Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

TORCH infeksiyasi

9 years 3 months ago #61 lolaxon

  • Platinum Member
  • Platinum Member

  • Izohlari: 414
  • Rahmat olgan: 302

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by lolaxon on topic TORCH infeksiyasi

    mavluda1492 wrote: Salom raxmat. Man yunusoboddanman respublika genekologya markazida davolandim degan ekansiz adashmasam. U yerdagi doktorizni ismlarini aytolmisizmi

    salom mavluda. men ham davolanganman gnikologiya markaziga ikki marta. u yerda MAYA MIXAYEVNA KIM degan zur vrach bor .shunga analizlarimni topshiruvdim. kn u menga yotib davolanishni taklif qildi. yotib davolanadigan joyi ham usha yerda. uyerda NINA BERDIYEVNA degan ayol davoladi. ikkinchi marta sergey ...... (familyasi esimda yuq uzr) degan vrach davoladi. maslahat beraman usha yerda davolanishni. vrachidan qatiy nazar hammaga bir xil qarashadi. turli xil licheniyalar qilishadi. lazer, ikki mahal kapilnitsa,ichizni yuvib har xil dorilar yuborishadi. %mua# %mua# %mua#
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Hilolaxon, mavluda1492

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #62 OYISHA NUR

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ONALIK BAXTIGA YETKAZGANIGA SHUKUR

  • Izohlari: 2922
  • Rahmat olgan: 2239

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Jan 1991
  • Replied by OYISHA NUR on topic TORCH infeksiyasi

    Oymomo wrote:

    mavluda1492 wrote: Uzr Oymomo savolim Oyisha Nurga edi.

    Oyishanur andijonlik bo'lganlari uchun so'ragandim. Oyishanur, iltimos yangi dugonamizga doktorlaringizni yozing! Inshoolloh, shifosini bersin!

    ANDIJONDA GENMED hususiy balnitsa %mua#
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #63 mavluda1492

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • IT'S LIFE

  • Izohlari: 749
  • Rahmat olgan: 435

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 14 Sep 1992
  • Replied by mavluda1492 on topic TORCH infeksiyasi
    Raxmat kattakon man ham o'sha yerda bowqa doktorga davolanganman. Antibiotiklar yozganla holos. Wu buladi deganla lekin rosa havotir olaman wu infeksiya yana paydo bulib qoliwidan.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 3 months ago #64 mavluda1492

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • IT'S LIFE

  • Izohlari: 749
  • Rahmat olgan: 435

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 14 Sep 1992
  • Replied by mavluda1492 on topic TORCH infeksiyasi
    Hammalarizga raxmat kattakon

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #65 Todido

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 730
  • Rahmat olgan: 563

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Todido on topic TORCH infeksiyasi
    :dugona$ герпес хам торч инфекцияга кирадими?

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #66 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic TORCH infeksiyasi
    Jinsiy a'zolar gerpesi kiradi.

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Todido

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #67 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic TORCH infeksiyasi
    gerpes virus , uni ikki hil turi mavjud, 1- turi ko'p uchraydi, odam organizimida bo'ladi qachon imunitet tushib kelsa yuzaga chiqadi, misol uchun odam qattiq qo'rqib ketganda labiga uchuq chiqadi, ( uchuq- gerpes) qattiq qo'rqanda malum muddatga odam organizimida imunitet tushib ketadi shu sabbli qattiq qo'rqanda uchuq chiqadi
    gerpesning ikkichi turi ( genital gerpes - jinsiy azolar gerpesi) bu infeksionniy virus oymomo etganlaridek Torch infeksiyaga kiradi
    genital gerpesda bola tushishi kuzatiladi

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Todido, Oymomo, Dilnozaxon, Hafsa

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #68 Todido

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 730
  • Rahmat olgan: 563

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by Todido on topic TORCH infeksiyasi
    Менда оддий герпес.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #69 Oymomo

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Baxtli bo'lish uchun dunyoda ko'plab sabablar bor!

