Forumda yozish uchun ro'yhatdan o'ting

Ebola virusi

9 years 7 months ago #1 Gulilola

  • Platinum Member
  • Platinum Member
  • Never lose hope, cause ALLAH always by your side.

  • Izohlari: 1380
  • Rahmat olgan: 884

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 08 Oct 1994
  • Ebola virusi was created by Gulilola
    Ebola (inglizcha. Ebola haemor­rhagic fever, EHF, lat. Ebola febris haemorrhagica) – xavfli virus bo’lib, unga chalinganlarning 50-90 foizi vafot etishi mumkin.

    Tarihda ilk bor bu virus 1976 yilda Sudan va Zoir(hozirgi Kongo Demokratik respublikasi) hududlarida qayd qilingan. O’shanda Sudanda 284 kishi bu kasallikka chalingan bo’lsa, ularning 151 nafari vafot etgan edi. Zoirda esa kasallikka chalingan 318 kishining 280 nafari hayotdan ko’z yumgan. Kasallik ilk bor Ebola daryosi sohillarida qayd qilingani bois ebola nomi bilan ataladi.. Virus o’z navbatida odamdan

    odamga qon, teri va boshqa suyuqliklar orqali yuqadi. Shuningdek, be’morning zararlangan buyumlari ham ushbu virusni tarqalishida vositachi hisoblanadi.

    Virus yuqtirgan bemorda qattiq va to’satdan isitma ko’tarilib ketishi, holsizlik, muskullarda qattiq og’riq turishi, bosh og’rishi va tomoq og’rishi kuzatiladi. Keyinroq

    esa ko’ngil aynishi, ich ketishi, jigar va buyrak faoliyatidagi buzilishlar va ba’zi hollarda ichki va tashqi qon ketishi boshlanadi. Bu virusga qarshi samarali vaksina

    yoki aniq bir davolash metodikasi mavjud emas. Virus boshqalarga tarqalmasligi uchun bemor alohida honada saqlanadi va faqat belgilangan doktor yoki

    hamshiralargina bemorni nazorat qilib turadilar. Bemorga ko’proq suyuqlik (oz-moz shirin yoki sho’r) ichirib turiladi.

    Ebola shu yil fevralda Gvineyada paydo bo’lib, keyinchalik Syerra-Leone va Liberiyaga tar­qalgan edi. Mazkur mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan insonparvarlik tashkilotlarning xodimlari va mahalliy shifokorlar mutaxassislar yetishmasligi va zarur himoya vositalari yo’qligi sababli vaziyat ustidan nazorat yo’qolib borayotganini ta’kidlashmoqda.

    Hozirda yuqumli kasallik oqibatida halok bo’lganlar soni mingdan oshib ketdi. Ikki mingga yaqin kishi ushbu xastalikka chalingani aytilmoqda.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 7 months ago #2 Gulilola

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Never lose hope, cause ALLAH always by your side.

  • Izohlari: 1380
  • Rahmat olgan: 884

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 08 Oct 1994
  • Replied by Gulilola on topic Ebola virusi
    Epidemiyaning Gʻarbiy Afrikada tarqalishi

    Ebola gemorragik isitmasi epidemiyasi Gʻarbiy Afrikaning baʼzi yerlarida davom etmoqda. Epidemiya 2013-yil dekabrda Gvineyada boshlandi va keyin Liberiya hamda Syerra-Leonega tarqaldi.[1] Epidemiya kichikroq koʻlamda Niger va Senegalda ham yoyildi, ammo bu mamlakatlarda uni toʻxtatishga erishildi.[2] AQSh va Ispaniyada kasallikning bemorlardan tibbiy xodimlarga yuqish holatlari kuzatildi, ammo bu mamlakatlarda epidemiyaning tarqalish xavfi yoʻq.[3][4] 2014-yilning 15-oktabrida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari hamda mahalliy hukumatlar kasallanganlar soni 8 998 ga, halok boʻlganlar soni boʻlsa 4 493 ga yetgani haqida xabar berdilar (kasallanganlarning 4 995, halok boʻlganlarning 2 729 nafari laboratoriyada tasdiqlangan).[5][6][7] Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bu raqamlar epidemiyaning koʻlamini kamaytirib koʻrsatishini,[8] aslida kasallanganlar soni bundan 2,5 marotaba koʻp boʻlishi mumkinligini bildirdi.[9] 14-oktabr kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bosh direktori oʻrinbosari 2014-yilning dekabr oyiga kelib haftasiga 10 000 kishi Ebola kasalini yuqtirishi mumkinligini bashorat qildi.[10]

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    9 years 7 months ago #3 Gulilola

    • Platinum Member
    • Platinum Member
    • Never lose hope, cause ALLAH always by your side.

  • Izohlari: 1380
  • Rahmat olgan: 884

  • Gender: Unknown
  • Birthdate: 08 Oct 1994
  • Replied by Gulilola on topic Ebola virusi
    Bu yerda shu virus haqida vahima. Har kuni yangiliklarda beryapti. Tunov kuni kurikdan utgani ginikologga borgandim. Mendan biron yerga borib kelmadingmi Chet davlaga deb suradi hayron buldim. Keyin bilsam oxirgi uch hafta ichida shu virus talqalgan davlatlardan kelganlarni qattiq nazoratga olishyotganmish. Kurikdan utishlari kerak mush.

    Please Kirish or Saytga A'ZO BO'LISH to join the conversation.

    Time to create page: 0.350 seconds

    Kitob do'koni