gender: Female
  • Birthdate: 07 Jul 1981
  • zahro siz yozgan savol va javob laringizda JAVOBni kim bergan? shuni ham yozib qo'ya olmaysizmi? So'rayotganim bu shifokormi yoki onami yoki shunchaki dugonami? balki man yaxshi o'qimadim lekin javobni kim berganligi haqida ma'lumotni ko'rmadim.
    Agar qiyin bo'lmasa albatta, nega desangiz o'ziyotgan odam kimning gapini o'qiyotganini bilsa yaxshi bo'lar edi. Misol uchun bu professional shifokor bo'lsa u holda uning gaplari maslahatdek qabul qilinadi, agar shunchaki onaning tajribasi bo'lsa u holda boshqacha va hokazo...
    Uzr, gapim noo'rin bo'lsa...

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #38 zahro

    • Elite Member
    • Elite Member

  • Izohlari: 292
  • Rahmat olgan: 305

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Doktor O'ktam Muhammad Murod
    "Odamlar orasida" gazetasidan

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    10 years 1 month ago #39 Madinahon Ashurmetova

    • Junior Member
    • Junior Member

  • Izohlari: 39
  • Rahmat olgan: 57

  • Gender: Female
  • Birthdate: 10 Mar 1993
  • Mening xam o'g'lim tugílganida rod domda 2 marta to'q jigarrang pudraga o'xshash bir nima kelgandi. suxoy pudraga o'xshab. vrachdan soraganimda siydik yo'lida yigílib qolgan chiqindi. qo'rqinchli emas. bollarda o'zi shunday chiqadi degand

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    7 years 11 months ago #40 Gulilola

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Never lose hope, cause ALLAH always by your side.

  • Izohlari: 1380
  • Rahmat olgan: 884

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 08 Oct 1994
  • Salom hammaga meni oylantirgan bitta savol bor edi. Xudo xoxlasa qizlik bulaman. Shuni uhun oldindan tayyorlanib bormoqchiman. Ugil boladan kura qiz bolada nozik nozik masalalar kup bulsa kerak. Savolim shu edi: qiz chaqaloqni dadasi chumiltirib pampirsini almashtirishi mumkinmi? Siz qanday yul tutasiz? Maslahat uchub rahmat.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.899 seconds

    Kitob do'koni