  • Izohlari: 1994
  • Rahmat olgan: 2968

  • Gender: Female
  • Birthdate: 27 May 1991
  • Replied by Oymomo on topic TORCH infeksiyasi
    Menda ham lab gerpesi bor. Qizligimda har oy hayz ko'rganimda bodrab toshib ketardi. Hozir yilda 1-2 marta chiqadi, xolos. Avvallari "chim" etishi bilan Tetratsiklin mazini surtib olardim, hozir Asiklovir mazidan foydalanaman. Suvlanmay, tez qaytadi.

    [IMG


    Yilning faqat ikki kunida hech narsa qilib bo'lmaydi. Birinchisining nomi Kecha, ikkinchisiniki esa Ertaga...

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #70 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic TORCH infeksiyasi
    ko'p bezovta qilsa asiklovir tab. ichish kerak

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Oymomo

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #71 OYISHA NUR

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ONALIK BAXTIGA YETKAZGANIGA SHUKUR

  • Izohlari: 2922
  • Rahmat olgan: 2239

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Jan 1991
  • Replied by OYISHA NUR on topic TORCH infeksiyasi

    Todido wrote: Менда оддий герпес.

    ODDIY GERPESHAM TORCH INFEKSIYASIGA KIRADI
    Sizga ushbu foydalanuvchi(lar) RAHMAT dedi: Todido

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #72 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic TORCH infeksiyasi
    TORCH bu harflar kasallik nomlari
    oxirgi H- herpes - gerpes oddiy gerpes kiradimi yo'qmi bilmadim , man genital gerpes deb o'ylardi

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #73 OYISHA NUR

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ONALIK BAXTIGA YETKAZGANIGA SHUKUR

  • Izohlari: 2922
  • Rahmat olgan: 2239

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Jan 1991
  • Replied by OYISHA NUR on topic TORCH infeksiyasi

    muslima1 wrote: TORCH bu harflar kasallik nomlari
    oxirgi H- herpes - gerpes oddiy gerpes kiradimi yo'qmi bilmadim , man genital gerpes deb o'ylardi

    HA ODDIY GERPESHAM KIRADI SHU ODIYGINA KO'RINGAN INFEQSYAHAM HOMILA TUSHISHGA SABA BO'LARKAN MENDA SHU ODDIY GERPES JUDA OZ FOYIZDA CHIQGAN mult:

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #74 SabirJanovna

    • New Member
    • New Member

  • Izohlari: 2
  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by SabirJanovna on topic TORCH infeksiyasi
    manda uje 4 oydan beri homila bomayapti kozyosh topwirgannimda 2.3 korsatti gerpessi wuncali tasiri bomikan buni

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #75 SabirJanovna

    • New Member
    • New Member

  • Izohlari: 2
  • Rahmat olgan: 0

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by SabirJanovna on topic TORCH infeksiyasi
    menistratura homila ustigayam keliwi mumkinmi

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    8 years 4 months ago #76 OYISHA NUR

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ONALIK BAXTIGA YETKAZGANIGA SHUKUR

  • Izohlari: 2922
  • Rahmat olgan: 2239

  • Gender: Female
  • Birthdate: 02 Jan 1991
  • Replied by OYISHA NUR on topic TORCH infeksiyasi

    SabirJanovna wrote: manda uje 4 oydan beri homila bomayapti kozyosh topwirgannimda 2.3 korsatti gerpessi wuncali tasiri bomikan buni

    to'yingizga endi 4 oy bo'ldimi

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #77 Ummu Maryam

    • Platinum Member
    • Platinum Member

  • Izohlari: 1335
  • Rahmat olgan: 1003

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 22 Aug 1997
  • Replied by Ummu Maryam on topic TORCH infeksiyasi
    TORCH qisqartma so‘z bo‘lib, quyidagi kasalliklarning bosh harflaridan olingan:

    T – Toxoplasma (toksoplazmalar – bir hujayrali tekinxo‘r organizm. Ular odam va turli sut emizuvchi hayvolarda parazitlik qilib, juda og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bu parazit bemorning boshi va orqa mushaklarida, shuningdek, qonida ham uchraydi);
    O – Others (boshqalar: enterovirus, parvovirus B19, gepatit B, C, OIV, zaxm)
    R – Rubella (qizilcha )
    C – Cytomegalovirus (sitomegaliya)
    H – Herpes simplex virus (gerpes I/II)

    Toksoplazmoz

    Toksoplazmoz — asosan belgilarsiz kechuvchi, biroq past immunitetli odamlarda va onadan homilaga yuqqanda asab tizimi, yurak mushaklari va boshqa a’zolarni zararlovchi xastalik. Uning manbai Toxoplasma gondii deb nomlanuvchi jonivor. Mahalliy tarqatuvchisi esa mushuklar bo‘lib, toksoplazma qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan go‘sht mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida sut emizuvchi jonivorlar va odamlarga yuqadi. Onadan homilaga o‘tishi esa homila rivojlanishiga jiddiy xavf soladi. Biroq homiladorlikkacha bo‘lgan davrdagi zararlanish homila uchun xavfli emas, chunki to‘qimaga o‘rnashgan infeksiya homila uchun aytarli xavf tug‘dirmasligi kuzatuvlarda o‘z isbotini topgan. Agar ona homiladorlik vaqtida Toksoplazmoz bilan xastalansa, u qon orqali homilaga o‘tishi va asosan 12 haftalikkacha bo‘lgan homiladorlik mobaynida katta xavf tug‘dirishi mumkin. Toksoplazmozdan saqlanish uchun tozalikka rioya qilish, go‘shtni yaxshi pishirish, xom go‘sht bilan ishlagandan so‘ng qo‘llarni va ishlatilgan buyumlarni yaxshilab yuvish lozim. Kasallik virusi ta’sirida turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

    Qizilcha

    Qizilcha — asosan 2–10 yoshli bolalarni zararlovchi, yengil isitma va mayda qizil toshma bilan namoyon bo‘ladigan, katta yoshlilarda va homiladorlikda og‘ir kechuvchi virusli kasallik. Uning manbai kasallikning turli shakillari bilan og‘rigan bemor. Sog‘lom odamga havo-tomchi yo‘li orqali, bolaga onasidan o‘tadi. Qizilcha viruslarining homilaga tasiri homiladorlik bosqichlariga qarab, turli darajada bo‘ladi: ayol homiladorlikning birinchi uch oyligida qizilcha bilan og‘risa, homilaning zararlanish ehtimoli 60–85 foizni, ikkinchi davrida 15–20 foizni, uchinchi davrida esa 5 foizni tashkil etadi. Homilador ayol qizilcha bilan og‘rigan bemor bilan muloqotda bo‘lsa, albatta, zaruriy tahlillar topshirishi, ya’ni qonda qizilchaga qarshi antitanachalarning paydo bo‘lgan-bo‘lmaganligini aniqlash lozim. Homiladorlikning ilk uch oyida zararlanish alomatlari aniqlansa, bolani oldirish tavsiya qilinadi.

    Tug‘ma qizilcha bilan dunyoga kelgan bolalarda katarakta, yurak nuqsonlari va neyrosensor karlik kuzatilishi mumkin. Bu kasallikdan keyin turg‘un immunitet hosil bo‘ladi.

    Sitomegalovirusli infeksiya

    Sitomegalovirusli infeksiya (SMVI) — asosan klinik belgilarsiz o‘tuvchi, ba’zan markaziy nerv tizimi va ichki a’zolarni og‘ir zararlaydigan, homiladorlik kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan virusli kasallik. Sitomegalovirus butun umri davomida bemor vujudida saqlanib turishi bilan xavfli. Virus jinsiy yo‘l bilan, homilaga esa qon orqali yuqadi. Sitomegalovirus organizmga kirib, immun tizimini kuchsizlantirib bo‘lgach, asoratlarini ko‘rsata boshlaydi.

    Homilaning dastlabki oylardanoq SMVI bilan zararlanish homilaning nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Homiladorlikning so‘nggi davrlarida zararlanish a’zolar tuzilishida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmasa-da, bola tug‘ilgach, sariqlik, qon ketishi, o‘pka yallig‘lanishi va markaziy asab tizimining zararlanishi kabi asoratlar kuzatiladi. SMVI bilan kasallangandan so‘ng turg‘un immunitet hosil bo‘lmagani bois, qayta kasallanish ehtimoli bor.

    Oddiy gerpes

    Oddiy gerpes (OGV) — dunyoda eng ko‘p tarqalgan virusli infeksiyalardan biri. Uning 2 turi mavjud. OGV-1 bilan zararlanish dunyoda 90-95 foiz, OGV-2 bilan zararlanish esa 20-30 foizgacha yetadi. Oddiy gerpes homiladorlikning og‘ir kechishi, bolaning muddatidan ilgari tug‘ilishi, ona qornida rivojlanmay qolishi yoki homila tushishiga olib keladi.

    Virus manbai bemorlardir, ya’ni havo-tomchi, jinsiy yo‘l orqali yoki onadan homilaga yuqadi. Aniqlanishicha, homiladorlikning birinchi choragida OGV yuqishi bolaning gidrotsefaliya (miya qorinchalarida orqa miya suyuqligining ko‘payishi bilan kechuvchi kasallik), yurak nuqsonlari, katarakta, karlik, siydik-tanosil a’zolari, oshqozon-ichak tizimi nuqsonlari bilan dunyoga kelishiga sabab bo‘ladi. Virus homiladorlikning ikkinchi va uchinchi davrida yuqsa, jigar va taloqning kattalashishi (gepatosplenomegaliya), anemiya, sariqlik, gipotrofiya (organizmning darmonsizlanib, ozib ketishi), pnevmoniya kabi asoratlarni yuzaga keltiradi.

    Ushbu kasallikdan so‘ng ham turg‘un immunitet hosil bo‘lmaydi va takroran kasallanish holatlari kuzatiladi.

    TORCH-infeksiyasi so‘zi tarkibidagi (Others) boshqa virusli xastaliklar ham shu kabi jiddiy oqibatlarni yuzaga keltiradi.

    Ota-onaning immuniteti baland bo‘lishi, gigiyena qoidalariga amal qilishi, o‘z organizmiga hurmat bilan qarashi va, albatta, palapartish jinsiy hayotdan tiyilib, xiyonat ko‘chasiga kirmasligi farzandning sog‘lom tug‘ilishini kafolatlaydi.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #78 anomyi

    • Senior Member
    • Senior Member

  • Izohlari: 78
  • Rahmat olgan: 21

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by anomyi on topic TORCH infeksiyasi
    Manda torc infeksa ciqudi dohtrim buni bolAga ziyoni yo dudi

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    6 years 8 months ago #79 muslima1

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • ko'zni yumgil, ko'zga aylansin ko'ngil

  • Izohlari: 3556
  • Rahmat olgan: 2948

  • Gender: Female
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by muslima1 on topic TORCH infeksiyasi
    Alloh shifo bersin, Ziyoni bo'lmasin

    Sohroni ko'rsangiz uning ortida yam- yashil soya salqin joylar bor, tog'larni ko'rsangiz bilnki u ham tugaydi, ko'z yoshidan keyin tabassum bordir...
    Og'irlikdan keyin albatta yengillik bor

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    4 years 1 month ago #80 ismailova

    • New Member
    • New Member

  • Izohlari: 16
  • Rahmat olgan: 4

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: Unknown
  • Replied by ismailova on topic TORCH infeksiyasi
    Assalom Aleyküm. Menda xam Torch infektsiyasi bor EKU dan qildirdim xozir 8 oylik homilaman. Shifokorim xech qanday davolash kerak emas dedi chunki xech bir zazari yo'qdi.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.811 seconds

    Kitob do'koni